BEHBUDIY PUBLITSISTIKASIDA DINIY-MA'RIFIY G'OYALAR ("QUR'ONI KARIM TARIXIGA BIR NAZAR" MAQOLASI MISOLIDA)
Zahro Xizbulla qizi Oskanova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 4-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xolikova
Maqolada Mahmudxo'ja Behbudiyning publitsistik ijodida keltirilgan diniy qarashlari, ma'naviy-ma'rifiy g'oyalari haqida so'z boradi. O'sha davr adabiyotining dinga munosabati va hozirgi davr adabiyotidagi diniy qarashlar o'rtasidagi tafovut yoritib beriladi.
Kalit so'zlar: publitsistika, jadidchilik, iqro, Qur'oni karim, rasul, payg'ambar, muftiy, Ahmad Lutfiy Qozonchi, Alixonto'ra Sog'uniy
RELIGIOUS AND EDUCATIONAL IDEAS IN BEHBUDI PUBLICISM (ON THE EXAMPLE OF ARTICLE ABOUT THE HISTORY OF THE HOLY
QURAN)
The article examines the religious views, spiritual and educational ideas of Mahmudhoja Behbudi in his journalistic activities. The differences between the religious views of literature of that period and the religious views of modern literature are revealed.
Keywords: journalism, jadidism, the Koran, prophet, mufti, Ahmad Lutfi Kazanchi, Alikhantora Soguni
Mutaxassislar milliy uy g'onish davri deb ataydigan XIX asr oxiri-XX asr boshlaridagi adabiy jarayonni, bu davrda yashab faoliyat ko'rsatgan, millatni yuksak madaniyat va ma'rifatga targ'ib etgan ma'rifatparvar ijodkorlar, ayniqsa, Turkiston jadidchiligining karvonboshisi Mahmudx o'ja Behbudiy merosini o'rganish bugungi kunda ayniqsa ahamiyatga ega. Mahmudxo'ja Behbudiy publitsistik merosini birinchilardan bo'lib o'rgangan olim professor Begali Qosimovdir. Olimning "Izlay-izlay topganim", "Milliy uyg'onish: ma'rifat, jasorat, fidoyilik" kabi monografiyalarida, uning rahbarligida yozilgan oliy o'quv yurtlari uchun "Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti" darsligida jadid
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022
publitsistikasi, jumladan, Mahmudx o'ja Behbudiyning publitsistik maqolalarida ko'tarilgan muammolar keng va atroflicha o'rganilgan. Mutafakkir asarlarida diniy va milliy masalalarining yoritilishi masalasi yuzasidan ham e'tiborga loyiq fikrlar aytilgan.
ASOSIY QISM
Taniqli olim va xalq ma'rifatchisi bo'lgan Begali Qosimov ham Behbudiy ijodini o'rganib turib shunday s o'zlarni aytadi: "Darhaqiqat, Behbudiy ruhoniy shaxs bo'lgan. Biroq u o'ziga xos din arbobi edi. Uning umri bus-butun xalq manfaatlarini himoya qilish uchun baxshida etilgan edi. U o'zining jamoat va davlat arbobi sifatidagi qizg'in faolyatida ham hech qachon dindan chekinmaydi, ayni paytda ruhoniy sifatida aslo xalq manfaatlariga xiyonat qilmadi" [4].
Jadidchilik adabiyotimizning yirik vakillaridan biri b o'lgan Mahmudx o'ja Behbudiy juda bilimli, zakovatli, taqvodor va dindor inson bo'lgan. Behbudiy 24 yoshidagi haj safaridan so'ng muftiy darajasiga yetishadi va bu safari orqali Behbudiyning dunyoqarashi butunlay o'zgaradi. Haj ziyoratidan so'ng dunyo kezib ko'rgan-kechirganlarini maqola shaklida har xil gazeta va jurnallarda chop ettira boshlaydi.
Mahmudx o'ja Behbudiy XX asrning eng yorqin publisistlaridan biri edi. Behbudiyning o'zi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan "Samarqand" gazetasi va "Oyna" jurnalida chop qilingan maqolalari o'sha davr jamoatchiligi tomonidan zo'r qiziqish bilan qarshilangan. Uning yozgan maqolalarini butun O'rta Osiyo va Yevropaning ayrim davlatlari ham o'qib chiqar edi. Behbudiy millat erkinligi, yurt taraqqiyoti va yoshlarning ongini oshirish maqsadida diniy, ilmiy va ma'rifiy maqolalar chiqarishga ko'proq e' tibor qaratgan edi. Behbudiy chor Rossiyasi ilm va ma'rifat egalarini har tarafdan siquvga olayotgan davrda yashaganligiga qaramay, o'zining marifiy va diniy qarashlarini qo'rqmasdan ommaga havola eta oldi. Behbudiy maqolalarining mavzu k o'lami juda keng b o'lib, uning diniy mavzudagi maqolalari jamiyatning diniy ilmini oshirishga m o'ljallangan edi. Shunday maqolalaridan biri "Qur'oni karim tarixiga bir nazar" maqolasidir. Behbudiyning bu maqolasida Qur'oni karimning paygambarimiz Muhammad (s.a.v)ga qaytarzda nozil b o'lishidan boshlab, uni xalifalar kitob holiga kelturguniga qadar bo' lgan voqealar haqida bayon qilinadi. Bu maqola orqali biz Behbudiyni Qur'oni Karimni juda yaxshi bilganligini, diniy ilmni chuqur o'zlashtirgan inson
124
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz
bo'lganligini bilib olishimiz mumkin. Maqoladagi har bir ma'lumotni aniq va isbotlangan dalillar asosida yozilganligini Behbudiyning Qur'oni karimdan keltirgan oyatlari orqali ham bilib olishimiz mumkin. Payg'ambarimizga birinchi marta Xiro tog'ida Jabroil allayhissalom kelib "O'qi" deb 3 marta xitob qilganlarida bir sura nozil bo'lganligini yozgan: "Iqro bis mi rabbikallaziy xolaq. Xolaqal insane min alaq. Iqro va robbukal akrom. Allaziy allama bil qolam. Allamal insane ma lam ya'lam" [5]. Behbudiy ta'kidlagan ayrim ma'lumotlarni, ya'ni Qur'oni Karim Rasulimizga qirq yoshga t o'lganlarida nozil b o'lib, jami yigirma uch yil ichida oyat shaklida bo'linib-bo'linib kelganligini biz ayrim boshqa manbalarda ham ko'rishimiz mumkin. Masalan, Alixonto'ra Sog'uniyning "Tarixi Muxammadiy" asarida "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qirq yoshga t o'lganlarida yer ustidagi barcha insonlarga va ham jinlarga pay g'ambar b o'ldilar. O'n uch yil Makkada turgandan so'ngra bu yerdan Madinaga hijrat qilishga Allohdan amr bo'ldi... Hijratdan o'n yil o'tgandan keyin Alloh amri bilan o'sha yili haj qilmoqchi b o'ldilar" [3. 350], deb keltirilgan. Shuningdek, Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari" asarida ham Qur'on ilk nozil b o'lgan davrda Payg'ambarimiz ning yoshlari o'ttiz t o'qqiz yosh olti oy deb keltirilgan. Demak, Behbudiy maqolani yozishda anchagina izlanishlar olib borgan va izlanishlari o'z natijasini ko'rsatgan. Balki Behbudiyning mana shu maqolasi olimlarning o'z asarlarini yozishda kerakli manba b o'lib xizmat qilgan b o'lishi ham mumkin.
Pay g'ambarimiz tirikli k chog'ida Qur'on kitob holida tartiblanmagan oyatlarni esa har bir sahoba yoddan bilgan yoki tosh, suyak, teri, va lavhlarga yozib borishgan. O'sha davrda juda ko'plab urushlar bo'lganligi tufayli Qur'onni yoddan biluvchilar soni kamayib ketayotanligidan xavotirga tushgan hazrati Abu Bakr va hazrati Umarlar Qur'on oyatlarini bir qilib kitob xoliga keltirishga qaror qiladilar va Umar Raziyallohu anhu barcha musulmonlarga fatvo beradi. Behbudiy Qur'on yig'ilayotgan davrda ayrim suralarning aslini topish qiyin b o'lganligi haqida ham ma'lumot keltirgan, Xususan, "Tavba" surasidagi ayrim oyatlarning topilish jarayoni haqida shunday deydi: "Surai "Tavba"dagi "Laqad jaakum..." oyati kelgan nusxalardan topilmagani uchun axtardilarki, Abu Xuzayma hazratlaridan topildi" [1.49].
Behbudiy maqolada Hazrat Usmon hukmronlik qilgan davrda Qur'oni karimning asl nusxasidan jami olti nusxa k o'chirtirilgan va bu nusxalar Kufa, Basra va Shom davlatlariga j o'natilganligi va yana boshqa
uch nusxasi Yaman, Makka, Baxrayn mamlakatlariga jo'natilganligi, bundan hazrati Usmonning maqsadi har bir musulmon kishining qalbiga islom dini birdek kirib borishi kerakligi haqida ma'lumotlar keltirgan. Behbudiy maqolada Usmon orqali o'quvcilarga o'zining fikrlarini, diniy g'oyalarini yetkazmoqchi b o'lan.
Behbudiy o'z davrining fidoyi, ma'rifatparvar, qo'rqmas va har qanday qiyinchiliklarga chidamli insonlardan edi. Maqola juda ham qaltis davrda yozilgan b o'lishiga qaramay, Behbudiy maqolani chop etishdan, uni ommaga taqdim etishdan hech ham cho'chimagan. U tariximizning g'oyat o g'ir davrida yashagan. Behbudiyning publisist sifatida faolyati adib iste'dodining juda yorqin bir qirrasini tashkil etadi. U o'z fikrlarini aniq, ochiq va ravon yozadi. Behbudiy bu maqolasida "chunki asl din bu erdi", " a sos dinimiz shul Qur'oni karimdur" [1. 49] degan s o'zlari orqali o'z fikrini va o'z dinining qanchalik buyukligini, ulu g'vorligini hammaga, ayniqsa, chor Rossiya hukumatiga bildirib qo'ymoqchidek tuyuladi, mening nazdimda. Behbudiyning "Din va odat" maqolasida ham Islom dini asl din ekanligini boshqa dinlar bilan solishtirgan holda shunday deb yozadi: "Dunyo g'a uch mingdan ziyod lison - til va bir mingdan ziyod din, mazhab borki, har biri o'zlarini haq va boshqalarni botil biladur. Aqillik hakim va alloma odamlarni tahqiq va iqrorig'a qaraganda, dunyo dini islomdan boshqa aql va hikmat g'a muvofiq bir din yo'qdur" [2. 209]. Ko'rinib turibdiki, Behbudiy o'zining maqolalari orqali xalqning diniy qarashlarini kengaytirib, mustahkamlamoqchi bo'lgan. Behbudiyning mana shunday jasorati va ma'rifatparvarlik g'oyalarini, diniy ilmlarni qo'rqmasdan bayon eta olishi tufayli bizga juda k o'plab ma'lumotlar yetib kelgan.
Behbudiy shundoq ham islom dini hozirgiga nisbatan ancha kuchli, lekin chor hukumati siquvga olayotgan qiyin bir davrda yashagan bo'lsa ham dinni ulug'lab uni har bir o'quvchi ongida mukammal dinga aylantirishga harakat qilgan. Lekin, hozir biz yosh avlod nima qilyabmiz, Islom dini qariyb 100 yillik tutqinlik tufayli insonlarni esidan chiqqan, din tushunchasi odamlarda yomon taasurot qoldirgan bir davrda biz insonlarga dinni t o'liq va chiroyli holda yetkazib bera olyapmizmi?
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ma'rifatparvar jadid Mahmudx o'ja Behbudiy o'z publitsistikasida o'zining diniy qarashlarini aks ettiruvchi maqolalar yozgan. Adib publitsistikasida millatning o'sha davrdagi diniy ahvolini
isloh qilish, dinga yangi nazar bilan qarash, jamiyat taraqqiyotidagi yangi o'zgarishlarni dinga moshlashtirish kabi dolzarb muammolar ko'tarib chiqilgan edi. Mahmudx o'ja Behbudiyning maqsadi xalqning islomiy qarashlarini o'stirish, ularga to'g'ri yo'l ko'rsatishdan iborat b'lgan. Behbudiy diniy qarashlari bilan millatning ma'naviyatini yuksaltirmoqchi bo'ldi, dinga eskicha nazar bilan qaraydigan, eski aqidalarga yopishib, jaholatda qolib ketgan insonlarga diniy bilim bilan dunyoviy bilimni chambarchas holda birdek o'zlashtirsh mumkinligini ko'rsatib bera oldi. Behbudiyning bu boradagi qarashlarini o'rganish zamonamiz yoshlari qalbida Vatan va dinga muhabbat tuyg'usini kuchaytirishga, bu orqali mamlakatimiz kelajagining nurli bo'lishiga xizma qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Behbudiy, M. (2018). Tanlangan asarlar. II-jild. Akademnashr 49.
2. Behbudiy, M. (1997). Tanlangan asarlar.Toshkent. 209.
3. Sog'uniy, A. (2020). Tarixi Muxammadiy. Movarounnahr. 350.
4. Qosimov B. (1990). Behbudiy va jadidchilik. O'zbekiston adabiyoti va san 'ati (01.26).
5.Qur'oni Karim "Alaq" surasi 1 -5 oyatlar
6. Холикова, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).
7. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin. Alisher Navoi and the XXI centure.
8. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054.
9. Холикова, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кура урганиш. Science and Education, ^(Special Issue 2).
10. Kholikova, N. (2020). POETIC FEATURES OF UZBEK POETRY OF THE NATIONAL AWAKENING PERIOD. Theoretical & Applied Science, (4), 615-623.