"QUTADG'U BILIG" DOSTONINING MANBALARI VA UNING
O„ RGANILISHI
Zilola Olimjon qizi Abdusodiqova
JDPU 2-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: f.f.d., dotsent Surayyo Eshonqulova
ANNOTATSIYA
Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlar adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, ulug„ mutafakkir shoir va davlat arbobidir. Shoir qalamiga mansub "Qutadg„u bilig" dostoni turkiy yozma badiiy adabiyotning ilk yirik namunasi bo'lib, Yusuf Xos Hojibdan bizgacha yetib kelgan yagona adabiy meros sanaladi. Unda o'z davrining yetuk donishmandi, taraqqiyparvar ziyolisi bo'lgan ijodkorning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy, falsafiy-irfoniy qarashlari majmuasi o'ziga xos uslubda badiiy ifodalangan.
Kalit so'zlar: Yusuf Xos Hojib, adabiyot, Qutadg'u bilig, pandnoma.
KIRISH
Yusuf Xos Hojib hayoti va faoliyati haqida juda oz ma'lumot saqlanib qolgan. Aniqrog'i, uning hayot yo'li to'g'risida muallifning o'z asari - "Qutadg'u bilig" (Saodatga yo'llovchi bilim) dagi ayrim ishoralar asosida ma'lum tasavvurlar hosil qilish imkoniyatiga egamiz. Muallifning ismi Yusuf. Muallifning ismi Yusuf ekanligi va boshqa malumotlarni shu asarning o„zidangina olamiz: - Kitab izisi Yusuf ulug„ Hajib o„zinga pand berur, Yusuf Xas Hajib teb ati javi yazilmish. Asar mazmunidan ma'lum bo„lishicha, Yusuf Balasog„unda tug„ilgan, malumotli o„z davrining butun ilmlaridan boхabar bo„lgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shoir qoraxoniylarning yirik madaniy markazlaridan va poytaxt shaharlaridan biri Bolosog„un (Quz O„rdu)da tug„ilgan. Dostonning muqaddimasida adib o„zi dunyoga kelgan yurtni quyidagicha tasvirlaydi:
Munuqi tarug„laq qut urdi eli,
Tub-asli, nasabdin yuramish tili.
Mazmuni: Buning tug„ilgan eli Quz O„rdudir, Tub-asli, nasl-nasabidan tili so„z ochdi.
Shoir dostonni yozgan paytida yoshi ellikdan oltmishga tomon borayotganini qayd etadi:
May, 2023
607
Tegurdi manga ellik yashim, O'qir oltmish emdi manga kel teyu.
Asarda "Qutadg'u bilig"ning yozilish tarixi haqida keltirilgan ishoralar Yusuf Xos Hojibning tug'ilgan yilini aniqlash imkonini beradi. Shoir dostonda bu haqida quyidagi satrlarni bitib qoldirgan:
Yil altmish eki erdi to'rt yuz bila, Bu so'z so'zladim man tutib jan sura.
Tugal o'n sakkiz oyda aydim bu so'z,
O'durdum, adirdim, so'z evdib tera.
Keltirilgan iqtibosdan ma'lum bo'lishicha, adib "Qutadg'u bilig"ni hijriy 462 (1069-1070) yilda yozib tugatgan. Asarni yozish uchun bir yarim yil vaqt sarflangan. Shoir dostonni yozishga kirishganda yoshi ellikda ekanligini nazarda tutsak, uning hijriy 410 (1019) yilda tug'ilganligi ma'lum bo'ladi. Muallif "Qutadg'u bilig" dostonining, Bolosog'unda yoza boshlagani, uni Qashqarda nihoyasiga yctkazganligini ham eslatib o'tadi.
Yusuf Xos Hojib o'z asarini qoraxoniy hukmdorlaridan Tavg'ach Bug'roxon (Tavg'ach ulug' Bug'ro qoraxon Abo Ali Hasan binni Arslonxon)ga taqdim etadi. Hukmdor shoir mehnatini yuksak qadrlab, unga —Xos Hojib (muqarrub, eshik og'asi) unvonini beradi. Shundan keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan taniladi.
O'z davrining peshqadam donishmandlaridan biri bo'iib yetishgan Yusuf Xos Hojib fors-tojik, arab tillarini, badiiy adabiyot, tarix, falakkiyot, geometriya, matematika, tibbiyot, geografiya kabi fanlarni chuqur o'zlashtirgan. Muallifdagi ana o'sha bilimdonlik dostonda yorqin izlarini qoldirgan. Jumladan, u dostonida zamonasining buyuk olimlarining axloqiy-falsafiy qarashlari, tib ilmiga doir noyob mulohazalarni targ'ib qiladi, zamondoshlarini aniq fanlarni o'rganishga da'vat etadi. "Qutadg'u bilig" dostoni qoraxoniylar hukmronligi davrining ma'naviyma'rifiy talabi, ehtiyoji sifatida vujudga keldi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Ma'lumki, Qashqardan Amudaryogacha bo'lgan hududni qamrab olgan qoraxoniylar mamlakati markazlashgan yagona hokimiyatga ega emas edi. U bir necha mayda hokimliklarga bo'linib ketgan edi. Bular orasida poytaxti Qashqar bo'lgan Sharqiy Turkiston, yana biri poytaxti Bolosog'un bo'lgan Yettisuv, keyinchalik Movarounnahr istilo qilingandan so'ng poytaxti avval O'zgand, keyinroq Samarqand bo'lgan Movarounnahr dastlabki yirik hokimliklardan edi. Bular yana bir qancha mayda
May, 2023
608
ISSN: 2l8l-l385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: l,9 j ASI: l,3 j SJIF: 5,77l j UIF: 6,l
hokimliklarga ham bo'lingan. Qoraxoniylar sulolasining bosh hukmdori "tavg'achxon" yoki "tabg'achxon", hokimliklar boshliqlari esa "Ilekxon" deb atalar edi. Ilekxonlar tavg'achxonga rasman qaram bo'lib, ular o'z hududlarini kengaytirish, rasmiy qaramlikdan qutilishga harakat qilar edilar. Shuning natijasida o'zaro toj-taxt kurashlari avj olar, mamlakat bundan katta talofot ko'rar edi. Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig" dostonini yozar ekan, avvalo, markazlashgan davlatni barpo etish, tavg'achxon va Ilekxonlar o'rtasidagi ixtiloflarni tugatish g'oyasini badiiy ifodalashni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'yadi. Shu bois adib didaktik mazmunga ega bo'lgan bu asarda davlatni idora qilish usullari, jamiyatdagi turli toifa, tabaqa, ijtimoiy guruh vakillarining, jumladan, tavg'achxon, Ilekxonlarning fe'1-atvori, davlat qurilishi, ijtimoiy tabaqa vakillarining jamiyatdagi o'rni kabi siyosiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-ta'limiy masalalarni yoritishga alohida ahamiyat beradi. "Qutadg'u bilig"ning bu xususiyatlari uni nizomnoma, siyosatnoma maqomidagi bir asar darajasiga ko'taradi. Yusuf Xos Hojib bu asarni yozishdan maqsad xalq oldidagi yana bir burchni ado etish ekanligini dostonning muqaddimasida quyidagicha qayd etadi:
Arabcha, tojikche kitoblar o'kush,
Bizin tilimizche bu yumg'i uqush.
Mazmuni: Arabcha, tojikcha bunday kitoblar talaydir, Bizning tilimizda esa bu jamlangan zakovatdir. Shoir o'rinli e'tirof etganidek, arabcha, tojikcha kitoblar ko'p bo'lib, bizning tilimizda mazkur kitob donishmandlikning ilk namunasi edi. "Qutadg'u bilig" dostoni o'z davrida keng shuhrat qozongan, turkiy tildagi eng yaxshi asar sifatida baholangan. Mazkur pandnomaning turli joylarda turlicha nomlar bilan atalganligini muallifning o'zi asar muqaddimasida faxr bilan ta'kidlaydi. Bu kitobni chinliklar "Adabul-mulk" (Hukmdorlar odobi), mochinliklar (sharqiy turkistonliklar) "Oyinul-mamlakat" (Mamlakatning tartib usuli), Sharq elining kattalari "Ziynatul- umaro" (Amirlar ziynati), eronliklar "Shohnomai turkey" ba'zilar "Pandnomai muluk" (Hukmdorlar nasihatnomasi), turonliklar esa "Qutadg'u bilig" deb nomlaganlar.
Mana shunday qimmatli asar mavjudligi haqidagi dastlabki xabar XIX- asrning birinchi choragida paydo bo'ldi. Bu asarning hijriy 843 (1439) yilda Hirotda uyg'ur yozuvi bilan Hasan Qara Sayil Shams tomonidan ko'chirilgan nusxasi Turkiyaning Tugot shahriga, bu yerdan esa hijriy 879 (1474) yilda Abdurazzoq Shayxzoda baxshi uchun Fanari o'g'li Kadi Ali tomonidan Istambulga keltirilgan. Uni mashhur tarixchi va sharqshunos Xammer Purgshtall Istambulda sotib olib, Vena
saray kutibxonasiga keltiradi. Shundan so'ng bu asaг haqidagi
May, 2023
birinchi xabar va uning bazi namunalari 1823-yilda fransuz sharqshunosi Jaubert Amedee tomonidan nashr etilgan.
1870-yilda esa venger olimi Vamberi "Qutadg'u bilig"ning eng muhim qismlarini "Uyg'ur tili obidalari" va "Qutadg'u bilig" nomi bilan nashr qildi va nemis tilidagi tarjimasini berdi. 1890-yildan boshlab esa bu asarni mashhur rus sharqshunos olimi Radlov tekshira boshladi. 1896-yilda kitobning arab yozuvi bilan ko'chirilgan ikkinchi nusxasi Qohirada topildi. 1890-yilda Radlov uyg'ur yozuvi bilan ko'chirilgan Vena nusxasining faksimilesini, 1891-yilda shu faksimilesining tekstini manjur yozuvi bilan nashr qildirgan edi. Qohira nusxasidan ko'chirma olgach, u ikki nusxani solishtirish imkonyatiga ega bo'ldi va 1910-yilda "Qutadg'u bilig"ning transkripsiyasi bilan nemis tiliga qilingan mukammal tarjimasini nashr ettirdi. Nihoyat "Qutadg'u bilig"ning arab yozuvi bilan ko'chirilgan uchinchi nusxasi haqidagi dastlabki malumot 1914-yilda e4on qilindi. Sharqshunos olim Valizoda
1913-yilning kuzida o'z shaxsiy ishi bilan Qo'qonga safarga otlanadi va mazkur safarida Qozon universiteti qoshidagi arxeologiya, tarix va etnografiya jamiyati tomonidan Sharq qo'lyozmalari haqida malumot to'plash topshirig'ini oladi. U
1914-yil 20-aprelda Farg'ona ekspeditsiyasi haqida mazkur jamiyatga qilgan hisobot maruzasida namanganlik Muhammadhoji Eshon Lolaresh ismli kishining shaxsiy kutubxonasida "Qutadg'u bilig"ning arab alifbesi bilan yozilgan nusxasi mavjud ekanligi haqidagi xabarni aytgan. Bu esa "Qutadg'u bilig"ning Namangan nusxasi haqidagi dastlabki malumot edi. Bu xabar e'lon qilinganidan so'ng o'zbek olimi Fitrat 1924-yilda Muhammadhoji Eshon Lolareshdan mazkur nusxani olishga miyassar bo'ladi va shu yilning o'zidayoq bu nusxani Toshkent asosiy kutubxonasiga keltiradi. Oradan bir yil o'tgach, "Maorif va o'qitguvchi" jurnalida "Qutadg'u bilig"ning Namangan nusxasi haqida Fitratning maqolasi bosilib chiqadi. 1928-yilda esa u bu asarning ayrim parchalarini izohlar bilan nashr qiladi. Umuman, "Qutadg'u bilig" turkshunos olimlarning diqqatlarini o'ziga jalb qilgan edi. Jumladan, bu asarning til xususiyatlari, vazn va qofiya usullari, til va fonetik sutrukturasi haqida ilmiy ishlar qilingan.
"Qutadg'u bilig"ni o'rganishda A.A.Valitovaning ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. Birinchi bo'lib bu asarni boy bir tarixiy manbaa sifatida o'rganish ishini boshlab bergan A.A.Valitova bu sohada beqiyos yutuqlarni qo'lga kiritgan. A.A.Valitovaning tekshirishlari turkshunoslikka qo'shilgan katta hissadir. "O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi"da "Qutadg'u bilig"ning ayrim parchalari va lug'atlarining berilishi bugungi kunda bu asarni o'rganishda yana ilgariga qarab qo'yilgan dadil qadam hisoblanadi. Shuni takidlab o'tish kerakki, "Qutadg'u bilig" haqida qanchalik ko'p ilmiy ishlar qilingan
May, 2023
610
bo'lishiga qaramay hali turli masalalar sohasida ko'pgina ilmiy izlanishlar qilish mumkin.
"Qutadg'u bilig"ning uch qo'lyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan. Ulardan biri uyg'ur yozuvida ko'chirilgan bo'lib, Venada saqlanadi. Arab yozuvidagi ikki qo'lyozmadan biri Qohirada, ikkinchisi Toshkentda saqlanmoqda. "Qutadg'u bilig"ning qo'lyozmalarini o'rganish, matnini nashrga tayyorlash sohasida Hammer Purgshtall, Jauberg Amedi, Herman Vamberi, R.Arat, V.Radlov, S.Malov, O.Valitova singari sharqshunos olimlar qimmatli ilmiy tadqiqotlar yaratdilar.
O'zbekistonda "Qutadg'u bilig"ga oid ilk ishlarni professor A.Fitrat boshlab berdi. Olim uning ayrim parchalarini "O'zbek adabiyoti namunalari" (1926) kitobida nashr ettirdi. S.Mutallibov, G'.Abdurahmonov, N.Mallayevlar ham A.Fitrat an'anasini davom ettirdilar. 1971 yilda "Qutadg'u bilig"ni transkripsiya va hozirgi o'zbek tiliga tabdili bilan Q. Karimov nashr qildirdi. Shuningdek, asarni hozirgi o'zbek tilida (nazm-u nasrda) bayon qilib, bolalarbop qisqartirilgan nashrini (-Toshkent: Yulduzcha, 1991) prof. B.To'qliyev amalga oshirdi. Yana "O'zbek adabiyoti bo'stoni" turkumida "Qadimiy hikmatlar" kitobi tarkibida "Qudadg'u bilig"ning kattagina qismi (G'. G'ulom nomidagi ASN, -Toshkent: 1987. 89-413-betlar) nasriy bayonda o'quvchilarga taqdim etildi. Bu dostonni ilmiy-nazariy jihatdan o'rganish hamda nashr ishlari davom ettirilmoqda.
"Qutadg'u bilig" haqida so'z yuritilgan asarlarda uning mavzu qamrovi va ifoda tarzi haqida fikrlar bayon qilingan. Masalan, Najib Osimbek: "Qutadg'u bilig" mavzu e"tiborila "Siyosatnoma"ning aynidir. Turk avzoining mashhuri o'lan o'n birli vaznda va tarzi masnaviyda yozilmish o'lan bu asari nafis beshinchi asri hijriydagi turk jamoatining haqiqiy bir tasvirini, afkori ma"naviya va siyosiyasini go'stariyur", desa, H.Tavfiq, M.Ehson, H.Oliylar o'zlarining "Turk adabiyoti namunalari»da uning masnaviy shaklda yozilganligini qayd qilish bilan cheklanishadi. Shu xil fikrlarni boshqa ko'p tadqiqotlarda ham ko'rish mumkin.
Asarda masnaviy bilan bir qatorda qasida janrida yozilgan boblar ham mavjud. Dostonning 71, 72 va 78 boblari (ular 44, 40, 37 baytdan iborat) g'azal shaklida yozilgan, ya"ni dastlabki bayt bilan keyingi barcha baytlarning juft misralari qofiyalanib kelgan. Dostonning har bir bobi nihoyasidagi to'rtliklarni (ular ikki yuz atrofida) garchi ruboiy uchun qabul qilingan hazajda emas, mutaqorib she'riy vaznida yozilgan bo'lishiga qaramay, mazmuniga ko'ra ham, shakliga ko'ra ham ruboiy janriga nisbat berish mumkin.
May, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
Xullas, asarning janr jihatdan murakkabligi deyarli barcha tadqiqotlarda e"tirof etilgan. "Qutadg'u bilig" tarkibidagi ayrim o'rinlar uni boshqa janrlarga ham yaqinlashtiradi. Yusuf Xos Hojibning o'zi bu haqda asarning nasriy muqaddimasida "Adlqa Kuntug'di elig at berib padshah o'rniga tutmish, davlatqa Aytuldi at berib, vazir o'rniga tutmish, aqlqa o'gdulmish at berib, vazirning o'g'li erinda tutmish turur, qanaatqa o'zg'urmish at berib qarindashi teb aymish turur. Taqi anlar ara munazara savali-javabi kecharteg so'zlamish turur", deydi. She'riy muqaddimada esa asarning "turkcha qo'shiqlar"dan iborat ekanligiga ishora bor: Bu turkcha qo'shuqlar tuzattim senga o'qurda unitma, dua qil menga.
REFERENCES
1. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. -T.: Fan. 1971
2. Vohidov R.J., Eshonqulov N.R. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. 1-qism. -T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi. 2006.
XULOSA
May, 2023