Научная статья на тему '“LISONUT-TАYR”DА DUNYO RАMZLАRINING BADIIY IFODASI'

“LISONUT-TАYR”DА DUNYO RАMZLАRINING BADIIY IFODASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

573
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
majoz / ramz / Simurg‗ / nafs / dunyo / vodiy / метафора / символ / Симург / похоть / мир / долина

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muyassar Ibrohimovа

―Lison ut-tayr‖ daho ijodkorning ma‘nan kamolga erishgan yetuklik pallasida, ya‘ni umrining so`nggi yillarida yozilgan irfoniy dostondir. Navoiy ushbu asarda qushlar vositasida komillikka erishish bosqichlari, ilohiy ishq, oshiqning hol va martabalarini yoritib bergan. O‘tkinchi hoyu havaslar, dunyoviy istaklar solikni chalg‗itib, yo‗ldan adashtirishi ma‘lum. Mazkur maqolada dostondagi dunyo bilan aloqador baytlar atroflicha tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

«Лисон ут-тире» — мистическая эпопея, написанная в период зрелости гениального творца, то есть в последние годы его жизни. В этой работе Алишер Навои освещает этапы достижения совершенства, божественной любви, статуса и карьеры влюбленного с помощью птиц. Желания души и мирские желания отвлекают налог и сбивают его с пути. В этой статье подробно анализируются стихи о качествах мира и похоти.

Текст научной работы на тему «“LISONUT-TАYR”DА DUNYO RАMZLАRINING BADIIY IFODASI»

"LISONUT-TAYR"DA DUNYO RAMZLARINING BADIIY IFODASI

Muyassar Ibrohimova

O'Zr FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

"Lison ut-tayr" daho ijodkorning ma'nan kamolga erishgan yetuklik pallasida, ya'ni umrining so'nggi yillarida yozilgan irfoniy dostondir. Navoiy ushbu asarda qushlar vositasida komillikka erishish bosqichlari, ilohiy ishq, oshiqning hol va martabalarini yoritib bergan. O'tkinchi hoyu havaslar, dunyoviy istaklar solikni chalg'itib, yo'ldan adashtirishi ma'lum. Mazkur maqolada dostondagi dunyo bilan aloqador baytlar atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: majoz, ramz, Simurg', nafs, dunyo, vodiy.

АННОТАЦИЯ

«Лисон ут-тире» — мистическая эпопея, написанная в период зрелости гениального творца, то есть в последние годы его жизни. В этой работе Алишер Навои освещает этапы достижения совершенства, божественной любви, статуса и карьеры влюбленного с помощью птиц. Желания души и мирские желания отвлекают налог и сбивают его с пути. В этой статье подробно анализируются стихи о качествах мира и похоти.

Ключевые слова: метафора, символ, Симург, похоть, мир, долина.

ABSTRACT

"Lison ut-tyre" is a mystical epic written in the period of maturity of the genius creator, that is, in the last years of his life. In this work, Alisher Navoi illuminates the stages of achieving perfection, divine love, and the status and careers of a lover by means of birds. Desires of the soul and worldly desires distract the tax and lead it astray. In this article, verses about the qualities of the world and lust are analyzed in depth.

Keywords: metaphor, symbol, Simurg, self, world, valley.

Ma'lumki, mumtoz adabiyot, eng avvalo, ramzlar, obraz va timsollar adabiyotidir. Yorqin tasavvur va teran tafakkur mahsuli bo'lgan badiiy san'at durdonalarining mazmun-mohiyati, poetik qudratini yuzaga chiqarishda dunyoni obrazli tarzda idrok qilish qobiliyati ham alohida e'tiborga loyiq ko'rilgan. Ramzu timsollar, shubhasiz,

8-fevral

fikrni jonli, his-tuyg'uni ta'sirchan ifoda etish uchun ijod ahliga keng imkoniyatlar yaratgan. Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonida ham bir qator timsollar tizimiga duch kelamiz. Ular orasida, ayniqsa, dunyo va unga aloqador ramzlar o'quvchi e'tiborini jalb qilishi, qolaversa, badiiy kuchi va mazmun qamrovi bilan ham yaqqol ajralib turadi.

Alisher Navoiyning "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida keltirilgan quyidagi fikrlari "Lison ut-tayr" asarni yanada chuqurroq anglashga, mushohada etishga yordam beradi: "Chun "Lison ut-tayr" ilhomi bila tarannum tuzupmen, qush tili ishorati bila haqiqat asrorin majoz suratida ko'rguzupmen" Buyuk mutafakkir shoir ijodida majoziy ishqni haqiqiysidan ayri tarzda talqin etmagan bo'lsa-da, "Lison ut-tayr" dostoni birmuncha farqli - unda ishqi ilohiy qalamga olinadi. Navoiy haqiqaiy ishq yo'lida gado va shohni teng der ekan, bu olamda ham "rahbaru gumroh"ni birday ko'radi:

Ishq mulkida gadou shoh bir,

Dayr ichida rahbaru gumroh bir [1, 115].

Tasavvufda fanoga yuz tutmay turib oshiqning visolga yetishi mutlaqo imkonsizdir. Shu boisdan shoir qalbida ishq shavqi borlar joniga ofat yetsa ham bunga aslo parvo qilmaydi deydi:

Lozimi ishq o 'ldi shavqu so 'zi dard, Barq yanglig' po 'yai gitinavard.

Kimga dardu ishq mustavlidurur, Tarki jon etmak anga avlydurur.

Kimki jonon sori oning royi bor, Jong'a ofat yetsa ne parvoyi bor.

Ishq ishi g'am shomi dardu so 'zdur, Sham ' anga ohi jahon afro 'zdur [1, 80].

Kimgaki bunday ishq nasib etsa, unga eng avlosi jonni tark etmakdir. Tasavvufda tark ham to'rt bosqich: tarki dunyo,

tarki uqbo, tarki hasti, tarkni tarkdan iborat [3, 56].

Tarkni tark maqomida oshiq dunyo, uqbo va hasti (borliq)dan kechgani kabi vu judini ham tark aylaydi. Chunki jonidan kechgan -

yor vasliga erishadi.

Mumtoz adabiyotda haqiqiy ishq va moddiy dunyo tushunchalari

8-fevral

221

bir-biriga zid qo'yiladi. Dostonning

voqealar rivojidan o'quvchi muayyan tadrij asosida bosqichma-bosqich, pog'onama-pog'ona buni anglay boradi. Ulug' shoir

dunyoning ishq va visolga to'siq bo'lib, haqiqiy muhabbat sohibini asl maqsaddan ch alg'ituvchi yovuzlik ramzi ekanini kitobxonga obrazlilik tamoyillari vositasida anglatadi. Ya'ni ishqi ilohiy va dunyo hirsi bir qalbga sig'masligini shunchaki bayon qilmaydi, balki obrazu timsollar orqali ta'sirchan ifodalaydi. Ishq g'ami eranlar haqiqiy oshiqlar uchun shodlikdir. Bu dunyo esa metnat-u azob tortadigan g'am yeridir. Unda har elning dilida bir tashvish, olam ahli ko'nglida esa bu olamning g'ami bor. Ko'p odamlarning dili ana shu - "olam g'ami" bilan band: G'amdin aylarlar eranlar shodlig', Bu muqayyadlig' durur ozodlig'.

G 'am yeridur mehnat obodi jahon, Onda har nav' elga bir g 'amdur ayon.

Olam ahli ko 'nglida olam g'ami,

Xudbudur ko 'prak bani odam g'ami [1, 152].

Yaratuvchi quyoshning chiqishidan tortib, shamolning esishigacha, hatto eng kichik zarralarning harakatigacha malum mezonlar asosida bunyod etgani, uning mo'jizalarini tariflab tugatib bo'lmasligi ayon. Masalan, bir-biriga zid bo'lgan to'rt unsur (suv, olov, tuproq va havo) inson vujudida bir butun holda birlashtirilgan, balki, ruh va nafs orasidagi qarama-qarshiliklarning boisi ham shundandir: Uylakim dushman yarotib o 'tqa suv, Yelni ham tufroqqa aylab aduv. Sun 'idin ko'rgilki mundoq to 'rt zid, Bo 'lub inson xilqatida muttahid. Ofarinishdin qilib inson g'araz, Oni aylab xalq ichinda beevaz.

Dostonda dunyoni badiiy ifoda etishda olam, gardun, ajuz, korgoh, anfus, dayr, dahr, getiy, ufq, anfus kabi so'zlardan foydalanilgan, "Dunyo" asli arabcha so'z bo'lsa-da, turkiy tildagi muqobillari qadim davrlardayoq she'riyatga kirib kelgan va keng qo'llanilgan. Ilk turk iy adabiyot namunalarida u ajun, balbal, olam tarzida uchraydi. Bu so'zning badiiy ijodda, she'riyatda obraz sifatida shakllanishi, shubhasiz, xalq og'zaki ijodidan boshlangan. Lug'atlarda dunyo - borliq, ko'z o'ngidagi olam, zamona, koinot,

8-fevral

222

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

hayot, tiriklik, boylik, mol-mulk, zamona, taqdir, deya izohlangan. Dunyo boshqa ma'nodoshlariga nisbatan kengroq ma'noni ifodalaydi. Alibek Rustamiyga ko'ra: "Ochun" bilan "Getiy"ni hisobga olmasak, "olam" so'zining ma'nosini aniqlash uchun uni "koinot", "jahon" va "dunyo" so'zlari bilan qiyoslashimiz kerak bo'ladi. Moddiy va sezish mumkin bo'lgan tabiiy mavjudotning hammasi koinotga kiradi. Fazo ham muhit sifatida koinot tarkibidadir.

Dostondagi majoziy hikoyat va masallarda kopincha insondagi kamchilik va qusurlar hayvonlarga ko'chirilgan. Navoiy qushlar vositasida insonlarning fel-atvori, fazilat va nuqsonlarini tasvirlaydi, atrofimizdagi olam, azal va abad haqida mulohaza qiladi. Hayot va o'lim borasida ham oz qarashlarini bayon etadi. Bir o'rinda Hudhud qushlarga har bir insonning taqdiriga o'lim yozilganini, dunyo ko'p qolib bolmaydigan manzil ekani uqtiradi: Dahr hud ermas iqomat manzili, Kimki bor oxir o 'lumdur hosili [1, 127].

Lirik qahramon dunyo hodisalarini anglashga harakat qilayotgan, nega hamma narsa boqiy, ammo inson umri, dunyo o'tkinchi degan savolga javob izlashga intilayotgan mulohazakor odam. U taqdir hukmini, insonlik mohiyatini, umr mazmunini teran tushunadi. Zamon, fursat, tabiat o'zgarishlari olamning tabiiy qonuniyatlariga sira daxl qila olmaydi:

Dedi Hudhud:— «K-ey nahifi xasta dil, Necha qolg 'ung olam ichra — fikr qil.

Kimki keldi — oqibat borg 'usidir, Ko 'ksini tig 'i ajal yorg 'usidir.

Zi hayot o 'lmak uchundur oqibat, Bo 'yla tahqiq etti ahli ma 'rifat.

Yo 'qki orif kimki yo 'qtur o 'yla kul, Bu muhaqqaq amrdin g 'ofildur ul.

Ming yil o 'Isang dahr aro yo bir zamon, Kim ajal oxir sanga bermas amon.

Asarning yetakchi qahramonlari qushlarning turli to'siqlarga duch kelishi tariqat yo'lidagi solikning sinov-

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-5-10

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

imtihonlaridir. Hudhud haqiqiy ishq to'la qalb otashida bo'y

8-fevral

ko'rsatgan, nafsoniy istaklardan butkul xoli bo'lgan piri komilni, pokiza hayot ramzini ham tamsil qilgan. Shoir Hudhud obrazi vositasida kitobxonni dunyoparastlikdan qutqarib, ishqqa, samimiyatga, soflikka, qalb go'zalligiga sohib etadi. Ammo tovus, burgut, o'rdak, to ti, kabutar, kaklik kabi turli qiyinchiliklarni deb oz maqsadidan qaytgan qushlar timsollari ham dostonda muayyan poetik vazifa bajaradi. Dostonda qo'llangan dunyo timsollarini o'rganish esa buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodiyotining badiiyati, o'ziga xos ma'no olami, qolaversa, ulug' shoir dunyoqarashining yorqin jihatlari haqida atroflicha mulohaza yuritish imkonini ham beradi.

REFERENCES

1. Navoiy A. Lison ut-tayr. MAT. 12-tom. Toshkent. Fan, 1996.

2. Abdurahmon G. Yassaviy "Faqrnoma"si. - Toshkent. "Navro'z", 2014.

3. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. Darslik. -Toshkent. TAMADDUN, 2018.

4. Rustamov A. So'z xususida so'z. - Toshkent: "Yosh gvardiya" nashriyoti, 1987.

5. Muhammad G'iyosuddin. G'iyos ul- lug'ot. Iborat az 3 jild. Jildi 2. -Dushanbe: Adib, 1987.

6. N.Jabborov. Maoniy ahlining sohibqironi. Adabiyot. Toshkent - 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.