Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANISHIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING IMKONIYATLARI'

O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANISHIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
46
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / o‘zgarish / struktura / rivojlanish / innovatsion rivojlanish / imkoniyat / tizim

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Barhayotjon Sobirjanovich Kodirov, Axrorjon Qurbonovich Yusupov

Ma’lumki, raqamli texnologiyalar asta-sekin kundalik hayotning har bir sohasini ajralmas qismiga aylanib bormoqda. O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyotini ilm-fan, ilmiy, ijtimoiy-gumanitar texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot asosida boshqarish tashkil etadi. Shuningdek, Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda axborotni yaratish, qayta ishlash, almashish va uzatish texnologiyalariga asoslangan raqamlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda innovatsion rivojlanishda raqamli iqtisodiyotning imkoniyatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANISHIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING IMKONIYATLARI»

O'ZBEKISTONNI RIVOJLANISHIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING

IMKONIYATLARI

Barhayotjon Sobirjanovich Kodirov [email protected] Axrorjon Qurbonovich Yusupov Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ma'lumki, raqamli texnologiyalar asta-sekin kundalik hayotning har bir sohasini ajralmas qismiga aylanib bormoqda. O'zbekistonning kelgusi taraqqiyotini ilm-fan, ilmiy, ijtimoiy-gumanitar texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot asosida boshqarish tashkil etadi. Shuningdek, Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda axborotni yaratish, qayta ishlash, almashish va uzatish texnologiyalariga asoslangan raqamlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning mohiyati, o'ziga xos xususiyatlari hamda innovatsion rivojlanishda raqamli iqtisodiyotning imkoniyatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, o'zgarish, struktura, rivojlanish, innovatsion rivojlanish, imkoniyat, tizim

OPPORTUNITIES OF DIGITAL ECONOMY IN DEVELOPMENT OF

UZBEKISTAN

Barhayotjon Sobirjanovich Kodirov [email protected] Axrorjon Qurbonovich Yusupov

Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: It is well known that digital technology is gradually becoming an integral part of every area of daily life. The future development of Uzbekistan will be managed on the basis of science, scientific, social and humanitarian technologies, digital economy. Also, in the implementation of the Action Strategy, digitization processes based on the technologies of information creation, processing, exchange and transmission are being implemented.

Keywords: digital economy, change, structure, development, innovative development, opportunity, system

Bugungi kunda hayotning barcha sohalari faoliyatini elektronika, kompyuterlar, tarmoqlar va boshqa muhim avtomatlashtirilgan texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Aloqa va haridlardan mahsulot ishlab chiqarishgacha va kompaniyaning

mustaqil "biznesiga" qadar hamma narsa raqamli muhitga o'tmoqda. Shu sababli, zamonaviy jamiyatda "raqamli iqtisodiyot", "aqlli hukumat", "raqamlashtirish" tushunchalarini tavsiflovchi sifatli o'zgarishlar, shuningdek nano-va biotexnologiyalarning joriy etilishi ijtimoiy munosabatlarning o'zgarishiga va "raqamli" jamiyatning shakllanishiga olib kelmoqda. Darhaqiqat, oxirgi yillarda raqamli texnologiyalar asta-sekin kundalik hayotning har qanday sohasining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Xo'sh raqamli iqtisodiyot nima? U jamiyat rivojlanishida yoki taraqqiyotida qanday o'rin tutadi?

Raqamli iqtisodiyot atamasi 1995-yilda Amerikaning Massachusets universiteti olimi Nikolas Negropontetomonidan birinchi bor qo'llangan. Hozir kunda dunyodagi barcha foydalanmoqda. SHu sababli ham raqamli iqtisodiyot tushunchasiga turli xil yondashuvlar shakllandi.Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga bir qator ta'riflar berilgan. Jumladan, iqtisodiyot fanlari doktori V.Ivanov fikricha, "raqamli iqtisodiyot -haqiqatimizni to'ldiradigan virtual muhit"dir. M.D.Kalujskiy raqamli iqtisodiyotni Internet tarmog'ida iqtisodiy faoliyatning kommunikatsion muhiti hamda uni amaliyotga qo'llashning shakli, metodi, vositalari va natijalari sifatida qaraydi.

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot tushunchasining yagona ta'rifi qabul qilinmagan. Ammo, axborot jamiyati nazariyasining tarafdorlari tomonidan raqamli iqtisodiyot axborot jamiyatining ikkinchi bosqichi ekanligi ta'kidlanmoqda. Darhaqiqat,"raqamli iqtisodiyot (digital economy) - elektron biznes, elektron kommertsiya va raqamli texnologiyalarga asoslangan holda tovar xizmat ko'rsatuvchi olimlar tomonidan e'tirof etilayotgan iqtisodiyot modeli" hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyotning asosiy xarakterli belgisi unda jamiyat a'zolarining barcha ehtiyojlari axborotlarni qayta ishlash, ularni ishlab chiqarish vositasida qondiriladi. SHu ma'noda raqamli iqtisodiyotni keng ma'noda raqamli axborot kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlarning tizimi deb tushunish mumkin. Bunday iqtisodiyotning asosiy komponentlari elektron biznes infrastrukturasi; elektron biznes; elektron savdo tashkil etadi.

Raqamli iqtisodiyotning asosiy elementini esa internet tashkil etadi. Mazkur komponentlarning amal qilishi iqtisodiy tizimdagi raqamli transformatsiyani keltirib chiqardi va bu jarayonni olimlar to'rtinchi sanoat inqilobi sifatida baholamoqdalar. Shuni aytish kerakki, raqamli iqtisodiyotning inson hayotiga ijobiy va salbiy tomonlari ham bor. Raqamli iqtisodiyotda iste'molchilar zarur bo'lgan xizmat va tovarlarni internet vositasida sotib olishi va xizmatlardan arzonroq tarzda foydalanishi mumkin. Masalan, kitoblarning elektron nashrlari bosma nashrdan ko'ra bir necha bor arzonga tushishi mumkin. Shuningdek, iste'molchi uydan chiqmasdan turib tadbirkorlik qilishi ham mumkin.

Aytish kerakki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ko'p qirrali jarayon bo'lib, "innovatsion rivojlanishning asosini tashkil etmoqda" Raqamli

iqtisodiyot ijtimoiy hayotning barcha sohalariga jumladan, insonlarning o'zaro munosabatlari, ilmiy tadqiqot, fan, ta'lim, bilimlarni generatsiya qilish, insonning bilish jarayonlariga katta ta'sir o'tkazmoqda. Shu sababli "raqamli iqtisodiyot - bu O'zbekiston rivojlanishi uchun yangi paradigmani belgilaydigan global tendentsiyadir". Bunda asosiy vazifalardan biri - insonlarni mamlakatda yuz berayotgan raqamlashtirish jarayonlariga ilmiy, amaliy va fuqarolik qarashlarini yetkazish, iqtisodiy o'sish uchun imkoniyatlarni izlash, integratsiya va ulkan sinergetik effektga erishish orqali hayot darajasi va sifatini yaxshilash zarur. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotda tashkilotlarning va birinchi navbatda iqtisodiyotning real sektori korxonalarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan foydalanishi ularning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun muhim shartdir.

Aytish kerakki, ijtimoiy rivojlanishda raqamlashtirish va iqtisodiyotni raqamli o'zgartirish ta'lim tizimiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Bu esa ta'lim sohasida raqamli ko'nikmalarni shakllantirish va ulardan foydalanish zaruriyatini, raqamli voqelikni o'zlashtirishning yangi shakllarini moslashtirish va rivojlantirishni talab qilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy rivojlanishning zamonaviy manbalaridan biri uzluksiz kasbiy ta'lim tizimini tashkil etish, aholini bilimlarini faol ravishda yangilash va talab qilinadigan kompetentsiyalarni shakllantirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda. Bunda "o'z o'zini tashkillashtiruvchi tizimlar" hamda "ilmiy bilishda fanlararo yondashuvning" falsafiy masalalarini kengroq yoritish lozim bo'ladi.

Albatta, raqamli iqtisodiyot harakatlar strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. 2019 yildagi"Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili" dasturida raqamli iqtisodiyotning milliy kontseptsiyasini ishlab chiqish vazifasini qo'ydi. Bu esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishni nazardada tutadi. Shu bilan birga, "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini amalga oshirish maqsadi qo'yildi. Ta'kidlash joizki, raqamli iqtisodiyotning iqtisodiyotdagi o'rni zamonaviy dunyoda mamlakatlarning raqobatdoshligini aniqlashda muhim rol o'ynaydi. Biz iqtisodiyotning qaysi sektoriga qaramasdan, hamma narsada raqamli texnologiyalarning o'rnini ko'ramiz. Xususan, biz innovatsion raqamli texnologiyalarning mamlakatimiz bank tizimidagi ulushini, shuningdek, davlat xizmatlari darajasida ko'rmoqdamiz.

Raqamli iqtisodiyotda inson kapitalining roli va ahamiyatini inobatga olgan holda, biz raqamli iqtisodiy aloqalarning rivojlanish darajasini har jihatdan baholaydigan ko'rsatkichlarga murojaat qilamiz. Ta'kidlash joizki, iqtisodiyotni raqamlashtirish darajasini baholovchi har bir indikatorda inson kapitalini, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha raqamli bilim va ko'nikmalar shaklidagi baho mavjud.

Shuni aytish kerakki, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm,

ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarda raqamli iqtisodiyot masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, 2020 yil 28 aprelda PQ-4699 «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident qarorida ham ta'lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo'lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta'lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, "Besh tashabbus" loyihasini amalga oshirish doirasida 2022 yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o'qitish markazlarini ochish kabi vazifalarni amalga oshirish masalalari ilgari surilgan. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish imkonini beradi.

Bugungi pandemiya sharoitida tadbirkorlik sohasi mamlakatimiz rivojiga muhim hissa qo'shishi alohida ta'kidlanmoqda. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish aholini ish bilan ta'minlash masalasini ham ijobiy hal qilish yo'llaridan biridir. Darhaqiqat, kichik biznes tadbirkorliksohasi tez o'zgaruvchan ijtimoiy vaziyat o'zgaruviga qarab tez moslashuvchan va yangiliklarni tez qabul qilish, faoliyatini qisqa vaqtda o'zgartirib biluvchidir. Bunda vaziyatga qarab bir shaklda chiqarib turgan mahsulotlarini boshqa shaklga o'zgartirishlari osonroq kechadi. SHu sababli ham ular jamiyatni faol qismini tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, oxirgi yillarda bizning mamlakat innovatsion rivojlanish yo'lini tanladi. Mamlakatni innovatsion yo'l bilan rivojlanishi eskilikning qarshiligini yengilishi bilan bog'liq. Bu jarayon jamiyatning evolyutsiyasi, insonning kognitiv imkoniyatlarining evolyutsiyasi, inson intellektining evolyutsiyasini namoyon etishidir. Shu sababli Harakatlar strategiyasining g'oyalarini amaliyotga tadbiq qilish uchun yangi nuqtai-nazar, yondashuvlar, ijtimoiy-iqtisodiy muhitda shakllantirilmoqda. Demak, biz respublikamizni innovatsion rivojlantirish yo'liga o'tgan ekanmiz, inson kapitalini va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishimiz talab etiladi. Zero, hozirgi murakkab davrda O'zbekiston uchun an'anaviy iqtisodiyotni imkon qadar zamonaviy axborot, intellektual, raqamli iqtisodiyotga aylantirish juda muhimdir. Bu esa rivojlanish yo'lidir. Aks holda, keyingi ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar natijada siyosiy nomutanosiblik muqarrar bo'lib, bu o'z navbatida ijobiy teskari aloqa sifatida harakat qilishi va mamlakatni texnologik, keyin esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlardan orqada qoldirishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" // Rasmiy nashr/ O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - Toshkent: "Adolat", 2018. - 112 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. "2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini Innovatsion Rivojlantirish Strategiyasini tasdiqlash To'g'risida". https://lex.uz/ru/docs/3913188

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi // QHMMB: 07/20/4699/0520-son 29.04.2020 y.

4. G'affarova G.G'. Ijtimoiy rivojlanishning raqamli paradigmasiD // Oliy ta'lim sifatini takomillashtirishda innovatsion hamkorlikning dolzarb masalalari: xalqaro ilmiy onlayn konferentsiya materiallari. 2-kitob. - Navoiy, may 2020.-B.96-98.

5. G'affarova G.G'. Axborotlashgan jamiyatdan raqamli jamiyat sari: falsafiy tahlil // O'zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy veb-saytining ilmiy bo'limi (elektron jurnal). - Toshkent, 2020. Sentyabr

6. Zamonaviy falsafiy atamalarning izohli lug'ati. - Toshkent: "Universitet", 2018. - 84 b.

7. Забелина О.В., Мальсева А.В., Мирзабалаева Ф.И. Установки работающего населения России на непрерывное профессиональное образование // Креативная экономика. 2019. Том 13. № 4. - С.773-790. дои: 10.18334/се.13.4.40532

8. Иванов В.В., Малинеский Г.Г. Цифровая экономика: мифы, реальность, перспектива. Российская академия наук, - Москва, 2017.

9. Калужский М.Л. Маркетинговые сети в электронной коммерции: институсиональный подход. - М., Берлин: Директ-Медиа, 2014. -С.402.

10. Abdullaeva M., Gaffarova G. Interdisciplinary approach in scientific context // Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. -T.1. - C.104-109.

11. Gaffarova G.G. Problems self-organization: philosophical analysis // Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. -T.1. -№5, - C.185-190.

12. Kodirov B.S. Theoretical and practical bases of innovative development of Uzbekistan // Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2020. -T.1. -№5, -C.505-511.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.