Научная статья на тему 'DADAXON QORI SUHAYLIY HAYOTI VA IJODINI ILMIYADABIY MANBALAR ASOSIDA O‘RGANISH'

DADAXON QORI SUHAYLIY HAYOTI VA IJODINI ILMIYADABIY MANBALAR ASOSIDA O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
158
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy muhit / milliy harakatchilik / ijodiy an’ana / ma’rifatparvarlik / shakliy va g‘oyaviy yangilanish / adabiy manba / ilmiy manba / biografik metod / qiyosiy metod / literary environment / national movement / creative tradition / enlightenment / formal and ideological renewal / literary source / scientific source / biographical method / comparative method

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamaziyoyeva Ozoda Botirali Qizi

Maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Namanganda Is’hoqxon To‘ra Ibrat, Dog‘iy, Xilvatiy, So‘fizoda kabi qator ziyolilar bilan hamnafas qalam tebratgan shoir, qori, ma’rifatparvar ijodkor Dadaxon qori Suhayliy hayoti va adabiy merosi bilan bog‘liq adabiy-ilmiy mabalar asosida o‘rganiladi, qiyoslanadi va xulosalar beriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF DADAKHAN QORI SUHAYLI'S LIFE AND WORK ON THE BASIS OF SCIENTIFIC AND LITERARY SOURCES

In the end of the XIX century and the beginning of the XX century in Namangan the life and literary heritage of the poet, reciter, enlightened artistDadakhan Qori Suhaili related literary sources are studied, compared, and conclusions are released.

Текст научной работы на тему «DADAXON QORI SUHAYLIY HAYOTI VA IJODINI ILMIYADABIY MANBALAR ASOSIDA O‘RGANISH»

DADAXON QORI SUHAYLIY HAYOTI VA IJODINI ILMIY-ADABIY MANBALAR ASOSIDA O'RGANISH Mamaziyoyeva Ozoda Botirali qizi

Namangan davlat universiteti 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6535159 Annotatsiya. Maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Namanganda Is'hoqxon To'ra Ibrat, Dog'iy, Xilvatiy, So'fizoda kabi qator ziyolilar bilan hamnafas qalam tebratgan shoir, qori, ma'rifatparvar ijodkor Dadaxon qori Suhayliy hayoti va adabiy merosi bilan bog'liq adabiy-ilmiy mabalar asosida o'rganiladi, qiyoslanadi va xulosalar beriladi.

Kalit so'zlar: adabiy muhit, milliy harakatchilik, ijodiy an'ana, ma'rifatparvarlik, shakliy va g'oyaviy yangilanish, adabiy manba, ilmiy manba, biografik metod, qiyosiy metod.

ИЗУЧЕНИЕ ЖИЗНИ И ТВОРЧЕСТВА ДАДАХАНА КОРИ СУХАЙЛИ НА ОСНОВЕ НАУЧНЫХ И ЛИТЕРАТУРНЫХ

ИСТОЧНИКОВ

Аннотация. В конце XIX века и начале XX века в Намангане исследуется жизнь и литературное наследие поэта, чтеца, просветителя Дадахана Кори Сухайли, связанные с ними литературные источники, сопоставляются и делаются выводы.

Ключевые слова: литературная среда, национальное движение, творческая традиция, просвещение, формальное и идейное обновление, литературный источник, научный источник, биографический метод, сравнительный метод.

STUDY OF DADAKHAN QORI SUHAYLI'S LIFE AND WORK ON THE BASIS OF SCIENTIFIC AND LITERARY SOURCES Abstract. In the end of the XIX century and the beginning of the XX century in Namangan the life and literary heritage of the poet, reciter, enlightened artist

Dadakhan Qori Suhaili related literary sources are studied, compared, and conclusions are released.

Keywords: literary environment, national movement, creative tradition, enlightenment, formal and ideological renewal, literary source, scientific source, biographical method, comparative method

KIRISH. "Namangan qadimdan ko'p-ko'p iste'dod egalari parvoziga qanot bergan ilohiy bir makondir. Bu ko'hna yurtda tug'ilib ijod qilgan Muhdumi A'zam Kosoniy, Boborahim Mashrab, Fazliy, Nodim Namangoniy, Is'hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So'fizoda singari shoir va ma'rifatparvarlar nomini xalqimiz hurmat bilan tilga oladi". O'zbek adabiyoti o'zbek xalqining o'zi singari juda qadimiy va boy tarixga ega. Uning o'ziga xos rivojlanish va taraqqiyot yo'li, shakllanish qonuniyatlari mavjud. Bularni to'laligicha his etish, anglash va umumlashtirish uchun uning ana shu tarixini puxta o'rganish zarur. Yuqorida nomi qayd etilgan shoirlar bilan bir davrda ijod qilgan namanganlik shoir Dadaxon qori Suhayliy adabiy merosi yuzasidan adabiyotshunoslik ilmida ayrim tadqiqotlar amalga oshirilgan, ammo o'z davrida didaktik ruhda bitilgan lirik merosi, shoir ijodidagi mumtoz poetika an'analari va yangi davr adabiyotiga xos tendensiyalar, diniy-ma'rifiy, axloqiy-ta'limiy she'rlari qiyosiy tadqiqini amalga oshirish zarurati o'zbek adabiyotshunosligining kun tartibida turgan muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu shoirning ma'rifatparvarlik ruhida yaratilgan asarlaridagi badiiy so'z san'atining o'rni, adabiy merosining o'ziga xos janr xususiyatlarini poetik jihatdan tahlil etish dolzarb muammolardandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA MUHOKAMA. XX asr boshlarida Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari ijodiga oid mavjud manbalar, asosan, mustaqillik sharofati bilan matnshunoslar tomonidan o'rganila boshlangan. A.Xalilbekovning "Namangan adabiy muhiti" kitobida Namangan va uning atrofida yashab ijod qilgan shoirlar hayoti va ijodiy faoliyati to'rt davrga bo'lib o'rganilgan:

1. Qadim zamonlardan XVII asrgacha bo'lgan davr (Umar Bob Farg'oniy, Ahmad bin Sa'diddiyn O'zgandiy an-Namangoniy, Asiruddin Axsikatiy, Abu Bakr Kosoniy, Mahdumi A'zam - Sayid Ahmad ibn Mavlono Jaloliddin Xojagiy Kosoniy, Mavlono Lutfullo Chustiy, Said Muhammad Tohir ibn Abdul Qosim)

2. XVII asrdan XIX asrgacha bo'lgan davr (G'oziy, Munshiy, Majzub, Muxlis, Mahzun, Ma'dan, Boborahim Mashrab, Fazliy Namongoniy, Nodir)

3. XIX asrning ikkinchi yarmi (Mulla Muhiddin, Inoyatxon Langariy, Shavqiy)

4. XX asr boshlari (Nodim, Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So'fizoda)

XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari Nodim, Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So'fizoda, Dog'iy, Suhayliy kabi shoirlarning qo'lyozma va nashriy manbalardagi mavjud ma'lumotlar bir-birini to'ldirish bilan ahamiyatlidir. Ular shoirlarning tarjimayi holi, dunyoqarashi, adabiy merosi, umuman, Namangan adabiy harakatchiligini o'rganishda muhim o'rin tutadi.

Suhayliy lirik merosi adabiyotshunoslik ilmida maxsus o'rganilmagan. Shoir ijodida diniy-ma'rifiy mazmundagi she'rlar salmoqli o'rin tutgani sababli sho'ro davrida ularni nashr etish imkoni bo'lmagan. Suhayliy ijodi mustaqillik tufayli erishilgan imkoniyatlar natijasi sifatida nashrga tayyorlandi va keng jamoatchilikka taqdim etildi. Uning "Yodgorim" she'rlar majmuasidan joy olgan hamd, na't hamda munojotlar, g'azal, murabba', muxammas, musaddas, qit'a, tuyuq, masnaviy, muvashshah, marsiya kabi she'rlarini shoir Dog'iyning o'g'li Hoshimxo'ja eski o'zbek yozuvidan krill yozuviga o'girgan. Hoshimxo'ja ushbu nashrga "Dadaxon qori Suhayliy haqida" sarlavhali so'zboshi yozadi. So'zboshida shoir biografiyasi batafsil yoritilgan. Muallif bu ma'lumotlarni Suhayliyning jiyani Abdulhafizxon, keyinchalik shoir bayozlarini 43 yil asragan qarindoshi hamda qo'shnisi Abdurahimxo'jadan olinganini ta'kidlab o'tadi.

Shuningdek, Namangan davlat universiteti katta o'qituvchisi, falsafa fanlari doktori Ozodaxon Boltaboyevaning "XX asr boshlarida Namanganda adabiy harakatchilik: namoyandalari, an'analari, yangilanishi" nomli doktorlik

dissertatsiyasida ayni shu davrlarda yashab ijod etgan bir qator shoirlar, jumladan, Nodim, Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So'fizoda, Dog'iy hamda Suhayliy hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog'liq qimmatli ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, ularning Namangan davlat universiteti Ilmiy Axborotnomasida chop etilgan "Suhayliy she'riyatining janr xususiyatlari", AQSH ning "Theoretical & Applied Science" xalqaro jurnalida nashr qilingan "Literary movement in the early 20th century in Namangan: its establishment, development and demise" kabi ilmiy maqolalarida ham shoir haqida qimmatli ma'lumotlarni olashimiz mumkin.

XX asr boshlarida Namangan adabiy harakatchiligi vakillari, ularning o'zbek adabiyoti tarixida tutgan o'rni, sovet hukumatining yolg'on-yashiqlarga to'la fojiali tarixi, millatparvarlarning ijod va hayot yo'li, qo'lyozma va istiqloldan keyin nashr ettirilgan she'riy to'plamlari haqida umumiy ma'lumot beruvchi ilmiy -ommabop maqolalar ham mavjud. Xususan, "Yoshlik" jurnalida chop etilgan Mirzo Kenjabek "Ruhiyat ozuqasi ma'naviyat bozorlaridadur" nomli maqolasida biz bilgan mashhur ijodkorlardan tashqari, hayotimizning pinhon qatlamida yana bir toifa shoir va yozuvchalar zumrasi borki, ularning nomi va ijodi istiqlol davriga kelibgina xalqimizga ma'lum bo'lgani haqida yozadi. Ular orasida istibdod vaqtida "mulla", "eshon" degan tamg'alar bilan xaspo'shlangan bu aziz zotlar ijodini darsliklarga kiritish kerakligini ta'kidlaydi.

Shuningdek, Hoshimxo'ja Yo'ldoshxo'jayevning oylik diniy-ijtimoiy, ilmiy-adabiy nashr "Hidoyat" jurnalida e'lon qilingan "Dog'iyni bilasizmi?" nomli ilmiy-adabiy maqolasida o'z ajdodi bo'lgan Dog'iy hayoti va ijodi haqida to'xtalib, uning adabiy kechalar tashkil qilgani, unda davrining mashhur shoirlari ishtirok etib, o'zining yuksak iste'dodini namoyon qilgan ijodkorlar qatorida Suhayliyni ham sanab o'tadi.

NATIJA. Dadaxon qori Suhayliy 1898-yilda Namangan shahrining "Chinor" mahallasidagi Ro'yanchi ko'chasida hunarmand oilasida tavallud topgan. Oilada to'rt farzand bo'lib, otasi Rustamxo'ja bo'zchilik (to'quvchilik) bilan shug'ullangan. Onasi Ubaydaxon xola naychakashlik, ya'ni ip o'raladigan

naysimon asbob yasash bilan band bo'lar, bo'sh vaqtlarida esa ip yigirar edi. Oilaning har bir a'zosi dindor, ilmga intiluvchi, ma'rifatparvarlar odamlardan bo'lishgan.

Dadaxon Qori bolalagidan nihoyatda ziyrak, salohiyatli va xushro'y edi. Buni sezgan otasi Rustamxo'ja farzandining tarbiyasi va ta'lim olishiga qattiq e'tibor bergan holda o'g'li Dadaxon Qorini dastavval Avliyo domla diniy maktabiga savodini chiqarish uchun beradi hamda u yerda Qur'on qiroati ilmini o'rgana boshlaydi va 13 yoshida jarangdor, yoqimli ovozli murattab qori bo'lib yetishadi. Qur'onni xatm qilgach, 1911-yilda Bahodirxon Eshon madrasasiga kirib, keyinchalik Namangan shahridagi Mulla Qirg'iz madrasasi ro'parasida joylashgan, 1918-yilda buzib tashlangan Azizxo'ja Eshon madrasasida tahsil oladi. U yerda arab, fors, ozarbayjon tillarini mukammal egallaydi. Bundan tashqari Dadaxon Qori Suhayliy arab yozuvi sirlarini mukammal o'zlashtirib, mohir xattot darajasiga yetdi. Hayoti davomida bir necha shoirning asarlarini chiroyli kaligrafiya bilan "oq"qa ko'chirib berganligi ham uning o'z vaqtida xalq orasida ma'lum va mashhur mohir xattot bo'laganligidan dalolat beradi.

Suhayliy yashagan davrida Namanganda o'ziga xos adabiy muhit yuzaga kelgan bo'lib, Mulla Boboxon to'ra, Nodim Namangoniy (vaf.1911), Mulla Yo'ldosh Xilvatiy (1858-1921), Mulla Is'hoqxon to'ra Ibrat (vaf.1938), Mulla Yo'ldoshxo'ja Dog'iy (1880-1974), Usmon Nosir (1912-1944), Ne'malbadal Partaviy (vaf.1938), Aziz Tursun Sharqiy (vaf.1974), Rashid Xalil (vaf.1963-1964) kabi o'tkir qalam sohiblari barakali ijod qilishgan edi. Ular tez-tez yig'ilib, mushoira o'tkazar, bir-birlarining ijodlari bilan tanishar, ulardan tajribalari yoshlarga kerakli tavsiyalarni berar edilar. Shu o'rinda yuqorida ta'kidlab o'tganimiz Mulla Yo'ldoshxo'ja Dog'iyning o'g'li Hoshimxo'ja hoji Yo'ldoshxo'jayevning 2006-yil O'zbekiston musulmonlar idorasi rahbarligida nashr qilinadigan "Hidoyat" oylik diniy-ijtimoiy, ilmiy-adabiy jurnalida otasiga bag'ishlangan "Dog'iyni bilasizmi?" nomli maqolasida otasining mashaqqatli va mazmunli hayoti hamda ijodi bilan birga ayni biz ta'kidlagan mushoiralar haqida

ham fikr yuritadi: "30-yillar xonadonimizda ko'plab she'riy suhbatlar bo'lar edi. Munis (Umarxon), Unvon (Musallamxon to'ra), Suhayliy (Dadaxon qori), Sho'xiy (Abduvohid Ahadov), Kamoliy (Kamol Xamoqulov), Partav (Ne'malbadal Samarqandiy) Mulla Abduqayum qori kabi shoirlar ijodlaridan namunalar o'qishar, munozaralar yarim tungacha davom etardi. Afsuski, qatog'onlar zarbasi bu kabi ilmiy va badiiy suhbatlarga chek qo'ydi".

Yoshligidan she'riyat havasmandi bo'lgan Dadaxon Qori Suhayliy Nodim, Dog'iy, Munis, Unvon, So'fizoda kabi o'z davrining ko'zga ko'ringan shoirlari bilan do'stlashadi, ularni ustoz sifatida ulug'laydi. Suhayliyning o'zi ham she'rlaridan birida bir necha shoirning ulfatchiligi haqida so'z yuritib shunday deydi:

Suhbatni futuhi ibni Nodim, Mirzo Naqib, ul abidu olim Onlarga bo'lib Suhayliy xodim, To'rtinchi rafiqa qalbi solim, Himmat bila Hotami zamona.

Suhayliy Mulla Yo'ldoshxo'ja Dog'iyning suyukli shogirdi va maslakdoshi bo'lib, ko'pgina ijod sirlari va uslublarni o'sha kishidan o'rgangan. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, Dog'iy naqshbandiya tariqati soliki bo'lib, tasavvuf sirlarini davrining zabardast qorilaridan o'rgangan edi. Natijada Suhayliy ustozining so'fiyona baytlaridan ilhomlangani holda, ayni shu doirada saboq ola boshladi, qunt bilan kitob mutolaasiga berildi. Farididdin Attor, Sa'diy, Hofiz Sheroziy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Abdulqodir Bedil, Mashrab, Amiriy, Nodira kabi shoirlar ijodi bilan tanishdi. Ulardan balog'at, fasohat, majoz, aruz va qofiya kabi ijod sirlarini o'rgandi. Tez orada davralarda iste'dodli, o'z ovoziga ega shoir sifatida tanildi. Bir-biridan nafis g'azallar bitdi, Navoiy, Jomiy, Fuzuliy, Mashrab, Nodira, Dog'iy kabi bir qator shoirlarning she'rlariga muxammaslar bog'ladi. Uning she'rlaridan biri o'zbek romonchiligining otasi deb e'trof etilgan mashhur adib Abdulla Qodiriyga atab yozilgan madhiyadir. Suhayliy Qodiriy ijodining

muxlislaridan biri bo'lgan edi. 1934-yilda bitilgan "Qodiriyga xat" madhiyasida Qodiriy Turon o'lkasi-yu, Toshkentning farzonasi, eng suyukli adibi sifatida ta'riflanadi:

Ayo farzonai Turon-u Toshkand,

Hakimi zufununu ey xiradmand... (179-bet)

Afsuski, mash'um qatog'on Dadaxon Qori Suhayliyni ham chetlab o'tmadi. Uni 1930-yilda Muhammadsharif So'fizodaning maslakdoshi sifatida hibsga oldilar. Bir necha oylik tutqunlikdan so'ng majruh va mayib holda turmadan ozod qilindi. Uning sog'ligi shunchalik ayanchli edik, so'zlasa, nima deyotganganini tushunish qiyin, qo'llari qalam tuta olmas darajaga tushib qolgan.

Suhayliy zamonasiga xos tarzda tariqat ahlidan bo'lib, Yaxyoxon To'raga murid bo'lgan. U ma'naviyatni moddiylikdan ustun bilgan. Shu bois uning ijodida chin muhabbat, sof insoniy tuyg'ular, ruhiy kamolotga intilish hissi sezilib turadi.

Yigitlik chog'ida Qur'on hofizi, zo'r xattot, iste'dodli shoir sifatida tanilgan Dadaxon Qori umrining oxirgi yillari bir muncha ayanchli kechadi. U Zebixon ismli ayolga uylanadi, lekin oilaviy turmushi uzoqqa cho'zilmaydi. Bu nikohdan farzand dunyoga kelmadi. Abdulhafizxon ismli jiyanining hovlisidagi bir kulbada faqirona kun kechirgan Suhayliy 1961-yilda 63 yoshida vafot etdi. Qabri Namangan shahrining shimoliy tarafida joylashgan "Mavlaviy" qabristonida, Mavlaviy Namongoniy maqbarasining yonida joylashgan.

Shoirning ijodiy merosi - ikki bayozdan iborat she'riy to'plam, u vafot etgach, jiyani Abdulhafizxonda qolgan edi. Abdulhafizxon 1963-yilda Toshkentga ko'chib ketayotganida bayozlarini o'z qarindoshi Abdurahimxo'ja Mamatxonovga topshiradi. She'riyat ixlosmandi, havaskor shoir Aburahimxo'ja bu qo'lyozmalarni qirq uch yil davomida avaylab-asraydi. U Suhayliy bilan yaqin qo'shni va ko'p voqealardan xabardor bo'lgani sababli shoirning hayoti haqidagi ma'lumotlarning aksari shu kishidan olingan. Bayozdan, shuningdek, o'sha davrning yetuk adiblari Mulla Yo'ldosh Xilvatiy, Mulla Yo'ldoshxo'ja Dog'iy, Valixon to'ra Unvon kabi shoirlarning ham bir necha she'rlari o'rin olgan. Qo'lyozma Yo'ldoshxo'ja

Dog'iyning o'g'li Hoshimxo'ja hoji Yo'ldoshxo'jayev tomonidan krill alifbosiga ko'chirilib, nashrga tayyorlangan.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, shoir she'rlari jamlangan ikkita bayoz bizgacha yetib kelgan. Uning asarlari mavzu jihatidan g'oyat xilma-xil, badiiy jihatdan puxta. Shoir ijodida g'azallar, muxammaslar, muvashshahlar, marsiyalar, naziralar, tuyuqlar hamda hajviy asarlar o'rin olgan. Suhayliy asarlari bilan tanishgan har bir kitobxon uning naqadar yuksak zakovat sohibi ekanligini his qiladi.

Suhayliy dastlabki she'rlarini Qoriy taxallusi bilan yozgan. Biroq keyinchalik Qo'qonda shunday taxallus bilan ijod qilgan shoir borligi sabab, Qosir taxallusi ostida ijodini davom ettirdi va so'nggi pallada she'rlariga Suhayliy deb imzo chekadi. O'zi arab va fors tillarini yaxshi bilishiga qaramasdan, asosan, o'zbek tilida ijod qilgan. Biroq, she'rlarida fors va arabcha iboralar, Qur'on oyatlari va hadislardan chiroyli iqtiboslar qo'llangan. Shuningdek, misralarida Namangan xalqining betakror lahjasi ham o'z bo'y-bastini, nafosatini aniq ko'rsata olgan, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Dadaxon Qorining qiziqishlari keng doirada bo'lgan. U adabiyot ilmi bilan bir qatorda tarixni ham jiddiy o'rgangan, shu bois qiziqishlari samarasi o'laroq "Bo'ston al-orifiyn" asari yuzaga kelgan. Bu asarda u rus davlatining paydo bo'lishi, Buxoro shahrining qurilishining tarixi, Turkistonning ruslar tomonidan zabt etilishi, Qo'qon xonligining tashkil topishi xususida ko'plab qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.

Hozirda shoirning Muborakxon ismli singlisining farzandlari bor. Katta o'g'illari Abdulhafizxon 1994-yilda Toshkentda vafot etgan. Uning farzandlari o'sha yerda yashaydi. Ikkinchi o'g'li Is'hoqxon hozirda Toshkentda istiqomat qiladi.

Hayoti taqdir va zamonaning ayovsiz sinovlari ostida o'tgan Suhayliy oila qurib, zurriyot qoldirish, yoki boshqa ishlar bilan nom qoldirish imkoniyatiga ega bo'lmadi. Shu bois bo'lsa kerak, bir g'azalida u:

"Suhayliy, har erdin qolur bir nishon,

Men o'lsam agar, yodgorim qani? "

deb, zorlanadi.

Biroq, fikimizcha, Suhayliydan qolgan bayoz, ijod namunalari avlodlar uchun qoldiriladigan meroslarning eng munosiblaridan biri hisoblanadi. Chunki, u she'riyati orqali yosh avlodni ilm-ma'rifatga chorlaydi, xalqiga, Vataniga munosib bo'lishga undaydi, halollik, kamtarlik va mehr-oqibat kabi chin insoniy tuyg'ularni tarannum qiladi. Umid qilamizki, Suhayliy she'rlarinining mag'zini chaqish, ularni baytma-bayt ham ilmiy, ham badiiy jihatdan tahlil qilish, hayotning har qaysi mavzusi haqida mohirlik bilan qalam tebrata olgan shoir ijodi va mashaqqatli hayotini tadqiq etish, uni nafaqat ilm ahliga, balki butun o'zbek xalqiga, ayniqsa, endigina o'sib-unib kelayotgan, insoniy qarashlari shakllanayotgan -O'zbekistonning buyuk kelajagi bunyodkorlariga tanishtirish, avvalombor, XX asr o'zbek adabiyotining ochilmagan yana bir qirrasini ochish, ajdodlar merosiga bo'lgan yuksak ehtirom belgi bo'lishi bilan birga, eng asosiysi, bugungi kunda oldimizga qo'ygan yuksak marralarni zabt etish uchun bizga, yoshlarga hayotiy mayoq bo'lib xizmat qiladi, albatta.

XULOSA. XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligining mahoratli, serqirra vakili Dadaxon qori Rustamxo'ja o'g'li Suhayliy hayoti va ijodi bo'yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar barmoq bilan sanarli bo'lsa-da, shoir poetik mahoratini baholashda uning "Yodgorim" she'riy to'plamidan o'rin olgan mag'zi to'q baytlari ham yetarli, aslida. Shuning uchun ham, uning xalqparvarlik, insoniylik kabi ma'naviyatga boy lirik merosini insoniyatga yetkazish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Boltabayeva, O.Y. Literary movement in the early 20th century in Namangan: its establishment, development and demise. Theoretical & Applied Science. - Philadelphiya. U.S.A. 2018. P - 210-214.

2. Cy^afinHH. ËgropHM. - TomKeffr: Fikr-Media, 2009. - 192 6.

3. Болтабоева O. ХХ аср бошларида наманганда адабий хдракатчилик: намояндалари, анъаналари, янгиланиши: филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертация. - Тошкент, 2019. - Б. 148.

4. Йулдошхужаев X,. Догийни биласизми? / Hidoyat, 2006, 31-май -№ 5. - Б. 20.

5. Mirzo Kenjabek. Ruhiyat Ozuqasi ma'naviyat bozorlaridadur / Yoshlik, 2011. 20-may - № 5. - B. 7-10

6. Болтабоева О. Сухдйлий шеъриятининг жанр хусиятлари. -НамДУ., Илмий Ахборотнома, 2019-йил, 11-сон. - Б. 219-222

7. Халилбеков А. Наманган адабий му^ити. - Тошкент: Рухдфзо, 1998. - 176 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.