Научная статья на тему 'QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARINING INNOVATSION SALOHIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LI'

QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARINING INNOVATSION SALOHIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qurilish materiallari / qurilish materiallari sanoati / innovatsion salohiyat / innovatsion salohiyat omili / korxonalarning innovatsion rivojlanishi / building materials / building materials industry / innovation potential / innovation potential factor / innovative development of enterprises

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xaydarova E’Zoza Shukurullaevna

Ushbu maqolada mamalakatimizda qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini ijtimoy-iqtisodiy mohiyati hamda qurilish materiallari sanoati korxonalarning innovatsion salohiyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillari tahlili keltirilgan. Bundan tashqari qurilish materiallari sanoatining innovatsion salohiyati rivojlanishining asosiy omillari bir qator jahon olimlarining ilmiy izlanishlari natijalari tahlil qilinib, muallif tomonidan ishlab chiqilgan modellar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE WAY OF EFFECTIVELY USING FACTORS AFFECTING THE INNOVATION CAPACITY OF BUILDING MATERIALS INDUSTRY ENTERPRISES

This article provides an analysis of the socio-economic significance of the innovative potential of enterprises of the construction materials industry in our country, as well as internal and external factors affecting the innovative potential of enterprises of the construction materials industry. In addition, the main factors in the development of innovative potential of the building materials industry are analyzed by the results of scientific research of a number of world scientists, and the models developed by the author are presented

Текст научной работы на тему «QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARINING INNOVATSION SALOHIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LI»

QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARINING INNOVATSION SALOHIYATIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO'LI

Xaydarova E'zoza Shukurullaevna

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti xaydarovaezoza55@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada mamalakatimizda qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini ijtimoy-iqtisodiy mohiyati hamda qurilish materiallari sanoati korxonalarning innovatsion salohiyatiga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillari tahlili keltirilgan. Bundan tashqari qurilish materiallari sanoatining innovatsion salohiyati rivojlanishining asosiy omillari bir qator jahon olimlarining ilmiy izlanishlari natijalari tahlil qilinib, muallif tomonidan ishlab chiqilgan modellar keltirilgan.

Kalit so'zlar: qurilish materiallari, qurilish materiallari sanoati, innovatsion salohiyat, innovatsion salohiyat omili, korxonalarning innovatsion rivojlanishi.

THE WAY OF EFFECTIVELY USING FACTORS AFFECTING THE INNOVATION CAPACITY OF BUILDING MATERIALS INDUSTRY

ENTERPRISES

Khaidarova Ezoza Shukurullaevna

Tashkent University of Architecture and Civil Engineering xaydarovaezoza5 5@gmail.com

Abstract: This article provides an analysis of the socio-economic significance of the innovative potential of enterprises of the construction materials industry in our country, as well as internal and external factors affecting the innovative potential of enterprises of the construction materials industry. In addition, the main factors in the development of innovative potential of the building materials industry are analyzed by the results of scientific research of a number of world scientists, and the models developed by the author are presented.

Keywords: building materials, building materials industry, innovation potential, innovation potential factor, innovative development of enterprises.

ПУТЬ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА ИННОВАЦИОННЫЙ ПОТЕНЦИАЛ

ПРЕДПРИЯТИЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ СТРОИТЕЛЬНЫХ

МАТЕРИАЛОВ

Хайдарова Эъзоза Шукуруллаевна

Ташкентский архитектуно - строителный университет xaydarovaezoza55 @gmail .com

Аннотация: В данной статье проводится анализ социально-экономической значимости инновационного потенциала предприятий промышленности строительных материалов в нашей стране, а также внутренних и внешних факторов, влияющих на инновационный потенциал предприятий промышленности строительных материалов. Кроме того, по результатам научных исследований ряда мировых ученых проанализированы основные факторы развития инновационного потенциала промышленности строительных материалов и представлены модели, разработанные автором.

Ключевые слова: строительные материалы, промышленность строительных материалов, инновационный потенциал, фактор инновационного потенциала, инновационное развитие предприятий.

KIRISH

Dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti integratsiyalashuvi va raqamlashuvining kuchayishi iqtisodiyot tarmoqlari innovatsion salohiyatidan foydalanish va uni samarali boshqarishning sezilarli darajada oshishini taqozo etmoqda. Innovatsion salohiyatni boshqarish nafaqat mamlakat, balki korxonalar darajasida ham samarali amalga oshirilishi talab etilmoqda. Muntazam o'zgarib boruvchi tashqi muhitda zamonaviy qurilish sanoati korxonalarining optimal rivojlanishi va faoliyatini ta'minlaydigan salohiyatga erishish mazkur yo'nalishdagi asosiy muammolardan biriga aylanmoqda. Innovatsion salohiyatdan foydalanish darajasini oshirish qurilish korxonalariga qo'shimcha raqobat ustunligini qo'lga kiritish va bozorda yetakchi o'rinlarni egallash maqsadida nafaqat texnologiyalarni, balki qurilish jarayonini tashkil etish usullarini ham takomillashtirish imkonini beradi. "Qurilish sanoati sohasi hozirda infratuzilma obektlari va sanoat loyihalaridan turar-joy hamda tijorat ko'chmas mulklariga o'tish davrini boshidan kechirmoqda. Bu esa yuqori sur'atdagi urbanizatsiyalashuv bilan bog'liq. Jumladan, dunyo miqyosida 2021-2025 yillar oralig'ida turar-joy va tijorat ko'chmas mulklari qurilishiga global xarajatlar taxminan 17 trillion dollarga o'sishi kutilmoqda". Bu esa beqaror ish sharoitida faoliyat yuritayotgan qurilish sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini

munosib baholash va samarali boshqarish masalalariga alohida e'tibor qaratishni talab etmoqda [1].

Raqamlashtirilgan iqtisodiyot sharoitida zamonaviy qurilish materiallari sanoatining rivojlanish darajasi, qurilish xom ashyosi, chiqindilar va sanoatdagi qo'shimcha mahsulotlarni tejamkor texnologiyalar orqali samarali ekologik toza qurilish materiallarini ishlab chiqarish va bozorni tuyintirishga bog'liq hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-may "Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4335 sonli qarorida qurilish materiallari sanoatiga innovatsiyalarni joriy qilish bo'yicha ilg'or xorijiy tajribalar va texnologik jarayonlarni har tomonlama o'rganish; yuqori tijorat salohiyatiga ega va ro'yobga chiqarishga tayyor bo'lgan istiqbolli startap-loyihalarni tanlash hamda har tomonlama qo'llab-quvvatlash; mamlakatimizning ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining ilmiy va innovatsion salohiyatidan keng foydalanish orqali yangi turdagi yuqori samarador qurilish materiallarini yaratishga qaratilgan maqsadli dasturlarni shakllantirish nazarda tutilgan [2].

ADABIYOTLAR TAHLILI

Qurilish materiallari sanoati turli xil funksional maqsadlar xususiyatlariga ega bo'lgan tizim va tuzilmalar asosidagi tadqiqotlarning muhim sohasini qamrab oladi. Mamlakatimizda qurilish materiallari sanoatiga bo'lgan yuqori talabni yo'l qurilishi va uy-joy qurilishi tarmog'ining rivojlanishi orqali ko'rish mumkin.

Qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion salohiyati muammolarining turli yo'nalishlari jumladan, uni takomillashtirish jihatlari bilan bog'liq jarayonlar xorijiy ilmiy maktab vakillari Y.Shumpeter, G.Mensh, J.Forrester, I.Ansoff, E.Dixtl, X.Xermgen, F.Kotler, D.Liti, K.Allen, D.Bell, P.Draker, B.Lundval, N.Mazur, N.Rozenberg, R.Nelsonlar tomonidan o'rganilgan."Innovatsion salohiyat" tushinchasi birinchi marta olim K.Frimenning ilmiy yondoshuvlarida aks etgan. Uning nazariyasiga ko'ra innovatsion salohiyat - bu amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslar majmuyi bo'lib, iqtisodiy sub'ektning innovatsion faoliyati hisoblanadi [3], [4].

Shuningdek olim I.S.Lukashov korxonaning "innovatsion salohiyati - bu korxonaning innovatsiyalarni yaratish va ulardan foydalanish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish qobiliyatini aniqlaydigan xususiyatlar majmudir"- deb ta'riflagan

[5].

Korxona innovatsion salohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, nazariy uslubiy jihatlari, innovatsion salohiyatni baholash hamda boshqarish mexanizmlari muammolari ko'plab iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida o'z aksini topgan.

Mahalliy iqtisodchi olimlardan Sh.N.Zaynutdinov "Innovatsion salohiyat mamlakatning texnika va texnologiyasi yangilanishi, unda ilmiy-texnika rivojlanishi darajasini, diversifikatsiya siyosatining kuchayishini anglatadi" deb ta'riflagan. Shuningdek, i.f.d. R.I. Nurimbetov fikriga ko'ra "Innovatsion salohiyat tushunchasi keng ma'nodagi mamlakatning fan, iqtisodiyot, texnologiya, tibbiyot, ta'lim va boshqa sohalarida ro'y berayotgan o'zgarishlar va yangiliklar majmuyini ifodalaydi." deb ta'riflagan [6].

METODOLOGIYA

Mavzuni ilmiy o'rganish, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida tizimli tahlil, ilmiy yondoshuvlardan foydalanilgan. Maqolada, qurilish materiallari sanoati korxonalari innovatsion salohiyat darajasi, ularga ta'sir qiluvchi omillarning rivojlanish tendensiyalarini ishlab chiqish va uning iqtisodiy tizimdagi ahamiyatiga mos ravishda ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimiz yashash muhitini yaxshilash, iqtisodiy - ijtimoiy muhitni zamon bilan hamohang bo'lishi qurilish sanoatining yuqori texnologiyali rivojlanishi bilan uzviy bog'liq. Natijada hududlarni qulay yashash va muvaffaqiyatli biznesning tizimiga aylantirish mumkin hisoblanadi. Qurilish kompleksining innovatsion rivojlanishi ya'ni milliy, mintaqaviy, tarmoq va korporativ innovatsion dasturlari va loyihalarini amalga oshirish davomida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olishi va qurilish sanoati korxonalarining innovatsion salohiyati va madaniyatini rivojlantirishi uchun iqtisodiy resurslardan maksimal foydalanish lozimligini ko'rsatadi.

Qurilish materiallari sanoati — bu qurilish sanoati uchun qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoatdir. Bu sanoat mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog'i bo'lib, turar-joy binolari va noturarjoy binolari: turar-joy, tibbiy, ma'muriy, ilmiy maqsadlar uchun, o'quv va ishlab chiqarish binolarini qurish unga bog'liqligi bilan ifodalaniladi.

Qurilish materiallari sanoati xalq xo'jaligining deyarli barcha tarmoqlari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, zavod va fabrikalar, uy-joylar, yo'llar va irrigatsiya inshootlari qurilishi hajmi ortishi bilan qurilish materiallariga bo'lgan ehtiyoj ham oshib boradi. Bu esa qurilish materiallari sanoatiga innovatsiyalarni jalb qilishni talab qiladi.

Qurilish materiallari sanoati korxonalari innovatsion salohiyat darajasi ma'lum bir omillar ta'siri natijasida shakllanadi va rivojlanadi. Korxona innovatsion salohiyatini boshqarish ob'ektiv har tomonlama tadqiq etish natijasida unga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirish muammosi dolzarb hisoblanib, yetarlicha ishlab chiqilmagan. Innovatsion salohiyatni murakkab tizim

sifatida tasniflash uning asosiy tizimli xususiyatlarini aks ettirishi lozim deb hisoblaymiz. Shundan kelib chiqib, innovatsion salohiyat - bu qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion salohiyati tahlil obektining retrospektiv va perspektiv analitik ko'rsatkichlarini baholash mezonlari tizimi sifatida manfaatdorlikning ortib borishi orqali moliyaviy, ishlab chiqarish, mehnat, marketing, boshqaruv va ehtimoliy salohiyat turlarining umumiy qobiliyatlari yig'indisi sifatida ta'rifladik. Shuningdek innovatsion salohiyat omili deganda, korxona innovatsion salohiyati o'sishining jadalligi va tavsifiga ta'sir o'tkazuvchi shartlar, sabab va iqtisodiy ko'rsatkichlarni tushunamiz. Korxonalarda innovatsion jarayon, ko'plab omillarning o'zaro ta'siri natijasi sifatida maydonga chiqadi.

Dunyo iqtisodchi olimlari qurilish materiallari sanoati korxonalarning innovatsion salohiyatiga ta'sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni o'z ilmiy izlanishlarida bir necha turlarga ajratib amaliyotga tadbiq qilishgan. Ular tomonidan qurilish materiallari sanoati korxonalarning innovatsion salohiyatiga ta'sir qiluvchi ichki va tashqi omillar o'zaro farqli ravishda innovatsiyalarni yaratilishi, innovatsion salohiyatning o'sishi, rivojlanishi kabi ta'riflar bilan boyitilgan.

Qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini boshqarish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, innovatsion salohiyatga ta'sir qiluvchi omillarning samarasi, moliyaviy resurslar hajmi va investitsiyalar qiymati hamda ularning o'z vaqtida kelib tushishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Hozirgi zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning innovatsion salohiyatini boshqarish zarurati mavjud salohiyat turlaridan samarali foydalanishda sabab-oqibat munosabatlarini o'rnatishni talab qiladi. Korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish barcha bosqichlarida ularning innovatsion salohiyatini, xususan uning sifat ko'rsatkichlarini oshirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlashda samarali boshqaruv tizimini tashkil etish lozim. Korxonalarning innovatsion salohiyatini boshqarish barcha mavjud salohiyat turlarini, jumladan ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat, marketing, boshqaruv va ehtimoliy salohiyat turlarini boshqaruv tamoyillari, funksiyalari va shakllari asosida tashkil etish demakdir.

O'rganishlarimizdan kelib chiqib, qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatiga ta'sir qiluvchi asosiy omillari quyidagilar deb hisoblaymiz: moliyaviy salohiyat; ishlab chiqarish salohiyati; marketing salohiyati: mehnat salohiyati; boshqaruv salohiyati va ehtimoiy salohiyat.

1-rasm. Korxonalarning innovatsion salohiyatini boshqarishga ta'sir qiluvchi

ichki va tashqi omillar[7]

Islohatlarimiz shuni ko'rsatadiki, korxonaning innovatsion salohiyatiga ta'sir qiluvchi ichki omillar tarkibi sifatida moliyaviy salohiyat, ishlab chiqarish salohiyati, marketing salohiyati, mehnat salohiyati va boshqaruv salohiyatilardan iborat bo'lib, tashqi omil sifatida ehtimoliy salohiyatni ko'rsatganmiz (1-rasm).

XULOSA VA TAKLIFLAR

Qurilish sanoatiga joriy qilingan innovatsion texnologiyalarning global tendensiyalarining asosiy yo'nalishi bugungi kunda innovatsion salohiyatni rivojlantirishga yo'naltirilgandir. Fikrimizcha qurilish sanoati korxonalarning innovatsion salohiyatiga ta'sir qiluvchi omillardan samarali foydalanish uchun shart - sharoitlarni ta'minlaydigan sog'lom muhitni ishlab chiqish, boshqarish va nazoratni tartibga solishni taklif etamiz.

Moliyaviy salohiyat korxonaning rivojlanish yo'nalishlarini eng samarali amalga oshirishga imkon berishi uchun moliyalashtirish manbalarini bozordagi mavqeini o'rgangan holda innovatsiyalarning foydaliligini oshirishda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, muayyan investitsiya loyihasi uchun qo'shimcha aksiyalar, obligatsiyalar chiqarish hamda investitsiya loyihasi amalga oshirilgandan so'ng investorga foyda ulushini o'tkazib berish sharti bilan investorlarning mablag'larini ulushli moliyalashtirishni keng jalb qilish orqali erishiladi.

Ishlab chiqarish salohiyati eng avvalo ehtiyot qismlarga talabning ortishi va yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali, yangi turdagi mahsulotlarni zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqarishni taklif qilamiz.

Mehnat salohiyatni oshirish uchun mavjud kadrlarni salohiyatini tahliliy baholab, tahlil natijalari past chiqqan xodimlarni qayta o'qitishni tashkil etish, qayta o'qitish xarajatlarining ulushini ko'paytirish, shuningdek xodimlarni mavjud professional guruhlarga individual va qiyosiy grafiklar tuzib biriktirishni tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Shu orqali qurilish materiallari sanoati korxonalarining mahsulot sifatining oshishiga hamda malakali muxandis-texnik xodimlarning hissasini oshirishga erishiladi.

Marketing salohiyati - marketing strategiyalarini ishlab chiqib, xom ashyo bazasi, infratuzilmalar, mehnat va boshqa resurslar bozori mavjudligini inobatga olib, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni mahalliy bozorga joylashtirishni tashkil etishi zarur.

Qurilish sanoati korxonalarining boshqaruv salohiyatini texnologik rivojlantirish bo'yicha maqsadli dasturlar va dasturlarning rolini oshirish, ular innovatsion mahsulotni joriy etish hajmi va yo'nalishlari bo'yicha muvozanatli innovatsion tizimning elementlari sifatida qaralishi davlat tomonidan, qurilish

materiallari sanoati sub'ektlarining innovatsion faolligini rag'batlantiradi deb hisoblaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Обзор мировой строительной отрасли. Прогноз на 5 лет / URL: https://promo.severstal.com/digest/construction/tpost/8m15v4idue-obzor-mirovoi-stroitelnoi-otrasli-progno#:

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 may "Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ- 4335 sonli qarori.

3. Аллен К. Продвижение новых технологий на рынок. - М.: БИНОМ. Лаборатория знаний, 2009. - 455 с.; Bell, D.G. Knowledge markets and communities: two approaches for supporting product development teams. Invited talk at the Fordham Graduate School of Business CEUG Consortium. / D.G. Bell; 2011. -New York, NY.; Lundvall, B.A. National Systems of Innovation: Towards a Theory of Innovation and Interactive Learning / B.A. Lundvall. London: Pinter Publishers, 2002;

4. freeman c.the national system of innovation historical perspectives. cambridge journal of economics,1995.vol.19.№1

5. И.С. Лукашов "Факторы формирования инновационного потенциала предприятия" Научно-технические ведомости СПбГПУ 4' 2012. Экономические науки

6. Nurumbetov R.R. Innovatsion salohiyat - zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirish poydevori. BIZNES-EKSPERT. 2017. №5. 46-56 b.

Xaydarova E.Sh "Qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion salohiyatini boshqarish samaradorligini oshirish" nomli dissertatsiyasi. 2024 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.