Научная статья на тему 'YANGILANAYOTGAN IQTISODIY ISLOHOTLAR DAVRIDA RESPUBLIKAMIZDAGI SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR'

YANGILANAYOTGAN IQTISODIY ISLOHOTLAR DAVRIDA RESPUBLIKAMIZDAGI SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
222
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ishlab chiqarish / sanoat iqtisodiyoti / ishlab chiqarish samaradorligi / yangilanayotgan iqtisodiy islohotlar / sanoat korxonalari.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Axmedova Sanobar Ikrom Qizi

Rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida davlatning iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtfa mo’ljallangan fundamental maqsadlarni o’rtaga qo’yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishihs vositalari, yo’llarini belgilashni ham o’z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kelajakda esa, ularni mo’l-ko’l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGILANAYOTGAN IQTISODIY ISLOHOTLAR DAVRIDA RESPUBLIKAMIZDAGI SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR»

YANGILANAYOTGAN IQTISODIY ISLOHOTLAR DAVRIDA RESPUBLIKAMIZDAGI SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR Axmedova Sanobar Ikrom qizi

Toshkent arxitektura qurilish universitseti doktoranti Gmail:sanobarahmedova839@gmail.com, +998 97 7701806 https://doi. org/10.5281/zenodo. 8050406

Annotatsiya. Rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida davlatning iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtfa mo'ljallangan fundamental maqsadlarni o'rtaga qo'yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishihs vositalari, yo'llarini belgilashni ham o'z ichiga oladi. O'zbekiston Respublikasining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma'naviy ne 'matlarga bo'lgan ehtiyojlarini to'laroq qondirish, kelajakda esa, ularni mo'l-ko'l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog'liqdir.

Kalit so'zlar: ishlab chiqarish, sanoat iqtisodiyoti, ishlab chiqarish samaradorligi, yangilanayotgan iqtisodiy islohotlar, sanoat korxonalari.

Hozirgi kunda iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyat yaratilyotganligi, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o'ringa qo'yadi. Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ma'ruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensive taraqqiyot yo'liga o'tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda. Ma'lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki omil: miqdor va sifat, ekstensiv va intensiv, ya'ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo'r beruvchi, kuchaytiruvchi omillar harakatda bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish bo'ladi; agar yana ham ko'proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo'llaniladigan bo'lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi. O'zbekiston sanoatida ana shu ikki yo'ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o'sib bormoqda.

Samaradorlik eng ko'p uchraydigan umumiy tushunchalardan biri bo'lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o'qish va o'qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar. Samaradorlik sanoat ishlab chiqarish faoliayatining "ko'zgusi" hisoblanadi. Bu "ko'zgu"da ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko'rish mumkin. Ma'lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o'z ishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Buning uchun ma'lum xarajatlar qiladi. Ana shu foyda bilan xarajatlar o'rtasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining "ko'zgusi" bo'lgan samaradorlikda ko'zga tashalanadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish harajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat.

Iqtisodiy jarayonlar orasida samaradorlikning alohida o'rni mavjud. Iqtisodiyot natijalilikni, foydalilikni taqazo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko'p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi

harakatda bo'ladi: a) moddiy resurslar; b) mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar; g) energetik resurslar; d) axborot resurslari ya'ni information resurslar. Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo'nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo'nalishlari Prezident farmonlari, Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan qarorlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko'rsatib berilgan. Shulardan biri, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi "Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaroridan muhim vazifalarni tahlil qilishimiz mumkin. Ushbu qarorda keltirilgan bandlar orqali korxonalarda ishlab chiqarish samaradorlini oshirish, bosqichma-bosqich amalga tadbiq etilishi muhim ahamiyatga ega.

Sanoat korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda ko'p, xilma-xil omillari va asosiy yo'nalishlari mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga bo'linishi mumkin: manba bo'yicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha, omillarning o'rni va amalga oshirish darajasi bo'yicha.

Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari bo'yicha tasniflash nimalar hisobiga ijtimoiy mehnatni tejashga erishish mumkinligini yoki erishilganligini aniqlashga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan, asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

- Mahsulotning mehnat sig'imi;

- Material sig'imi;

- Fond sig'imi hamda capital mablag'talablikni kamaytirish,

- Tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash.

Lekin bunday tasniflash talabga javob bermaydi. Bu savollarga javob toppish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha guruhlash kerak. Ular ijtimoiy mehnatni tejashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar kompleksidan iborat. Bu yo'nalishlar g'oyat xilma-xildir. Eng muhimlariga quyidagilar kiradi:

- Ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;

- Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko'tarish, fan va yutuqlarini joriy etish muddatini qisqartirish;

- Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, mahalliylashtirish va hududiy joylashtirish darajasini oshirish;

- Boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda rag'batlantirish tizimini takomillashtirish;

- Inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo'lga qo'yish.

Sanoat ishlab chiqarishni erkinlashtirish tarmoqda, islohotlarni chuqurlashtirish, samaradorlikni oshirishning asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yo'llaridan yana biri fan-texnika tarqqiyotini jadallashtirishdir. Texnik va texnologik omil mehnat unumdorligini o'stirishning kamida uchdan ikki qismini ta'minlaydi.

Ma'lumki, iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida texnika taraqqiyotining harakteri va mazmuni o'z xususiyatlariga ega bo'ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o'tish natijasida fan-texnika taraqqiyoti undagi miqdoriy o'zgarishlargagina qaratiladi. Umuman, samaradorlik

iqtisodiyotdagi sifat o'zgarishlari bilan bog'liqdir, bu talab fan-texnika taraqqiyotiga ham to'liq joriy etiladi.

Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga ko'tarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-g'ayrati, jonli iqtisodiyoti har qanday taraqqiyotning qudratli kuchi va eng muhim manbai hisoblanadi. Shu sababli ham insonni jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi deb aytiladi. U barcha yangiliklarni, shu jumladan, yangi, ilg'or texnika-texnologiyalarni yaratadi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy va amaliy kashfiyotlar qiladi. Barcha ishlab chiqarish vositalari inson mehnati bilan harakatga keltiriladi, foydali narsalar hosil qilinadi. Biroq inson faqat asosiy ishlab chiqaruvchi kuchgina emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning subyekti hamdir. Odamlar faoliyati shu munosabatlar orqali ro'yobga chiqadi. Bu faoliyat yo'nalishi va natijalari xodimning o'z faoliyatida qanday o'y-fikrlarga, tasavvurlarga, maqsadlarga, hayotiy qanday yo'l-yo'riqlarga amal qilishiga bog'liq. Shu sababli, inson omilining mohiyati, ahamiyati va mazmuni tahlil etilganda gap faqat inson haqidagina emas, balki avvalo inson yashab, mehnat qilayotgan ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi bilan belgilanuvchi ijtimoiy sifatlar, faoliyatni rag'batlantiruvchi omillar va muddaolar haqida borishi kerak.

Daromad va foyda mehnat, kapital va yer omillarining samaradorligini ko'rsatadi, ammo qanchalik darajada samaradorliligini ko'rstamaydi. Ishlab chiqarish omillari samaradorligini aniq bilish va muqobillar, harajatlar va daromadlarni o'rtasida solishtira olish bitta omild a jamlanadi, omillar uchun ko'zda tutilgan harajatlar hisobga olinmaydi. Shunig uchun, doim tekshirilayotgan omil birligida ishlab chiqarish quvvati samarasi va harajatlari o'rtasidagi farq qiziqtiradi, bunda doim tekshirilayotgan omil uchun harajatlar asossiz qoladi. Omil qaytimini hisoblash prinsiplari:

- Foydalanishga ish, kapital va yer (shaxsiy va ijara) omillarining umumiy miqdori;

- Shaxsiy omil (oilaviy ish, shaxsiy capital, shaxsiy yer) lar uchun olib boriladi. Shuning uchun, birinchi holatda begona omillar harajati hamda alternativ harajatlar

hisobga olinmaydi va umumiy foydalanilgan omillar bo'yicha bo'linadi. Ikkinchi holatda esa, faqat shaxsiy omillardan foydalanish harajatlari e'tiborga olinmay qoladi va foydalanilaniladigan shaxsiy omillar miqdori orqali bo'linadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 24.01.2022 yildagi "Respublikada ishlab chiqarsihni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-99- sonli Qarori. lex.uz.

2. Abdurahim Ortiqov "Sanoat iqtisodiyoti " darslik. 304 bet, Toshkent 2014 y.

3. Yuldasheva S.N. "Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish" o'quv qo'llanma. 290 bet, Buxoro 2020 y.

4. Sh.Sh. Shodmonov, U.V. G'afurov "Iqtisodiyot nazariyasi" darslik. 784 bet, Toshkent 2005 y.

5. G.M. Davlyatova, O.N. To'ychiyeva "Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish" darslik. Toshkent 2020 y...

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.