Научная статья на тему 'SHARQ VA G’ARB ASARLARIDA QUSHLAR OLAMI PRAGMATIKASI'

SHARQ VA G’ARB ASARLARIDA QUSHLAR OLAMI PRAGMATIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
619
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pragmalingvistika / ornitologiya / Sharq va G’arb mumtoz adabiyoti / qush obrazi. / pragmalinguistics / ornithology / Eastern and Western classical literature / image of a bird.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bekmatova, Munisa

Mazkur maqolada Sharq va G’arb xаlqlаri mifologiyasi, folklori vа badiiy аdаbiyotidа qushlаr obrаziga murojaat qilinib, o’zbek, rus va fransuz asarlaridagi badiiy jarayonga qiyosiy e’tibor berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRAGMATICS OF THE WORLD OF BIRDS IN EASTERN AND WESTERN WORKS

This article refers to the image of birds in the mythology, folklore and fiction of Eastern and Western peoples, and gives comparative attention to the artistic process in Uzbek, Russian and French works.

Текст научной работы на тему «SHARQ VA G’ARB ASARLARIDA QUSHLAR OLAMI PRAGMATIKASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

SHARQ VA G'ARB ASARLARIDA QUSHLAR OLAMI PRAGMATIKASI

Munisa Bekmatova

Buxoro davlat universiteti 2-bosqich magistranti

Mazkur maqolada Sharq va G'arb хаЩап mifologiyasi, folklori уа badiiy аdаbiyotidа qushlar obraziga murojaat qilinib, o 'zbek, rus va fransuz asarlaridagi badiiy jarayonga qiyosiy e'tibor berilgan.

Kalit so'zlar: pragmalingvistika, ornitologiya, Sharq va G'arb mumtoz adabiyoti, qush obrazi.

PRAGMATICS OF THE WORLD OF BIRDS IN EASTERN AND WESTERN

WORKS

ABSTRACT

This article refers to the image of birds in the mythology, folklore and fiction of Eastern and Western peoples, and gives comparative attention to the artistic process in Uzbek, Russian and French works.

Key words: pragmalinguistics, ornithology, Eastern and Western classical literature, image of a bird.

ПРАГМАТИКА МИРА ПТИЦ В ВОСТОЧНЫХ И ЗАПАДНЫХ

ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

АННОТАЦИЯ

В данной статье речь идет об образе птиц в мифологии, фольклоре и художественной литературе народов Востока и Запада, уделено сравнительное внимание художественному процессу в узбекских, русских и французских произведениях.

Ключевые слова: прагмалингвистика, орнитология, восточная и западная классическая литература, образ птицы.

Pragmalingvistikani matnsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Har qanday badiiy matnda bir-birini taqazo etadigan izohtalab, mulohazalarga asos bo'ladigan detallar, badiiy kolorit va tasviriy bo'yoqdor unsurlar uchrab tuiradi. Biz qushlar umurtqali hayvonlar sinfiga mansubligini, Trias davrida yashagan sudralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligini, ularning ayrim morfologik belgilari va fiziologik xususiyatlariga ko'ra o'xshashligini, arxeologik qazilma qoldiqlari tarkibida ularning skiletlari topilayotganligini, tanalari g'ayrioddiy pat bilan

ANNOTATSIYA

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

qoplanganligini, patlarida issiqlikni saqlash bilan bir qatorda havo qarshiligini kamaytirib, havoda ko'tarilish imkoniyatiga ega ekanligini va hokazo kabilarni turli fanlar nuqtai nazaridan o'rganilayotganini bilamiz.1 Biroq qushlarning qachondan buyon adabiy obrazga ko'chganligi, har bir obrazning nutqi va leksikasi xususiyatlarini qiyosiy lingvistika nuqtai nazaridan hali o'ganmaganmiz. Shu sababli qush va qushsimon jonivorlarda pragmatik diskurs muammolari haqida to'xtalishni maqsad qilib qo'ydik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Odatda qushlarni o'rganadigan fan mavjudligini ham e'tibordan chetga qoldirish mumkin emas. Bu fan ornitologiya deb yuritiladi. Ornitologiya (qadimgi yunoncha ornis [ornis], "qush" va los [logos], "bilim" so'zlaridan) — zoologiyaning qushlarni o'rganadigan bo'limi ham qushlar olamini bevosita o'rganadi. Darhaqiqat, qushlarni kuzatish va ma'lumot to'plash har doim qulay usul bo'lib, hech qanday uskunani talab qilmaydi. Ko'pgina mamlakatlarda professional ornitologlar ham juda kam va shuning uchun ba'zan juda keng bo'lgan havaskor kuzatuvchilar tarmoqlariga tayanadilar. Zamonaviy ornitologiya turli xil amaliyotlarni, ya'ni zavqlanish uchun oddiy kuzatishdan tortib, ko'proq yoki kamroq ma'rifatli havaskor ornitologlar (qushlar ishqivozlari) tomonidan sevimli mashg'ulot sifatida shug'ullanadigan, yuqori darajadagi ilmiy tadqiqotlargacha bo'lgan turli xil amaliyotlarni birlashtiradi. Barcha holatlarda ornitologni faqat atrof-muhit bilan aloqada bo'lgan yovvoyi qushlar, uni yoki o'rganilayotgan mavzuni bezovta qilmasdan qiziqtiradi. Shunday qilib, qushlar turli fanlar ob'yektida turlicha talqin qilinadi.

Sharq va G'arb mumtoz adabiyotida ham qushlar timsoli va ular bilan bog'liq leksemalar muayyan darajada sintez qilingan. Jumladan, qushlar haqidagi sarguzasht asarlarda qushlar olami jahon xalqlari mifologiyasidan tortib hozirgi adabiyot holatigacha ko'plab katta ahamiyatga ega bo'lib, voqealar jarayonida to'satdan paydo bo'luvchi, qahramonlarga yordam beruvchi va vaziyatni keskin o'zgartiruvchi element sifatida talqin etiladi. Ular, asosan ilohiyot bilan insonlarning o'rtasidagi ko'prik sifatida, yuksaklik va osmon ramzi timsolida e'tirof etilgan.

Sharq adabiyotida qushlar talqini. Dunyo adabiyotida faqat ramziylik kasb etgan asarlar talaygina. Masalan, Hind eposi "Panchatantra", "Kalila va Dimna", arab xalqlarda "Ming bir kecha", o'zbek adabiyotida "Zarbulmasal" kabi asarlarni aytishimiz mumkin. Mazkur asarlarda hayvonlar va qushlar vositasida insonlarga xos xususiyatlar ifodalanadi.

1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Qushlar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Turkiy adabiyotda ramziy timsollar orasida qush obrazi alohida o'ringa ega. Bu borada alohida tadqiqootlar ham olib borilgan. A. Irisov, U. Sultonov, Z. Mamadaliyeva, Sh. Hasanovalarning ishlari shular jumlasidandir.

Qushlar vositasida yozilgan asarlar ham talaygina. Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" asarning vujudga kelishiga Fariduddin Attorning "Mantiq ut-tayr", Abu Ali ibn Sinoning "Risolat ut-tayr", Shahobiddin Suhravardiyning "Risolayi musammo ba safari Semurg'", Abu Hamid Muhammad G'azzoliyning "Risolat ut-tayr" asarlari va xalq og'zaki ijodining ta'siri katta bo'lganini aytish muhimdir. Chunki bu sohada e"ng avvalo Abu Ali ibn Sino ko'zga ko'rinadigan asar yozgan.

Ibn Sinoning "Risolatut-tayr" asari ikki xil nom: "Risolatut-tayr" (Qush risolasi) va "Kitobush - shabaka vat-tayr" (Tuzoq va qush kitobi) nomlari bilan yuritilgan. Albatta yuqorida nomlari sanab o'tilgan allomalarimizning dostonlari vujudga kelishida Ibn Sinoning mazkur risolasi bir turtki bo'libgina qolmay, Ibn Sinodan so'ng qush tili vositasida yaratilgan barcha asarlar maydonga kelishida sabab bo'lgan deyish mumkin. Shu jihatdan mazkur risola sharq adabiyotida keng tarqalgan qushlar haqidagi traditsion asarlarning kelib chiqishida muhim rol o'ynagan manba sifatida alohida diqqatga sazovordir. Buxoro muhandislik texnologiya instituti professori Navro'zova G. N. o'z maqolasida: "Tasavvufda ruh obrazi qushlar timisolida berilgan. Bunday nodir asarni birinchi bo'lib yozgan mutafakkir-Abu Ali Ibn Sinodir."-deb bunga alohida e'tibor qaratadi.3

Ibn Sino "Risolatut-tayr" qissasida xalq og'zaki ijodi namunalaridan ilhomlanib, insonlarning ruhlarini qushlar shaklida tasvirlaydi. Bu tasvirlash uning tibbiyotdagi bilimlariga ham asoslangan bo'lishi mumkin. Chunki zamonaviy tibbiyot ham inson ruhining o'limdan keyin qush misoli parvoz qilishini isbotladi. Abu Homid G'azzoliy ham Ibn Sino qissasining syujeti asosida asar yaratgan, va qushlarni umumiy ma'nodagi inson ruhi emas, balki tasavvuf yo'lidagi soliklarning Robbisini izlayotgan qalblari timsolida tasvirlaydi. Shu taxlit tasavvuf adabiyotida qush timsoli tangrisini izlayotgan solikning qalbi (ruhi) misolida qabul qilindi. Qarshi davlat universiteti dotsenti Qahhorova Sh. A. bu borada shunday fikr bildiradi: "Tasavvuf ta'limotida ilohiy ishq solik ma'naviy kamolotining eng yuqori bosqichi fano uchun dominant vazifasini o'taydi. Ishq oshiqni baqo olamiga olib boruvchi ol ov, Ishq solik shavqu zavqi, mushohada-mukoshifasini tezlastiruvchi kuch. Qalbda ishq olovi qanchalik kuchli bo'lsa, solik haqqa yetishmoq pog'onalaridan shuncha oson ko'tarila boradi."4

Zamonlar osha adabiyotda qushlar obrazi reallashib bordi. Ibn Sino davridan Bahovuddin Naqshband davrigacha O'rta Osiyoda din va tasaffuf, hadis va fiqh ilmlari rivojining cho'qqiga chiqqan davri edi. X-XV asrlarda qush obrazi tasavvufda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

solik ruhini ifodalashi zamon ruhiyati bilan bog'liqdir. Shu o'rinda aytish lozimki, "Qush tili" tipidagi dostonlar mualliflari o'zi ko'zlangan asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, Qur'on suralaridan oyatlar, hadislar keltirish, ibratomuz hikmatli so'zlar, matal, masallar, allegorik didaktik hikoyalar vositasda diniy-axloqiy tarbiya berishga harakat qilishgan. Shu bois asarlar tarkibiga kirgan deyarli barcha hikoyalar ham aynan shu maqsadga, ya'ni insonni Haq visoliga yetaklovchi kamolot bosqichlarini egallash orqali erishishi mumkinligiga qaratilgan. Keyinchalik afsonaviy qushlar o'rniga real qushlar qo'llanila boshlangan. Qush tili an'anasi hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.

XVIII asrda yashagan Mavlono Xoja Qozi Payvandiy Rizoiyning "Qush tili" asari ta'sir doirasida yaratilgan Nishotiyning "Qushlar munozarasi", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari, XX asrga kelib Omon Matjonning "Qush tili" dostonining yaratilishi uchun zamin bo'lganligi ma'lum.

Omon Matjonning "Qush tili" dostonidan ko'zlangan asosiy maqsad ustozlar an'analarni davom ettirgan holda, har bir o'quvchi e'tiborini allegorik didaktik hikoyalar orqali insonlarni iymon - e'tiqodli bo'lishga, xalqni ozod va erkin bo'lishga chorlashdan iboratdir. Jizzax davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi Sh. S. Ahmedova bu borada shunday fikr bildiradi: "Hech bir xalq adabiyoti o'zaro ta'sir, adabiy aloqalar jarayonidan mustasno holda rivojlangan emas. Shu o'rinda hech ikkilanmay aytish mumkinki, Omon Matjonning "Qush tili" dostoni ham shunday asarlar sirasiga kiradi. Hech kimga sir emaski, qushlar timsoli asosida ijtimoiy-falsafiy va tasavvufiy ma'nolarni ilgari surish Sharq adabiyotida o'ziga xos an'ana tarzida rivojlanib kelgan. Bu fikrimizning dalili sifatida Qur'on suralaridan oyatlar va juda ko'p hadislar keltirilganligi, ibratomuz hikmatli so'zlar, matal va masallarni o'z ichiga olganligini aytishimiz mumkin."2

Demak, aytish mumkinki, "Qush tili" turkumida yaratilgan asarlarning asosiy manbai qadimiy ildizga ega. Ular o'zining badiiy syujet darajasi shaklini olishga qadar uzoq va muayyan bosqichni bosib o'tib sayqallanib kelgan.

G'arb adabiyotida qush obrazini gavdalanishi.

Qush obrazi fransuz adabiyotida haqiqatan ham muhim ramz bo'lib, turli davrlarda qushlarning ramziy ishlatilishi juda qiziq. Bu obraz XII asrda yozilgan Mari de Fransning ikki she'ridan boshlab, XX asrda ijod qilgan Jak Prevertning butun bir ertaklar majmuasida qush obrazi badiiy koloriti mujassamdir. Mari de Frans qush timsolida sevgi va umidsizlikning boshlanishi va oxirini ifodalash uchun ishlatgan bo'lsa, Prever qush obrazi misolida inson o'z hayotining bir xilligidan o'zini

2 Ahmedova Sh.S "Omon Matjonning "Qush tili" dostoni genezisi", So'z san'ati xalqaro jurnali, 3 jild, 2 son,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

chalg'itishini, tabiat qo'ynida erkin parvoz etadigan qush kabi juda ahamiyatli ekanini isbotlaydi.

Rus adabiyotida qushlar osmon bolalari, tabiat kuchlarini ifodasi sifatida namoyon bo'ladi. Zamonlar osha ilohiy qiyofaga ega bo'lgan xayoliy qushlar haqiqiylari bilan almashtiriladi. Masalan, XVIII asr rus adabiyotiga shiddat bilan Yevropa adabiyoti harakati ta'sir etdi. Adabiy asarlarda erkinlikni tarannum qilish uchun qushlar va jonivorlarning turli xil tasvirlarini ifodalay boshlashdi. Asr boshida qushlar asosan tabiatni, asr o'rtasida his-tuyg'ularni, asrning oxirida hayvonlar va qushlar misolida odamlarning xatti-harakatlari tobora ko'proq tanqidgq olindi. Bunga Krilov masallarini ,isol qilish mumkin. Maksum Gorkiy qush obraziga murojaat qildi. Ayni shu asrda qush obrazi tasviri keng quloch yozdi. Maksim Gorkiyning "Lochin haqidagi qo'shig'I" birinchi marta 1899 yilda nashr etildi. Ushbu kitob dunyoning ko'plab tillariga, jumladan, eng kam uchraydigan tillarga ham tarjima qilingan. Qahramonning hayot, o'lim va baxt haqidagi falsafiy mulohazalari millionlab o'quvchilar qalbini larzaga solgan.

Asarning asosiy voqealari Qrimda, qariya cho'pon aytgan ertak harakati baland tog'larda sodir bo'ladi. Hikoyada Rahim ismli Qrimlik cho'pon o'zining yaqin do'stiga Lochin qushi haqida qo'shiq kuylab beradi. Yaralangan Lochin, uchish quvonchini his qilmoqchi bo'lib, har safar dara chetidan sakrab, toshlarga urilib tirik qoladi va oxiri dara tubida halok bo'ladi. Bu yerda Lochin - dovyurak, jasur, erkinlikni sevuvchi, ona tuprog'iga va barqarorlikka sodiq odamlarni ramziy ifodasi qilib gqvdqlqntirilgan. Uning " Chumchuqcha" hikoyasida esa ota-onaga itoat qilish, ularga ishonish, ularning mehr va g'amxo'rligini qadrlash, ulardan o'rnak olish, yaxshi maslahatlarga amal qilish, xatolarini tan olish va tuzatish minnatdorlik, kamtarinlik, ehtiyotkorlik, e'tiborli bo'lish, izlanuvchanlik, fidoyi bo'lish, hayot uchun kurashish ulug'langan.

Hikoyada bir juft chumchuq palapon ochib, ismini Pudik qo'yadi. Chumchuqcha juda baquvvat va qiziquvchan, bir joyda o'tira olmaydi. U hammom ustiga uya qurgan. Ota-ona chumchuqlar qurtlarni va boshqa oziq-ovqatlarni yig'ib, bolasiga olib kelishadi. Palapon olamni ko'rish uchun onasini gapiga quloq solmay, inidan chiqib erga tushadi. U hali kichkina, o'zini himoya qila olmaydi: xavf va tahdidga uchraydi. Uni darrov hovli mushugi payqab qolib, Pudikni ushlab olmoqchi bo'ladi. Biroq shu payt onasi kelib, uni butun vujudi bilan himoya qiladi. Vaqti kelib, Pudik uchib ketishga muvaffaq bo'ladi, biroq onasi dumsiz bo'lib qoldi. Bu yerda qushlar orqali har bir oiladagi vaziyat soddalik bilan, juda yorqin ifodalab berilgan.

O'zDJTU magistranti Toirov R.A. o'z maqolasida qush obrazi haqida shunday fikr bildiradi: "G'arb adabiyoti va mifologiyasida yer va osmon uzra parvoz etuvchi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

qushlar, ko'pincha xudolar xabarchisi sifatida tasvirlangan. Masalan, kabutarlar yunon mifologiyasida Astarte qushi, Afrodita, Venera, Muqaddas Ruh kabi mifologik obrazlarning shakllanishiga sababchi hamda vafot etgan kishilarning ruhi, o'lganlarning timsoli sifatida aks ettirilgan. Irland mifologiyasida Odin obrazi qarg'a timsolida gavdalantirilgan bo'lsa, turnalar Germes, Merkuriyning muqaddas qushi, Kelt mifologiyasida Oy qushi, burgutlar Zevs va Yupiter avlodlari sifatida talqin qilingan."3

Pingvinglarning adabiyotga kirib kelishida birinchi marta Anatol Frans mohirona xizmat ko'rsatgan. Uning pingvinlar timsoliga murojaat qilishiga 1497 yilda Hindistonga sayohati davomida portugaliyalik Vasko da Gamaning pingvinlar kashfiyoti haqidagi hujjatlar sabab bo'lgan. Unda Afrikaning janubiy qirg'oqlarida ko'rgan pingvinlar tasvirlangan edi va bu "Pingvinglar oroli" asarining paydo bo'lishiga zamin bo'ldi. Bu haqda Anatol Frans asar muqaddimasida shunday deydi: "Fransuzlar pingvinglarni altsid oilasiga tegishli arktika qushlari deb atashadi. Antarktika dengizi qirg'og'idagi sfenitsidlar oilasini esa manshotlar deb ataymiz. Biz bunday nomlashni, masalan, janob J. Lekuentni "Belgica" sayohati esdaliklarida uchratishimiz mukin. "Gerlah bo'g'ozida yashovchi qushlardan,-deb yozadi u, manshotlar katta qiziqish uyg'otadi. Ularni ba'zan yanglish tarzda janubiy pingvinglar deb atashadi.

Kattalar adabiyotida Yevropada bir necha bor nashr etilgan Andrey Kurkovning "Пикник Ha льду", Xeyzel Preyorning "Pingvinglar Veronikani qanday qutqarishdi?" asarlarini misol keltirishimiz mumkin. Bu ikkala asarda ham bizga tanish bo'lib, doimo hayotimizda duch keladigan muammolar yoritib berilgan.

Xulosa shuki, asrlar davomida ijodkorlar tomonidan qushlarning ramziy sarguzashtlari asosida yozilgan allegorik-falsafiy asarlarning yaratilishdan maqsad nima bo'lgan degan savol tug'ilishi tabiiy. Bizningcha, bu asarlarining yaratilishidan maqsad qiziqarli va ibratomuz hikoyalar orqali insonlarni diniy-axloqiy va tasavvufiy-g'oyaviy ruhda tarbiyalashga qaratilganligidadir.

REFERENCES

1. Abu Ali Ibn Sino. Qush hikoyati. Arab tilidan A. Irisov tarjimasi. Sharq yulduzi.

2. Ahmedova Sh.S "Omon Matjonning "Qush tili" dostoni genezisi", So'z san'ati, xalqaro jurnali, 3 jild, 2 son, Toshkent 2020

3. F. Attor "Mantiqut-tayr" (nasriy bayon), Toshkent 1997.

3 Toirov R.A. "Ingliz va o'zbek tillarida qush nomlarining leksik-semantik xususiyatlari", Tafakkur manzili, may 2022.

XULOSA

2015.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

4. A. France « L'il des Pingouins », 1908, Ebook: Free eLibrary "Original".

5. Navro'zova G.N. "Abu Ali Ibn Sino qush haqidagi risolasining mohiyati va tasavvufiy g'oyalarning rivojiga ta'siri"

6. Qahhorova, S. A. (2021). "MANTIQ UT-TAYR" VA "LISON UT-TAYR" DOSTONLARIDA ISHQ TALQINI. Academic research in educational sciences, 2(12), 1146-1151.

7. Toirov R.A. "Ingliz va o'zbek tillarida qush nomlarining leksik-semantik xususiyatlari", Tafakkur manzili, may 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.