Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IJARA XIZMATLARINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IJARA XIZMATLARINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
59
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / ijara xizmatlari / samaradorlik. / digital economy / rental services / efficiency.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Hukumova Sadoqat Norquzi Qizi, Sultonov Shodiyor Abduxalilovich

Mazkur maqolada bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasining ahamiyati va o’rni, ijara xizmatlarini samaradorligini oshirish yo’llari to’g’risida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, ijara xizmatlari samaradorligini raqamli texnologiyalar asosida oshirish bo’yicha ilmiyamaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents the opinions of the authors about the importance and role of the service sector in today's digital economy, ways to improve the efficiency of rental services. In addition, scientific and practical proposals and recommendations were developed to increase the efficiency of rental services based on digital technologies.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IJARA XIZMATLARINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI»

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IJARA XIZMATLARINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI

Hukumova Sadoqat Norquzi qizi

SamISI magistri [email protected] Sultonov Shodiyor Abduxalilovich

SamISI dotsenti, i.f.n.

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasining ahamiyati va o'rni, ijara xizmatlarini samaradorligini oshirish yo'llari to'g'risida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, ijara xizmatlari samaradorligini raqamli texnologiyalar asosida oshirish bo'yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, ijara xizmatlari, samaradorlik.

Abstract. This article presents the opinions of the authors about the importance and role of the service sector in today's digital economy, ways to improve the efficiency of rental services. In addition, scientific and practical proposals and recommendations were developed to increase the efficiency of rental services based on digital technologies.

Keywords: digital economy, rental services, efficiency.

Xizmat ko'rsatish iqtisodiyoti va turizm sohasi iqtisodiy faoliyatning eng istiqbolli turlaridan biridir. Rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko'rsatish iqtisodiyoti tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, xizmatlar ishlab chiqarish hajmi va ulardan daromadlar ortib bormoqda. Jahon savdo tashkiloti tasnifiga ko'ra xizmatlar ko'rsatish iqtisodiyoti 150 dan ortiq turli xil xizmatlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, biznes xizmatlari, aloqa xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, ta'lim xizmatlari, turizm va unga tegishli xizmatlar, transport xizmatlari, transport va dam olish hamda madaniy va sport tadbirlari singari turlari mavjud.

Shundan ko'rinib turibdiki hozirgi vaqtda xizmat ko'rsatish sohasi iqtisodiy faoliyatning asosiy turi hisoblanadi. Deyarli har bir kishi u yoki bu xizmatdan foydalanadi. Raqamli iqtisodiyot eng avvalo keng polosali internet portlarini yaratishni, optik tolali internet liniyalarini yotqizishni taqozo qiladi. Ushbu muammolarni inobatga olgan holda hamda mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart sharoitlar yaratish hozirda dolzarb hisoblanadi. Keyingi yillarda raqamli iqtisodiyot tushunchasi ko'plab mamlakatlar iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyotida paydo bo'ldi. Bu raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi ""Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-sonli Farmonida aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, barcha soha va tarmoqlarda raqamli texnologiyalarni takomillashtirish masalalarini qo'llash, sohadagi muammolarni bartaraf qilish bo'yicha vazifalar keltirilgan. Jumladan quyidagi vazifalarni keltirish mumkin:

> davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Strategiya, hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish

dasturlari, "yo'l xarita'larida ko'zda tutilgan loyiha va chora-tadbirlarning to'liq hajmda amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek, ularning o'z vaqtida bajarilishini tizimli nazorat qilish;

> har oyda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo'yicha rejalashtirilgan loyihalar va chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini tinglash hamda ularning javobgarligi masalasini ko'rib chiqish;

> doimiy monitoring asosida elektron davlat xizmatlarini ko'rsatishni yanada takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi funksional jarayonlar va tartib-taomillarni optimallashtirish bo'yicha choralar ko'rish;

> raqamli iqtisodiyot sohasidagi yangi loyihalarni ko'rib chiqish va ularni amalga oshirish to'g'risida qarorlarni qabul qilish, shuningdek, zarur hollarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari hamda "yo'l xarita"lariga tayyorlangan va kelishilgan loyiha hujjatlari asosida o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish va boshqalarni aytish mumkin.

Ushbu farmon asosida xizmatlar sohasini ayniqsa, ijara xizmatlarini rivojlantirish, sohani avtomatlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, sohadagi mavjud raqamli texnologiyalar va platformalarni yangilash bo'yicha bir muncha ishlarni keltirish mumkin.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta'minlashni ko'zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.

Xizmat ko'rsatish sohasidagi aloqa xizmatlari, bank xizmatlari, turizm xizmatlari raqamli texnologiyalarni faol joriy etishga to'liq yo'naltirilgan, xizmat ko'rsatish iqtisodiyotidagi ko'plab biznes jarayonlar, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi paradigmasiga muvofiq allaqachon qayta qurilgan. Raqamli texnologiyalar eng faol joriy etilayotgan sohalardan biri bu turizm xizmatlaridir. Turistik yo'nalishning jozibadorligini shakllantirish va turistlar oqimini ta'minlash uchun sayohatchi uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan yaxshi axborot ta'minotini yaratish kerak.

2023-yilning oyida ijara xizmatlari hajmi 484,9 mlrd so'mga yetib, jami ko'rsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tayyorlandi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.

Ko'rsatilgan ijara xizmatlari hajmi bo'yicha yuqori o'sish sur'atlari Toshkent shahri (110,5 foiz), Samarqand (102,7 foiz), Toshkent (101,6 foiz), Buxoro (101 foiz) va Qashqadaryo (100 foiz) viloyatlarini aytish mumkin.

Ijara xizmatlarini raqamlashtirishda Uztelecom kompaniyasining ishlarini misol qilib keltirish mumkin. Zero, ushbu korxona aynan raqamli texnologiyalardan samarali foydalangan holarda "Raqamli ijara" tushunchasini sohada qo'llamoqda. "Raqam ijara" xizmatini taqdim etish shartlari

• Xizmat abonentga pullik toifadagi raqam uchun to'lov muddatini uzaytirisb amalga oshirish imkonini beradi. Bunday holatda, birinchi to'lov xizmatni ulash bilanoq amalga oshiriladi va keyingi to'lovlar har bir kalendar oyining birinchi kunidan keyingi 10 oy ichida amalga oshiriladi. Har bir hisob-kitobning summasi xizmatni ulashda belgilangan toifadagi raqamlar sonining 10 foizini tashkil qiladi, agar abonent shu vaqt mobaynida tarmoq ichida bo'lsa, natijada abonentga raqamning nominal narxidan 110% hisoblanadi.

• Agar abonent oyning 1-sanasida blokirovka holatida (xizmat toxtatilgan) bo'lsa, joriy oyda xizmat uchun abonent to'lovi amalga oshiriladi va xizmatdan foydalanish qayta tiklanadi.

• Xizmat uchun to'lovlar yuqori o'rinda turadi, xizmat uchun abonent to'lovi amalga oshiriladi abonent hisobida yetarli mablag' bo'lmaganida ham, shuningdek, tarif reja abonent to'lovi amalga oshirilgunga qadar xizmat uchun hisob to'lovi amalga oshirilgan vaqtdacha blokirovkada bo'ladi. Agar abonent blokirovkada bo'lsa, xizmat to'lovi hisoblanmaydi.

• Tarif reja almashtirilganida xizmatni taqdim etish shartlari o'zgarmaydi.

• Pullik toifadagi raqam almashtirilganida raqamning narxi to'langan qismi qaytarilmaydi. Raqamni almashtirish Filial qoidalariga muvofiq o'rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

• Abonent yoki «UzMobayl» filiali tashabbusi bilan shartnoma bekor qilinsa, raqam narxining to'langan qismi qaytarilmaydi.

• Xizmat, xizmatga ulanish paytida pullik toifadagi raqamning to'lovi 100% va 1 siklga pulli toifadagi raqamning nominal qiymatining 10 foizi amalga oshirilmaguniga qadar amal qiladi.

• Xizmatga «UzMobayl» filiali ofislarida ulanish mumkin.

• Xizmatga ulanish narxi - 0 so'm, faqat pulli toifadagi raqamning narxi quyidagi tartibda har oyda 11 marta teng miqdorda to'lanadi: pulli toifadagi xarajatlarning 10% xizmatga ulangan kuniga, qolgan 10% har oyning birinchi kunida, 10 oy ichida amalga oshiriladi.

• Raqamning qiymati xizmatni ulash vaqtida belgilanadi va pullik toifadagi chegirmalar yoki o'zgarishlarning kiritilishiga qaramay, xizmatning butun davri mobaynida o'zgarmaydi.

• Aksiyani o'tkazish davrida ayrim toifalar raqamining o'zgarishi amalga oshirilishi davrida yangi ulangan tegishli toifalarga xizmat ko'rsatish to'xtatiladi.

• Xizmat shartnomasini buzish orqali faollashishdan to'xtatiladi.

• «Raqam ijara» xizmati faollashtirilgan raqam qayta rasmiylashtirilmaydi.

• Pullik toifadagi raqam narxining to'langan qismi haqida «UzMobayl» filiali ofislari va abonentlarni qo'llab-quvvatlash xizmati (Call-Centre)dan ma'lumot olish mumkin.

• Aksiyani ishga tushirilishi va undagi tegishli shartlar haqida «UzMobayl»ning Internet tarmog'idagi www.uzmobile.uz rasmiy saytida tegishli axborotni joylashtirish yoki boshqa kommunikatsiya vositalari orqali xabar beriladi.

• «UzMobayl» www.uzmobile.uz rasmiy saytida tegishli axborotni joylashtirib yoki boshqa kommunikatsiya vositalari orqali xabardor qilib, masalan: SMS-tarqatma xabar va boshqalar orqali aksiya shartlarini o'zgartirish huquqiga ega. Ishtirokchilar yuqorida ko'rsatilgan saytdagi tegishli o'zgarishlarni mustaqil tekshirib borishlari shart.

• Xizmat shartlari O'zbekiston Respublikasida, «UzMobayl» GSM tarmog'i amal qilish zonasida taqdim etiladi.

• Agar abonent 11 ta to'lovlarni amalga oshirmasa, xizmat o'chiriladi. "Ijaraga raqam" faol xizmati bilan pullik toifadagi raqamni taqdim etish shartnomasini tiklashda abonent pulli toifadagi raqamning to'liq narxini to'lashi kerak yoki "Ijaraga raqam" xizmatini boshqatdan ulashi kerak.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha davlat o'z rolini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, bu erishilgan natijalar va yaqin istiqbolga mo'ljallangan ulkan maqsadlardan dalolat beradi. Xizmatlar sohasini raqamlashtirish mehnat bozorida o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Xizmat ko'rsatish sohasida mehnat bozorining tuzilishi ham o'zgarib bormoqda, ayrim kasblarining yo'qolib borishi va yangi kasblarning paydo bo'lishi bashorat qilinmoqda. Raqamli xizmat ko'rsatish iqtisodiyotida ishlash uchun yangi kognitiv, ijtimoiy xulq-atvor va raqamli ko'nikmalar talab qilinadi, ular raqamli iqtisodiyotda ishlashga qodir kadrlarni tayyorlash jarayonida shakllanishi lozim. Raqamli iqtisodiyot katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga asoslanganligi sababli, xodimlarning raqamli kompetensiyalari, xavfsizligi, ishonchliligi, katta hajmdagi axborotni uzoq muddat saqlashi alohida ahamiyat kasb yetadi.

Foydanalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Shavkat Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston strategiyasi". -Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi "Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish to'g'rsida"gi PQ-5113-sonli Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi "2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi 55-sonli qarori. //www.lex.uz

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi ""Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-sonli Farmoni

5. Umarov O.S. Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish tendensiyalari "Iqtisodiyot va innovatsion texnoligiyalar" ilmiy elektron jurnal. №3 may-iyun 2018 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.