Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INING PASAYTIRILGAN STAVKALARINI JORIY QILISH'

O‘ZBEKISTONDA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INING PASAYTIRILGAN STAVKALARINI JORIY QILISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1629
145
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soliq / qo‘shilgan qiymat solig‘i / soliq imtiyozi / differensial stavkalar / pasaytirilgan stavka / ijtimoiy siyosat / tax / value added tax / tax credit / differential rates / reduced rate / social policy

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Niyazmetov Islambek Masharipovich, Tangirqulov Bekzod Baxodirovich

Maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i differensial stavkalarining yuzaga kelishi, mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan zarurligi ilmiy-nazariy adabiyotlarni sharhlash va xalqaro tajribani tahlil qilish orqali yoritilgan. YUqori stavkali QQS sharoitida soliqqa tortishning ijtimoiy funksiyasi ishlashi uchun birinchi darajali (ijtimoiy xarakterli) tovar va xizmatlarga nisbatan QQSning imtiyozli (pasaytirilgan) stavkasi amal qilishi lozimligi asoslangan. SHundan kelib chiqib, O‘zbekistonda ma’lum bir tovar va xizmat turlariga QQSning imtiyozli stavkalarini belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTRODUCTION OF REDUCED VALUE TAX RATES IN UZBEKISTAN

The article describes the emergence, essence, socio-economic necessity of differential rates of value added tax through the review of scientific and theoretical literature and analysis of international experience. It is based on the fact that in order for the social function of taxation to work in the conditions of high VAT, a preferential (reduced) VAT rate must be applied to goods (services of a social nature). Based on this, Uzbekistan has developed proposals for the establishment of preferential VAT rates for certain types of goods and services.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INING PASAYTIRILGAN STAVKALARINI JORIY QILISH»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEKISTONDA QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'INING PASAYTIRILGAN STAVKALARINI JORIY QILISH

Niyazmetov Islambek Masharipovich, Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti, loyiha rahbari, i.f.d. Tangirqulov Bekzod Baxodirovich Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

Annotatsiya: Maqolada qo'shilgan qiymat solig'i differensial stavkalarining yuzaga kelishi, mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan zarurligi ilmiy-nazariy adabiyotlarni sharhlash va xalqaro tajribani tahlil qilish orqali yoritilgan. YUqori stavkali QQS sharoitida soliqqa tortishning ijtimoiy funksiyasi ishlashi uchun birinchi darajali (ijtimoiy xarakterli) tovar va xizmatlarga nisbatan QQSning imtiyozli (pasaytirilgan) stavkasi amal qilishi lozimligi asoslangan. SHundan kelib chiqib, O'zbekistonda ma'lum bir tovar va xizmat turlariga QQSning imtiyozli stavkalarini belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.

Tayanch so'zlar va iboralar: soliq, qo'shilgan qiymat solig'i, soliq imtiyozi, differensial stavkalar, pasaytirilgan stavka, ijtimoiy siyosat

Аннотация: В статье на основе обзора научно-теоретической литературы и анализа международного опыта раскрываются возникновение, сущность, социально-экономическая необходимость дифференцированных ставок налога на добавленную стоимость. Он основан на том, что для того, чтобы социальная функция налогообложения функционировала в условиях высокого НДС, к товарам (услугам социального характера) должна применяться льготная (пониженная) ставка НДС. Исходя из этого, в Узбекистане разработаны предложения по установлению льготных ставок НДС на отдельные виды товаров и услуг.

Ключевые слова и фразы: налог, налог на добавленную стоимость, налоговый кредит, дифференцированные ставки, пониженная ставка, социальная политика.

Abstract: The article describes the emergence, essence, socio-economic necessity of differential rates of value added tax through the review of scientific and theoretical literature and analysis of international experience. It is based on the fact that in order for the social function of taxation to work in the conditions of high VAT, a preferential (reduced) VAT rate must be applied to goods (services of a social nature). Based on this, Uzbekistan has developed proposals for the establishment of preferential VAT rates for certain types of goods and services.

Key words and phrases: tax, value added tax, tax credit, differential rates, reduced rate, social policy

KIRISH

O'zbekistonda so'nggi yillarda amalga oshirilgan soliq islohotlari o'zining qator ijobiy natijalarini ko'rsatdi. Jumladan, soliq solishning maxsus (imtiyozli) rejimlari va soliq imtiyozlari ro'yxati keskin qisqartirildi. Bu orqali tadbirkorlik sub'ektlariga soliq yukini mutanosib taqsimlash, mulk ob'ektlari va tabiiy resurslardan samarali foydalanishga yo'naltirish, eng asosiysi, qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) zanjirsimon mexanizmini tiklashga ma'lum darajada erishildi.

Kichik biznes maqomining suiiste'mol qilinishini oldini olish maqsadida 2019 yildan tadbirkorlik sub'ektining soddalashtirilgan soliq rejimida qolishi yoki umumbelgilangan soliq rejimiga majburan o'tishini hal qiluvchi mezon sifatida yillik oborot (yalpi tushum) belgilandi [1].1 Unga ko'ra yillik tushumi 1 mlrd so'mdan oshgan korxonalar umumbelgilangan soliq rejimiga o'tadi va QQS to'lovchisiga aylanadi. SHu orqali QQS qamrovini kengaytirish ko'zda tutildi.

Biroq, QQS to'lovchilari qamrovini kengaytirishga soliqning 20 foizli stavkasini pasaytirmasdan turib kirishildi. Bu esa iqtisodiyotda narxlar keskin oshishi va inflyasiyaning kuchayishiga olib keldi. Bundan tashqari, uzoq yillar mobaynida yagona soliq to'lashga ko'nikkan aksariyat tadbirkorlik sub'ektlari yuzaga kelayotgan QQS muammosidan qutulish uchun o'z tushumini 1 mlrd so'mdan oshirib yubormaslik choralarini ko'rishdi. Bunga ular uch xil yo'l bilan erishishlari mumkin: (1) tushumini yashirish; (2) oboroti 1 mlrd so'mga etgan firmani yopib, boshqasini ochish; (3) parallel firmalar ta'sis etib, ularning tushumini nazorat qilish. Bularning barchasi esa yashirin iqtisodiyotga yo'l ochadi.

Natijada, 2019 yil tugamasdanoq QQS stavkasi pasaytirildi. Lekin shu bilan birga imtiyozlari ham keskin qisqartirildi. SHu jumladan, 2019 yilning o'zida oziq -ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun joriy qilingan soliq imtiyozi ham olib tashlandi [2].2 Oldinroq daromad solig'ining nolli va progressiv stavkalari bekor qilingani, 2020 yildan esa mazkur soliq bo'yicha ko'plab imtiyozlarning olib tashlangani, QQS islohotlari bilan birga olganda, soliq siyosatining faqat fiskal yo'naltirilayotganidan dalolat beradi. Biroq, to'laqonli soliq siyosati soliqning nafaqat fiskal funksiyasi, balki bir paytning o'zida iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari uyg'unlikda ishlashini ham ta'minlay olishi lozim.

Nazariy adabiyotlar va soliqqa tortishning xalqaro amaliyoti tahlili shuni ko'rsatdiki, yuqori stavkali QQS sharoitida soliqqa tortishning ijtimoiy funksiyasi to'laqonli ishlashi uchun QQSning birinchi darajali va ijtimoiy xarakterli tovar

1 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3HgemuHHHr "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacuHHHr CO^HR cnëcaTHHH TaKOMH^amTHpnm концепцннсн TyrpHCHga"rH n®-5468-coHOT ®apMOHH, 2018 hhïï 29 HMH.

2 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3HgemuHHHr "CO^HR Ba 6o®xoHa HMTHë3^apu 6epu^umHHH aHaga TapTu6ra co^um Hopa-Tag6Hp^apH Typpucuga^ru n®-5755-coH^u ®apMOHH, 2019 HHÏÏ 27 HMH.

68

hamda xizmatlarga nisbatan imtiyozli (pasaytirilgan) stavkalari amal qilishi lozim. SHu maqsadda QQSning nazariy asoslari va xalqaro tajribani tadqiq etish orqali O'zbekistonda ma'lum bir tovar va xizmat turlariga mazkur soliqning imtiyozli stavkalarini belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Shu paytga qadar ilmiy manbalarda QQSni joriy qilish yoki uning mexanizmini takomillashtirish borasida turli xil, hatto bir-biriga teskari qarashlar shakllanib kelmoqda.

Xususan, Krugman va Feldshten ishida QQSning soliqlarni yig'ish samaradorligini oshirish uchun qulay vosita ekanligi, u orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkinligi ta'kidlanadi [3]3.

QQS stavkasi o'zgarishining milliy iqtisodiyotga ta'sirini o'rganish quyidagilarga qarab tasniflanishi mumkin: narxlar, iste'mol, ishlab chiqarish hajmlari, bandlik, aholi farovonligi, ijtimoiy tengsizlik va iqtisodiy o'sish.

Ushbu soliqning xalqaro amaliyotda samarali soliq sifatida tan olinganligiga qaramasdan, ayrim ishlarda uning salbiy tomonlari ham ko'rsatiladi. Jumladan, QQS inflyasiya o'sishiga, iste'mol, investitsiyalar va jamg'armalarning pasayishiga bilvosita salbiy ta'sir ko'rsatishi va shu orqali makroiqtisodiy barqarorlikni yomonlashtirishi aytiladi [4].4

QQS bilan bog'liq bahs-munozaralarga sabab bo'lib kelayotgan asosiy muammolardan biri, bu - mazkur soliqning yagona yoki differensial stavkali mexanizmini qo'llash masalasidir. Bu kabi munozaralarda, odatda, QQSning pasaytirilgan (imtiyozli) stavkalari qo'llanilishi qanchalik ahamiyatli va asosliligi haqida so'z boradi.

Barrel va Uilning ta'kidlashicha, QQS bo'yicha yagona stavkaning amal qilishi ishlab chiqarish sub'ektlariga (sotuvchilarga) nisbatan mutanosib bo'lishi mumkin, lekin iste'molchilar daromadiga nisbatan ushbu soliq regressiv xarakter kasb etadi. YA'ni, aynan bir xil (o'xshash) tovar va xizmatlar "savati" uchun aholining yuqori daromadli toifasi kam daromadli guruhga nisbatan daromad foizida QQSni kamroq to'laydi. Aynan mana shu holat Evropa amaliyotida differensial mexanizmga (tabaqalashtirilgan stavkalarga) ega QQSni joriy etishning asosiy sabablaridan biridir. Biroq, bunda QQSning pasaytirilgan stavkalari ta'sir doirasini aniq belgilab olish kerak. YA'ni, past daromadli aholi qatlamining iste'mol savati tarkibida nisbatan muhim (birlamchi) bo'lgan tovarlar va xizmatlargagina pasaytirilgan stavkalarni qo'llash maqsadga muvofiqdir. SHu tariqa soliq mexanizmining teng taqsimot

3 Martin S. Feldstein, Paul R. Krugman, International Trade Effects of Value-Added Taxation, 1992

4 Iris ClauIs, The value added tax a useful macroeconomic stabilization instrument, 2013

69

maqsadlari saqlanib qoladi va QQS daromadga nisbatan kamroq regressivlik kasb etadi. Ammo, shuni ham ta'kidlash joizki, QQSning ko'p stavkali tuzilmasi soliq ma'murchiligi yukini, shu jumladan biznes sohasi uchun QQSni nazorat qilish xarajatlarini oshiradi [5].5

Bundan kelib chiqadiki, Evropa mamlakatlarida ayrim tovar va xizmatlarni QQSdan ozod qilish to'g'risida qaror qabul qilinishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

Birinchidan, siyosiy sabablar mavjudligi. Hukumatlar jamiyat manfaati uchun xizmat qiladigan ijtimoiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarga (sog'liqni saqlash, xayriya, ta'lim va shu kabilar) soliq solish orqali o'zlariga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni yuzaga keltirishni istamaydi. Bundan tashqari, davlatlar ortiqcha ma'muriy yuk bilan tadbirkorlikni bo'g'ib qo'yishga yo'l qo'ymaslik uchun kichik biznesga ham QQSdan imtiyozlar berishni nazarda tutadi.

QQSdan ozod qilish amaliyotining ikkinchi sababi ma'lum bir turdagi xizmatlarga ushbu soliqni qo'llashning maqsadga muvofiq emasligidir. Masalan, moliyaviy xizmatlar (shu jumladan, sug'urta) sohasida sof qo'shilgan qiymatni aniqlashning qiyin bo'lganligi bu sohada QQSni adolatli aniqlash va undirishni inkor etadi.

Ma'lumki, Laffer egri chizig'i konsepsiyasiga ko'ra, stavkalar qanchalik baland bo'lsa, soliqlarni to'lashdan bosh tortish yoki oxir-oqibat biznesni yopish uchun moyillik shunchalik katta bo'ladi [6].6 YA'ni, yuqori soliqlar (shu jumladan, QQS) sharoitida marginal soliq tushumlarini kamaytirish qonuni amal qiladi - soliq stavkalari oshib borishi bilan tushumlar o'sishi sekinlashib boradi.

QQS yuki ham tadbirkorlik faoliyati va soliq tushumiga albatta ta'sir qiladi. CHunki, QQS biznes daromadlarining bir qismini dastlabki bosqichdayoq kesib oladi. Umuman, egri soliqlarning hajmi va murakkabligi korxonalar moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta'sir qiladi. Bu, ayniqsa, kichik va o'rta biznes sub'ektlariga juda seziladi. CHunki, bunday korxonalar uchun soliqni to'lash xarajatlari yirik korxonalarga nisbatan ancha yuqori shakllanadi. Bundan tashqari, kichik va o'rta korxonalar QQS to'lovchisi sifatida ro'yxatdan o'tish uchun belgilangan eng kam tovar aylanmasi chegarasidan pastroqda ishlaydigan va QQS to'lamaydigan mayda biznes sub'ektlarining bevosita raqobatchisi hisoblanadi [7].7

5 Barrel, R., Weale, M., The Economics of a Reduction in VAT. National Institute of Economic and Social Research, Discussion Paper No 325, 2009, pp. 1-12

6 Laffer A.B. The Laffer Curve: Past, Present, and Future. Backgrounder. The Heritage Foundation, 1 June, No.1765. 2004, pp. 2-16.

7 Petr Mach, VAT Rates and their Impact on Business and Tax Revenue, European Research Studies Journal, Volume XXI, Issue 1, 2018, pp. 144-152

YUqori stavkali va murakkab QQS sharoitida soliq to'lovchi kichik va o'rta biznes sub'ektlari QQS to'lovchisi bo'lmagan mayda tadbirkorlar bilan raqobatlashi olmaydi.

Shu sababdan ham dastlab Yevropada, keyinchalik esa soliq tizimini Evropa modeliga moslashtirgan boshqa davlatlarda aholiga iste'mol narxlari arzonroq va ishlab chiqaruvchilarga raqobatga qulayroq bo'lishi uchun birinchi darajali iste'mol tovarlari va ijtimoiy xizmat turlariga QQSning imtiyozli stavkalari joriy etilgan.

Adabiyotlarda keltirilishicha [8], QQSni vaqtincha qisqartirish orqali xarajatlarga ta'sir qilish mumkin bo'lgan ikkita mexanizm mavjud:

birinchidan, bu iste'molga soliq yuki kamayishi hisobiga o'zlarini ko'proq daromadga ega bo'lgan deb his qilishga undash orqali uy xo'jaliklarining xarid qobiliyatini oshiradi;

ikkinchi mexanizm - tovar narxlari o'zgarishi (pasayishi) orqali soliqlarni kamaytirish samarasining yuzaga kelishidir. CHunki, sog'lom raqobat sharoitida QQS stavkasining o'zgarishi inflyasiya darajasiga bevosita ta'sir qiladi.8

Biroq, QQS stavkasini kamaytirishning turli xil samaralariga ishora qiluvchi, ya'ni qaysi holatda iste'molchilar nisbatan pastroq soliqlar hisobiga ko'proq manfaat ko'rishi, firmalarning esa yuqoriroq foyda olishi barobarida davlatning soliq tushumlarini yo'qotishini ko'rsatuvchi aniq va yagona bir yondashuv yoki natija mavjud emas [9].9

Koronavirus inqirozining ta'siri bir qator rivojlangan mamlakatlar hukumatlarini iste'mol solig'i, shu jumladan QQS stavkalarini vaqtincha kamaytirishga yoki bekor qilishga majbur qildi. Barrel va Uil soliqning vaqtinchalik kamayishi sharoitida kutilishi mumkin bo'lgan uchta effektni ajratib ko'rsatadi [10]:

- daromad effekti - iste'molga soliqlarning kamayishi davrida narx-navo pasayishi hisobidan aholining daromadi oshadi;

- iste'mol effekti - ya'ni iste'molchilar oldin narxi qimmatligidan o'ziga ravo ko'rmagan mahsulotlarni xarid qilishga o'tishi bilan ularning iste'moli tarkibi sifat jihatdan o'zgaradi yoki odatiy mahsulotlarni ko'proq ola boshlashi natijasida iste'mol hajmi kengayadi;

8 Pike, R., Lewis, M., Turner, D. (2009) Impact of VAT Reduction on the Consumer Price Indices, Office for National Statistics, Economic & labour market review, pp. 17-21

9 Kosonen, T. (2010) What was actually cut in barbers' VAT cut? University of Helsinki and Government Institute for Economic Research, VATT working paper 18, pp. 1-24.

71

- savdo effekti - pasaygan QQS sharoitida kishilarning uzoq vaqt mobaynida buzilmaydigan tovarlarni arzonroq narxlarda sotib olish holati kuchayishi hisobiga tovarlar savdosi rivojlanadi.10

Soliq ma'murchiligining murakkabligi va yukining og'irligiga qaramay, agar QQS stavkasi optimal darajada o'rnatilsa, qat'iy tartibga rioya qilish va hamkorlarni to'g'ri tanlash orqali kichik biznes sub'ektlari ham QQS mexanizmidan maksimal darajada manfaat ko'rishlari mumkin [11].11

QQSning pasaytirilgan stavkalariga bo'lgan ehtiyoj bir qator turli xil sabablardan kelib chiqadi. Xususan, pastroq inflyasiya bosimi bunday sabablarning asosiylaridan hisoblanadi. Bu esa narxlar pasayishi va uning natijasi o'laroq yuzaga keladigan bandlikning ko'payishi bilan asoslanadi. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, ushbu voqeliklar faqat yuqori raqobat muhitida amalga oshadi. Monopol iqtisodiy sharoitda esa bu holat aksincha salbiy effektni yuzaga keltirishi mumkin. Stavkalar pasaygani bilan bozor bosimining yo'qligi (etarli emasligi) sabab narxlar darajasining pasayishi ro'y bermaydi. Bu esa soliq yuki tarkibi buzilishi va uning adolatsiz taqsimlanishini yuzaga keltiradi [12].12

Boshqa nuqtai nazardan qaraganda, QQS past stavkalarining ishlab chiqarish va bandlikka ta'sir kuchi asosan iste'molchilarning narxlar pasayishiga bo'lgan munosabati va tarmoq ichidagi raqobat darajasiga bog'liq. Agar iste'molchilarning narxlar pasayishiga bo'lgan reaksiyasi kuchsiz (iste'mol talabi narxga nisbatan noelastik) bo'lsa, ishlab chiqarish va bandlik ko'rsatkichlari sezilarli darajada oshmaydi. Bu odatda asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste'mol tovarlariga taalluqli bo'ladi. Agar iste'molchilarning narx o'zgarishiga munosabati kuchli (iste'mol talabi narxga nisbatan elastik) bo'lsa, ishlab chiqarish va bandlik sezilarli darajada oshishi mumkin. Bu holat asosan hasham mahsulotlarga xosdir [13].13

Aksariyat davlatlar byudjet daromadlarining katta qismi QQS hisobiga shakllansada, stavkalarni tovar va xizmat turlari bo'yicha tabaqalashtirish mexanizmi ko'proq rivojlangan yoki barqaror institutsional muhitga ega bo'lgan mamlakatlar soliq tizimlarida yaxshi samara beradi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarda soliqlarni yig'ish, xizmat ko'rsatish va boshqarish darajasining sustligi bilan izohlanadi [14].14

10 Barrel, R., Weale, M. (2009) The Economics of a Reduction in VAT. National Institute of Economic and Social Research, Discussion Paper No 325, pp.1-12

11 Panno, J.M. (2011) A Value Added Tax in the United States: What it Could Mean for Small Business Owners. Ohio State Entrepreneurial Business Law Journal, Vol. 6:1, pp. 329- 360.

12 Study on reduced VAT applied to goods and services in the Member States of the European Union, European Commission, 2011

13 Study on reduced VAT applied to goods and services in the Member States of the European Union, European Commission, 2011

14 Richard M. Bird and Eric M. Zolt Redistribution Via Taxation: The Limited Role of the Personal Income Tax in Developing Countries, 2014

Ko'pgina tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, QQSning pasaytirilishi yoki imtiyozli stavkalarining kiritilishi yuqori qo'shilgan qiymatga ega yuqori texnologiyali sanoatni rag'batlantiradi. Natijada, ishlab chiqaruvchilar innovatsion faolligining ortishi orqali raqobat muhiti kuchayadi. SHu bilan birga, u yoki bu tarmoqning samaradorlik darajasini oshirish aholi daromadlaridagi keskin farqlanishga olib kelmasligini ta'minlash hukumatlar oldida turgan muhim siyosiy va iqtisodiy vazifa hisoblanadi [15].15

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirda dunyoning 170 ga yaqin davlatida QQS yoki uning o'rnini bosuvchi (o'xshash) iste'mol soliqlari amal qiladi. Differensial stavkalar ko'proq QQSning yuqori bazaviy stavkasi amal qiladigan Evropa mamlakatlariga xos bo'lsada dunyoning boshqa davlatlari soliq tizimlarida ham ko'p uchraydi.

QQSning differensial stavkalari mamlakatlar bo'yicha pasaytirilgan (imtiyozli, shu jumladan nolli) va oshirilgan stavkalar tarzida amal qiladi. Xususan, QQS mavjud 167 ta davlatdan 99 tasida ushbu soliqning pasaytirilgan stavkalari (0 foizli stavkani hisobga olmaganda) o'rnatilgan bo'lib, ulardan 41 tasi yuqori daromadli (high-income economies), 24 tasi o'rtachadan yuqori daromadli (upper-middle-income economies) va qolgan 24 tasi kam (low-income economies) yoki o'rtachadan past daromadli (lower-middle income economies) mamlakatlar sirasiga kiradi. Bundan tashqari, 23 ta davlatda QQSning oshirilgan stavkasi ham amal qiladi [16]16.

QQS differensial stavkalarining qanday tovar va xizmat turlariga nisbatan qo'llanilishini mamlakatlarning aholi daromadliligi darajasi bo'yicha tanlanma ravishda ko'rib chiqamiz [17]17.

Dastlab, kam va o'rtachadan past daromadli mamlakatlar sirasiga kiruvchi Tojikiston, Hindiston, Moldova va Ukrainada o'rnatilgan QQS stavkalari holatini tahlil qilamiz.

Tojikistonda QQSning bazaviy stavkasi 18 foiz bo'lgani holda eksportga 0 foiz, xususiy ta'lim muassasalariga 5 foiz va umumiy ovqatlanish ob'ektlarini qurish faoliyatiga 7 foizli pasaytirilgan stavkalar amal qiladi.

Hindistonda ham QQSning asosiy stavkasi 18 foiz bo'lib, eksportga 0 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari va mineral o'g'itlarga 5 foiz, meva sharbatlari, dori-darmon va qog'ozga 12 foizli pasaytirilgan stavkalar o'rnatilgan. SHu bilan birga, Hindistonda hasham va iste'molchiga zarar etkazuvchi tovarlar, shu jumladan alkogol va tamaki mahsulotlari uchun QQSning oshirilgan stavkasi 28 foizlik stavkasi qo'llaniladi.

15 The use of differential VAT rates to promote changes in consumption and innovation, final report, European Commission, 2008

16 https://datahelpdesk.worldbank.org/knowledgebase/articles/906519-world-bank-country-and-lending-groups

17 https://www.avalara.com/vatlive/en/vat-rates/international-vat-and-gst-rates.html

73

Scientific Journal Impact Factor

Moldovada soliqning standart stavkasi 20 foiz bo'lib, eksportga 0 foiz, mahalliy non va sut mahsulotlari, tabiiy gazni tashish va tarqatish xizmatlari, elektr energiyasini ishlab chiqarish, isitish va issiq suv ta'minoti uchun ishlatiladigan bioyoqilg'i, fítotexnika, bog'dorchilik va zootexnika mahsulotlarining ma'lum bir turlariga 8 foiz, turar joy xizmatlari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatuvchilar tomonidan etkazib beriladigan ichimliklarga 12 foizli imtiyozli QQS stavkasi belgilangan.

Ukrainada ham QQSning bazaviy stavkasi 20 foiz bo'lgani holda eksportga 0 foiz, dori-darmon vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy uskunalarga 7 foizli stavkalar nazarda tutilgan.

O'rtachadan yuqori daromadli mamlakatlarda QQS tabaqalashtirilgan stavkalari qo'llanilishini Argentina, Turkiya, Belarusiya, Rossiya, Xitoy va Malayziya misolida ko'rib chiqamiz.

Xususan, Argentinada soliqning bazaviy stavkasi 21 foiz bo'lsada, eksportga 0 foiz, bosma yoki raqamli gazeta va jurnallar ta'minoti (shu jumladan, importi), shuningdek, ma'lum bir turdagi bosma yoki raqamli gazeta va jurnallarning reklama xizmatlariga 2,5 foiz miqdoridagi imtiyozli stavka mavjud. Bundan tashqari, uy-joy qurilishi, tibbiyot faoliyati, jamoat va taksi transporti, ayrim turdagi nashriyot va reklama xizmatlari, shuningdek, xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy institutlar tomonidan yakuniy iste'molchilarga kredit berish xizmatlariga 10,5 foizli stavka amal qiladi. Bunday stavka mevalar, dukkakli, sabzavot va go'sht mahsulotlariga, tirik mollarni sotish va olib kirishga hamda maxsus iqtisodiy zonalarda ishlab chiqarilgan ayrim elektron tovarlarga nisbatan ham qo'llaniladi. SHu bilan birga Argentinada aholidan boshqa sub'ektlarga ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun QQSning oshirilgan, ya'ni 27 foizlik stavkasi amal qiladi.

Turkiyada amal qiladigan QQSning bazaviy stavkasi 18 foiz bo'lgani holda eksportga 0 foiz, paxta xomashyosi, yong'oqsimon qishloq xo'jaligi mahsulotlari, shuningdek, moliyaviy lizing xizmatiga 1 foiz, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, to'qimachilik buyumlari, kitob va nashr mahsulotlariga esa 8 foizli pasaytirilgan stavkalar o'rnatilgan.

Rossiya Federatsiyasida asosiy stavka 20 foiz bo'lib, eksportga 0 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar kiyim-kechaklari, dori-darmon, tibbiy mahsulotlar, bosma nashrlar va boshqa shu kabi ijtimoiy xarakterga ega tovarlarga 10 foiz miqdoridagi imtiyozli stavka amal qiladi.

Belarusiya QQS amaliyoti ham Rossiyanikiga o'xshash bo'lib, soliqning asosiy stavkasi 20 foiz, eksportga 0 foiz, o'simlik mahsulotlari (gulchilik va manzarali o'simliklarni etishtirishdan tashqari), asalarichilik, chorvachilik (mo'ynadan tashqari)

Scientific Journal Impact Factor

va mahalliy baliq ovlash, bolalar uchun ba'zi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish (shu jumladan, import) faoliyatiga 10 foizni tashkil etadi. Biroq, Rossiyadan farqli o'laroq, Belorusiyada barcha aloqa xizmatlari uchun QQSning oshirilgan 25 foizlik stavkasi qo'llaniladi.

Xitoyda QQSning asosiy stavkasi 13 foiz. Biroq, ta'kidlash joizki, bu davlatda QQSning differensial stavkalari yuqorida ko'rib chiqilgan davlatlardagi holatdan tarkib va sifat jihatdan sezilarli farq qiladi.

Birinchidan, nolli stavka faqat eksportga emas, balki ilmiy-tadqiqot ishlari, energiya samaradorligini oshirish faoliyati, dasturiy ta'minot, axborot tizimlari, radio, kino va televizion dasturlarni tayyorlash va tarqatish, shuningdek, ofshor autsorsing xizmatlari uchun ham ko'zda tutilgan.

Ikkinchidan, kichik biznes vakillari uchun 3 foizli stavka belgilangan. Biroq, bunda kirim qilingan QQS summasi hisobga olinmaydi.

Aloqa xizmatlari, moliyaviy xizmatlar (lizingdan tashqari), maishiy xizmatlarga hamda nomoddiy mulkni (erdan foydalanish huquqidan tashqari) sotishga QQSning 6 foizli stavkasi belgilangan.

Birinchi darajali ehtiyoj tovarlariga (qishloq xo'jaligi mahsulotlari, suv, gaz va boshqalar), mehmonxona, restoran, umumiy ovqatlanish, telefon aloqasi, pochta, transport va logistika xizmatlariga, ko'chmas mulk sotilishi va qurilish faoliyatiga QQSning 9 foizli stavkasi amal qiladi.

Malayziyada QQSning bazaviy stavkasi 10 foiz, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, neft moylari, qurilish materiallari, axborot texnologiyasi, matbaa texnik vositalari va materiallari uchun 5 foiz, restoran, mehmonxona, turar joy, avtomobillarni ijaraga berish va ta'mirlash, sug'urta, yuridik, buxgalteriya va biznes konsalting xizmatlariga, ichki aviaqatnovlar, elektr energiyasi, telekommunikatsiya va pullik televideniya uchun 6 foizni tashkil qiladi. SHu bilan birga, Malayziyada 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab bir marta undiriladigan savdo va xizmatlarga solinadigan soliq amal qiladi.

Aholisining daromadlilik darajasi yuqori bo'lgan mamlakatlardan Avstriya, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Isroil va YAponiyada QQS stavkalari tabaqalashuvini ko'rib chiqamiz.

Avstriyada QQSning bazaviy stavkasi 20 foiz bo'lib, eksportga 0 foiz belgilangan. Quyidagi tovar va xizmatlarga 10 foizli stavka o'rnatilgan:

- oziq-ovqat va ayrim turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlari;

- farmatsevtika mahsulotlari, oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun gullar va o'simliklar;

- bosma va elektron kitob mahsulotlari, gazeta va boshqa davriy nashrlar;

Scientific Journal Impact Factor

- suv ta'minoti, kanalizatsiya va chiqindi suvlarni tozalash, maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlari;

- ichki transport (aviaparvozdan tashqari), xalqaro va ichki jamoat hamda temir yo'l transporti;

- kabelli va litsenzion televideniya

- ijtimoiy xizmatlar, yozuvchilar va bastakorlar xizmatlari;

- restoran xizmatlari (ichimliklardan tashqari).

Quyidagi tovar va xizmatlarga 13 foizli stavka o'rnatilgan:

- ichki aviareyslar;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- sport, madaniy tadbirlar va istirohat bog'lariga kirish chiptalari;

- yog'och va ba'zi qishloq xo'jalik mollari;

- vino mahsulotlari (uzumzorning o'zida tayyorlab sotiladigan);

- hayvonlar, dekorativ foydalanish uchun gullar va o'simliklar.

Fransiyada QQSning bazaviy stavkasi 20 foiz va eksportga 0 foizni tashkil etadi. Transport vositalarini ijaraga berish, madaniyat, san'at va sport xizmatlari, elektron va telekommunikatsiya xizmatlari, tovarlarni yuk transportida tashish kabi xizmatlarga 2,1 foiz, kitoblar, oziq-ovqat mahsulotlari, gaz va elektr energiyasi, nogironlarga ko'rsatiladigan xizmatlarga 5,5 foiz, dori-darmon mahsulotlarining ayrim turlariga va transport xizmatlariga 10 foizlik imtiyozli stavkada soliq solinadi.

Germaniyada QQSning standart stavkasi 19 foiz bo'lib, imtiyozli stavka tatbiq etiladigan tovar va xizmatlar qamrovi keng emas. Xususan, eksport uchun 0 foiz, kitoblar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun 7 foizli pasaytirilgan stavka o'rnatilgan.

Vengriyada QQSning asosiy stavkasi Evropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha yuqori, ya'ni 27 foizni tashkil qilsada, tovar va xizmatlarning keng qamroviga imtiyozli stavkalar nazarda tutilgan. Xususan, eksportga 0 foiz, sut, don, un va kraxmal mahsulotlari, tijorat turar joy xizmatlari, musiqa va raqs tadbirlarini tashkillashtirishga 5 foizli stavka qo'llaniladi. Quyidagi tovar va xizmatlarga esa 18 foizli QQS amal qiladi:

- ayrim farmatsevtika mahsulotlari;

- chorvachilik mahsulotlari (cho'chqa, qo'y, echki, qoramol kabi jonli va qayta ishlangan yirik hayvonlar);

- yangi turar-joy ko'chmas mulki;

- audio va bosma nashrlar;

- markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti xizmatlari;

- jonli ijro bo'yicha ayrim tadbirlar;

- internetga ulanish;

- mahalliy ovqatlanish xizmatlari.

Scientific Journal Impact Factor

Isroilda soliqning asosiy stavkasi 17 foiz, eksportga esa 0 foiz belgilangan. Ushbu mamlakatda QQS pasaytirilgan stavkasini qo'llashning boshqa davlatlarda uchramaydigan amaliyoti mavjud. Xususan, notijorat tashkilotlar ish haqi fondining 7,5 foizi miqdorida, banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar esa foyda va ish haqi fondining 17 foizi miqdorida QQS to'laydi.

Yaponiyada QQS muqobili hisoblanmish iste'mol solig'ining stavkasi 2019 yil 1 oktyabriga qadar 8 foizni tashkil qilar edi. SHu sababli, eksport uchun belgilangan nolli stavkani hisobga olmaganda ushbu soliqning boshqa stavkalari amal qilmagan. Asosiy stavkaning 10 foiz qilib belgilanishi YAponiyada ham iste'mol solig'ining imtiyozli stavkasi joriy qilinishiga sabab bo'ldi. Hozirda bunday stavka oziq-ovqat mahsulotlariga (restoranlardan tashqari) hamda haftasiga kamida ikki marta nashr etiladigan gazetalar obunasiga nisbatan tatbiq etiladi.

YUqoridagilardan ko'rinadiki, QQS differensial stavkalarining tovar va xizmat turlariga nisbatan qo'llanilishi mamlakatlar bo'yicha turlichadir. YA'ni, har bir davlat o'zining ichki ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan kelib chiqib, qaysidir tovar yoki xizmat turlariga QQSning imtiyozli yoki oshirilgan stavkasini qo'llashga ustuvorlik beradi.

SHunday bo'lsada, ko'rib chiqilgan va boshqa mamlakatlarda QQSning pasaytirilgan stavkalari asosan quyidagi tovar va xizmat turlariga nisbatan qo'llanilishini ta'kidlash mumkin:

- birinchi darajali oziq-ovqat mahsulotlari;

- qishloq xo'jaligi mahsulotlari;

- farmatsevtika mahsulotlari;

- kitoblar, gazetalar va boshqa davriy nashrlar;

- nogironlar uchun mo'ljallangan tovarlar va xizmatlar;

- aholiga ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar;

- aloqa va telekommunikatsiya xizmatlari;

- jamoat transporti xizmatlari;

- ijtimoiy va madaniy-ma'rifiy tadbirlarni o'tkazish xizmatlari;

- mehmonxona, restoran va umumiy ovqatlanish xizmatlari;

Bundan tashqari, o'rganib ko'rilgan davlatlarning qariyb barchasida eksportga QQSning nolli stavkasi qo'llaniladi.

1. So'nggi yillarda O'zbekistonda amalga oshirilgan soliq islohotlari qator ijobiy natijalarni berayotgan bo'lsada, tahlillar shuni ko'rsatdiki, QQS yuki bilan bog'liq hal qilinishi lozim bo'lgan muammolar mavjud. Xususan, QQS to'lovchilari qamrovini kengaytirishga soliqning stavkasini isloh qilmasdan turib kirishilishi inflyasiyaning kuchayishiga olib keldi. Bundan tashqari, uzoq yillar mobaynida yagona soliq

XULOSA VA TAKLIFLAR

Scientific Journal Impact Factor

to'lashga ko'nikkan aksariyat tadbirkorlik sub'ektlari yuzaga kelgan QQS muammosidan qutulish uchun o'z tushumini yashirish choralarini ko'ra boshladi.

2. Daromad solig'ining nol stavkasi va ko'plab imtiyozlari bekor qilingani, QQS islohotlari bilan birga olganda, soliq siyosatining faqat fiskal yo'naltirilayotganidan dalolat beradi. Biroq, to'laqonli soliq siyosati soliqning nafaqat fiskal funksiyasi, balki bir paytning o'zida iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari uyg'unlikda ishlashini ham ta'minlay olishi lozim.

3. Nazariy adabiyotlar va soliqqa tortishning xalqaro amaliyoti tahlili shuni ko'rsatdiki, yuqori stavkali QQS sharoitida soliqqa tortishning ijtimoiy funksiyasi to'laqonli ishlashi uchun QQSning birinchi darajali va ijtimoiy xarakterli tovar hamda xizmatlarga nisbatan pasaytirilgan (imtiyozli) stavkalari amal qilishi lozim.

4. Ilmiy va amaliy davralarda QQS bilan bog'liq bahs-munozaralarga sabab bo'lib kelayotgan asosiy muammolardan biri, bu - mazkur soliqning yagona yoki differensial stavkali mexanizmini qo'llash masalasidir. Bu kabi munozaralarda, odatda, QQSning pasaytirilgan stavkalari qo'llanilishi qanchalik ahamiyatli va asosliligi haqida so'z boradi. Adabiyotlarda ta'kidlashicha, QQS bo'yicha yagona stavkaning amal qilishi ishlab chiqaruvchilarga nisbatan mutanosib bo'lishi mumkin, lekin iste'molchilar daromadiga nisbatan regressiv xarakter kasb etadi.

5. QQS yuki ham tadbirkorlik faoliyatiga albatta ta'sir qiladi. CHunki, QQS biznes daromadlarining bir qismini dastlabki bosqichdayoq kesib oladi. Umuman, egri soliqlarning hajmi va murakkabligi korxonalar moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta'sir qiladi. Bu, ayniqsa, kichik va o'rta biznes sub'ektlariga juda seziladi. CHunki, bunday korxonalar uchun soliqni to'lash xarajatlari yirik korxonalarga nisbatan ancha yuqori shakllanadi.

6. QQS past stavkalarining ishlab chiqarish va bandlikka bo'lgan ta'siri asosan iste'molchilarning o'zini tutishi va iqtisodiyotdagi raqobat darajasiga bog'liq. Agar iste'molchilarning narxlar pasayishiga bo'lgan reaksiyasi kuchsiz (iste'mol talabi narxga nisbatan noelastik) bo'lsa, islohotlardan yaxshi natija kutib bo'lmaydi. Aksincha, ya'ni iste'mol talabi narxga nisbatan elastik bo'lsa, ishlab chiqarish va bandlik sezilarli darajada oshishi mumkin. SHu sababli, QQS stavkalarini isloh qilishdan oldin mamlakatda sog'lom raqobatni shakllantirish lozim.

7. QQS differensial stavkalarining tovar va xizmat turlariga nisbatan qo'llanilishi mamlakatlar bo'yicha turlicha bo'lsada, bu borada ma'lum bir umumiylik mavjud. Qariyb barcha davlatlarda ushbu soliqning imtiyozli stavkalari asosan oziq-ovqat, qishloq xo'jaligi, farmatsevtika mahsulotlari, nogironlar uchun mo'ljallangan tovarlar, kitoblar va davriy nashrlarga, shuningdek, pochta, aloqa,

Scientific Journal Impact Factor

telekommunikatsiya, jamoat transporti, kommunal, ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy xizmatlarga tatbiq etilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to'g'risida"gi PF-5468-sonli Farmoni, 2018 yil 29 iyun.

[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5755-sonli Farmoni, 2019 yil 27 iyun.

[3] Martin S. Feldstein, Paul R. Krugman. International Trade Effects of Value-Added Taxation, 1992.

[4] Iris ClauIs. The value added tax a useful macroeconomic stabilization instrument, 2013.

[5] Barrel, R., Weale, M. The Economics of a Reduction in VAT. National Institute of Economic and Social Research, Discussion Paper No 325, 2009, pp.1-12.

[6] Laffer A.B. The Laffer Curve: Past, Present, and Future. Backgrounder. The Heritage Foundation, 1 June, No.1765. 2004, pp. 2-16.

[7] Petr Mach. VAT Rates and their Impact on Business and Tax Revenue, European Research Studies Journal, Volume XXI, Issue 1, 2018, pp. 144-152.

[8] Pike, R., Lewis, M., Turner, D. Impact of VAT Reduction on the Consumer Price Indices, Office for National Statistics, Economic & labour market review, 2009, pp.17-21.

[9] Kosonen, T. What was actually cut in barbers' VAT cut? University of Helsinki and Government Institute for Economic Research, VATT working paper 18, 2010, pp.1-24.

[10] Barrel, R., Weale, M. The Economics of a Reduction in VAT. National Institute of Economic and Social Research, Discussion Paper No 325, 2009, pp.1-12.

[11] Panno, J.M. A Value Added Tax in the United States: What it Could Mean for Small Business Owners. Ohio State Entrepreneurial Business Law Journal, Vol. 6:1, 2011, pp. 329- 360.

[12] Study on reduced VAT applied to goods and services in the Member States of the European Union, European Commission, 2011.

[13] Study on reduced VAT applied to goods and services in the Member States of the European Union, European Commission, 2011.

[14] Richard M. Bird and Eric M. Zolt. Redistribution via Taxation: The Limited Role of the Personal Income Tax in Developing Countries, 2014.

[15] The use of differential VAT rates to promote changes in consumption and innovation, final report, European Commission, 2008.

[16] https://datahelpdesk.worldbank.org/knowledgebase/articles/906519-world-bank-country-and-lending-groups

[17] https://www.avalara.com/vatlive/en/vat-rates/international-vat-and-gst-rates.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.