Научная статья на тему '"LISON UT-TAYR" VA "MANTIQ UT-TAYR" DOSTONLARIDA NAFS TALQINI'

"LISON UT-TAYR" VA "MANTIQ UT-TAYR" DOSTONLARIDA NAFS TALQINI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
58
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
solik / maqom / suluk / nafs / ishq / fano / baqo / vahdat ul-vujud. / tax / status / leech / lust / love / death / survival / wahdat ul-wujud.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Halimova Shahlo Tolqin Qizi

Maqolada Lison ut-tayr dostonlarida nafs, ilohiy ishqning badiiy talqini haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INTERPRETATION OF THE SOUL IN THE EPICS "LISON UT-TAIR" AND "MANTIQ UT-TAIR".

The article discusses the artistic interpretation of nafs, divine love in Lison ut-Tair epics.

Текст научной работы на тему «"LISON UT-TAYR" VA "MANTIQ UT-TAYR" DOSTONLARIDA NAFS TALQINI»

| VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

"LISON UT-TAYR" VA "MANTIQ UT-TAYR" DOSTONLARIDA NAFS

TALQINI Halimova Shahlo To'lqin qizi

ToshDO'TAUning tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10633411

Annotatsiya: Maqolada Lison ut-tayr dostonlarida nafs, ilohiy ishqning badiiy talqini haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: solik, maqom, suluk, nafs, ishq, fano, baqo, vahdat ul-vujud.

THE INTERPRETATION OF THE SOUL IN THE EPICS "LISON UT-TAIR"

AND "MANTIQ UT-TAIR".

Abstract: The article discusses the artistic interpretation of nafs, divine love in Lison ut-Tair epics.

Keywords: tax, status, leech, lust, love, death, survival, wahdat ul-wujud.

ТРАКТОВКА ДУШИ В БЫЛИНАХ «ЛИСОН УТ-ТАИР» И «МАНТИК УТ-

ТАИР».

Аннотация: В статье рассматривается художественная интерпретация нафса, божественной любви в эпосе Лисон ут-Таир.

Ключевые слова: налог, статус, пиявка, похоть, любовь, смерть, выживание, вахдат уль-вуджуд.

KIRISH

Alisher Navoiyning "Foniy" taxallusi bilan bitilgan «Lison ut-tayr» asari o'zbek adabiyoti, qolaversa, jahon adabiyotining ham eng yuksak namunalaridan biri hisoblanadi. Binobarin, bu asarning o'zbek adabiyotida ham, jahon so'z san'atida ham alohida o'rni bor.

Aslida «Lison ut-tayr»ning jahon adabiyotidagi o'rni va ahamiyati alohida, maxsus monografik tadqiqotga asos bo'ladigan katta va jiddiy mavzu. «Lison ut -tayr» va jahon adabiyoti masalasi, kamida, quyidagi uch yo'nalishda tadqiqot olib borishni taqozo etadi:

1. «Lison ut-tayr»- jahon adabiyotining sinkretik hosilasi sifatida.

2. «Lison ut-tayr»ning jahon adabiyotida tutgan o'rni va mavqeyi.

3. «Lison ut-tayr»ning jahon tillariga tarjimalari. Ammo biz bu maqolamizda dostonning qiyosiy poetikasini tadqiq etish uchun zarur bo'lgan darajadagina bu masalaga bir oz oydinlik kiritib o'tishnigina maqsad qildik.

Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarigacha ham qushlar timsollari asosida yozilgan asarlar mavjud edi. Abu Ali ibn Sinoning (980 - 1037) «Risolat ut-tayr»[1], Abu Homid Muhammad G'azzoliyning (1040 - 1111) ham xuddi shu nomdagi «Risolat ut-tayr», Shahobiddin Suhravardiyning (vafoti - 1191) «Risolayi musammo ba safari Simurg'» asarlari yozilgan edi. Farididdin Attor ana shu an'anani davom ettirib, ajoyib, o'ziga xos, go'zal doston yaratgan. Navoiy «Lison ut-tayr»da uni Attorning eng zo'r asari, deb hisoblaydi. Attor bu dostonni yozishda, xususan, G'azzoliydan ta'sirlanganini nemis olimi Helmut Ritter, chex tadqiqotchisi Yan Ripka, Eron tasavvufshunosi Badiuzzamon Firuzonfarlar alohida ta'kidlashgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Endi maqolaning o'ziga kelsak, uni sho'ro davrida yaratilgan va hozir ham zarracha ahamiyatini yo'qotmagan noyob hodisalardan biri deyish mumkin. Gap shundaki, unda faqat

| VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

"Lison ut-tayr" tarjimasi tajribalari emas, balki Navoiy dahosi yaratgan boshqa asarlarni va jahon madaniyatiga tengsiz hissa bo'lib qo'shilgan eski o'zbek tilidagi she'riyatni rus tiliga o'girish masalalari ilk marta o'rtaga tashlanadi. Sergey Ivanov o'zbek adabiyotiga ulug' bir hurmat bilan qaragan. Shu sababdan uning rus tiliga o'zi tarjima qilgan Navoiyning ko'pdan-ko'p lirik she'rlari, o'zi muharrirlik qilgan daho shoirimiz nasriy asarlariga yozgan so'ngso'zi ham yuksak mahorat va ehtirom mahsuli sifatida e'tiborga molik. "Lison ut-tayr" tarjimasiga muharrirlik qilgan va unga so'ngso'z yozgan zukko adabiyotshunos, o'zbek mumtoz adabiyotining bilimdoni Rahmat Majidiy shunday deydi: "S.N.Ivanov - eski o'zbek tilini yaxshi biladigan, ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy ijodini butun teranligi bilan tushunadigan shoir hamda tilshunos olim. Doston tarjimasi muvaffaqqiyatli chiqqani shubhasiz, tarjimon Navoiy asari mohiyatini, ulug' shoir she'riyati xush bo'yini kitobxonga aniq yetkazib bergan".^ Darhaqiqat Sergey Ivanov o'z tarjimasi orqali ulug' Navoiy she'riyatining xush bo'yini rus o'quvchisiga yetkazib bera olgan.

Ayni paytda maqolaning ikki o'rnida andak yanglish fikrlar ham bor. Chunonchi, Serg ey Ivanov Navoiyni o'zbek adabiy tilining asoschisi deb ataydi. Vaholanki, o'zbek adabiy tiliga buyuk mutasavvif shoirimiz Hoja Ahmad Yassaviy va uning shogirdi Sulaymon Boqirg'oniylar XII asrda asos solganlar. Ular o'z hikmatlarida murakkab qadimgi turkiydan chekinib, jonli o'zbek tiliga ustuvorlik berganlar. Keyinchalik bu til muayyan darajada intellektuallashib, uning ta'sir doirasi kengayib, bir necha asr mobaynida umumturkiy adabiy til vazifasini bajardi: Nasimiy, Hasano'g'li, Fuzuliy kabi buyuk ozarbayjon shoirlari, Bayramxon, Andalib, Zaliliy singari ulug' turkman shoirlari asosan shu tilda ijod etganlar. Navoiy esa bu adabiy tilni mislsiz darajada boyitgan dahodir. Ikkinchi yanglish fikr bunday: "Navoiy davrida, hatto undan keyingi davrlarda ham badiiy tarjima tushunchasi mavjud emasdi", - deydi S. Ivanov. Aslida esa, XIV asrda buyuk tarjimon-shoirimiz Qutb Xorazmiy Nizomiyning "Xusrav va Shirin" dostonini tarjima qilar ekan, uning muqaddimasida tarjimaning asosiy tamoyili "ko'ngil ishi" ekanini ta'kidlab, tarjimonlik yumushi mohiyatini quyidagicha ta'riflaydi:

Qazontek qaynab ush savdo pishurdum,

Nizomiy bolidin halvo pishurdim.

Bu "nazariy" muqaddimadan keyin yana o'sha XIV asrda Sayfi Saroyi tomonidan amalga oshirilgan Sa'diy "Guliston"i tarjimasi muqaddimasida ham tarjima xususida so'z boradi. Sal keyinroq Haydar Xorazmiy Nizomiy "Xamsa"sidan "Maxzan ul -asror" dostonini o'zbekchaga o'girdi. Xullas, XIV asrdayoq o'zbek adabiyotida bir necha yirik badiiy asarlar tarjima qilingan va, she'riy yo'lda bo'lsa-da, tarjimaning nazariy tomonlariga e'tibor qaratilgan edi.

Umuman, bu nuqsonlar muayyan ma'noda juz'iy tabiatga ega. Agar mus tamlakachilik davrida o'zbek mumtoz adabiyotiga noxolis, shovinistik yondashuv hukmron bo'lganini va bunday yondashuv davlat siyosati darajasiga ko'tarilganini hisobga olsak, bu xatolar tabiiy bir holdek tuyuladi. Muhimi, Sergey Ivanov rus tarjimashunosligida o'zbek adabiyotiga bag'ishlangan jiddiy tadqiqot, har jihatdan e'tiborga loyiq ilmiy asar yaratgan. Uning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, hozirgi paytda she'riy tarjimaga oson ish deb, xuddi kosibning bir qolipdagi yumushiga qaragandek munosabatda bo'layotgan ba'zi bir tarjimonlarimizga bu ilmiy tadqiqot qaysidir ma'noda o'git bo'lishi mumkin. Maqolani o'qib, bunga o'zingiz ishonch hosil qilasiz.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

j VOLUME Э j ISSUE 1 j 2024 ResearchBip (7.S) j Google Scholar j SJIF (5.70S) j UIF (S3)

"Lison ut-tayr" dostoni 1499 yili - Navoiy hayotining so'nggi paytlarida yaratilgan (Navoiy 1501 yil yanvar oyining boshlarida vafot etgan). U faqat Navoiy she'riy ijodining sarhisobigina bo'lmay, balki ayni paytda shoir hayot yo'lining badiiy umumlashmasi, ko'pgina hasbi hol va lirik o'rinlarni o'zida mujassam qilgan asardir. "Lison ut-tayr"ning so'nggi boblarida biz doston ijodiy niyati bayonini va uning yaratilish tarixini, shuningdek, o'z she'riy ijodiga Navoiy bergan bilvosita bahoni uchratamiz. Demak, doston Navoiy ijodini butunisicha tushunishda ham muayyan ahamiyatga ega.

"Lison ut-tayr" dostoni "nazira" janrida, ya'ni boshqa muallif asariga taqlidiy javob tarzida bitilgan. Bu janr Ya qin va O'rta Sharq xalqlari adabiyotlarida keng tarqalgan. Ma'lumki, ko'pdan-ko'p "Xamsa"lar - besh dostondan tashkil topgan, o'z ichida Layli va Majnun, Xusrav (Farhod) va Shirin singari asarlarni mujassam etgan an'anaviy turkumlar Nizomiy dostonlari turk umiga naziralardan iboratdir. Nazira janri muayyan asarning o'z prototipiga bog'liqligi darajasining turlicha bo'lishiga yo'l qo'yadi. Unda fabula detallarini ishlash, syujetni qo'shimcha hikoyatlar bilan boyitish va o'zgartirish, badiiy qiyofalarni ijodiy yangilash, yangi syujet hamda motivlar kiritish borasida muallif mustaqil bo'lgani holda, faqat syujetning tashqi asosi hamda asar vaznigagina rioya qilishi majburiydir. Ma'lumki, ijodning bu turiga tarjima sifatida qarash haqida gap bo'lishi mumkin emas. Navoiy davrida, hatto undan ancha keyingi davrlarda ham badiiy tarjima tushunchasi mavjud emasdi. Naziralarning ba'zi namunalari o'zining dastlabki manbaidan shu qadar uzoqlashib ketar ediki, bunda muallif tobeligi borasida faqat, Ovro'pada Don Juan haqidagi syujetning Moler, Bayron va Pushkin tomonidan ishlanishidagi qiyosiylik ma'nosidagina gapirish mumkin.

"Lison ut-tayr" dostonini yaratishda Navoiyga nazira ob'ekti bo'lib buyuk fors shoiri Farididdin Attorning (XII asr) "Mantiq ut -tayr" dostoni xizmat qilgan. Navoiy o'z dostonining umumiy tuzilishini yaratish jarayonida keng qamrovli mustaqillik bilan ish ko'rgan. Professor Ye.E.Bertelsning hisoblab chiqishicha, dostondagi 63 qo'shimcha hikoyatning faqat 12 tasigina Attor hikoyatlari bilan mos keladi, qolgan 51 hikoyat esa Navoiy ijodiy xayolotining mustaqil mevasidir^i.

"Lison ut-tayr" dostonida syujet asosini yer yuzidagi barcha parrandalarning afsonaviy hukmdori Simurg'ni izlab yo'lga tushgan qushlar sarguzashtlari haqidagi hikoya tashkil etadi. Qushlar juda ko'p, turli-tuman musibat va mushkulotlarga uchrab, atigi o'ttizta qolganlaridagina, aslida Simurg'ning yo'qligini, ularning o'zlari Simurg' ekanliklarini anglaydilar: "si" forscha "o'ttiz", "murg'" - "qush" demakdir.

Navoiy dostonida tasavvuf g'oyalari - islomdagi so'fiylik oqimi badiiy shaklda o'z ifodasini topgan. Simurg', bu - butun koinotda o'zini namoyon etuvchi Yaratgan - Xudo timsolidir. Yerda hayot kechirayotgan odamlar - Xudoning ko'lankasi, uning in'ikosi. Xudoga haqiqiy yetishmoq - unga bo'lgan muhabbatda, o'z "men"idan kechish vositasida u bilan muloqotga kirishishdadir. Biroq dostonning so'fiylik asosi atigi bir fon xolos, Navoiy unda, aniqrog'i, dostonning ko'pgina qismida ikki xil - ham tariqatning muayyan tomonini ta'riflash bilan bog'liq, ham unga aloqasi yo'q ohang bilan yo'g'rilgan qiziqarli hikoyani rivojlantirib boradi. Barcha tasavvufiy hikmatlar jonli va yorqin qo'shimcha hikoyatlar bilan bezalgan.

Doston kompozitsiyasi chuqur o'ylangan. Xudo, payg'ambar, chahoryor hamda mazkur syujetni o'zidan avval ishlagan salafi (Attor)ga bag'ishlangan an'anaviy kirishdan so'ng qushlar yig'ini, ular orasidagi "hokimlik va tobelik" borasidagi hikoya boshlanadi. Bu yig'inda tojdor Hudhud Simurg'ga yetishish yo'lida qushlarni sayohatga da'vat etgan yo'lboshchi sifatida namoyon bo'ladi. Dastlabki yo'l qiyinchiliklari tasviridan so'ng, safar mushkulotlaridan

i VOLUME Э I ISSUE 1 I 2024 ResearchBip (7.S) | Google Scholar | SJIF (5.70S) | UIF (S3)

cho'chigan qushlarning bahonalari va ularga Hudhudning hikoyatlar bilan bergan javoblari aks etadi. Bu qismlar asarning taxminan uchdan bir bo'lagini tashkil etuvchi kompozitsion boshlanishdir (ikki ming misradan ortiqroq). Kompozitsiya zanjirining navbatdagi halqasi oliy muhabbatning (Xudoga muhabbatning) mohiyati borasida qushlar savoliga Hudhud bergan kinoyaviy javob - shayx San'on haqidagi mashhur qoliplovchi hikoyadir (ming misradan ziyodroq). Shundan keyin dostonning eng katta qismi (uch yarim ming misra atrofida) boshlanadi. Unda qushlar navbatma-navbat o'z shubha va qo'rquvlarini bildiradilar, Hudhud esa ularga yana gapining isboti uchun mos tushadigan hikoyatlar keltirgan holda javob beradi. Dostonning bu qismi yetti vodiyni (Talab, Ishq, Ma'rifat, Istig'no, Tavhid, Hayrat, Faqr va Fano vodiylarini) -kishi o'z "men"ining "boqiy mohiyat"ga singib ketishiga oid so'fiylikning yetti bosqichi haqidagi majoziy hikoya bilan tugallanadi. Keyin syujet kulminatsiyasi - qushlarning safar so'ngida ko'zguda noma'lum Simurg'ning ko'zni qamashtiruvchi qiyofasini emas, balki o'z akslarini ko'rganlari haqidagi hikoya keladi. Doston xotimasi - lirik qismda (etti yuz misra atrofida) Navoiy o'zida bolaligidan boshlab Attor dostoniga nazira yozish orzusi bo'lganini, oltmish yoshga qadam qo'yganida esa ana shu niyatini qanday amalga oshirganini hikoya qiladi. Asar an'anaviy "ibtid oga qaytish" - Ollohga hamd bilan tugaydi.

XULOSA

Syujet rivoji o'zining epik vazminligi bilan ajralib ko'zga tashlanadi, u doimiy ravishda qoliplovchi hikoyatlar bilan "bo'linib" turadi, biroq ayni shu usul tufayli badiiy sintezning mo'jizasiga erishiladi: syujetga bevosita aloqador bo'lmagan, ko'pincha janriy lavhalardan iborat hikoyatlar dostonning alohida qismlarini bo'lib emas, balki birlashtirib turadi va uning takrorlanmas "kontra punkti" hamda maromini yaratadi. Dostonning bunday kompozitsion o'ziga xosligi tarjima paytida ma'lum vazn va marom tanlash masalasiga bevosita aloqadordir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Комилов H. Тасаввуф. -Тошкент: Ёзувчи, 1996.

2. Attor, Shayx Fariduddin. Mantiq ut-tayr (J.Kamol tarjimasi). - T.: Fan, 2006.

3. Navoiy, Alisher. Lison ut-tayr/ Navoiy, Alisher. To=la asarlar to=plami. Yigirma jildlik. O'n ikkinchi jild. - T.: Fan, 1996.

4. Turor Usmon. Tasavvuf tarixi (Nodirxon Hasan tarjimasi). - T.: Istiqlol, 1999.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.