Научная статья на тему 'Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari'

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
764
143
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Big Data / texnologiya / global / The Digital Economy / Digital / Networked / Intelligence / asbob-uskunalar / platformalar / sensorika / kvant texnologiyalari / kraudsorsing / virtual / reallik texnologiyalari / statistic / diversifikatsiya / kripto-aktivlar / smart-kontrakt / konsalting / emissiya / ayirboshlash / saqlash / taqsimlash / boshqarish / sug‘urtalash / kraud-fanding / blokcheyn. / Big Data / technology / global / The Digital Economy / Digital / Networked / Intelligence / equipment / platforms / sensors / quantum technologies / crowdsourcing / virtual / reality technologies / statistics / diversification / crypto-assets / smart-contract / consulting / emission / exchange / storage / distribution / management / insurance / crowdfunding / blockchain.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Mallaboyev Nosirjon Murodullayevich, Nazarova Shahnoza Shokirovna, Nazarov Islomjon Adhamjon Oʻg‘Li

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotming rivojlanishihamda infratuzilmalari tahlil qilinadi hamda olingan natijalar asosida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha bir qancha muammolar va ularning mumkin boʻlgan yechimlariatroflich koʻrib chiqiladi.Bundan tashqari, respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida raqamli texnologiyaning global ahamiyatga ega boʻlgan platformalarini yaratish mexanizmlari haqida batafsil bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Информационно-коммуникационные технологии в развитии цифровой экономики

В данной статье проанализировано развитие и инфраструктура цифровой экономики, и по результатам рассмотрен ряд проблем, связанных с развитием цифровой экономики в нашей стране и возможные пути их решения, подробно описаны механизмы создания

Текст научной работы на тему «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari»

УДК 378.16

RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA

TEXNOLOGIYALARI

Mallaboyev Nosirjon Murodullayevich NamMQI, katta o'qituvchi, +998936927006, mnosirjon07@gmail.com

Nazarova Shahnoza Shokirovna NamMQI, o'qituvchi, shahnoza.shokirovna@gmail.com, tel.: +998907529744

Nazarov Islomjon Adhamjon o'g'li NamMQI, talabasi, islomj on. nazarov@gmail.com, +998907894699

Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotming rivojlanishihamda infratuzilmalari tahlil qilinadi hamda olingan natijalar asosida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha bir qancha muammolar va ularning mumkin bo'lgan yechimlariatroflich ko'rib chiqiladi.Bundan tashqari, respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida raqamli texnologiyaning global ahamiyatga ega bo'lgan platformalarini yaratish mexanizmlari haqida batafsil bayon etilgan.

Аннотация: В данной статье проанализировано развитие и инфраструктура цифровой экономики, и по результатам рассмотрен ряд проблем, связанных с развитием цифровой экономики в нашей стране и возможные пути их решения, подробно описаны механизмы создания

Annotation: In this state, the development and infrastructure of the digital economy is analyzed, and a number of problems related to the development of the digital economy in our country are analyzed, and the solutions are described in detail.

Kalit so'zlar. Big Data, texnologiya, global, The Digital Economy, Digital, Networked, Intelligence, asbob-uskunalar, platformalar, sensorika, kvant texnologiyalari, kraudsorsing, virtual, reallik texnologiyalari, statistic, diversifikatsiya, kripto-aktivlar, smart-kontrakt, konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug'urtalash, kraud-fanding, blokcheyn.

Ключевые слова: Big Data, технологии, The Digital Economy, Digital, Networked, Intelligence, оборудование, платформы, датчики, квантовые технологии, краудсорсинг, виртуальные, технологии реальности, статистика, диверсификация, криптоактивы, смарт-контракт, консалтинг, эмиссия, обмен, хранение, распространение, управление, страхование, краудфандинг, блокчейн.

Keywords: Big Data, technology, global, The Digital Economy, Digital, Networked, Intelligence, equipment, platforms, sensors, quantum technologies, crowdsourcing, virtual, reality technologies, statistics, diversification, crypto-assets, smart-contract, consulting, emission, exchange, storage, distribution, management, insurance, crowdfunding, blockchain.

KIRISH

Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog'liq bo'lgan bir qancha samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja'atnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo'yicha quyidagilarni aytib o'tdi: "Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko'zda tutadigan "Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi"ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o'stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar o'tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o'tish bo'yicha "yo'l haritasi"ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta 'minlashga alohida e'tibor qaratish zarur"[1,2]. Shuning uchun ham uni qanday rivojlantirish masalalari jamiyat va halq oldida ko'ndalang bo'lib turibdi. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ba'zi bir yo'nalishlari mualliflar nuqtai-nazaridan muhokama qilinadi. Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon bo'layotgan raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan o'zgartirib, keng imkoniyatlar yaratish bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini boshlab berdi. "Raqamli iqtisodiyot" atamasi birinchi bo'lib 1995 yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan "Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va'da va xavf-xatar" (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo'tkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog'lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko'rsatiladi. Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi.[1]

Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne'matlarining ustuvor o'rni bilan tavsiflanadi.

Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot-bu o'ziga xos tushuncha bo'lib, uning o'rganish obyekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o'z rivojlanishining boshlang'ich davrida bo'lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga o'tishi atiga bir necha o'n yilni tashkil etadi. Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot - bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli ko'rinishdagi ma'lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili hisoblangan faoliyatdir..[2]

Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma'lumotlar bilan ishlash texnologiyalari (Big Data), sun'iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo'shimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn

texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D-texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko'prog'ida beqiyos o'zgarishlar keltirib chiqarishi ta'kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko'payishi milliy iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o'rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi. .[4]

Dunyoda raqamli iqtisodiyot o'sishining sur'atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil etmoqda. Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan. Ular hozirning o'zida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan juda katta naf ko'rishmoqda. Xususan, Amerika Qo'shma Shtatlari yiliga 400 milliard AQSh dollaridan ko'proq raqamli xizmatlarni eksport qilmoqda. Mazkur davlat yalpi ichki mahsulotining 5 foizidan ko'prog'i bevosita internet va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog'liq sohalarga to'g'ri keladi. 2025-yilgacha AQSh sanoatni raqamlashtirishdan qo'shimcha 20 trln. dollar daromad olishi kutilmoqda. Bunday iqtisodiy samaradorlik, ayniqsa iste'mol tovarlari ishlab chiqarish (10,3 trln. dollar), avtomobil sanoati (3,8 trln. dollar) va logistikada (3,9 trln. dollar) yuqori bo'lishi ta'kidlanmoqda. Turli tadqiqotlar natijalari bo'yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog'i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo'shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog'liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo'shma Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to'g'ri keladi[3].

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 13-fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag'ishlangan tadbirda keltirgan statistik ma'lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O'zbekistonda bu ko'rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi. Raqamlashtirishning ahamiyati va ta'sirini qanchalik ortib borayotganligini baholash uchun so'nggi o'n yillikdagi bir nechta yirik texnologik kompaniyalar va raqamli platformalarning jahon bozoridagi kapitallarining ulushini ko'rish kifoya. Xususan, BMTning savdo va rivojlanish konferensiyasi ma'lumotlarida qayd etilganidek, bu ko'rsatkich 2009-yilda 16 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2018-yilning oxiriga kelib 56 foizga yetgan [2].

Jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonda, mamlakatimizda juda katta o'zgarishlar bo'lmoqda. O'tgan asrning so'ngi yillarida va XX asrning dastlabki yillaridanoq inson faoliyatining eng muhim sohalari bo'lgan iqtisodiy boshqaruv butunlay o'zgacha yondashuv va alohida mohiyatga ega bo'ladi. Odamlarning ijtimoiy hayotga qarashlari ham o'zgarmoqda. Kompyuter texnologiyalari uzoq vaqtdan beri kundalik hayotning ajralmas qismi bo'lib kelgan. Biroq, smartfonlar va kompyuter, planshetlarining paydo bo'lishi bilan kompyuter texnologiyalarining ta'siri keskin oshdi. Zamonaviy jamiyatning eng ko'zga ko'ringan xususiyati raqamli texnologiyalarning odamlarning yashash va ishlash tarziga ta'sirining kuchayishidir. Bu mikroelektronika, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bog'liq. Shunday qilib, jamiyat hayotini "raqamlashtirish" ob'ektiv va muqarrar olg'a siljish degan xulosaga kelish mumkini Iqtisodiyotdagi raqamli texnologiyalarni imkon yaratadigan axborot texnologiyalari sifatida talqin qilish mumkin.Hozrgi zamondagi iqtisodiy vaziyatda kelib chiqib elektron biznes tuzilmalari ishini optimallashtirish bu yanada raqamli iqtisodiyotda sodir

bo'lishi mumkin bo'lgan uchta asosiy elementga bo'linadi: l.Infratuzilma elementlari ya'ni uskunalar va dasturlar; 2.Telekommunikatsiya qurilmalari va boshqalar, qolaversa elektron biznesning yo'nalishi, 3.Tijorat ya'ni onlayn tovar savdosi. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining katta qismi raqamli vositalar hisoblanadi.Bunga misol qilib olishimiz mumkin ya'ni iqtisodiyot infratuzilmasi. Iqtisodiyotda mehnatning raqamli shakllarini joriy etish ham mamlakatlar, yirik firmalar va har bir inson uchun ham yaxshigina foyda keltiradi. Ko'rishimiz mumkinki bunda: ishlab chiqarish, tovar mahsulotlari va xizmatlarini taqsimlash, ayirboshlash, ulardan foydalanishlarni. Raqamli texnologiyalardan keng foydalanish so'nggi o'n yilliklarda barcha sanoat sohalarida va ishlab chiqarishda va xizmat ko'rsatishda jadallik bilan davom etmoqda. Bir holatni inobatga olish kerakki, avvallari bu o'z-o'zidan va nazoratsiz holatda bo'lgan, ammo bugungi kunga kelib yirik kompaniyalar va korparatsiyalar qolaversa davlatlar ham bu masalaga aniq tizimli yondashuv zarurligini anglab yetdi va unga asoslangan o'zlarining bma'lum tizimlarini joriy qilib kelishmoqda. Raqamlashtirishning strategik rejasini ishlab chiqish va keyinchalik amalga oshirish hozirda iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida deyarli barcha yirik firmalar uchun ustuvor ahamiyatga ega. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni asosiy texnologiyalari bular:bulutli texnologiya, taqsimlangan hisoblash texnologiyasi, katta ma'lumotli texnologiyalar tashkil etib kelmoqda. Biroq, eng muhim texnologiyani raqamli platforma deb hisoblash mumkin. Raqamli platforma bu ko'p sonli bozor vakillarining o'zaro munosabatlari tizimi sifatida ma'lum bir algoritm bo'yicha va ularni maxsus axborot muhiti orqali birlashtirish tushuniladi.iv Shunday qilib, raqamli texnologiyalar to'plamidan keng miqiyosda foydalanish va ularni ma'lum darjada o'zgartirish orqali tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Muayyan raqamli platforma har qanday yirik iqtisodiy sohaga asoslanib, shart-sharoitlarni ta'minlaydi. Mehnat taqsimoti shartlari sotuvchilar va xaridorlar o'rtasida ma'lumot almashish uchun. Masalan: Platformaslar quyidagilarni ta'minlaydi, taksi ishchilari va ularning yo'lovchilari o'rtasidagi aloqani.qolaversa yana bir qancha platformalar ham, avtomobil egalari va avtomobil ijaraga olmoqchi bo'lganlar o'rtasidagi munosabatlarni aks ettirishda yaqqol namoyon bo'ladi. Platforma - bu boshqa barcha kerakli texnologiyalarni o'z ichiga jamlahan dasturlar yig'indisi bo'lib, katta hajmli ma'lumotlarga va turli xizmatlarga kirish imkoniyatini beradi Raqamli iqtisodiyot elektron dasturlar sanoati tomonidan kashf qilingan innovatsion texnologiyalarga asoslangan hisoblanadi. Buni biz ikki element bilan ifodalashimiz mumkin. Birinchidan, bu elektron sanoat, kichik hajmdagi chiplar ishlab chiqarish,kompyuterlar va telekommunikatsiya qurilmalari va maishiy elektronikani o'z ichiga olsa, ikkinchidan esa bu kompaniyalarning raqamli texnologiyalari sohasida xizmatlar ko'rsatadigan va raqamli ishlab chiqarish hamda ularni saqlash vositalaridan foydalanishva ma'lumotlarni boshqarishdan iborat hisoblanadi. Raqamli sektorni rivojlantirishda milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bir qancha davlatlar tomonidan hozrgi kunda keng ko'lamli va adolatli o'z iqtisodiyotlarining raqamli sektorlarini rivojlantirishga qaratilgan ulkan dasturlar amalga oshirilayotgani ham tasdiqlanadi. Yangi ish o'rinlarini yaratishda ushbu sohalarda va elektron sanoat hamda IT texnologiyalarining raqobatbardoshligini oshirish qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. "Iqtisodiyotning globallashuvi" tushunchasi keskin kuchayish va bir qancha jarayonlarni nazarda tutadi. Misol uchun olishimiz mumkin,

tovarlar, kapital, texnologiya, xizmatlar, axborot, odamlarning davlatlararo (transchegaraviy) oqimlari shular jumlasidandir. So'ngi yilliklarda iqtisodiyotning globallashuv jarayoni haqiqatan ham sezilarli darajada tezlashdi. Biz milliy iqtisodiyotning o'zaro ta'sirini kapital vakili bo'lgan transmilliy korporatsiyalar va banklar faoliyatining ta'sirini bir vaqtning o'zida bir nechta davlatlar tomonidan o'zaro bog'liqligining tez ortib borayotganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. XXI asr boshlarida 20 mingga yaqin ulkan transmilliy korporatsiyalar o'zlarining asosan Yevropa, Shimoliy Amerika va Sharqiy Osiyodagi yirik bozorlarda faoliyat yurituvchi ko'plab sho'ba korxonalari,jahon savdosining yarmidan ko'pini nazorat qilgani iqtisodiyotning globallashuv jarayoni o'z aksini topgan. Ilmiy-texnika taraqqiyoti insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishi bilan doimo chambarchas bog'liq hisoblanadi. Biroq, fan va texnikaning rivojlanishida ishlab chiqaruvchi kuchlarning bosqichma-bosqich progressiv rivojlanishi jarayonida sifat darajalarining ortishi sodir bo'ladi. Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, ma'lum kamchiliklarga va xatolarni inobatga olmagan holda rivojlanayotgan jamiyat iqtisodiyotini raqamlashtirishda bu hodisalarning afzalliklari juda katta va bu afzalliklar ancha muhim hisoblanadi. Barcha fikrlarimizda takidlab o'tganimizdek, raqamli texnologiyalar samarali foydalanish o'z sohalarining narxini va ishlarning samaradorligini doimiy ravishda kengaytirib kelmoqda. Jamiyatimiz uchun kerakli bo'lgan vositalarni joriy etish, iqtisodiyotni raqamlashtirish darajasi doimiy ravishda jadallik bilan ortib bormoqda. Yuqorida aytilganlarga asoslanib, xuddi shunday raqamli qurilmalarning mavjudligi darajasi zamonaviy jamiyat iqtisodiyotini raqamlashtirish - bu jamiyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shadigan jarayon degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Dunyo hamjamiyatida ro'y berayotgan bunday jadal o'zgarishlar va raqobatning keskinlashuvi jarayonida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni keng joriy etmasdan turib, yaqin va uzoq kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, uning raqobatdoshligini ta'minlay olmasligimiz ayni haqiqat bo'lib, bu esa, o'z navbatida, ilmiy va amaliy harakatlarni kuchaytirishni talab etadi. Bu borada, so'nggi yillarda milliy iqtisodiyotimizni tubdan modernizatsiya qilish bo'yicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar doirasida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va davlat boshqaruvi tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli qarori qabul qilinishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim qadam bo'lib, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo'yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim vazifalar belgilab berildi:

❖ investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning, smart-kontrakt, konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug'urtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish) texnologiyalarini joriy etish;

❖ blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi tushunadigan, amaliy ish ko'nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, yuqori malakali xorijlik

mutaxassislarni jalb qilish;

❖ kripto-aktivlar bo'yicha faoliyat va "blokcheyn" texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, shuningdek, ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zarur huquqiy bazani yaratish;

❖ raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub'ektlarining yaqin hamkorligini ta'minlash.

Chunonchi, mamlakatimizda "Elektron hukumat" tizimini joriy etish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy maqsadi ma'muriy tartib va taomillardan o'tishni soddalashtirish, aholi turmush sifatini oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan. Belgilab olingan asosiy vazifalar ijrosini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda raqamli jamiyat rivojlanishi, aholi va tadbirkorlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish, byurokratik to'siqlar va korrupsiyaviy omillarlardan holi samarali va ochiq davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish borasida ko'zlangan maqsadga erishish uchun bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan "raqamli iqtisodiyot" milliy konsepsiyasini ishlab chiqilayotgan bo'lib, aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini qo'shimcha 30 foizga o'stirish imkoni yaratilishi kutilmoqda[3].

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida 2020 yilga "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nom berish taklifi ilgari surilishi tom ma'noda O'zbekiston hayotida global taraqqiyotga hamohang ravishda tarixiy burilish davri boshlanganini tasdiqladi[5].

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, 2022-yilga kelib global YalMning chorak qismi raqamli sohada bo'lishini taxmin qilinmoqda. Lekin, xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish indeksi bo'yicha O'zbekiston 170 dan ortiq davlat ichida 103-o'rinni egallab turishining o'zi mamlakatimizda bu sohada hali o'z yechimini kutayotgan masalalar va qilinishi lozim bo'lgan ishlar ko'pligidan dalolat beradi. Davlatimiz rahbarining ta'kidlashicha, "...yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo'yicha 2019-yilda 8-pog'onaga ko'tarilgan bo'lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo'ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o'tish - kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo'ladi.

Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta

qiladigan eng og'ir illat - korrupsiya balosini yo'qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin" [6].

O'z o'rnida qayd etib etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko'rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o'tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o'tkazilmoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta'biri bilan aytganda, "raqamli iqtisodiyot yangi xavf-xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, shu jumladan, kiberxavfsizlikka tahdidlar, noqonuniy iqtisodiy faoliyatning yengillashuvi, shaxsiy hayot daxlsizligini buzilishi bilan bog'liq sabablarni keltirish mumkin. Yangi qarorlar qabul qilish hukumatlar, fuqarolik jamiyati, akademik guruhlar, ilmiy hamjamiyat va texnologik sektorlarning hamkorlikdagi harakatini talab etadi". Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro hamkorlikni imkon qadar kuchaytirish zarur. Shu o'rinda mamnuniyat bilan qayd etish joizki, O'zbekistonda axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ta'sirchan chora-tadbirlar natijasida 2019-yilda Kiberxavfsizlik global indeksida 41 pog'onaga ko'tarilib, 52-o'rinni egalladik [8].

Xulosa o'rnida aytish joizki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog'liq bo'lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo'nalishlarini sanab o'tish maqsadga muvofiq: ❖ raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko'rsatishi uchun institutsional muhit va raqamli infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini ko'rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog'liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog'iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to'liq qoplashni bosqichma-bosqich ta'minlash;

❖ kadrlar tayyorlash ko'lamini kengaytirish va bu yo'nalishlar bo'yicha chuqur bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to'liq javob beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini o'qitish, shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda "1 million dasturchi" loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish;

❖ raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu sohada "Raqamli ishonch" jamg'armasi mablag'laridan maqsadli foydalangan holda ilmiy faoliyatni qo'llab-quvvatlash;

❖ aholining keng qatlamlari o'rtasida "raqamli savodxonlik"ni targ'ib kilish va kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini o'zlashtirishga jalb qilish maqsadida o'quv yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni o'tkazish;

❖ raqamli iqtisodiyot sohasida me'yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash va

qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, "startap" tushunchasi, faoliyati, venchur fondlari orqali ularni moliyalashtirishning huquqiy asoslarini yaratish;

❖ raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan mehnat bozorini tashkil etish va uning mobilligini oshirish, yangi texnologiyalarni tezkorlik bilan o'zlashtirish uchun mutaxassislar malakasini oshirib borish;

❖ raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar bilan o'zaro hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, innovatsion ishlanmalar bo'yicha zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish.

Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo'llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim.

Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo'llab-quvvatlash sohasida raqamli ta'limning zamonaviy metodlarini qo'llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o'zlashtirishda ko'maklashishi hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish choralarini ko'rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi [6].

Raqamli iqtisodning yana boshqa bir xizmatlari, shu jumladan, big data, sun'iy intellekt, mashina vositasida ta'lim berish, blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va korporativ boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari yaqqol ko'rsatib turibdi.

ADABIYOTLAR

1. Ozoda Abdullayeva, Nosirjon Mallaboyev Process of student self-education and its design. Vol 27 No 2 (2018): Scientific Journal of Polonia University

2. Маллабоев Н., Имамназаров Э., Абдуллаева Н, Перспективы производства продуктов питания. //"Экономика и социум" №5(48) 2018. С. 770-773

3. Маллабоев Н., Шокиров Д.Роль стандарта в производстве качественных и безопасных продуктов//Экономика и социум. -Москва, 2018.-№ 5(48) С. 773-775.

4. Mamurova Feruza Tojimatovna, Abdullayeva Nozima Khoshimovna, Mallaboyev Nosirjon. Using the "assessment" method in assessing students knowledge.//Theoretical & applied science. номер: 11(79) год: 2019 страницы:80-83.

5. N.M.Mallaboev, I.A.Xolmirzaev; Joint educational educational work of the teacher and student and methods of improving the quality of education// Экономика и социум.-Москва, 2019.-№ 6(61) С. 48-53

6. Abdullaeva N, Mamurova F, Mallaboev N. Efficiency of experimental preparation use multimedia to enlarge some questions //Экономика и социум.-Москва, 2018.-№ 5(48) С. 1113.

7. Nosirjon Mallaboyev.Using the «assessment» method in assessing students' knowledge.//International Scientific Journal ISJ Theoretical & Applied Science Philadelphia,

USA issue 11, volume 79 published November 30, 2019.

8.Mallaboyev Nosirjon Murodullayevich, Dadamirzayev Muzaffar G'ulomqodirovich, Normatov Azizbek Muhammatrizoyevich. Raqamli ta'lim muhitini shakllantirish muammolari.//Fan va jamiyatning o'zaro ta'siri-modernizatsiya va innovatsion rivojlanish sari yo'l xalqaro onlayn ilmiy-nazariy konferensiya. 10th june 2020-Namangan city, Uzbekistan

9. Mallaboyev Nosirjon Murodullayevich, Xolmirzayev Ilxomjon A'loxanovich. Raqamli ta'lim muhitini rivojlantirishdagi muammolar.// Fan va jamiyatning o'zaro ta'siri-modernizatsiya va innovatsion rivojlanish sari yo'l xalqaro onlayn ilmiy-nazariy konferensiya. 10th june 2020-Namangan city, Uzbekistan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.