Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” DOSTONIDA AXLOQIY ILLATLARNING TANQIDI'

ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” DOSTONIDA AXLOQIY ILLATLARNING TANQIDI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1572
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Qush tili” / “Xamsa” / “Munojot” / ”Siroj ul-muslimin” / Fariddin Attor / “Mantiq ut-tayr”. / "Bird language" / "Khamsa" / "Munojot" / "Siroj ul-muslimin" / Fariddin Attar / "Mantiq ut-tayr".

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Tursunaliyeva, Dilora Dilmuhammad Qizi, Ikramova, I.R.

Turkiy xalqlarning “shams ul-millat”i bo‘lgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o‘zining hassos she’riyati, buyuk “Xamsa”si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag‘ishlangan boy ilmiy merosi bilan boyitgan so‘z san’atkoridir. O‘z ijodiy merosida 26 mingdan ortiq lug‘at boyligidan foydalangan bu buyuk daho mana besh asrdan oshibdiki, asarlaridagi chuqur falsafiy mushohadakorlik, ma’no-mohiyatning keng ko‘lamdagi va nazmiy merosidagi fasohat dengizining bepoyonligi bilan jahon ahlini hayratga solib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CRITICISM OF MORAL FAILURES IN THE EPIC "LISON UT-THAYER" BY ALISHER NAVOYI

Nizamiddin Mir Alisher Navoi, who is the "shams ul-millat" of the Turkic peoples, is a word artist who has enriched the treasure of world literature with his sensitive poetry, his great ";Khamsa", and his rich scientific heritage dedicated to various fields of science. This great genius, who used more than 26,000 words of vocabulary in his creative heritage, has been surprising the people of the world for more than five centuries with the deep philosophical observation in his works, the vastness of the sea of eloquence in his poetic heritage.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” DOSTONIDA AXLOQIY ILLATLARNING TANQIDI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

ALISHER NAVOIYNING "LISON UT-TAYR" DOSTONIDA AXLOQIY

ILLATLARNING TANQIDI

Dilora Tursunaliyeva Dilmuhammad qizi

Sharq falsafasi va madaniyati yo'nalishi 3-kurs turk-ingliz guruhi talabasi

Tel:+99893 5755699 Ilmiy rahbar: Ikramova I.R.

TDSHU Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Turkiy xalqlarning "shams ul-millat"i bo'lgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o'zining hassos she'riyati, buyuk "Xamsa"si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag 'ishlangan boy ilmiy merosi bilan boyitgan so 'z san'atkoridir. O'z ijodiy merosida 26 mingdan ortiq lug'at boyligidan foydalangan bu buyuk daho mana besh asrdan oshibdiki, asarlaridagi chuqur falsafiy mushohadakorlik, ma'no-mohiyatning keng ko'lamdagi va nazmiy merosidagi fasohat dengizining bepoyonligi bilan jahon ahlini hayratga solib keladi.

Kalit so'zlar: "Qush tili", "Xamsa", "Munojot","Siroj ul-muslimin", Fariddin Attor, "Mantiq ut-tayr".

АННОТАЦИЯ

Низамиддин Мир Алишер Навои, являющийся «шамс уль-миллат» тюркских народов, художник слова, обогативший сокровищницу мировой литературы своей чуткой поэзией, своей великой «Хамсой», своим богатым научным наследием, посвященным различным области науки. Этот великий гений, использовавший в своем творческом наследии более 26 000 слов лексики, уже более пяти столетий удивляет людей мира глубокой философской наблюдательностью в своих произведениях, безбрежностью моря красноречия в его поэтическое наследие.

Ключевые слова: «Птичий язык», «Хамса», «Муноджот», «Сирож ул-муслимин», Фариддин Аттар, «Мантик ут-тайр».

ABSTRACT

Nizamiddin Mir Alisher Navoi, who is the "shams ul-millat" of the Turkic peoples, is a word artist who has enriched the treasure of world literature with his sensitive poetry, his great "Khamsa", and his rich scientific heritage dedicated to various fields of science. This great genius, who used more than 26,000 words of vocabulary in his creative heritage, has been surprising the people of the world for

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

more than five centuries with the deep philosophical observation in his works, the vastness of the sea of eloquence in his poetic heritage.

Key words: "Bird language", "Khamsa", "Munojot", "Siroj ul-muslimin", Fariddin Attar, "Mantiq ut-tayr".

Lison ut-tayr (arab. — "Qush tili") — Alisher Navoiyning dostonlaridan biri bo'lib, o'zbek mumtoz adabiyoti va o'zbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan. Fariddin Attorning "Mantiq ut-tayr"i Alisher Navoiyni yoshligidan o'ziga maftun etib,umri davomida uning bilan hamroh bo'ldi,unga javob yozish niyati ham shoirning ko'nglidan joy olgan edi.Ana shu niyat Alisher Navoiyning oltimishga qadam qo'yganida amalga oshdi.Bu bejiz emasdi.Chunki shu davrda Alisher Navoiy o'zining "Munojot","Siroj ul-muslimin" asarlarini ham yozgan edi.Bularda,xususan "Munojot" da go'yoki umri bo'yicha qilgan ishlarini sarhisob qilib,yana bajarilishi lozim bo'lgan ishlar,ya'ni hali ko'p "qarzi" borligiga ham ishora qilganday bo'ladi. Ana shunday bajarilishi lozim bo'lgan ishlardan biri "Mantiq ut-tayr" ga javoban turkiy tilda bir asar yaratish muddaosi ediki,Alisher Navoiy "Lison ut-tayr" dostonini yozish bilan bu ishni amalga oshirdi1.

Farididdin Attor XII asrning mashhur shoir va adiblaridan bo'lib,o'zining "Ilohiynoma", "Tazkirat ul-avliyo" va,xususan " Mantiq ut-tayr" asarlari bilan o'zidan keyingi adabiy va ma'naviy hayotda katta mavqega ega edi. Hatto Jaloliddin Rumiy Farididdin Attorning orifona kashfiyotlariga yuqori baho bergan.Alisher Navoiy "Lison ut-tayr"ining mavzusi va uni ochishdagi o'ziga xoslikbayon etilgan, ya'ni doston tasavvufiy mavzuda ("Sharhi asrori ilohiy") bo'lib,bu mavzu qushlar tili vositasida majoziy tarzda ifoda etilgan."Lison ut-tayr" dostoni o'zbek tilida yozilgan bo'lsa-da,unda "Navoiy" taxallusi emas,balki Alisherning ikkinchi taxallusi bo'lgan Foniy qo'llagan2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dostonning asosiy qismi bosh qoliplovchi qissa: jahondagi barcha qushlarning yig'ilib, martaba va fazilatlariga ko'ra joy talashish voqeasidan boshlanadi. Bu yig'inda behunar hunarmanddan, iste'dodsiz iste'dod sohibidan o'zib ketish holatlari, har bir qush o'zini eng yuqori joyga munosib deb bilishi, boshqalardan o'zini ustun deb hisoblashi tufayli turli ixtilof va mojarolar paydo bo'ladi. Shunda ularning munosib o'rnini belgilab beruvchi bir adolatli podshoga ehtiyoj paydo bo'lganligini sezgan Hudhud degan qush shunday podshoh borligi, nomi Simurg' ekanligi va uning

1 https://uz. m.wikipedia. org/wiki/Lison-ut-tayr.

2 Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. - T., 2019. - B. 170.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

huzuriga bormoqchi bo'lganlar uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tishlari zarurli gini aytadi. Qushlar Simurg'ning zoti va sifotidan hikoya qilishni so'raydilar. Hudhud uning sifoti mingdan oshishi-yu, zotining yagona ekanligini aytadi. Simurg' ta'rifi dostonda olti bobni (15—20-boblar) tashkil etadi. Hudhud To'ti, Bulbul, Qumri, Kaklik, Tazarv, Durroj, Kabutar, Shohboz (qirg 'iy), Shunqor kabi qushlar bilan individual ravishda suhbat qurar ekan, u bilan Simurg'ni bog'lab turgan rishtadan gap boshlaydi va ana o'sha rishta tufayli ularning Simurg'ga aloqadorligini, uning visoliga qarab intilish darkorligini targ'ib qiladi. Bu suhbat va targ'ibot 10 bobni (21-31-boblar) tashkil etadi.

Qushlar Hudhud boshchiligida yo'lga tushadilar. Bir necha kun yo'l yurgach, mashaqqatli safar ularni toliqtiradi, ortga qaytmoqchi bo'ladilar va bir-ketin Hudhudga o'z uzrlarini ayta boshlaydilar. Dostonda yo'l qiyinchiliklariga chidolmay, uzr so'ragan qushlar tartibi quyidagicha keltirilgan: To'ti, Tovus, Bulbul, Qumri, Kabutar, Kabki dariy, Tazarv, Qarchig'ay , Shunqor, Burgut, Kuf (boyo'g'li), Humoy , O'rdak va Tovuq. Dastlab To'ti Hindistondek issiq o'lkalarda yashashi, ko'zgu oldida nozaninlar so'zini takrorlashi uchun shakar yeb yurishi, umri rohat -farog'atda bo'lgani sababli bu safarning mashaqqatiga chidolmasligini aytib, uzr aytadi. Hudhud unga javoban "Hiylagarlikni kasb qilgan yashil chakmonli kishi" bilan bog'liq hikoyatni keltiradi. Unga ko'ra, bir kishi bozordagi noz-u ne'matlarni ko'rib, yashil xirqa kiyib oladi va o'zini shayx deb e'lon qiladi. Bozor ahli unga ixlos qilib, uning kashkuliga turli-tuman oziq-ovqatlarni sola boshlaydilar. Haqiqiy bir orif bu holni mushohada etib, riyokor shayxning oldiga keladi va bozordan yiqqan narsasini tutmog'ini so'raydi. Soxta shayx kashkulini to'kib qarasa, ovqatlar aynib, najosatga aylangan ekan. Piri komil qilgan ishidan pushaymon bo'lgan hiylagarga bir hovuch tosh aralash tuproq berib, "bu bilan tirikchilik qiling" , deydi. Hiylagar qo'lidagi tuproq pirning barakotidan oltin va javohirga aylanadi. Hiylagarlik va riyozatning oqibati turlicha ekanini ko'rgan riyokor tavba qilib, to'g'ri yo'lga kiradi. To'tidan so'ng Tovus uzr aytib, "Tangri meni atrofdagilar ko'rib, husnimga tahsin aytishlari uchun yaratgan, shunday ekan, menga bu safardan ne hojat?" , deydi. Hudhud unga javoban masxaraboz bir hinduning o'zini turli naqsh-u nigorlar bilan bezab, maydonda tomosha ko'rsatgani, uning atrofi bir gala beboshlar to'dasi bilan to'lgach, nazoratchilar tomonidan tutib olinib, darra bilan savalangani haqidagi hikoyatni keltiradi. Undan so'ng Bulbul uzr aytadi. U o'z chamanidagi gulga oshiqligini, undan ayriliqqa chiday olmasligi va bu safar unga cheksiz hajr azobini olib kelayotganligini aytadi. Hudhud unga bir podshohga oshiq bo'lib qolgani haqida lof urgan gado hikoyatini keltirib, haqiqiy go'zallik Simurg' dargohida ekanligini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

ta'kidlaydi. Shu tariqa uzr aytgan qushlarga Hudhud mos holatda turli hikoyatlar bilan javob qaytaradi.

Dostondagi axloqiy ruhdagi hikoyatlarning aksariyati mana shu boblarda aks etgan. Ushbu munozaralar 41 bobni (32-73-boblar) tashkil etadi. Qushlar va Hudhud munozarasining diqqatga sazovor tomoni shundaki, bu o'rinda Navoiy qushlar obrazidan mohirlik bilan foydalanib, ma'naviy kamolotga to'sqinlik qiluvchi turli axloqiy illatlarni tanqid ostiga oladi. Shu ma'noda To'ti xudbinlik va shaxsiyatparastlik timsoli, Tovus va Tazarv tashqi go'zallik bilan mag'rurlanish, Kabki dariy va Kuf shaxsiy boylik va mol-dunyo yig'ishga mukkasidan ketish, Qarchig'ay johillik va shuhratparastlik kabi illatlarning majoziy timsollari hisoblanadi. Hudhud ularni tanqid qilar ekan, kishilarni bu xil illatlardan qutulishga chaqiradi. Hudhudning tanqidlari tufayli o'z qusurlaridan ogoh bo'lgan qushlar buncha kamchilik va ojizliklar bilan qanday qilib Simurg'ga yetishish mumkinligi haqida so'raydilar (74-76-boblar). Hudhud faqat Ishq ularni maqsad manziliga yetkazishi mumkinligini aytib, dostondagi eng katta va alohida mavqega ega bo'lgan Shayx San'on haqidagi hikoyatni so'zlab beradi (79-bob). Dostondagi shu o'rindan boshlab, muallif qushlarning nomini aytmaydi, balki, hammasini "bir qush" tarzida nomlaydi.

Dostondagi falsafiy hamda tarixiy shaxslar hayotidan olingan ibratli hikoyatlar tasviri shu o'rindan boshlanadi. Bu savol-javoblar 68 bobni (80—148-boblar) tashkil etadi. Qushlar va Hudhud o'rtasidagi savol-javoblar tasawuf ta'limoti bilan bog'liq ayrim nazariy va amaliy masalalar (pir va murid munosabatlari, tariqat va uni ado etish, tavba va gunoh va b.) muhokamasiga bag'ishlanish bilan birga ularda axloqiy illat va insoniy fazilatlar haqidagi qarashlar ham aks etadi. Xususan, nafsni tiyish, mol-dunyo va siym-u zarga hirs qo'ymaslik , himmat, insof kabi inson ma'naviy takomilida muhim o'rin tutuvchi axloqiy xislatlarning Hudhud tilidan qilingan bayoni mazmun jihatidan shoirning "Hayrat ul-abror" , "Saddi Iskandariy", "Mahbub ul-qulub" va boshqa asarlarida shu xususda keltirgan fikrlariga hamohangdir. Bu hikoyatlarning ayrimlari Attor dostonida mavjud bo'lsa-da, asosiy qismi arab ishqnomalari, xalq og'zaki ijodi, tasawufiy va diniy manbalar asosida yaratilgan. Ba'zi syujetlarni Navoiyning o'zi muayyan oyat yo hadisdagi g'oyani ifodalash uchun mustaqil tarzda yaratgan. Jumladan, dostonning 119-bobida shunday bir hikoyat keltiriladi: Haq yo'liga kirgan Majnun al-Haq deb nomlangan bir devona bor edi. U bir kuni o'zi kabi bir "log'ar eshak"ka minib, Ka'ba sari safarga otlanadi. Qorong'u tushib, yomg'ir yog'a boshlaydi. Majnun al-Haq yo'l bo'yida bir vayronani ko'rib, o'sha yerda tunamoqchi bo'ladi va Xudodan eshagiga qarab turishini so'rab, o'zi vayrona ichiga kirib uxlaydi. Tomdan chakka o'tib, devonani uyg'otadi va u

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

yarim tunda yana yo'lga chiqmoqchi bo'ladi. Tashqariga chiqib, eshagini topolmay fig'oni falakka chiqadi va Xudoga malomat qila boshlaydi: "Ey Xudo, men senga eshagini topshirgan edim, nimaga asramading? Agar odamlar sening uyingga bormaganlarida, senda bunday maqom-u manzalat yo'q edi. Eshaksiz uying (Ka'ba)ga qanday boraman? Yarim tunda menga uning qayerdaligini ko'rsatmayapsan. Mening eshagimga qarab turishga or qilding, holbuki, senga topshirgan omonatimni asrash vazifang edi". Shu asnoda bir ajib chaqmoq chaqib, Majnun al-Haqning yo'lini munavvar etadi va u uzoqda o'tlayotgan eshagini Ko'rib quvonadi. Telba eshagi topilganidan keyin ham Xudo bilan muomalani davom ettiradi, ammo endi uning so'zlarida g'azab emas, balki lutf va mehribonlik ustuvor edi: "Ey mening jonim ichida, balki yuz jondan ortiq Tangrim, sen mening haqiqiy do'stimsan. Albatta, boshida sen mening eshagimni bo'yniga arqon bog'lab, saqlamading, shu sababli, menda "bir ajib oshuftalig' " yuz berdi, ammo sen mening bu ahvolimni ko'rib, tadbir aylab, eshagimni ko'rsatding va bu ishing bilan meni senga nisbatan aytgan so'zlarim tufayli sharmisor etding. Men sening bu noto'g'ri qilmishingni batamom unutdim, sen ham menga o'xshab, jahl ustida aytgan gaplarimni unutsang, yaxshi bo'lardi. Men seni kechirdim, sen ham meni kechir" . Devona shu alfozda goh o'zini maqtab, goh Tangrini ulug'lab yo'lida davom etadi. Navoiy bu hikoyatdan shunday xulosa chiqaradiki, garchi telbaning so'zlari shariat mezoni bo'yicha mutlaqo noto'g'ri va kufr bo'lsa-da, lekin u Haqqa do'st tutingan odamning tilidan aytilgani uchun ham ayni haqiqatdir.

Dostonning syujeti majoziy bo'lgani kabi, undagi timsollar ham majoziydir. Simurg' - Haqqa yetishish timsoli, Hudhud - murshid, piri komil ramzi, qushlar -tariqat yo'liga kirishga otlangan soliklardir. Navoiy Simurg'ni eng oliy borliq deb e'tirof etar ekan, Xudoni olamdan tashqarida emas, balki shu olamning o'zida, butun koinot va mavjudotda mujassamlashgan, har bir kimsa va narsada zuhur etgan oliy -substansiya deb tushunadi. Hudhud rahnamoligidagi qushlarning ulug' maqsadi Simurg'ga yetish ekan, bu majoziy mazmun zamirida solikning Haq vasliga yetishish uchun chekkan azob-uqubatlarini anglash mumkin. Dostondagi asosiy g'oyaning ochib berilishida ulardan o'rin olgan turli hajmdagi hikoyatlar asosiy o'rin tutadi. Dostonda 65 ta hikoyat keltirilgan bo'lib, ularning 51tasi Navoiyning o'zining ijodi bilan bog'liq, qolgani esa Attor dostonidan olingan hikoyatlardir. Hikoyatlarning jami bayt miqdori (1800 , baytga yaqin) doston umumiy haj mining teng yarmini tashkil qiladi. Ushbu hikoyatlarni quyidagi guruhlarga bo'lib tasniflash mumkin: 1. Hudhud dostondagi qushlarni Simurg' yo'liga targ'ib qilib, ularga murojaat qilayotgan paytda aytilgan hikoyatlar. Bu hikoyatlar shoirning ijtimoiy fikrlarini umumlashtirib bayon 193 qilishga xizmat qiladi. Undagi timsollar ham ijtimoiy-didaktik ahamiyat kasb

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

etgan bo'lib, ularga yashil to'n kiygan soxta darvesh, mazxaraboz hindu va bo'yra shohi haqidagi, uquvsiz bog'bon haqidagi, soxta zargar haqidagi, musht yeb kun ko'ruvchi tekinxo'r haqidagi, mechkay pahlavon haqidagi, vayronada ganj qidirgan kishi haqidagi, giyohvand darvesh haqidagi, suvga cho'kib ketgan xasis haqidagi va hajga bormagan savdogar haqidagi hikoyatlarni kiritish mumkin. 2.Tarixiy shaxslar bilan bog'liq ibratli fikrlar aks etgan hikoyatlar. Bular qatoriga payg'ambarlar va valiylar to'g'risidagi hikoyatlar kiradi. Jumladan, Odam Safiyulloh, Ibrohim alayhissalom, Sulaymon alayhissalom bilan bog'liq, Muhammad payg'ambar, to'rt nafar sahoba - Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (r.a.) haqidagi hikoyatlar; tasavvuf namoyandalaridan Xoja Abdulloh Ansoriy, Boyazid Bistomiy, Ibrohim Adham, Abusaid Abuxayr, Abulhasan Xaraqoniy, Abu Bakr Nishopuriy, Mansur Halloj, Abul Abbos Qassob Omuliy, So'fiyon Suriy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoja Muhammad Porso va Xoja Abu Nasr, tilshunos olim Asma'iy, Mahmud va Ayoz to'g'risidagi hikoyatlarini keltirish mumkin. 3. Keyingi turdagi hikoyatlarga muallifning falsafiy-tasavvufiy fikrlarini bayon etish uchun keltirilgan hikoyatlarni kiritish mumkin. Bularga Simurg' haqidagi, uning Chin shahriga tushgan pati to'g'risidagi, gulxanda yongan soxta oshiq haqidagi, husnini namoyish qilishga ko'zguni vosita qilgan shoh haqidagi, shohga sovg'a tayyorlovchi oshiqlar haqidagi, shohga oshiq bo'lib zindonda yotishga va itboqarlikka tayyor oshiqlar to'g'risidagi, Sidra daraxti shoxidagi qushlar to'g'risidagi, Iskandarning elchilikka borganligi haqidagi, Shayx San'on haqidagi, Arastuning shogirdi to'g'risidagi, g'am chekuvchi misrlik to'g'risidagi, Majnun al Haq, fil va ko'rlar xususidagi, ikki shatranj chi haqidagi, hayrat zabun etgan ma'shuq yigit to'g'risidagi, parvonalar va sham'i haqiqiy zikridagi, Majnun haqidagi, devona oshiq va uning oqil ma'shuqi to'g'risidagi, Qaqnus haqidagi, podshohdan hech nima so'ramagan darvesh to'g'risidagi va yiqilgan devor haqidagi hikoyatlar misol bo'la oladi.

XULOSA

"Lison ut-tayr" dostoni Alisher Navoiyning yuksak badiiy mahoratini ko'rsatib beruvchi asar bo'lib, doston poetikasini ta'minlaydigan muhim unsurlardan biri uning mukammal 194 ishlangan kompozitsiyasidir. Dostonda qush tili va umuman qushlar bilan bog'liq turli tushuncha hamda holatlardan doston muqaddimasi, qoliplovchi qissaning ibtidosi va xotimada ustalik bilan foydalanilgan. Xususan, dostondagi an'anaviy hamdning

Jon qushi chun mantiqi roz aylagay,

Tengri hamdi birla og'oz aylagay,3

3 Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. - T., 2019. - B. 195.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

degan misralar bilan boshlanishi uning qushlar tili vositasida yozilajak asar bo'lishiga ishora qiladi. Shuningdek, shoir o'z salafi Attor ta'rifini bay on etishda (Qaqnus qushi haqidagi rivoyatning keltirilishi), zamona hukmdori Sulton Husayn Boyqaro madhi bilan bog'liq o'rinlarda ham qush tili bilan bog'liq iboralardan foydalanadi. Shuningdek,, tadqiqot muallifining fikricha, "Mantiq ut-tayr" dagi g'oyaga ko'ra, undagi qushlar Simurg'ning soyasi, xolos. Ya'ni ular Simurg'ga intilganlaridagina ahamiyatli. Qushlar (insonlar)ning bu dunyodagi hayoti hijron va ayriliqda. Navoiyda esa ularning hijron va ayriliqda emas, balki Yaratganning hikmatidadir. Shu ma'noda ikki dostonda vahdatu-l-vujud falsafasining ikki xil talqini aks etganligini ko'ramiz. Attor dostonida qushlar so'nggi vodiyda Simurg' bilan birlik kasb etadilar, Navoiy dostonida esa riyozat chekish asnosida poklanib, o'zlaridagi Simurg'ni kashf etadilar.4 Doston kompozitsiyasining o'ziga xos muhim xususiyatlari - dan yana biri, unda "qissadan hissa" usulidan foydalanilganlikdir. Sharq adabiyotida keng istifoda etilgan ushbu usul "Lison ut-tayr" dostoni hikoyatlari so'ngida mohirlik bilan qo'llanilib, xulosaning badiiy ta'sirchanlik kuchini oshirgan.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. - Т., 2019.

2. Dilnavoz Yusupova. Lison ut-tayr. - Т., 2022.

3. Mustafayev, U. U. (2021). YANGI O 'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, i(10), 568-577.

4. Мустафаев, У. У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ПОЙДЕВОРИ ШАКЛЛАНАЁТГАН ДАВРДА ФАЛСАФИЙ ФАНЛАРНИ У^ИТИШНИ ИСЛО^ ^ИЛИШ ЯНГИ УЗБЕКИСТОН Э^ТИЁЖИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 3), 99-108.

5. Qizi, A. M. A., & Xudoybergenov, A. (2022). YANGI O 'ZBEKISTONDA UCHINCHI RENESSANS! ILM-FAN TARAQQIYOTIDA BUGUNGI YOSHLAR!. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 39-48.

6. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Lison-ut-tayr.

4 Dilnavoz Yusupova. Lison ut-tayr. - Т., 2022. - В. 46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.