Научная статья на тему 'QQSNING O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA’SIRINI BAHOLASH'

QQSNING O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA’SIRINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qo‘shigan qiymat / qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi / soliq / budjet siyosati / budjet / soliq ma’murchiligi / soliq salohiyati / normativ tahlil / soliq yuki / soliq hisoboti / soliq tushumlari / soliq imtiyozlari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Matkarimov Dilshodbek Ilxomovich

Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir. Maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari, uni aniqlashdagi ayrim murakkabliklar va muammolar tahlil etilgan, soliq bazasining shakllantirishni takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini aniqlash va hisoblash yuzasidan kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni qo‘llash natijalarga asoslanib tegishli xulosalar shakllantirilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QQSNING O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA’SIRINI BAHOLASH»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

QQSNING O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA'SIRINI

BAHOLASH

Matkarimov Dilshodbek Ilxomovich

Toshkent shahar Soliq boshqarmasi bosh inspektori https://doi.org/10.5281/zenodo.14060112

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- Noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 05- Noyabr 2024 yil Nashr qilindi: 07- Noyabr 2024 yil

KEY WORDS

qo'shigan qiymat, qo'shilgan qiymat solig'i bazasi, soliq, budjet siyosati, budjet, soliq

ma'murchiligi, soliq salohiyati, normativ tahlil, soliq yuki, soliq hisoboti, soliq tushumlari, soliq imtiyozlari.

Mamlakatimizda qo'shilgan qiymat solig'ining soliqqa tortish ma'murchiligi o'rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo'shilgan qiymat solig'ini takomillashtirish bilan ham bog'liqdir. Maqolada qo'shilgan qiymat solig'i bazasini hisoblashning o'ziga xos xususiyatlari, uni aniqlashdagi ayrim murakkabliklar va muammolar tahlil etilgan, soliq bazasining shakllantirishni takomillashtirish masalalariga e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari qo'shilgan qiymat solig'i bazasini aniqlash va hisoblash yuzasidan kiritilgan o'zgarishlar va qo'shimchalarni qo'llash natijalarga asoslanib tegishli xulosalar shakllantirilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Soliqqa tortish har qanday davlatning moliyaviy siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo'lib, daromadlarni shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. O'zbekistonda o'sib borayotgan iqtisodiyot sifatida soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatish hamda QQS ma'muriyati sohasida o'ziga xos chora-tadbirlar va amaliyotlarni qabul qildi. O'zbekistonda soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatish tartibi va QQS ma'muriyatining o'ziga xos jihatlari haqida umumiy ma'lumot berib, mamlakatda soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta'minlashda tadbirkorlik sub'ektlari uchun qulay muhit yaratish muhimdir. Bundan tashqari, O'zbekistonning soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatish va QQS ma'muriyatiga bo'lgan yondashuvi raqamlashtirish va xalqaro savdodagi global tendensiyalarga mos ravishda rivojlanmoqda. Bu esa O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalarning o'ziga xos xususiyatlari va oqibatlarini har tomonlama o'rganish imkonini beradi.

Iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar qo'llashni jadal rivojlantirish davrida mamlakatimizda ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash yo'nalishlarini qo'llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh muhitni shakllantirish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatdoshligiga erishish, eksport tarkibi hamda geografiyasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish orqali milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlashga qaratilgan islohotlar ancha faollashdi. Shuningdek, davlatimizda erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog'lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta'minlash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashni Konstitutsiyamizda alohida o'rin egallagani, mulk daxlsizligi, iqtisodiy munosabatlardagi adolat tamoyilini belgiladi va demokratik

islohotlarni yanada ochib berdi.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida "2023-yil 1-yanvardan boshlab qo'shilgan qiymat solig'i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion. so'm mablag' qoladi. Lekin biznes muhitini yaxshilash uchun faqat soliqni kamaytirishning o'zi yetarli emas"1ligini ta'kidlab o'tdilar. Bilvosita turdagi bu soliq budjet tushumlari orasida juda katta qiyosiy salmoqqa ega. Yuqoridagi raqamlardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda katta rol o'ynamoqda. QQSni savdoda soliqqa tortishning muvaffaqiyatli chorasi deb tan olinib ham kelinmoqda. Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari tasdiqlanganligi munosabati bilan Soliq kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi "Tadbirkorlik sub'ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma'muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga asosan yangicha mexanizm va imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, ularda soliq tekshiruvlari o'tkazishda ushbu toifalarga muvofiq o'rganishda monitoring tartibi soddalashtirildi. Eng kam belgilangan me'yor mikrofirmalarga shuningdek, QQS to'lovchilariga xam tadbiq etilgan. Maxsulotlar ish va xizmatlar realizatsiyasi 1 milliard so'm etib belgilanganligi aylanmadan olinadigan soliq rejimini maksimal miqdorini belgilaydi. 2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik sub'ektlariga quyidagicha imkoniyatlar yaratildi:

• Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi hisobidan bir yilda bir marotaba o'rta tadbirkorlik sub'ektlariga mol-mulkni sug'urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi;

• jami daromadi 10 milliard.so'mdan kam bo'lmagan tadbirkorlik sub'ektlari uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan to'lovni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bunda, soliq organlari tomonidan jami daromadi 10 milliard. so'mdan oshgan tadbirkorlik sub'ektlari to'g'risidagi ma'lumotlar shakllantiriladi va maxsus axborot portali bilan ma'lumot almashinuvi ta'minlanmoqda.

Qo'shilgan qiymat solig'i ma'muriyatchiligiga oid quyidagilar bekor qilindi:

• davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda qo'shilgan qiymat soliq summasi inobatga olinmaydi;

• yuqori qo'shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bog'liq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.

Shuningdek ishonchli soliq to'lovchilarni inson omilisiz aniqlash tizimi joriy etilmoqda. Dori vositalarining davlat sog'likni saqlash muassasalariga bepul berilishi yoki amal qilish muddati qisqaligi sababli narxi pasaytirilgan qiymat bo'yicha realizatsiya qilinishi iqtisodiy jihatdan o'zini oqlaydigan xarajatlar (zararlar) deb e'tirof etilmoqda va mos ravishda foyda soliqni hisoblashda chegirib tashlanishi belgilandi.

1 https://president.uz/oz/lists/view/5774 2022-yil 20-dekabr O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.

2023-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik sub'ektlariga avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron o'ichash uskunalari va onlayn video kameralarini o'rnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish majburiy hisoblanadi, paxta xomashyosi, g'alla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish bo'yicha axborot tizimlarining operatorlari o'z tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishlari majburiy hisoblanishi belgilandi. Barchaga ma'lum inson omilisiz, elektron tizim yashirish iqtisodiyotning qolaversa, korrupsiyaning oldini olishga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, bugungi kunda zamonaviy xizmatlardan foydalanuvchilar soni juda tez ortib bormoqda. O'tgan yilning o'zida soliq to'lovchilar tomonidan shaxsiy kabinetdan foydalanishlar soni 40,5 milliontani (2020-yilga nisbatan 1,3 barobar ko'p), yuborilgan elektron hisobvaraq-fakturalar soni 33,9 milliontani (2020-yilga nisbatan 1,6 baravar ko'p), onlayn nazorat-kassa mashinalari orqali ro'yxatga olingan cheklar soni 417,4 milliontani (2020-yilga nisbatan 4 baravar ko'p) tashkil etdi. Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida giperkonvergent texnologiyasi yo'lga qo'yildi va u axborot tizimlariga yuklama hajmini serverlararo taqsimlab, ularning uzluksiz faoliyatini ta'minlab kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qarori bilan soliq to'lovchilarni QQS to'lovchisi sifatida maxsus ro'yxatdan o'tkazishni inson omili ta'siri cheklangan yangi tartibi joriy etildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad insofli soliq to'lovchilarni qo'llab - quvvatlagan holda ularni xufiyona iqtisodiyot bilan shug'ullanishni o'ziga maqsad qilib olgan, qalbaki va ko'zbo'yamachilik uchun tuzilgan bitimlarni amalga oshirishni rejalashtirgan soliq to'lovchilar bilan moliyaviy operatsiyalarga kirishishni oldini olishga qaratilgan.

Bunda, soliq to'lovchilar va ularning kontragentlari faqat QQS to'lovchi guvohnomasi faol bo'lgan holatda QQS summasini hisobga olishga haqli bo'ladi. Arizalarni ko'rib chiqish muddati 7 kun qilib belgilangan, agar ariza ushbu muddatda ko'rib chiqilmasa, guvohnoma avtomatik ravishda beriladi. QQS to'lovchilarga berilgan faol holatdagi guvohnomalar har kuni avtomatik ravishda 18 ta mezonlar (soliq qarzi, rahbar shaxsi, hisobot taqdim etishi, manzilda joylashganligi va b.) bo'yicha tahlil qilib boriladi va dastur tomonidan soliq to'lovchi hech bo'lmaganda 1 ta mezon bo'yicha soliq xavfi yuqori darajasiga tushsa, guvohnomaning amal qilishi avtomatik ravishda vaqtincha to'xtatiladi, shuningdek, soliq to'lovchi kamchilikni barataraf etgan taqdirda, dasturda guvohnomani amal qilishi avtomatik ravishda tiklanadi.

Qayd etish joizki, QQS to'lovchisi guvohnomasining amal qilishi vaqtincha to'xtatilgan davrda soliq to'lovchi va uning kontragenti QQS summasini hisobga ololmaydi. Guvohnomaning amal qilishini vaqtincha to'xtatib turish asosan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

- soliq qarzi mavjud bo'lganda, bunda ikki oydan ortiq vaqt davomida QQS bo'yicha to'lanmagan soliq qarzi tushuniladi;

- uch oydan ortiq vaqt davomida moliya xo'jalik faoliyati amalga oshirilmaganda (mavsumiy faoliyatga ega shaxslar mustasno);

- soliq xavfi yuqori bo'lgan soliq to'lovchilar toifasiga tushganda. Bunda, soliq to'lovchi tomonidan soliq xavfi yuqori bo'lishiga sabab bo'lgan holatlar va kamchiliklar bartaraf etilgandan so'ng QQS guvohnoma berilishi va aktivlashtirilishi mumkin bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PF-162 son Farmoniga

asosan soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to'lovchilarning QQS bo'yicha maxsus ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnomasining amal qilishi bu haqida soliq organlari tomonidan besh ish kuni oldin xabarnoma yuborilgandan so'ng hamda mazkur muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda to'xtatib turish tartibi joriy etildi.

Sub'ektlar tomonidan QQS to'lovchisi sifatida maxsus ro'yxatdan o'tish uchun ariza taqdim etish hamda ushbu arizani soliq organlarida ko'rib chiqish tartibi:

Soliq to'lovchi ixtiyoriy yoki majburiy tartibda tanlagan holda ariza taqdim etishi mumkin.

Soliq kodeksining 237 hamda 461-moddasiga asosan QQS to'lash majburiyati yuzaga kelgan korxonalar majburiy tartibni tanlagan holda ariza taqdim etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PF-162 son Farmoni bilan 2022-yil 1-iyuldan majburiy ravishda QQS to'lovchisi sifatida e'tirof etiladigan tadbirkorlik sub'ektlariga QQS bo'yicha maxsus ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda berish tartibi joriy etildi.

Ushbu farmonga asosan majburiy tartibda taqdim etilgan arizalarga 1 daqiqa ichida avtomatik tarzda QQS guvohnoma rasmiylashtirilmoqda. QQS guvohnomasi berilgandan so'ng, dastur avtomatlashtirilgan tahlil tizimida soliq xavfi mezonlari bo'yicha tekshiradi. Soliq xavfining yuqori mezonlari aniqlansa, 5 ish kuni aniqlangan kamchilik sabablari va bartaraf etish yo'llari ko'rsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.

Ushbu jarayonlar inson omili cheklangan holda to'liq avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi.

QQS to'lashga ixtiyoriy ravishda o'tmoqchi bo'lgan korxonalar tomonidan ixtiyoriy tartib tanlangan holda ariza taqdim etiladi, bunda korxona keyingi oyning birinchi sanasidan QQS to'lashga o'tishi mumkin.

Xulosa va takliflar.

Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda soliq va ma'muriy javobgarlik sohasini qisqartirish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Shu bilan birga soliqqa tortish tizimini va tamoyillarini, soliq to'lovlarining amalga oshirilishini hisobga olish tizimini imkon qadar soddalashtirsak, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda to'g'ri ishlash mexanizmi yuzaga kela boshlaydi va soliqlardan qochish holatlari kamayadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Kodeks (2020) O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi - Toshkent: G'afur G'ulom nashriyot uyi.- 640 b.

2. Jumaniyazov, I., & Vohidova, R. (2023). Davlat byudjeti mablag'laridan foydalanishda moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo'llari. Science and Education, 4(6), 881-887. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/6100

3. Inomjon, J., & Sarvar, A. (2023). SUVEREN FONDLAR FAOLIYATI VA ULARNING MOLIYAVIY MABLAG 'LARINI SAMARALI FOYDALANISHNING XORIJ TAJRIBASI. PEDAGOGS jurnali, 35(4), 102-108.

4. Jumaniyazov, I. T., & Islomov, A. (2023). O 'RTA MUDDATLI DAVR UCHUN FISKAL

STRATEGIYANI TAKOMILLASHTIRISH

ISTIQBOLLARI. PEDAGOGS jurnali, 35(4), 121-127.

5. Jumaniyazov, I. T., & Abdurahmonov, Q. (2023). TIKLANISH VA TARAQQIYOT JAMG'ARMASINING BANKLAR FAOLIYATIDAGI ISHTIROKI. PEDAGOGS jurnali, 35(4), 139146.

6. Asror, A., & Inomjon, J. (2023). O'ZBEKISTONDA DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI ISH HAQI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. PEDAGOGS jurnali, 35(4), 128-138.

7. I.T.Jumaniyazov, & I.A.Mingboyev (2023). Gender budgeting and prospects for its implementation in Uzbekistan. Science and Education, 4 (5), 1518-1523.

8. Turayevich, J. I., & Akmal o'g'li, S. M. (2023). INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA TIKLANISH VA TARAQQIYOT JAMG'ARMASINING O'RNI. PEDAGOGS jurnali, 35(4), 147-157.

9. Jia, X., Cui, Y., Patro, R., Venkatachalam, S., Kanday, R. & Turayevich, J. (2023). Application of fractional-order nonlinear equations in coordinated control of multi-agent systems. Nonlinear Engineering, 12(1), 20220335. https://doi.org/10.1515/nleng-2022-0335

10. Abdullaev Aybek Nazarbaevich, Jumaniyazov Inomjon To'raevich, Sabirov Mirza Qilichbayevich, & Gulomov Ibrokhim Rustam ugli. (2024). Development Of China's Sovereign Wealth Funds. Wire Insights: Journal of Innovation Insights, 2(1), 1-8.

11. Sovereign wealth funds of the Republic of Uzbekistan in the post-pandemic period. (2023). Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments, 1(2), 355-372. https://euroasianjournals.org/index.php/pc/article/view/73

12. Mirza Qilichbayevich Sabirov, Ibrokhim Rustam ugli Gulomov, Inomjon To'raevich Jumaniyazov, & Aybek Nazarbaevich Abdullaev. (2023). Relevance and Application of Compulsory Health Insurance in Republic of Uzbekistan. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 2(11), 71-76. Retrieved from http://journals.academiczone.net/index.php/jiphr/article/view/1477

13. Aybek Nazarbaevich Abdullaev, Shavkat Bayramovich Babaev, Mirza Qilichbayevich Sabirov, & Inomjon To'raevich Jumaniyazov. (2024). TAX RELATIONS IN BUSINESS ENTITIES PROVIDING NON-STATE EDUCATIONAL SERVICES. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 25, 123-134. Retrieved from http://www.ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/969

14. Aybek Nazarbaevich Abdullaev, Inomjon To'raevich Jumaniyazov, Shavkat Bayramovich Babaev, & Mirza Qilichbayevich Sabirov. (2024). PROSPECTS OF ORGANIZING RENTAL OPERATIONS IN NON-GOVERNMENT EDUCATIONAL ORGANIZATIONS ON THE BASIS OF INTERNATIONAL STANDARDS OF FINANCIAL REPORTING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 12(2), 104-114.

15. Shavkat Bayramovich Babaev, Aybek Nazarbaevich Abdullaev, Mirza Qilichbayevich Sabirov, & Inomjon To'raevich Jumaniyazov. (2024). SOME ISSUES OF THE DEVELOPMENT OF BANKING INNOVATIONS IN THE COMMERCIAL BANKS OF UZBEKISTAN. Academia Repository, 5(03), 31-37. Retrieved from https://academiarepo.org/index.php/1/article/view/662

16. Shavkat Bayramovich Babaev, Aybek Nazarbaevich Abdullaev, Mirza Qilichbayevich Sabirov, Inomjon To'raevich Jumaniyazov, & Inomjon To'raevich Jumaniyazov. (2024). CONCEPTUAL REFLECTION OF THE CHANGING ROLE OF THE STATE EXPORT POLICY IN THE DEVELOPMENT STRATEGY OF THE NEW UZBEKISTAN. European Scholar Journal, 5(3), 5-8.

17. Jumaniyazov Inomjon To'raevich, Abdullaev Aybek Nazarbaevich, Sabirov Mirza Qilichbayevich, & Shavkat Bayramovich Babaev. (2024). Importance of social principles of sovereign wealth funds. Global Scientific Review, 26, 46-54.

18. Jumaniyazov Inomjon To'rayevich. (2024). ESG IN SOVEREIGN WEALTH FUND INVESTMENTS. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(2), 117124.

19. ZM Shaikh, S Ramadass, B Prakash, JI Turayevich Data-Driven Decision Making in Stock Portfolio Management: LSTM and Monte Carlo Simulation in Action- Fluctuation and Noise Letters, 2023

20. To'raevich, J. I., Nazarbaevich, A. A., Qilichbayevich, S. M., & Babaev, S. B. (2024). Importance of social principles of sovereign wealth funds. Global Scientific Review, 26, 46-54.

21. Jumaniyazov, I. T. (2019). The impact of Uzbekistan Reconstruction and development fund's expenditure on GDP growth. Science, research, development № 16. Monografiya pokonferencyjna.

22. Oppog'ov, J. A., & Jumaniyazov, I. T. (2024). Moliya tizimida g'aznachilik faoliyatini rivojlanish istiqbollari. Science and Education, 5(5), 504-512.

23. Inomjon To'raevich Jumaniyazov, Aybek Nazarbaevich Abdullaev, Mirza Qilichbayevich Sabirov, & Shavkat Bayramovich Babaev. (2024). METHODOLOGICAL BASIS FOR FORECASTING THE TAX POTENTIAL OF THE RUSSIAN FEDERATION. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 27, 100-107.

24. Abdullaev, A. N., Jumaniyazov, I. T. R., Sabirov, M. Q., & Babaev, S. B. (2024). DIRECTIONS FOR IMPROVING THE PROCESS OF PERSONAL INCOME TAX FORECASTING. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 28, 233-243.

25. ESG PRINCIPLES IN INVESTMENT PROJECTS FINANCED BY SOVEREIGN INVESTMENT FUNDS. (2024). Ustozlar Uchun, 1(4), 1096-1102.

26. THE SOCIAL IMPORTANCE OF SOVEREIGN WEALTH FUNDS. (2024). Ustozlar Uchun, 1(4), 1028-1034

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.