Научная статья на тему 'XX ASR 50-70 YILLARIDA BUXORO ADABIY MUHITI TARIXI'

XX ASR 50-70 YILLARIDA BUXORO ADABIY MUHITI TARIXI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
264
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Adabiy muhit tarixi / adabiy harakatchilik / Toshpo‘lat Hamid / Yozuvchilar uyushmasi / she’riyat / “Nilufar” adabiy to‘garagi. / History of literary environment / literary movement / Toshpolat Khamid / Writers’ union / poyetry / "Nilufar" literary circle.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Axmatov, Amonkeldi Hasanovich

Ushbu maqolada XX asr 50-70 yillarida davom ettirilgan Buxoro adabiy harakatchiligi haqida ayrim tahliliy qarashlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF BUKHARA LITERARY ENVIRONMENT IN 50-70S OF THE XX CENTURY

This article provides some analytical viyews on the Bukhara literary movement, which continuyed in the 50-70s of the XX century.

Текст научной работы на тему «XX ASR 50-70 YILLARIDA BUXORO ADABIY MUHITI TARIXI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XX ASR 50-70 YILLARIDA BUXORO ADABIY MUHITI TARIXI

Axmatov Amonkeldi Hasanovich

BuxDU tayanch doktoranti +998997591212 /// amonaxmatov@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada XX asr 50-70 yillarida davom ettirilgan Buxoro adabiy harakatchiligi haqida ayrim tahliliy qarashlar berilgan.

Tayanch so 'zlar: Adabiy muhit tarixi, adabiy harakatchilik, Toshpo 'lat Hamid, Yozuvchilar uyushmasi, she'riyat, "Nilufar" adabiy to 'garagi.

В данной статье представлены некоторые аналитические взгляды на бухарское литературное движение, продолжавшееся в 50-70-е годы ХХвека.

Ключевые слова: История литературной среды, литературное движение, Ташпулат Хамид, союз писателей, поэзия, литературный кружок «Нилуфар».

This article provides some analytical viyews on the Bukhara literary movement, which continuyed in the 50-70s of the XX century.

Keywords: History of literary environment, literary movement, Toshpolat Khamid, Writers' union, poyetry, "Nilufar" literary circle.

XX asr Buxoro adabiy muhitiga dastlab Sharifjon Maxdum (Sadr Ziyo), Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitratlar navbati bilan yetakchilik qildilar. Biroq, 40 yillardan keyingi jarayon kuzatilsa, Buxoro adabiy muhitida yaqqol ko'zga tashlanadigan yetakchilikni qo'lga olib, adiblarni birlashtiradigan tashkilotchi uchramaydi. Bu hol toki 1950-yil o'rtalariga qadar davom etadi. XX asr 50-70-yillari Buxoro adabiy muhitining zabardast vakili, tashkilotchisi va jonkuyari To shpo'lat Hamidov adabiy sahnaga chiqishi bilan muhit o'z yetakchisiga ega bo'ldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik,tarixiylik, izchillik va obektivlik usullaridan keng foydalanildi. Ushbu davr Buxoro adabiy muhiti tarixi bo'yicha adabiyotshunoslikda ba'zi bir ishlar qilingan bo'lsada, O'zbekiston tarixi bo'yicha hamon bu borada tadqiqotlar olib borilmagan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin biroz pasayish kuzatilsada, 1950-yillarga kelib viloyatlarda ham adabiy jarayonlar qaytadan tashkillashtirildi. XX asr 50-yillariga

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

kelib Respublikaning mintaqaviy adabiy doiralarida ijod qayta yuksala boshladi. Buxoroda urushdan keyin tushkunlikka uchragan adabiy muhit qayta yuksala boshladi. O'zbekiston SSR Vazirlar kengashining 1955-yil 21-yanvardagi 100-sonli qaroriga muvofiq O'zbekiston Sovet Yozuvchilar uyushmasining ma'muriy boshqaruv apparati tarkibi va shtat birligi qayta shakllantirildi. Qarorga binoan bir qator viloyatlarda Yozuvchilar uyushmasining bo'limlarini tashkil qilishga kirishildi. 1955-yil 1-oktyabrda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarini birlashtirgan bo'limi tashkil etiladi1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1957 yil fevralda shoir G'afur G'ulom Buxoroga tashrif buyurib, yosh ijodkorlar bilan uchrashdi. Uchrashuv Gavkushon minorasi yonidagi "O'qituvchilar uyi"da o'tkazildi. Kechani shoir Toshpo'lat Hamid ochib, dastlabki so'zni G'afur G'ulomga berdi. Atoqli shoirimiz o'z lutfida ijodkorning mas'uliyati, yosh yozuvchi va shoirlar ko'p o'qishi, hayotni yaxshi o'rganishi lozimligi haqidagi fikrlarini aytib, o'z she'rlaridan o'qib berdi"2. Shuningdek, Xamid G'ulom, Jalol Ikromiy, Asqad Muxtor, Sunnatulla Anorboyev, Sergey Borodin, Jumaniyoz Jabborov, Yusufjon Hamdam, Mirmuhsin va boshqa adiblar paxta yig'im-terimi ayni avj olgan 1959 yilning oktabr oyi o'rtalarida G'afur G'ulom boshchiligida viloyatga kelishdi.

Xalqaro aloqalarni jonlantirishga xizmat qilgan Shvetsiya yozuvchilar soyuzi raisi o'rinbosari Yan Yelen va Shved shoiri Karl Vannberglardan iborat yozuvchilar delagatsiyasi O'zbekistonda bo'ldi (1962 yil). Ular Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarining qadimiy yodgorliklarini yangi madaniy o'choqlarini tomosha qildilar3.

1950-70 yillarda Buxoro adabiy muhiti vakillari doimiy ravishda Mexanizatsiya maktabining o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilishadi. Adabiy kechalarda mualliflar o'zlarining eng yaxshi she'rlaridan, havaskor ijodkorlarning, taniqli rus va o'zbek sovet adiblarining asarlaridan parchalar o'qiladi.

Buxoro davlat Pedagogika institutida ham alohida adabiy muhit shakllangan edi. Kitobxonlar konkursi, yosh ijodkorlar konferensiyalari tashkillashtirib turilgan. O'zbek adabiyoti kafedrasi huzurida "Yosh ijodkorlar" adabiy to'garagi faoliyat yuritgan. 1962 yil rektor D.Namozov rahbarligida Shuhratning "Shinelli yillar" romani yuzasidan dekabr oyida kitobxonlar tadbiri tashkillashtirilganda adibning o'zi ham ishtirok qilgan4.

1 Y36eKHCTOH M^,A, 2356-$OHg, 1-pynxaT, 405-um,82-Baparç.

2 Fy^OM ffloMypog. Mexp Me^Bapu: ffletp^ap, gocTOH^ap, xoraparap. - TomKeHT.: «fflaprç», 2014. - B.205.

3 Y36eKHCTOH mhothh apxHBH, P-2356-$OHg, 1-pynxaT, 773-um, 175-Baparç.

4 Y36eKHCTOH mhothh apxHBH, P-2356-$OHg, 1-pynxaT, 772-um, 188-Baparç.

400

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Yozuvchilar uyushmasi Buxoro bo'limi 1957-yilda dastlabki she'rlar to'plamini nashr ettirdi. "Buxoro kuylaydi" (badiiy havaskorlik to'garaklari uchun repertuarlar to'plami) deb nomlangan to'plamda ko'plab shoirlarning she'rlari joy oladi5.

Toshpo'lat Hamidning tashabbusi bilan shu yilning o'zida buxorolik yosh ijodkorlarni jamlagan "Oktyabrga guldasta" she'rlar to'plami nashr etiladi. Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limini rahbari sifatida ijod ahlini, ilmni hurmat qilgan, qadrlagan adib matbuotda ko'plab she'rlari bilan ishtirok qilib ilk to'plami "Quyosh sha'niga" nomi ostida 1960 yilda nashr ettirgan edi.

Dramaturgiya, bolalar adabiyoti, adabiyotshunoslik va folklorshunoslik, tarjima va tarjimashunoslik sohalarida ham o'ziga xos jonlanish sezila boshlandi. Bu sohalarning har biri alohida tadqiqotga arzigulik. "Asrorqulning qo'chqori" she'riy ertakdagi xulosa zolimlar saltanati jazosini oladi xalq o'z erkiga erishadi. "Qora kiyik" dostonida xalqimizning erk va ozodlik, faravon hayot uchun kurashi tarixi mavzu qilib olingan. Amirlikning qulashi tasvirlanishi bilan birga sovet mafkurasi ustuvorligi yaqqol seziladi. "Quvg'in" dostoni ham tarixiy biografik mavzuda bo'lib Ibn Sino hayoti tasvirga olinadi. "Tilla darvoza" dostonida Muruntov oltin konining ochilishi va bunyodkorlik g'alabalari hikoya qilinadi. "Gulob" dostonida Malikcho'lning o'zlashtirilishida yoshlarning shijoati kuylanadi6.

She'riyatda mehnat ahlini ulug'lashga bag'ishlangan ko'plab she'rlar yozdi, zamon kishisi sifatida davrdan kelib chiqib mulohaza yuritadi. Sovet rejimi mafkurasini olqishlab, paxta yakka hokimligining asoratini, mehnatkashlarni eksplutatsiya qilinayotganini, sho'rolar mafkurasi alqagan paxta yakka hokimligi illat ekanligini e'tiborga olmaydi. "Norxola", "Paxtazor go'zali", "Qo'llaringni yashirma, Jannat", "Paxta va Quyosh" singari paxta yakkahokimligiga da'vat etuvchi she'rlari shular jumlasidandir. Aslini aytganda, ushbu jihat davr shoirlari she'riyatiga xos mushtarak illat edi.

Kamtarlikka undovchi, loqaydlikdan qochishga chorlovchi, tarbiya va oila masalalariga bag'ishlangan "Lochin va Zag'izg'on", "O'liklar tirigu..." she'rlarida odamlar orasidagi munosabatlar qalamga olinadi.

"Buxoro haqiqati" gazetasi huzurida yosh ijodkorlarning "Nilufar" adabiy to'garagi tashkil qilinib, oyda bir marta yig'ilib turadigan Buxoro vohasining turli hududlaridan badiiy ijodga havasmand qalamkashlarni uyushtirdi. Toshpo'lat Hamid tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu to'g'arak a'zolarining ijod namunalari

5 Eyxopo B^A, 1198-$OHg, 1-pynxaT, 7-nm,190-194-Baparç.

6Ca$apoB O. Eyxopo agaÔHH xapaKaTHHOTra TapnxngaH naB^a^ap, Eyxopo, ,3ypgoHa, 2015. -E. 333.

401

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

matbuotda berib borildi. Adabiy mashg'ulotlar shahar kutubxonasida, pedagogika institutida tashkil qilingan.

Toshpo'lat Hamidov bo'lim rahbari sifatida doimiy xizmat safarlarida bo'lgan. Birgina 1967-yilning o'zida 25-28-yanvar kunlari Toshkentda 26-yanvar kuni yozuvchi, kompazitor, rassom, arxitektor, kinomotograf, teatr jamoalarining yig'ilishida7. 1967-yil 17-iyunda ijodkorlar konferensiyasida; 1967-yil 10-sentyabrda Abdulla Qahhor 60-yilligida ishtirok qilgan. Ushbu safarlar xarajatlari o'z vaqtidan kechiktirib bo'lsada to'langan.

Uyushma rabari bir yilda 24 ish kunlik ta'til olish imkoni bo'lgan Jumladan, 1967-yil 9-oktabr mehnat ta'tilini imzolatgan Toshpo'lat Hamidov 15-oktyabrdan 15-noyabrgacha ta'tilda bo'lgan. Biroq shu orada 5-nayabrda ta'til davomida oktabr 50-yilligi tadbirida qatnashgan. 1967-yil 27-28 noyabr kunlari M.Gorkiy yubileyida ishtiroki kuzatiladi8

Doimiy safarlar, ayniqsa butun viloyat adabiy tadbirlarining mas'uliyati, siyosiy jarayonlardagi faollik adibni toliqtiradi. Malevka shahrida davolanish asnosida ham adib o'zini ijoddan uzolmaydi. "Tuvak gul", "Mustahzod - Ko'zi uchadir magarki yorim keladur", "Nay", "Hayot" kabi she'rlar ayni shu vaqtda yozilgan edi9.

Yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalashda badiiy adabiyotning roli g'oyat kattaligiga e'tibor qaratgan sovet hukumati bolalar adabiyotini rivojlantirish to'g'risidagi chiqargan qarori dastlabki qadam edi. O'zbekiston sovet Yozuvchilar uyushmasining 1970 yil 28-may hisobotida bolalar adabiyoti bilan shug'ullanadigan adiblar ro'yxati shakllantirilgan. Afsuski ushbu ro'yxatda Buxoro vilyatidan biror ijodkor ko'rsatilmagan. Biroq poytaxt Toshkentda ijod qiluvchi bolalar adiblari ro'yxatida buxorolik ijodkorlardan Omon Muxtor va Safar Barnolarning nomlari ro'yxatga kiritilgan10

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, 50-70 yillar Buxoro adabiy muhitining rivojlanishi birinchidan: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro bo'limining tashkil qilinishi; ikkinchidan: Toshpo'lat Hamidning tashkilotchilik va rahbarlik qobiliyati tufayli yuzaga keldi. Uning rahbarligida 70 ga yaqin adiblar ijodiy kuchlarini birlashtirgan adabiy muhit faoliyati foydali va samarali bo'ldi. Yosh ijodkorlarning to'garak va adabiy kurslarga uyushishlari taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar alohida

7 Y36eKHCTOH M^,A, P-2356-$OHg, 1-pynxaT, 1054-um, 12-Bapa^.

8 Y36eKHCTOH M^A, P-2356-$OHg, 1-pynxaT, 1054-um, 171,198 -Baparç^ap.

9 Y36eKHCTOH M^A, P-2356-$OHg, 2- pynxaT, 660-um, 1,3,4-Baparç.

10 Y36eKHCTOH mhuhh apxHBH, P-2356-$OHg, 1-pynxaT, 1156-nm, 6-Baparç.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ahamiyatli bo'ldi. Adabiyotda mehnat ahlini ulug'lashga bag'ishlangan ko'plab asarlar yozildi, zamon kishisi sifatida davr siyosatidan kelib chiqib mulohaza yuritildi. Sovet rejimi mafkurasini olqishlab, paxta yakka hokimligining asoratini, mehnatkashlar eksplutatsiya qilinayotgani, sovetlar mafkurasi alqagan paxta yakka hokimligi illat ekanligini e'tiborga olishmaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston MDA, R-2356-fond, 1-ro'yxat, 369,405-ishlar.

2. O'zbekiston milliy arxivi, R-2356-fond, 1-ro'yxat, 772,773,1054-ishlar.

3. O'zbekiston MDA, R-2356-fond, 2- ro'yxat, 660-ish.

4. Buxoro VDA, 1198-fond, 1-ro'yxat, 7-ish.

5. Safarov O. Buxoro adabiy harakatchiligi tarixidan lavhalar. -Buxoro: Durdona, 2015. -B. 293.

6. G'ulom Shomurod. Mehr mehvari: She'rlar, dostonlar, xotiralar. - Toshkent.: «Sharq», 2014. - B.205.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.