Научная статья на тему '"QUSHNOMALAR" GENEZESI'

"QUSHNOMALAR" GENEZESI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
27
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
janr / doston / masnaviy / vazn / ramal. / genre / epic / masnavi / weight / ramal.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Halimova Shahlo Tolqin Qizi

Mazkur maqolada irfoniy dostonlarning kelib chiqishi, genezisi, tadrijiy taraqqiyoti, turkiy va forsiy adabiyotdagi rivojlanish tamoyillari tadqiq etilgan. Fariduddin Attor, Gulshahriy, Alisher Navoiy, Rizoiy Payvandiy, Salohiylarning dostonlari tahlilga tortilgan. Ushbu ijodkorlar dostonlaridagi vazn xususiyatlari, o‘lchov imkoniyatlari, she’riy san’atlar, qofiyalar tizimi o‘rganilgan, tahlil qilingan. Maqolada irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati ham ochib berilgan. Shuningdek, maqolada adabiyotshunoslikdagi mavjud qarashlarga, fikrlarga munosabat bildirilgan. Dostonlar baytlarini ifodali o‘qish uchun vasl, imola, tag‘yir, taslim hodisalariga oydinlik kiritiladi. Tadqiqotni yozish jarayonida B.Valixo‘jaevning “O‘zbek epik poeziyasi tarixidan” kitobi, Arasli No‘shobaning “Gulshahriy va Navoi” maqolasi, Sh.Sharipovning ““Lison ut-tayr” dostonining genezisi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari” kitobi, Sh.Hasanovaning “Mavlono Xoji Qozi Payvandiy Rizoiyning “Qush tili” dostoni va uning qiyosiy-tekstologik tadqiqi” monografiyasi, Z.Mamadaliyevaning “Lison ut-tayr” obrazlari: ramz va majoz” singari tadqiqotlaridagi nazariy qarashlarga tayanildi. Irfoniy dostonlar yo‘nalishidagi asarlar uchun ramali musaddasi mahzuf, ramali musaddasi maqsur vaznlari qulayligi ochiqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE GENESIS OF KUSHNAMALAR

In this article, the origin, genesis, gradual development of mystical epics, principles of development in Turkish and Persian literature are researched. The epics of Fariduddin Attar, Gulshahri, Alisher Navoi, Rezai Payvandi, and Salahi were analyzed. The features of weight, measurement possibilities, poetic arts, rhyme system in the epics of these creators have been studied and analyzed. The article also reveals the relationship between weight and content in mystical epics. Also, the article expresses a reaction to the existing views and opinions in literary studies. In order to read epic verses expressively, the events of wasl, imola, taghyr, and taslim are clarified. In the process of writing the research, the book "From the history of Uzbek epic poetry" by B. Valikho'jaev, the article "Gulshahri and Navoi" by Arasli Noshoba, the book "Genesis and ideological-artistic features of the epic "Lison ut-Tair"" by Sh. Sharipov , Sh. Hasanova's monograph "Mavlano Khoji Qazi Payvandiy Rezai's epic "Bird Language" and its comparative-textological study" and Z. Mamadaliyeva's "Lison ut-tayr" images: symbol and metaphor" were based on theoretical views. The convenience of Ramali musaddasi mahzuf and ramali musaddasi maksur weights for works in the direction of mystical epics has been revealed.

Текст научной работы на тему «"QUSHNOMALAR" GENEZESI»

| VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

"QUSHNOMALAR" GENEZESI Halimova Shahlo To'lqin qizi

ToshDO'TAUning tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10633488 Annotatsiya: Mazkur maqolada irfoniy dostonlarning kelib chiqishi, genezisi, tadrijiy taraqqiyoti, turkiy va forsiy adabiyotdagi rivojlanish tamoyillari tadqiq etilgan. Fariduddin Attor, Gulshahriy, Alisher Navoiy, Rizoiy Payvandiy, Salohiylarning dostonlari tahlilga tortilgan. Ushbu ijodkorlar dostonlaridagi vazn xususiyatlari, o'lchov imkoniyatlari, she'riy san'atlar, qofiyalar tizimi o'rganilgan, tahlil qilingan. Maqolada irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati ham ochib berilgan. Shuningdek, maqolada adabiyotshunoslikdagi mavjud qarashlarga, fikrlarga munosabat bildirilgan. Dostonlar baytlarini ifodali o'qish uchun vasl, imola, tag'yir, taslim hodisalariga oydinlik kiritiladi. Tadqiqotni yozish jarayonida B.Valixo'jaevning "O'zbek epik poeziyasi tarixidan" kitobi, Arasli No'shobaning "Gulshahriy va Navoi" maqolasi, Sh.Sharipovning ""Lison ut -tayr" dostonining genezisi va g'oyaviy-badiiy xususiyatlari" kitobi, Sh.Hasanovaning "Mavlono Xoji Qozi Payvandiy Rizoiyning "Qush tili" dostoni va uning qiyosiy-tekstologik tadqiqi" monografiyasi, Z.Mamadaliyevaning "Lison ut-tayr" obrazlari: ramz va majoz" singari tadqiqotlaridagi nazariy qarashlarga tayanildi. Irfoniy dostonlar yo'nalishidagi asarlar uchun ramali musaddasi mahzuf, ramali musaddasi maqsur vaznlari qulayligi ochiqlandi. Kalit so'zlar: janr, doston, masnaviy, vazn, ramal.

THE GENESIS OF KUSHNAMALAR Abstract: In this article, the origin, genesis, gradual development of mystical epics, principles of development in Turkish and Persian literature are researched. The epics of Fariduddin Attar, Gulshahri, Alisher Navoi, Rezai Payvandi, and Salahi were analyzed. The features of weight, measurement possibilities, poetic arts, rhyme system in the epics of these creators have been studied and analyzed. The article also reveals the relationship between weight and content in mystical epics. Also, the article expresses a reaction to the existing views and opinions in literary studies. In order to read epic verses expressively, the events of wasl, imola, taghyr, and taslim are clarified. In the process of writing the research, the book "From the history of Uzbek epic poetry" by B. Valikho'jaev, the article "Gulshahri and Navoi" by Arasli Noshoba, the book "Genesis and ideological-artistic features of the epic "Lison ut-Tair"" by Sh. Sharipov , Sh. Hasanova's monograph "Mavlano Khoji Qazi Payvandiy Rezai's epic "Bird Language" and its comparative-textological study" and Z. Mamadaliyeva's "Lison ut-tayr" images: symbol and metaphor" were based on theoretical views. The convenience of Ramali musaddasi mahzuf and ramali musaddasi maksur weights for works in the direction of mystical epics has been revealed. Keywords: genre, epic, masnavi, weight, ramal.

ПРОИСХОЖДЕНИЕ КУШНАМАЛАРА Аннотация: В данной статье исследуются происхождение, генезис, постепенное развитие мистического эпоса, принципы развития в турецкой и персидской литературе. Проанализированы эпосы Фаридуддина Аттара, Гульшахри, Алишера Навои, Резаи Пайванди, Салахи. Изучены и проанализированы особенности веса, возможности измерения, поэтического искусства, системы рифмы в былинах этих творцов. В статье также раскрывается взаимосвязь веса и содержания в мистических былинах. Также в статье выражается реакция на существующие взгляды и мнения в литературоведении. Для

I VOLUME Э I ISSUE 1 | 2024 ResearchBip (7.S) | Google Scholar | SJIF (5.70S) | UIF (S.3)

выразительного чтения эпических стихов уточняются события васл, имола, тагыр, таслим. В процессе написания исследования книга «Из истории узбекской эпической поэзии» Б.Валиходжаева, статья «Гульшахри и Навои» Арасли Ношоба, книга «Генезис и идейно-художественные особенности эпоса» Лисон ут-Таир» Ш. Шарипова, монография Ш. Гасановой «Эпос Мавлано Ходжи Кази Пайвандия Резаи «Птичий язык» и его сравнительно-текстологическое исследование» и З. Мамадалиевой Образы «Лисон ут-тайр»: символ и метафора». основано на теоретических взглядах. Выявлено удобство гирь Рамали мусаддаси махзуф и Рамали мусаддаси максур для работ в направлении мистического эпоса.

Ключевые слова: жанр, эпос, маснави, вес, рамал.

KIRISH

"Qush tili" asrlardan asrlarga o'tib kelayotgan eng qadimgi ibora hisoblanadi. Ma'lumki, ulug' shoir Alisher Navoiy bolalik chog'laridayoq Shayx Farididdin Attor qalamiga mansub "Mantiq ut-tayr" dostonini yod olgan va so'nggi nafasgacha shu durdona asar hayajoni bilan yashagan. Navoiyning "Lison ut -tayr" asarini shu dostonga javob tariqasida bitgani tasodifiy hodisa emas. Bu xususiyatni asar muallifining o'zi ham ko'p marotaba takror etgan. Xususan, "Lison ut-tayr"ning bir bobi "O'zining Shayx ruhi madadidan anga tatabbu qilganga qaqnus timsoli" deb nomlangan. Durdona asarda so'zga ikki xil ma'no yuklanadi. Birinchisi so'z - kalom, ikkinchisi - so'z kuymoq ma'nosida. Zotan "So'zana" so'zi forsiyda kuyish ma'nosini bildiradi. Mazkur atama o'zagi so'z hisoblanadi. Ana shunga ishora sifatida Navoiy yozadiki:

O 'rtadim olam elini, o 'zni ham,

Qush tilidin o 'zga qilmay so 'zni ham.

Budur umidimki bu so 'zi fano,

Barcha kuyganga baqo bergay yano.

Ya'ni: men qush tili iborasini takrorlab o'zimni ham, olam ahlini ham ancha qiynab, o'rtab qo'ydim. Bundan umidim shuki, o'tkinchi so'z ishq olovida kuyganlarni baqo olamiga, mangu olamga daxldor qilsin.

Navoiy shu bayt vositasida shoirlarni - so'z kishilarini mangulikka daxldor bo'lishligiga ishora qiladi. Haqiqatan ham shunday. So'z kishilari jismonan bu dunyoni tark etganlaridan so'ng ham she'rsevarlar qalbida yashab kelaveradilar. Zotan, Farididdin Attor ko'z yumganiga qariyb sakkiz asr bo'ldi, u hamon ruhan yashamoqda. Bu xususiyat Navoiy shaxsiyati va ijodiga ham taalluqlidir.

Inson shaxsiyati nihoyatda murakkabdir. So'zga o'ta sadoqatli odamlar va aksincha so'zdan dovruqqa, nufuzga erishishda bir vosita sifatida foydalanadigan kimsalar avval ham bo'lgan, hozir ham bor. Xuddi shu nuqtai nazardan qaralganda Navoiyning kuyinishlari ham oddiy holat emas. Zotan bugungi kunda chin she'riyat bilan birga maddohlik she'riyati yonma -yon yashab kelayotgani ma'lum. Maddohlikdan qutulishning yagona yo'li qadimda sinalgan usullardan foydalanib asar bitish, turli xil bayozlar tartib berishdir. Shundagina adabiyotga qiziquvchilarning saviyasi o'sadi. O'tgan 2011 yil Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi hamda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi sifatida tarixga muhrlandi. Bu muborak sanalarga bag'ishlab bir qancha kitoblar chop etildi. Shulardan biri, menimcha, "Tafakkur" nashriyotida bosmadan chiqarilgan "Qush tili" xalqaro antologiyasidir. Ushbu xalqaro antologiya

j VOLUME Э j ISSUE 1 j 2024 ResearchBip (7.S) j Google Scholar j SJIF (5.70S) j UIF (S3)

o'zbek, rus, turk, ingliz, nemis, ispan, polyak, fransuz tillarida nashrdan chiqarilgan. Antologiyaga qirqdan ortiq mamlakatlarda yashab qalam surayotgan yetmish yetti nafar shoirning qush mavzusidagi hamda "qush" so'zi ishlatilgan she'rlari jamlangan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ma'lumki, ulug' shoir Alisher Navoiy bolalik chog'larida Shayx Farididdin Attor qalamiga mansub "Mantiq ut-tayr" dostonini yod olgan va so' nggi nafaslarigacha shu durdona asar hayaj oni bilan yashagan. Hazrat "Lison ut-tayr" asarini shu dostonga javob tariqasida bitgani tasodifiy emas.

Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma" kitobida Navoiy asarlarini sanar ekan: "Alisherbek naziri yo'q kishi erdi. Turkiy til bila to she'r aytibturlar. Hech kim oncha ko'p va xo'p aytqon emas. Olti masnaviy kitob qilibtur, beshi "Xamsa" javobida yana bir "Mantiq ut -tayr" vaznida "Lison ut-tayr" otliq..." deb alohida urg'u beradi.

"Lison ut-tayr"ning bir bobi "O'zining Shayx ruhi madadidan anga tatabbu qilganga qaqnus timsoli" deb nomlangan. Durdona asarda so'zga ikki xil ma'no yuklanadi. Birinchisi so'z - kalom, ikkinchisi so'z - kuymoq ma'nosida. Zotan, "So'zona" so'zi forsiyda kuyish ma'nosini bildiradi. Mazkur atama o'zagi "so'z" hisoblanadi. Ana shunga ishora sifatida Navoi y yozadiki:

O 'rtadim olam elini, o 'zni ham,

Qush tilidin o 'zga qilmay so 'zni ham.

Budur umidimki, bu so 'zi fano,

Borcha kuyganga baqo bergay yano.

Navoiy shu bayt vositasida shoirlarni - So'z kishilarini mangulikka daxldor bo'lishiga ishora qiladi. Haqiqatan ham so'z kishilari jismonan bu dunyoni tark etganlaridan so'ng ham she'rsevarlar qalbida yashab qolaveradilar. Zotan, Farididdin Attor dunyodan ko'z yumganiga qariyb sakkiz asr bo'ldi. U hamon ruhan yashamoqda. Bu xususiyat Navoiy shaxsiyati va ijodiga ham taalluqlidir. Alisher Navoiy fano olamini tark etganiga besh yuz o'n uch yildan oshdi. Pirovardida, Navoiy she'riyati olam uzra tillo qanotlarini qoqayotganiga shohid bo'lamiz.

Bu ta'riflarni qalamga olishdan maqsad shuki, "Qush tili" xalqaro antologiyasi ( "Tafakkur" nashriyoti, Toshkent, 2011 yil. Loyiha muallifi: Bahrom Ro'zimuhammad. Nashrga tayyorlovchi: A'zam Obidov.) jahonning ko'p mamlakatlarida e'tirof etilayotganini bir karra o'quvchiga eslatib qo'yishdir. Shu antologiya bois bo'lib, Navoiy g' azallariga Polshada ham qiziqish uyg'ongan. Alisher Navoiyning asarlari polyak tilida nashr qilinmoqda. Bundan avval ul zot asarlari Amerika Qo'shma Shtatlari, Frantsiya, Rossiya kabi nufuzli davlatlarda e'lon qilinib, yuksak e'tiroflarga sazovor bo'ldi.

"Qush tili" xalqaro antologiyasi o'zbek, rus, turk, ingliz, nemis, ispan, polyak, frantsuz tillarida nashrdan chiqarilgan. Antologiyaga qirqdan ortiq mamlakatlarda yashab ijod qilayotgan yetmish yetti nafar shoirning qush mavzusidagi yoki "qush" so'zi ishlatilgan she'rlari jamlangan. Antologiya markazida Alisher Navoiy ijodi turganligi kitob qadrini yanada oshiradi. Zotan, jilla qursa shu antologiyaga kirgan xorijlik mualliflar mutafakkir bobomiz ijod sarchashmasidan oziq oladilar.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Chinakam tasavvufiy timsolni maqsad qilgan yana bir asar Abu Homid Muhammad G'azzoliyning "Risolat ut-tayr" qissasidir.1 Asar syujeti Ibn Sinoning "Tayr qissasi"ga o'xshaydi, ammo ba'zi farqli jihatlari mavjud. Qushlar tuzoqqa tushishmaydi, balki o'zlariga bir podsho

1 Abu Homid G'azzoliy. "Risolat ut-tayf. R.Hakimjonova tarjimasi. "Sharq yulduzi" jurnali, 2015 - i.

| VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

saylashni ma'qul ko'rishdi. Qushlar "Buyk Podshoh" emas, balki Anqo huzuriga borishadi. "Tayr qissasi"da qushlarning barchassi Podsho huzuriga yetgan bo'lsa, "Risolat ut-tayr"da ularning ko'pchiligi yo'lda vafot etadi va bir qismigina yetib boradi. Anqo bilan qushlar o'rtasidagi savol -javoblarni G'azzoliy Qur'on oyatlari asosida izohlaydi. Masalan, qushlar o'zlarining yo'lda halok bo'lgan hamrohlari taqdiri haqida so'raganlarida shunday javob beriladi: "Tangri yo'lida halok bo'lganlarni o'lik deb emas, hayot deb hisoblanglar". Umuman, risolada Qur'ondan yigirmaga yaqin oyat keltirilgan bo'lib, ularning mazmuni insonlarni ezgu ishlar qilishga chorlash, bu yo'lda ularni qanday qiyinchilik va tuhfalar kutayotganligi haqidadir.

Keyinchalik Nosiruddin Burhonuddin Rabg'uziy "Qisasi Rabg'uziy" asarida qushlar obraziga keng o'rin beradi. Unga ko'ra qushlar Sulaymon alayhissalom boshiga soya soladi, Hudhud (sassiqpopishak) esa vodiylar oshib Bilqisga Sulaymon xabarini yetkazishda xizmat qiladi. Rabg'uziydan keyingi ijodkorlar asarlariga Hudhud yetakchi obraz sifatida qatnashadi.

Qushlar obrazi orqali yuksak badiiyat namunasini yaratgan ijodkor fors shoiri va mutafakkiri Shayx Fariduddin Attor Nishopuriydir. Nemis olimi Helmut Ritter, chex sharqshunosi Yan Ripka, Eron olimi Badi'uzzamon Firuzonfar va boshqalarning tadqiqotlarida Attor o'zining "Mantiq ut-tayr" dostonini G'azzoliyning "Risolat ut-tayr" asaridan ilhomlanib yozganligi qayd etiladi. Asar syujeti qushlarning vodiylar oshib, Simurg' huzuriga borishi va o'zlarining Si murg' (forscha - o'ttiz qush) ekanligi bilan yakunlanadi. G'azzoliy asaridagi Anqo bilan Simurg' umumiy jihatdan bir xil ma'no tashiydi. Ammo Simurg'ning yuksakligi iyhom san'ati orqali o'ttizta qush ekanligi bilan xarakterlanadi. Attor o'z asarini badiiy jihatdan rivojlantiradi va doston darajasiga ko'taradi. Qushlar bosib o'tadigan vodiylarga nom beradi. Dostonda tartib bilan keltirilgan yetti vodiy: Talab, Ishq, Ma'rifat, Istig'no, Tavhid, Hayrat va Faqr -u fanolar solikning komillikka erishish yo'lidagi nafsini yengish borasidagi bosqichlardir. Bu yo'lga chiqqan millionlab qushlarning bir qismigina vodiylarda omon o'tishi hammaning ham komillikka yeta olmasligi, ko'pchilik nafsining qurboni bo'lishi majoziy tarzda hikoya qilinadi.

Attor qushlar nomlariga ham aniqlik kiritadi va har birini insonning komillikka to'sqinlik qiladigan bir kamchilik sifatida ko'rsatadi. Dostonda Bulbul, Tovus, To'ti, Tazarv, Kabk(Kaklik), Bum(Boyqush), Uqob(Burgut), Bat(O'rdak) va boshqa qushlar obrazi mavjud. Shoir mazkur obrazlarni jamiyatda tutgan o'rni, mashg'uloti va xarakteri jihatidan bir -biridan ajralib turuvchi muayyan inson tiplarining majoziy obrazi sifatida talqin etadi. Masalan, bulbul - bevafo oshiq, tovus - tashqi go'zallikka mahliyo bo'lgan ikkiyuzlamachi, Uqob - mag'rurligi bilan kibrga botgan kishilar obrazini yaratadi va ularni asoslash uchun ularga mos tarzda hayot haqiqati bilan bog'liq ravishda hikoyatlar ham keltiradi. Qushlar obrazini bu xil tizimlashtirish shoir uchun tasavvufga doir o'z mulohazalarini kengroq bayon etish imkonini beradi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, qushlar olami insonning ruhiy-falsafiy xususiyatlarini yoritishda muhim manba bo'lib xizmat qilgan. Bir so'z bilan aytgada, qushlar obrazi orqali yaratilgan asarlarni "insonshunoslik" deb atasak, mubolag'a bo'lmaydi. Yozma adabiyotda Ibn Sinodan boshlangan qushlar obrazi orqali yaratilgan asarlar Attor, Gulshahriy, Navoiy, Mavlono Rizoiy asarlarida yanada rivoj topdi. Bular bugungi kunda adabiyotimiz tomonidan o'rganilgani, tadqiq etilgani xolos. Hali topilmagan, o'z sir-asrorlarini ochiqlashni kutib turgan mumtoz asarlar talaygina. Insonni anglash, kamolot sari intilish va turkiy adabiyot rivoji uchun xalqimiz bu kabi asarlarga muhtoj.

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

j VOLUME Э j ISSUE 1 j 2024 ResearchBip (7.8) j Google Scholar j SJIF (5.708) j UIF (8.3)

1. Ibn Sino. Tayr qissasi. A.Irisqulov tarjmasi. "O'zbek adabiyoti" Beshinchi tom, ikkinchi kitob. - T.: G 'afUr G 'ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1968.

2. Mamadaliyeva Z. Ibn Sino va G'azzoliy: an'ana va o'ziga xoslik "Sharq yulduzi" jurnali, 2015 - i.

3. Abu Homid G'azzoliy. "Risolat ut -tayr". R.Hakimjonova tarjimasi. "Sharq yulduzi" jurnali, 2015 - i.

4. Farudiddin Attor. Mantiq ut-tayr. - Т.: Yangi asr avlodi, 2021.

5. Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. To'la asarlar to'plami 10 jildlik, 9-jild. - T.: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2013.

6. Mavlono Xoja Qozi Payvandiy Rizoiy. Qush tili. - Т.: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, 2009.

l. Hasanova Sh. "To'tinoma" tipidagi asarlarning qiyosiy-tipologik va tekstologik tahlili.

Monografya. - T.: Mumtoz so 'z, 2015. В. Allamurotova Dilfuza. «Mantiq ut -tayr» va «Lison ut-tayr» dostonlarining qiyosiy tahlili. BMI. Samarqand, 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.