Научная статья на тему 'QUR’ON OYATLARINING FIQHIY MASALALAR YECHIMIDA QO‘LLANILISHI'

QUR’ON OYATLARINING FIQHIY MASALALAR YECHIMIDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
No‘mon ibn Sobit / Mahmud Zamaxshariy / ibn Xalikon / Xoji Xalifa / Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy / Ruus al-masail / Toj at-tarojim / A’lom. / Nuʿmān ibn Thābit / Maḥmūd Zamakhsharī / ibn Khallikān / Ḥājjī Khalīfah / Muḥammad ibn Idrīs ash-Shāfiʿī / Ru’ūs al-masā’il / Tāj al-tarājim / Qur’ān.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — S.S.Saidjalolov

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movaro an-Nahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutganida, Mahmud Zamaxshariy ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi, xususan, Qur’on va fiqhda fidoyi olimlar bilan suhbatlashdi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu maqolalar asosan “Ruus al-masail” qo‘lyozmalaridagi Qur’on oyatlaridan foydalanishga yordamchi manba bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USAGE OF THE VERSES OF THE QUR’ĀN IN THE SOLUTION OF FIQH ISSUES

Maḥmūd Zamakhsharī is a great mufassir, mutakallim, jurist who came from Movarounnahr. When the scientific, cultural and economic situation in Mā Warāʾ al-Nahr was in decline, Maḥmūd Zamakhsharīserved to revive and restore science, specially in Qur’ān and fiqh sudies with selfless scientists. Ten of his works are known today, and scientific researches on these works continue without stopping. This articles mainly contributed to use Qur’ānic verses in Ru’ūs al-masā’il manuscript.

Текст научной работы на тему «QUR’ON OYATLARINING FIQHIY MASALALAR YECHIMIDA QO‘LLANILISHI»

EURASIAN JOURNAL OF

SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

,„„,«., —«MR?-

ARTICLE INFO

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

THE USAGE OF THE VERSES OF THE QUR'AN IN THE SOLUTION OF FIQH ISSUES S.S.Saidjalolov

International Islamic Academy of Uzbekistan Study of Islamic studies and Islamic civilization Senior teacher of ICESCO department, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11471813

ABSTRACT

Received: 23th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024

KEYWORDS Nucman ibn Thabit, Mahmud Zamakhshari, ibn Khallikan, Hajji KhaUfah, Muhammad ibn Idris ash-Shafi'i, Ru'us al-masa'il, Taj al-tarajim, Qur'an.

Mahmud Zamakhshari is a great mufassir, mutakallim, jurist who came from Movarounnahr. When the scientific, cultural and economic situation in Ma Wara' al-Nahr was in decline, Mahmud Zamakhshari served to revive and restore science, specially in Qur'an and fiqh sudies with selfless scientists. Ten of his works are known today, and scientific researches on these works continue without stopping. This articles mainly contributed to use Qur'anic verses in Ru'us al-masa'il manuscript.

QUR'ON OYATLARINING FIQHIY MASALALAR YECHIMIDA QO'LLANILISHI

S.S.Saidjalolov

International Islamic Academy of Uzbekistan Study of Islamic studies and Islamic civilization Senior teacher of ICESCO department, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11471813

ABSTRACT

ARTICLE INFO

Received: 23th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024

KEYWORDS No'mon ibn Sobit, Mahmud Zamaxshariy, ibn Xalikon, Xoji Xalifa, Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy, Ruus al-masail, Toj at-tarojim, A'lom.

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movaro an-Nahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutganida, Mahmud Zamaxshariy ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi, xususan, Qur'on va fiqhda fidoyi olimlar bilan suhbatlashdi. Uning o'nta asari bugun ma'lum bo'lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to'xtovsiz davom etmoqda. Bu maqolalar asosan "Ruus al-masail" qo'lyozmalaridagi Qur'on oyatlaridan foydalanishgayordamchi manba bo'ladi.

"Ruusul-masail" qo'lyozmasida Qur'oni karimning 34 surasidan 77 ta oyatni 101 ta o'rinda fiqhiy masalalarga dalil sifatida zikr qilinadi. "Baqara" surasi 115-oyati Qur'on tartibiga ko'ra qo'lyozmadagi dastlabki oyat bo'lsa, "Bayyina" surasining 5-oyati so'nggi oyat sifatida qayd etish o'rinli. Qo'lyozma tartibi bo'yicha "Anfol" surasi 11-oyati asardagi dastlabki oyat, "Nahl" surasi 75-oyati oxirgi oyatdir. 77 ta oyatning har biri qo'lyozma bittadan to'rtta sahifagacha zikr etilgan. Bir sahifada bittadan uchtagacha oyat zikri qilingan o'rinlar ham

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

uchraydi. Shundan oyatlar 77 ta ta bo'lsa-da, ular zikr etilgan o'rinlar 101 tadir. Faqat "Moida" surasining 6-oyatiga qo'lyozmaning 14 ta o'rnida murojaat bor1.

Islom fiqhining dastlabki manbasi - Qur'oni karim. Faqih uchun Qur'on oyatlari mazmun-mohiyatini chuqur bilish talab etiladi. "Ruusul-masail" qo'lyozmasini tadqiq qilish jarayonida Mahmud Zamaxshariy Qur'oni karim oyatlari tafsirini yaxshi bilganini anglash mumkin. Qo'lyozmada zikr etilgan oyatlar va ularning zikr qilinishi sabablari bilan allomaning "Kashshaf" tafsiridagi oyatlar sharhi qiyoslanishi orqali "Ruusul-masail"ning yozilgan vaqti, "Kashshaf"dagi oyatlar sharhi bilan qo'lyozmadagi oyatlar sharhi orasidagi o'xshash va farqli jihatlar kabi bir qancha masalalarga aniqlik kiritish mumkin.

"Ruusul-masail"da dastlab zikr qilingan oyat "Anfol" surasining: "Sizlarni poklash uchun ustingizga osmondan suv (yomg'ir) tushirdi" mazmunidagi 11-oyatidir2. Alloma mazkur oyatni qo'lyozmaning dastlabki bo'limi - "Tahorat kitobida"gi birinchi masalada shofeiylar dalili sifatida keltiradi.

Qo'lyozmada zikr qilingan keyingi oyat "Moida" surasining: "suv topmasangiz, pok tuproqqa tayammum qiling" mazmunidagi 6-oyati bo'lib, uni Zamaxshariy qo'lyozmaning "Tahorat kitobida"gi za'faron aralashgan suv bilan poklanish borasidagi hanafiy va shofeiylar o'rtasidagi ixtilofli masalada naql qiladi.

Qo'lyozmaning dastlabki kitobida it terisining ishlov bilan poklanishi yoki poklanmasligi borasidagi hanafiy va shofeiylar o'rtasidagi bahsli masalada Zamaxshariy "Moida" surasining: "Sizlarga o'limtik harom qilindi mazmunidagi" 3-oyatini shofeiylar dalili sifatida zikr qilgan. Imom Shofeiy fikricha, it o'limtiklar sarasidandir. Uning terisi oshlash bilan poklanmaydi. Hanafiylar esa "Qaysi teri oshlansa pok bo'ladi" mazmunidagi hadis bilan it terisini oshlagandan so'ng pok bo'lishini qayd etadilar3.

Qo'lyozmaning o'lgan hayvonlarning suyagi va mo'yi pok yoki nopokligi borasidagi 6-masalasida Zamaxshariy "Yosin" surasining: "U Bizga: «Chirib ketgan suyaklarni (Allohdan o'zga) kim ham hayot bera olur?» mazmunidagi 78-oyatini shofeiylar: "Bu oyatda chirigan suyakka hayot ato qilinishi zikr qilinyapti. Demak, suyakda hayot bor ekan", deb dalil qilishlarini qayd etgan.

Qo'lyozmaning poklanishda niyat shart yoki emasligi borasidagi 7- masalasida Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "Moida" surasining: "Ey, imon keltirganlar! Namoz (o'qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo'llaringizni tirsaklarigacha yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz va oyoqlaringizni to'piqlarigacha (yuvingiz)" mazmunidagi oyatini dalil qilib keltiradi. Shofeiylar dalili sifatida "Bayyina" surasining: "Holbuki, ular faqat yagona Allohga, Uning uchun dinni (shirkdan) xolis qilgan, to'g'ri yo'ldan og'magan hollarida ibodat qilishga buyurilgan edilar", 5-oyatini dalil sifatida keltiradi4.

Qo'lyozmaning poklanishda tartib shart yoki emasligi borasidagi hanafiylar va shofeiylar o'rtasida ixtilofli bo'lgan 9-masalasida Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "Tavba"

1 Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.558.

2Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.1.

3Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.337.

4 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.2.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

surasining: "Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, sadaqa ishida ishlovchilarga, ko'ngillarini ulfat qilinadiganlarga, qul ozod qilishga, qarzdorlarga, Allohning yo'liga va yo'l o'g'lilariga berilishi Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir" mazmunidagi 60-oyatini dalil sifatida zikr qiladi. Shofeiylar dalili sifatida 'Moida" surasining 6-oyatini dalil sifatida keltiradi5.

Qo'lyozmaning hanafiylar va shofeiylar o'rtasida bahsli bo'lgan masx miqdori borasidagi 10-masalasida Zamaxshariy "Moida" surasiing: 6-oyatini hanafiylar dalili sifatida zikr qilib, quyidagilarni qayd etadi: "Bu oyatda boshga masx tortish buyurilgan va uning miqdori Payg'ambar alayhissalom tilida bayon qilingan" deydi. Shofeiylar ham aynan mazkur oyatni dalil qilishlarini Zamaxshariy qayd etib, ularning "Alloh ta'olo masx miqdorini belgilamadi, boshning ba'zi qismiga mash tortsa, zimmasidagi ahd soqit bo'ladi", degan qarashlarini naql qiladi.

Qo'lyozmaning 18-masalasida hanafiylar va shofeiylar o'rtasida bahsli bo'lgan ayol kishiga tegib ketish poklanishni zoye' qilishi yoki qilmasligi borasidagi masalada Zamaxshariy shofeiylar dalili sifatida "Moida" surasi 6-oyatidagi "Ayollarga tegsangiz" mazmunidagi oyatni zikr qiladi. Hanafiylar bu oyatning zohir ma'nosini emas, undan ko'zlangan murodni nazarda tutib, ayol kishiga tegishning o'zi poklanishni ketkizmasligini qayd etadilar6.

Qo'lyozmaning tayammum bobiga tegishli 19-masalasida tayammumni vaqtdan ilgari ado qilish hanafiylar nazdida joiz ekani zikr qilinadi. Shofeiylar dalili sifatida "Moida" surasining 6-oyatini zikr qiladi va ularning vaqtidan ilgari ado qilish mumkin emasligi borasidagi qarashlarini naql qiladi.

Qo'lyozmaning tayammum bobidagi hanafiylar va shofeiylar o'rtasida bahsli bo'lgan 20-masalasi e'tiborli. Janoza va hayit kabi qazosini iloji yo'q ibodatlarda hanafiylar tayammumga ruxsat beradilar. Shofeiylar "Moida" surasining 6-oyatini dalil qilgan holda janoza va hayit kabi ibodatlarda tayammumga ruxsat bermaydilar. Ular tayammum suv topilmaganda joiz. Boshqa holat tayammumga ruxsatni taqozo qilmaydi, deydilar.

Qo'lyozmaning tayammum bobidagi hanafiylar va shofeiylar o'rtasida bahsli bo'lgan tuproqdan boshqa yer jinsidan bo'lgan moddalarni tayammumga ishlatish haqidagi 22-masalada hanafiylar yer jinsidan bo'lgan tosh va boshqa materiallar tayammumga yaroqli bo'lishini qayd etadilar. Shofeiylar esa faqat toza tuproq tayammumga joiz bo'lishini ta'kidlaydilar. Zamaxshariy ularning dalili sifatida "Moida" surasining: "Suv topa olmasangiz, pok tuproqqa tayammum qiling" mazmunidagi 6-oyatini dalil sifatida keltiradi7.

Qo'lyozmaning tayammum bobidagi hanafiylar va shofeiylar o'rtasida bahsli bo'lgan bir tayammum bir necha ibodatni o'z ichiga oladigan muddatga joiz yoki joiz emasligi borasidagi 23-masalada hanafiylar joizligini aytsalan, shofeiylar "Moida" surasining 6-oyatini dalil qilib, har ibodatning vaqti uchun alohida tayammum qilinadi, deydilar.

5 Quroni karim ma'nolarining o'zbek tilidagi tarjimasi va tafsiri. Tarjimon va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021.

6 Chester Beatty Library. CBL AR 3600. -B.5A.

7 Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.116.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Qo'lyozmaning mazkur bobdagi 24-masalasida hanafiylar bir odam suv borligini unutib, tayammum bilan namoz o'qigan bo'lsa joiz deydilar8. Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "Baqara" surasining: "«Ey, Rabbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, bizni koyima!" mazmunidagi 286-oyatini dalil sifatida keltiradi. Shofeiylar dalili sifatida "Moida" surasining: "Suv topa olmasangiz, pok tuproqqa tayammum qiling" mazmunidagi 6-oyatini zikr qiladi.

Qo'lyozmaning mazkur bobdagi 25-masalasida hanafiylar bir odam tayammum bilan ibodatni boshlasa-yu, suvni ko'rib qolsa, unda ibodatni to'xtatishini ta'kidlaydilar. Zamaxshariy shofeiylar amalni to'xtatmasliklari zarurligini qayd etganlarini ta'kidlab, ularning dalili sifatida "Muhammad" surasining: "Amallaringizni zoye qilmangiz!" mazmunidagi 33-oyatini zikr qiladi9.

Qo'lyozmaning mazkur bobdagi 26-masalasida hanafiylar va shofeiylar o'rtasida bahsli bo'lgan suvning pokligiga oid masala keltiriladi. Zamaxshariy hanafiy mazhabi qarashini Imom Abu Hanifadan qilingan naqlga ko'ra suv havzasi o'nga o'n ziro' yoki sakkizga sakkiz ziro' miqdorida bo'lishi zarurligini keltiradi. Shofeiy mazhabida suvning uch jihati - rangi, ta'mi va hidi o'zgarmasa ikki qulla- 245 kg miqdorida suv olingan. Bu esa, hajm jihatdan kattaroq suv idishni qamrab oladi. Zamaxshariy shofeiylar dalili sifatida "Furqon" surasining: "Osmondan pok suv (yomg'ir) yog'dirdik." mazmunidagi 48-oyatini keltiradi.

Qo'lyozmaning "Namoz kitobi" 48-masalasida subh vaqtiga oid hanafiy va shofeiy mazhablari o'rtasida ixtilofli bo'lgan masala zikr qilinadi. Hanafiylar subhni tong yorishtirib, ado qilishni ta'kidlaydilar. Shofeiy mazhabi vakillari subh namozini tong yorishmasdan o'qish zarurligini ta'kidlaydilar. Zamaxshariy shofeiylar dalili sifatida Qur'oni karim "Zariyat" surasining: "Saharlarda ular (Allohdan) mag'firat so'rar edilar" mazmunidagi 18-oyatini keltiradi10.

Qo'lyozmaning hanafiy va shofeiylar o'rtasida ixtilofli bo'lgan qiblani aniqlash borasidagi 49-masalasida Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "Baqara" surasining: "Mashriq ham, Mag'rib ham Allohnikidir. Bas, qaysi tarafga yuzingizni qaratsangiz, o'sha tomonda Allohning «yuzi» mavjuddir. Albatta, Alloh (fazli) keng, dono zotdir." mazmunidagi 115-oyatini keltiradi. Shofeiylar dalili sifati "Baqara" surasining: "Yuzingizni Masjidi Harom (Ka'ba) tomonga buring! " mazmunidagi 144-oyatini naql qiladi.

Qo'lyozmaning takbiri tahrima borasida ixtilofli bo'lgan 53-masalasida Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "Isro" surasining: "(Ey, Muhammad!) Ayting: «Alloh, deb chorlangiz yoki Rahmon deb chorlangiz. Qanday chorlasangiz ham (joizdir)" mazmunidagi 110-oyatini keltiradi.

Qo'lyozmaning takbiri tahrima borasidagi 54-masalasida Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "A'lo" surasining: "O'zini poklagan va Parvardigori nomini zikr qilib, namoz o'qigan banda, albatta najot topibdi!" mazmunidagi 14-15 oyatini keltiradi.11

8 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.7.

9 Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.327.

10 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.13.

11 Quroni karim ma'nolarining o'zbek tilidagi tarjimasi va tafsiri. Tarjimon va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Qo'lyozmaning qiroat borasidagi 55-masalasida Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "Muzammil" surasining: " Bas, (qiynalmay Qur'ondan) oson bo'lgan miqdorda o'qiyvering!" mazmunidagi 20-oyatini keltiradi.

Qo'lyozmaning fors tilida qiroat qilish borasidagi 62-masalasida Zamaxshariy joiz deya, hanafiylar dalili sifatida "A'lo" surasining: "Albatta bu avvalgi sahifalarda - Ibrohim va Musoning sahifalarida ham bordir", degan mazmundagi 18-19-oyatlarini keltiradi. Shofeiylar dalili sifatida "Yusuf "surasining: "Albatta, Biz uni (Kitobni) anglashingiz uchun arabiy Qur'on tarzida nozil qildik" mamunidagi 2-oyatini keltiradi12.

Qo'lyozmaning qishloq ahli jumani ado qilishi borasida bahsli bo'lgan 82-masalasida Zamaxshariy shofeiylar dalili sifatida "Juma" surasining 9-oyatini keltiradi.

Qo'lyozmaning hayitning qaysi kunlari takbir aytish borasidagi hanafiy va shofeiy mazhablari o'rtasida ixtilofli bo'lgan 89-masalasida Zamaxshariy shofeiy mazhabi dalili sifatida "Baqara" surasining: "Sanoqli (ma'lum) kunlarda Allohni (ko'proq) zikr qilingiz!* mazmunidagi 203-oyatini zikr qiladi.

Qo'lyozmaning hanafiy va shofeiy mazhabi o'rtasida bahsli bo'lgan 138-masalasida Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "Zumar" surasining: "Agar shirk keltirsang, albatta, qilgan amaling behuda ketur" mazmunidagi 65-oyatini zikr qiladi.

"Kashshaf" tafsirida "Baqara" surasining: «Bu (hukmlar) oilasi (yashash joyi) Masjidi Haromda bo'lmaganlar uchundir» mazmunidagi 196-oyati tafsirida «Bu» iborasi sharhida Zamaxshariy mazhablar qarashlarini zikr qiladi: Abu Hanifa va sohiblari nazdida "Bu tamattu' hajiga ishoradir. Ularning nazdida Masjid al-haram aholisi tamattu' va qiron hajini amalga oshirishlari mumkin emas. Agar Masjid al-haram aholisidan kim tamattu' yoki qiron hajini amalga oshirsa, unga qurbonlik vojib bo'ladi. Va u jinoyatga kafforat bo'lib, bu qurbonlik go'shtini iste'mol qilish mumkin emas. Turli o'lkalardan kelgan qiron va tamattu' qiluvchilarning qurbonlik so'yishlari haj amalidan bo'lib, uning go'shtidan o'zlari ham iste'mol qilishlari mumkin. Shofeiy nazdida "Bu" iborasi qurbonlik so'yish yoki ro'za tutishning vojib qilinishiga ishoradir. Masjid al-Haram aholisiga hech narsa vojib emas"13.

Ayni ma'no "Ruusul-masail"ning "Haj" kitobi14da uchraydi: «Bizning nazdimizda makkaliklarga va "Masjid al-haram" atrofidagilarga qiron va tamattu' hajini amalga oshirish durust emas. Shofeiy nazdida bo'ladi. Bu masaladagi dalilimiz: Qur'oni karimning "Baqara surasining:: «Haj va umrani Alloh uchun mukammal ado eting! deb boshlangan va "Bu (hukmlar) oilasi (yashash joyi) Masjidi Haromda bo'lmaganlar uchundir.", deya davom etgan oyatidir. Alloh ta'olo tamattu'ni zikr qilib, uni Masjid al-haram ahlidan boshqalarga durust bo'lishini aytdi. Sizlarda esa, makkalikning tamattu' qilishi joizdir»15. Ayni mazkur masala Mahmud Zamaxshariyning fiqhda hanafiy mazhabida ekanini ta'kidlaydi. Boshqa masalalarda hanafiy va shofeiy mazhablarining dalilini alohida-alohida zikr qilsa, mazkur masalada

12 Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.157.

13 Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshaf haqoiq g'avomiz at-tanzil va uyun al-aqoviyl fmy vujuh at-ta'vil. -Riyoz: Maktaba al-abiykon, 2013.J.1.-B.406

14 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.35A.

15 Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.255.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Zamaxshariy shofeiylarga bahs bilan murojaat qiladi. Qo'lyozmada shofeiylarning dalili zikr qilinmaganini ikki sabab bilan izohlash mumkin:

Birinchidan, "Kashshaf" tafsirida mazkur masala batafsil yoritilgani bilan.

Ikkinchidan, qo'lyozmani ko'chirgan xattot shofeiylar dalilini yozishni unutgani bilan.

Birinchi sabab e'tiborga olinsa, "Ruusul-masail"ning "Al-Kashshaf" tafsiridan keyin yozilgani ma'lum bo'ladi. Qo'lyozmada zikr qilingan fiqhiy masalalar "Al-Kashshaf" tafsiri bilan solishtirilganda bu masala yanada oydinlashadi.

"Al-Kashshaf" tafsirida "Moida" surasining: "Ey, imon keltirganlar! Ehromda bo'la turib, ovni o'ldirmangiz! Sizlardan kimki uni qasddan o'ldirsa, (jazosi) xuddi (xonaki) hayvon o'ldirish bilan barobar jazodir: u (ham bo'lsa) Ka'baga (yurib) bora oladigan qurbonlik bo'lib, unga o'zlaringizdan ikki adolatli kishi hakamlik qilur yoki (jazosi) kafforat: miskinlarni ovqatlantirish yoki o'sha barobarida ro'za tutishdir. (Bularning hammasi) qilmishining uvolini totib ko'rishi uchundir. Alloh o'tgan (ov jinoyatlari)ni kechirdi. Kimki (yana ovga) qaytsa, Alloh undan o'ch olur. Alloh qudratli va intiqom egasidir"16 mazmunidagi 95-oyati sharhida Zamaxshariy "(jazosi) xuddi (xonaki) hayvon o'ldirish bilan barobar jazodir" hukmi borasidagi faqihlar qarashlarini zikr qiladi: "Uning jazosi ov qilib o'ldirgan jonzotga tenglashtirilgan narsadir". Bu narsa Abu Hanifa nazdida, ovlangan jonzotning ov qilingan joydagi qiymatiga teng bo'lishi kerak. Agar uning narxi qurbonlik qilish mumkin bo'lgan jonivor narxiga yetsa, "ovchi" ixtiyorli bo'ladi: ovning narxiga teng jonivorni qurbonlik qiladi yoki uning pulini har bir miskinga yarim so' bug'doy yoki bir so' boshqa narsalar (arpa, xurmo, mayiz)dan beradi. Agar xohlasa har bir miskin taomi uchun bir kun ro'za tutadi. Ovning pulidan ortib qolgani bir miskinning taomi uchun yetmasa, ro'za tutadi yoki shu qolgan pulni sadaqa qiladi. Imom Muhammad va Shofeiylar: Ov qilingan narsa narxiga o'xshash narxda qurbonlik qiladi, agar ovning narxi qurbonlikka yetmasa, uni Abu Hanifaning fikri olinadi, deydilar17.

Mazkur masala "Ruusul-masail"ning "Haj" kitobida quyidagicha ifodalangan18: "Hoji haram hududida ov qilsa yoki shahar tashqarasida biror jonivorni o'ldirib qo'ysa uning evaziga qiymatini ajratadi va bu qiymatni o'ldirilgan jonzotning o'rniga tirigini sotib olishga sarflaydi. Bu bizning nazdimizda. Shofeiy nazdida aynan o'ldirilgan jonivorni tirigi bilan qoplaydi19".

Zamaxshariy "Al-Kashshaf" tafsirida hajda ov qilishning masalalarini batafsil bayon qilgan. Hanafiy mazhabi yondashuvini keng yoritgan. "Ruusul-masail"da mazkur masala qisqa va lo'nda ifoda etilgan. Tafsirdagi ma'noni qisqartirilgan shakliga o'xshaydi. "Al-Kashshaf" tafsiri 1034-yilda yozilgan.

Qo'lyozmaning hanafiy va shofeiylar o'rtasida bahsli bo'lgan 146-masalasida Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "Baqara" surasining: "Xotirjam bo'lganingizdan keyin (haj vaqtigacha) kimki umra qilib tamattu' qilsa (ehromdan vaqtincha chiqib olsa), muyassar

16 Quroni karim ma'nolarining o'zbek tilidagi tarjimasi va tafsiri. Tarjimon va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021

17 Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshaf haqoiq g'avomiz at-tanzil va uyun al-aqoviyl fmy vujuh at-ta'vil. -Riyoz: Maktaba al-abiykon, 2013. J.2. -B.294

18 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.42

19 Mahmud Zamaxshariy. Ruus al-masail al-xilafiya bayna al-hanafiya vash-shafiiya. -Bayrut: Dar al-bashair al-islamiya, 1987. -B.269

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

bo'lgan qurbonlikni qilsin! Kim (bunga imkoniyat) topa olmasa, uch kun hajda, yetti kun qaytganlaringizdan keyin ro'za (tutsin!) Shular (hammasi) rosa o'n kundir. Bu (hukmlar) oilasi (yashash joyi) Masjidi Haromda bo'lmaganlar uchundir" mazmunidagi 196-oyatini zikr qiladi2Q.

Qo'lyozmaning haj qilayotgan inson Qurbon hayitining birinchi kunidan ilgari qurbonlik qilishi borasidagi 147-masalasida Zamaxshariy hanafiylarda mumkin emasligini zikr qilib, dalil sifatida "Baqara" surasining: "(O'sha) qurbonlik (so'yiladigan) joyiga yetib bormagunicha, boshlaringizni (sochingizni) oldirmang!" mazmunidagi 196-oyatini keltiradi.

Qo'lyozmaning hanafiy, shofeiy va molikiy mazhablari qarashlari bayon qilingan tamattu' hajini ado qilayotgan inson hayit kunlari ro'za tutishi borasidagi 148-masalada Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "Baqara" surasining: "Muyassar bo'lgan qurbonlikni qilsin! Kim (bunga imkoniyat) topa olmasa, uch kun hajda, yetti kun qaytganlaringizdan keyin ro'za (tutsin!)" mazmunidagi 196-oyatini keltiradi21.

Qo'lyozmaning "Zominlik kitobi" musulmon va zimmiylar o'rtasidagi haq-huquqlar borasidagi 228-masalasida Zamaxshariy hanafiy mazhabining musulmon kishi zimmiyning sharobini to'kib yuborsa, to'lov qilishi lozimdigi borasidagi fiqhiy masalani keltiradi va daliliga "Moida" surasining 90-oyatini naql qiladi. Zamaxshariy fikricha, bu oyat musulmonlarga xosdir va zimmiylarga tegishli emas.

Qo'lyozmaning tortib olingan mulkning hukmiga tegishli bo'lgan 231-masalasida Zamaxshariy: "Bizning nazdimizda tortib olingan narsadan ko'rilgan ma'naviy foydalar uchun zarar to'lanmaydi" . Shofeiy mazhabida to'lanadi. Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "Sho'ro" surasining: "(Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o'ziga o'xshash yomonlikdir" mazmunidagi 4Q-oyatini zikr qiladi22.

Qo'lyozmaning iste'loning hukmiga tegishli bo'lgan 239-masalasida Zamaxshariy musulmonlarning mulki g'ayridinlari o'tishi borasidagi hanafiy mazhabi qarashini keltirgan holda masalaning daliliga "Zuxruf" surasining 34,35,36-oyatlarini keltiradi: "Agar odamlarning bir millat bo'lib olishlari (kofir bo'lib ketishlari) bo'lmaganida edi, albatta, Rahmonga kofir bo'ladigan kimsalarga uylarining shiftlarini ham, unga chiqadigan narvonlarni ham kumushdan qilib qo'ygan bo'lur edik, na ularning uylarining eshiklarini ham, o'zlari ustida yastanib o'tiradigan so'rilarni ham (kumushdan qilib qo'ygan bo'lur edik)*. Yana (tilla va javohirdan iborat) zeb-ziynatni ham (ularga bergan bo'lur edik). (Zero, bularning) barchasi faqat dunyo hayoti matohlaridir*. Oxirat esa, Rabbingiz nazdida, taqvodorlar uchundir"23

Qo'lyozmaning nikoh tuziligshiga oid 258-masalasida Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida "Ahzob" surasining: "agar u o'zini nabiyga hiba etsa-yu, payg'ambar uni (mahrsiz) o'z nikohiga olishni istasa, (mazkur ayolni Siz uchun) halol qildi" mazmunidagi 50-oyatini dalil

20 Qur'oni karim ma'nolarining taijima va tafsiri. Taijima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021 -B.30

21 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.36 A.

22 Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.114.

23 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.62.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

sifatida keltiradi24. E'tiborli jihati, mazkur oyatga munosabat masalasida hanafiylar va shofeiylar o'rtasida ixtilofli masala yuzaga kelgan. Va bu qiyosiy yondashuv qo'lyozmada o'z ifodasini topgan. Zamaxshariy shofeiylar dalili sifatida mazkur oyatning "Siz uchun xolisdir" qismini zikr qilib, hiba orqali nikohlanish faqat Payg'ambarga xosdir degan xulosani ilgari suradi. Mahmud Zamaxshariy hanafiylar vakili sifatida hanafiy mazhabining shofeiylarga javobini ham keltiradi: "Xolis siz uchun" deyilganda mahr nazarda tutilgan. Mahrsiz uylanish ruxsati Payg'ambarga xosdir. Hiba orqali turmush qurish hanafiy mazhabida joiz, faqat mahr belgilash shartdir25.

Kitobnnig 377-masalasi zarurat bo'lganda harom qilingan mahsulotni iste'mol qilish borasida mazhablar qarashlarini bayon qilishga bag'ishlangan. Zamaxshariy aytadi: "Nochor inson ochligini bartaraf qiladigan miqdorda zarurat yuzasidan harom narsani iste'mol qilsa bo'ladi. To'yguncha iste'mol qilish, bizning nazdimizda, joiz emas, Shofeiy "joiz" deydi. Bu masaladagi dalilimiz Alloh ta'oloning: "Ammo, zulmkor va tajovuzkor bo'lmagan holda, zaruratan, majbur bo'lsa (ochlik tangligi yuzasidan tanovul qilsa), unga gunoh yo'qdir" mazmunidagi Qur'oni karim "Baqara" surasining 173-oyatidir26. Bu oyatda zarurat bo'lganda yeyishlik nazarda tutilyapti, qorinni to'ydirish emas. Shofeiy Alloh ta'oloning: "Kimki, gunohga moyilligidan emas, balki ocharchilikda (mazkur man etilgan narsalardan yeyishga) majbur bo'lsa, albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir" mazmunidagi Qur'oni Karim Moida surasi 3-oyatini dalil qiladi. Alloh ta'olo harom narsani yoyishni ocharchilik va qahatchilikda muboh qildi, lekin to'yish va boshqa holatlarni bayon qilmadi27.

"Ruusul-masail"da Qur'oni karim oyatlarining fiqhiy hujjat sifatida zikr etilishi Mahmud Zamaxshariyning Qur'oni karim oyatlarini tafsiri va ulardan kelib chiqadigan fiqhiy masalalarni yaxshi bilganini ko'rsatadi. Qo'lyozmada Qur'on oyatlarining zikr qilinishi allomaning "Al-Kashshaf" tafsiri bilan qiyoslanganida mosliklar kuzatildi. Shunga binoan, "Ruusul-masail"ni "Kashshaf" tafsiridan keyin yozilgan deyish mumkin. Sababi, alloma o'zining mashhur tafsirini yozishda unda turli fiqhiy mazhablar qarashlarini ham ifoda etgan. Bu. o'z navbatida, hanafiy va shofeiy mazhablari o'rtasidagi ixtilofli masalalarni bayon qilishda qo'l kelgan.

References:

1. 1 Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.558.

2. Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.1.

3. lAbdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.337.

4. 1 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.2.

24 Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021.-B.424

25 Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.380.

26 Qur'oni karim ma'nolarining o'zbek tilidagi tarjimasi va tafsiri. Tarjimon va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021.-B.26

27 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.106A.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

5. Quroni karim ma'nolarining o'zbek tilidagi tarjimasi va tafsiri. Tarjimon va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021.

6. Chester Beatty Library. CBL AR 3600. -B.5A.

7. Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.116.

8. Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.157.

9. Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshaf haqoiq g'avomiz at-tanzil va uyun al-aqoviyl fmy vujuh at-ta'vil. -Riyoz: Maktaba al-abiykon, 2013.J.1.-B.406

10. Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.35A.

11. Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.255.

12. Quroni karim ma'nolarining o'zbek tilidagi tarjimasi va tafsiri. Tarjimon va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021

13. Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshaf haqoiq g'avomiz at-tanzil va uyun al-aqoviyl fmy vujuh at-ta'vil. -Riyoz: Maktaba al-abiykon, 2013. J.2. -B.294

14. Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.42

15. Mahmud Zamaxshariy. Ruus al-masail al-xilafiya bayna al-hanafiya vash-shafiiya. -Bayrut: Dar al-bashair al-islamiya, 1987. -B.269

16. Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021 -B.30

17. Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.36 A.

18. Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.114.

19. Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.62.

20. Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021.-B.424

21. Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.380.

22. Qur'oni karim ma'nolarining o'zbek tilidagi tarjimasi va tafsiri. Tarjimon va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021.-B.26

23. Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.106A.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.