Научная статья на тему 'QUR’ONI KARIM, TASSAVVUF TA’LIMOTI VA SEMANTIK-FUNKSIONAL NUTQIY HOSILALAR UYGʻUNLIGI'

QUR’ONI KARIM, TASSAVVUF TA’LIMOTI VA SEMANTIK-FUNKSIONAL NUTQIY HOSILALAR UYGʻUNLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qur’oni Karim / tassavvuf / shariat / tariqat / ma’rifat / haqiqat / tasavvuf / zikr / obid / orif / shayx / nutqiy konfiguratsiya / teonimlar / lеksik qоtishmа / lеksik-sеmаntik kоnfiguratsiya. / Qur'an / Sufism / Sharia / Tariqat / enlightenment / truth / Sufism / Zikr / Obed / Arif / Shaykh / speech configuration / theonyms / lexical combination / lexical-semantic configuration.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bobokalonov, Ramazon Rajabovich, Narzullayeva, Dilfuza Bafoyevna

Ushbu maqolada Qur’oni Karim, tassavvuf ta’limoti va semantik-funksional shakllangan nutqiy hosilalar uygʻunligi haqida olib borilayotgan tadqiqot yuzasidan ma’lumot berilgan. Mavzuni o’rganish jarayonida bilish nazariyasining mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan foydalanilgan. Zamonaviy tilshunoslikda semantik-funksional nutqiy hosilalarning Qur’oni Karim va tasavvuf ta’limoti bilan uyg’unligi ilk marotaba o’rganilmogda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HARMONY OF THE QUR'AN, MYTHIC DOCTRINE AND SEMANTIC-FUNCTIONAL SPEECH DERIVATIVES

This article provides information on the ongoing research on the harmony of the Qur'an, the doctrine of Sufism, and semantically-functionally formed speech derivatives. In the process of studying the topic, the methods of logic, historicity, consistency and objectivity of the theory of knowledge were used. In modern linguistics, the compatibility of semantic-functional speech derivatives with the Qur'an and the teachings of Sufism is being studied for the first time.

Текст научной работы на тему «QUR’ONI KARIM, TASSAVVUF TA’LIMOTI VA SEMANTIK-FUNKSIONAL NUTQIY HOSILALAR UYGʻUNLIGI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

QUR'ONI KARIM, TASSAVVUF TA'LIMOTI VA SEMANTIK-

FUNKSIONAL NUTQIY HOSILALAR UYG'UNLIGI

Bobokalonov Ramazon Rajabovich,

Buxoro davlat universiteti, Fransuz filologiyasi kafedrasi,

filologiya fanlari doktori, professor Narzullayeva Dilfuza Bafoyevna,

Buxoro davlat universiteti, Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Qur'oni Karim, tassavvuf ta'limoti va semantik-funksional shakllangan nutqiy hosilalar uyg'unligi haqida olib borilayotgan tadqiqot yuzasidan ma 'lumot berilgan. Mavzuni o 'rganish jarayonida bilish nazariyasining mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan foydalanilgan. Zamonaviy tilshunoslikda semantik-funksional nutqiy hosilalarning Qur 'oni Karim va tasavvuf ta'limoti bilan uyg'unligi ilkmarotaba o 'rganilmogda.

Kalit so'zlar: Qur'oni Karim, tassavvuf, shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat, tasavvuf, zikr, obid, orif, shayx, nutqiy konfiguratsiya, teonimlar, hksik qоtishmа, lеksik-sеmаntik kоnflguratsiya.

This article provides information on the ongoing research on the harmony of the Qur'an, the doctrine of Sufism, and semantically-functionally formed speech derivatives. In the process of studying the topic, the methods of logic, historicity, consistency and objectivity of the theory of knowledge were used. In modern linguistics, the compatibility of semantic-functional speech derivatives with the Qur'an and the teachings of Sufism is being studied for the first time.

Key words: Qur'an, Sufism, Sharia, Tariqat, enlightenment, truth, Sufism, Zikr, Obed, Arif, Shaykh, speech configuration, theonyms, lexical combination, lexical-semantic configuration.

Qur'oni Karim va tassavvuf tariqatlari o'rtasida uzviy bog'liqlik va ajratib bo'lmas aloqadorlik - mavjud. Qur'oni Karim bevosita va tassavvuf ta'limoti bilvosita Allohni zikr etish amaliyotiga ta'sir o'tkazib, inson ruhiyatini ijobiy tarafga o'zgartiradi. Inchunin, Qur'oni Krim Аllоhni zikr etishning birinchi vositasidir. Tassavvuf tariqatlari esa Qur'oni Karim zamirida paydo bo'lgan ilmiy-irfoniy natijalar zaminida shakllangan diniy peshvolarning nazariy natijalari mahsuli bo'lib, ularda ma'naviy yetuklik, ruhiy poklik, nafsni jilolash, ezgulik yo'lini tutish orqali Alloh visoliga erishish tarannum etiladi. Tassavvuf ta'limotida Allohni zikr etish

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Qur'oni Karimga nisbatan farqli jihatdan asoslanadi. Zikr - so'zlash, bayon qilish, xotirlash, yod aylash, xotirdagini unutmaslik ma'nolarini anglatadigan arabcha kalima. Unda insonning kamolotiga erishish nuqtasi Alloh, Aloh zikrini bir nafas ham unutmaslik zaruriyati olg'a suriladi. Tassavvuf Alllohga ishonish bilan bir qatorda fikrlashni talab etadi. Chunonchi, Hoja Bahouddin Naqshbandning ta'limotida ham zikr masalasida quyidagi ta'kid-o'lchamlar uchraydi:

1. Qalblarning buyukligi aslida bir. Lekin ulardagi bilimning kattaligi farqli... (Allohni bilish qudratiga ega bo'lish) ;

2. Orifning qalbidek keng va katta bo'lgan boshqa narsa yo'q. Yer va osmonlar Orifning qalbiga bir nuqta kabidir ... . (Allohni bilish uchun qabrgacha ilm izla) ;

3. Yigirma yildir rangim va sifatim yo'qdir. Ham birortasi meni bilmoqni istasa, shu unda ham rangim, sifatim ma'lum emas... (Allohni bilmak istagi faqat o'zing uchundir) ;

4. Biz suyukliga etkarishga vositamiz. Yo'lga kirganlarga lozimdirki, oqibat bizdan ayrilib, suyukliga yetishsinlar ... . (Alloh bu olamni yaratib amonat qilib bergan, uni o'z egalariga etkazish burchimizdir) ;

5. Bu yo'lda menga faqirlik katta yordam qildi. Bizni faqirligimiz tufayli bu eshikdan ichkariga oldilar. Nimaga erishgan bo'lsam, shu sifatim bilan erishdim... (Alloh yo'lida faqir bo'lsang, kabir bo'lasan).

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarixdan ma'lumki, Allohni bilish va zikr qilishga bo'lgan intilishlar shariat bilimlaridan ustun bo'lishni talab etgan. Diniy-irfoniy ilmlar qatorida tassavvuf ta'limoti islom dini asoslarini tushunishga yo'l ochib bergan. Tasavvuf Alloh yo'lida sobit insonning holidan darak beruvchi ilmiy-irfoniy bilimlar majmuidir. Chunonchi: "Tasavvuf qalbni sof tutish, yomon xulq-atvordan poklash va yaxshi axloq bilan bezatish deganidir. Tasavvuf hol ishi bo'lgani uchun buni boshidan kechirgan odamlargina biladi" [1, 13]. Taniqli tasavvufshunos olim N.Komilov ta'kidlaganidek: «Tasavvuf, bir tomondan, din va shariat, ikkinchi tomondan, falsafa va hikmat ilmi bilan bog'liq holda rivojlanib kelgan o'ziga xos ta'limotdir [2, 45].

"Tassavvuf yo'lini tutgan kishi barcha xudbinlik va razolat, falokat va ma'naviy xalokatning sababchisi nafsga qarshi isyon ko'taradi. Inson yoxud musulmon o'zini tubanlik botqog'idan chiqarib, dunyo muhabbatidan voz kechadi, faqatgina Alloh muhabbatiga ko'ngil bog'laydi. Buni so'fiylikda insonning o'zligini anglash yo(li deb qaraladi va nafs haqida rang-barang ta'riflar uchraydi »[1, 15].

«Tasavvuf ahli o'z darajalariga ko'ra tasavvufni turlicha ta'riflaganlar. Ba'zilarini quyida keltiramiz:

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

— Tasavvuf dinning amrlariga bo'ysunib, taqiqlaridan saqlanib qalbini yomon axloqdan poklab, yaxshi axloqqa to'ldirmoqdir.

— Tasavvuf o'lmay turib o'la olish holatidir.

— Tasavvuf taqdiriga rozi bo'lmoqdir.

— Tasavvuf namoz, ro'za va kechalari ibodat qilish degani emas. Bularni bajarish har bir musulmonning qullik vazifasidir. Tasavvuf insonlarni ranjitmaslikdir. Buni uddalagan kishi vosil bo'ladi, ya'ni maqsadiga qovushadi.

— Tasavvuf insonni ibodatlarda kerak bo'ladigan ixlosga va insonlar bilan munosabatda kerak bo'ladigan go'zal axloqqa erishtiruvchi yo'ldir. Insonlarga bu yo'lni faqat murshidi komillar o'rgatadi.

— Tasavvuf Rasulullohning muborak qalbidan chiqib, avliyolarning qalblariga keladigan ilmlardir.

— Tasavvufning yetti yuzdan ortiq ta'rifi bor. Lekin asosi hammani muhimdan avvalroq bajarish demakdir. Ya'ni qilinishi muhim bo'lgan amal va ishlar ichidan eng muhimini ajrata olish va bajara olish san'atidir» [2, 14]. Bu nazariy tushunchalarni XV asr adabiyoti namoyandalari ijodida uchratish mumkin [5; 7].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tassavvuf ta'limotida Zikr kesimida "musulmon, obid, orif va shayx" iyerarxik darajalanish mavjud. Bular shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat iyerarxik darajalanish bosqichlari bilan uyg'undir. «Tassavvuf ta'limotida Shariat bosqichida mo'min-musulmon farz amallarini bekamu-ko'st amalga oshiradi. Tariqat bosqichida murid (obid - ibodat qiluvchi) lar aqlan o'z ixtiyorini butunlay pirlari - murshidlar (shayx, ustozlar) ixtiyoriga topshiradi. Ma'rifat bosqichida irfon sohibi (so'fiylar nuqtai nazarida Allohning tuhfasi irfon ilmdan ustun turadi), ya'ni oriflar borliqning birligi Xudoga singish va birikishni, yaxshilik va yomonlikning nisbiyligini aql bilan emas, qalb bilan anglab etishadi. Haqiqat bosqichida zohid «shaxs sifatida tugab», Xudoga singib abadiylikka erishadi. »[1, 21]

Professor Najmiddin Komilov tariqatda maqomot va hol tushunchalarini shayx Abunasr Sarroj fikri misolida yaxshi izohlab bergan. Unda maqomot bosqichlari qisqacha shunday:

1. Tavba - qaytish demak, ya'ni kamolotga, oliy axloqiy sifatlarga qaytish. Tavbaning haqiqati shuki, solik Xudoga etishish yo'liga g'ov bo'ladigan jamiki narsalardan qaytishga qasamyod etadi, butun intilishi, tavajjuhini Ollohga qaratadi, avvalgi hayot tarzidan butunlay voz kechadi.

2. Vara' - so'zining ma'nosi parhez, taqvo bo'lib, bulg'anishlardan, ma'naviy zarar keltiradigan shubhalardan, ko'ngil man' etgan jamiki narsalardan parhez qilish, tama' qilishdan saqlanish.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

SHayx Shibliy vara'ning uch ko'rinishi: "til vara'i, ya'ni tilni bema'ni gaplar uchun ishlatmaslik, g'iybat-tuhmatga berilmaslik; koiz vara'i - shubhali narsalardan saqlanish, g'aliz shakllarga boqmaslik; qalb vara'i, ya'ni past himmatni tark etish va noxush qiliqlarni qilmaslik"ni ko'rsatgan. Abubakr Shibliy (859-946) o'z davrining ko'zga ko'ringan ulamolaridan, Mansur Xallojning (858-922) shogirdi, so'ng Junayd Bag'dodiy qo'lida ta'lim olgan. SHayx SHibliy ziyoratgohi hozir Qarshi shahrining sharqiy-janubiy qismida SHilvi qishlog'ida joylashgan. Farididdin Attor Nishopuriyning "Ilohiynoma" kitobida, Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat" asarida, Abdurahmon Jomiy "Bahoriston"ida ham "Shibliy — Abubakr Muhammad ibn Xalaf arab tilida ijod qilgan tasavvuf shoiri, o'zi O'rta Osiyo (Buxoro)dan chiqqan. 945 yilda Bag'dodda vafot etgan" degan ma'lumotlar bor [3].

3. Zuhd - vara'ning davomi, bu ham parhez qilish. Ammo bunda taom va ichimlikdan saqlanish, halol va haromni ajratish tushuniladi. Zuhd so'fiy uchun dunyo va oxirat tarki - dunyo moliga ega bo'laman deb intilmaslik.

4. Faqr ma'nosi - qashshoqlik, benavolik, kamsuqumu kamtarinlik, ulug'vor ilohiy mohiyat kasb etish. Bandalikni sidqidildan oliy darajada bajo keltirish, bandalikdan sharaf topish. Alloh nazdida o'zini zarra, balki zarradan ham kam deb hisoblash.

5. Sabr - toqat, chidam. So'fiylar tilida qiyinchiliklardan shikoyat qilmaslik, Xudodan boshqaga nola-iltijo qilmaslik. Sobir (sabr etuvchi) o'zini balo girdobiga solib, balolardan qo'rqmaydigan odam. Nafs sabr orqali jilovlanadi, toatdan halovat topish ham sabr bilan amalga oshadi.

6. Xavf - qalbning ishonchdan, iymon amnidan chiqishi, ikkilanish, tahlika. Vaqtinchalik shayton nayrangi ham ko'ngilga xavf-qo'rquv soladi. Solik azobdan emas, balki makrdan, nafs makridan qo'rqadi.

7. Rajo - umidvorlik. Qalbning kelajakda Mahbub vasliga etishidan umidvorligi, xavfdan qutulish umidi, dil sog'inchi va intiqliklari.

8. Tavakkul - barcha yaxshi-yomon hodisalarni Xudo karomatidan deb bilish, kullan Parvardigorga suyanish, undan qo'rqish, ilohiy fayzga umidli kishining ma'rifat kamolidan keladigan oliymaqom iymonidir.

9. Rizo - qazo amriga taslim bo'lgan qalbning sururi, qalbdan qabohat-kirlarning ketishi, qazovu qadar hukmiga bo'ysunish, nafs roziligidan chiqib, Haq roziligiga kirish. Rizo - bandaning o'z rizosidan chiqib, Mahbub rizosiga kirishi, ilohiy qismatga zarracha e'tiroz qilmaslik.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

xuddi qalandarlar kabi holatga tushadi. Mavlono Alisher Navoiy «Lison ut-tayr»da «Simurg'» hikoyasi zaminida tasavvufning yetti maqom-bosqichiga alohida-alohida badiiy sharh berib, qushlarning Hudhud yo'lboshchiligida Simurg'ni izlab etti vodiydan (Talab, Ishq, Ma'rifat, Istig'no, Tavhid, Hayrat, Faqru Fano) o'tishlari va Simurg'ni topolmay, uni izlashga chiqqan "si+murg(o'ttiz qush)ning o'zi ekanligini bilishlari ta'riflanganini eslang.

Tariqatlar ichida Naqshbandiya tariqati o'ta progressiv, insonparvar va xalqchil hisoblanadi. Uning progressivligi - Alloh yo'lida toat-ibodatni ko'r-ko'rona amalga oshirmaslik ("dil ba yor") ; insonparvarligi - bu dunyoda o'zidan bir bog' (yoki bino), solih farzand va shogird qoldirish ("dast ba kor") ; xalqparvarligi -Allohga yaqin bo'lish uchun «La ilaha ilolloh »ni bir nafasda ko'p marotaba takrorlashga ulgurish kifoya bo'lib, insonlardan o'zini olib qochish (zohidlikni kasb etish) nojoizdir, Alloh oldida shohu gado barobar. Allohni qalbiga naqsh solib, faqiru haqirlarga muruvvatli bo'lish uchun intilish, yaratuvchanlikni oshirish Allohga ko'rsatilayotgan shafoat bilan barobardir (ya'ni "xilvat dar anjuman").

Naqshbandiya tariqati sayri suluki (maqomi)ga kirgan har bir kishi o'n bir asosga ega bo'lgan dasturni bilishi juda ham zarur sanaladi:

1. Hush dar dam. «Hush» so'zi «aql-hush, «dam» so'zi «nafas», «hushyorlik» ma'nosini bildiradi. Har nafasda hushyor bo'lib, Allohni esdan chiqarmaslik. Allohni yod etib turish.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

2. Nazar bar qadam. Qadamga nazar solish. So'fiylikka kirgan suluk doimo oyog'ining uchiga nazar solib yurishi, turli harom narsalarga nazari tushishining oldini olishi lozim.

3. Safar dar vatan. Bunda «Vatanga safar qilish - Haqqa safar qilish» ma'nosi tushuniladi.

4. Xilvat dar anjuman - Anjumanda xilvat qilmoq. So'fiy xalq ichida bo'lsa-da, o'zi Haq bilan xoli bo'lish malakasiga ham ega.

5. Yod kard - Yod et. Nafasni tutib turib, til va dil bilan birdaniga tavhid zikrini qilish nazarga tutilgan.

6. Boz gasht - So'ngra o't. Maqsad va matlab Allohning roziligini olish. Solik zikr qilib bo'lgach: «Ilohim, Sen maqsudimsan va roziliging matlubimdir», deydi va buning ma'nosini anglashi nazarda tutiladi.

7. Nigoh dosht - Nigoh sol. Qalbni xavotirdan saqlash va bu orqali qalbga Allohning muhabbatidan boshqa narsa kirmasligi ta'minlash.

8. Yod dosht - Yodga ol. Har lahzada Alloh taoloni yodda tutish.

9. Vuqufi zamoniy - Zamon va vaqtdan voqif bo'lmoq. Solik o'zi yashayotgan zamonni bilmog'i va undan unumli foydalanmog'i ko'zda tutilgan.

10. Vuqufi adadiy - Adaddan voqif bo'lmoq. Vaqt mobaynida Allohni zikr qilishda so'fiyning lafzlarni cheksiz talaffuz qilishi.

11. Vuqufi qalbiy - Qalbdan voqif bo'lmoq. Qalbni Allohning zikri, fikri va amri ila mashg'ul qilmoq haqida so'z boradi». [1 ; 2]

Bu maqomot quyidagi uch buyuk allomaning ijodiy tafakkur mahsuli hisoblanadi. 1. Yusuf Hamadoniy tayin etgan shiorlar: Hush dаr dаm. Nаzаr bаr qаdаm. Sаfаr dаr vаtаn. Хilvаt dаr anjuman. 2. Abdulxoliq G'ijduvoniy tayin etgan shiorlar: Yot kard. Bоz gаsht. Nigоh dоsht. Yod dоsht va 3. Bahouddin Naqshband tayin etgan shiorlar: Vuqufi zamoniy. Vuqufi adadiy. Vuqufi qalbiy.

Ilmiy tahlil

Allohni qalban zikr etishda qo'llaniladigan semantik-funksiyonal nutqiy konfiguratsiyalar [8] quyidagilarda namoyon bo'ladi :

1. a) olmosh bilan: U - o'zbekcha, O' -forscha

2. Teonimlar bilan: Alloh, Rahmatulloh, Janobi Alloh, Haq, Haq taolloh, Haq subhonahu va taollo, Rabbim, Rabbi olamin, Yazdon, Tangri, Tangri taolloh, Parvardigor, Parvardigori olam, Xudo, Xudoyi mehribon, Hazrat podsho, Sultoni Kavnayn, Irshodi olam, .... Bu teonimlarning sinonimik qatorida arabcha, qadimiy turkcha, forscha, tojikcha antroponimlar uchrashini ko'rish mumkin.

3. Leksik qotishmalar bilan: Azza va jalla, Jalla zikruhu, Alayhi-s-salom, Rahmatullohi alayh, Raziyallohu anhu, Ravvahullohu arvohahum, Vafaqakallohu

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tаоlо... . Bu qatorda Alloh va uning sahobalari, uni zikran tanigan avliyolar nomlari ortidan hurmat alomatlari sifatida e'tiroflar nutqda ifodalaniladi.

4. Leksik-semantik konfiguratsiyalar bilan: Bismillоhu rаhmоniy rahim, Sаllаllоhu аlаyhi vа sаlаm, Rаziyallоhu tа'оlо аnhu.... Bularda Haqni haq ila, qalb ko'zi bilan ko'rganlar va Allloh zikri va yo'lida sobitlarga berilgan laqablar, ya'ni sifat olgan noiblar, sohiblar, avliyolar nomlariga orttirilgani taxalluslar sanaladi.

Fikrimizni yanada oydinlashtirish uchun Hazrat Bahouddinning ikkinchi shogirdlari Xoja Muhammad Porsoning « Qudsiya » risolasida zikr parchasini tahlilga tortamiz :

«Hazrat podsho (Alloh)ga, jalla zikruhu, behad va benihoya hamdu sanolar, beandoza va beqiyos shukru siposlar (mininatdorlik), visol talablar va O-ning jamoliga mushtoqlar, U-ning vujudi dalili ham O-ning vujudidir va Owning shuhudi burhoni (hujjati) ham O-ning shuhudidir.

Bayt:

Tu bad-O( bishnos OJ-ro, ne ba x(v)ad,

Roh az O xezad bad-OI, ne az xirad.

Tarjima:

Sen U-nga hamroh bo'l, U-ni taniy bil, shunchakimas,

U-nga yo'l boshlasang, U-ndan keyin hecham sir qolmas » [4].

Bundan anglashiladigan murakkab semantik-funksional konstruksiyada Hazrat podsho (Alloh), U- va Ol- olmoshlari, shuningdek, Alloh zikri alomatlari - hamdu sano (cheksiz maqtov), shukru siposlar (minnatdorliklar), visoltalablar va jamoliga mushtoqlar (Qalban zikr etuvchilar), vujudi dalili, shuhudi burhoni (borligi hujjatiga shubha qilmaydiganlar) kabi nutqiy hosilalarda g'ayrioddiy lug'aviy ma'nolar mujassam bo'lgan.

Quyidagi parchaga yana e'tibor qaratamiz: «Bil, vafaqakallohu taolo, ba'zilarning ortidan shu tarqaladikim, basirat ahli, ravvahullohu arvohahum, aytdilar, bu qilingan ibodatlarning bari Alloh zikri uchundir, azza va jalla. Va uzmo saodatiga etishgan kishidakim, unda bu olamda Haq subhonahu va taolo unsu muhabbati g'olib chiqsin. Va U-nga (Allohga) unsu muhabbati g'alabasi U-ning zikri, azza va jalla, davomida juz bo'lmaydi. "Lo iloha ilalloh" kalimasi musulmonlik aslidir va boshqa barcha ibodatlarning ta'kidi shunda zikrdir. Va namoz ruhi Haq subhonahu va taolo, zikrini qalbda, haybatu ta'lim sabilida tozalab olishdir. Va ro'zadan maqsud shahavotning kasri (shahvatni sindirishda)dir, to yurak shahavot muzohimati (shahvat zahmati)dan xalos topsin, (unda) soflik bo'lsin va zikr qarorgohiga aylansin» [4 ; 6].

Mazkur matn tarkibida uchraydigan vafaqakallohu taolo, ravvahullohu arvohahum, azza va jalla, U-, Haq subhonahu va taolo nutqiy konstruksiyalari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

semantik-funksional jihatdan "Alloh zikri" bilan uyg'un ruhiy holatga kirishgan taqvodorning xususiyatlarini aks etadi va uni Alloh bilan qalban yaqin bog'langanligini namoyon qiladi.

XULOSA

Semantik-funksional shakllangan nutqiy hosilalar mantiqan va shaklan isbot talab etmaydigan gaplardir. Ular bir so'z bilan (U, Alloh, Rabbim, Rahmatulloh, Yazdon, Tangri, Haq, Parvardigor, Xudo), ikki so'z bilan (Janobi Alloh, Haq taolloh, Rabbi olamin, Tangri taolloh, Parvardigori olam, Xudoyi mehribon, Hazrat podsho, Sultoni Kavnayn, Irshodi olam), bir necha so'z bilan (Haq subhonahu va taollo, Lo iloha ilalloh , Ashhadu anna Muhammadan rasulloloh), leksik qotishmalar bilan (Azza va jalla, Jalla zikruhu, Alayhi-s-salom, Rahmatullohi alayh, Raziyallohu anhu, Ravvahullohu arvohahum, Vafaqakallohu taolo), leksik-semantik konfiguratsiyalar bilan (Bismillohu rahmoniy rahim, Sallallohu alayhi va salam, Raziyallohu ta'olo anhu) shakllanganligini Qur'oni Karim va uning atrofidagi ilmiy manbalarda uchratish mumkin.

Qur'oni Karim, tassavvuf ta'limoti va semantik-funksional shakllangan nutqiy hosilalar uyg'unligi bilan aloqador bo'lib, tadqiqot jarayonida diniy tushunchalarni sintaktik mohiyatini aniqlashga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Bobokalonov R. Nafsga qarshi isyon. Ilmiy-ommabop risola, Buxoro, 2022. -13 b.

2. Komilov N. Tasavvuf. 1-kitob. -T.: «Yozuvchi», 1997. 2-kitob. -T.: «O'zbekiston», 2009, 245-6.

3. Sharopov Sh. Shayx Shibliy kim bo 'lgan? "Hurriyat" gazetasi, 2009. 01.11.2015, ziyouz.uz.

4. Xoja Muhammad Porso. "Qudsiya" risolasi. Buxoro - 2023. - 4 b.

5. Bobokalonov R., Raupova R. Xoja Ismat Buxoriyning falsafiy-tasavvufiy qarashlari, «Adabiyot uchqunlari» nashr. Toshkent, 2017. 3-137 b.

6. Bobokalonov R. Xoja Muhammad Porso "Qudsiya" risolasi va hayotnomasi. Ilmiy risola (tarjima, qayta to'ldirilgan nashr). GlobEdite. Republic of Maldova, Europe printed, 2023. P. 3-123. ISBN: 978-3-639-73461-4

7. Bobokalonov R. Xarizmali insonda nutq ko'rkamligi. Journal of Advanced Research and Stability Volume: 03 Issue: 05 | May - 2023 ISSN: 2181-2608. 556-561 b. www.sciencebox.uz

8. Bobokalonov R., Bobokalonov P. Text linguistics and the problem of the syntax. Scientific reports of Bukhara state university, 5-6/2022 13 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.