Научная статья на тему 'INNOVATISON FAOLIYATNI BAHOLASHNING AHAMIYATI'

INNOVATISON FAOLIYATNI BAHOLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
131
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / innovatsion faoliyat / innovatsion salohiyat / baholash

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Hamrokulov Ulugʻbek Abdurahmatovich

Jahonning rivojlangan davlatlari qatoriga chiqishda innovatsion faoliyatni olib borishning muhimligi ochib berilgan boʻlib, faoliyatni baholab borish, taxlil qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish muhim ahamiyat kasb etishi yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INNOVATISON FAOLIYATNI BAHOLASHNING AHAMIYATI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

INNOVATISON FAOLIYATNI BAHOLASHNING AHAMIYATI Hamrokulov Ulug'bek Abdurahmatovich

Andijon Davlat Universiteti Tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10142372

Annotatsiya. Jahonning rivojlangan davlatlari qatoriga chiqishda innovatsion faoliyatni olib borishning muhimligi ochib berilgan bo'lib, faoliyatni baholab borish, taxlil qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish muhim ahamiyat kasb etishi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion salohiyat, baholash.

Bugungi davr innovation texnologiyalar davri hisoblanadi. Mintaqa, davlatlar va yoki kompaniyalarning rivojlanishi bevosita innovatsiyalardan keng miqyosda foydalanishga bog'liq bo'lib qoldi. Hudud yoki kompaniyalarning innovatsion faoliyatni samarali tashkil qilishi ularning rivojlanishining asosiy omiliga aylanib ulgurdi. Shu bilan birgalikda innovatsion menejment boshqaruvda yangicha boshqaruv sifatida kirib keldi. Hudud va yoki kompaniyalarning innovatsion salohiyatini doimiy oshirib borish innovatsion menejmentning bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Buning uchun albatta innovatsion jozibadorlik talab etiladi. Bu esa innovatsion faoliyat yuritishning shart-sharoitlarini shakllantiradi. Innovatsion jozibadorlik muhitni baholash orqali olingan ko'rsatkichlarni darajasiga qarab shakllanadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda innovatsion muhitni baholashga sharoit yaratish hamda baholashni tashkil qilish innovatsion faoliyat yuritish bo'yicha xulosalar chiqarish imkonini beradi. Bu esa innovatsion jozibadorlikni oshiradi.

Innovatsion faoliyatni baholash yuzasidan ko'plab xorijiy olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borgan bo'lib, jumladan, R.Fatxutdinov[1], E.Korshunova, E.Ilichyova[2], E.Laptepova[3], S.Chjan[4], O.Belozerova[5] va boshqalarning tadqiqot ishlarida innovatsion salohiyat mazmuni, tarkibi va uni baholash uslubiyatlarini tadqiq etilgan.

Mintaqaning rivojlanishi bevosita unga kiritiladigan investitsiyalar hajmi bilan bog'liq bo'lib, hududning investitsion va innovatsion muhit holati investorlar uchun juda muhim. Investorlar xalqaro reyting agentliklari tomonidan e'lon qilinadigan reyting ko'rsatkichlariga qarab loyihalarni moliyalashtiradi.

Respublikada ham xalqaro reyting agentliklari ko'srsatkichlari hususan 2026-yilga kelib mamlakatimiz Global innovatsion indeks reytingi bo'yicha jahonning 56 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishishni bosh maqsad[6] qilib belgilab olinganligi ham respublikamizda innovatsion rivojlantirish boshqaruvning startegik ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligini tasdiqlaydi. Jahon Intelektual mulk tashkiloti(WIPO)ning Global Innovatsion rivojlanish indeksi orqali har yili davlatlarning innovatsion rivojlanish indeksi hisoblab ularning reytinglari ma'lum qilib kelmoqda.

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning yangi bosqichida iqtisodiyotni barcha dunyo mamlakatlari va kompaniyalari uchun keng ochilganligi mintaqamiz bozorlarida horijiy korxonalarning ishtiroki keskin raqobat muhitini yuzaga keltirmoqda. Iqtisodiyotning real sektorida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasi, ilm-fan, ta'lim va sanoat o'rtasidagi hamkorlik aloqalari nisbatan past bo'lib qolayotgani[7] innovatsion faoliyatni rivojlanishida asosiy ta'sir qiluvchi omillardan biri bo'lib qolmoqda.

Zamonaviy innovatsion menejmentning asosiy funksiyalaridan biri boshqaruvning barcha darajasida tashkil qilingan faoliyatni monitoring qilish bo'lib, faoliyatni tahlil qilish va baholash

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

orqali belgilangan strategik rejalar bo'yicha davom etishni taminlash hisoblanadi. Shu sababdan barcha darajadagi boshqaruvda faoliyatni baholash juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Respublikada innovatsion faoliyatni olib borish uchun quyidagi sharoitlar yaratildi:

Innovatsion faoliyatning huquqiy asosi yaratilgan bo'lib, innovatsion jozibadorlik shakllanmoqda;

Davlat siyosatining barcha sohalardagi ustuvor yo'nalishlari innovatsion faoliyat bilan bevosita bog'langan;

Innovatsion faoliyat olib borish uchun barcha resurslar (tabiiy, inson, intelektual) mavjud bo'lib, ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik ishlanmalar o'rtasida uzviy aloqalarni mustahkamlash zarur.

Raqamli iqtisodiyotga o'tish munosabati bilan faoliyatlar

Yuqorida sanab o'tilgan omillar innovatsion rivojlanishga bevosita ta'sir etadi. Shunday bulsada birinchi navbatda xodimlar salohiyati(intelektual salohiyatli kadrlar) barcha elementlarni yurgizdiruvchi subekt sifatida dolzarbdir.

Kadrlarning innovatsion salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga zarur sharoitlarni yaratib, ularning innovatorligini oshirish orqali jamiyat, hudud va yoki kompaniyalarning innovatsion salohiyatini barqaror rivojlantirish mumkin.

Faoliyatni baholash boshqaruvning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanib, qaysi bo'g'inlarda belgilangan darajada ishlamayotgan elementlar aniqlanib, bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Shundan kelib chiqib barcha darajadagi boshqaruvni samarali borishini faoliyatni baholash orqali ta'minlash mumkin bo'ladi.

Respublikamizda yaratilgan muhit va sharoitlar hamda ularga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganib quyidagi hulosalarga kelindi.

Birinchidan, Respublikamizda qulay investitsion-biznes muhitini yaxshilash, innovatsion faoliyat huquqiy asoslarini takomillashtirish,

Ikkinchidan, innovatsion faoliyatni rivojlantirishni yangi daraga olib chiqishda, start up loyihalar, ilmiy-texnik ishlanmalarni moliyalashtiruvchi fondlarning moliyaviy resurslarini ko'paytirish hamda moliyalashtirish darajasini oshirish,

Uchinchidan, innovatsion faoliyatni rivojlantirishni yangi daraga olib chiqishda, start up loyihalar, ilmiy-texnik ishlanmalarni bajaruvchi ishtirokchilar salmog'ini keskin oshirish, ularning qiziqishlarini ko'tarish;

To'rtinchidan, faoliyat yurituvchi biznes subektlari tomonidan taqdim qilinadigan statistik hisobotlar tarkibini qayta ishlab chiqib, xalqaro reytingda ishlatiladigan aniq va real ko'rsatkichlarni hisobotlar tarkibiga kiritish hamda shu asosda hisobotlar taqdim qilinishini ta'minlash;

Statistika va tahlil, analiz qiluvchi organlarida faoliyat yurituvchi hodimlarni bilim va malakalarini doimiy oshirib borish, bunda xalqaro reyting agentliklari bilan o'zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.

Yuqorida sanab o'tilgan masalalarni yechish orqali respublikamizda yaratilgan qulay investitsion va innovatsion muhit hamda ularning shaffofligini tasdiqlaydigan axborotlar bilan barcha investorlar hususan, horijiy investorlarni xabardor qilib, iqtisodiyotga jalb qilinadigan investitisyalar hajmini ortishiga olib kelingan bo'lar edi. Horijiy investitsiyalar oqimining ko'payishi mintaqamizda barcha sohalarda innovatsion faoliyatni faol olib borilishiga asosiy omil bo'ladi. Investitsiyalar hajmi moliyaviy resurs sifatida innovatorlik faoliyatini qo'llab quvvatlaydi.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

REFERENCES

1. Р.А.Фатхутдинов. Инновацион менеджмент.Учебник для вузов. 6-изд.Питер-2011. 292 стр.

2. Коршунова Е.Д., Ильичёва Е.С. Методологический подход к оценке инновационного потенциала промышленного предприятия // Известия Оренбургского государственного аграрного университета. 2012. № 4 (36).

3. Е.Лаптева.Диссерт.Развитие методов оценки инновационного потенциала промышленных предприятий. Саратов-2014.

4. С.ЧЖАН.Диссерт.Оценка и управление инновационным потенциалом предприятия угольный промышленности. Санк Петербург-2017.

5. О.Белозёрова.Диссерт.Совершенствование механизма управления инновационным потенциалом коммерческой организации. Ставрополь - 2019.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.07.2022 yildagi "2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.07.2022 yildagi "2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.