Научная статья на тему 'YANGI OʻZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBALARINING O‘RNI'

YANGI OʻZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamli platformalar / raqamli texnologiyalar / raqamli transformatsiya / sunʼiy intellekt / neyrotexnologiyalar / kriptovalyutalar. / digital economy / digital platforms / digital technologies / digital transformation / artificial intelligence / neurotechnologies / cryptocurrencies.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mamanazarova N.J, Amirov S.Q

Ushbu maqolada iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotning tutgan oʻrni va Yangi Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalari haqida maʼlumotlar keltirilgan bo‘lib, Bir qancha rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi hamda infratuzilmalari tahlil qilinib olingan natijalar asosida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF FOREIGN EXPERIENCES IN THE DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY IN THE NEW UZBEKISTAN

This article provides information on the role of the digital economy in the economy and current issues of development of the digital economy in New Uzbekistan. Based on the results of an analysis of the development and infrastructure of the digital economy in a number of developed countries, proposals and recommendations have been developed for the development of the digital economy in our country.

Текст научной работы на тему «YANGI OʻZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBALARINING O‘RNI»

Mamanazarova N.J Iqtisodiyoy va Pedagogika universiteti o'qituvchisi

Amirov S.Q

Iqtisodiyoy va Pedagogika universiteti talabasi

YANGI O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI

RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBALARINING O'RNI

Annotatsiya. Ushbu maqolada iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotning tutgan o 'mi va Yangi O 'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalari haqida ma 'lumotlar keltirilgan bo 'lib, Bir qancha rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi hamda infratuzilmalari tahlil qilinib olingan natijalar asosida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo 'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so 'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli platformalar, raqamli texnologiyalar, raqamli transformatsiya, sun'iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kriptovalyutalar.

Mamanazarova N.J teacher

University of Economics and Pedagogy

Amirov S.Q student

University of Economics and Pedagogy

THE ROLE OF FOREIGN EXPERIENCES IN THE DEVELOPMENT

OF THE DIGITAL ECONOMY IN THE NEW UZBEKISTAN

Annotation. This article provides information on the role of the digital economy in the economy and current issues of development of the digital economy in New Uzbekistan. Based on the results of an analysis of the development and infrastructure of the digital economy in a number of developed countries, proposals and recommendations have been developed for the development of the digital economy in our country.

Keywords: digital economy, digital platforms, digital technologies, digital transformation, artificial intelligence, neurotechnologies, cryptocurrencies.

KIRISH

Raqamli iqtisodiyotda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar raqamli texnologiyalarni qo'llash asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo'lmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o'ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish

sohasini alifbosidan boshlab chuqur o'rganishi kerak".10Raqamli iqtisodiyotning global dunyoda muhimlik darajasi oshib bormoqda. Raqamlashtirish jarayonlari iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlariga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Ayniqsa, turli tarmoq va sohalardagi logistika hamda tashkiliy xarajatlarni qisqartirishda va mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyat ega ekanligi taqsinga sazovor.

Bugungi kunda, raqamli iqtisodiyot va u bilan bog'liq bo'lgan bir qancha samarador texnologiyalar, loyihalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu sababli davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada rivojlantirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo'yicha quyidagilarni aytib o'tdi: "Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko'zda tutadigan "Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi"ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyotyalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o'stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o 'tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda.Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o 'tish bo 'yicha "yo 'l xaritasi"ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot xavfsizligini ta 'minlashga alohida e 'tibor qaratish zarur".11

Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot tushunchasi bir qator mamlakatlarning iqtisodiy nazariyasi va amaliyotida o'z o'rniga ega bo'lib usiz tarmoqni hatto tasavvur etib bo'lmaydigan darajaga borib qoldi. Bu esa o'z navbatida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turadi. Ulardan foydalanish samaradorligi orqali tobora rivojlanib ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar rivoji kengayib bormoqda.

Shu jumladan soha olimlarining "raqamlashtirish" va "raqamli iqtisodiyot" haqida bergan tushunchalarini ko'rib chaqidigan bo'lsak bunga ko'ra, raqamli iqtisodiyot tushunchasi birinchi bo'lib, 1994-yilda Tapskottning "Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli razvedka asrida va'da va xavf-xatar" nomli asarida keltirilgan.12 Uning fikricha, raqamli iqtisodiyotni kompaniya nazariyasiga asoslangan holda, biznesning yangi ommaviy axborot vositalariga o'tishiga oid bir qator farazlarni shakllantirgan. Raqamli iqtisodiyot bilimlarni boshqarish, raqamli aloqa, vertualizatsiya, internet orqali integratsiya, vositachilardan qochish, sohalarni yaqinlashtirish, innovatsiya, iste'molchiga indivudal xizmat,

10 "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni PF-6079-son, 05.10.2020

11 "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni PF-6079-son, 05.10.2020

12 D.Tapscott, "The digital Economy: promise and peril in the age of networked intelligence." - New York: McGraw-Hill. - 1997.

tezkor javob, globalizatsiya, raqamli bo'linish kabi xususiyatlarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. N.Leyn ta'kidlashicha, "Raqamli iqtisodiyot" tushunchasiga quyidagicha ta'rif beradi. Internetda hisoblash va kommunikatsiya texnologiyalarining yaqinlashuvi va natijada elektron tijorat va keng tashkiliy o'zgarishlarni rag'batlantiradigan axborot va texnologiyalar oqimi bo'lib qoladi.13 1995-yilda N.Negroponte ham "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi izohladi. Unga ko'ra, raqamli iqtisodiyot — atomlar harakatidan bitlarning harakatiga o'zgarishi hisoblanadi.14 S.Baller, S.Datta, B.Lanvinlarning ilmiy maqolasida raqamli iqtisodiyotni keng doirada ta'sirini baholashgan. Unga ko'ra raqamli iqtisodiyot asosisda rivojlanish iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy jarayonlarda o'ziga xos xususiyatlari talab qilishi, milliy innovatsion tizimlar va dunyoda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning to'siqlari va istiqbollarini aniqlangan.15 Yana bir o'z sohasining yetakchisi T.L.Mezenburg tomonidan raqamli iqtisodiyotga mavjud raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali dasturiy tarmoqlarning ahamiyatining o'sishi, qo'shilgan qiymatning ortishi, dasturiy va raqamli iqtisodiyotdagi ishchi kuchi miqdorinig har xil darajasi, internet tijorati, elektron biznes strukturasini amalga oshirish imkonini berishligini ta'kidladi.16

Bukht va Heekslarning ilmiy izlanishlarida epmrik tahlillarga asoslangan holda quyidagi fikrni ta'kidlashgan. Iqtisodiyotni raqamlashtirish yoki raqamlashtirish transformatsiyasi jarayoni deyarli barcha tarmoq va sohalarni qamrab olgan holda, ish unumdorligi va mehnat samaradorligini keskin oshirishga, ko'rsatilayotgan xizmat turlari sifatini yaxshilashga, ular tannarxini keskin kamaytirishga, jahon bozorini keng miqyosda qamrovini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.17 Bunga ko'ra esa yana bir mutaxassis N.M.Maxmudov esa, globallashuv sharoitida istalgan mamlakatning iqtisodiy ta'minlash va jahon maydonida raqobatbardoshligini oshirishda ko'p jihatdan raqamli iqtisodiyotning samarali modellari borligini hamda raqamli iqtisodiyot xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinishidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni etkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tatbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron to'lovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini

13 N.Lane Advancing the Digital Economy into the 21st Century (Assistant to the US President for Science and Technology), 1999;

14 N.M.Maxmudov, N.R.Avazov Raqamli iqtisodiyot—qulay investitsion muhitni shakllantirishning asosi //Материалы

15 S.Baller, S.Dutta, and B.Lanvin, "The global information technology report 2016", Innovating in the Digital Economy. [Proc.World Economic Forum],Geneva, 2019, p. 307

16 Mesenbourg, T. Measuring the Digital Economy / US Bureau of the Census. - 2001

17 R. Bukht and R. Heeks, "Defining, conceptualizing and measuring the digital economy", Development Informatics

rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir18 deb ta'kidladi. Mamlakatimizda aynan O'zbekiston iqtisodiyoti uchun raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda asosiy imkoniyat inson resurslarini rivojlantirishdir. Soha vakili B.YU.Xodiyev fikriga ko'ra O'zbekiston raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi cheksiz imkoniyatlar ochadi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun to'siqning asosiy sababi AKT infratuzilmasi hisoblanadi.19

Avvalo shuni aytish kerakki, raqamli iqtisodiyot o'zaro bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo'lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma'lumot almashinishdir. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko'rinishdagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o'tish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o'sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ham ta'minlab beradi

Hozirgi paytda jahondagi bir qancha rivojlangan mamlakatlar (Koreya, singapur, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va boshqalar), jahon iqtisodiyotida ro'y berishi boshlangan o'zgarishlarni hisobga olgan holda, iqtisodiyotning ko'pchilik tarmoqlarini raqamlashtirish bo'yicha jadal harakatlanmoqdalar. Lekin, bu ma'lumotlarni nazarda tutgan holda shuni qayd etishga majburmizki, bironta, jumladan, yetakchi mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o'zi nima ekanligi va u kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to'laqonli falsafiy tushunish yo'q. Ko'rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot deganda, ko'plab mamlakatlar iqtisodiy munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste'molchilar bilan kommunikatsiya qilish va to'lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini tushunadi, holos. Chunonchi, ko'pchilik rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ongli ravishda tashkil etmaydilar, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni raqamlashtirish jarayoni bilan shug'ullanadi, xolos. Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ba'zi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olishgan. Masalan, AQSH bozor yo'nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar ma'lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o'tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko'ramiz. Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun globallashuv foydali, chunki iqtisodiy jihatdan kuchliroq bo'lgan o'yinchi doimo o'z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Agar bu

18 N.M.Maxmudov, N.R.Avazov Raqamli iqtisodiyot—qulay investitsion muhitni shakllantirishning asosi //MaTepnami

19 Xodiev B. YU. Sifrovaya ekonomika v Uzbekistane. //Mirovaya ekonomika, 2017, №12

sohadagi AQSH ning ko'rib chiqadigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyotni tashkil qilish jarayonini to'rt asosiy blokka ajratish mumkinligi ma'lum bo'lib qoladi:

• Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kerakli bo 'lgan shart-sharoitlarini yaratish (ya'ni, tegishlinormativ-huquqiybaza tashkil qilish);

• Raqamli transformatsiya qilinishga eng tayyor bo 'lgan iqtisodiyot subyektlarida raqamli iqtisodiyot platformalarining vujudga kelishi va global miqyosda ishga tushishi;

• Raqamli iqtisodiyot platformalarning o 'zar-raqobat kurashi va ularning asta-sekinlik bilan integratsiyalashuvi amalga oshishi;

• Raqamli iqtisodiyot sohasidagi eng perspektiv yechimlarni butun iqtisodiyotga joriy qilish.

Biz ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning AQSH va Xitoy mamlakatlarida sinovdan o'tgan xuddi shunday strategiyasini tanlaganimiz maqsadga muvofiq bo'lar edi. Raqamli iqtisodiyotning hozirda butun jahon bo'ylab o'rganilishi va ilmiy tadqiqotlar olib borilishining sabablaridan biri, raqamli texnologiyalarning ortib, foydalanish qamrovi kengayishidadir. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va undagi qator muammolarni bartaraf etishda raqamli iqtisodiyot yechim bo'ladi. Iqtisodiyotni raqamli transformatsiylashuvi, avvalambor uning tarkibidagi barcha soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish natijasida mehnat unumdorligini oshirish, qarorlar qabul qilishga asoslangan kompleks jarayonlarni qamrab oladi. Buning asosida raqamli iqtisodiyotning qamrov sohalari ham kengayib boradi.

Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma'lumotlar bilan ishlash texnologiyalari (Big Data), sun'iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo'shimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D- texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

1-jadval.

Raqamli iqtisodiyot soha va tarmoqlari

Raqamli transformatsiyalashgan iqtisodiyot Raqamli iqtisodiyot AKT sektori

Elektron biznes; Elektron tijorat, Sanoat 4.0 Aniq qishloq xo'jaligi (Precision agriculture) Algoritmik iqtisodiyot (Algorithmic economy; Gig iqtisodiyot (gig economy) Raqamli xizmatlar Platformali iqtisodiyot AKT ishlab chiqarish; Axborot xizmatlari; Dasturiy ta'minot va AKT konsalting, Telekommunikatsiya

O'zbekistondagi raqamli iqtisodiyotni 1-jadval asosida tahlilini ko'rib chiqadigan bo'lsak, bunda AKT sektori raqamli transformatsiyalashgan iqtisodiyot va raqamlashtirilgan iqtisodiyot tarkibiga kiruvchi soha va tarmoqlarga nisbatan rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan ko'zga tashlanadi. Amaliyotda raqamli transformatsiyalashgan iqtisodiyot tarkibida ayrim soha va tarmoqlarga raqamlashtirish jarayonlari sezilarli darajada joriy etilmagan. Jumladan aniq qishloq xo'jaligi, algoritmik iqtisodiyot, gig iqtisodiyot, sanoat 5.0, kabilarni misol keltirishimiz mumkin.

Raqamli xizmatlar va platforma iqtisodiyoti esa asosan xizmatlar sohasida joriy etilgan. Bu holat 1-rasmdagi tahlilda o'z aksini topadi. Raqamli iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat 2020-yil hisobida YaIMning 2 foizini tashkil qilib, uning asosiy ulushini AKT sektori va raqamlashtirilgan iqtisodiyot tarkibidagi e-tijorat egallaydi.

1-rasm ma'lumotlaridan ko'rinadiki, AKT tovarlar ishlab chiqarishda o'sish kuzatilmagan. AKT xizmatlarining ulushi esa 2017-yilda jamiga nisbatan eng yuqori ulushni (1,9 foiz) ko'rsatgan. Shuningdek, AKT sektorining tarkibida tovar ishlab chiqarish va savdoning ulushi pastligicha qolmoqda. Raqamlashtirilgan iqtisodiyot tarkibida esa e-tijoratning ulushini faqat 2018-yildan boshlab ko'rishimiz mumkin. E-tijoratda ham jami raqamli iqtisodiyotning qo'shilgan qiymatiga nisbatan 20182020-yillarda deyarli o'sish kuzatilmagan. Biroq YaIMdagi raqamli iqtisodiyotning qo'shilgan qiymati esa o'sganini ko'rishimiz mumkin.

2015 2016 2017 2018 2019 2020

■ AKTtovarishiab chiqarish BAKTsavdosi

■ AKTxizmatlari ■ Kontent sektori va ommaviy axborot vositaiari

■ E-tijorat

1-rasm. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi (foizda) 20

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 20172022 yillar davomida AKT sohasida tovarlar eksporti va importini baholadi. AKT tovarlari eksporti:

Ko'rib chiqilayotgan davrda AKT tovarlari eksporti hajmi 7,9 barobar oshdi va 2022-yilda 84,3 million AQSh dollarini tashkil etdi (umumiy tovarlar

20 "Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasi" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni PF-60 son 28.01.2022

eksportining 0,4 foizi). AKT tovarlari eksportinining diversifikasiya darajasi* 2017-yildagi 1,42 dan 2022-yilda 2,50 gacha oshdi. 2022-yilda AKT tovarlari eksporti tarkibida maishiy elektronika tovarlari eng katta ulush (52,3 foiz) ni egalladi. Kompyuterlar va tashqi qurilmalar 2017-2022 yillar davomida eng yuqori o'sish sur'atiga ega bo'ldi - 4716,9 barobar. Bu esa ushbu sohaga 2022-yilda IT-mahsulotlari eksportida ikkinchi (33,6 foiz) o'ringa ko'tarilish imkonini berdi. 2022-yilda aloqa uskunalari AKT tovarlari eksportining 11,6 foizini tashkil etdi va 2017-yildagiga nisbatan 59,5 barobarga oshdi. Eng past o'sish sur'ati AKT sohasidagi boshqa tovar va komponentlar guruhida kuzatildi — 1,3 barobar. Bu guruh AKT eksportida eng kam ulushga ega - 2,6 foiz. AKT tovarlarining asosiy eksport bozorlari: Rossiya (36,2 foiz), Ozarbayjon (4,8 foiz), Qozog'iston (3,2 foiz), Qirg'iziston (1,8 foiz), Tojikiston (0,7 foiz).

IMRS

AKT tovarlari eksporti va importi

Rossiya 36,2% Ot#rliayji>n 4,8% Qei-og'iHori 3,2.W Qlrg'uiston 1,6%

Tojifclcion 0,7%

B№> 26,8%

baa 5,B%

Vy*tn»rn 2.2% Be«,y» 2,1%

Hind 15Í on 1,8%

Eksport hajmi

I rnlru A-QSh dolían]

M»«sh>/elefctnniin AJoqa lyAu^li"

Eksport

Eksport drversifikatsiyasü

lili ñi

ills! ^^^

m> 20?7-yil w

2022-yll 2,50

■ Mjistúy tlpktrcriifcj ■ Aloqa Lestiunj!*!.

■ KompyuLer va boitvqa. qurilmfllir AKT sohaodagl bosíttja lava! lar va i»mpon*nilar

Import

Impart hajmi (mln. AQS¡h dalfaríl

Wf ntfll _________________

'■!;'■ 1I&

»Zr» "O^ H-

Z017-yll S.26 - ?D22-yll 3,36

"0>f'S»*S'''.iiatSya ifíd^ks. r.ñHH! (HW; - rid-fai ¡níots,1 r>'qtH > -HMfctangai

QrtVKfl? f. IVI r»v?<jn

2-rasm. 2017-2022 yillar davomida AKT sohasida tovarlar eksporti va

importi.

AKT tovarlari importi: 2017-2022 yillarda AKT tovarlari importi hajmi 3,6 barobarga oshib, 2022-yilda 1135 million dollarga yetdi (umumiy importning 3,8 foizi). 2017-2022 yillarda AKT tovarlari importining diversifikasiya darajasi* 3,26 dan 3,36 gacha ko'tarildi. 2022-yilda AKT tovarlari importi hajmida eng katta ulush aloqa uskunalari (37,3 foiz) va kompyuterlar hamda tashqi qurilmalar (32,5 foiz) tovarlar guruhiga to'g'ri keldi.

AKT sohasida boshqa tovar va komponentlar guruhining ulushi 2022-yilda 21,1 foizni tashkil etdi. 2022-yilda AKT tovarlari importida eng kichik ulush maishiy elektronika (9,1 foiz) guruhiga to'g'ri keldi. Ko'rib chiqilayotgan davrda barcha mahsulot guruhlari bo'yicha o'sish sur'ati kuzatildi va u o'rtacha 3,7 barobarni tashkil etdi. AKT tovarlari asosan Xitoy (26,8 foiz), BAA (5,8 foiz), Vyetnam (2,2 foiz), Rossiya (2,1 foiz) va Hindistondan (1,8 foiz) import qilingan. Diversifikasiya indeksi 1/HHI (Xerfindal-Xirshman konsentrasiyasi indeksi) orqali hisoblangan

Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o'sishini misol qilib keltirish mumkin. "Elektron hukumat", "elektron boshqaruv", "telekommunikatsiya", "internet", "veb-sayt" kabi yuzlab iboralar hayotimizning ajralmas bo'lagiga aylandi. IT kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda.

Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Elektron hukumat va yagona interaktiv xizmatlar portali orqali 178 ta xizmat yo'lga qo'yildi hamda ushbu xizmatlar aholining vaqti va xarajatlarini tejamoqda va bu esa o'z navbatida mehnat samaradorligini oshishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Shu bois raqamli iqtisodiyotga faol o'tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo'ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni, ayniqsa, korrupsiyani keskin kamaytiradi. O'z o'rnida qayd etib etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko'rsatmoqda.Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o'tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o'tkazilmoqda.

Raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati va jihatlari, bu birinchi navbatda, insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy foydasidir. Qolaversa, raqamli iqtisodiyot korrupsiya va "qora iqtisodiyot"ning asosiy kushandasidir. Binibarin, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma'lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma'lumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to'liq axborot bermaslikning iloji yo'q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo'yadi. Ma'lumotlar ko'pligi va tizimliligi yolg'on va qing'ir ishlarga yo'l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada "iflos pullarni" yuvish, mablag'larni o'g'irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yoki yashirib ko'rsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablag'lar oqimini oshiradi, soliqlar o'z vaqtida va to'g'ri to'lanadi, byudjet taqsimoti ochiq bo'ladi, ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan mablag'lar o'g'irlanmaydi, maktablar, kasalxonalar, yo'llarga ajratilgan pullar to'liq yetib boradi va hokazo. Qolaversa, davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo'nalishlar ochib beradi. "Raqamli texnologiyalar" tomon burilishga butun jahon internet tarmog'i va sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi bo'ldi. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda bu tizimdan foydalanuvchilar oziq-ovqat, turli parfyumeriya va zamonaviy kiyim-kechak mahsulotlariga buyurtma berish uchun Telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. Shuningdek, turli internet do'konlar, elektron to'lov tizimlari ham faol rivojlanib bormoqda. Demak, fuqarolarimiz

elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonyaptilar. Faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar katta xarajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni amalga oshirmoqdalar, o'rtacha xarid hajmini oshirishga esa unchalik tayyor emaslar. Endigi masala o'rtacha va yirik iqtisodiy bitimlar va moliyaviy operatsiyalarni raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirishni rivojlantirishdan iborat.

Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va ITkompaniyalarni qo'llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotda raqamlashtirish jarayonlarini amalga oshirish ehtiyojdan kelib chiqqan holda jadallashtirish talab etiladi. Raqamli texnologiyalar AKT sektorida ustuvorlik kasb etishidan tashqari, iqtisodiyotning boshqa tarmoq va sohalarida ham an'anaviylikdan voz kechib, raqamli texnologiyalarni joriy etishga ustun darajada ahamiyat qaratilmoqda.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarini to'g'ri tashkil etish, tarmoq va sohalarda raqamli transformatsiyalashgan iqtisodiyotni kengaytirishda quyidagi maqsadlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

> O'zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish uchun fundamental baza bo'ladigan ma'lumotlarning aniqligi va ishonchli tizimini joriy etishda hamda tarmoq va sohadagi statistik ma'lumotlarning shaffofligini ta'minlashda har bir soha va tarmoqning korxona va tashkilotlarida big data texnologiyasi asosida tahlilni amalga oshirish zarur.

> Raqamli iqtisodiyotda biznes qilishni kengaytirish, xalqaro raqamli kompaniyalarni O'zbekistonga kirib kelishiga imkoniyat yaratish, mamlakatga xorijiy investitsiya oqimini ijobiy tomonga o'zgarishiga asos bo'lishida, raqamli transformatsiyashgan iqtisodiyot o'zgartiruvchi iqtisodiy hatti-harakatlarning huquqiy me'yoriy asoslarining yaratilishi zarur.

> Raqamli iqtisodiyotning qamrov darajasini kengaytirishda xususan, e-tijorat, aniq qishloq xo'jaligi, sanoat 5.0 kabilarni rivojlantirish va qo'llabquvvatlashda hukumat tomonidan raqamli transformasiyalashgan ekotizim shakllantirilishi lozim.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

> Iqtisodiyotning tarmoq va sohalaridagi muammolarni soha mutaxassislari aniqlab, raqamlashtirish orqali ularni bartaraf eta oladilar. Bunda ta'lim tizimida har bir tarmoq va soha kesimida informatsion texnologiyalar mutaxassisligi bo'yicha alohida kurs tashkil etilib, maxsus dastur asosida o'qitish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni PF-6079-son, 05.10.2020

2. "Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasi" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni PF-60 son 28.01.2022

3. S.Baller, S.Dutta, and B.Lanvin, "The global information technology report 2016", Innovating in the Digital Economy. [Proc.World Economic Forum],Geneva, 2019, p. 307

4. Mesenbourg, T. Measuring the Digital Economy / US Bureau of the Census. -2001

5. Г.Н.Махмудова, Б.С.Разакова Развитие цифровой экосистемы в Узбекистане на основе платформенной концепции. // "Экосистемы в цифровой экономике: драйверы устойчивого развития" Санкт-Петербург, 2021 стр 28-53

6. M.Abdullayev, S.Gulyamov,& R.Ayupov, Raqamli iqtisodiyotda — kadrlar tayyorlashning dolzarb yo'nalishlari. (2020). Архив научных исследований, 1 (23) извлечено от https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/2702

7. R.Parpieva. (2020). Zamonaviy ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari. Архив научных исследований, 1(4) извлечено от https://tsue. scienceweb.uz/index.php/archive/article/view/3 862

8. O.Umarov Raqamli texnologiyalar innovatsiyalar rivojiga keng yo'l ochadi. http ://xs. uz/uzkr/post/olimzhon-umarovraqamli-tekhnologiyalar-innovatsiyalar-rivozhiga-keng-jol-ochadi

9. N.M.Maxmudov, N.R.Avazov Raqamli iqtisodiyot—qulay investitsion muhitni shakllantirishning asosi //Материалы

10. Abdurahmonov K. Raqamli iqtisodiyot: Janubiy Koreya tajribasi va undan O'zbekistonda foydalanish istiqbollari. http://www.biznes-daily.uz/uz/birjaexpert/58192-raqamli-iqtisodiyot-janubiy-korya-tajribasi-va-undan-uzbkistondafoydalanish-istiqbollari. 20.04.2019y

11. Kuntsman A.A. Transformatsiya vnutrenney i vneshney sredi biznesa v usloviyax sifrovoy ekonomiki // Upravlenie ekonomicheskimi sistemami: elektronniy nauchniy jurnal. - 2016. - № 11(93). - c. 1.

12. Xodiev B. YU. Sifrovaya ekonomika v Uzbekistane. //Mirovaya ekonomika, 2017, №12

13. N.Lane Advancing the Digital Economy into the 21st Century (Assistant to the US President for Science and Technology), 1999;

14. .R. Bukht and R. Heeks, "Defining, conceptualizing and measuring the digital economy", Development Informatics

15. D.Tapscott, "The digital Economy: promise and peril in the age of networked intelligence." - New York: McGraw-Hill. - 1997.

16. Qodirov, F., & Suvonov, B. (2023). Development Of An Automatic Ventilation System For Smart Greenhouses. Solution of social problems in management and economy, 2(13), 168-172.

17. Iskandar o'g'li, S. B. Tabiiy gazni qayta ishlash jarayonining intellektuallashtirilgan boshqaruvida noaniq mantiq asosidagi modeldan

foydalangan holda nazorat qilish. https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal April, 2023

18. SZ Safoevna, MN Juraevna Sustainable management and efficient use of water resources in the conditions of economic modernization. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Journal 2021. 1202-1208 page.

19. N.J. Mamanazarova, H.N.Mirjamilova.Resurstejamkor texnologiyalardan foydalanishning tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishga ta'siri. "Экономика и социум" журнали, №3(118) 2024. www.iupr.ru

20. Набиев.О.А. (2023). Зарубежный опыт повышения роли местных бюджетов в развитии социальных отраслей. Экономика и социум, (6-2 (109)), 877-8

21. Набиев.О.А. (2023). Перспективы увеличения доходов местных бюджетов на основе социально-экономического развития региона. Экономика и социум, (6-2 (109)), 882-887.

22. Z Shokhujaeva, N Mamanazarova, H Mirjamilova Ways of efficient use of water in conditions of water resources shortage. E3S Web of Conferences 463, 0203

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.