Научная статья на тему 'BIMIY VA UNING ADABIY MEROSI'

BIMIY VA UNING ADABIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
116
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy muhit / Andijon adabiy muhiti / Bimiy / g‘azal / bayoz / badiiy obraz / “Bormayman dedi” / “Qayga boray” / “Qilki hasrat”.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdurazzaqova Shoiraxon Pulatjon Qizi, M.Tojiboyeva

Andijon adabiy muhiti doirasida bir qator yetuk badiiyat namoyandalari yetishib chiqqan bo‘lib, ular o‘zbek badiiy tafakkurida o‘z o‘rniga egadir. Ushbu maqolada andijon adabiy muhitiga o‘z hissasini qo‘shgan ijodkor shoir Bimiyning adabiy merosi xususida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIMIY VA UNING ADABIY MEROSI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

BIMIY VA UNING ADABIY MEROSI

*

>

} * : >

Abdurazzaqova Shoiraxon Pulatjon qizi

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi magistranti Ilmiy rahbar: Dotsent M.Tojiboyeva https://doi.org/10.5281/zenodo.6696577

ß-<\ > Cj )><#

Annotatsiya: Andijon adabiy muhiti doirasida bir qator yetuk badiiyat namoyandalari yetishib chiqqan bo'lib, ular o'zbek badiiy tafakkurida o'z o'rniga egadir. Ushbu maqolada andijon adabiy muhitiga o'z hissasini qo'shgan ijodkor shoir Bimiyning adabiy merosi xususida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlari: adabiy muhit, Andijon adabiy muhiti, Bimiy, g'azal, bayoz, badiiy obraz, "Bormayman dedi", "Qayga boray", "Qilki hasrat"

Л A nrliinn li+arnnr ant тл rrv n m ani noo пгллплал о n i i m Kar rvr

Annotation: Andijan literary environment has produced a number of

>

*

outstanding artists, who have a place in the Uzbek artistic thought. This article provides information about the literary heritage of the creative poet Bimi, who contributed to the literary environment of Andijan.

Keywords: literary environment, Andijan literary environment, Bimiy, gazal, bayoz, artistic image, "Bormayman dedi", "Qayga boray", "Qilki hasrat"

Аннотация: Литературная среда Андижана подготовила ряд выдающихся художников, занимающих видное место в узбекской художественной мысли. В данной статье представлена информация о литературном наследии творческого

поэта Бими, внесшего свой вклад в литературную среду Андижана.

Ключевые слова: литературная среда, Андижанская литературная среда, Бими, газель, байоз, художественный образ, "Вогтаутап dedi", "Qayga Ьогау", hasгat".

llMCfe

Adabiyot - ma'lum ma'noda ijtimoiy harakter kasb etishi haqida juda ko'p ta'kidlangan. Biroq adabiyotning ijtimoiyligi faqat bir ijodkor yoki bir davr nuqtai nazaridan olinishi ham to'g'ri emas. Sababi vaqt o'tgani sari ijodkor va uning qarashlari o'zi yashab turgan zamon va makon talablarini inobatga olgan holda o'zgarib, sayqallanib, yangilik kasb eta boradi. Har bir zamon va makon nuqtai

nazaridan ham ma'lum bir davr kishilarining yashash tarzi, dunyoqarashi nuqtai

J "1 > ^^ ^ 1 ">.

nazaridan ham adabiyot ma'lum bir muhit va maktablarga bo'lingani sir emas.

O'zbek adabiyotida dastlab, Xorazm, Buxoro, Toshkent va Qo'qon adabiy muhiti doirasida ijodkorlar jamlangan bo'lsa, bugungi kunda O'zbek adabiyotiga Andijon adabiy muhiti degan kechimni kiritish vaqti bo'ldi deb o'ylaymiz. Negaki, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegim, Cho'lpon, Muhammad Yusuf boshlab * : j*

^tottot^- a >

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

bergan adabiy jarayonni davom ettirib borayotgan ijodkorlar o'tgan asr va bugungi

asr uchun o ziga xos o ringa ega.

Andijon adabiy muhitining o'ziga xos xususiyati shundaki, unda mumtoz

adabiyot butkul o'zgacha. Bu muhit adabiy jarayonida badiiy adabiyotdan

bm j

ijtimoiylashayotgan, siyosiy jarayonlar inson va olam munosabatlarini aks ettirish an'analari shakllana bordi.

Adabiy muhit — muayyan zamon va makonda yuzaga kelgan, yirik shoir va adiblar ta'sirida shakllangan, o'ziga xos an'analarga ega bo'lgan ijodiy muhit. Adabiy muhitning vujudga kelishi yirik ijodkorlar faoliyati, ular barpo qilgan ijodiy maktablar bilan bog'liq [2.:56]. Adabiy muhit adabiy oqim va yo'nalishlardan farq qiladi. Bir adabiy muhitda bir necha adabiy yo'nalish va oqim faoliyat ko'rsatishi mumkin. O'zbek adabiyoti tarixida Toshkent, Qo'qon, Buxoro, Samarqand va Xorazm adabiy muhitlari mashhurdir. Biz o'rganayotgan Andijon adabiy muhitini Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegim, Cho'lpon, Muhammad Yusuf singari she'r ahillarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ular qoldirgan bebaho so'z namunalari

*

nafaqat o'z davri uchun, shuningdek, hozirgi zamon o'zbek adabiyoti uchun ham muhim xarakter kasb etadi.

Andijon adabiy muhiti doirasida bir qator yetuk badiiyat namoyandalari yetishib chiqqan bo'lib, ularning o'zbek badiiy tafakkuridagi o'rnini quyidagicha belgilash mumkin.

Birinchidan, Sharq mumtoz poetikasi o'zining tamal toshini aruz vazni yordamida XI asrdayoq qo'yganligiga qaramay, o'sha davr badiiy estetik qarashlari bu davrga kelib yangilandi. Natijada, o'sha davrdagi nasihatomuz, pandnomaga uyqashgan misralar XI asrlarga kelib sof badiiy-estetik joziba kasb etdi.

P \ >

Ikkinchidan, dastlab Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegim singari ijodkorlar ma'lum ma'noda badiiy an'analarni davom ettirishgan bo'lsa-da, ammo ular yaratgan obrazlar ijtimoiylasha boshlagan va bu ijtimoiylashish, keyingi davrga kelib o'z vazifasini to'la ado etdi. Bu XIX asr oxiri XX asr 50-60 yillarigacha bo'lgan

m

vaqtda bo'y ko'rsatgan Cho'lPon, Muhammad Yusuf singari ijordkorlar bitiklarida

to'liq namoyon bo'ldi.

Andijon adabiy muhitidagi Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegim, J-jt Cho'lpon, Muhammad Yusuf kabi ijodkorlarning davomchilari sifatida Manzur, Ojiz, Muntazir, Bimiy, Pirimqori, Hofiz, Mushtoq, Mavjiy kabi shoirlarni keltirishimiz mumkin. Garchi ushbu adiblarning ko'pchiligi keng kitobxonlar ommasiga tanish bo'lmasa-da, ular mazkur davr Andijon adabiy muhiti haqida, bir qadar umumiy va xiraroq bo'lsin, yaxlit bir tasavvur bera oladi.

Andijon adabiy muhitiga o'z hissasini qo'shgan adiblaridan biri shoir Bimiydir. Asl ismi Abdurazzoq Xomidxo'ja o'g'li bo'lgan shoir Bimiy 1845-yili Andijonning

J-1______-J- .______________r.______.„1______

Oyim qishlog'ida dehqon oilasida tavallud topgan. Yoshligidan ilm-fanga zo'r havas * : j*

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

qo'ygan Abdurazzoq Qo'qon madrasalarida tahsil oladi va arab, fors tillarini,

#

>

shuningdek, xattotlik ilmini puxta o'rganadi. Bu davrda u Muqimiy, Zavqiy, Furqatlar bilan tanishadi va ularning she'r majlislarida ishtirok etadi [7.:94].

Mavjud adabiy va tarixiy manbalarda esa Biymiyning andijonlik bo'lib, garchi bir muddat Qo'qonda bo'lsa-da, asosiy umri Andijonda kechganligini ko'rsatadi.

Biymiy madrasa tahsilidan so'ng o'z qishlog'iga qaytib qozixonada mirzolik bilan shug'ullandi. Shuningdek badiiy ijod bilan shug'ullandi. O'z she'rlariga kuy bastalab ijro etar edi. Aytishlaricha, badiha usulida to'qilgan g'azaliga shu paytning

J ' 1 о о о г- j о

o'zida kuy bastalab ijro etgan. Biymiy Qo'qon shoirlari bilan aloqani uzmay, ular bilan xat orqali xabarlashib turdi. Do'stlariga o'z she'rlaridan yuborib ularning fikridan xabardor bo'lgan. O'zi ham ular yuborgan she'rlarga munosabat bildirgan

ra.

Shoir g'azallar hanuzgacha ijro etib kelinadi. Bunga misol tariqasida hozirgi kunda ham omma orasida maroq bilan kuylanib kelinayotga "Bormayman dedi", "Qayga boray" radifli g'azallarini ko'rsatishimiz mumkin.

"Bormayman dedi" radifli g'azalida ma'shuqaning oshiq iltimosiga rad javobini mahorat bilan keltiriladi.

Bazmaro ul sho'x delovar bormayman dedi,

Sendan o'zga oshiqim bisyor bormayman dedi.

Aylanma arzing yozib izhor bormayman dedi,

Zoe o'lg'ay mehnating bekor bormayman dedi. [1.: 11]

Ushbu misralarda ko'rinib turibdiki, ma'shuqaning rad javobi har bir misrada

+nr1i Vr»'nnioTiHq taVrnrlonoili TT r»cTiiiTininrr /-»rr'^aVi i1+imr»cini raH m1icTn V\i1an V\irrra

turli ko'rinishda takrorlanadi. U oshiqning og'zaki iltimosini rad qilishi bilan birga, hatto yozma ravishda yo'llagan iltimosiga ham rad javobini beradi. Shu yo'sinda

Pi 1

ЛП1П A^ 1 11*11Л1 ОТл 1 Оt*1 г-жг\л rza

oshiqning barcha urinishlari zoye ketdi.

Bimiy g'azallarida badiiy obrazlarga boydir. Shoirning "Qilki hasrat" deb atalgan g'azalida ham turli badiiy obraz hamda takrorlanmas lavhaga duch kelamiz.

Kuying ichra ichmagan zahr ila bir g'am qolmadi,

Furqatingda ko'z yoshimdan o'zga hamdam qolmadi.

G'amzalar paykonidan ko'ksimda bir dam qolmadi,

Ko'r, bu g'amdin tan g'arqi to'ponimdadir. [1.:11] m

Oshiq o'zidagi holatni shunday tasvirlaydi: Oshiq ma'shuq orqali tortgan azoblar natijasida ado bo'lib, ko'z yoshi daryosiga tushib g'ar bo'layotgan kema kabiday. Shoir bunday badiiy obrazni qo'llab, hech kimda uchramaydigan, takrorlanmaydigan lavha orqali o'zidagi holatni tasvirlab beradi. Bu ham shoir Bimiyning o'zgacha ekanligini ko'rsatib beradi.

Bimiy xalq she'riyati va jonli so'zlashuv tiliga xos rangin ta'bir va ifodalarni ham she'riyatimizga olib kirdi, badiiy til imkoniyatlarini kengaytirib, sodda, ravshan

va o'ynoqi g'azallar yaratdi.

Ы> 3 ]> <}>

а j

ы> >>

* : >

PV

>>

#<ь>

^ >3> 1

Я>

>3»

Ы y-

Ы )> Ы*

Ы>

! >5>

I ]><<>

)Wvj J>

Ы >

\ Й:> Щ

Ш>

! >1 l3>-

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Nogoh ko'ribon mahv jamoling bo'la qoldim,

Oydek yuzungga boqtimu hayron bo'la qoldim. [3]

Mana shunga o'xshash ya juda ko'plab xarakterli misollarda Bimiyning oshiq-ma'shuqlik mojarolari haqida eski mavzuni andijon adabiy muhitidagi soddalik, samimiyat, sho'x lirizm bilan orginal shakllarda jonli harorat bilan kuylashga muvaffaq bo'lganini ko'ramiz.

Bimiyning mavjud asarlari bizgacha shoir hayotligida bosilgan toshbosma bayozlari orqali yetib kelgan. Uning ko'plab g'azal va muxammaslari "Armug'oni Xislat", "Tuhfai Xislat", "Bayozi Xaziniy" kabi bayozlaga kiritilgan.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, syuksak iste'dod sohibi shoir Bimiy she'riyati xalqchiligi bilan Andijon adabiy muhitining shakllanishi va rivojlanishiga hissa qo'shgan. U yozib qoldirgan lekin topilmagan asarlarini o'rganish bizning oldimizda turgan asosiy vazifa hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Qobulov N., Dolimov U. Erk va ma'rifat kuychilari. - T.: 1979. B-10-13

2. Is'hoqov M. Andijon adabiy gurungi. - T.: Mumtoz so'z. 2013

3. Tuhfai Xislat. - T.: G'ulom Hasan Orifjonov matbaasi, 1333 (1915)

4. Qayumiy P. Tazkirayi Qayumiy. I jild. - T.: 1998

5. Abdullayeva D.Z. "Tazkirai Qayyumiy" asarida Andjon shoirlari haqida. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.

6. Qur'onov D. Ma'naviyat beshigi Andijonda madaniy hayot va adabiy muhit. Turk düyasi kültür baçkentleri bilgi §öleni. Bildi metinleri. 2015

7. Qur'onov D. Ustozlar guldastasi. - T.:2019

jW^ У

q ж**

ЩУ>

!> jjh

j

j*4> 1>

m>

Ы j>

Ы >

i >j>

+H >

л w> -

Ы*

Qj^f^S). .—

50

Щ >

q

q

*ф> Ы+

л Л JW

>H > Ы >

щ >

ут*

]>Ж i

|:H> Ы >

q щъ q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.