Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
281
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / axborot-kommunikatsion texnologiyalari / in-ternet tezligi / yalpi ichki mahsulot / raqobatbardoshlik / intensiv rivojlanish / masofaviy ta’lim / onlayn darslar / yuqori samaradorlik / kompyuter savodxonligi. / цифровая экономика / информационно-коммуникацион-ные технологии / скорость интернета / ВВП / конкурентоспособность / интенсив-ное развитие / дистанционное обучение / онлайн-курсы / высокая эффективность / компьютерная грамотность.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Parpieva Malika Muxamadjonovna

Maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning imkoniyatlari, afzalliklari hamda kamchiliklariga ta’rif berilgan bo‘lib ushbu sohaning dunyoni rivojlangan mamlakatlari miqyosida tarixiy rivojlanish bosqichlari o‘rganilgan. Unda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi tahlil qilingan hamda rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida bu sohani yanada rivojlantirish, mavjud kam-chiliklarni bartaraf etish yo‘llari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ

В статье рассматриваются возможности, преимущества и не-достатки развития цифровой экономики, а также исследуются исторические этапы развития этой отрасли в развитых странах мира. В ней анализируется уро-вень развития цифровой экономики в Узбекистане и пути дальнейшего развития этого сектора на основе опыта развитых стран для устранения существующих недостатков.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING

USTUVOR YO'NALISHLARI

Parpieva Malika Muxamadjonovna

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, "Menejment va marketing" kafedrasi as-

sistenti

malikaxonparpieva83@gmail .com

Annotatsiya: Maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning imkoniyatlari, afzalliklari hamda kamchiliklariga ta'rif berilgan bo'lib ushbu sohaning dunyoni rivojlangan mamlakatlari miqyosida tarixiy rivojlanish bosqichlari o'rganilgan. Unda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi tahlil qilingan hamda rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida bu sohani yanada rivojlantirish, mavjud kam-chiliklarni bartaraf etish yo'llari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, axborot-kommunikatsion texnologiyalari, internet tezligi, yalpi ichki mahsulot, raqobatbardoshlik, intensiv rivojlanish, masofaviy ta'lim, onlayn darslar, yuqori samaradorlik, kompyuter savodxonligi.

ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Парпиева Малика Мухамаджоновна

ТУИТ имени Мухаммада ал-Хоразмий, ассистент кафедры «Менеджмент и

маркетинг»

malikaxonparpieva83@gmail .com

Аннотация: В статье рассматриваются возможности, преимущества и недостатки развития цифровой экономики, а также исследуются исторические этапы развития этой отрасли в развитых странах мира. В ней анализируется уровень развития цифровой экономики в Узбекистане и пути дальнейшего развития этого сектора на основе опыта развитых стран для устранения существующих недостатков.

Ключевые слова: цифровая экономика, информационно-коммуникационные технологии, скорость интернета, ВВП, конкурентоспособность, интенсивное развитие, дистанционное обучение, онлайн-курсы, высокая эффективность, компьютерная грамотность.

PRIORITY AREAS OF DIGITAL ECONOMY DEVELOPMENT IN

UZBEKISTAN

Parpieva Malika Muxamadjonovna

TUIT named after Muhammad al-Khwarizmi, assistant teacher of the department

"Management and marketing "

malikaxonparpieva83@gmail .com

Abstract: In the article is described the opportunities, advantages and disadvantages of the digital economy development and explores the historical stages of development of this industry in the developed countries of the world. It is analyzed the level of development of the digital economy in Uzbekistan and ways to further develop this sector based on the experience of developed countries, to eliminate existing problems in the sphere.

Keywords: digital economy, information and communication technologies, internet speed, GDP, competitiveness, intensive development, distance learning, online courses, high efficiency, computer literacy.

Kirish

Raqamli iqtisodiyot bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo'llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ifodalanadi [1].

Raqamli iqtisodiyot bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo'lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas, bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko'chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyotning bir qancha afzalliklari hamda ijobiy tomonlari mavjud. Masalan, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi inson uchun eng qimmatbaho bo'lgan vaqtni tejashga, undan unumli foydalanishga ko'maklashishi mumkin. Biron bir kitobning chop etilgan ko'rinishini sotib olish shu kitobning elektron formatini sotib olishdan qimmatroqqa tushadi. Bundan ko'rinadiki, biz axborot-kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi orqali pul mablag'larimizni ham qisman tejab qolishimiz mumkin. Kommunal to'lovlarni amalga oshirish uchun banklarda soatlab navbat kutib turishimizga hojat qolmaydi, istalgan joydan turib, istalgan ishni amalga oshirishimiz mumkin bo'ladi. Uyda o'tiradigan yoki yosh bolali ayollarimiz uchun ham bu ancha qo'l keladi. Ular uy yumushlarini bajargan holda, uylaridan chiqmay turib, onlayn savdo bilan shug'ullanib, pul topish imkoniyatiga ega bo'lishlari mumkin. Bundan tashqari, ushbu

texnologiyalardan ta'lim sohasida ham unumli foydalanish mumkin bo'ladi. O'quvchi va talabalarning davomatini nazorat qilish, darslarni o'zlashtirish natijalari hamda yutuqlaridan xabardor bo'lish imkoniyati tug'iladi.

Raqamli iqtisodiyotga o'tish albatta, ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga, kompaniyalar raqobatbardoshligining o'sishiga, ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga, yangi ish o'rinlarining yaratilishiga, yangi zamonaviy kasblarning paydo bo'lishiga ta'sir etmay qolmaydi. Qisqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi hayotimizni ijobiy tomonga o'zgartirishi mumkin.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Raqamli iqtisodiyot - bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog'liq iqtisodiy faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig'indisidir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.

Iqtisodiyot va jamiyatning "raqamlashtirish" jarayoni (ingliz tilida - digitization ya'ni, raqamlashtirish, ba'zan esa digitalization ya'ni raqamlashtirilishi ma'nosini bildiradi) haqida gapirganda, birinchi navbatda, terminologiyaga aniqlik kiritish kerak. Eng keng ma'noda "raqamlashtirish" jarayoni, odatda, raqamli texnologiyalarni keng qo'llash va assimilyatsiya qilish tashabbusi bilan boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishni anglatadi. Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga bir qator ta'riflar berilgan. Jumladan, professor V.Ivanov "Raqamli iqtisod - haqiqatimizni to'ldiradigan virtual muhit," deb ta'rif bergan Professor D.Kungurovning fikricha, "raqamli iqtisod" atamasiga ikkita - klassik va an'anaviy yondashish mavjud [2]. Raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiyotning va elektron tovar va xizmatlar eksklyuziv domen tavsiflovchi raqamli iqtisod: birinchi yondashuv "klassik" deb nomlanib, klassik misollar -teletibbiyot, masofaviy ta'lim, dori-darmonlarni sotish (filmlar, televizorlar, kitoblar va boshqalar). Ikkinchi yondashuv: "raqamli iqtisod" ilg'or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarishdir. M.L. Kalujskiy raqamli iqtisodiyot -iqtisodiy internet faoliyati, shuningdek, shakllari, usullari, vositalari va uni amalga oshirish aloqa muhitidir, deb ta'riflagan [3]. Manbalarda keltirilishicha "Raqamli iqtisodiyot" iqtisodiyotning bunday turi ma'lum darajada amalda ishlaydigan turdagi model hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot - bu ishlab chiqarish kompleksi, inson uchun hayot va qulaylikni ta'minlaydigan mahsulot va xizmatlarni yaratadigan ishlab chiqarish tizimi bo'lib, u yerda ma'lum bir kiber-jismoniy (kiberfizicheskaya) tizim paydo bo'ladi. Fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot bu ishlab chiqarish kompleksi insonlar

uchun qulayliklarni ta'minlaydigan mahsulot va xizmatlarni yaratadigan virtual muhit bo'lib, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarish tizimi sanaladi [3]. Raqamli iqtisodiyotga bo'lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro'y bergan jiddiy o'zgarishlar tufayli sezilarli darajada o'sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o'zaro muloqotni yanada tez va oson yo'lga qo'yishga imkoniyat yaratdi.

Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot tushunchasi bir qator mamlakatlarning iqtisodiy nazariyasi va amaliyotida paydo bo'ldi. Bu raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turdi. Ulardan foydalanish samaradorligi ortib borayotgan bilimga aylantirildi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tobora kengayib bormoqda.

Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne'matlarining ustuvor o'rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu o'ziga xos tushuncha bo„lib, uning o'rganish obyekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o'z rivojlanishining boshlang'ich davrida bo'lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga butunlay o'tishi atiga bir necha yilni tashkil etadi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev takidlaganidek, "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi" [1].

Tadqiqot metodologiyasi

"Raqamli iqtisodiyot" atamasi birinchi bo'lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan "Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va'da va xavf-xatar" (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo'tkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog'lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko'rsatiladi. Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne'matlarining ustuvor o'rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu o'ziga xos tushuncha bo'lib, uning o'rganish obyekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan

global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o'z rivojlanishining boshlang'ich davrida bo'lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga o'tishi atiga bir necha o'n yilni tashkil etadi.

Jahon amaliyotining ko'rsatishicha, raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, shu davlatdagi rivojlanish ko'rsatkichlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Tabiiyki, bu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlarda yuqori.

Raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi AQShda - 10,9 foizni, Xitoyda - 10 foizni, Hindistonda - 5,5 foizni tashkil etgani holda, O'zbekistonda 2 foizdan ham oshmaydi. Ushbu sohani rivojlantirish hozirgi zamon talabiga aylanib bormoqda.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish O'zbekiston uchun, uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan muhim, strategik ahamiyatga ega vazifa bo'lib, bu davlatimizga ushbu sohani rivojlantirish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratib berish, bu jarayonni rag'batlantirish zarurligini ko'zda tutadi.

O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun imkoniyatlar, shart-sharoitlar yetarlicha, biroq rivojlanish bosqichi juda sekin bormoqda. Bunga sabab bo'layotgan bir qancha omillar mavjud bo'lib, ularning eng asosiylari internet tezligi va sifatining pastligi, ko'plab sohalarda monopoliyalarning mavjudligi, axborot texnologiyalari sohasidagi qonunchilikning zamondan ortda qolganligi, kompyuter savodxonligi darajasining pastligi, axborot texnologiyalari mutaxassislarining yetishmasligi, axborot texnologiyalari xavfsizligining yetarli darajada emasligidir.

"Raqamli iqtisodiyot" atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o'zining "Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat" nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to'laligicha hali shakllanmagan va ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o'rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon "Yangi raqamli iqtisodiyoti" turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, "Postindustrial iqtisodiyot" (D.Bell), "Axborotlashgan iqtisodiyot" (O.Toffler), "Megaiqtisodiyot" (V.Kuvaldin), "Axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot" (I.Niiniluto), "Texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot" (B.Geyts), "Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot" (D.Tapskott). Mark Porat birlamchi va ikkilamchi iqtisodiyot sektorlari orasiga farq kiritgan amerikalik olimlardan biri bo'lib hisoblanadi.

Birlamchi sektor aniq iqtisodiy baholanishi mumkin, chunki u bevosita bozor qiymatini yaratadi. Ikkilamchi sektor iqtisodiyot uchun muhim hisoblansa-da, ammo uni iqtisodiy baholashni amalga oshirish ancha mushkul amal hisoblanadi, chunki u kompaniyalar va davlat korxonalari ichidagi axborot faoliyatini o'z ichiga oladi. Globallashuv sharoitida raqamli iqtisodiyot tendensiyalarining o'zgarishini rossiyalik

olim N.S.Revenko ham o'rgangan, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bilan esa V.M.Bondarenko shug'ullangan.

1-jadval

Raqamli iqtisodiyotga berilgan ta'riflar

№ Ta'rif Ta'rif manbasi

1 Elektron iqtisodiyot (raqamli, web, internet iqti- Wikipedia: https://ru.wikipedia.

sodi) - elektron biznes va elektron tijorat bilan org/wiki/E-economy

bog'liq, raqamli texnologiyalarga asoslangan

iqtisodiy faoliyat, ular tomonidan ishlab

chiqarilgan va sotilgan elektron tovar va xiz-

matlar

2 Tarmoq iqtisodiyoti (virtual, raqamli, elektron) Glossary.ru: http://www.glossary.

- elektron tarmoqlar (raqamli telekommu- ru/cgi-bin/gl_sch2.cgi?RRlylig9!_

nikatsiyalar) yordamida amalga oshiriladigan qutusoqg

iqtisodiy faoliyat. Texnologik nuqtai nazardan,

tarmoq iqtisodiyoti qonuniy bo'lgan muhitdir

3 Raqamli iqtisodiyot - bu shunday iqtisodiy faoliyatki, unda ma'lumotlar raqamli shaklda bo'ladi. Ular har xil turdagi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishlari mumkin. http://kremlin.ru/acts/ bank/41919

4 Raqamli iqtisodiyot - bu raqamli rivojlanish bi- http://www.fingramota.org/ teoriyaf-

lan bog'liq bo'lgan kompyuter texnologiyalari. inansov/item/2198-chtotakoetsifrovaya-

Bunga quyidagilar kiradi: onlayn xizmatlar, el- ekonomika

ektron to'lovlar, onlayn savdo, krossfanding va

boshqalar.

5 Raqamli iqtisodiyot - bu raqamli axborot-kom- http://www.tadviser.ru/index.php/ Arti-

munikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga cle3AdigitalEconomyofRussia

asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy

aloqalar.

6 Raqamli iqtisodiyot - bu tijorat maqsadida foy- http://www.tpinauka.ru/2018/02/

dalaniladigan global iqtisodiy faoliyat tarmog'i. Skripko.pdf

7 Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan https://sof.uz/uz/post/raqamli-iqti-

farqi. sodiyot-haqida-nimalarni-bilish-kerak

* Muallif shaxsiy ishlanmasi

Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotning mohiyatini yoritish, uning afzalliklari va kamchiliklarini aniqlash, hamda O'zbekistonda ushbu sohani yanada rivojlantirish bo'yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot metodlari. Maqolani tayyorlash jarayonida dialektik, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, ilmiy abstraksiya, monografik kuzatuv, tizimli va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Asosiy natijalar. Raqamli iqtisodiyot atamasini birinchi eshitganimizda, "raqamli iqtisodiyot" o'zi nima? U qayerdan kelib chiqqan? degan

savollar tug'ilishi tabiiy. "Raqamli iqtisodiyot" tushunchasining kelib chiqish tarixini o'rganadigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyot juda uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universitetida faoliyat yurituvchi amerikalik olim Nikolas Negreponte tomonidan aniqlangan. U axborot-kommunikasiya texnologiyalarining intensiv rivojlanishi orqali eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda qanday o'zgarishlar kuzatilishi mumkinligini aytib o'tgan. Yuqorida aytib o'tilganidek, hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to'laligicha hali shakllanmagan va ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o'rganilmoqda. "Raqamli" davlatlar - ya'ni raqamli iqtisodiyot yuksak rivojlangan davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvesiya va Shvesariya hisoblanadi. AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya hamda Gongkong raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlar 10 taligiga kiradi. Ushbu davlatlar tajribasini o'rganib chiqish va bular asosida harakatlanish ko'zlangan maqsadga tezroq erishishga yordam beradi [4].

Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma'lumotlar bilan ishlash texnologiyalari (Big Data), sun'iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo'shimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D-texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko'prog'ida beqiyos o'zgarishlar keltirib chiqarishi ta'kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko'payishi milliy iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o'rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi. Dunyoda raqamli iqtisodiyot o'sishining sur'atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil etmoqda. Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan. Ular hozirning o'zida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan juda katta naf ko'rishmoqda. Xususan, Amerika Qo'shma Shtatlari yiliga 400 milliard AQSh dollaridan ko'proq raqamli xizmatlarni eksport qilmoqda. Mazkur davlat yalpi ichki mahsulotining 5 foizidan ko'prog'i bevosita internet va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog'liq sohalarga to'g'ri keladi [5]. 2025-yilgacha AQSh sanoatni raqamlashtirishdan qo'shimcha 20 trln. dollar daromad olishi kutilmoqda. Bunday iqtisodiy samaradorlik, ayniqsa iste'mol tovarlari ishlab chiqarish (10,3 trln. dollar), avtomobil sanoati (3,8 trln. dollar) va logistikada (3,9 trln. dollar) yuqori bo'lishi ta'kidlanmoqda. Turli tadqiqotlar natijalari bo'yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog'i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo'shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog 'liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo'shma Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to'g'ri keladi [6].

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, 2022-yilga kelib global YaIMning chorak qismi raqamli sohada bo'lishini taxmin qilinmoqda. Lekin, xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish indeksi bo'yicha O'zbekiston 170 dan ortiq davlat ichida 103-o'rinni egallab turishining o'zi mamlakatimizda bu sohada hali o'z yechimini kutayotgan masalalar va qilinishi lozim bo'lgan ishlar ko'pligidan dalolat beradi. Davlatimiz rahbarining ta'kidlashicha, "yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo'yicha 2019-yilda 8 pog'onaga ko'tarilgan bo'lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat - korrupsiya balosini yo'qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin" [7].

Xulosa

O'z o'rnida qayd etib etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko'rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o'tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o'tkazilmoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta'biri bilan aytganda, "raqamli iqtisodiyot yangi xavf-xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, shu jumladan, kiberxavfsizlikka tahdidlar, noqonuniy iqtisodiy faoliyatning yengillashuvi, shaxsiy hayot daxlsizligini buzilishi bilan bog'liq sabablarni keltirish mumkin. Yangi qarorlar qabul qilish hukumatlar, fuqarolik jamiyati, akademik guruhlar, ilmiy hamjamiyat va texnologik sektorlarning hamkorlikdagi harakatini talab etadi" [8].

Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi yo'nalishlarga alohida e'tibor qaratilishi lozim:

1. Raqamli iqtisodiyotga butkul o'tish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berilishi darkor. Jumladan,

- yangi axborot-kommunikatsion texnologiyalarni yaratish;

- mamlakatdagi kompyuter savodxonligini oshirish;

- ushbu sohada faoliyat olib boruvchi malakali kadrlar sonini ko'paytirish;

- respublikaning barcha tarmoq va sohalarida raqamli iqtisodiyotning qo ' llanilishini rag ' batlantirish;

- internet tezligini oshirish va sifatini yaxshilash;

- mamlakatning chekka hududlariga ham internet xizmatlarining yetib borishini ta'minlash.

2. Raqamli iqtisodiyot nima uchun zamon talabiga aylanib borayotganligi va uning istiqbollari, imkoniyatlari haqida va faqatgina blokcheyn texnologiyalari hamda kriptovalyutalardan iborat emasligini aholiga tushuntirish ham muhim sanaladi.

3. Elektron tijorat (onlayn savdo) ishtirakchilari o'гtasidagi гaqobatni qo'llab-quvvatlash, yanada гivojlantiгish uchun гag'batlantiгish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish lozim.

4. Yosh kadriami ushbu sohaga jalb etish, "Raqamli" davlatlaming oliygohlarida o'qitib, malaka oshirishlariga ko'maklashish yaxshi natijalarga eгishishga imkon yaratishi mumkin.

Bugungi kunda O'zbekiston shaгoitida гaqamli iqtisodiyotni гivojlantiгishning qonuniyatlari, tendensiyalari va imkoniyatlarini, xususan, axborot texnologiyalarining iqtisodiyotning turii sohalaгiga kiгib boгish darajalarini ilmiy asosda o'гganish nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Vatanimiz taraqqiyoti va istiqboli, mamlakatimizda keng ko'lamda amalga oshirilayotgan islohotlaming muvaffaqiyati milliy iqtisodiyotimizga yangi innovatsiyalami joгiy qilishga bevosita bog'liqdir Shu sababli raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mimyoevning 2020-yil 21-yanvaráagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va Senetiga Murajaatnomasi. http://turkiston.uz (murojaat sanasi: 16.03.2020).

2. Parpieva M.M. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishida raqamli texnologiyalaming ahamiyati. Davlat statistika qo'mitasi huzuridagi Kadгlaг mala-kasini oshirish va statistik tadqiqot^ institutining "O'zbekiston statistika axbo-гotnomasi" ilmiy elektran jumali. 2022-yil, 2-son

3. Parpieva M.M. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsiyalarning roli. Davlat statistika qo'mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqot-^г institutining "O'zbekiston statistika axborotnomasi" ilmiy elektгon jurnali. 2022 yil, 3-son

4. P.Z.Xashimov. Z.F.Faxriddinova. O'zbekistonda гaqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari. - "Axborot texnologiyalaг iqtisodiyoti" jumal.

5. Gulyamov S.S., Ayupov R.H, Abdullaev O.M., BaltabaevaG.R. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar. - T.: TMI, "Iqtisod-Moliya" nashriyoti, 2019.

6. Petruxina E.V., Gujin A.A., Velichko N.Yu., Nijaradze L.D., Volkova A.V., Oveshnikova L.V. Современные теории менеджмента, Oryol, 2014. - 110 s.

7. Abduraxmanova G.I., Vishnevskiy K.O., Volkova G.L. , Goxberg L.M. i dr Индикаторы цифровой экономики: 2018 : Статический сборник /.; I60 Nas. issled. un-t «Высшая школа экономики». - M.: NIU VShE, 2018. - 268 s. - 300 эkz. - ISBN 978-5- 7598-1770-3.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Brayan A. Vtoraya эkonomika [Электронный ресурс]. - Режим доступа: http : //www. obs.ru/article/1887/

9. Raqamli iqtisodiyot nima? / https://www.texnoman.uz/post/raqamli-iqtisodiyot-nima.html

10. Koreya O'zbekistonda elektran hukumatni rivojlantirish uchun 2 mln. dol^ sarmoya kiritadi / https://www.xabar.uz/uz/texnologiya/koreya-ozbekistonda-el-ektron-huku matni-rivojlantirish

11. http://www.biznes-daily.uz/ru/birjaexpert/65417-raqamli-iqtisodiyotning-afzalliklari-vaistiqbolli-yunalishlari

12. https://review.uz/oz/post/raqamli-iqtisodiyot-mamlakatimiz-taraqqiyoti-ga-rovidir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.