Научная статья на тему 'OʼZBEKISTONNING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI OʼRNINI YAXSHILASH MUAMMOLARI: SANОAT KОRXОNALARINI BARQARОR RIVОJLANTIRISH YО‘NALISHLARI'

OʼZBEKISTONNING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI OʼRNINI YAXSHILASH MUAMMOLARI: SANОAT KОRXОNALARINI BARQARОR RIVОJLANTIRISH YО‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
30
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sanоat / sanоat kоrxоnalari / resurslar / mоddiy resurslar / mehnat resurslari / mоliyaviy resurslar / innоvatsiоn resurslar / samaradоrlik / ijtimоiy samaradоrlik / iqtisоdiy samaradоrlik

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sariyev Qaxraman Ramatullayevich

Ushbu maqоlada О‘zbekistоn sanоat kоrxоnalarini barqarоr rivоjlantirish yо‘nalishlari nazariy asоslari keltirilgan. Shuningdek, sanоat kоrxоnalarining iqtisоdiy samaradоrligini оshirish yо‘nalishlari keng yоritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʼZBEKISTONNING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI OʼRNINI YAXSHILASH MUAMMOLARI: SANОAT KОRXОNALARINI BARQARОR RIVОJLANTIRISH YО‘NALISHLARI»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTONNING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI O'RNINI YAXSHILASH MUAMMOLARI: SANOAT KORXONALARINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI Sariyev Qaxraman Ramatullayevich

Iqtisod fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10138487

Annotatsiya. Ushbu maqolada О 'zbekiston sanoat korxonalarini barqaror rivojlantirish yo'nalishlari nazariy asoslari keltirilgan. Shuningdek, sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'nalishlari kengyoritilgan.

Kalit so'zlar: sanoat, sanoat korxonalari, resurslar, moddiy resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, innovatsion resurslar, samaradorlik, ijtimoiy samaradorlik, iqtisodiy samaradorlik

Аннотация. В dannou статье представлены meopemuuecKue omoebi направлений ycmounueozo развития прoмышлeнных предприятий Узбекистана. Также ширoкo oсвeщаются направления пoвышeния экoнoмичeскoй эффективтсти прoмышлeнных предприятий.

Ключевые слова: прoмышлeннoсть, прoмышлeнныe предприятия, ресурсы, материальные ресурсы, трудoвыe ресурсы, финаншвые ресурсы, иннoвациoнныe ресурсы, эффeктивнoсть, шциальная эффeктивнoсть, экoнoмичeская эффeктивнoсть

Abstract. This article provides theoretical foundations of sustainable development of industrial enterprises of Uzbekistan. Also, the directions of increasing the economic efficiency of industrial enterprises are widely covered.

Keywords: industry, industrial enterprises, resources, material resources, labor resources, financial resources, innovative resources, efficiency, social efficiency, economic efficiency

Kirish. (Introduction)

O'zbekistonda so'ngi yillarda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish masalalariga keng e'tibor qaratilyapti, sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirish orqali ishlab chiqarish va aholining sanoat mahsulotlariga o'sib borayotgan talabini qondirish hisoblanadi. Bu sanoat mahsulotlari bilan ichki bozorni to'ldirish va eksportga chiqarish orqali mamlakat valyuta zaxiralarini mustahkamlashga zamin yaratadi.

Mamlakatimizda bugungi kunda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish borasida juda ko'plab iqtisodiy islohotlar amalga oshirilyapti. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Farmonning 3-bandiga ko'ra, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlashda muhim bo'lgan ustuvor vazifalar belgilab olingan bo'lib, ushbu vazifalar sohani istiqbolli rivojlanishini ta'minlaydi. Mazkur vazifalarning samarali ijrosi mamlakatimizda sanoat korxonalarini barqaror rivojlantirish usullarini takomillashtirishni taqozo etadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)

Iqtisodiy adabiyotlarda sanoat korxonalarini barqaror rivojlantirishning nazariy asoslarini tadqiq etish ustida xorijlik va respublikamizning ko'pgina yetakchi iqtisodchi olimlari tadqiqotlar olib borishgan. Ular jumlasiga John Lipczynski, John O.S., Wilson, John Goddard, Church J.,

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Ware R., Porter M., Shvab K., Kovalevskaya N.Yu., Ortiqov A.O., Maxmudov E.X., I.S.Xotamov, G.R. Madraximova va boshqalarni kiritish mumkin.

Tadqiqоt metоdikasi (Literature review)

O'zbekiston sanoat korxonalarini barqaror rivojlantirish bo'yicha mavjud bo'lgan ilmiy tadqiqotlarni o'rganish, statistik ma'lumotlarni o'rganish va iqtisodiy jihatdan tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraktsiya, ma'lumotlarni guruhlash , induksiya va deduksiya usullaridan keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar (Analysis аnd results)

Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o'rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni (samaradorlikni) taqazo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda resurslardan unumli foydalangan holda, eng kam resurslar sarfab, ko'p natijaga erishish zarur.

Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo'ladi:

a) moddiy resurslar;

b) mehnat resurslari;

v) moliyaviy resurslar;

g) energetik resurslar;

d) axborot resurslari (ya'ni informatsion resurslar).

Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo'nalishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma'lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish va ma'lum miqdorda xarajat qilish kerak.

Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o'zaro nisbatidir. Quyidagi keltirilgan formula orqali har bir resursni keltirgan samaradorligini aniqlash mumkin.(1.1)

Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini farqlaydilar. Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo'lish shartli bo'linish hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan bog'liq bo'lgan natijalarning hammasini iqtisodiy va ma'lum ma'noda, ijtimoiy samara deb aytish mumkin.

Xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi sharoitlarda korxonalarning faoliyatlarida yuqori moliyaviy natijalarga erishishga intilishi sezilarli darajada ortib bormoqda. Har qanday xo'jalik mexanizmi uchun asos bo'lib korxona faoliyatini rejalashtirish va unga ob'ektiv baho berish, ta'lim olish, mehnatga haq to'lash va iqtisodiy rag'batlantirish fondlaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida xarajat va natijalarni solishtirish ko'rsatkichlari xizmat qiladi.

Foyda korxona samaradorligining yagona va universal ko'rsatkichi emas. Ishlab chiqarish rivojlanishining samaradorligi va intensivligini baholashda amaliyotda rentabellik ko'rsatkichlari tizimi keng qo'llanib, unga ko'ra foydaning miqdori belgilangan hisoblanadi. Boshqacha qilib

natija

nаtijа

S =

(11)

xarajatlar

mehnat, moddiy va moliyaviy re s urslar s arfi

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

aytganda, rentabellik daromadlilik, foydalilikni anglatadi. Biroq rentabellikni faqat daromadlilik deb qabul qilish uning iqtisodiy mazmunini keng ochib bermaydi. Ular o'rtasida tenglikning yo'qligidan daromad miqdori va rentabellik darajasi turli nisbatlarda, ko'pincha turli yo'nalishlarda o'lchanishi dalolat beradi.

Rentabellik va foyda ko'rsatkichlarini tahlil qilishda ularga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan barcha omillarni bilish, bu omillarning samaradorlikning umumlashtiruvchi ko'rsatkichlariga ta'sirini hisoblash uslubiyatini egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu omillarni boshqarish orqali korxonada daromadni oshirish zahiralarini izlab topish va rentabellikning talab qilinuvchi darajasiga erishish mexanizmini yaratish mumkin.

Rentabellik va foydaga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni turli xil belgilariga ko'ra tasniflash mumkin. Masalan, bu omillar ichki va tashqi bo'lishi mumkin. Ichki omillarga korxona faoliyatiga bog'liq bo'lgan hamda korxona faoliyatining turli yo'nalishlarini tavsiflovchi omillar mansub bo'ladi. Tashqi omillarga korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan, biroq ishlab chiqarish rentabelligi va daromadning o'sish sur'atiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan omillar kiradi. Tahlil jarayonida ichki va tashqi omillarni aniqlash samaradorlik ko'rsatkichlarini tashqi ta'sirlardan "tozalash" imkonini beradi hamda korxona yutuqlarini ob'ektiv baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O'z navbatida ichki omillar ham ishlab chiqarish va noishlab chiqarish omillariga bo'linadi. Noishlab chiqarish omillari asosan mehnat va sotish sharoitlari, korxonaning tijorat, tabiatni saqlash va shu kabi faoliyat turlari bilan bog'liq bo'ladi. Ishlab chiqarish omillari esa foydaning shakllanishida ishtirok etuvchi ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementlari -mehnat predmetlari va vositalari hamda mehnatning o'zi - mavjudligi va ulardan foydalanishni aks ettiradi.

Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini tahlil qilish asosida ochib berish mumkin. Korxona mahsulotni sotish natijasida o'z xarajatlarini qoplashdan tashqari foyda ham olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda ko'p, xilma-xil omillari va asosiy yo'nalishlari mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga bo'linishi mumkin: manba bo'yicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha, omillarning o'rni va amalga oshirish darajasi bo'yicha.

Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari bo'yicha tasniflash nimalar hisobiga ijtimoiy mehnatni tejashga erishish mumkinligini yoki erishilganligini aniqlashga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotning mehnat sig'imi, material sig'imi, fond sig'imi hamda kapital mablag' talablikni kamaytirish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Lekin bunday tasniflash talabga javob bermaydi. Bu savollarga javob topish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha guruhlash kerak. Ular ijtimoiy mehnatni tejashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar kompleksidan iborat. Fikrimizcha, sanoat korxonalarida resurslardan optimal foydalanishva korxonaning iqtisodiy samaradorlikni oshirishda quyidagi keltirilgan yo'nalishlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

1-rasm Sanoat korxonalarida resurslardan optimal foydalanish va samaradorlikni oshirishning iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlari algoritmi

- ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;

Li

- fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko'tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini qisqartirish;

-^- - ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, mahalliylashtirish va hududiy joylashtirish darajasini oshirish; —

-boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda rag'batlantirish tizimini takomillashtirish; 1

- inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo'lga qo'yish. j

Sanoat ishlab chiqarishini erkinlashtirish tarmoqda islohotlarni chuqurlashtirish, samaradorlikni oshirishning asosiy yo'nalishi hisoblanadi.

Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yo'llaridan yana biri fan -texnika taraqqiyotini jadallashtirishdir. Texnik va texnologik omil mehnat unumdorligini o'stirishning kamida uchdan ikki qismini ta'minlaydi.

Ma'lumki, iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida texnika taraqqiyotining xarakteri va mazmuni o'z xususiyatlariga ega bo'ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o'tish natijasida fan-texnika taraqqiyoti undagi miqdoriy o'zgarishlargagina emas, balki ko'proq sifat o'zgarishlariga qaratiladi. Umuman, samaradorlik iqtisodiyotdagi sifat o'zgarishlari bilan bog'liqdir, bu talab fan-texnika taraqqiyotiga ham to'liq joriy etiladi.

Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga ko'tarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-g'ayrati, jonli ijodkorligi(kreativligi) har qanday taraqqiyotning qudratli kuchi va eng muhim manbai hisoblanadi. Shu sababli ham insonni jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi deb ataydilar. U barcha yangiliklarni, shu jumladan, yangi, ilg'or texnika-texnologiyalarni yaratadi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy va amaliy kashfiyotlar qiladi. Barcha ishlab chiqarish vositalari inson mehnati bilan harakatga keltiriladi, foydali narsalar hosil qilinadi. Biroq inson faqat asosiy ishlab chiqaruvchi kuchgina emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning sub'ekti hamdir. Odamlar faoliyati shu munosabatlar orqali ro'yobga chiqadi. Bu faoliyat yo'nalishi va natijalari hodimning o'z faoliyatida qanday o'y-fkrlarga, tasavvurlarga, maqsadlarga, hayotiy yo'l-yo'riqlarga, muddaolarga va psixologik e'tiqodlarga amal qilishiga bog'liq. Shu sababli inson omilining mohiyati, ahamiyati va mazmuni tahlil etilganda gap faqat inson haqidagina emas, balki avvalo inson yashab, mehnat qilayotgan ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi bilan belgilanuvchi ijtimoiy sifatlar, faoliyatni rag'batlantiruvchi omillar va muddaolar haqida borishi kerak.

Ushbu o'rinda mehnat unumdorligi bilan bog'liq tushunchalarning ta'rifiga o'rin beradigan bo'lsak, mehnat iqtisodiyotiga tegishli bo'lgan o'quv adabiyotlarda mehnat unumdorligini oshirish

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

yo'llari juda ko'pligi va xilma-xilligi bayon etilgan. Bunda asosiy e'tiborni ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish evaziga uni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, innovatsiyalar hisobiga yangi mashina va texnologiyalarni joriy qilish, ishlayotgan dastgohlarni zamonaviylashtirish, dastgohlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, unda mehnatni ilmiy tarzda tashkil etishni yaxshilash, ish vaqtidagi yo'qotishlarni bartaraf qilish, xorijdagi va o'zimizdagi sinalgan ilg'or ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanish, mehnatga haq to'lash va moddiy rag'batlantirish tizimini to'g'ri tashkil qilish kabilarga qaratishni taqozo qiladi.

Hududlarda sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishini iqtisodiy baholashda bir qancha ko'rsatkichlar tizimidan foydalaniladi (1-jadval).

1-jadval Hududlarda sanoat korxonalarini barqaror rivojlantirishni iqtisodiy jihatdan baholash ko'rsatkichlari tizimi

№ Ko'rsatkichlar Hisoblash Usuli

1. Respublika bo'yicha jami sanoat ishlab chiqarishi hajmida hududlarning ulushi jamiga nisbatan %da

2. Yalpi hududiy mahsulot tarkibida sanoat yalpi qo'shilgan qiymati salmog'i jamiga nisbatan %da

3. Hududlar bo'yicha iqtisodiyotda band bo'lgan aholi sonida sanoatda band bo'lganlar salmog'i jamiga nisbatan %da

4. Hududlar bo'yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarda sanoatga kiritilgan investitsiyalar salmog'i jamiga nisbatan %da

5. Hududlar kesimida sanoat mahsuloti hajmi amaldagi narxlarda, mlrd. so'm

6. Hududlarda iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish amaldagi narxlarda, mlrd. so'm

7. Hududlar kesimida sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari o'tgan yilga nisbatan %da

8. Hududlar kesimida iste'mol mollari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda, mlrd. so'm

9. Hududlar kesimida iste'mol mollari ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari o'tgan yilga nisbatan %da

10. Hududlar kesimida ahol jon boshiga iste'mol mollari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda, mlrd. so'm

11. Hududlar kesimida aholi jon boshiga iste'mol mollari ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari o'tgan yilga nisbatan %da

Rus olimlari S.Yu. Glazev va V.V. Lokosovlar o'z tadqiqotlarida sanoat rivojlanishini

ifoda etuvchi ayrim chegaraviy-mezon qiymatlarini keltirganlar (2-jadval). 2-jadval Hududlarda sanoat rivojlanishini ifoda etuvchi ayrim chegaraviy-mezon qiymatlar [5]

Ko'rsatkichlar Chegaraviy a

Mehnat unumdorligi (1 band kishiga 1000 $) 27,9

Mehnat unumdorligining o'sish sur'ati, yillik foiz 12,0

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi, YalMga nisbatan foizda 25,0

Asosiy fondlarning eskirishi, foiz 40,0

Sanoatda qayta ishlovchi tarmoqlarning ulushi, foiz 70,0

Ishlab chiqarishning rentabelligi, foiz 15,0

YaIMda moddiy ishlab chiqarishning ulushi, foiz 66,0

Moddiy ishlab chiqarishda eksportning ulushi, foiz 25,0

Investitsiyada xorijiy kapitalning ulushi, foiz 25,0

Eksportda qayta ishlovchi sanoat mahsulotining ulushi, foiz 50,0

Innovatsion mahsulotning ulushi (jami sanoat mahsulotida, foiz) 15-20

Mehnat unumdorligining o'rtacha yillik o'sish sur'ati, foiz 6,0

Fikrimizcha, keltirilgan ko'rsatkich va qiymatlar o'zgaruvchan xarakterga ega bo'lib,

mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi va xususiyatlari o'zgarib borishi bilan ularning ham qiymatlari o'zgarib boradi. Sanoatning barqaror rivojlanishini belgilab beruvchi omillarni biz shartli ravishda ikki guruhga ajratib quyidagicha tizimlashtirdik

HUDUD SANOATINI RIVOJLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR

Yuqorida keltirilgan hudud sanoatining rivojlanishini belgilab beruvchi aksariyat ichki omillar hududning "sanoat ishlab chiqarish salohiyati"ni ham belgilab beradi. Ushbu salohiyatni yuzaga chiqarishda hududdagi qulay investitsiya muhiti va investitsiya jozibadorligi muhim o'rin tutadi.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Mazkur ko'rsatkichlar tizimidan foydalanish hududlarda sanoat korxonalarining rivojlanishi holati va dinamikasini tahlil etish hamda tegishli xulosalar chiqarishga imkon yaratadi.

Fikrimizcha, bugungi kunda mamlakatimiz uchun eng muhim masalalardan bin, sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirish orqali ishlab chiqarish va aholining sanoat mahsulotlariga o'sib borayotgan talabini qondirish hisoblanadi. Bu sanoat mahsulotlari bilan ichki bozorni to'ldirish va eksportga chiqarish orqali mamlakat valyuta zaxiralarini mustahkamlashga zamin yaratadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish strategiyasining kontsepsiyasi https://static.norma.uz/official texts/Кoнцепция-Рaзвития-y36eKMCTaHa-UZB.pdf

2. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi https://www.norma.uz/qonunchilikda yangi/20222026 yillarga muljallangan yangi uzbeki stonning taraqqiet strategiyasi tasdiqlandi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Ки^ш, И.А. Оргaнизaция системы упрaвления ресурсoсбережением Ha предприятии / Austrian Journal of Humanities and Social Sciences. - 2015. - №№11. - С. 112-119.

4. Бессoнoв, А.С. Теxнoлoгии ресуршсбережения в crpomenbcrae и их применение Ha coBpeMeHHoM этaпе / мучные исследoвaния и иннoвaции. - 2017. - № 2. - С. 18-24.

5. Глгзьев С.Ю., Лoкocoв В.В. Оцeнкa пpeдeльнo критических змчений пoкaзaтeлeй cocтoяния poccийcкoгo oбщecтвa и их иcпoльзoвaниe в упpaвлeнии coциaльнo -экoнoмичecким paзвитиeм. Экoнoмичecкиe и ^цтальные перемены: фякты, тенденции, пpoгнoз. 4 (22) 2012. С. 26, 31, 33, 36.; Лoкocoв В.В. Стaбильнocть oбщecтвa и cиcтeмa пpeдeльнo-критических пoкaзaтeлeй его рязвития. Мeтoдикa и техник coциoлoгичecкиx иccлeдoвaний. // Шуга, 1998, № 4. - С. 89.

6. судяювя А. Бюджeтнoe плaниpoвaниe и пpoгнoзиpoвaниe : учeбнoe пocoбиe-Екaтepинбуpг : Издaтeльcтвo Уpaльcкoгo унивepcитeтa, 2019. - 308 с

7. Андpoнoвa И. В., Чижевсгая Е. Л. Рecуpcoэффeктивнaя cтpaтeгия рязвития: взaимoдeйcтвиe нефтяных кopпopaций и peгиoнa // Нeфгeгaзoвoe дeлo, 2006, №2 https://en.wikipedia.org/wiki/Resource efficiency

8. Kulish S. M. The impact of resource potential analysis on the strategic development of the enterprise // KPJ. 2015. No. 2. https://cyberleninka.ru/article/n/vliyanieanaliza-resursno go -potentsiala- na strategjcheskoe-razvitie-predpriyatiya

9. Kovalev V. V. moliyaviy tahlil: usullari va protseduralari. - M.: Moliya va statistika, 2002. 560 b.

10. Бepдникoвa Т. B. янялиз и диaгнocтикa финaнcoвo-xoзяйcтвeннoй дeятeльнocти предприятия: учeбнoe пocoбиe. - М.: ИНФРА-М, 2002. 215 с.

11. Пpoизвoдcтвeнный пoтeнциaл пoлигpaфичecкиx предприятий Nguyen thi thu Hang и эффeктивнocть ero иcпoльзoвaния в pынoчныx уcлoвияx: явтор. Дис. - гак нacчeт этого?... ганд. - гак нacчeт этого? экoнoмикa. мук. M., 2001. 18 С.

12. Nikolayeva T. I., Uryashyeva T. I. Raqobat strategiyasini tanlash maqsadida savdo tashkilotining resurs salohiyatini tahlil qilishga yondashuvlarni ishlab chiqish / / savdo-iqtisodiy jurnal.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.