POCHTA ALOQASI KORXONALARIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Kenjabaev Aman Turgunovich
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi "Marketing va raqamli iqtisodiyot" kafedrasi mudiri
amankenj a059@gmail. com
Nosirov Sardor Xolmirzayevich
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistranti [email protected]
Annotatsiya: Ushbu maqolada, raqamli texnologiyalar asrida tashkil etilgan raqamli iqtisodiyotning takomillashishi, uning tashkil etilishi, pochta aloqalari korxonalarining rivojlanish bosqichlari va hozirda ushbu tashkilotlarda qo'llanilayotgan raqamli iqtisodiyotning samaradorligini oshirish va uni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida so'z yurutilgan.
Kalit so'zlar: pochta, pochta aloqasi, kuryer, raqamli texnologiya, raqamli iqtisodiyot, raqamli pochta tizimi, O'zbekiston pochtasi.
ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ ПОЧТОВОЙ СВЯЗИ
Кенжабаев Аман Тургунович
Высшая школа бизнеса и предпринимательства, заведующий кафедрой «Маркетинг и цифровая экономика»
amankenj a059@gmail. com
Носиров Сардор Холмирзаевич
Магисрант Высшей школы бизнеса и предпринимательства
Аннотация: В данной статье рассматривается совершенствование цифровой экономики, сложившейся в век цифровых технологий, ее организация, этапы развития почтовых предприятий, а также меры по повышению
эффективности цифровой экономики и ее совершенствованию, которые в настоящее время используются в эти организaция.
Ключевые слова: почта, почтовая связь, курьер, цифровые технологии, цифровая экономика, цифровая почтовая система, почта Узбекистана.
INCREASING THE EFFICIENCY OF THE DIGITAL ECONOMY AT
POSTAL ENTERPRISES
Kenjabaev Aman Turgunovich
Head of the "Marketing and Digital Economy" department, Higher School of Business and Entrepreneurship
amankenj a059@gmail. com
Nosirov Sardor Kholmirzayevich
Graduate student of the Higher School of Business and Entrepreneurship
Abstract: This article discusses the improvement of the digital economy established in the age of digital technologies, its organization, the stages of development of postal enterprises, and the measures to increase the effectiveness of the digital economy and improve it, which are currently used in these organizations.
Key words: post, postal communication, courier, digital technology, digital economy, digital postal system, Uzbekistan post.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot texnolgiyasi yaqindan buyon mavjud bo'lib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida "2020-yil - Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili" deb e'lon qilindi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash zarur va shart.Bu esa o'sishning eng qisqa yo'lidan borish imkonini beradi" Raqamli iqtisodiyot - bu raqamli texnologiyalardan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimi. U ba'zan internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisod deb ataladi. 1995-yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot" atamasini kiritdi. Hozirda bu atama siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, ishbilarmonlar - deyarli hamma tomonidan qo'llaniladi. 2016-yilda Jahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyot holatiga oid birinchi hisobotini ("Raqamli dividendlar") e'lon qildi.[1]
Hozirgi zamonamizda raqamli texnologiyalar kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Raqamli texnologiyalar asrida ko'plab yo'nalishlardagi axborotlar raqamlashtirilmoqda, sababi raqamli ma'lumotlarning xavfsizlik darajasi ham yuqori bo'ladi. Raqamli texnologiyalarning mohiyati analog darajadagi diskret diapazonlarda ko'rsatishga asoslanganligidir. Hozirgi kunda iqtisodiyotni ham raqamlashtirishilganligi to'g'risida ma'lumotlarga egamiz. Raqamli iqtisodiyot - bu raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog'liq bo'lgan iqtisodiy faoliyat, shuningdek, ushbu faoliyat natijasida ishlab chiqarilgan va sotiladigan raqamli tovarlar va xizmatlar. U ba'zan internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisod deb ham ataladi.
Pochta korxonalarida raqamli iqtisodiyot roli ham alohida o'rin tutadi. "O'zbekiston pochtasi" AJ tizimida mamlakatimizning barcha hududini qamrab olgan 2 mingdan ziyod bo'linma mavjud. 2020-yil б-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo'mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbati shu mavzuga bag'ishlandi.
Ma'lumki, 2020-yilning 5-oktyabr kuni Prezidentimiz tomonidan milliy pochta tizimini isloh qilish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan edi. Unda davlatimiz rahbari mazkur yo'nalish rivoji va barqarorligini ta'minlash yuzasidan soha mutaxassislari oldiga muhim vazifa va topshiriqlar qo'ydi. Bundan tashqari, pochta aloqasi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari ham tadbir kun tartibiga kiritildi [2].
Elektron tijorat bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Andijon viloyatining Asaka tumani, Buxoro viloyatining Vobkent tumani va Xorazm viloyatining Urganch shahrida 4 ta logistika markazi qurilishi boshlandi. Qurilish ishlarini yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Ushbu logistika markazlari, birinchi navbatda, onlayn savdo maydonchalari egalari uchun o'z mahsulotlarini, ya'ni omborxonada saqlash muammosini hal etib, onlayn savdo maydonchasi orqali xarid qilingan mahsulotlarni qadoqlab, qisqa vaqt ichida xaridorlarga yetkazib berish imkoniyatini beradi. Shuningdek, "Gibrid pochta" tizimi takomillashtirilib, Yagona milliy tizim joriy etildi. Gibrid pochta xizmatining afzalligi shundaki, davlat organlari va tashkilotlari pochta jo'natmalarini konvertlarga solib qo'yish, ularga muhr bosish, qabul qiluvchining manzilini yozish va pochta bo'limiga olib kelish vazifalaridan ozoddir. Endilikda davlat organlari va tashkilotlari o'z ish joyidan xatlarni elektron shaklda jo'natadi, qabul qiluvchining manziliga xizmat ko'rsatuvchi tuman va shahar pochta aloqasi organlari esa uni qog'oz shaklida chop etib, manzilga yetkazib beradi. Buning natijasida pochta jo'natmalarini yetkazib berishni nazorat qilish muddatini qisqartirish mumkin bo'ldi, ya'ni pochta jo'natmalari
eng chekka hududlarda yashovchi aholiga 6-8 kun ichida yetkazilsa, endilikda u 1-2 kun ichida yetkazilmoqda.
Bugungi kunda 100 dan ortiq davlat organi va tashkilotlari ushbu xizmatdan foydalanmoqda. Gibrid pochta jo'natmalari hajmi 2021-yilda 2020-yilga nisbatan ikki baravar oshdi va 3,5 million donani tashkil etdi.
Pochta almashinuvi uchun foydalaniladigan avtomototransportlar parki yangilandi, buning uchun 110 dan ortiq yirik va kichik yuk tashuvchi avtomobillar xarid qilindi.
Natijada asosiy va hududiy ichki pochta almashinuvi, jumladan, haftada 5 marta o'tkazilayotgan pochta almashinuvi sonining ko'payishiga erishildi, endilikda ular haftasiga 6 marta o'tkazilmoqda.
Tumanlarda joylashgan pochta aloqalari ham qo'shimcha avtotransport vositalari bilan ta'minlandi, ayrim ichki yo'nalishlar tiklandi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Universal pochta ittifoqining 2019-yilgi taqdim etgan adabiyotiga ko'ra raqamli pochta va raqamli iqtisodiyot o'rtasidagi bog'liqlik, ularni shakllantirish, uning kesimida pochta faoliyatida erishilgan yutuqlar to'g'risida ma'lumotlar berilgan, adabiyotda ilmiy fikrlar bilan birgalikda, kitobga mualliflik qilgan ko'plab mutaxassislar o'z fikrlarini bayon etishgan. Ushbu adabiyot pochta tizimidagi raqamli iqtisodiyotga bag'ishlangan bo'lib, nomlanishi ham unga bog'liq : "The digital economy and digital postal activities - a global panorama". Adabiyotni mana shunday nomlanishining asosiy sabablaridan biri, global miqyosdagi pochta tizmini raqamlashtirish uchun olib borilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlarni barchasini ochiq namoyon etishidir. Unga ko'ra global miqyosdagi raqamli iqtisodiyotning tashkil etilishi, regional miqyosdagi raqamli iqtisodiyot va pochta industriyasidagi raqamli eltish tizimlari, raqamli platformani shakllantirish, raqamli pochtada xizmatlarga tayyorlash bosqichlari va shu tarzdagi bilimlar taqdim etilgan. Raqamli pochta tizmini texnologik nuqtai nazardan analiz qilinishi, uning kesimida global va mintaqaviy erishilgan natijalari borasida ham fikr yuritilgan. Pochta tashkiloti uchun yaratilgan raqamli aplikatsiya to'g'risida ma'lumotlar berilgan. "Ma'lumotlar Postlar hukumatlarga raqamli transformatsiyaning xalqaro, mintaqaviy va milliy strategiyalarini amalga oshirishda qanday yordam berishi mumkinligini ko'rsatadi. Pochta tizimi har bir jamiyat uchun raqamli inklyuzivlikni ta'minlashning kalitiga aylanmoqda" [3].
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Pochta xizmati takomillashayotgani ham hozirgi kunda barchamizga ma'lum axborotlardan biri. Bir necha yillar ilgari pochta xizmati juda noqulay tarzda qo'llanilgan, o'sha yillar mobaynida pochta xizmatidan yuklarni va xatlarni eltib
berishda foydalanilgan, ammo, eltish jarayonlari uzoq muddatni o'z ichiga olgan. Urush davrida askarlarni yozgan maktublari ham yaqinlariga uzoq muddatda yetkazilgan.
Yillar davomida respublikaning belgilangan pochta tashkilotlarida olib borilgan matbuot anjumanlari va davlatning pochta tashkilotlarining rivojlantirish strategiyasi natijasida hozirda pochta tizimi ancha rivojlangan. Ushbu tizimning hozirda elektronlashtirilgan variant ham mavjud bo'lib pochta xizmatiga, kuryerlikga ehtiyojmand fuqarolarimiz uchun qulayliklar yaratib kelmoqda. Foydalanuvchilar UzPOST ning elektron sahifalari orqali ularning elektron xizmatlari bilan tanishishlari mumkin. Ushbu elektron sahifaning faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar ham sahifaning bir qismida keltirib o'tilgan, unga ko'ra, texnologiya rivojlanishi bilan pochta xizmati ham rivojlanganligi, bugungu kunda MDH davlatlarida 20 yildan ortiq vaqtdan buyon zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali sifatli xizmat ko'rsatib kelayotgan yetakchi pochta operatorlaridan biri ekanligi to'g'risida ma'lumotlar berib o'tilgan. 1991-yilda milliy pochta tizimini va ularning hududiy bo'linmalarini tuzildi. 1992-yilda esa rasman O'zbekiston pochtasi tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi "Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to'g'risida"gi qaroridan so'ng "O'zbekiston pochtasi" davlat aksiyadorlik kompaniyasi Ochiq aksiyadorlik jamiyatiga (OAJ) hududiy aksiyadorlik jamiyatlari esa uning filiallariga aylantirildi. "O'zbekiston pochtasi" OAJ 2014-yil 6-maydan boshlab "O'zbekiston pochtasi" AJ aylandi. O'zbekiston pochtasi pochta jo'natmalarini, davriy bosma nashrlarni tezkor qabul qilish, qayta ishlash va yetkazib berish, kommunal xizmatlar uchun to'lovlarni qabul qilish va boshqa ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lgan yirik yo'nalishlar va pochta korxonalari tarmog'idir [4].
Pochta tashkilotlarini raqamlashtirish borasida olib boriladigan tadqiqotlar kesimida, asosiy e'tiborni pochta xizmatini qaysi xizmatlari va jihatlarini elektronlashtirish mumkinligi, uning xizmatini yanada kengaytirish masalalarini eng oldi masalalarga qo'yilishi lozim. Masalan, kuryerlik xizmatini elektronlashtirish borasida ham hozirda ko'plab o'zgarishlar amalga oshirilgan. Respublikaning ko'plab hududlarida hozirda kuryerlik xizmatlari mavjud bo'lib, uni foydalanuvchi o'zining belgilagan hududlarida ham turib qayerda ekanligini bilishi, kuryer yetib kelganida elektron xabarni qabul qilib olishi, buyurtmani ham o'ziga qulay holda qabul qilish imkoni mavjud. Ushbu xizmatni amalga oshirishda, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot pochta xizmatiga ehtiyoji bor fuqarolar uchun qulayliklar yaratgan. Ushbu tizimni tashkillashtirishda elektron xaritadan foydalanish, mijoz bilan bog'lanish uchun kuryerga tegishli ma'lumotlarni taqdim etish, buyurtma berishdan oldin, buyurtmachi to'lovlarni ham turli usullarda amalga oshirishi mumkin. Pochta tizimi tarixdan shakllanib zamon bilan birgalikda rivojlangan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirda muhokamalarga sabab bo'lgan pochta faoliyatining yana bir jihatlaridan biri tizimni yanada zamonaviylashtirish, unda raqamli iqtisodiyotni qo'llash orqali qulayliklarni yanada kengaytirishdir. Texnikalar rivojlanmoqda ekan u har soxada uchramoqda, ta'limda, savdo-sotiqda, davlatlar o'rtasida aloqalarni mustahkamlashda, hukumatni boshqarishda va eng asosiysi inson omili yordamida, insonlarning o'ziga qulaylik yaratishdir. Raqamli iqtisodiyot orqali hozirda pochta xizmatlariga qo'shimchalar joriy etilmoqda.
2020-yil 5-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida Vazirliklar hamda viloyat, tuman va shahar hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida "Milliy pochta tizimini isloh qilish masalasi" yuzasidan yig'ilish o'tkazilib, Milliy pochta tizimini rivojlantirish, bozorda raqobatbardosh korxonaga aylantirish hamda Umumjahon pochta ittifoqining Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida mamlakatimizni yuqori o'rinlarda bo'lishini ta'minlash maqsadida Milliy pochtani qo'llab-quvvatlash yuzasidan Vazirliklar hamda viloyat, tuman va shahar hokimiyat organlariga tegishli topshiriqlar berildi.
2020-yil 5-oktabrda o'tkazilgan yig'ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi "Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4921-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror bilan:
1. Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan, jumladan:
-xat-xabar tashish va kuryerlik xizmatlarini rivojlantirish; -elektron tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish; -xizmatlar bozoridagi pochta aloqasi faoliyatini rivojlantirish.
2. 2021-2023-yillarda O'zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" hamda 2021-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlangan.
3. Har bir viloyatdan 3 tadan tumanlar jami 42 ta tuman namuna sifatida tanlab olinib, o'sha tumanlarda pochta aloqasi xizmatlarini rivojlantirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlangan [5].
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, pochta soxasida erishilgan har qanday yutuq nafaqat ushbu soxa vakillariga va albatta ushbu xizmatdan foydalanuvchilarga ham juda ko'p foyda keltiradi.
Yillar davomida pochta tizimida turli-tuman yangiliklar bo'lib kelmoqda, esingizda bo'lsa ilk maktublar kabutar va boshqa turli jonzotlar orqali amalga oshirilgan, hozirda esa ushbu xizmat ko'rsatish vostialarini zamonaviy texnikalar va texnologiyalar qurshab olgan.
Zamonamizda yaratilayotgan ko'plab texnikalar yordamida yaqin kelajakda pochta tizimida yanada katta o'zgarishlar bo'lishi mumkinligini bashorat qila olamiz, balki, ushbu tizimda robototexnikalar ham paydo bo'lishi mumkin, ammo buning oqibatida ishsizlik ko'payishi, inson o'zi yaratgan texnikalarga qaram bo'lib qolishi mumkinligini yodimizdan chiqarmasligimiz lozim. Ammo nima bo'lganda ham, insonlar doimo o'zlari uchun foydali maxsulot ishlab chiqarishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Daryo (24-yanvar.2020-yil). Qaraldi: 7-aprel 2023-yil. https://daryo.uz/2020/01/24/shavkat-mirziyoyev-ozbekistonda-2020-yilni-ilm-marifat-va-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish-yili-deb-elon-qildi/
2. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda pochta tizimining o'rni qanday? https://yuz.uz/uz/news/raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirishda-pochta-tizimining-orni-qanday
3. Universal postal union. THE DIGITAL ECONOMY AND DIGITAL POSTAL ACTIVITIES - A GLOBAL PANORAMA. Published by the Universal Postal Union (UPU) Berne, Switzerland. 2019. 148 pages. https://www.upu.int/UPU/media/upu/publications/Digital-economy-and-postal-digital-activities_EN.pdf
4. Pochta xizmati takomillashmoqda. https://uza.uz/oz/posts/pochta-xizmati-takomillashmoqda-27-05-2015
5. Pochta tizimini modernizatsiya qilish. https://uz.post/uz/o-deyatelnosti-ao-uzbekiston-poctasi
6. Цоколов В.П, Тарасова Н.П, Ливинс В.М. Теоретические средства aBTOMarroatsm почтовой связи, учебник для ВУЗов. М.- Радио и связь, 1998г.
7. Барсук В.А, Губин Н.М, Батый А.Р. Экономико-математические методы и модели в планировании и управлении в отрасли связи. Учебник для ВУЗов-М.-Радио и связь. 1990г.
8. Kenjabaev A.T., Niyazov M. Sh. Uzbekistan as a new logistics digital ecosystem Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915 VOL. 9, ISSUE 12, DEC. (2021).
9. Kenjabaev A.T., Valikhanov A.R. Post-pandemic perspectives for the development of digitalization in Uzbekistan. International Journal of Management, IT & Engineering Vol. 12 Issue 9, September 2022, ISSN: 2249-0558 Impact Factor: 7.119 Journal Homepage: http://www.ijmra.us, Email: [email protected]
Double-Blind Peer Reviewed Refereed Open Access International Journal - Included in the International Serial Directories Indexed & Listed at: Ulrich's Periodicals Directory ©, U.S.A., Open J-Gate as well as in Cabell's Directories of Publishing Opportunities, U.S.A.
10. Kenjabaev A.T., Valikhanov A.R. Developing the digital economy impact on the country's economic growth. International Journal of Research in Economics and Social Sciences(IJRESS) Available online at: http://euroasiapub.org Vol. 12 Issue 09 September- 2022 ISSN: 2249-7382 | Impact Factor: 8.018|