Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
298
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xizmat / xizmat ko’rsatish / raqamli iqtisodiyot / samaradorlik. / service / service provision / digital economy / efficiency.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Samiyev Mirkamol Amridin Ogli, Artikov Zokir Sayfiddinovich

Mazkur maqolada bugungi kunda raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko’rsatish korxonalari samaradorligini oshirish imkoniyatlari va yo’nalishlari haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, xizmat ko’rsatish korxonalari samaradorligini oshirish bo’yicha mualliflar tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents opinions about the possibilities and directions for improving the efficiency of service enterprises in the digital economy today. In addition, the authors developed suggestions and recommendations for improving the efficiency of service enterprises.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI»

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA XIZMAT KO'RSATISH KORXONALARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Samiyev Mirkamol Amridin o'g'li

SamISI magistri [email protected] Artikov Zokir Sayfiddinovich SamISI, "Real iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti, PhD

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko'rsatish korxonalari samaradorligini oshirish imkoniyatlari va yo'nalishlari haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, xizmat ko'rsatish korxonalari samaradorligini oshirish bo'yicha mualliflar tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: xizmat, xizmat ko'rsatish, raqamli iqtisodiyot, samaradorlik.

Abstract. This article presents opinions about the possibilities and directions for improving the efficiency of service enterprises in the digital economy today. In addition, the authors developed suggestions and recommendations for improving the efficiency of service enterprises.

Key words: service, service provision, digital economy, efficiency.

Xizmat ko'rsatish sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o'z mazmuniga ko'ra turmush farovonligi va uning sifatini oshirish, zamonaviy tarmoqlarning shakllanishi bilan bog'liq bo'lgan inson kapitalini rivojlantirish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish, mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasini ta'minlash bo'yicha xo'jalik faoliyatining turli yo'nalishlarini qamrab oladi.

Iqtisodiyotning transformatsiyalashuvi sharoitida xizmatlar sohasi iqtisodiy jihatdan sanoat ishlab chiqarishiga qaraganda ancha samaralidir, chunki xizmatlar sohasida boshlang'ich faoliyatni amalga oshirish kamroq mablag'larni talab qilib, kapitalning aylanish tezligi ancha yuqori hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning transformatsiyalashuvi sharoitida xizmat ko'rsatish korxonalarini doimiy tarzda barqaror rivojlanishi hamda xizmat ko'rsatish intensivligini ta'minlashda samaradorlikni oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish alohida dolzarb masala hisoblanadi.

Shunga ko'ra, xizmat ko'rsatish korxonalari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda ular faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishda mehnat jarayonlari intensivligi va mehnat unumdorligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish, mehnat salohiyati samaradorligini ta'minlash, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va natijadorligini oshirish, iste'molchilarning talab va ehtiyojlarini to'liqroq qondirish bilan bog'liq masalalar soha rivojlanishining muhim muammolari hisoblanadi.

Dunyo miqyosida iqtisodiy rivojlanishning eng muhim qonuniyatlaridan bin, iqtisodiy o'sishning o'zaro bog'liqligi va milliy iqtisodiyotda xizmatlarning tobora ortib borayotgan roli hisoblanadi,bu xizmatlar sohasida foydalaniladigan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar ulushining ortishi bilan izohlanadi. Jamiyatning rivojlanishi hamda ishlab chiqarish kuchlarining o'sishi bilan xizmatlar sohasining muayyan rivojlanishi yuz beradi. Bu, xususan,sohada ish bilan bandlikning oshishi, mehnatni texnik jiozlanishining o'sishi, ilg'or texnologiyalarning joriy etilishi kuzatilmoqda. Hozirgi kunda iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo'lgan xizmatlar sohasining o'rni juda katta va ahgamiyatlidir. Bu ishlab chiqarishning murakkablashuvi, bozorni kunlik va shaxsiy talabdan kelib chiqqan holda tovarlar bilan to'ldirish, jamiyat hayotini yangilovchi ilmiytexnologik taraqqiyotning jadal o'sishi bilan bog'liqdir. Bularning barchasini axborot, moliyaviy, transport, sug'urta va boshqa xizmat turlarisiz amalga oshirib bo'lmaydi. Bundan tashqari, xizmatlar tovarlar savdosining ajralmas qismi hisoblanadi (ayniqsa texnik jihatdan murakkab), chunki tovarlarni sotish asosan sotish vaqtida ko'rsatilayotgan xizmatlardan va sotishdan keyingi xizmatlardan iborat rivojlanayotgan tarmoqni talab qiladi. Yangi korxona va tashkilotlarni tashkil etish, shuningdek, faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan innovatsion texnologiyalardan foydalanish va ko'rsatilayotgan xizmatlar ro'yxatini kengaytirish kelgusida ish o'rinlarini ko'paytirish va aholi farovonligini oshirishga yordam beradi.

2022-yil 1-oktabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 31,2 mingtani tashkil etdi, ulardan 19,8 mingtasi iqtisodiy faoliyat turi xizmatlar sohasiga to'g'ri kelib, jamiga nisbatan 63,6 % ga yetdi. Ularning o'sishi 13,9 % ga ko'paydi.

Zamonaviy tadbirkorlik ommaviylashmoqda, bu birinchi navbatda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlanishiga, ushbu sohada kichik tadbirkorlik sub'ektlari faoliyat yuritishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan bog'liq. Kichik tadbirkorlik sub'ektlarining aniq miqdoriy ustunligi ushbu sohaning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Xizmatlar ko'rsatish sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar umumiy sonining 15,0 mingtasi yoki 75,6 % kichik tadbirkorlik sub'ektlari hisobiga to'g'ri keladi.

2022-yil 1-oktabr holatiga faoliyat ko'rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub'ektlarining umumiy sonida iqtisodiy faoliyat turi xizmatlar sohasi bo'lgan korxonalar va tashkilotlarning ulushi 57,1 % ni tashkil etdi. Ularning soni o'tgan yilga nisbatan 2,3 mingtaga ko'payib, o'sish sur'ati 17,6% ni tashkil etdi.

2022-yil 1-oktabr holatiga, xizmatlar sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar (40,9 %) yuqori ulushni egallaydi. Yashash va ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning ulushi 7,6 % ni tashkil etdi. Tashish va saqlash faoliyati bilan shug'ullanuvchi faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning xizmat ko'rsatish sohasidagi korxonalar va tashkilotlar umumiy sonidagi ulushi 6,1 % ni tashkil etdi. Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,6 % ni tashkil etdi.

Axborot faoliyati bilan shug'ullanuvchi va aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning ulushi 2,8 % ga teng bo'ldi.

Baholash o'rniga xizmat ko'rsatish korxonasida auditorlik tekshiruvidan foydalanish mutlaqo noto'g'ri qadam hisoblanadi. Shuning uchun auditorlik tekshiruvi baholash o'rniga emas, balki baholash bilan birga o'tkazilishi kerak. Keyingi ishlar jarayonida korxona uchun mol-mulkni sotishga zarurat tug'ilishi mumkin. Shu munosabat bilan ushbu mol-mulkni baholash zarur bo'ladi. Bundan tashqari, xizmat ko'rsatish korxonasini rivojlantirishda investitsiya loyihalarini baholash va biznesni rejalashtirish bo'yicha bilimlar talab etilishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xizmat ko'rsatish korxonasini transformatsiyalash (qayta tarkiblash) uchun baholash ishlarining aniq bajarilishini ta'minlash lozim.

Korxonalarni transformatsiyalash (qayta tarkiblash) ishlari, faqat ularda korxonaning va tegishli bozor infratuzilmasining mutaxassislari ishtirok etgan taqdirda, bajarilishi mumkin, tranaformatsiyalash (qayta tarkiblash) dasturining ishlab chiqilishi natijasida esa, xizmat ko'rsatish korxonasining nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, ma'naviy maqom yo'nalishlari aniqlanadi.

Korxonalarni transformatsiyalash mehnat taqsimoti va xizmat ko'rsatishning ixtisoslashuvini ta'minlagan holda, ishlab chiqaruvchilar va ularning ishlab chiqargan mahsulotlaridan bahramand bo'luvchilar, ya'ni, iste'mol qiluvchilarning manfaatlarini inobatga oluvchi yagona konsepsiya doirasida amalga oshirilishi lozim. Mintaqalarda transformatsion jarayonlarni rivojlantirish "Transformatsiya rivojini qo'llab-quvvatlash dasturi" tarkibiga kiruvchi maxsus ishlanmalarga asoslanishi kerak.

Korxonalarni transformatsiyalash jarayonida bir-biriga xom ashyo, resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni o'tkazish kabi o'zaro kooperatsion aloqa kasb etuvchi bir nechta xo'jalik sub'yektlari hamkorlik munosabatida bo'ladi, shuningdek, yakuniy daromad va foydani (qo'shilgan qiymat) olish bilan bog'liq o'ziga xos munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun ham har bir tuman hokimliklari mazkur tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissasini qo'shayotgan iqtisodiyotning bazaviy korxonalari uchun o'zining differensial "Korxonani trnsformatsiyalash Nizomi" ning yaratilishi va shu asosida ish faoliyati yuzasidan doimiy monitoring yuritishi kerak, chunki transformatsiyalash jarayonlari yilning to'rt faslida ham barqarorlikni ta'minlash garovidir. Bu va shunga o'xshash masalalar Respublikamizdagi yuqori boshqaruv organlariga oid tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlar orqali hal etilishni ham o'z navbatida talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasi" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7- fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

2. Berkinov B.B., M.A.Aynaqulov. "Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi " Jizzax.: 2004-114 b.

3. Айнакулов М.А., Э.М.Абдухамидов Нормативно-правовая база интеграционных отношений хозяйствующих субъектов. //«Молодой ученый». Международный научный журнал. Спецвыпуск Джизакский политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.