Научная статья на тему 'JALILIY IJODIDA QUR’ONI KARIMNING TA’SIRI. “DEVONI JALILIY MISOLIDA”'

JALILIY IJODIDA QUR’ONI KARIMNING TA’SIRI. “DEVONI JALILIY MISOLIDA” Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
354
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Qur’oni Karim” / Hadis / Baqara / Fazkuruni / Nahnu aqrob iqtibos / “Qur’oni Karim” tasiri / Jaliliy devoni / «Священный Коран» / хадисы / Бакара / Фазкуруни / Нахну акроб иктибатс / перевод «Священного Корана» / книга Джалили.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jalilov, Sharofiddin

Ushbu maqola XIX asr Qo‘qon adabiy muhiti vakillaridan hisoblangan Abdujalil Ziyoiy(Jaliliy)ning “Devoni Jaliliy” qo‘lyozmasida “Qur’oni Karim”ning ta’siri mavzusida yozilgan. Maqolada devondagi baytlarda kelgan oyatlarga ishora bo‘luvchi so‘zlar oyatlar va tafsiriy manbalar asosida sharhlangan. Baytlarning mavzu ko‘lami haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЛИЯНИЕ КОРАНА НА ТВОРЕНИЕ ДЖАЛИЛЯ. "НА ​​ПРИМЕРЕ ДЕВОНИ ДЖАЛИЛИ"

Данная статья написана на тему влияния «Священного Корана» в рукописи «Девони Джалилий» Абдужалила Зияи (Джалили), одного из представителей коканской литературной среды XIX века. В статье слова, относящиеся к аятам в аятах Дивана, интерпретируются на основе аятов и тафсирных источников. Идет речь о тематическом охвате стихов.

Текст научной работы на тему «JALILIY IJODIDA QUR’ONI KARIMNING TA’SIRI. “DEVONI JALILIY MISOLIDA”»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JALILIY IJODIDA QUR'ONI KARIMNING TA'SIRI. "DEVONI JALILIY

MISOLIDA"

Jalilov Sharofiddin

Alisher Navoiy nomidagi TDO'TAU o'qituvchisi

Ushbu maqola XIX asr Qo'qon adabiy muhiti vakillaridan hisoblangan Abdujalil Ziyoiy(Jaliliy)ning "Devoni Jaliliy" qo'lyozmasida "Qur'oni Karim"ning ta 'siri mavzusida yozilgan. Maqolada devondagi baytlarda kelgan oyatlarga ishora bo'luvchi so'zlar oyatlar va tafsiriy manbalar asosida sharhlangan. Baytlarning mavzu ko 'lami haqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: "Qur'oni Karim", Hadis, Baqara, Fazkuruni, Nahnu aqrob iqtibos, "Qur 'oni Karim " tasiri, Jaliliy devoni

Данная статья написана на тему влияния «Священного Корана» в рукописи «Девони Джалилий» Абдужалила Зияи (Джалили), одного из представителей коканской литературной среды XIX века. В статье слова, относящиеся к аятам в аятах Дивана, интерпретируются на основе аятов и тафсирных источников. Идет речь о тематическом охвате стихов.

Ключевые слова: «Священный Коран», хадисы, Бакара, Фазкуруни, Нахну акроб иктибатс, перевод «Священного Корана», книга Джалили.

Islom madaniyatining Makkasi va barcha mustaslam xalqlarning nurafshon ramzi Qur'oni Karim o'zining 14 asrlik tarixi davomida qanchadan-qancha mamlakatlar va allomalar taqdirida tutgan o'rni, badiiy ta'sir sarchashmalari va nufuzi tufayli chuqur ilmiy diniy tahlil va tadqiqotlarga sazovordir. Qur'on mavzulari Islom dinini qabul etgan xalqlar adabiyotiga singib, mahalliy diniy va adabiy aqidayu an'analar bilan uzviy ravishda bog'lanadi. Islom dini va mahalliy urf-odatlar to'qimasi asosida o'zbek adabiyoti ilmining shoh asarlari yaratildi. Qur'oniy mavzularning jahon va alalxusus o'zbek adabiyotiga singib o'tishi faqat diniy nuqtai nazardangina ibratli bo'lib qolmay, balki, Sharq adabiyotining biz uchun mavhum qirralarini biz uchun oydinlashtirib, turli adabiy mavzularning sarchashmalarini ochgan va hozirgi zamon o'zbek adabiyotining islom adabiyoti shajaraviy, moziydan uzilmas aloqalarini tiklashga ham madad bergan bo'lardi. Natijada Qur'on ko'zgusining nurida o'zbek adabiyotiga xos tarixiy adabiy qatlamlarning vujudga

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kelishi va rivoji to'g'ri tushunilgan bo'lardi1. Sharq milliy an'analarining rivoji o'ziga xosligi islom adabiyotining avval arab, keyin fors va nihoyat turk jumaladan o'zbek tilidagi rivojida namoyon bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Arab va noarab (asosan forsiy va turkiyzabon) adabiy oqimlarining to'qnashuvi, o'zaro singib borishi va o'zaro ta'siri jarayonida musulmon adabiyotlar aro mushtaraklik vujudga keladi va jahon adabiyoti matnida o'ziga xos va G'arb adabiyotiga ham tasir o'tkazuvchi mavqeyini shakllantiradi. Arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan islom adabiyotida qay biri ustun degan savol noo'rindir. Har bir tilda yaratilgan milliy adabiyot o'ziga xos qirralarga molik bo'lib, muayyan davrda yuksalishi davlat tili maqomiga ko'tarilishiga ham bog'liq bo'lgan. Ammo bu adabiyotlar uchun umumislom bo'lmish Qur'oni Karim tilida ijod etish va Qur'on mavzularidan keng foydalanish xosdir2. Musulmon adiblari qay millat vakili bo'lishidan qat'iy nazar, avvalambor yagona ummat a'zolari edi. Shu nuqtai nazardan ularning ijodida milliy xususiyatlar Qur'onda o'z ifodasini topgan umumislom va umuminsoniy bashoratalar bilan chambarchas bog'liq holda namoyon bo'ladi. X asrda arab xalifaligi hududularida barpo etilgan turli tildagi adabiyotlarda milliy ohanglar kuchayishi tabiiy hol edi. Ammo mazkur davlatlar islom bayrog'ini tuban tutmaganligi va diniy e'tiqod xalq orasiga singib bo'lgani tufayli islom yo'nalishi sayozlashmadi, aksincha to'siqlarni yengib, kuchayib bordi. Hozirgi kun intilishlari bunga yorqin misol. Shu sabab arab xalifaligi yemirila boshlagandan keyin ham yagona islom madaniyati va adabiyoti nihoyasiga yetmadi, balki yangi tarmoqlar sari rivojlanib, Qur'oniy ohanglar kuchayib bordi. Alohida olingan milliy adabiyotlar ravnaqi islom adabiyotining hayotbaxshligini ta'minladi. Sharq va keng ko'lamda jahon adabiyoti tarkibida o'zbek adabiyoti ham Qur'onni asrlar davomida turlicha o'zlashtirgan va uning mavzulari asosida turfa asarlar yaratilgan. Qur'onning matni 14 asr davomida o'zgargani yo'q, o'zgarmaydi ham. Aksincha undagi iboralar turli tillarga singib o'tib, o'ziga xos Qur'oniy iboralar sifatida turli xalqlarning maqol va matallariga asos soldi. Bir so'z bilangina olam-olam ma'noni ifodalovchi iboralar jilolanib tarix nafasi jonlandi3. Qur'on matni o'zgarmagan, islom dinini qabul etgan xalqlar tarixi zamon zayli bilan o'zgarib borgan. Qur'on matni zamon va makonda mahalliy tarixiy muhit bilan muttasir bo'lib, har bir xalq taraqqiyotining muayyan davrida o'ziga tegishli xulosalar chiqargan, Qur'oniy mavzularni adabiy asarlarga

1 Karomatov X,. "Куръон ва узбек адабиёти", T.: O'zR FA Fan, 1993. B,-4.

2 Karomatov X. "Куръон ва узбек адабиёти", T.: O'zR FA Fan, 1993. B,-5.

3 Abdinazarov Bahrom. Mumtoz adabiyotning diniy tasavvufiy manbalari. B,-4.

202

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kiritgan. Mazkur jarayon natijasida milliy adabiyotining Qur'on matni bilan sintezi asosida badiiy va diniy didaktik asarlar yaratilgan. Diniy, falasafiy va umuminsoniy haqiqatlarni ifodalagan Qur'oniy mavzular va diniy mafkura ramzlarining Jaliliy ijodidan muhim o'rin olgani bunga yorqin dalildir. Jaliliy o'zbek mumtoz adabiyotining bir necha janrlari va mavzularida samarali ijod qilgan. Jaliliyning irfoniy adib sifatida mumtoz adabiyotimimizga qo'shgan hissasi beqiyosdir. Jaliliy Qur'onni va tariqat ilmini juda yaxshi bilgan shaxs bo'lgan. Jaliliy Qur'onni shu qadar yaxshi o'zlashtirgan ediki, Qur'on uning borlig'iga va ijodiga singib ketgan edi. U yaratgan har bir she'rda bevosita va bilvosita Qur'onning ta'siri bilinib turadi. Ba'zi o'rinlarda Qur'on oyatlari aynan berilgan bo'lsa, bazi o'rinlarda ularga ishora bilan, yani oyatlarining ma'nolarini nazarda tutuvchi gaplar bilan beriladi. Birgina "Ermish" radifli g'azalini tahrir qiladigan bo'lsak, g'azalda bir baytning o'zida ikki o'rinda Qur'on oyatlari berilganini ko'rishimiz mumkin. Ahamiyatli jihati shundaki Jaliliy Qur'on oyatlaridan shu qadar mohirlik bilan foydalanganki, asarning ma'nosi va ta'sir kuchi oshgan. Quyidagi misollar orqali Qur'on oyatlarini qay darajada mohirlik bilan ishlatilganini ko'rishimiz mumkin:

^IJJJJ yJ^A^jj*^ Ijâl

Nahnu aqrob ma'nisidin joni to'yub, Fazkuruni buyruqig'a bo'yun so'nub.4 Ushbu baytning birinchi misrasida "Nahnu aqrob.." kalimasi bilan "Voqea" surasining 85- oyatiga ishora qilinyapti ya'ni,

A°) jjj'" ^ ü—J " ^j 4-0^1 (j-^j-3 Biz esa, sizdan ko'ra yaqinmiz, ammo sizlar ko'rmaysizlar. "Voqea 85-oyat" Ya'ni Allohning o'z bandasiga qanchalar yaqinligini anglamaysizlar, harqanday odamga, xususan jon taslim qilayotgan odamga ham Alloh taolo uning ustida turgan qarindoshidan ko'ra yaqinroq bo'ladi. Boshqa bir oyatda, Biz unga bo'ynidagi qon tomiridan ham yaqinmiz deyilgan5. ikkinchi misrada esa "Fazkuruni" kalimasi orqali "Baqara" surasi, 152-oyatga ishora qilinmoqda va bu bilan shoir butun fikrlarini qisqa oyat orqali ifodalayapti:

W) yjjl- Vj J îjj^lj ££1 ^jj^^H

Bas, Meni zikr qiling, sizni eslarman. Va Menga shukr qiling, kufr keltirmang. (Baqara 152).

4 Devoni Jaliliy Abdujalil Ziyoiy. Qo'lyozma O'zRFASHI. inv № R-4325. B,-33.

5 Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf. "Tafsiri hilol" 6-juz. Hilolnashr. B,-42.

203

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ushbu oyat o'zi qisqa bo'lishiga qaramay, olam-olam ma'no kasb etadi. Alloh taolo O'zi yaratgan, hayot va rizq hamda boshqa kerakli narsalarni bergan bandalariga:

«Meni zikr qiling», - demoqda.

Xo'sh, Alloh bu ojiz bandalarining eslashiga muhtojmi? Yo'q, u behojat Zot. Hamma muhtojlik bandalarda. Lekin bu amr bandalarga yaxshilik yetishi uchundir. Ular Allohni zikr qilib, eslashlari ila Alloh taoloning ularni zikr qilishiga, eslashiga erishadilar. Ammo zikr bilan zikrning farqi bor, albatta. Hech narsaga arzimaydigan ojiz bandaning eslashi qayda-yu, olamlarning Parvardigori bo'lgan Alloh taoloning eslashi qayda! Banda qanday, qachon va qayerda eslaydi? Alloh-chi?

Imom Buxoriy Nabiy alayhissalomdan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Alloh taolo:

"Ey odam bolasi! Agar Meni o'zing eslasang, Men ham seni O'zim eslayman, agar ko'pchilik ichida eslasang, Men seni farishtalar ichida eslayman", - degan.

"Va Menga shukr qiling, kufr keltirmang"

Shukr qilish ne'mat beruvchi Zotga maqtov so'zlarini aytish va ne'matni uni bergan Zotning roziligi uchun ishlatish bilan bo'ladi. Ammo tili bilan shukr desa-yu, amali bilan Allohning aytganidan boshqani qilsa, kufroni ne'mat qilgan bo'ladi. Mo'min-musulmon doimo Allohni zikr etib, Unga shukr qilgandagina, ishi olg'a bosadi6.

Bu she'r irfoniy tasavvufiy mavzuda yozilgan bo'lib bundan oldingi baytlardan lirik qahramonning Mosevalloh maqomidan o'tishi haqida gap ketadi, keying baytda esa biz keltirgan ikta oyat orqali fikrini ifodalaydi, ya'ni bu bilan o'zining ma'shuqasi unga naqadar yaqinligini, doim unga yaqin bo'lishini muqaddas kalomdagi oyatlari orqali dalil qilib ko'ngliga taskin berib ketadi.

Jaliliy ijodida Qur'on va Hadislardan unumli foydalanilgan quyidagi baytda ham bandaning mudom Allohning zikri ila yashashi haqida oxir borar yeri qorong'u go'r, torgina bir lahad ekanligini va Allohning bandalarga kufr keltirmasdan, ne'matlarga shukronalik bilan yashash kerakligini ifodalagan, an'anaviy usulda oyatdan qisqa bir so'zni ishora sifatida qo'llagan:

Xudodin barchamizg'a fazkuruni amri farmondur Demakliq hama qulg'a hamisha yodi sijondur.7

6 Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf. "Tafsiri hilol" 1-juz. Hilolnashr. B,-167. 7Devoni Jaliliy Abdujalil Ziyoiy // Qo'lyozma O'zRFASHI. inv № R-4325 B,-50.

204

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Yuqorida keltirilgan misollardan shuni anglash mumkinki, Jaliliy Qur'on oyatlaridan har safar juda samarali foydalangan. "Devoni Jaliliy" tariqat mavzusidagi tasavvufiy, irfoniy didaktik asar bo'lib, ixtilof bo'lmasligi uchun ko'plab o'rinlarda Qur'ondan ishoralar berlgan. Zotan tariqat vakillari birinchi navbatda shariat ilmini so'ng Qur'oni Karimni yaxshi bilishlari kerak. Jaliliy ushbu asosni Qur'on oyatlariga murojat qilgan holda mustahkamladi va shu bilan birga asarnining ma'no va ta'sir kuchini oshirdi. Umuman olganda Jaliliy deyarli har bir she'rida Qur'on oyatlariga, Payg'ambarimiz hadislariga va turli duolarga murojaat qiladi va samarali foydalanadi. Bundan shoirning diniy ilmlarni va shu bilan birga arab tilini ham mukammal bilgani namoyon bo'ladi. Chunki devonda Qur'on oyatlari, hadislar va duolardan foydalanish uchun adib ushbu ilmlarni va arab tilini mukammal bilishi kerak. Ilmiy tadqiqot davomida Jaliliyni ikki tilni mukammal bilganligi, ya'ni turkiy va forsiy tillarda ijod qilganligi ma'lum bo'ldi. Jaliliy qo'lyozmasining nasriy qismi to'laligicha fors tilida yozilgan.

REFERENCES

1. Karomatov X,. "Куръон ва узбек адабиёти", T.: O'zR FA Fan, 1993

2. Abdinazarov Bahrom. Mumtoz adabiyotning diniy tasavvufiy manbalari.

3. Devoni Jaliliy Abdujalil Ziyoiy. Qo'lyozma O'zRFASHI. inv № R-4325.

4. Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf. "Tafsiri hilol" 1-juz. Hilolnashr.

5. Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf. "Tafsiri hilol" 6-juz. Hilolnashr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.