POCHTA FAOLIYATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI VA TAHLILI
Niyozov Ma'ruf Sharifovich
Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi tayanch doktoranti niyozovmaruf76@gmail. com
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda pochta faoliyatida raqamli iqtisodiyotning pochta iqtisodiy o'sishiga ta'sirini aniqlash va uni hozirgi holati ko'rib chiqilgan, hamda pochta tizimdagi raqamli texnologiyalarninglarning joriy holati haqida umumiy ma'lumot beramiz, ularning ahamiyati va qo'llanilishi ko'rsatib beramiz. Shuningdek, hozirda ishlayotgan turli raqamli texnologiyalar va ularni turlari, qabul qilish darajasini ko'rib chiqamiz.
Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, global axborot, raqamli iqtisodiyot, pochta texnologiyalari, SaS, SPSS va R - servis xizmat turi sifatida, IoT qurilmalari, statistikdasturiy ta'minot, interaktiv boshqaruv, ma'lumotlarni tahlili.
ТЕКУЩЕЕ СОСТОЯНИЕ И АНАЛИЗ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПОЧТОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
Ниязов Маруф Шарифович
Высшая школа бизнеса и предпринимательства, базовый докторант
Аннотация: В данной статье рассматривается влияние цифровой экономики на экономический рост почты в Узбекистане,а также дается обзор текущего состояния цифровых технологий в почтовой системе, показывается их значение и применение. Мы также рассмотрим различные цифровые технологии, которые в настоящее время работают,и их типы, степень принятия.
Ключевые слова: цифровые технологии, глобальная информация, цифровая экономика, почтовые технологии, SAS, SPSS и R - Service как тип услуги, устройства интернет вещей, статистическое программное обеспечение, интерактивное управление, анализ данных.
CURRENT STATUS AND ANALYSIS OF THE USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN POSTAL ACTIVITIES
Niyozov Maruf Sharifovich
The School of Business and Entrepreneurship is a basic doctoral student
Annotation: This article examines the impact of the digital economy on the economic growth of mail in Uzbekistan, as well as provides an overview of the current state of digital technologies in the postal system, shows their significance and application. We will also look at the various digital technologies that are currently working, and their types, the degree of adoption.
Keywords: digital technologies, global information,digital economy, postal technologies, SaS, SPSS,and R - service as a type of service, IoT devices,statistical software, interactive management, data analysis.
Kirish
Hozirgi davrda O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) rivojlanishi bilan uzviy bog'liq. Raqamli iqtisodiyot bo'yicha olib borilgan keng ko'lamli tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, iqtisodiyot tarmoqlari, davlat boshqaruvi va jamiyatning turli sohalariga AKT har tomonlama kirib borayotganligi uning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, mutaxassislar muayyan mamlakatda Raqamli iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishida davlatning roli muhimligini ta'kidlab, u ilg'or texnologiyalarni joriy etishda muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajaradi, degan xulosaga keldilar. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati AKTni rivojlantirish va uni jamiyat hayotining barcha sohalariga ommaviy joriy etishga alohida e'tibor qaratmoqda. Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga murojaatnomada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yilni "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qildi va ushbu yilda mamlakat raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda tub burilish yasashi kerakligini ta'kidladi. "Avvalo, qurilish, energetika, qishloq va suv xo'jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog'liqni saqlash, ta'lim va arxiv ishi sohalarini to'liq raqamlashtirish zarur. Ana shu vazifalarni inobatga olgan holda, ikki oy ichida "Raqamli iqtisodiyot - 2030" dasturini ishlab chiqishni yakunlashimiz kerak" 2020-yil 5-oktyabrda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Respublikada Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga yo'naltirilgan PF-6079 raqamli "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" Farmonni imzoladi.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, AKTni faol joriy etish axborot rolining o'zgarishi (transformatsiya)ga, alohida tarmoqlar faoliyatining boshqa tarmoqlarga o'zaro
bog'liqligi ortishiga, mehnat bozoridagi tarkibiy nomutanosibliklarga, iqtisodiyotda ilm-fanning roli va xizmat ko'rsatish sohasining YAMMda ulushi oshishiga olib keladi. Shuningdek, bu rivojlanish davri uchun bir tomondan, kelajak davrning maksimal noaniqlik holati, ikkinchi tomondan esa rivojlanishning yuqori dinamikasi xarakterlidir [1].
Adabiyotlar tahlili
Iqtisodiyotimiz va ijtimoiy hayotda "raqamlashtirish" jarayoni (ingliz tilida -digitization ya'ni, raqamlashtirish, ba'zan esa "digitalization" ya'ni raqamlashtirilishi ma'nosini bildiradi) haqida gapirganda, birinchi navbatda, terminologiyaga aniqlik kiritish kerak. Eng keng ma'noda "raqamlashtirish" jarayoni odatda raqamli texnologiyalarni keng qo'llash va assimilyatsiya qilish tashabbusi bilan boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishni anglatadi. axborotni yaratish, qayta ishlash, almashish va uzatish texnologiyalaridir [2].
Raqamli iqtisodiyot, uning shakllari va ta'sir etuvchi omillarining ilmiy-metodologik jihatlari ko'plab xorijlik olimlar, jumladan: N.Lane, T.Mesenbourg, M.Kastells, B.Panshin, N.Negroponte, A.Sokolov, A.Kunsman, R.Buxt, R.Xiks, M.Polojixina, I.Strelkova, M.Kalujskiy, S.Plugotarenko, M.Kastells, R.Solou va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan [3].
O'zbekiston iqtisodiyotida axborot texnologiyalaridan foydalanish, raqamli iqtisodiyotni joriy etishning dolzarb masalalari va ijtimoiy-iqtisodiyotga ta'sirini o'lchash bilan bog'liq tadqiqotlar S.S.Gulyamov, R.H.Ayupov, O.M.Abdullayev, G.R.Baltabayeva, K.X.Abdurahmonov, O.Umarov va mamlakatimizning boshqa ko'plab yetakchi iqtisodchi olimlari tomonidan olib borilgan . Ularning ilmiy tadqiqot ishlarida iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta'minlaydigan, shuningdek, ular o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri o'zaro aloqa qilish imkoniyatini beradigan funksiyalar to'plamiga ega bo'lgan raqamli muhit bo'yicha izlanishlar o'rin olgan [4].
Tadqiqot metodologiyasi
Ushbu maqola ishida ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, mantiqiy va empirik usullardan foydalanildi.
Muhokama va natijalar
Maqolada pochta faoliyatida raqamli texnologiyalarni tadqiq etishning xorijiy tajribalari yechimlaridan faol foydalanadigan korxonalar, bozor kapitallashuvi bo'yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalar misolida ko'rib chiqilgan. Quyidagi jadvalda pochta xizmatini ko'rsatish uchastkalarini hamda pochtalonlar soni keskin kamayib ketish grafigi ko'rsatilgan, raqamli texnologiyalarni qo'llamas ekanmiz kadrlar sonini qisqartirish bilan hech narsaga erisha olmaymiz. Solishtirish uchun 2009-yilda "BTS Express Cargo Servis" MChJ tashkil qilinganmiz, endi ochilgan paytda man shu
tashkilotda 2 yil kuryer bo'lib ishlaganman, jo'natmalar juda kam edi butun shaharda bir pensioner muysafid bilan man pochtalarni avtobusda proyeznoy bilan tashib mijozlarga yetkazib, tushlikdan keyin pochtani yig'ib kelardik mana shu tashkilotda hozirgi vaqtda 100 dan ortiq ishchilar, 100 dan ortiq avtomashinalar xizmat ko'rsatmoqda, pochta jo'natmalari va yuklarni yetkazib berib ulgira olmayapdi. Xush ularni yutug'i nimada, sohaga raqamli texnologiyalarni qo'llab, iloji boricha qo'l mexnatini kamaytirishda.
1-rasm. 2000-yildan 2019-yilgacha bo'lgan davr uchun pochta xizmatini ko'rsatish uchastkalari va pochtalonlar sonining o'zgarish dinamikasi [5]
Globallashuv jarayonida mamlakatlar raqobatbardoshligini belgilashda raqamli iqtisodiyotning o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning qaysi bir tarmoq yoki sohasiga nazar tashlamaylik, barchasida raqamli texnologiyalarning o'rnini ko'ramiz. Mamlakatning pochta tizimidagi xizmatidan tortib, davlat xizmatlari darajasida ham innovatsion raqamli texnologiyalarning ulushi oshib borayotganligini kuzatishimiz mumkin.
"BTS Express Cargo Servis" MChJ O'zbekistonda birinchilardan bo'lib onlayn rejimda ishlovchi jo'natma qabul qilinib olganidan, mijozga topshirgungacha bo'lgan jarayonni to'liq nazorat qilish imkonini beruvchi dastur va uni bajaruvchi qurulma (ruchkasi bilan)larni o'z ichiga oluvchi texnologiyani joriy etdi. Ushbu texnologiya dunyoning rivojlangan logistika va kurerlik xizmatlarini ko'rsatuchi tashkilotlarida qo'llanilib kelinmoqda [6].
Ushbu texnologiyani Amazon kompaniyasini o'zi 2018 - yil da patent olishga muvaffaq bo'lgan. Jahon tajribasida birinchilardan bo'lib Amazon logistika va kurerlik xizmatlarini ko'rsatuchi kompaniyada qo'llanilgan. Ushbu texnologiyani ishlash jarayoni haqida ozgina ma'lumot berib o'tamiz:
• Texnologiya oddiy mobil telefon qo'rilmasiga o'xshash bo'ladi.
• Moslamani oldida kamerasi bor
• Shtrix kod orqali ma'lumotlar kiritiladi.
Aslida raqamli iqtisodiyotning ilk ko'rinishlari D.Bell tomonidan yaratilgan telekommunikatsiyaning ilk ko'rinishiga borib taqaladi. Undan keyin o'tgan asrning 50 yillarida IBM kompaniyasi tomonidan amaliyotga SABRE dasturining yaratilishi va American Airlines tomonidan aviachiptalarni bron qilish va xarid jarayonida qo'llanilishi raqamli tizimlarning yaratilishida yangi burulishni boshlab berdi. 20 asrning 90 yillaridan internetdan global tarmoq sifatida foydalanish natijasida iqtisodiyot tarmoq va sohalarining raqamlashish darajasi bosqichma-bosqich yuqorilashib bordi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari Don Tapskott tadqiqotlaridan keyin shakllanib bordi va uni quyidagicha izohlash mumkin:
1-bosqich. (1995-2000-yillar). Texnologiya va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish. Dastlab, raqamli iqtisodiyotning quyidagi uchta turini ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq:
• elektron biznes infratuzilmasi (tarmoqlar, dasturiy ta'minot, kompyuterlar va boshqalar)
• e-biznes, ya'ni kompyuter tarmoqlaridan foydalanadigan biznesni tashkil qilish jarayoni;
• elektron tijorat, ya'ni tovarlar sotishning chakana savdosi. Biroq, yangi texnologiyalarning keng tarqalishi bilan: katta ma'lumotlar (Big Data), bulutli hisoblash (Cloud computing), blokcheyn, kognitiv hisoblash (Cognitive science), narsalar interneti (Internet of Things), robotlar, moliyaviy internet texnologiyalari (Financial technology (F inTech)), shuningdek, virtual mahsulotlar (o'yinlar, musiqa, filmlar, kitoblar). Bu konsepsiya yanada keng ma'no kasb etgani holda raqamli iqtisodiyotning markaziy elementiga aylandi (2-rasm) [7].
Xorijda hamda mamlakatimizda keng ishlatilgan "Informatizatsiya" "Kibernetika" kabi atamalar ilmiy va amaliy iste'moldan chiqib, tobora ko'proq "raqamlashtirish" yoki «raqamli transformatsiyalar» iboralari keng qo'llanila boshlandi.
Sanoatda esa, raqamli iqtisodiyotning ta'siri ostida bo'lgan texnologiya va biznes
jarayonlarida o'zgarishlar to'rtinchi sanoat inqilobini (Industry 4.0) yuzaga keltirdi [8].
■--
Elektron biznes infratuzilmasi:
• tarmoqlar, dasturiy ta'minot, kompyuterlar va boshqalar. ->
e-biznes:
v. x
_• kompyuter tarmoqlarini ishlatadigan tadbirkorlik yo'nalishlari_
-
elektron tijorat:
• blokcheyn, kognitiv hisoblash, robotlar, virtual mahsulotlar va boshqalar.
2-rasm. Raqamli iqtisodiyotning dastlabki turlari
Umumjahon pochta ittifoqining 25-kongressida barcha a'zo-mamlakatlar uchun qiziqish paydo qilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, pochta tarmog'ini modernizatsiyalash va elektron xizmatlarini rivojlantirish sohasidagi pochta strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu strategiya doirasida 2013-2016-yillardagi davr uchun dastur qabul qilindi, unda quyidagi asosiy maqsadlar belgilandi:
• pochta tarmoqlarining rivojlanishini tezlashtirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni rag'batlantirish;
• axborot jamiyatidagi pochta sektorining vazifasini tushuntirish;
• pochta mahsulotlari va xizmatlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;
• texnologik o'zgarishlarga moslashgan yuqori sifatli qimmat bo'lmagan, texnik ilg'or, universal pochta xizmati taqdim etilishini rag'batlantirish;
• yangi texnologiyalardan foydalanish vositasida bozor o'sishini rag'batlantirish;
• universal pochta xizmatidan foydalanish osonlashtirish [9].
Dasturiy maqsadlarning har biriga nisbatan faoliyat ko'rsatkichlari belgilandi, ulardan a'zo-mamlakatlar tomonidan asosiy maqsadlar bajarilishi darajasini baholash uchun foydalaniladi.
Pochta aloqasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga ko'mak berish bo'yicha dastur maqsadlarini amalga oshirish, birinchi navbatda, quyidagilarga qaratilishi kerak:
1) yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari farqlanadigan tezlik va qulaylik hisobiga pochta aloqasining an'anaviy xizmatlari sifatini oshirishga yordam berish. Ikkinchi tomondan, pochta jo'natmalari o'tishini kuzatish tizimlarining, shuningdek Umumjahon pochta ittifoqi ko'zda tutgan xizmatlar sifati monitoringi tizimlarining tuzilishi axborot infratuzilmasi mavjud bo'lmasa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llamasdan mumkin emas;
2) iqtisodiy rivojlanish va pochta sektorining iqtisodiy moslashishi maqsadida yangi muqobil elektron xizmatlarining rivojlanishiga yordam beradi [7].
Pochta aloqasida elektron xizmatlarini rivojlantirish maqsadida iste'molchilarga samarali, ishonchli va rentabel elektron mahsulotlar hamda xizmatlarini taqdim etishda pochta xizmatlariga yordam ko'rsatish uchun umumjahon pochta ittifoqining "Elektron mahsulotlar va xizmatlar" guruhi tomonidan strategiya ishlab chiqilgan [10].
Xulosa
Hozir butun dunyo bo'ylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish uchun IT vositalaridan foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda yetakchi bo'lgan kompaniyalarga kuchli raqobat tug'dirmoqda. Prognozlarga ko'ra, yaqin yillarda makroiqtisodiyot "lean production", addiktiv, nano va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga qattiq bog'liq bo'lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan oqilona boshqaruv uchun zarur hisoblangan axborot ko'lami ham ortib
boradi, ishlab chiqarish va fuqarolar muloqoti, biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy o'zgarishlarni boshdan kechiradi.
Tadqiqot davomida bir qancha xorijiy olimlarning raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanishini ta'minlaydigan omillarga bergan ta'riflari o'rganib chiqildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. O'lmasov, A Vahobov "Iqtisodiyot nazariyasi" Toshkent-2019. 87-b.
2. Алексеев И.В. Информационное обеспечение системы управления франчайзинговыми предприятиями / И.В. Алексеев, Е.В. Рибокене // Экономические и гуманитарные науки. - 2019. - №1 (276). - С. 105-110.
3. Lapidus L.V. Raqamli iqtisodiyot. - M.:, Infra-M, 2019 yil.
4. Telekommunikatsiya infratuzilmasi yangi bosqichga ko'tarilmoqda. URL: https: //mitc. uz/uz/pages/communication
5. "Taraqqiyot strategiyasi" markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov nutqidan.
2020.
6. Yuldasheva, G., & Shermatova, H. (2022). Ta'limda innovatsion texnologiyalarning qo'llanilish istiqbollari. Science and innovation, 1(B8), 5-9.
7. Алексеев И.В. Информационное обеспечение системы управления франчайзинговыми предприятиями / И.В. Алексеев, Е.В. Рибокене // Экономические и гуманитарные науки. - 2019. - №1 (276). - С. 105-110.
8. Yuldasheva, G. I. (2021). Axborot texnologiyalari-ta'lim sifati kafolatidir. Электронное научно-практическое периодическое издание «Экономика и социум», (4), 83.
9. Yuldasheva, G. I. (2022). Ta'lim samaradorligini oshirishda elektron darsliklardan foydalanish. Youth, Science, Education: Topical Issues, Achievements and Innovations, (5), 36-38.
10. Yuldasheva, G., & Yuldosheva, M. (2022). "Factors of informatization of the process of primary education". Электронное научно-практическое периодическое издание «Экономика и социум», 12(91), 689-692.