Научная статья на тему 'OJIZ IJODIDA TASAVVUFNING TUTGAN O‘RNI'

OJIZ IJODIDA TASAVVUFNING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
100
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Andijon adabiy muhit / Ojiz / tasavvuf / sohibi devon / anbiyolar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sotvoldiyev Davronbek Xasanboy O‘G‘Li, M.Tojiboyeva

Andijon adabiy muhiti doirasida bir qator yetuk shoirlar yetishib chiqqan bo‘lib, ular o‘zbek badiiy tafakkurida o‘z o‘rniga egadir. Ushbu maqolada andijon adabiy muhitiga o‘z hissasini qo‘shgan ijodkor shoir Ojizning adabiy merosi xususida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningek Ojiz ijodida tasavvufning tutgan o‘rni yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OJIZ IJODIDA TASAVVUFNING TUTGAN O‘RNI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

OJIZ IJODIDA TASAVVUFNING TUTGAN O'RNI

*

>

} * : >

Sotvoldiyev Davronbek Xasanboy o'g'li

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti

O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi magistranti

Ilmiy rahbar: DcS Dotsent M.Tojiboyeya

https://doi.org/10.5281/zenodo.6696773

$ J >SW> Sw J>

Annotatsiya: Andijon adabiy muhiti doirasida bir qator yetuk shoirlar yetishib

chiqqan bo'lib, ular o'zbek badiiy tafakkurida o'z o'rniga egadir. Ushbu maqolada

andijon adabiy muhitiga o'z hissasini qo'shgan ijodkor shoir Ojizning adabiy merosi

xususida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningek Ojiz ijodida tasavvufning tutgan o'rni

yoritiladi.

Kalit so'zlari: Andijon adabiy muhit,Ojiz, tasavvuf, sohibi devon, anbiyolar.

A rniA^n^inni А 1ЛЛ11ПЛ 11 larn т n \ n n m anl nnr птНпллп о n i i m Kar rvr

Annotation: Andijan literary environment has produced a number of

>

outstanding poets who have a place in Uzbek artistic thought. This article provides information about the literary heritage of the creative poet Ojizi, who contributed to the literary environment of Andijan. The role of mysticism in Ojizi's work is also

iw

highlighted.

Keywords: Andijan literary environment, Ojiz, mysticism, owner devon, prophets.

J> J J>s#":

Аннотация: Литературная среда Андижана произвел а на свет ряд выдающихся поэтов, занимающих видное место в узбекской художественной мысли. В данной статье представлена информация о литературном наследии творческого поэта Ожизи, внесшего свой вклад в литературную среду Андижана. Также подчеркивается роль мистицизма в творчестве Ожизи.

Ключевые слова: андижанская литературная среда, Ожиз, мистицизм, в аде ец девон, пророки.

"Andijon adabiy muhitining vakillaridan biri shoir Ojizdir. Asl ismi Eshon Abbos xalfa bo'lgan Ojiz XIX asrning birinchi choragida Andijon shahrida tavallud

J-jt

+-----ГЛ^г,

гл-fi п-п г»1 rl tvin'1ntvir»+1 m* 1л i <-* rrn r> 1-х n in/4r> Irn m тга+iK It-aI rrnr> 1л г» ' 11l-\ i

topgan. Ojiz hayotiga oid ma'lumotlar bizgacha juda kam yetib kelgan bo'lib, uning

ш

adabiy merosi jamlangan "Devoni Ojiz"da ham biografik ma'lumotlar deyarli uchramaydi.

Qo'qon adabiyot muzeyi jamg'armasidagi №460-raqam ostida saqlanuvchi qo'lyozma to'plamda uning Xudoyorxonning to'ng'ich o'g'li Andijon hokimi Nasriddinbek saroyida katta hurmatga ega bo'lganligi hamda Andijonning mashxur "Afir'rrn bog'i"da пЧЬ-яуЛяНтяп she'riyat яшпшяЫялНя Hoirniy ishfirok efishi

"Afg'on bog'i"da o'tkaziladigan she'riyat anjumanlarida doimiy ishtirok etishi,

„1_____r___л /г_______ гл__J л/-_____л /г____i__• т__J1__„с- т->' J' л/г..1__• ___J

shuningdek, Manzur, Qori Yusuf Muntazir, Jozibxo'ja Rindiy, Muhyi, Otabek qozi

Ы> 3 ]> <}>

u>,* ^ «KQs

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

kabi olim va shoirlar davrasida bo'lgan ayrim voqealar tafsiloti ham keltiriladi.

Bundan ma'lum bo'ladiki, Ojiz XIX asr o'rtalaridan boshlab Andijon madaniy-ma'naviy hayotida muhim o'rin egallagan shaxs sifatida ko'rinadi [4.:3].

00 L •• J-

Bilamizki, sharq adabiyotida sohibi devon bo'lmoq juda ham mushkul. Ana

bm j

shunday "Sohibi devon" Ojiz, afsuski, adabiyot ahliga, deyarlik, tanish emas. Uning g'azallari bilan tanishar ekansiz, yaxshigina, tasavvufiy shoir ekanligi guvoh bo'lasiz.

Sharq mumtoz adabiyotida payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga bag'ishlab yozilgan va ul zotga ishora qilgan g'azallar bisyor. Shoir Ojiziyning quyidagi g'azalida ham ul zoti muborakning go'zal siyratlari-yu sur'atlari o'z ifodasini topgan! Har nafasda yuz salom-u, har zamonda ming duo

o

Yetgay haqdin ruhiga, ey zoti poki Mustafo.

G'azal matla'sining o'zida Alloh mo'jizasiga ishora bor (yerning o'z o'qi atrofida aylanishi tufayli, har lahza yer yuzi bo'ylab azon sadolari yangraashi

Kornnortn m o ' 11 im i Un n -fo/"v1/"v lAmAtiinnti "' I nnl nnrrnn r7A+"r»ir»rr trmnrvrol/- ninirrn m/i a

barchaga ma'lum). Haq taolo tomonidan "Tanlangan zot"ning muborak ruhiga nido

ila murojaat qilinmoqda.

»

*

Boisi qudrat zuhuridur vujudi komiling,

îwi

m:

Nuri pokingning tufayli zohir o'ldi mosivo.

§ i >

ú Yagona tengsiz qudrat sohibi bo'lgan Alloh azza va jalla inoyati bilan komil

inson (Muhammad s.a.v.)ning vujudidan avval ul zoti muborakning nuri paydo bo'lganini chiroyli ta'riflamoqda.

Chun shabistoni adamg'a yoqdi yuz ming shamlar,

Maxfil iichra har kim iste'dodig'a topdi ziyo. Ul zoti muborakning ming shamning yog'dusini ortda qoldiradigan nurli yuzlari

mu

»

qorong'u tunda minglab iste'dod egalari uchun mash'ala bo'ldi.

Anbiyo muhtoji xoki dargohingdur doimo, Ko'zlarini ravshan etgay bu g'ubori to'tiyo.

m.}

Bu yerda yana payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga bo'lgan chuqur hurmatni ko'rishimiz mumkin. Farqiki, endi bu hurmat payg'ambarimizga payg'ambarlar tomonidan ham ko'rsatilmoqda. Ya'ni sening dargohingga hatto anbiyolar h am

i )m

muhtoj. Makoningdagi g'uborni ko'zlariga to'tiyo kabi surtgay. Hijrat etting Makkadan ul kecha amri Haq bila,

T^J-.JJ T/„)U„____í____J___J______1J1___J__u____

Kiydi Ka'ba motamingda yuz libosi qab-qaro.

31> <}>

-TrZZr&TrZtt--K- rfiSÊSi >

56 ¡0

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

Ushbu misrada esa, juda go'zal tashbeh va husni ta'lil san'atini ko'rishimiz mumkin. Haq Taoloning amri ila payg'ambarimiz Makkayi mukarramadan Madinayi

. ----- & - — ———---------^ ' ---"-------------^ '

Munavvaraga hijrat qilganlar. Bu tarixdan ma'lum. Lekin ushbu holatda makka

bm j

ahlidagi musulmonlar juda qattiq Hasrat chekkanlar. Bilamizki, qora libosni motam bo'lganda kiyilishi bor. Makka ahlining motam belgisi sifatida Kaba'tullohning ustiga qora mato yopilishidan chiroyli foydalangan shoir Ojiziy. Va mana shu

tashbeh va husni ta'lil baytni yana ham go'zal qilgan.

piß qj>;:>

Ibtidosizg'a sen bo'lding ibtidoi mubtado Topding oxir intihosizdan xabar beintiho.

Shoir Ojiziy tasavvufiy qarashlarining yana bir yorqin ifodasi shu baytda o'z ifodasini topadi. Bu baytda Muhammad (s.a.v.)ning Me'rojga ko'tarilganiga ishora

Ka-T " Tr\-fl r\ Af1 r/" Tro " nAOn" O a' '~r \ O n r\ m O 1 1 All Ann 1 n O r/nr/l O -fll+OT rA+Anmni

bor. " Ibtidosiz" va " Intihosiz" so'zlari orqali Allohni nazarda tutayotganini

ko'rishimiz mumkin. Tasavvufiy qarashlarga ko'ra Tangrining jamolidagi go'zallik nuriga tog'lar bardosh berolmagan. Odamzodning esa jisman mavjud holda bunga quvvati yetmasligi aniq. Lekin "Olamlarga rahmat qilib yuborilgan zot' ' " Ibtidosiz"

va " Intihosiz"ning nurini ko'rmoqlikka Musharraf bo'lgan. Va bu holatni Ojiziy baytning o'zidagi ohangdorlik evaziga juda go'zal tasvirlagan.

:C>J>

1 ')> 1 ] > : Solmadi yer uzra soya qomating e'jozidin,

Ti itmoi/in i1Vinrr nolo m naev <^tti Hirn QnKnrn

Tutmayin ilking qalam, nasx etti dini anbiyo.

Jm j i > j i

"Hazrati Halima kichik Muhammadni o'z bolalaridan ham yaxshi ko'rgani bois

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

uni juda ehtiyot qilardi. Bir kuni opasi Shayma bilan qirga chiqqanini ko'rib, qizini

koyib berdi. Shayma onasiga tasalli berdi: - Siz tashvish tortmang. Ukamni doim bir

parcha bulut quyoshdan saqlaydi. Doim uning tepasida suzib yuradi" [5.:7]. Demak

ko'rinadiki, Muhammad (s.a.v.)ning muborak yuzlariga quyosh nuri

tushmagan.Keyingi misrada esa, muborak qo'llari Qalam tutmasdan payg'ambarlar

tarixini bayon qilgan.

Chun qamar qildi tajammul iddaosin ko'k uza, Bir ishorat birla siyna choke tib, qilding duto.

Ushbu baytda ham payg'ambarimizning ibratli hayotlaridagi mo'jizalardan

i )m

biriga ishora bor. Ya'ni Muhammad (s.a.v.)ning mo'jizalari, Allohning inoyati ila, osmondagi oyni barmog'i bilan ikkiga bo'lganlari haqida.

> ; :

Zavqim ortar na'tini so'ylarga kundan-kun magar,

31><}>

is* v

ы> >>

*: >

PV

>>

Ы J> 1

Я>

>3»

Ы >

Ы )> Ы*

Ы>

! >S> I 3>s*

Ы)>

Ы >

3 Й:>

$4f

ж j

Ы к

< j>j:> >j>

>

Ы >

i >j>

* - >

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

Ojiziy sharmandasini yo'qlag'ay yavm-ul jazo.

Maqtada Ojiziy o'z umidini, orzusini bayon qilyapti desak xato qilmagan bo'lamiz. Va o'zini ancha xokisor tutmoqda ("Sharmandasini"). Ya'ni barcha musulmonlar payg'ambarimizning shafoatidan umidvor. Alal xusus, Ojiziy ham. Kundan kunga payg'ambarimizni yod etib zavqi ortib borayatgani va ana shu sababdin qiyomatda undan shafoatchisi bo'lishini umid qilmoqda. Va bu g'azalning mantiqiy yakuni.

Ojiziy g'azalidagi ma'nolar, bevosita muqaddas Qur'oni karim va hadislar bilan chambarchas bog'liq. Shoir g'azallarining ayrimlarida ketma-ket kelgan misra yoki baytlarda Qur'oni karimdagi ba'zi bir oyatlar yoki hadisi shariflarga ishorani kuzatamiz. Men ham o'z sharximda shu ishoralarni ochib berishga urunib ko'rdim.

Yuqoridagi g'azalning misralarida Qur'oni karimning oyatlariga va bir qancha hadislarga ishorani ko'rib chiqdik. Ojiziyning ijodini o'rganish jarayonida shunga amin bo'ldimki, uning ijodi bilan tanishgan inson ham ma'naviy ozuqa, ham ruhiy zavq oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Qobulov N., Dolimov U. Erk va ma'rifat kuychilari. - T.: 1979. B-10-13

2. Is'hoqov M. Andijon adabiy gurungi. - T.: Mumtoz so'z. 2013

3. Qur'onov D. Ustozlar guldastasi. - T.:2019

4. Madg'oziyev. Ko'hna Sadolar. - T.: Akademnashr, 2020

5. Shohista Kamol qizi. "Muhammad alayhissalomning bolaligi va yoshliklari" - T.: "Movarounnahr", 2005

6. Usmanov F.F. Linguocultural competence as the means of identifying images in fixed similes // Theoretical & Applied Science. №5 (73). 2019. p. 17-20. URL: http://www.t-science.org/arxivDOI/2019/05-73/05-73-4.htm

7. Nabiyeva D.A., Nurmonova S.D. СОВРЕМЕННОЕ ЖАНРОВЕДЕНИЕ ИЛИ ГЕНРИСТИКА: ТЕОРИИ, МЕТОДЫ, ПЕРСПЕКТИВЫ // Theoretical & Applied Science. 2020/4. -C. 824-827. URL: https: //www.elibrary.ru/item.asp?id=44843224

q >3*

Ш

»

Ыщ

* l |>

* -4v ,--

58

Щ >

q

^H >

Ы:> *ф>

q

>Н >

Ы j>

щ >

]>Ж *ф>

q j>р

Ц >р

|:Н> Ы >

q

Щ >

q i

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.