Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” ASARIDAGI UNIVERSALIZM'

ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” ASARIDAGI UNIVERSALIZM Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1924
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lison ut-tayr / geografiya / astronomiya / astrologiya / biologiya / ornitologiya / terminologiya / badiiy mahorat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Izmuradova Shahnoza Toshtemirovna

Mazkur maqolada “Lison ut-tayr” asari orqali Alisher Navoiy siymosining daholik qirralari inkishof etiladi. Muallifning nafaqat so‘z san’ati borasida yutuqlari borligi balki insoniyatga ma’lum bo`lgan aksar ilm-fanlardan boxabar olim ekanligi qalamga olinadi. Shuningdek, bu asarni o‘qigan kitobxon jamiyki fanlar doirasida ilm hosil qila olishi haqida ochiq-oydin dalillar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” ASARIDAGI UNIVERSALIZM»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

ALISHER NAVOIYNING "LISON UT-TAYR" ASARIDAGI

Ж

>

UNIVERSALIZM

I )>*

Izmuradova Shahnoza Toshtemirovna

J > | > ;

Qarshi davlat universiteti Pedagogika instituti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7296056

Annotatsiya: Магкиг maqolada сс^ОП Щ^У^' asari ощаН Alisher Navoiy siymosining ёаИоИк д1гга1ап inkishof е1Иаё1. Muallifning nafaqat БО^ san'ati boгasida yutuqlaгi boгligi balki insoniyatga ma'lum ЬОЛ^П aksaг ilm-fan1ardan boxabar o1im ekan1igi qa1amga o1inadi. Shuningdek, Ьи asarni o'qigan йоЬхоп jamiyki fan1ar doirasida i1m ^бЙ qi1a o1ishi haqida ochiq-oydin da1i11ar ke1tiri1adi.

Kalit so'zlar: Lison Ш^УГ, geografiya, astronomiya, astro1ogiya, bio1ogiya, ornito1ogiya, termino1ogiya, badiiy mahorat.

Аннотация: В данной статье раскрываются гениальные стороны характера Алишера Навои посредством произведения «Лисон ут-Таир». Отмечается, что автор имеет достижения не только в искусстве слова, но и то, что он ученый,

хорошо разбирающийся в большинстве наук, известных человечеству. Также

приводятся наглядные доказательства того, что читатель, читающий данное

произведение, может создавать знания в рамках общих наук.

Ключевые слова: Лисон ут-Тайр, география, астрономия, астрология,

биология, орнитология, терминология, художественное мастерство.

. .. , , ....... . ., ....... .. ,

Annotation: This article reveals the brilliant sides of Alisher Navoi's character through the work "Lison ut-Tair". It is noted that the author has achievements not only in the art of speech, but also that he is a scientist well versed in most sciences known to mankind. Visual evidence is also provided that the reader reading this work can create knowledge within the framework of general sciences.

Key words: Leeson ut-Tyr, geography, astronomy, astrology, biology, ornithology, terminology, artistic skill.

* . •

*

//I 1 г» n +г»т rvw \ птгАитилг* m nn In if // V nrv\nn\\ /^тл т-лтгилт I +1 n г» It 1 /~l о + n 1

«Lison ut-tayr» Navoiyning mashhur «Xamsa»dan keyingi oltinchi dostoni

bo'lib, u shoir vafotidan sal ilgari, yani hijriy 904 (1498-99) yilda yozilgan. «Lison

ut-tayr» 3598 baytni o'z ichiga oluvchi 193 bob 65 hikoyatdan tashkil topgan bo'lib,

i 1 > ^^ i 1 > hajm jihatdan shoir dostonlari orasida eng kichigi hisoblanadi. Dostonni tuzilishiga

! !>»

ko'ra umumiy muqqadima, asosiy qism va xotima kabi bo'laklarga ajratish mumkin. Umumiy muqaddima ham o'z navbatida hamd, munojot; Muhammad payg'ambar va

lining chahorvorlariga bag'ishlangan natlar kabi ananaviy qism va asosiy qissaga

uning chahoryorlariga bag'ishlangan natlar kabi ananaviy qism va asosiy qissaga

• ,_____■ „^„„и; т?™^^™ _________• .л,.-.

kirish vazifasini o'tovchi Farididdun Attor va uning «Mantiq ut-tayr» dostoniga

* Г j*

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

bag'ishlangan qismlaгga bo'linadi. Dostonning asosiy qismi hikoya ichida hikoya

#

>

usulida yozilgan bo'lib, u qushlaming Simuгg' tomon qilgan safaгini tasviгlovchi qoliplovchi qissa va undagi ayrim epizodlaгga ilova tarzida keltiгilgan qiгqdan oгtiq hikoya, masal va latifalami o'z ichiga oladi.

Alisheг Navoiyning «Lisonut-tayn» asaгi juda ko'p tillaгga tarjima qilingan, jumladan, biгinchi maгotaba polyak tiliga polshalik mutaxassis Yanuj Kjijovskiy tomonidan tarjima qilinib, kitob shaklida chop etildi va Polsha kutubxonalariga taгqatildi va ushbu nashming biг nusxasi muallifning iltimosiga binoan Alisher

1 о о о

Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasiga sovg'a taгiqasida taqdim etilgan.

Alloh taolo yaratilmishlar ichida-so'zga ulkan qudrat ato etdi. Va bu qudratning anglanishi uchun yetuk daholami sababkoг qildi. Ana shunday daholardan biгi so'z mulkining sultoni mir Alisheг Navoiy hazratlaridir.

Shoiг asariarining gultoji hisoblanmish "Lison ut-tayf'ning butun-butun sahifalari nuqul hikmatdan iboгat. Hikmatki, hayotning haг xil jabhasini mukammal daгajada qamrab olgan. Va bu o'rinda so'zning o'mi beqiyosdiг.

Ulug' ijodkorning ushbu asaгiga kiгib borar ekansiz voqealaг гivojida nafaqat adabiyotning balki boshqa: tabiiy va aniq fanlar, shuningdek, ijtimoiy-gumanitaT fanlarning har biг taгmog'ida shoirning mohiгona qalam surishining guvohi bo'lasiz.

»

Ya'ni, Navoiy nainki so'z ustasi, teran adabiyotshunos bo'lishi bilan birga biologiya, astronomiya, matematika, fiqh, mantiq, fasohat ilmidan ham o'z o'quvchilariga ustozlik qilib kelgan.

Masalan, asarning 1-hamd bobida yer kurrasining yaratilishi haqida gap ketadi va bu o'rinda e'tiborimizni quyidagi misrala^a qaratsak:

Bahr uza jo'ng ayladi tufrog'din

Jo'ng uchun langar yosodi tog'din

Deyilmoqchiki, Alloh quruqlikni dengiz yuzidagi kemaga monand qilib yaratdi. Tog'lardan bu kemaga uning muvozanatini saqlab turadigan langarlar yasadi. Geografiya fani orqali bilamizki, haqiqatda tog'^ qumqlikning ustunlaгi ya'ni mustahkamlab turuvchi asoslaridir. Geografiyaga oid boshqa bir misolni ko'rib chiqsak:

Qildi daryog'a buxorin pardapo'sh,

Л УГг»1л»« +пп1л-|ллл П1-1Л /л1л п ИТ7 ГГ ' п 1/л'о1л

Mehr o'tidin tushmasin deb suvg'a jo'sh.

ш

Yuqoridagi baytda mehr deb quyoshga ishora qilinmoqda. Baytdan shunday

ma'no kelib chiqadiki, quyosh o'tidan suv qaynab ketmasin degan maqsadda

J "1 > ^^ ^ 1 ">.

yaratguvchi dengiz yuziga bug'lardan parda tortdi.

Suv osti dunyosini tatqiq qilish bilan shug'ullanuvchi ilmiy tadqiqotchilarning

aytishlariga ko'ra sadaf ichidagi qimmatbaho gavhar nayson yomg'iri natijasida hosil

bo'lar ekan. Ilm dengizining chapdast g'avvosi bo'lmish Navoiy "Lison ut-tayf'

asaгida ana shunday qimmatbaho ma'lumot^ haqida ham xabar beradi:

Ы> 3 ]> <}>

a I

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

Berdi Nayson yomg'urug'a ul sharaf

Kim guhar qozg'ondi bazlidin sadaf Durg'a berdi ul baho birla rivoj Kim sarir ahlig'a bo'ldi zebi toj.

Misralaming ma'nosiga е'йЫг qaratsak: Alloh taolo nayson yomg'iriga katta Sharaf ato etdi, uning ehsoni tufayli sadaf ichida gavhar hosil bo'ldi. Durga u juda katta qiymat bilan rivoj berdi, oqibatda u taxt ahlining toji uchun zebi-ziynatga aylandi.

J

Suv va olov unsurlarining bir-biriga dushman ekanligi barchamizga ma'lum. Ammo, tuproq va shamolning o'zaro kelisha olmasligini hamma ham bilavermasa kerak. Tuproqning erroziyaga uchrashi ma'lum bir ma'noda shamolga ham bog'liqligini Alisher Navoiy quyidagi misralar orqali sharhlab yozadilar: O'ylakim, dushman yarotib o'tqa suv, Yelni ham tufroqqa ayblab aduv. Sun'idin ko'rgilki mundoq to'rt zid Bo'lib inson xilqatida muttahid.

Yana misralarning ma'nosiga e'tiborimizni qaratsak: Suvni olovga dushman qilib yaratdi, shamolni esa tuproqqa zid qildi. Yaratuvchining qudrati bilan ana shu

»

bir-biriga zid to'rt narsa inson vujudida bir butun holda birlashdi. Asarda biologiya nuqtai nazaridan ham ma'lumot^ ko'zga tashlanadi. Har g'aroyibkim,yoyib sahro aro, Ondin ortug' ko'rguzub daryo aro Dasht aro har ne takovar aylabon Suvda yuz oncha shinovar aylabon.

A rror 11 A11/-vl-> /Tnitmnlil/- T nnnrn" А о 1лпг vi'1 гтC О ТЛ г» v тглтгггпл КгчЧпп А rri r-гА о

Agar u Alloh, quruqlik yuzasida har xil g'aroyibotlar yoygan bo'lsa, dengizda esa ular bundan ham ortiqdir. U dashtlarda qancha jonivorlarni yaratgan bo'lsa, suvdagi suzuvchilar bundan yuz barobar ko'pdir. Quyunni dasht aro aylantirgan bo'lsa, suv yuzida ham girdobni to'lg'antirdi. Haqiqatda, ilmiy asosda sarhisob qilinganda suv osti dunyosidagi mavjudotlarning turi va soni behisobdir hamda quruqlikdagi jonivorlardan bir qancha ustundir.

Asarning Me'roj voqealariga asoslangan 4-bobida Navoiy dahosining J-jt Nujm(astronomiya) ilmi atamalaridan ham keng foydalanganligiga guvoh bo'lamiz. Muqaddas kitoblar orqali bizga ma'lumki, Me'roj kechasida payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) Allohning amri bilan Jabroil alayhissalom tomonidan keltirilgan Buroq oti orqali osmonga ko'tariladilar. Qutli ulovlari havolanganida uning

! И*

qadamidan falak eli bahramand bo'ldilar. Shu tahlitda Navoiy nujm ilmi atamalarini 4- bobda tun osmonidagi yulduzlar kabi sochadilar: Shu suvoriy sharafi tufayli yangi oy to'lin oyga aylandi. Ikkinchi osmonga bayroq sanchganida Atorud(Merkuriy)

,____• , j ,_____, •,„ , TT.:„ _________________u___r.

qalamidan durlar sochila boshlandi. Uning zotidan uchinchi maydon -osmon sharaf

* : j*

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

topgach, Zuhra musiqachilik qilib kuylay boshladi. U to'rtinchi samoga ot

surganida,yulduzlar shohi-quyosh undan o'ziga nur oldi. Guvohi bo'lganimizdek, bu yerda Qamar-Oy, Atorud-Merkuriy, Zuhro, shuningdek, Nahsi Asg'ar, Sa'di Akbar kabi yulduzlarning nomi keltiriladi.

Buning barobarida Astrologiyaga oid burjlar haqidagi atamalar ham bevosita tilga olinib, o'quvchiga Astrologiya saboqlari beriladi. Biz bu asarda haqiqatda qo'chqor, savr, javzo, saraton, arslon, kaffa(tarozi burjiga ishora qilinmoqda) chayon,

y^ ja'diy, dalv va hut kabi 12 burjning barchasini chiroyH o'xshatishlar bilan

ЖИ

J J, J J, J О J

tartibli ravishda berganligiga amin bo'lamiz.

Asar ichiga kirib borar ekanmiz, tarix ilmidan, tariximizda o'tgan buyuk va yorqin shaxslar haqida ham ma'lum bir ma'lumotlarni keltirganliklarini guvohi bo'lamiz. Jumladan, 3-4-boblarda suyukli payg'ambarimiz Muhammad(s.a.v)ning yaralishlaridan tortib butun bashar ichra amalga oshirgan ishlari qalamga olinadi. Shuningdek, 5-6-boblarda Islom yo'lidagi tarixiy shaxslardan sahobiy abu Bakr

r n\ x /о rr ' r\r T7AAûn1nt4 In от 71 ri nnnn H Q KrvKlnrrln m r\ ' m inlnr о m 1 п i Tm nn

Siddiq(r.a) va g'or voqealari tasvirlansa 7-8-boblarda mo'minlar amiri Umari

Foruq(r.a) u kishining islom yo'lidagi adolatli tuzumlari haqida gap ketadi. 9-10-boblarda islom dinining muqaddas kitobi "Qur'oni Karim"ning yig'uvchisi Usmon zinnurayn (ko'zlarning nuri) haqlarida aytilsa, 10-11-boblarda taqdir o'rmonining

ïw -

haybatli sheri, ulug' sha'niga "go'shtim-go'shtingga" iborasi loyiq ko'rilgan Ali (r.a) haqlarida ham bilib olishimiz mumkin. Alalxusus Odam Ato, Sulaymon, Muso kabi payg'ambarlar tarixiga kichik hikoyatlar orqali nazar tashlanadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ulug' mutafakkirning shu nomli asarini o'qib chiqqan itobxon Ornitologiya sohasining terminologiyasida ham o'z ilmini oshirishga erishishi mumkin. O'z nomi bilan "Qush tili" deb atalgan asar ichida bir qancha qushlar turi badastir tizib

Г\ r\ П 1 ГГП1Л nfrlntl Ко ' О Г1 • f1ûtr\llf rt' fûtllVn/ 1л I 1 m r~\ IrnKiInn

qo'yilgan. Qushlardan ba'zilari: semurg', feniks(qaqnus), anqo, humo kabilari afsonaviy qushlar bo'lsa, boshqalari esa real hayotda mavjud bo'lgan parrandalardir. Asarda donishmandlik ramzi bo'lmish Hudhud, kalog'(olaqarg'a), to'ti,

zog'(go'ngqarg'a), bulbul qumri, xod(kalxat), shunqor, yurtachi, tovus kabi qushlar nomi tilga olinadi. Voqea esa tojdor qushlar o'rnini tojsiz behunarlar egallaganligi haqidagi g'avg'o bilan boshlanadi. Shuningdek, kuf(boyo'g'li), kaklik, tazarv, durroj(qirg'ovul), shohboz (lochin), kabutar, qarchig'ay, burgut, o'rdak, tovuq kabi J-jt

л w км*» -»л/лл1лл ПППИ П1" 11 m I n /~l n n 1лл-мл Т r»T T I n n л I n /~\

»

bir necha qushlar nomlaridan ham foydalaniladi.

ш

Asarning deyarli tugallanish qismida Navoiy o'zini shayx Fariduddun Attor madadidan unga o'xshatma qilgan qaqnusga qiyoslaydi.

Haqiqatda Navoiy qaqnus yanglig' umr kechirdi. Uning asarlarining har bir satrida o'zgacha naqshlar jilva qildi. Qaqnus kabi juftsiz holda tanho yashadi. G'azal

bo'stonidagi hech bir qush unga teng kela olmadi. Umrini haqqa, xalqqa bag'ishlab Haq yodi bilan o'tkazdi.

I >;> Ы >

>q ] i )> >

а j

ы> >>

* : >

й*

>>

#ф>

^ >3> 1

Я>

>3»

Ы >

О И* ЩУ

' >s#

+й J>

>j*

SIH>

! >5>

1 >>>.

• >4>

Ы >

\ Й:> Щ

Ш>

< j>j:> >j>

>

Ы >

* - i>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

Shunday qilib, Alisher Navoiyning chin ma'nodagi barcha asarlari bir tomon bo'lsa "Lison ut-tayr" bir tomondir. Chunki kitobda olamning yaralishi-yu, unda yaratilgan jamiyki ilmlardan, fanlardan saboq beriladi. Deylik u adabiyot bo'lsin, deylik u mantiq ilmi. Yoki biologiya, geografiya, asronomiya, astrologiya, din ilmi, ornitologiya, umuman, ko'pchilikka qiziq bo'lgan ilmlar maskani ana shu asarda mujassam topdi. Navoiy bu ilmlarni- bir kitobda she'riy shaklda jam etdi va tan olishimiz lozimki, bu kabi sa'y-harakatlar har qanday iste'dod sohibining ham qo'lidan kelavermaydi. Ko'ngillarga yoqimli, el ichra sevimli bo'lmish bunday tortiqqa umr bo'yi tayyorgarlik ko'rildi, ammo qo'lga qalam olingan zahotiyoq qisqa fursatlarda yozib tugallandi. Kishilar qalbiga Haqni yanada yaqindan tanitgan, surur bag'ishlagan va ko'plab ilm sirlaridan voqif bo'lishimizga sababchi bo'lgan bu kabi benazir asar yozgan mir Alisher Navoiy dahosiga ma'nan bosh egamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. A.Navoiy «Lison ut-tayr» Toshkent: 1991-yil.

2. Lison ut-tayr. Alisher Navoiy. https : //xdp.uz/uploads/d ocumentation75.pdf

3. Xurshid Davron. Navoiynoma. XV-XVI. Lison ut tayr. Haj armoni. Yana g'avg'o. Mahbub ul-qulub & Navoiy armoni. https://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/xurshid-davron-navoiynoma-xv-xvi-lison-ut-tayr-haj-armoni-yana-gavgo-mahbub ul-qulub-navoiy-armoni.html

q >3*

Ш

»

Ыщ

* I |>

Qj^f^S).

* -4v ,--

17

q й

Ü

Ы>

в

q ] >Ъ

3*1 >

ы >

*ф>

]>Ж

*4>

ж**

q >fi

|:Н>

q > >

Ы >

q

q <;>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.