Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA BARQAROR RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY YO‘NALISHLARI'

O‘ZBEKISTONDA BARQAROR RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
barqaror rivojlanish / raqamli iqtisodiyot / raqamli iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlari / raqamli texnologiyalar / yashirin iqtisodiyot / axborot texnologiyalari / axborotlashtirish va raqamlashtirish / iqtisodiy xavfsizlik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Saidaxmedova N.I, Mansurova Sh.A

Maqolada O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni ta’minlashda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari, uning iqtisodiy mohiyati, raqobatbardoshlikni ta’minlashda tutgan o‘rni hamda uning asosiy yo‘nalishlari ochib berilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili sifatida mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, ortiqcha xarajatlarni kamaytirish, yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishda muhim vazifani bajarishi to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA BARQAROR RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY YO‘NALISHLARI»

O'ZBEKISTONDA BARQAROR RIVOJLANISHNI TA'MINLASHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY

YO'NALISHLARI

1Saidaxmedova N.I., 2Mansurova Sh.A.

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Ta'lim menejmenti kafedrasi

mudiri, i.f.d. (DSc), professor 2Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Maktab menejmenti ta'lim

yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11237234

Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonda barqaror rivojlanishni ta'minlashda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari, uning iqtisodiy mohiyati, raqobatbardoshlikni ta'minlashda tutgan o'rni hamda uningasosiyyo'nalishlari ochib berilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili sifatida mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, ortiqcha xarajatlarni kamaytirish, yashirin iqtisodiyot ko'lamini qisqartirishda muhim vazifani bajarishi to'g'risida ma'lumotlaryoritilgan.

Kalit so'zlar: barqaror rivojlanish, raqamli iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyotning asosiy yo'nalishlari, raqamli texnologiyalar, yashirin iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, axborotlashtirish va raqamlashtirish, iqtisodiy xavfsizlik.

Abstract. The article reveals the development trends of the digital economy in ensuring sustainable development in Uzbekistan, its economic essence, its role in ensuring competitiveness, and its main directions. The important role of digital technologies in improving the quality of products and services, reducing excess costs, providing employment for the population, as well as reducing the scale of the shadow economy as an important factor in economic development is noted.

Keywords: sustainable development, digital economy, main directions of the digital economy, digital technologies, shadow economy, information technologies, information and digitalization, economic security.

Hozirgi kunda jahonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi jadal sur'atlar bilan amalga oshmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi iste'molchilar talabini to'liq qondirish va iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi.

Raqamli iqtisodiyot mavzusi hozirda mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan faol o'rganilmoqda. Ularning fikriga ko'ra, jamiyat hayotining barcha sohalari, jumladan, iqtisodiy tizimdagi faoliyatni raqamlashtirish jahon iqtisodiyotidagi asosiy tendensiyalardan biriga aylanib ulgurdi. Iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etayotgan sub'ektlar uchun raqamlashtirish jarayonining dolzarbligi hamda zamonaviy iqtisodiyotning rivojlanishi, birinchidan, mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlariga IT texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, ushbu texnologiyalarni ishlab chiqish jarayonida qo'llanilishi korxonalarning vaqt va pul xarajatlarini tejash sohasida raqamli texnologiyalar imkoniyatlarining o'sishiga olib keldi.

Buning oqibatida iqtisodiy munosabatlar tizimining barcha darajalarida raqobatning kuchayishi, korxonalar o'z faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llarini izlashga majbur bo'lishmoqda. Bu holat o'z navbatida innovatsion ishlanmalarning yaratilishiga zamin yaratmoqda.

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish maqsadida «Raqamli O'zbekiston - 2030» dasturida bir qator vazifalar qo'yilib, unga ko'ra O'zbekistonni raqamli transformatsiyalashish jarayonini jadallashtirish maqsadi belgilab olindi.

To'rtinchi sanoat inqilobi avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish va robotlashtirish bilan birgalikda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga asoslangan bo'lib, texnik, hamda ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarga olib keladi.

Raqamlashtirish u yoki bu sohadagi ishlab chiqarish bilan bog'liq faoliyatni avtomatlashtirish, mazkur jarayon to'g'risida axborotlarni to'plash, qayta ishlash, almashish va uzatish texnologiyalari majmuasidir.

Raqamli texnologiyalar ma'lum darajada raqamli iqtisodiyotning asosi ekanligini ta'kidlaydi. Ushbu texnologiyalarni ishlab chiqish va ular bilan bog'liq jarayonlarni ayrim mualliflar raqamli iqtisodiyotning bir qism sifatida e'tirof etishsa, boshqalari esa raqamli texnologiyalarni raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiga kiritishadi.

Raqamli texnologiyalarni joriy qilish barcha iqtisodiy jarayonlarni tezlatish imkonini beradi, ammo bu jarayonlarning tezlashuvi oqibatida mamlakatda qanday o'zgarishlar ro'y berishi -iqtisodiyotning rivoji yoki tanazzulga yuz tutishi - shak-shubhasiz inson kapitalining rivojlanishiga bog'liq bo'ladi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish davrida hamda axborot qiymati shiddat bilan o'sib borayotgan bir paytda jamiyat tub o'zgarishlarni o'z boshidan kechirmoqda. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, raqamli iqtisodiyotda mamlakatning asosiy aktivi inson kapitali va uning sifati bo'ladi, ya'ni, yangi texnologiyalar sohasida chuqur bilimlarga ega, ularni hayotga tatbiq eta olishga qodir, eski narsalarni takomillashtira oladigan mutaxassislar asosiy kuch deb hisoblanadi.

Demak, olimlarni yondashuvlarini o'rgangan holda shunday xulosa qilish mumkinki, tez o'zgarib boruvchi raqamli texnologiyalar bevosita raqamli iqtisodiyotning rivojlanishida muhim omil bo'lib, uning funksional xususiyatlari ta'sir doirasini aniqlash va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarining asosini ta'minlaydigan nazariyalarni shakllantirishi lozim bo'ladi.

XXI asrning boshlarida G'arbiy Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy hamda AQShning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar shiddat bilan kirib kela boshladi, natijada o'sha davrlardayoq iqtisodiyotning barcha sohalarida, shu jumladan, tijorat banklarida ham raqamli inqilob yuz berdi. Raqamli iqtisodiyotning ulushi qator rivojlangan mamlakatlarda mamlakat YalMga nisbatan o'rtacha 5-5,5 foizni tashkil etadi. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, Xitoyning raqamli iqtisodiyot hajmi 2021 yilda 7,1 trln. AQSh dollariga yetdi. Ma'lumot uchun dunyodagi jami raqamli iqtisodiyot hajmi 40 trln. AQSh dollari atrofida ekanligi mutaxassislar tomonidan e'tirof etilgan.

Raqamli transformatsiya jamiyatni yanada modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish salohiyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Yangi O'zbekistonning kelgusi besh yilga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasi doirasida barcha asosiy sohalarni raqamlashtirish hamda mamlakatda haqiqiy axborot jamiyatini barpo etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O'zbekiston 2000 yillarning boshlaridanoq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni rivojlantirish va raqamlashtirishga ustuvor ahamiyat bera boshladi. Jumladan, "20132020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish

kompleks dasturi", "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" hamda "Raqamli O'zbekiston - 2030" va "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi"da milliy iqtisodiyot, sanoat va umuman jamiyatda raqamli transformatsiyani amalga oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko'zda tutilgan.

Xususan, mamlakatimiz elektron hukumatining asosiy tizimi - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) ishga tushirilgach, ushbu sohada, shuningdek, davlat boshqaruvida yangi texnologiyalarni joriy etish va raqamlashtirishda salmoqli yutuqlarga erishildi. Natijada, 2022 yilning yanvar oyi holatiga ko'ra, davlat xizmatlarining 56 foizi my.gov.uz orqali taqdim etilgan bo'lsa, mazkur elektron hukumat platformasida davlat xizmatlari soni 307 ga yetdi hamda elektron davlat xizmatlaridan 1,3 milliondan ortiq fuqaro foydalangan. Shu bilan birga, O'zbekistonda internetdan foydalanuvchilarning umumiy soni esa joriy yil boshida 27,2 million yetgan.

Bundan tashqari, o'tgan davr mobaynida respublikaning AKT tizimlari va raqamli infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida sohaga katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilindi. Natijada, O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2017-2021 yillarda axborot va aloqa sohasida yalpi qo'shilgan qiymat 2 barobardan ziyod oshib, 2021 yilda 11,8 trillion so'mga (1 milliard AQSh dollaridan ortiq) ga yetdi.

Shuningdek, O'zbekistonda IT-parklar tashkil etilgandan buyon sohadagi eksport hajmi 50 barobar oshdi va 46 million AQSh dollariga yetdi. Parkning doimiy rezidentlari soni 147 tadan 500 taga ko'paydi, 300 dan ortiq yangi kompaniya ochildi hamda 8500 ta yuqori haq to'lanadigan ish o'rni yaratildi. Hozirgi kunda IT-parklarda 11 mingdan ziyod yoshlar faoliyat yuritmoqda.

O'zbekistonda mobil va simli Internetga ulanish tezligi bo'yicha o'z o'rnini yaxshiladi. 2024 yil yanvar oyi uchun Speedtest Global Index ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston mobil internet tezligi reytingida 91-o'rinni egalladi, bu 2023 yilning dekabriga nisbatan to'rt pog'ona yuqoridir. Misol uchun Rossiya 99-o'rinni egallagan. Mamlakatda mobil internet tezligi 26,97 Mbit/s deb baholanmoqda. Bundan tashqari, O'zbekistonda simli internet tezligi oshgani qayd etilgan. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha mamlakat o'tgan davrga nisbatan o'z o'rnini bir pog'onaga yaxshilagan holda 89-o'rinni egalladi. Simli internetning o'rtacha tezligi 59,07 Mbit/s ni tashkil etdi.

Dunyo bo'yicha BAA mobil internet tezligi bo'yicha yetakchi bo'lib qolmoqda, bu yerda tezlik 302,38 Mbit/s ga etadi. Shu bilan birga, simli internet tezligi bo'yicha yetakchilik Singapurga tegishli bo'lib, ushbu davlatda o'rtacha tezlik 277,57 Mbit/s qayd etilgan. O'zbekistonda internet tezligi ko'rsatkichlarining sezilarli darajada oshishi mamlakatning aloqa infratuzilmasini yaxshilash va tarmoq resurslaridan foydalanish sifatini yaxshilanayotganidan darak beradi. Mobil internet bo'yicha Markaziy Osiyoda eng yaxshi natijani Qozog'iston qayd etgan (69-o'rin).

"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o'tkazish, davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish, shuningdek, "Fuqarolarning raqamli pasporti" va «Raqamli idora» loyihalarini amalga oshirish kabi bir qator vazifalar ko'zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni - 1,6 baravar va 2030 yilga borib

aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan raqamli iqtisodiyotni asosiy «drayver» sohaga aylantirib, 2026 yil oxiriga qadar uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish, bunda dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish, shuningdek, iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70 foizgacha oshirish belgilangan. Bundan tashqari, shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini oshirish va «Aqlli shahar» konsepsiyasi doirasida rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Umuman olganda, raqamli texnologiyalar pandemiyadan keyingi tiklanishda, shuningdek, barqaror iqtisodiyotni qurishda markaziy rol o'ynaydi. Shu bois raqamlashtirish va raqamli transformatsiya O'zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun asosiy ustuvor vazifa bo'lishi lozim. Keyingi yillarda O'zbekiston AKTni rivojlantirish va raqamlashtirish sohasida, ayniqsa, elektron davlat xizmatlarini ko'rsatishda yuqori natijalarga erishdi. Shu bilan birga, Janubiy Koreya, Rossiya, Estoniya, Xitoy bilan davom etayotgan hamkorlik bilan bir qatorda, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Singapur, Yaponiya kabi texnologik jihatdan rivojlangan davlatlarni mamlakatning IT-sektoriga jalb qilish, xalqaro hamkorlarning geografiyasini diversifikatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Raqamli ekotizimga, IT infratuzilmasiga va elektron xizmatlarga investitsiyalar milliy iqtisodiyotni yanada modernizatsiya qilish va barcha sohalarda inklyuziv o'sishni jadallashtirishga xizmat qiladi.

Bizningcha, raqamli iqtisodiyotning kategoriyalari orqali funksional xususiyatlarini nazariy natijalargini quyidagicha keltirish mumkin:

Birinchidan, raqamli iqtisodiyotning funksional xususiyatlari yillar davomida kengayib, kelajakda noaniqliq bilan bir qatorda yangi imkoniyatlarni paydo qiladi.

Ikkinchidan, an'anaviy iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik tushunchalarini o'zgartirdi.

Uchinchidan, iqtisodiyotning tezkor o'sishini ta'minlash g'oyalar va startaplarga investitsiyalarni jalb qilish natijasida amalga oshadi.

To'rtinchidan, qiymat zanjirlariga, ayniqsa, platformalashtirish, modullashtirish va servizatsiya orqali turli xil ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, qiymatni qo'shish va tarkibiy o'zgarishlarning yangi vositalarini ochadi.

Beshinchidan, Raqamli iqtisodiyotning xususiyatlarini aniq belgilash va kategoriyani shakllantirishda uning barcha xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'riflash, raqamli iqtisodiyotning YalM dagi ulushini to'g'ri hisoblashga fundamental asos vazifasini bajaradi.

Demak, raqamli iqtisodiyotning asosiy yo'nalishlarini rivojlantirish borasidagi ma'lumotlarni umumlashtirib, quyidagilarni ta'kidlab o'tishimiz mumkin.

Birinchidan, globallashuv sharoitida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish muammosi ob'ektiv voqelik bo'lib, barcha mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi. Shuning uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini tanlashda biznes va hukumat o'rtasida optimal o'zaro aloqalarni tizimlashtirish lozim bo'ladi.

Ikkinchidan, jamiyatning kundalik ehtiyojlariga axborotlashtirish jarayonlarining kirib kelishi inson-jamiyat-davlat munosabatlarining yanada takomillashuviga sharoit yaratadi. Natijada davlat xizmatlarini raqamlashtirish faoliyatiga ijobiy ta'sir etadi. Shundan kelib chiqib, mazkur sohada malakali, tajribali kadrlarni tayyorlashga e'tibor qaratilishi zarur.

Uchinchidan, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, uning tamoyillarnini amaliyotga joriy etish maqsadida axborot-

kommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda xorijiy tajribalardan kengroq foydalanish

maqsadga muvofiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Иванов В., Малинецкий Г. Цифровая экономика: мифы, реальность, перспектива. Москва, Российская академия наук, 2017 г. 4 с.

2. O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi rasmiy sayti (www.stat.uz).

3. Основы цифровой экономики. Под ред. М.И.Столбова, Е.А.Бренделевой. Учебное пособие / -M.: Издательский дом «НАУЧНАЯ БИБЛИОТЕКА», 2018 г. -168 с.

4. Saidaxmedova N.I. Kichik biznes subyektlarida marketing strategiyasini qo'llash va uni takomillashtirish. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. Toshkent. №10, 2023 yil. - B. 897-901.

5. Astanakulov, O., Saidaxmedova N.I. The energy efficiency of the national economy assessment in terms of investment in green energy. Economic annals-XXI economics and management of national economy 189 (5-6(1)), 2021. - P. 26-34.

6. N.Rasulov. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor Yo'nalishlari. "Yangi O'zbekiston iqtisodiyoti: ustuvor yo'nalishlar va kelajak istiqbollari" mavzusidagi Ilmiy-amaliy konferensiya maqolalari to'plami. // Toshkent: IFMR, 2022 -319 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.