ARTICLE INFO
PECULIAR ASPECTS OF NARRATION OF HADlTHS IN "RU'US AL-MASA'IL"
S.S.Saidjalolov
International Islamic Academy of Uzbekistan Study of Islamic studies and Islamic civilization Senior teacher of ICESCO department, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11503586
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-Iyun 2024 yil Ma'qullandi: 05-Iyun 2024 yil Nashr qilindi: 06-Iyun 2024 yil
KEYWORDS
Nu'man ibn Thabit, Mahmud
Zamakhshari, Ahmad ibn Muhammad ibn Shafi% Ru'Us hadith, Qur'an.
Bayhaqi, Hanbal, Idris ash-al-masa'il,
Mahmud Zamakhshari is a great mufassir, mutakallim, jurist who came from Movarounnahr. When the scientific, cultural and economic situation in Ma Ward' al-Nahr was in decline, Mahmud Zamakhshari served to revive and restore science, specially in Qur'an, hadith and fiqh studies with selfless scientists. Ten of his works are known today, and scientific researches on these works continue without stopping. This articles mainly contributed to aspects of narration of hadiths in Ru'us al-masa'il manuscript.
"RUUS AL-MASAIL"DA HADISLAR NAQLINING OZIGA XOS JIHATLARI
S.S.Saidjalolov
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o'rganish ICESCO kafedrasi katta o'qituvchisi, t.f.PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11503586
ARTICLE INFO
Qabul qilindi: 01-Iyun 2024 yil Ma'qullandi: 05-Iyun 2024 yil Nashr qilindi: 06-Iyun 2024 yil
KEYWORDS
No'mon ibn Sobit, Mahmud Zamaxshariy, Bayhaqiy, Ahmad ibn Hanbal, Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy, Ruus al-masail, hadis, Qur'on.
ABSTRACT
Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutgan paytda, Mahmud Zamaxshariy fidoyi olimlar bilan, xususan, Qur'on, hadis va fiqh ilmlarini qayta tiklash va tiklashga xizmat qildi. Uning o'nta asari bugun malum bo'lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to'xtovsiz davom etmoqda. Bu maqola, asosan, "Ruus al-masail" qolyozmasidagi hadislar rivoyati jihatlariga alohida e'tibor qaratilgan.
"Ruusul-masail"da Mahmud Zamaxshariy hanafiy va shofeiy mazhablari qarashlarini qiyoslar ekan, ikki mazhabning fatvolaridagi dalillarini ham qayd etgan. Alloma hanafiy mazhabi vakili hisoblansa-da, shofeiy mazhabi asoslarini ham puxta bilgan. Asarda ikki mazhab qarashlarini qo'llab-quvvatlovchi Qur'on oyatlari, hadisi shariflar, mujtahidlar hukmlari yoritilgan. Hadislarni zikr qilishda Zamaxshariy ularning matnini qayd etish bilan kifoyalangan. Hadisni
Volume 2, Issue 6, June 2024
Page 5
rivoyat qiluvchilar haqida ma'lumot bermagan. Qo'lyozmadagi hadislar bugungi kunda muhaddis olimlar tomonidan e'tirof etilgan hadis kitoblarida zikr qilingani allomaning hadis ilmi asoslarini puxta bilganini ko'rsatadi. "Ruusul-masail"da zikr qilingan hadislarning umumiy adadi 347 tani tashkil qiladi.
Asarda hadislar naqlining o'ziga xos jihatlari quyidagi to'rt jihatda namoyondir:
Birinchi, alloma hadislarni zikr qilishda ularning ma'nolarini yetkazish bilan kifoyalanadi (40-masalada).
Ikkinchi, ayrim hollarda bir qancha hadislarning ma'nolarini birlashtiradi 42-masala)
Uchinchi, Zamaxshariy hadis ilmini chuqur bilgani holda hadislarning roviylari va sanadini zikr qilmaydi.
To'rtinchi, ayrim sahobalar va tobeiynlar so'zlarini hadis sifatida talqin qiladi (85, 267, 344 -masalalar).
Yuqoridagi holatlarni Zamaxshariyning hadislarga yondashuvda muhaddislar uslubidan emas, faqihlar uslubidan foydalangani bilan izohlash mumkin.
Mazkur asardagi 246-masalada Mahmud Zamaxshariy "Bizning nazdimizda nikoh valiylar1 ishtirokisiz joizdir, Shofeiyning nazdida joiz emas", deydi. Ya'ni voyaga yetgan oqila qiz o'z tengiga ota-onasi, bobo-buvisi kabi valiylarining ishtirokisiz turmushga chiqsa va bu borada uning haq-huquqlari ta'minlansa, mazkur nikoh haqiqiydir. Shofeiy mazhabida esa, bunday nikoh joiz emasdir. Zamaxshariy yuqoridagi qarashni quyidagi mantiqiy dalil bilan asoslaydi: "Balog'atga yetgan oqila qiz o'z haq-huquqlari borasida mustaqildir. E'tibor bering, u mol-mulkini o'zi xohlaganicha sarflash huquqiga egadir. Demak, shaxsiga taalluqli bo'lgan masalalar ham o'z ixtiyorida. Insonga molidan ko'ra, o'z vujudi, o'z shaxsiyati yaqinroqligi ma'lum. Binobarin, nikohga kirish kabi shaxsiy masalalarni balog'atga yetgan qiz o'zi hal qilish erkinligiga egadir"2. Imom Shofeiy Payg'ambar alayhis-salomdan rivoyat qilingan "Valiysiz va ikki odil guvohsiz nikoh yo'qdir" mazmunidagi hadisni Zamaxshariy dalil sifatida keltiradi. Mazkur hadisni Imom Bayhaqiy "As-sunan as-sog'iyr" asarida Sa'iyd ibn Musayyibdan rivoyat qilgan3. Hadisning Imron ibn Husayn va Oisha bint Abi Bakrdan rivoyat qilingan sanadi ham bor. Muhaddis ulamolar hadis rivoyatini sahih deganlar.
"Ruusul-masail"ning 247-masalasi ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. Unda Zamaxshariy: "Ota yoki bobo balog'atga yetgan qizi yo nabirasini turmushga chiqishga majburlashi mumkin emas"4 mazmunidagi hanafiy mazhabi fatvosini zikr qiladi. Shofeiy mazhabida majburlash joizdir. Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida Payg'ambar alayhis-salomdan rivoyat qilingan hadiyani keltiradi: "Muhammad alayhis-salom qizlaridan birortasini turmushga bermoqchi bo'lsalar, yashayotgan xonasining pardasi ortidan so'rar edilar: "Falon yigit falon qizni zikr qilyapti" deb. Agar qiz boladan so'rash shart bo'lmaganida edi, ul zot bunday qilmagan bo'lardilar. Mazkur mazmundagi hadisning to'liq shakli Imom Ahmad ibn Hanbalning
1Izoh: valiy- kelin uchun mas'ul bo'lgan ota-ona, bobo-buvi kabi yaqinlar.
2 Mahmud Zamaxshariy. Ruusul-masail al-xilafiya baynal-hanafiya vash-shafiiya. -Bayrut: Dorul-bashairil-islamiya,
2007. -B.369
3 Bayhaqiy. As-sunan al-kubro. -Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 2003. J.7. -B.170
4 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.64A.
"Musnad" kitobida Oisha bint Abi Bakrdan naql qilingan: "Rosululloh sollallohu alayhi va sallam qizlaridan birortasini nikohlamoqchi bo'lsalar uyining pardasi oldida o'tirib: "Falon yigit falon qizni zikr qilyapti", deya yigitni ismini aytar edilar. Shu savolga sukut bilan javob bersa, turmushga berar, agar qizlari yoqtirmasa, pardani silkitar edilar. Bunday holda Payg'ambar alayhis-salom uni turmushga bermas edilar"5.
Qo'lyozmaning 267-masalasida Zamaxshariy nikoh bobiga oid hanafiy va shofeiylar o'rtasida bahsli bo'lgan masalani zikr qiladi: "Agar zimmiy ota-onalarning biri majusiy bo'lsa, ulardan farzand tug'ilsa, musulmon kishi u bilan nikohlanishi bizning nazdimizda haloldir". Shofeiy nazdida halol emas. Mazkur masalaning dalili sifatida Zamaxshariy quyidagi hadisni keltirada: "Bola ota-onalar dinining yaxshirog'iga tobe' bo'ladi". Bu yerda ota-onalarning yaxshisi zimmiydir. U bilan nikohlanish xuddi ikki zimmiydan tug'ilgan zimmiy bilan nikoh munosabatiga kirishish kabidir. Zamaxshariy mazkur hadisni zikr qilgan. Ayni paytda muhaddislar kitobida u zikr qilinmagan. Lekin bola ota-onasining qaysi biri dini afzal bo'lsa, unga tobe bo'lishi mashhur fiqhiy qoidadir6.
"Ruusul-masail"ning 272-masalasi ham e'tiborga loyiqdir va hozirgi davrda ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan deyish mumkin. Unda: "Ayol kishi nikohlanganidan so'ng biror aybi tufayli qaytarib yuborilishi mumkin emas", deyiladi7. Faqat er-xotin bo'lib yashash imkoniyatini to'suvchi ba'zi omillar (masalan, er yoki ayolning muomalaga layoqatsiz bo'lib qolishi) gina nikoh munosabatini bir tomonlama to'xtatishga asos bo'lishi mumkin. Boshqa hech qanday ayb (hatto badanga oq dog'larning toshishi kabi ba'zi kasalliklar ham) ham nikohni bir tomonlama to'xtatishga asos bo'lmaydi8.
Qo'lyozmaning "Mahr bobi" 275-masalasida Zamaxshariy hanafiy mazhabida hanafiy mazhabining "Mahrning ozi 10 dirhamdir" mazmunidagi qarashlarini zikr qiladi. Bu masalada bizning dalilimiz Payg'ambar alayhis-salomdan naql qilingan hadis: "O'ndan kam mahr yo'qdir"9.
Mazkur hadisni Doruqutniy va Bayhaqiylar rivoyat Mubashshir ibn Ubayddan rivoyat qilganlar. Jobir ibn Abdullohdan naql qilinadi: "Rasulullloh aytdilar: "Ayollarni o'z tenglariga nikoh qiling, ularni faqat valiylari ishtirokida turmushga bering, mahrning 10 dirhamdan ozi yo'qdir". Keyingi muhaddislar hadis sanadidagi Mubashshir ibn Ubayd sabab mazkur hadisni zaif deganlar10.
Qo'lyozmaning "Taloq bobi" 281-masalasida Zamaxshariy hanafiy va shofeiylar o'rtasida bahsli bo'lgan nikohga kirishmay turib taloq masalasini zikr qiladi va shofeiylar dalili sifatida Payg'ambar alayhis-salomning "Nikohdan ilgari taloq yo'q" mazmunidagi hadislarini zikr qiladi. Mazkur hadisni Ibn Moja o'z "Sunan"ida naql qilgan. Sunan sohiblari shu hadisga
5 Ahmad ibn Hanbal. Musnad al-imam Ahmad ibn Hanbal. -Bayrut: Muassasa ar-risala, 1995. J.41.-B.42
6 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.70 A.
7 Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. .-B.395
8 Izoh: Bu borada nikohni taloq orqali buzish nazarda tutilmayotganini ta'kidlash joiz. Islom huquqida taloq orqali nikohni buzilishi alohida bahs mavzusi hisoblanadi.
9 Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.195.
10 Bayhaqiy. As-sunan al-kubro. - J:7. - Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 2003. -B.215.
o'xshash mazmundagi: "Egalik qilmay turib taloq qilish yo'q" mazmunidagi hadisni Amr ibn Shuaybdan, u o'z otasidan, u o'z bobosidan rivoyat qilganlar. Imom Termiziy mazkur hadisni quyidagi lafz bilan rivoyat qilgan: "Odam bolasi o'zi ega bo'lmagan narsani nazr qilishi, mulki bo'lmaganni ozod qilishi va nikohida bo'lmaganni taloq qilishi mumkin emas" va ushbu sohada naql qilingan eng yaxshi rivoyat degan11.
Qo'lyozmadagi 282-masalada Zamaxshariy ayni paytda ham dolzarb ahamiyat kasb etadigan, mazhablar o'rtasida ixtilofli bo'lgan bir lafz bilan uch taloq aytishga oid hukmlarni zikr qiladi12. Hanafiy mazhabi faqihlari erning birdaniga uch taloq qo'yishini bid'at deganlar. Shofeiy mazhabida - bu muboh. Hanafiylar "Taloq" surasining: "Xotinlaringizni taloq qilsangiz, ularning iddalarida (poklik paytlarida) taloq qilingiz!" mazmunidagi 1-oyatini dalil qiladilar. Sababi, taloq - oilaning buzilishi shariatda qaytarilgan, yomon ko'rilgan ishdir. Zamaxshariy hanafiylar dalili sifatida Payg'ambar alayhis-salomdan naql qilingan quyidagi hadisni keltiradi: "Alloh muboh qilganlarining eng sevimlisi - nikohdir, Alloh muboh qilganlaridan eng yoqimsizi - taloqdir".
Mazkur hadisni quyidagi lafz bilan al-Hindiy o'zining "Kanz al-a'mol" kitobida Daylamiyning "Musnad al-firdavs" hadis to'plamidan Ibn Umardan rivoyat qilgan holda naql qilgan: "Alloh o'zi halol qilgan narsalar ichidan nikohdan-da sevimlirog'ini halol qilmadi va o'zi halol qilgan narsalar ichida taloqdan-da yoqimsizroq narsani halol qilmadi"13. Va Payg'ambar alayhis-salom aytdilar: "Taloq - Arshni larzaga keltiradigan narsalardandir". Mazkur hadis quyidagi lafz bilan ham rivoyat qilingan: "Nikohlaninglar, lekin nikohni buzmanglar. Chunki taloq lafzidan Arsh titraydi". Bugungi kunda ayrim hadisga qattiq turuvchi ahli hadislar mazkur hadisni zaif deya uni tark qilishga chaqirsalar-da, Doktor Ali Juma kabi islom olamining ko'zga ko'ringan ulamolari unga amal qilish zarurligini ta'kidlaydilar. Chunki, oilani asrash Qur'on va Sunnatda kelgan muhim ko'rsatmalardandir. Islom dini oilani muhofaza qilishga chaqiradi. Zamaxshariy mazkur hadislar sharhida quyidagilarni qayd etadi: "Biz bu orqali bildikki, taloq shariatga yomon ko'rilgan ishlardan ekan. U faqat ehtiyoj uchun halol qilingan. Ba'zida kishi axloqsizga uchrab qoladi. Taloq nikohning maqsadi emas. Nikohning maqsadi - do'stlik va muhabbatdir. Shariat taloqni ehtiyoj uchun halol qilgan ekan, ehtiyoj bir taloq bilan ham yuzaga keladi. Birvarakayiga uch taloq deyishning hojati yo'q"14.
Kitobning 291-masalasida Zamaxshariy ajrashgan ayolning meros olish huquqi borasida hanafiylar va shofeiylar o'rtasida ixtilofli bo'lgan masalani zikr qiladi. Fiqhda "mabtuta" degan tushuncha. Arab tilida "kesish" so'zidan olingan bo'lib, atama taloqlari soni uchtaga yetgan va eriga to'g'ridan-to'g'ri qayta nikohlanish imkoniyatidan mahrum bo'lgan ayolga nisbatan ishlatiladi. Bunday ayolning eri vafot etib, iddasi tugamagan bo'lsa uning mulkidan meros olishi borasida faqihlar ixtilofga borganlar. Hanafiylik - bag'rikeng mazhab. Hanafiylikda ayol huquqlarining ta'minlanishiga katta e'tibor berilgan. Bu holat mazkur fiqhiy masala yechimida ham kuzatiladi. Hanafiylar eridan to'liq ajrashgan ayolning kutish muddati tugamagan bo'lsa unga merosni sobit qiladilar. Zamaxshariy: Mazkur masaladagi dalilimiz Abdurahmon ibn Avf vafot etishidan ilgari ayollarini uch marta taloq qilgani va vafot etganidan so'ng sahobalar
11 Termiziy Abu Iso. Sunan at-Termiziy. - J:2. - Qohira: Dar at-ta'sil, 2014. -B.373.
12 Chester Beatty Library. CBL AR 3600. - B.74.
13
Daylamiy Abu Shujo'. Firdavs bima'sur al-xitob.Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1986. J.4.-B.62
14 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.75.
uning ayoliga merosidan ulush ajratganlaridir. Shofeiylar mabtuta ayol begonaga aylanadi va meros olmaydi, deydilar15.
Kitobning 385-masalasi ham e'tiborga loyiq. Hanafiylikda ayollar huquqiga e'tiborning yorqin namunasi. Zamaxshariy aytadi: "Ayol kishi guvohligi o'tadigan o'rinlarda qozi bo'lishi joizdir. Shofeiy nazdida joiz emas. Bu masaladagi dalilimiz: Ayol kishi guvohlik berishga salohiyatli bo'lsa, demak qozilik qilishga ham salohiyatlidir. Guvohlik o'z so'zini boshqaga o'tkazishdir. Qozilik ham so'zni boshqaga o'tkazishdir. So'zni boshqaga o'tkazish joiz bo'lgan o'rinlarda, hukmni o'tkazish ham joizdir. Imom Shofeiy ayol kishining aqli va dinida nuqsoni tufayli uni qozilik qilishi mumkin emas, deydi va o'z so'zini Payg'ambar alayhis-salomning hadisi bilan dalillaydi. Bir ayolning guvohligi o'tmasligi ularning hissiyotni aqldan ustun qo'yishlariga, ayrim payt farz ibodatlarini ado eta olmasliklari ularning diyonatlariga nuqsonga dalildir, deb ta'kidlaydi"16.
Kitobning 388-masalasida ayollar huquqi borasida. Zamaxshariy mazhablar o'rtasida guvohlikka oid bahsli masalani zikr qilad: "Tug'ilayotgan bolani qabul qilib oluvchi doyaning guvohligi garchi bitta o'zi bo'lsa-da, bizning nazdimizda, o'tadi va bunda doyalarning adadi shart qilinmaydi. Shofeiy nazdida guvohligi qabul qilinmaydi. Bizning bu masaladagi dalilimiz: Bolaning dunyoga kelishi erkaklar aralasha olmaydigan ishdir. Bu borada ayolning guvohligi qabul qilinishi kerak, garcha bir o'zi guvoh bo'lsa ham. Agar biz bir ayolning guvohligi o'tmaydi, desak, insonlar bolaning isboti borasida ixtilofga borganlarida qiyinchilikka tushib qoladilar. Imom Shofeiy Qur'oni karim "Baqara" surasining: "Agar ikki erkak topilmasa, bir erkak bilan ikki ayoldir"17 mazmunidagi 282-oyatini dalil sifatida keltirib, aytadiki, "Alloh ta'olo bir erkak va ikki ayolning guvohligini barcha hukmlarga taalluqli qildi, ularning orasini ajratmadi", deydi18.
Kitobning 390-masalasi oilada ayol va erkakning yaqinligi borasida dolzarbdir. Hanafiy mazhabi er va xotinni ota-bola, ona-boladek yaqin qarindoshlar sifatida ko'radi va bir-biriga guvohligi o'tmaydi, deydi. Zamaxshariy aytadi: "Er-u xotining bittasi boshqasi borasida guvohligi qabul qilinmaydi. Shofeyi qabul qilinadi, deydi. Bu boradagi dalilimiz: Biz bolaning otasi borasida, otaning bolasi borasidagi guvohligi o'tmaydi dedik. Haqiqatan, o'tmaydi. Chunki, bolasi uchun berilgan guvohlik xuddi o'z nafsi uchun berilgan guvohlik kabidir. Bu ma'no er-xotinga ham taalluqli. Chunki, bu ikkovining har birining moli sherigining moliga qo'shilgandir. Ko'rmaysizmi, erkak kishi zavjasi mol-u dunyosi sabab boy ataldi. Qur'oni karim "Zuho" surasining: 6-oyatida Alloh ta'olo: "Sizni kambag'al holda topib, boy qilib qo'ymadimi?!"19, ya'ni sizni Xadicha roziyallohu anhoning moli bilan boy qildi. Bu narsa sobit ekan, aytamizki, er-xotinning bir-birining foydasiga guvohlik berishi o'z nafsiga guvohlik
15 Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.419.
16 Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.222.
17 Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021 -B.48
18 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.105.
19 Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. -Toshkent: Sano-standart,2021. -B.596
berishi kabidir. Chunki bunda manfaat bor va ota, bola va boshqa sheriklar borasidagi guvohlikka o'xshaydi20.
Shofeiy bu masaladagi qarashini qiyosiy dalil bilan hujjatlaydi va aytadi: "Er-u xotinning molu dunyosi alohida-alohida ajratilgandir va ularning bir-birlari borasidagi guvohliklari xuddi aka-uka bir-biriga bergan guvohligi kabi qabul qilinishi vojibdir".
Kitobning 299-masalasi qul ozod qilishga bag'ishlangan. Ma'lumki, ilk islom davrida jamiyatda qulchilik avjida edi. Islom ta'limoti qul ozod qilishning savobini ta'kidladi va o'z hukmlarida ham bu masalaga e'tibor qaratdi. Masalan, bir odam biror ish yuzasidan qasam ichsa-yu, keyinchalik shu qasamni buzsa, bu gunohning kafforati, jarimasi uchun qul ozod qilish ta'kidlangan. Zamaxshariy hanafiylar va shofeiylar o'rtasida ixtilofli bo'lgan mukotab qulni ozod qilish masalasini bayon qiladi. Egasi bilan muayyan mablag' evaziga ozod bo'lishni shartnoma qilgan qul mukotab deyiladi. Hanafiylar nazdida qasamini buzgan inson, qilgan gunohini yuvish uchun mukotab qulni ozod qilishi mumkin. Zamaxshariy: "Bu masaladagi dalilimiz, mukotab shartnomada bitilgan mablag' topilgunicha qul hisoblanadi. Payg'ambar alayhis-salomdan rivoyat qilingan quyidagi hadisga ko'ra: "Mukotab zimmasida bir dirham pul qolgunicha quldir"21. Bu hadisda qul mukotab deyildi. Kafforatga qulni ozod qilsa bo'ladi, xuddi shunday mukotabni ozod qilish ham joizdir". Mazkur masala hanafiylik bag'rikeng mazhabligini yana bir bor ta'kidlaydi. Shofeiy mazhabidagilar mukotab qullikdan ko'ra hurlikka yaqin, shuning uchun uni ozod qilish kafforatga o'tmaydi, deydilar.
Kitobning 300-masalasi hanafiylikda inson qadriga e'tibor yuqori ekanini ko'rsatadi. Zamaxshariy mazhablar o'rtasida bahsli bo'lgan masalani zikr qiladi: "Bir inson qasam buzganiga kafforat sifatida o'z qarindoshini sotib olib, qullikdan qutqarsa bizning nazdimizda joizdir. Shofeiy: joiz emas deydi. Bu masaladagi dalilimiz: Payg'ambar alayhis-salomdan rivoyat qilingan hadisda ul zot: "Farzand o'z otasining haqini ado qila olmaydi, faqat otasi qul bo'lsa, pul topib sotib olsa va ozod qilsa, shu holatda ado qilgan bo'ladi", dedilar. Payg'ambar alayhis-salom sotib olib, ozod qilishni joiz dedilar. Agar sotib olib, ozod qilish joiz bo'lsa, unda kafforat uchun ozod qilish ham joiz bo'ladi". Zamaxshariy yuqorida zikr qilgan hadisni Muslim o'z "Sahih"ida Abu Hurayradan rivoyat qilib, otani qullikdan ozod qilish fazliga bag'ishlangan bobda keltirgan22.
Kitobning 301-masalasi ham hanafiylik bag'rikengligini ko'rsatib beradi: "Kishi xizmatiga ehtiyoji bo'lgan qulini ozod qilishni tark qilib, o'rniga ro'za tutib berishni tanlashi joiz emas. Shofeiy joiz deydi. Bu masaladagi dalilimiz: Shariat ro'za tutishni qul ozod qilishga imkoniyati yo'q kishi uchun badal qilib belgiladi. Bu inson esa, qul ozod qilishga qodir. Unga qul ozod qilishni ro'za bilan almashtirish mumkin emas. Bu xuddi suv borida tuproq ishlatishga o'xshaydi. Ya/ni bir inson suv imkoniyati bo'la turib, tayammumga o'tishi mumkin emas. Chunki tuproq suv o'rnigadir". Shofeiylar qiyosdan dalil keltiradilar: "Agar inson qul xizmatiga muhtoj bo'lsa. U xuddi sotuvga qo'yilgan libosni mehnat libosiga aylanishiga o'xshaydi. Bunday kiyim uchun zakot berish vojib bo'lmaydi. Agar unga zakot vojib bo'lmasa, u faqir
20 Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.531.
21
Termiziy Abu Iso. Sunan at-Termixiy. Qohira: Dar at-ta'sil, 2014. J.2.-B. 419 22 Muslim ibn al-Hajjaj. Sahihu Muslim. Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1991. J.2.-B.1148
hisoblanadi va qul ozod qilish o'rniga ro'za tutishi mumkin bo'ladi. Xuddi hech narsasi yo'q kishi kabi bo'ladi"23.
Kitobning 371-masalasi hanafiy va shofeiylar o'rtasida ixtilofli bo'lgan zabh masalasiga oid. Qo'yni so'yish asnosida ichidan o'lik qo'zisi chiqsa, uning go'shti halolligi borasida ixtilof yuzaga kelgan. Zamaxshariy: "Bizning huzurimizda halol emas" deydi. Shofeiy nazdida iste\mol qilish haloldir. Bu onasi qornida hayot bo'lgan, lekin so'yish paytida o'lib qolgan qo'zining go'shtining hukmidir. Agar homilaga jon kirmagan bo'lsa ikkala mazhabda ham go'shti halol emas. Zamaxshariy aytadi: "Bu masaladagi dalilimiz ona qornidagi qo'zichoq alohida jonzotdir. Uning so'yilishi ham alohida bo'lishi kerak. Bu xuddi quduqqa tushib ketgan ikki qo'yning yuqoridagisi so'yilsa-yu, tagidagi tepadagi qo'yning og'irligi sabab o'lib qolsa uning iste'moli halol bo'lmaydigan holatga o'xshaydi. Chunki ona qo'y so'yilganda nafas to'xtaydi. Ichida qo'zi havosizlikdan o'ladi. Buning ismini "munxaniqa" deydi va munxaniqa Alloh kitobida harom qilingan."
Shofeiy Payg'ambar alayhis-salomdan rivoyat qilingan quyidagi hadisni keltiradi: "Qo'zichoqning so'yilishi onasining so'yilishidek"24. Mazkur hadisda ona qornidagi qo'zichoqning zabhi onasining zabhi kifoya qilishi keltirilmoqda. Bundagi ma'no shuki, qo'zichoq modomiki onasi qornida ekan, u qo'yning boshqa a'zolari kabi bir a'zo hisoblanadi. Va uni alohida so'yishning imkoni yo'q. Shuning uchun ham qo'yning so'yilishi ichidagi qo'zichoqning so'yilishiga o'taveradi.
Hanafiylar mazkur hadisga munosabat bildirganlar. "Qo'zichoqning zabhi onasining zabhidek" deyilgani qo'y zabhi bolasiga o'tishini emas, balki qo'zichoqni ham xuddi qo'y kabi alohida zabhi qilishni anglatadi25.
Kitobning hanafiy va shofeiylar o'rtasida ixtilofli bo'lgan 372-masalasida Zamaxshariy: "O'ligi suvning yuzasiga chiqib qolgan baliqni iste'mol qilish bizning nazdimizda halol emas. Shofeiy nazdida uni yeyish haloldir. Bu yerdagi ixtilof shundaki: baliqning o'ligi suv yuzasiga chiqib qolsa-yu, nima sababli o'lgani ma'lum bo'lmasa. Ammo o'limi sababi ma'lum bo'lsa, masalan, suv uloqtirib tashlagani sababli yoki boshqa jonzot hujumi sababli bo'lsa uning iste'moli halol ekanida shubha yo'qdir. Bu boradagi dalilimiz Payg'ambar alayhis-salomdan rivoyat qilingan hadisda ul zot o'ligi suv yuzasiga chiqib qolgan baliqni yeyishdan qaytardilar. Va matn shu ma'nodadir" 26. Zamaxshariy naql qilgan mazkur hadisni Abu Dovud va Ibn Mojalar Jobirdan marfu' holda naql qilganlar. Abu Dovud mazkur ma'nodagi hadisni quyidagi lafz bilan naql qiladi: "Suv nimani irg'itsa va suv qurigan joyda biror narsa (baliq) qolsa, undan iste'mol qiling, suvni ichida biror narsa o'lib qolsa va (o'ligi) suv yuzasiga chiqsa, undan yemang" va davomida Imom Abu Dovud hadisning sanadi borasida quyidagi fikrlarni bildiradi: "Mazkur hadisni Sufyon as-Savriy, Ayyub va Hammodlar Abu Zubayrdan naql qiladilar. Jobirda to'xtalganlar. Sanadi zaifdir."27.
23
Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matai. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.166.
24 Abu Dovud Sulaymon ibn Ash'as. Sunanu Abiy Dovud. -Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1996.J.2.-B.309
25 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.105.
26 Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.513.
27 Abu Dovud Sulaymon ibn Ash'as. Sunanu Abiy Dovud. -Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1996.J.2.-B.565
Imom Shofeiy Payg'ambar alayhis-salomdan rivoyat qilingan hadisni dalil qildi: "Payg'ambar alayhis-salomdan dengiz haqida so'radilar. Ul zot: Uning suvi toza, o'ligi haloldir" dedilar. Bu ham yorqin dalildir. Mazkur hadisni sunan sohiblari - Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Nasoiylar naql qilganlar. Termiziy mazkur hadisni sahih hasan hukmida ekanini aytgan28.
Kitobning 378-masalasi ijtimoiy masalaga qaratilgan. Zamaxshariy hanafiylar va shofeiylar o'rtasida bahsli bo'lgan yolg'ondan qasam ichish hukmiga oid qarashlarni bayon qiladi: "Qasddan ichilgan yolg'on qasam uchun bizning nazdimizda kafforat - evaz to'lovi yo'qdir. Shofeiy bu holatda kafforat vojib deydi. Yolg'on qasam "yamiyn al-g'amus" deyiladi va u quyidagicha: Bir ishni qilaman deb qasam ichgan odam, shu ishni qilmasligini bilib turib qasam ichsa "yamiyn al-g'amus" - ataylab ichilgan yolg'on qasam deyiladi. Agar kelajakda bo'ladigan ishga qasam ichsa, unda kafforat to'lash lozimligida ixtilof yo'q. Kelajak uchun ichilgan qasam quyidagicha: "Allohga qasamki, bu ishni qaytib qilmayman" desa-yu, qasamni buzsa, kafforat to'lash lozim bo'ladi"29. Bu masaladagi dalilimiz: "Payg'ambar alayhis-salomdani rivoyat qilingan hadisda ul zot aytdilar: "Besh narsaning kafforati yo'qdir" va ular orasida yolg'ondan ichilgan qasamni zikr qildilar. Mazkur hadisni Imom Ahmad o'z "Musnad"ida Abu Hurayradan rivoyat qilgan. Muhaddislardan Abush-Shayx va Daylamiylar30 mazkur hadisni rivoyat qilganlar. Suyutiy va Manoviylar uni zikr qilganlar31.
Zamaxshariy shofeiylar dalilini zikr qiladi: "Shofeiy bu masalada quyidagi qarashni ilgari surgan: "Kafforat gunohni ketkazish va xatoni o'chirish uchun joriy qilingan. Kelajak ishlar uchun kafforat borligi borasida kelishdik. Xuddi shunday o'tgan ishlar uchun ham kafforat bordir".
Kitobning 379-masalasi ham qasam va shartnomaga qaratilgan. Zamaxshariy majburiy qasam borasidagi mazhablar qarashlarini zikr qiladi: "Majburiy qasam, bizning nazdimizda, huquq va burchlarni taqozo qiladi. Shofeiy nazdida taqozo qilmaydi. Bu masaladagi bizning dalilimiz: ""Ozod va muomala layoqatiga ega bo'lgan kishi o'z tili bilan qasam orqali kelishdi. Uni buzsa kafforat vojib bo'ladi. Xuddi o'z xohishi bilan tuzilgan qasam kabi". Shofeiy bu masalada Payg'ambar alayhis-salomdan rivoyat qilingan hadisni hujjat qiladi: "Ummatimdan xato, unutish va majburlangan narsa uchun gunoh ko'tarildi". Ul zot majburlanganlik uchun gunoh bo'lmasligini xabar qildilar.
Yuqoridagi hadisni Ibn Moja, Ibn Hibbon o'z sahihlarida, Hokim "Mustadrak"ida sahobiy Ibn Abbosdan rivoyat qilganlar: "Payg'ambar alayhis-salom aytdilar: Alloh ta'olo ummatimdan xatoni, unutishni va majburlangan ishlarning gunohini olib tashladi". Hokim mazkur hadis haqida: "Imom Buxoriy va Imom Muslim shartlariga ko'ra sahihdir" dedi. Imom Navaviy "Arba'in"da mazkur hadisning ishonchlilik darajasi hasan ekanini qayd etgan32.
28 Termiziy Abu Iso. Sunan at-Termiziy. Qohira: Dar at-ta'sil, 2014. J1.B.319
29
Abdulhalim ibn Muhammad. Az-Zamaxshariyning Ruus al-masail asari ilmiy-tanqidiy matni. Sent-Endryus universiteti (Shotlandiya), 1977. -B.118.
30 Daylamiy Abu Shujo'. Firdavs bima'sur al-xitob.Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1986. J.2.-B. 197
31 Suyutiy Jaloliddin Abdurahmon ibn Abi Bakr.Jome' al-ahodis jome' as-sag'iyr.-Damashq: Dar al-fikr, 1994.J.7.-B:291.
32
Navaviy Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf -Qohira: Dar as-salom, 2007. -B: 30.
Kitobnnig 381-masalasi diniy-ma'rifiy sohadagi dolzarb muammo bilan bog'langan. Zamaxshariy aytadi: "Qurbon hayiti va tashriq kunlari nafl ro'za tutishni nazr qilsa, bizning nazdimizda, nazr adoni yuklaydi, Shofeiy yuklamaydi, deydi. Bu masaladagi dalilimiz: Bu inson bayram kunida ro'za tutishni ahd qildi. Bu kun ro'za tutishga loyiqdir. Chunki tonggi saharlik vaqti ro'zani niyat qilish mumkin. Nazr inson tasarrufidadir va nazr qilish sahihdir. Lekin bayram sabab boshqa kuni tutib beradi va shu yo'l bilan nazrini ado qiladi. Shofeiy mazkur masalada o'z qarashini Payg'ambar alayhis-salomning quyidagi hadisi bilan hujjatlagan: "Oyo, bu kunlarda ro'za tutmangiz, zero bu kunlar yeyish, ichish va oilasi bilan xursandchilik qilish kunlaridir". Mazkur hadisni ayni shu lafz bilan Tahoviy, Doruqutniy, Bayhaqiy, Tabaroniylar bir qancha sahobalardan rivoyat qilganlar. Lekin muhaddislar bu rivoyatlarning ishonchlilik darajasi zaif deganlar. Imom Muslim o'z "Sahih"larida sahobiy Nabiysha al-Huzaliydan rivoyat qilgan hadisda Payg'ambar alayhis-salom aytdilar: "Tashriq kunlari yeyish va ichish kunlaridir.33" Bir rivoyatda: "Allohni zikr qilish kunidir". Mazkur lafz bilan hadislarni Ibn Mojadan boshqa barcha sunan sohiblari: Termiziy, Abu Dovud va Nasaiylar rivoyat qilganlar34.
Masalaning dolzarbligi keyingi paytlarda hayit bayramlarini nishonlash borasida ayrim mutaassib kuchlar tarqatayotgan fatvolarda yuzaga chiqadi. Ular shofeiy mazhabidagi hayit kunlari ro'zani niyat qilsa, mutlaq o'tmasligi borasidagi qarashni o'zlaricha tushunib, qattiq ushlab olib, O'zbekistonda Ramazon ro'zasining oxirgi kunida insonlar orasida: "Bugun hayit, hayit kuni ro'za tutish harom" degan gaplarning tarqatishi ko'plab tushunmovchilik va ixtiloflarga sabab bo'lmoqda. Hanafiy mazhabida hayit kuni ro'za tutishni niyat qilsa joizligi, lekin ommaviy ravishda bayramga to'g'ri kelib qolsa, boshqa kuni tutib berish mumkinligini Zamaxshariy mazkur kitobda zikr qilmoqda.
Kitobning 397-masalasi hanafiylikning bag'rikeng va insonparvar mazhab sifatida tanilganini isbotlaydi. Zamaxshariy aytadi: "Bir inson o'z akasini qulligida sotib olsa, o'z-o'zidan aka ozod bo'ladi. Shofeiy nazdida ozod bo'lmaydi. Bu masaladagi bizning dalilimiz: Payg'ambar alayhis-salomdan rivoyat qilingan hadisdir: "Kim o'z qarindoshlaridan biriga xoja sifatida ega bo'lsa, u qarindoshi ozoddir". Mazkur hadisni sunan sohiblari: Termiziy, Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Mojalar Sumra roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar. Imom Termiziy35 va Abu Dovudlar mazkur hadis borasida: "Uning sanadini Hammod ibn Salama rivoyat qilgan yo'l orqali bilamiz", deganlar36.
Imom Shofeiy mazkur masaladagi qarashini aka-ukalik yaqin qarindoshlikni ifoda etmasligini qiyosiy dalillar bilan hujjatlagan37.
33 Muslim ibn al-Hajjaj. Sahihu Muslim. Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1991. J.2.-B.800
34 Mahmud Zamaxshariy. "Ruus al-masail". Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Nazir Ahmad. -Bayrut: "Dar al-bashair al-islamiya", 1987. -B.522.
35
Termiziy Abu Iso. Sunan at-Termiziy. Qohira: Dar at-ta'sil, 2014. J.2. B.471
36 Abu Dovud Sulaymon ibn Ash'as. Sunanu Abiy Dovud. -Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1996.J.3.-B.25
37 Chester Beatty Library. CBL AR 3600.-B.107.
Volume 2, Issue 6, June 2024
Page 13
Mahmud Zamaxshariyning oila va nikoh hamda ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini tadqiq etish bugungi kunda oila munosabatlari borasida ba'zi savollarga javob topishda muhim asos bo'lib xizmat qiladi.
References:
1.
Volume 2, Issue 6, June 2024
Page 14