Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA POCHTA ALOQASI KORXONASINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH SAMARADORLIGI'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA POCHTA ALOQASI KORXONASINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pochta / pochta aloqasi korxonalari / hududiy filiallar / pochta aloqa bog‘lamalari / aloqa bo‘limlar / xizmat / avtomatlashtirish / tizim / raqamlashtirish / raqamli iqtisodiyot / kommunikatsiya / raqamli texnologiyalar / pochta aloqasi / Post Office / post office / post office enterprises / regional branches / post communication links / communication departments / service / automation / system / digitization / digital economy / communication / digital technology

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ravzatov Jonibek Baxromovich

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida pochta aloqasi korxonasini davlat tomonidan tomonidan qo'llab-quvvatlanishi haqida sо’z yuritiladi. Tahlil natijalarida O‘zbekistonda pochta faoliyatida raqamli iqtisodiyotning pochta iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini aniqlangan, uning asosiy va istiqbolli yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotning ob’ekti bo‘lib “O‘zbekiston pochtasi” AJ hamda Respublikamizda pochta sohasida faoliyat olib borayotgan nodavlat tashkilotlari iqtisodiyotining tarmoq va sohalarida joriy etilayotgan axborot texnologiyalari, raqamlashtirish jarayonlari tanlangan. Tadqiqotning predmetini mamlakatda pochta faoliyatida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy munosabatlar tashkil etadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATE REGULATION AND SUPPORT OF THE POSTAL ENTERPRISE IN THE CONDITIONS OF THE DIGITAL ECONOMY

This article will talk about reforms in the state regulation of the postal enterprise in the conditions of the digital economy and its state support. In the results of the analysis, the impact of the digital economy on postal economic growth in Uzbekistan in postal activities was determined, scientifically based proposals and recommendations were developed to improve its main and promising areas. The object of the study was the selection of information technologies and digitization processes being introduced in the sectors and sectors of the economy of Uzbekistan post JSC and non-governmental organizations operating in the postal sector of our Republic. The subject of the study is socio-economic, organizational and legal relations in the development of the digital economy in postal activities in the country

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA POCHTA ALOQASI KORXONASINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH SAMARADORLIGI»

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA POCHTA ALOQASI KORXONASINI DAVLAT TOMONIDAN QO'LLAB-QUVVATLASH

SAMARADORLIGI

Ravzatov Jonibek Baxromovich

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

tayanch doktoranti

j onibek_tatu@mail. ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida pochta aloqasi korxonasini davlat tomonidan tomonidan qo'llab-quvvatlanishi haqida sо'z yuritiladi. Tahlil natijalarida O'zbekistonda pochta faoliyatida raqamli iqtisodiyotning pochta iqtisodiy o'sishiga ta'sirini aniqlangan, uning asosiy va istiqbolli yo'nalishlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotning ob'ekti bo'lib "O'zbekiston pochtasi" AJ hamda Respublikamizda pochta sohasida faoliyat olib borayotgan nodavlat tashkilotlari iqtisodiyotining tarmoq va sohalarida joriy etilayotgan axborot texnologiyalari, raqamlashtirish jarayonlari tanlangan. Tadqiqotning predmetini mamlakatda pochta faoliyatida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy munosabatlar tashkil etadi.

Kalit so'zlar: pochta, pochta aloqasi korxonalari, hududiy filiallar, pochta aloqa bog'lamalari, aloqa bo 'limlar, xizmat, avtomatlashtirish, tizim, raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, kommunikatsiya, raqamli texnologiyalar, pochta aloqasi.

ГОСУДАРСТВЕННОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ И ПОДДЕРЖКА ПРЕДПРИЯТИЯ ПОЧТОВОЙ СВЯЗИ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ

ЭКОНОМИКИ

Равзатов Жонибек Бахромович

Базовый докторант Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада Аль-Хорезми

j onibek_tatu@mail. ru

Аннотация: В данной статье рассматриваются реформы государственного регулирования предприятия почтовой связи в условиях цифровой экономики и его государственной поддержки. По результатам анализа выявлено влияние цифровой экономики на экономический рост почты в Узбекистане, разработаны

научно обоснованные предложения и рекомендации по совершенствованию ее основных и перспективных направлений. Объектом исследования были выбраны информационные технологии, процессы оцифровки, внедряемые в отраслях и сферах экономики АО" Узбекистон почтаси " и негосударственных организаций, осуществляющих деятельность в почтовой сфере в нашей республике. Предметом исследования являются социально-экономические, организационно-правовые отношения в развитии цифровой экономики в сфере почтовой деятельности в стране.

Ключевые слова: почта, Почта, предприятия почтовой связи, территориальные отделения, почтовые отделения, отделы связи, сервис, автоматизация, система, оцифровка, Цифровая экономика, коммуникации, цифровые технологии.

STATE REGULATION AND SUPPORT OF THE POSTAL ENTERPRISE IN THE CONDITIONS OF THE DIGITAL ECONOMY

Ravzatov Jonibek Bakhromovich

Basic doctoral student of Tashkent University of Information Technologies named

after Muhammad Al-Khorezmi

j onibek_tatu@mail. ru

Abstract: This article will talk about reforms in the state regulation of the postal enterprise in the conditions of the digital economy and its state support. In the results of the analysis, the impact of the digital economy on postal economic growth in Uzbekistan in postal activities was determined, scientifically based proposals and recommendations were developed to improve its main and promising areas. The object of the study was the selection of information technologies and digitization processes being introduced in the sectors and sectors of the economy of Uzbekistan post JSC and non-governmental organizations operating in the postal sector of our Republic.The subject of the study is socio-economic, organizational and legal relations in the development of the digital economy in postal activities in the country.

Keywords: Post Office, post office, post office enterprises, regional branches, post communication links, communication departments, service, automation, system, digitization, digital economy, communication, digital technology.

KIRISH

Hozirgi davrda O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) rivojlanishi bilan uzviy bog'liq. Raqamli iqtisodiyot bo'yicha olib borilgan keng ko'lamli tadqiqotlar shuni

ko'rsatdiki, iqtisodiyot tarmoqlari, davlat boshqaruvi va jamiyatning turli sohalariga AKT har tomonlama kirib borayotganligi uning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, mutaxassislar muayyan mamlakatda Raqamli iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishida davlatning roli muhimligini ta'kidlab, u ilg'or texnologiyalarni joriy etishda muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajaradi, degan xulosaga keldilar.

AKTni faol joriy etish axborot rolining o'zgarishi (transformatsiya)ga, alohida tarmoqlar faoliyatining boshqa tarmoqlarga o'zaro bog'liqligi ortishiga, mehnat bozoridagi tarkibiy nomutanosibliklarga, iqtisodiyotda ilm-fanning roli va xizmat ko'rsatish sohasining YaMMda ulushi oshishiga olib keladi. Shuningdek, bu rivojlanish davri uchun bir tomondan, kelajak davrning maksimal noaniqlik holati, ikkinchi tomondan esa rivojlanishning yuqori dinamikasi xarakterlidir.1

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi pochta aloqasi xizmatlariga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Pochta aloqasi tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan asosiy raqamli mahsulotlar iste'molchiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida taqdim etiladigan an'anaviy pochta xizmatlari va faqat belgilangan texnologiyalar yordamida ishlab chiqarish mumkin bo'lgan mahsulotlardir. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, bir tomondan, iste'molchilarning pochta xizmatlarining keng doirasiga kirishini osonlashtiradi, boshqa tomondan, ushbu xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilotlarga o'z faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi2.

Shunday qilib, "O'zbekiston pochtasi"AJ faoliyatida faol foydalaniladigan katta ma'lumotlar va sun'iy intellekt texnologiyalari iste'molchilarning raqamli portretlari va ularning iqtisodiy xatti-harakatlarini o'rganish asosida qo'shimcha qiymat yaratishga imkon beradi.. Shu bilan birga, uchinchi shaxslarga kompaniyada mavjud bo'lgan mijozlar ma'lumotlarini tahlil qilish yoki ulardan foydalanish, turli xil dasturlar va xizmatlarni birlashtirish va shu bilan mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish imkoniyatini beradigan ochiq ma'lumotlar platformalarini rivojlantirish dolzarb tendentsiyadir3.

ADABIYOTLAR TAHLILI

MAMIqtisodiyotimiz va ijtimoiy hayotda "raqamlashtirish" jarayoni (ingliz tilida - digitization ya'ni, raqamlashtirish, ba'zan esa "digitalization" ya'ni raqamlashtirilishi ma'nosini bildiradi) haqida gapirganda, birinchi navbatda, terminologiyaga aniqlik kiritish kerak. Eng keng ma'noda "raqamlashtirish" jarayoni odatda raqamli texnologiyalarni keng qo'llash va assimilyatsiya qilish tashabbusi bilan

1 O'lmasov, A Vahobov "Iqtisodiyot nazariyasi" Toshkent-2019. 87-b

2 Gulyamov S.S., Ayupov R.X. Ра;амли щтисодиёт ва унинг асосий ривожланиш йуналишлари. УзР Статистика Кумитаси электрон журнали, 2019 йил ноябрь, 2-сон. 10 bet.

3 Jo'rayev L.N., Mamatqulov G'.R., Xudoyberdiyev R.F. "Zamonaviy pochta aloqasi" o'quv qo'llanma. Toshkent, Aloqachi-2017.

boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishni anglatadi. axborotni yaratish, qayta ishlash, almashish va uzatish texnologiyalaridir4.

Raqamli iqtisodiyot, uning shakllari va ta'sir etuvchi omillarining ilmiymetodologik jihatlari ko'plab xorijlik olimlar, jumladan: N.Lane, T.Mesenbourg, M.Kastells, B.Panshin, N.Negroponte, A.Sokolov, A.Kunsman, R.Buxt, R.Xiks, M.Polojixina, I.Strelkova, M.Kalujskiy, S.Plugotarenko, M.Kastells, R.Solou va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan5.

O'zbekiston iqtisodiyotida axborot texnologiyalaridan foydalanish, raqamli iqtisodiyotni joriy etishning dolzarb masalalari va ijtimoiy-iqtisodiyotga ta'sirini o'lchash bilan bog'liq tadqiqotlar S.S.Gulyamov, R.H.Ayupov, O.M.Abdullayev, G.R.Baltabayeva, K.X.Abdurahmonov, O.Umarov va mamlakatimizning boshqa ko'plab yetakchi iqtisodchi olimlari tomonidan olib borilgan . Ularning ilmiy tadqiqot ishlarida iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta'minlaydigan, shuningdek, ular o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri o'zaro aloqa qilish imkoniyatini beradigan funksiyalar to'plamiga ega bo'lgan raqamli muhit bo'yicha izlanishlar o'rin olgan6.

Keyingi yillarda pochta xizmatlari bozorining o'zgarishiga va pochta rivojlanishining cheklanishiga ta'sir ko'rsatgan bir necha omillar mavjud. Ko'pgina ekspertlarning fikricha, an'anaviy pochta aloqasi xizmatlariga bo'lgan talabning pasayishiga ta'sir ko'rsatgan asosiy omillar bu texnologik omillar, ya'ni Internet, elektron pochtaning rivojlanishi, elektron tijoratning rivojlanishi, yangi raqamli texnologiya vositalarining paydo bo'lishi hisoblanadi.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida raqamli iqtisodiyot sharoitida pochta aloqasi korxonasini davlat tomonidan tartibga solishdagi islohotlar va uni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'rganildi. Maqolani shakllantirish jarayonida kuzatish va tanlab olish, ilmiy-nazariy, empirik kuzatuv usullardan foydalanilgan. Tadqiqot natijalarining ishonchligi tadqiqotda qo'llanilgan "O'zbekiston pochtasi" AJning va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining statistik rasmiy manbalardan foydalanilgani bilan izohlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Pochta aloqa sohasi xalq xo'jaligi sohalaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohaning asosiy vazifasi aholi va xalq xo'jaligining pochta aloqa xizmatlari va vositalariga bo'lgan talabini qondirishdan iboratdir. Xalq xo'jaligidagi pochta aloqa bu - shaxs va

4 Алексеев И.В. Информационное обеспечение системы управления франчайзинговыми предприятиями / И.В. Алексеев, Е.В. Рибокене // Экономические и гуманитарные науки. - 2019. - №1 (276). - С. 105-110

5 Lapidus L.V. Digital economy. - M.:, Infra-M, 2019 yil.

6 Telekommunikatsiya infratuzilmasi yangi bosqichga ko'tarilmoqda. URL: https://mitc.uz/uz/pages/communication

jamiyatning turli ko'rinishdagi axborotlarni almashishga bo'lgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan.

Respublikada pochta aloqasini rivojlantirishdagi asosiy yo'nalishi zamonaviy talablarga javob beruvchi, mijozlarni o'sib borayotgan talablarini qondiruvchi va Umumjahon pochta ittifoqi standartlari bo'yicha pochta jo'natmalarini qayta ishlash sifatini ta'minlovchi ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasidagi xizmatlarni ko'rsatishdan iborat7.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4921-son qarorida soha faoliyatida amalga oshirilishi lozim bo'lgan bir qator vazifalar belgilab berildi. Hususan:

- pochta va kuryerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda "yakuniy manzil" xizmatini joriy etish;

- pochta aloqasining an'anaviy xizmatlarini takomillashtirish, ularni raqamlashtirish, jo'natmalarni qabul qilish, kuzatib borish va yetkazish jarayonlariga axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish orqali aholi, biznes va davlat idoralariga zamonaviy xizmatlarni taqdim etish;

- "Gibrid pochta" jo'natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlari sonini 2 barobarga oshirish;

- pochta aloqasi obyektlari orqali to'lovlarni onlayn rejimda qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimini modernizatsiyalash va uning mobil ilovasini ishlab chiqish8.

O'zbekiston Respublikasi halqaro pochta almashinuv punkti sifatida Butun Jahon Pochta Ittifoqiga a'zo 192 ta davlatdan 80 dan oshig'i bilan doimiy ravishda pochta almashinuvlarini amalga oshirib kelmoqda. Shu jumladan 24 davlatlar bilan xalqaro pochta almashinuvi "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi bilan to'g'ridanto'g'ri olib borilmoqda. Jumladan, 18 ta uzoq xorijiy davlatlar bilan Gretsiya, Tailand, Hindiston, Malayziya, Angliya, AQSh, Latviya, Yaponiya, Fransiya, Xitoy, Italiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Isroil, Eron, Germaniya, Vyetnam, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Ukraina, Ozorbayjon davlatlari bilan pochta almashinadi9.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'minlanganlik darajasi 100 % bo'lgandagina yangi zamonaviy xizmat turlarini joriy etish, virtual xizmatlardan foydalanish mumkin bo'ladi. Shu o'rinda shuni alohida ta'kidlash lozimki, MDH

7 Отакузиева З.М., Бобоходжаев Ш.И. Перспективы и роль цифровой экономики в развитии почтовой связи Узбекистана // «Научный альманах». 2018. №7 - 1 (45). Science almanac. - Р.18-22.

8 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4921-son Qarori

9 "O'zbekiston pochtasi" AJ ning yillar bo'yicha ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzib chiqildi

davlatlari orasida Rossiya, Belorus, Ukraina kabi davlatlarda kiber-pochta jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Ushbu davlatlarda an'anaviy xizmat turlari bilan bir qatorda yangi zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan virtual muhitda ishlaydigan xizmatlar rivojlanib bormoqda. Yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan xizmat turlaridan biri bu billing tizimi hisoblanadi.

"O'zbekiston pochtasi" AJning korporativ kompyuter tarmog'i 2002-2003-yillarda tashkil etilgan bo'lib, xozirgi kunda ushbu korporativ kompyuter tarmog'i (KKT)ga Jamiyatning 165 ta tuman pochta aloqasi tarmoqlari va 1675 ta pochta aloqasi bo'limlari jami 1840 ta pochta aloqasi obyektlari bog'langan.

1-jadval

"O'zbekiston pochta" AJ hududiy filiallarda jamiyatning korporativ kompyuter

tarmog'iga ulangan kompyuterlar soni (yillar kesimida)10

2022- yil 23-

№ Filiallar nomi 2015 -yil 2017- yil 2019 -yil fevral holatiga

1 Qoraqalpoq filiali 124 60 180 256

2 Andijon filiali 138 58 130 185

3 Buxoro filiali 186 210 150 213

4 Jizzax filiali 110 100 120 170

5 Qashqadaryo filiali 175 198 198 281

6 Navoi filiali 132 130 125 176

7 Namangan filiali 194 139 195 277

8 Samarqand filiali 261 325 312 443

9 Surxondaryo filiali 232 84 222 315

10 Sirdaryo filiali 118 85 88 125

11 Toshkent filiali 349 61 250 355

12 Farg'ona filiali 254 283 333 473

13 Xorazm filiali 146 110 115 163

14 Toshkent pochtasi 298 410 268 381

Jami filiallar bo'yicha 2717 2253 2686 3813

Mijozlar nomiga kelgan pochta jo'natmalarini olishi uchun mo'ljallangan o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi avtomatlashtirilgan komplekslar (pochtamatlar) tarmoqlarini boshqarish tizimini joriy etishning loyiha-texnik hujjatlar ishlab chiqilib, tanlov o'tkazildi.

2021 -yilda Jamiyat tomonidan markazlashtirilgan holda 71 ta pochtamatlar xarid qilindi va ulardan 15 tasi Toshkent shahriga, Farg'ona va Toshkent viloyatiga 6 tadan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlariga 4 tadan taqsimlandi va ushbu viloyatlarning aholi gavjum joylariga o'rnatildi.

10 "O'zbekiston pochtasi" AJ ning yillar bo'yicha ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzib chiqildi

"Elektron pul o'tkazmalari tizimi" orqali O'zbekiston xududining barcha yo'nalishlari bo'yicha pul o'tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Mazkur tizim 2005 yilda joriy etilgan bo'lib, bugungi kunda unga 1840ta pochta aloqasi obyektlari bog'langan.

Shuningdek, Xalqaro elektron pul o'tkazmalari moliyaviy tizimi IFS orqali Ukraina, Rossiya, Qozog'iston, Belorussiya, Ozarbayjon, Armeniya, Gruziya Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari bilan hamkorlikda ijtimoiy turdagi pul o'tkazmalari almashuvi yo'lga qo'yilgan.

2-jadval

"O'zbekiston pochta" AJ hududiy filiallari tarkibidagi aloqa korxonalarida

elektron pul o'tkazmalari avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishchi o'rinlari

•11

soni11

2022 -yil 23-

№ Filiallar nomi 2015 -yil 2017- yil 2019 -yil fevral holatiga

1 Qoraqalpoq filiali 84 109 106 111

2 Andijon filiali 85 102 113 115

3 Buxoro filiali 124 136 136 121

4 Jizzax filiali 58 70 82 82

5 Qashqadaryo filiali 87 92 104 111

6 Navoi filiali 80 78 66 70

7 Namangan filiali 134 96 118 118

8 Samarqand filiali 183 201 201 207

9 Surxondaryo filiali 87 86 62 81

10 Sirdaryo filiali 55 60 36 40

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11 Toshkent filiali 167 188 164 171

12 Farg'ona filiali 171 190 198 200

13 Xorazm filiali 67 109 95 101

14 Toshkent pochtasi 154 173 141 142

Jami filiallar bo'yicha 1536 1690 1622 1670

To'lovlarni qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimi» (TQQAT) va "O'zbekenergo" DAKning billing tizimi o'rtasida ma'lumotlarning elektron ko'rinishda operativ almashinuvi yo'lga qo'yilgan. Tizim 2013- yilda joriy etilgan. Tizim dasturi ma'nan eskirganligi va ko'pgina zamonaviy talablarga javob bermayotganligi sababli 2021-yilning may oyida yangi ishlab chiqilgan "AVVAL" AT dasturiga almashtirildi. Jamiyatning kompyuterlashtirilmagan va ma'lumot uzatish kanallari bilan ta'minlash imkoniyati bo'lmagan aloqa bo'limlarida qabul qilingan to'lovlar haqidagi ma'lumotlarni billing tizimiga bog'langan obyektlar (bog'lamalar) orqali ma'lumotlar bazasiga kiritib borilishi yo'lga qo'yilgan.

11 "O'zbekiston pochtasi" AJ ning yillar bo'yicha ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzib chiqildi

"O'zbekiston pochtasi" AJ tizimida mamlakatimizning barcha hududini qamrab olgan 2 mingdan ziyod bo'linma mavjud. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni yana-da chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim shartlaridan biri -bu sohalarni raqamlashtirish hisoblanadi. Bu o'z navbatida, pochta sohasiga ham zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etishni taqozo etadi12.

Bugungi kunda pochta aloqasi bozorida kuchli raqobatli muhit vujudga kelgan. Pochta va kuryerlik xizmatlari 575 ta mahalliy xususiy kompaniya va xalqaro darajadagi yirik kompaniyalar tomonidan ko'rsatib kelinmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, mazkur korxonalar tomonidan 2019-yilda 260,0 milliard so'mlik pochta va kuryerlik xizmatlari taqdim etilgan. "O'zbekiston pochtasi" AJ tizimida mamlakatimizning barcha hududini qamrab olgan 2 mingdan ziyod bo'linma bo'lib, ularda 7 ming nafar xodim faoliyat yuritishi lekin yillar davomida sohaga e'tibor berilmagani sababli pochta xizmatining o'rni pasayib ketgan. Jumladan, so'nggi o'n sakkiz yilda 1 ming 300 ta pochta bo'linmasi yopilgan. O'tgan yili xorijdan kelgan 6 ming tonna jo'natmalarning atigi 10 foizi, kuryerlik xizmatlarining 30 foizi milliy pochta hissasiga to'g'ri kelgan xolos13.

XULOSA

Pochta aloqasi tizimi bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta jo'natmalari bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha o'z infratuzilmasiga ega bo'lgan muhim soha hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida pochta aloqasi korxonasini davlat tomonidan tartibga solinib, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Barchamizga ma'lumki, 2020 yil 14 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror qabul qilingan edi.

Pochta aloqasi tizimi bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta jo'natmalari bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha o'z infratuzilmasiga ega bo'lgan muhim soha hisoblanadi. Shuni aytib o'tishimiz kerakki, bugungi kunda Milliy operator tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha yetarlicha choralar ko'rilmaganligi natijasida,bir qator kamchiliklar va yechilishi kutilayotgan muammolar yig'ilib qolgan edi.

12 "O'zbekiston pochtasi" AJ ning yillar bo'yicha ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzib chiqildi

13 Shirinov, U. Pochta xizmatlarining hisob va audit ob'ekti sifatidagi tasnifiy asoslari. Ekonomika. ЭКОНОМHКА, 804-809

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 6-oktyabrdagi PF-6079 sonli Farmoni

2. O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyuldagi "O'zbekiston respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3832-sonli Qarori

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori

4. O'zbekiston Respublikasi Prizdentining 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarori

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4921-son Qarori

6. "O'zbekiston pochtasi" AJ ning ""O'zbekiston pochtasi" AJ tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish" 199-son buyrug'i 2017 yil 28-iyun

7. Jo'rayev T.,Iqtisodiyot nazariyasi. . Darslik..-T.: «Fan va texnologiya» nashr, 2018. - 512 bet.

8. Qodirov S., Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning xususiyatlari, "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali, 2/2022, mart-aprel

9. Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar. O'quv qo'llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.

10. Porsaev G'.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik -T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b

11. Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.: ТМ1, 2020, 575 bet.

12. Jo'rayev L.N., Mamatqulov G'.R., Xudoyberdiyev R.F. "Zamonaviy pochta aloqasi" o'quv qo'llanma. Toshkent, Aloqachi-2017.

13. Gulyamov S.S., Ayupov R.X. Миллий иктисодиётда ракамли технологиялардан фойдаланишнинг стратегик ахамияти. Тошкент, www.UzA.uz, УзМАА - Узбекистон Миллий Ахборот Агентлиги «Электрон журнали», УзМАА Ахборотномаси, 2019 йил октябрь, №1. 11 bet.

14. Gulyamov S.S., Ayupov R.X. Ракамли иктисодиёт ва унинг асосий ривожланиш йуналишлари. УзР Статистика Кумитаси электрон журнали, 2019 йил ноябрь, 2-сон. 10 bet.

15. Отакузиева З.М. Формирование, факторы и условия развития цифровой экономики в Узбекистане Журнал Бизнес - эксперт, 2020 йил 6 (150)-сон, 106113 бетлар.

16. Отакузиева З.М., Бобоходжаев Ш.И. Перспективы и роль цифровой экономики в развитии почтовой связи Узбекистана // «Научный альманах». 2018. №7 - 1 (45). Science almanac. - Р. 18-22.

17. Отакузиева З.М., Бобоходжаев Ш.И. Насущность реформ почтовой связи Узбекистана и цифровая экосистема // IV international correspondence scientific specialized conference «international scientific review of the problems of economics, finance and management» (Boston. USA. August 5-6, 2018) ISBN 978-1948507-00-4 UDC 08 Boston. Massachusetts printed in the United states of America 3р.

18. Отакузиева З.М., Кудрявцева Л.В., Ишдавлетова Э.Т. Развитие почтового банкинга почтовой связи республики Узбекистан на основе зарубежного опыта Журнал "Мухдммад ал-Хоразмий авлодлари», 2(4)/2018. -Б 96-99

19. Отакузиева З.М., Ишдавлетова Э.Т. Тенденции развития услуг почтовой связи Журнал "Мухдммад ал-Хоразмий авлодлари», 3(9)/2019.

20. Shirinov, U. Pochta xizmatlarining hisob va audit ob'ekti sifatidagi tasnifiy asoslari. Ekonomika. ЭКОНОМИКА, 804-809

21. Алексеев И.В. Информaционное обеспечение системы управления франчайзинговыми предприятиями / И.В. Алексеев, Е.В. Рибокене // Экономические и гуманитарные науки. - 2019. - №1 (276). - С. 105-110

22. Lapidus L.V. Digital economy. - M.:, Infra-M, 2019 yil.

23. Telekommunikatsiya infratuzilmasi yangi bosqichga ko'tarilmoqda. URL: https ://mitc. uz/uz/pages/communication

24. Brynjolfsson E. and Kahin, B, eds. (2002). Understanding the Digital Economy. Massach usetts Institute of Technology, Cambridge, MA

25. Бойко, И.П. Экономика предприятия в цифровую эпоху / И.П. Бойко, М.А. Евневич, А.В. Колышкин // Российское предпринимательство. Том 18, -2017. - №7. - С. 1127-1130

26. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi zamonaviy trendlar: tajriba, muammo va istiqbollar. // Ilmiyamaliy anjuman ma'ruza tezislari to'plami. 2020 yil 14 oktyabr. - Toshkent. 2020.

27. Gulyamov, S.S. va b., Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. -T.: Iqtisod-Moliya, 2019, 396 b.

28. Ayupov, R.X., Baltabaeva, G.R., Raqamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollari. -T: Fan va texnologiya, 2018, 172 b.

29. http://www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi qonunlari bazasi sayti

30. https://www.imv.uz - Iqtisodiyot va moliya vazirligi sayti

31. http://www.soliq.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi sayti http ://www. stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.