Научная статья на тему 'MЕHNАT UNUMDОRLIGI IQTISОDIYОT TАRMОQLАRIDА TALIM SOHASINI SАMАRАDОRLIGINI BАHОLАSHNING MUHIM KО‘RSАTKIСHI SIFАTIDА.'

MЕHNАT UNUMDОRLIGI IQTISОDIYОT TАRMОQLАRIDА TALIM SOHASINI SАMАRАDОRLIGINI BАHОLАSHNING MUHIM KО‘RSАTKIСHI SIFАTIDА. Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
62
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mehnat unumdorligi / natural ko’rsatkichlar / korxona / ta’lim / samaradorlik / narx / tarmoq / zaxira.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — F.B.Kunakova

Mehnat unumdorligining asosiy ko’rsatkichlari, ta’lim sohasida mehnat unumdorligi, ularni hosil qilish usullari mеhnаt unumdоrligini ifоdаlоvсhi kо‘rsаtkiсhlаr tizimidа jоnli mеhnаt bilаn birgа buyumlаshgаn mеhnаtning hаm qiymаti bоr. Bu qiymаt yаrаtilgаn mаhsulоtning tаrkibidа mаvjud. Shu tufаyli jоnli mеhnаtning hissаsi kаm bо‘lib, buyumlаshgаn mеhnаtning hissаsi kаttа bо‘lsа, оzginа mеhnаt bilаn hаm yuqоri mеhnаt unumdоrligigа еrishish mumkinligi аyоn bо‘lаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MЕHNАT UNUMDОRLIGI IQTISОDIYОT TАRMОQLАRIDА TALIM SOHASINI SАMАRАDОRLIGINI BАHОLАSHNING MUHIM KО‘RSАTKIСHI SIFАTIDА.»

MEHNAT UNUMDORLIGI - IQTISODIYOT TARMOQLARIDA TALIM SOHASINI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING MUHIM KO'RSATKICHI SIFATIDA.

F.B.Kunakova

Toshkent amaliy fanlar universiteti "Umumiqtisodiy fanlar" kafedrasi assistenti (97)748-91-96. kunakovafotima@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10810205

Annotatsiya. Mehnat unumdorligining asosiy ko'rsatkichlari, ta'lim sohasida mehnat unumdorligi, ularni hosil qilish usullari mehnat unumdorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimida jonli mehnat bilan birga buyumlashgan mehnatning ham qiymati bor. Bu qiymat yaratilgan mahsulotning tarkibida mavjud. Shu tufayli jonli mehnatning hissasi kam bo'lib, buyumlashgan mehnatning hissasi katta bo'lsa, ozgina mehnat bilan ham yuqori mehnat unumdorligiga erishish mumkinligi ayon bo'ladi.

Kalit so'zlar: mehnat unumdorligi, natural ko'rsatkichlar, korxona, ta'lim, samaradorlik, narx, tarmoq, zaxira.

Abstract. The main indicators of labor productivity, labor productivity in the field of education, methods of their creation in the system of indicators representing labor productivity have the value of materialized labor along with live labor. This value is contained in the generated product. Due to this, if the contribution of live labor is small and the contribution of manufactured labor is large, it is clear that high labor productivity can be achieved with little labor.

Keywords: labor productivity, natural indicators, enterprise, education, efficiency, price, network, reserve.

Аннотация. OcHoeHbie norn3amenu npomeodumeRbnocmu mpyda, npomeodumeRbnocmu mpyda в cфeрe o6pa3oeaHUH, Memodb их co3daHUH в cucmeMe noKa3ameneu, ompaжaющuх npomeodumenbHocmb mpyda, uмeюm 3HaueHue oвeщecmвлeннoгo mpyda Hapndy с живым mpydoM. 3mo 3HaueHue codepжumcя в co3daHHoM npodyxme. В связи с этим, e^u вклad жuвoгo mpyda мaл, a вклad пpoмышлeннoгo mpyda вeлuк, mo яcнo, 4mo вы^тя пpouзвodumeльнocmь mpyda мoжem 6bmb docmrnHyma мaлым mpydoм.

Ключевые слова: пpouзвodumeльнocmь mpyda, нamypaльныe пoкaзameлu, npednp^mue, oбpaзoвaнue, эффeкmuвнocmь, щHa, cemb, peзepв.

Hozirgi zаmоnаviy bоzоr iqtisоdiyоti shаrоitidа mеhnаt unumdоrligining оshib borish qonunini bilish va undan to'g'ri foydalana olish xayotiy zaruratdir.

Ushbu ko'rsatkichni turli sohalarda turlicha aniqlanishi bo'yicha bir qancha yondashuvlar mavjud. Chunki har bir soha va tarmoqning o'ziga xos hususiyatlari ushbu ko'rsatkichni aniqlashga bo'lgan yondashuvlarni ham turlicha bo'lishini taqozo qiladi. Ammo barcha holatlarda ham bitta metodologik yondashuv bor. Uning mazmuni yaratilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmini uni yaratishda ishtirok etgan xodimlar soniga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Biroq natija ko'rsatkichi uchun qaysi holatda qanday ko'rsatkichni olish va xodimlar sonining ham qaysi turini olish masalasi hamisha muammo bo'lib kelgan.

Ushbu ko'rsatkichlarga aniqlik kiritish uchun mazkur ko'rsatkichning ta'rifiga nazar tashlashni maksadga muvofiqdir. Ammo iqtisodiy adabiyotlarda uning ta'rifiga deyarli to'xtalmagan. Faqat mehnat unumdorligi ko'rsatkichining qanday aniqlanishi va uning mazmunigagina ahamiyat berilgan. Bu borada xam bir qancha fikrlar aytilgan. Masalan, Е.А. Markaryan, G.P.Gerasimenko va S.E.Markaryanlarning mehnat unumdorligini aniqlash yo'llari bo'yicha quyidagicha qarashlari mavjud: "Bunda ikkita ko'rsatkich bilan ifodalash tavsiya

qilingan: Bitta xodimga va bitta ishchiga to'g'ri keladigan o'rtacha ishlab chiqarilgan mahsulot"1.

G.V. Saviskaya mazkur tushunchaga quyidagicha ta'rif bergan "Mehnat unumdorligi ko'rsatkichlar tizimida ifodalanadi, deb ko'rsatgan va asosiy umumlashtirilgan ko'rsatkich sifatida bitta ishlovchiga to'g'ri keladigan o'rtacha ishlab chiqarilgan mahsulot olingan"2.

A.V. Vaxabov, А. Ibrohimov va N. Ishankulovlar mehnat unumdorligi tushunchasiga bitta ishlovchiga to'g'ri keladigan o'rtacha ishlab chiqarilgan mahsulot sifatida yondashib, ular tomonidan berilgan ta'rifda mehnat unumdorligiga - ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko'rsatkich sifatida qaralgan va uni ifodalash uchun ham ko'rsatkichlar tizimidan foydalanish lozimligi uqtirilgan. Bunda bitta ishlovchiga to'g'ri keladigan o'rtacha ishlab chiqarilgan mahsulot olingan. 3

МУ = МВ (1) (12)

Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga, ya'ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda, mikrodarajada mehnat unumdorligini hisoblashda asosan quyidagi uchta ko'rsatkichni qo'llash mumkinligi qayd etilgan:

1. Natural ko'rsatkichlar.

2. Shartli-natural ko'rsatkichlar.

3. Pul (qiymat) ko'rsatkichlar.

Yuqoridagi ko'rsatkichlarning ma'lum darajada ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Masalan, natural ko'rsatkichlar bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda qo'llanilishi mumkin. Unda mehnat unumdorligi tonna, metr, dona va h.k. ko'rsatkichlar orbiali hisoblanadi. Bunga neft yoki ko'mir qazib chiqarishni misol qilib olish mumkin. Ushbu mahsulotlarning miqdori natural holda massa yoki hajm birliklarida ifodalanadi. Masalan, paxta yoki don yetishtirishda ham natural ko'rsatkichlardan foydalanish mumkin. Bunda paxta yoki don yetishtirishni tonna yoki sentnerlarda ifodalash mumkin. Paxta yetishtirishda nafaqat mehnat unumdorligi, balki hosildorlikni ham sentnerda ko'rsatish mumkin. Yengil yoki yuk avtomobillarini ishlab chiqarishni esa bir rusumda bo'lsa donalarda o'lchash ham mumkin. Ta'kidlash joizki, keyingi yillarda mahsulotni ishlab chiqarish va mos ravishda mehnat unumdorligini ham natural o'lchovlarini takomillashtirish yuzasidan ancha ishlar qilindi. Masalan, xom ashyodan yaxshiroq foydalanish maqsadida qog'oz ishlab chiqarish tarmog'ida qog'oz ishlab chiqarish oldingidek tonnalarda emas, balki kvadrat metrlarda o'lchanadi. Natural ko'rsatkichlar hozirgi erkin iqtisodiyotga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida xo'jalik mexanizmining eng zarur elementlaridan biriga aylanib bormoqda. Chunki xodimlarga ham ishbay ish haqi to'lanishida asosiy o'lchov vositalaridan biri sifatida natural ko'rsatkichlardan foydanish keng qo'llanilmoqda. Bunday yondashuv har bir kishining mehnat natijasini real ifodalash imkonini beradi va xodimlarni to'g'ri rag'batlantirishga erishiladi. Ammo natural ko'rsatkichlarning ayrim kamchiliklari mavjud. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

1 Мapкapьян Э.А. и.др. Экoнoмичecкий ш^ш xoзяйcтвeннoй дeятeльнocти: учеб. noco6./-2-e изд. nepepa6. и дзп. -М.: КНОРУС, 2010.- С.45.

2 Caвицкaя Г.В. AHairn xoзяйcтвeннoй дeятeльнocти npeAnp^T^. Учеб. noco6^. - Мижк: ООО "HoBoe зншис", 2000. - С.386.

3 Vaxabov A., Ibrohimov A., Ishankulov N. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.: Sharq, 2005. 135 b.

- agar korxona turli xil mahsulotlar ishlab chiqarsa, ularni umumiy tarzda baholash uchun natural ko'rsatkichda aniqlash qiyin;

- bir xil mahsulot ishlab chiqarilgan taqdirda ham ularning navi va o'lchami har xil bo'lganda ham ushbu ko'rsatkichdan foydalanib bo'lmaydi.

Mehnat unumdorligi, asosiy vositalar samaradorligi va mahsulotga ketgan materiallar sarflari ham qiymat o'lchovida ifodalanadi. Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot ham, ular o'rtasidagi nisbat ham, realizasiya qilingan tovarlar va sof mahsulotlar ham qiymat ko'rsatkichlarida hisoblanadi. Qiymat ko'rsatkichini qo'llashda ikkita shartni hisobga olish lozim.

Birinchisi, mahsulotga qo'yilgan narx tahlil qilinayotgan davrda o'zgarmagan bo'lishi va ikkinchidan, mahsulotlarning assortimentidagi tarkibiy o'zgarishlarda ham keskin barqaror saqlanib qolgan bo'lishi lozim.

Agar narxda o'zgarish bo'lsa, uni taqqoslash uchun narx indeksini inobatga olish lozim va taqqoslanadigan qiymatni aniqlashni taqozo qiladi. Bu quyidagi formula orqali ifodalanadi 4:

Qtb = Qh : Ip (2) (12)

Bunda: Qtb - ishlab chiqarilgan mahsulotning taqqoslanadigan narxda ifodalangan qiymati;

Qh - ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy qiymati;

Ip - tahlil davrida narx o'zgarishiga mos bo'lgan narx indeksi.

Agar assortimentida tarkibiy o'zgarish bo'lsa, uning boshlang'ich tarkibidagi qiymati qayta hisoblab olinadi. Ushbu ko'rsatkichni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi5:

Qmas = Qr + (AQh : Kasp ) (13)

Bunda: Qmas - ishlab chiqarilgan mahsulotning mahsulot assortimentidagi o'zgarishlarni inobatga oladigan taqqoslanadigan qiymati;

Qr - ishlab chiqariladigan mahsulotning rejadagi qiymati;

AQh - rejadan ortiqcha (yoki kam) ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati;

Kasr - mahsulotning ichki assortimentidagi o'zgarishini ifodalovchi koeffisiyent.

Ushbu ko'rsatkichni, ya'ni mahsulotning ichki assortimentidagi o'zgarishini ifodalovchi koeffisiyentni aniqlash uchun qaysi assortimentda narx oshgan bo'lsa, shu assortimentning rejadagi narxiga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Mazkur koeffisiyent ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan qayta hisoblanib olinadi. Korxonalarning mehnat unumdorligini aniqlashda natija ko'rsatkichi sifatida yuqorida keltirilgan taqqoslanadigan ko'rsatkichlar olinadi va ulardan barcha hisob-kitoblarda foydalanish mumkin.

Ta'kidlash joizki, mehnat unumdorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimida jonli mehnat bilan birga buyumlashgan mehnatning ham qiymati bor. Bu qiymat yaratilgan mahsulotning tarkibida mavjud. Shu tufayli jonli mehnatning hissasi kam bo'lib, buyumlashgan mehnatning hissasi katta bo'lsa, ozgina mehnat bilan ham yuqori mehnat unumdorligiga erishish mumkinligi ayon bo'ladi.

1. Milliy iqtisodiyotda band bo'lgan bitta xodimga to'g'ri keladigan mahsulot hajmi;

2. Iqtisodiyotda bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo'lgan xodimlarga to'g'ri keladigan mahsulot hajmi;

4 Z.B. Irmatova Korxonalarda mehnat unumdorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar va ularni aniqlashni takomillashtirish yo'llari "Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2015 yil

5 Z.B. Irmatova Korxonalarda mehnat unumdorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar va ularni aniqlashni takomillashtirish yo'llari "Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2015 yil

3. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga to'g'ri keladigan xodimlarning umumiy soni;

4. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga to'g'ri keladigan umumiy ish vaqtining miqdori;

5. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga to'g'ri keladigan xodimlarga to'langan ish haqining umumiy miqdori.

Yuqorida keltirilgan ikkita ko'rsatkichning miqdori (1 va 2 ko'rsatkichlar) qancha oshib borsa, iqtisodiyotda mehnat unumdorligi shuncha yuqori, deb baholanadi. 3, 4 va 5 -ko'rsatkichlarning miqdori qancha kamayib borsa, mos ravishda mehnat unumdorligini shuncha yuqori deb baholanadi. Milliy iqtisodiyotda mehnat unumdorligining darajasiga to'g'ri baho berish uchun ushbu ko'rsatkichlar tizimidan to'liq foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasi, qo'llanilayotgan texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta'minlanishi darajasi, tatbiq etilayotgan rag'batlantirish tizimlarining ta'sirchanligi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, kadrlar tarkibining yaxshilanishi kabi korxona rahbarlariga bog'liq bo'lgan barcha narsalar kiradi.

Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: davlat buyurtmalari va bozordagi talab hamda takliflarning o'zgarishi munosabati bilan mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasi o'zgarishi; jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlari; mehnatning kooperasiyalashuv darajasi, moddiy texnika ta'minoti, tabiiy shart-sharoitlar va hokazolar.

Barcha omillarni o'z ichki mazmun va mohiyatiga ko'ra, uchta guruhga bo'lish mumkin: moddiy-texnika; tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy. Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy asosi fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishdir. Shuning uchun ham moddiy-texnika omillari guruhini, odatda, yetakchi va qolgan barcha omillarni belgilovchi guruh deb qaraladi.

Moddiy - texnika omillari ta'siri natijasida mehnat unumdorligi ortadi va mahsulotning sermehnatlik darajasi (t) pasayadi. Sermehnatlilik darajasi ko'rsatkichi bo'yicha mehnat unumdorligining o'sishi quyidagi formulalar6 bilan aniqlanadi:

M = MmX100 Mmx100

y 100 - M CM yoki * C6M ~ M CM (14)

Bu yerda: - mehnat unumdorligining oshishi, %;

Mcô - mahsulot birligi sermehnatlik darajasining pasayishi, %;

- tadbirni joriy etishdan oldin mahsulot birligi uchun zarur bo'ladigan boshlang'ich sermehnatlilik darajasi.

Mehnat unumdorligiga ta'sir ko'rsatuvchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi:

mehnat natijalaridan moddiy va ma'naviy manfaatdorlik;

xodimlarning malaka darajasi, ularning kasbiy tayyorgarligi sifati va umumiy madaniy-texnikaviy saviyasi;

mehnatga munosabat va mehnat intizomi darajasi;

mehnat jamoalari o'z-o'zini boshqarishining rivojlanishi.

Mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan birgalikda uning zahiralari ham mavjud. Mehnat unumdorligini oshirish zahiralari (rezervlari) - texnika va texnologiyani takomillashtirish,

6 Abdurahmonov Q.X., Xolmo'minov Sh.R., Akbarov A.M. «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi» Ma'ruzalar matni. - T.: TDIU, 2005 - 153 bet.

ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to'laroq foydalanish imkoniyatidir. Zahiralar mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog'liqdir. Agar biror omilni imkoniyat sifatida olib qaraydigan bo'lsak, u holda bu omil bilan bog'liq bo'lgan zahiradan foydalanish imkoniyatning voqyelikka aylanish jarayoni hisoblanadi.

Zahiralar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo'yicha zahira zahiralariga va nobud bo'lish (bekorga sarflash) zahiralariga bo'linadi.

«Zahiralar» tushunchasiga ishlab chiqarishda ish vaqtining bekor sarf bo'lishi ham kiradi. Bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va rejada ko'zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasidir; mehnatning ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan holda sarflanishi - mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik hamda belgilangan texnologiya jarayonlarining buzilishi oqibatida mehnatning rejadagidan ortiqcha sarflanishidir.

Zahiralar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol zahiralariga bo'linadi.

Joriy zahiralar texnologiya jarayonlari muhim darajada o'zgartirilmay va qo'shimcha kapital mablag'lar sarflanmay amalga oshiriladi.

Istiqbol zahiralari ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni, ancha mukammal asbob-uskunalar o'rnatishni, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag'lar va ko'proq vaqt sarflashni talab qiladi.

Zahiralar aniqlanish va foydalanish joyiga qarab xalq xo'jaligi, tarmoq va ichki ishlab chiqarish zahiralariga bo'linadi.

Xalq xo'jaligi zahiralariga tabiiy resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi.

Tarmoq zahiralariga shunday zahiralar kiradiki, ulardan foydalanish umuman, tarmoqdagi xodimlar mehnat unumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslashtirilishi, ishlab chiqarishning bir joyga to'planishi va kombinasiyalanishi, texnika va texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo).

Ichki ishlab chiqarish zahiralari mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ular joriy va istiqbol zahiralaridan tashqari, ikki guruhga bo'linadi: mahsulotning sermehnatlik darajasini pasaytirish zahiralari va jami ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish zahiralari.

Ma'lumki, mehnat unumdorligi darajasi ish vaqti birligiga to'g'ri keladigan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Lekin boshlang'ich hajmlar vaqtida ifodalansa, mehnat unumdorligi ish vaqti fondining mahsulot sermehnatlik darajasiga nisbati sifatida hisoblab chiqariladi7:

Mu=

Buning ma'nosi shuki, mahsulot ishlab chiqarish me'yori uni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt miqdoriga to'g'ri proporsional va uning sermehnatlik darajasiga teskari proporsionaldir. Agar mehnat unumdorligi ish vaqt fondini ko'paytirish hisobiga ortsa, u holda bu unumdorlikni oshirishning ekstensiv yo'li hisoblanadi; agar unumdorlik sermehnatlik darajasini qisqartirish bilan ta'min etilsa, bu ekstensiv yo'l sanaladi. Bunda mahsulot tayyorlashga sarf etiladigan sarf-xarajatlarning kamayishi yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, mehnatni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga sodir bo'ladi.

7 Abdurahmonov Q.X., Xolmo'minov Sh.R., Akbarov A.M. «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi» Ma'ruzalar matni. - T.: TDIU, 2005 - 156 bet.

Mavjud zahiralarni aniqlash ishlab chiqarishning ayrim uchastkalarida yoki joriy va oldingi davrlardagi ish turlari bo'yicha mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Tahlil qilishning asosiy usuli joriy davrdagi ko'rsatkichlarni rejalashtirilgan ko'rsatkichlar bilan taqqoslashdir. Bunda rejalashtirilgan topshiriqlarning asoslanganligi ham tekshirilishi lozim, chunki ularda rejalashtirilgan davrdagi ishlab chiqarishning barcha xususiyatlari, shart-sharoitlari, zahiralari to'la hisobga olinmagan bo'lishi mumkin. Shuningdek, yil davomida rejaga kiritiladigan turli aniqliklarni ham hisobga olish zarur. Ular boshqa ko'rsatkichlarga - mehnat unumdorligiga, xodimlar soniga, mehnatga haq to'lash fondiga turli o'zgartirishlar kiritilishiga sabab bo'ladi.

Ishchi kuchi tejalishini hisoblash uchun sermehnatlik darajasini pasaytiruvchi tadbir joriy etilishidan oldingi va keyingi u yoki bu mahsulotni tayyorlash yoki biron - bir ish turini bajarishga sarflangan mehnat xarajatlari taqqoslab ko'riladi.

Sermehnatlik darajasini norma-soatlarda o'lchaganda ish kuchining tejalishi (Tk) quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

Тн

Tk= Фи-в.* к х M Bu yerda: Tn - operasiyaga sarflangan mehnatni tejash, norma-soat hisobida;

Fi.v. - ishchining yillik ish vaqti foizi, soat;

K - mazkur operasiyada normalarni bajarishning rejadagi koeffisiyenti; M - yil oxirigacha amalga oshirilgan operasiyalar (buyumlar) soni.

Ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish hisobiga mehnat unumdorligining o'sish zahiralari, avvalo, bu vaqtning bekor sarf bo'lishiga barham berish bilan bog'liqdir. Haqiqatda ular sermehnatlik darajasining pasayishi zahiralaridan keskin farq qiladi hamda faqat mehnat va ishlab chiqarish yaxshi tashkil etilmaganda, mehnat intizomi buzilganda, mehnatni muhofaza qilish yetarli darajada yo'lga qo'yilmaganda va shu kabi hollarda sodir bo'ladi. Bu zahiralar ko'rsatib o'tilgan kamchiliklar barham topgach tugaydi. Holbuki, sermehnatlik darajasini kamaytirish zahiralari cheksiz hisoblanadi.

REFERENCES

1. Мapкapьян Э.А. и^. Экoнoмичecкий aнaлиз xoзяйcтвeннoй дeятeльнocти: y4e6. noco6./-2-e изд. nepepa6. и дoп. - М.: КНОРУС, 2010.- С.45.

2. Сaвицкaя Г.В. Атализ xoзяйcтвeннoй дeятeльнocти пpeдпpиятия. y4e6. noco6^. - Митек: ООО "HoBoe 3HaH^", 2000. - С.386.

3. Vaxabov А., Ibrohimov А., Ishankulov N. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.: Sharq, 2005. 135 b.

4. Z.B. Irmatova Korxonalarda mehnat unumdorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar va ularni aniqlashni takomillashtirish yo'llari "Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2015 yil

5. Аbdurahmonov Q.X., Xolmo'minov Sh.R., Аkbarov А.М. «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi» Ma'ruzalar matni. - T.: TDIU, 2005 - 153 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.