Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON VA XORIJDA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I STAVKALARINING TAQQOSLAMA TAHLILI'

O‘ZBEKISTON VA XORIJDA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I STAVKALARINING TAQQOSLAMA TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soliq / qo‘shilgan qiymat solig‘i / stavka / pasaytirilgan stavka / ijtimoiy-iqtisodiy / tovar va xizmatlar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Yakubov San’atbek Ravshanbekovich

Maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘ining O‘zbekistonda va xorijdagi amalda bo‘lgan stavkalari yoritib o‘tilgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muhimligi, adabiyotlarni o‘rganish va xalqaro tajribani tahlil qilish orqali yoritilgan. Yuqori hamda pasaytirilgan QQS stavkalar joriy etilgan mamlakatlar va ulardagi imtiyozli stavkalar haqida ma’lumotlar keltirilib, nisbatan QQSning imtiyozli (pasaytirilgan) stavkasini ma’lum sohalarga qo‘llash orqali ham turli xil sohalarni rivojlantirish mumkinligi qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda ma’lum bir tovar va xizmat turlariga QQSning imtiyozli stavkalarini belgilash va ma’lum birlaridan imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON VA XORIJDA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I STAVKALARINING TAQQOSLAMA TAHLILI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

O'ZBEKISTON VA XORIJDA QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'I STAVKALARINING TAQQOSLAMA TAHLILI. Yakubov San'atbek Ravshanbekovich

Ma'mun universiteti o'qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14049246

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- Noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 05- Noyabr 2024 yil Nashr qilindi: 07- Noyabr 2024 yil

KEY WORDS

soliq, qo'shilgan qiymat solig'i, stavka, pasaytirilgan stavka, ijtimoiy-iqtisodiy, tovar va xizmatlar.

Maqolada qo'shilgan qiymat solig'ining O'zbekistonda va xorijdagi amalda bo'lgan stavkalariyoritib o'tilgan. Qo'shilgan qiymat solig'ining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muhimligi, adabiyotlarni o'rganish va xalqaro tajribani tahlil qilish orqali yoritilgan. Yuqori hamda pasaytirilgan QQS stavkalar joriy etilgan mamlakatlar va ulardagi imtiyozli stavkalar haqida ma'lumotlar keltirilib, nisbatan QQSning imtiyozli (pasaytirilgan) stavkasini malum sohalarga qo'llash orqali ham turli xil sohalarni rivojlantirish mumkinligi qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, O'zbekistonda malum bir tovar va xizmat turlariga QQSning imtiyozli stavkalarini belgilash va malum birlaridan imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan O'zbekistonda so'nggi yillarda ko'plab sohalar qatorida soliq sohasida ham keng islohotlar amalga oshirish orqali bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Misol uchun, tadbirkorlik sub'ektlariga soliq yukini mutanosib taqsimlash va tabiiy resurslardan samarali foydalanish maqsadida soliq imtiyozlari ro'yxati bir muncha qisqartirildi. Bu orqali qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) zanjirsimon mexanizmini tiklashga ma'lum darajada erishildi. Mamlakatimizda 2019 yildan tadbirkorlik sub'ektlarini umumbelgilangan soliq rejimiga majburan o'tishi lozimligini belgilovchi mezon yaratildi va bunda ushbu mezon sifatida yillik oborot (yalpi tushum) belgilandi . Tegishli o'zgartirishlarga ko'ra QQS qamrovini kengaytirish uchun yillik tushumi 1 mlrd.so'mdan oshgan soliq to'lovchilar umumbelgilangan soliq rejimiga o'tishi va QQS to'lovchisiga aylanishi belgilab qo'yildi.

Ushbu tartib o'rnatilgandan so'ng, uzoq yillar davomida asosan yagona soliq to'lovchisi sifatida faoliyat yuritgan soliq to'lovchilar qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchisi sifatida faoliyat ko'rsatmaslik maqsadida o'z tushumlarni yashirish, tovar aylanmasini 1 mlrd.so'mga yetkazmasdan xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatini to'xtatib, yangidan firma ochish orqali o'z soliq rejimida (aylanmadan olinadigan soliq) qolishga harakat qilishdi.

Soliqqa tortishning jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki QQSning birinchi darajali, ijtimoiy xarakterli tovar hamda xizmatlarga nisbatan yuqori va (yoki) imtiyozli (pasaytirilgan) stavkalarni qo'llash orqali soliq tushumlarini oshirish mumkin.

Shu maqsadda, QQS bo'yicha xorijiy mamlakatlarda qo'llanilayotgan soliq stavkalari o'rganib

chiqilib, mazkur soliqning imtiyozli

stavkalarini mamlakatimizda joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. ADABIYOTLAR TAHLILI

Hozirgi kunga qadar ilmiy manbaalarda ushbu soliq turini joriy qilish va uning hisoblash mexanizmini takomillashtirish borasida qarashlar shakllanib kelmoqda. Ushbu soliq turi birinchi marta 1954-yilda Fransiyada asosan soliq to'lovchilarga soliq yukini kamaytirish maqsadida joriy qilingan. Krugman va Feldshten ishida QQSning soliqlarni yig'ish samaradorligini oshirish uchun qulay vosita ekanligi, u orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkinligi ta'kidlanadi .

Ushbu soliqning xalqaro amaliyotda samarali soliq sifatida tan olinganligiga qaramasdan, ayrim ilmiy ishlarda uning salbiy tomonlari ham ko'rsatiladi. Jumladan, QQS inflyasiya o'sishiga, iste'mol, investitsiyalar va jamg'armalarning pasayishiga bilvosita salbiy ta'sir ko'rsatishi va shu orqali makroiqtisodiy barqarorlikni yomonlashtirishi aytiladi .

QQS joriy etishda uning stavkalari bilan bog'liq bo'lgan asosiy muammolardan biri, bu mazkur soliq turining barcha uchun bir xil bo'lgan va, yoki differensial stavkali mexanizmini qo'llash lozimligi to'g'risidagi munozaralardir.

Ma'lumki, Laffer egri chizig'i konsepsiyasiga ko'ra, stavkalar qanchalik baland bo'lsa, soliqlarni to'lashdan bosh tortish yoki oxir-oqibat biznesni yopish uchun moyillik shunchalik katta bo'ladi .

Ko'pchilik adabiyotlarda keltirilishicha, QQSni vaqtincha qisqartirish orqali xarajatlarga ta'sir qilish mumkin bo'lgan ikkita mexanizm mavjud:

birinchidan, bu iste'molga soliq yuki kamayishi hisobiga o'zlarini ko'proq daromadga ega bo'lgan deb his qilishga undash orqali uy xo'jaliklarining xarid qobiliyatini oshiradi; ikkinchi mexanizm - tovar narxlari o'zgarishi (pasayishi) orqali soliqlarni kamaytirish samarasining yuzaga kelishidir. Chunki, sog'lom raqobat sharoitida QQS stavkasining o'zgarishi inflyasiya darajasiga bevosita ta'sir qiladi .

QQSning imtiyozli stavkalari asosan aholiga iste'mol narxlari arzonroq va ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat sharoiti qulayroq bo'lishi uchun birinchi darajali iste'mol tovarlari va ijtimoiy xizmat turlariga joriy etiladi. Imtiyozli stavkali QQSning joriy etilishini biz dastlab Yevropada, keyinchalik esa soliq tizimi Yevropa mamlakatlariga o'xshash bo'lgan boshqa davlatlar misolida ko'rishimiz mumkin.

Biroq, QQS stavkasini kamaytirishning turli xil samaralariga ishora qiluvchi, ya'ni qaysi holatda iste'molchilar nisbatan pastroq soliqlar hisobiga ko'proq manfaat ko'rishi, firmalarning esa yuqoriroq foyda olishi barobarida davlatning soliq tushumlarini yo'qotishini ko'rsatuvchi aniq va yagona bir yondashuv yoki natija mavjud emas .

Koronavirus pandemiyasidan keyin uning natijasida hosil bo'lgan inqirozining ta'sirini yumshatish uchun bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlari iste'mol solig'i, shu jumladan QQS stavkalarini bir muddatga kamaytirishga yoki ularni bekor qilishga majbur bo'ldi.

Barrel va Uil soliqning vaqtinchalik kamayishi sharoitida kutilishi mumkin bo'lgan uchta effektni ajratib ko'rsatadi:

- daromad effekti - iste'molga soliqlarning kamayishi davrida narx-navo pasayishi hisobidan aholining daromadi oshadi;

- iste'mol effekti - ya'ni iste'molchilar oldin narxi qimmatligidan o'ziga ravo

ko'rmagan mahsulotlarni xarid qilishga o'tishi bilan ularning iste'moli tarkibi sifat jihatdan

o'zgaradi yoki odatiy mahsulotlarni ko'proq ola boshlashi natijasida iste'mol hajmi kengayadi;

Soliq ma'murchiligining murakkabligi va yukining og'irligiga qaramay, agar QQS stavkasi optimal darajada o'rnatilsa, qat'iy tartibga rioya qilish va hamkorlarni to'g'ri tanlash orqali kichik biznes sub'ektlari ham QQS mexanizmidan maksimal darajada manfaat ko'rishlari mumkin .

QQSning pasaytirilgan stavkalariga bo'lgan ehtiyoj bir qator turli xil sabablardan kelib chiqadi. Xususan, pastroq inflyasiya bosimi bunday sabablarning asosiylaridan hisoblanadi. Bu esa narxlar pasayishi va uning natijasi o'laroq yuzaga keladigan bandlikning ko'payishi bilan asoslanadi. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, ushbu voqeliklar faqat yuqori raqobat muhitida amalga oshadi. Monopol iqtisodiy sharoitda esa bu holat aksincha salbiy effektni yuzaga keltirishi mumkin. Stavkalar pasaygani bilan bozor bosimining yo'qligi (yetarli emasligi) sabab narxlar darajasining pasayishi ro'y bermaydi. Bu esa soliq yuki tarkibi buzilishi va uning adolatsiz taqsimlanishini yuzaga keltiradi .

Ko'pgina tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, QQSning pasaytirilishi yoki imtiyozli stavkalarining kiritilishi yuqori qo'shilgan qiymatga ega yuqori texnologiyali sanoatni rag'batlantiradi. Natijada, ishlab chiqaruvchilar innovatsion faolligining ortishi orqali raqobat muhiti kuchayadi. Shu bilan birga, u yoki bu tarmoqning samaradorlik darajasini oshirish aholi daromadlaridagi keskin farqlanishga olib kelmasligini ta'minlash hukumatlar oldida turgan muhim siyosiy va iqtisodiy vazifa hisoblanadi . MUHOKAMA VA NATIJALAR

QQS birinchi marotaba joriy etilgan 1954 yildan bugungi qadar dunyodagi 175 ta mamlakatda QQS yoki unga o'xshash bo'lgan iste'mol solig'i (tovar va xizmatlar uchun) sifatida joriy etilgan bo'lib, ushbu soliq turi bo'yicha bugungi kunda dunyo mamlakatlari orasida belgilangan bazaviy stavkaning eng yuqorisi 27%ni (Vengerya) va eng quyisi 4.5% (Andorra)ni tashkil etadi.

Mamlakatimizda QQS ilk bor 1992 yilning 1 yanvarida joriy qilingan. 32 yildan buyon amalda qo'llanilib kelayotgan QQSning ilk stavkasi 30 foiz qilib belgilangan bo'lib, keyichalik mamlakatimizda soliq to'lovchilarga nisbatan soliq yukini kamaytirish maqsadida soliq stavkalari bosqichma bosqich kamaytirib borildi.

O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga muvofiq QQS stavkasi 12 foiz qilib miqdorida belgilangan[11] .

QQS soliq turi bo'yicha differensial stavkalari mamlakatlarda pasaytirilgan (imtiyozli, nolli) va oshirilgan stavkalar ko'rinishida joriy etiladi. Dastlab O'rta Osiya davlatlarida joriy etilgan. Qozog'iston Respublikasida QQSning bazaviy stavkasi 12 foiz qilib belgilangan. Mahsulotlarning eksporti va xalqaro transport xizmatlarini ko'rsatuvchilarga 0 foizli stavka qo'llanilib kelinmoqda. Shuningdek, bir qator tovarlar, ishlar va xizmatlar soliqdan ozod etilgan. Jumladan: dori vositalarini sotish; moliya institutlari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy xizmatlar; moliyaviy lizing xizmatlari; notarius va advokatlik xizmatlari. Tojikistonda ham mamlakatimiz kabi tadbirkorlik sub'ektlarini umumbelgilangan soliq rejimiga majburan o'tishi lozimligini belgilovchi mezon yaratilgan bo'lib, QQS odatda tovarlar va xizmatlarni o'z ichiga olgan soliqqa tortiladigan aylanma bo'yicha hisoblanadi. Bazaviy QQS stavkasi 14% ni tashkil qiladi. Agar soliq to'lovchilarning soliqqa tortiladigan aylanmasi

oldingi 12 oylik davrda belgilangan summadan ortiq bo'lsa, jismoniy va yuridik shaxslar QQS to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tishlari shart. Ushbu mamlakatning soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar QQSdan ozod etilgan: ko'chmas mulkni sotish, topshirish yoki ijaraga berish; moliyaviy xizmatlar; muayyan tibbiy xizmatlar. Bundan tashqari, Tojikiston fond birjasida faoliyat yurituvchi ishtirokchilar QQSning 50 foizidan ozod qilingan. Qirg'iston Respublikasida QQS bazaviy stavkasi 12 foizni tashkil etadi. Alohida tovarlar va xizmatlar uchun QQSning nollik stavkasi ham amal qiladi. QQSdan ozod qilingan aylanmalar ham mavjud bo'lib, jumladan: oltin, kumush qotishmasi, hamda, tozalangan oltin va kumushni yetkazib berish va eksport qilish; dori vositalarini yetkazib berish; faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan elektrda harakatlanadigan avtomobillar; sug'urta, pensiya va moliyaviy xizmatlardan iborat.

Turkmanistonda QQS odatda 15% stavkada to'lanadi. Nollik stavka tovarlar eksporti (neft va gazdan tashqari) va xalqaro transport xizmatlari uchun qo'llaniladi.

Rossiya federatsiyasida QQS 2019-yildan boshlab 20 foizli stavkada undirilib kelinmoqda. Biroq oziq-ovqat, poyabzal, ba'zi tibbiy buyumlar va bolalar kiyimlariga QQSning pasaytirilgan 10 foizli stavkasi qo'llaniladi. Ta'lim, tibbiy buyumlar, davlat uy-joylari va an'anaviy moliyaviy mahsulotlarni o'z ichiga olgan boshqa muhim hisoblangan Tovar va xizmatlar uchun 0 foizli stavka ham joriy etilgan.

Quyida makroiqtisodiy ko'rsatkichlar (YalM) bo'yicha 2023 yil yakunlari bo'yicha yuqori o'rinni egallagan mamlakatlarda QQS stavkalaraini ko'rib chiqamiz.

Xitoyda QQS birinchi marta 1984 yilda joriy etilgan bo'lib, mamlakatda bazaviy soliq miqdori 13 foizni tashkil etadi. Biroq quyidagilarga: chakana savdo; mehmonxona (xizmati); umumiy ovqatlanish sohasi; ko'chmas mulk va qurilish sohasi; komunikatsiya; pochta xizmatlari; transport va logistika xizmatlariga 9 foiz. Moliyaviy xizmatlar va sug'urta; informatika texnoligiya sohasi va u bo'yicha konsalting xizmatlarga 6 foiz qilib belgilangan. Kichik korxonalar uchun esa 3 foiz qilib belgilangan.

Germaniyada 3 xildagi soliq stavkalari amal qiladi (bazaviy 19 foiz, kamaytirilgan 7 foiz, hamda 0 foizli).

Kamaytirilgan 7 foizli stavka alohida oziq-ovqat mahsulotlari va suv resurslariga, nogironlar uchun tibbiy asbob-uskunalar, ayrim ichki yo'lovchi transporti, temir yo'l va ichki suv yo'llari uchun jamoat ichidagi va xalqaro yo'lovchi tashish xizmatlari, kitoblar (mazmunida voyaga yetmaganlar uchun taqiqlangan kitoblar bundan mustasno), elektron kitoblar, audiokitoblar, gazetalar va davriy nashrlar (voyaga yetmaganlar uchun taqiqlangan yoki 50%dan ortiq qismi reklamadan iborat bo'lganlar bundan mustasno), yozuvchilar va bastakorlar, ayrim qishloq xo'jaligi mahsulotlari, qisqa muddatli mehmonxonada joylashtirish, ijtimoiy xizmatlar, tibbiy va stomatologiyaga, dekorativ maqsadlarda va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun uzilgan gullar va o'simliklar, ba'zi oltin tangalar va zargarlik buyumlari bilan bog'liq bo'lgan tovar va xizmatlarga nisbatan qo'llaniladi. XULOSA VA TAKLIFLAR

Ko'pgina mamlakatlar hukumatlari tomonidan o'zlarining soliq tizimlarida QQS bo'yicha stavkalarning (bazaviy, pasaytirilgan, nollik) turli xil foizlarni soliq ma'muryatchiligi murakkablashishiga qaramasdan qo'llab quvvatlashadi. Chunki ular QQSni rag'batlantirish siyosatidan vosita sifatida foydalanib tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishi yoki iste'molning alohida turlarini cheklashlari mumkin bo'ladi.

Oxirgi yillarda O'zbekistonda soliq sohasida amalga oshirilgan tub o'zgarishlar bir qator ijobiy natijalarni berayotgan bo'lsada, tahlillar shuni ko'rsatdiki, QQS ma'murchiligi va yuki bilan bog'liq hal qilinishi lozim bo'lgan kichik bo'lsada muammolar mavjud bo'lib qolmoqda. Xususan, QQS ma'murchiligini takomillashtirish va ushbu soliq turi bo'yicha to'lovchilar hajmini oshirishga soliqning stavkasini isloh qilmasdan turib kirishilishi inflyasiyaning nisbatan kuchayishiga va uzoq yillar mobaynida yagona soliq to'lashga o'rganib qolgan aksariyat tadbirkorlik sub'ektlari QQS ma'murchiligidan qutulish uchun o'z tushumini yashirish choralarini ko'ra boshlashiga zamin yaratishi mumkin.

Nazariy adabiyotlar va soliqqa tortishning xalqaro amaliyoti tahlili shuni ko'rsatdiki, yuqori stavkali QQS sharoitida soliqqa tortishning ijtimoiy funksiyasi to'laqonli ishlashi uchun QQSning birinchi darajali va ijtimoiy xarakterli tovar hamda xizmatlarga nisbatan pasaytirilgan (imtiyozli) stavkalari amal qilishi lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda QQSning pasaytirilgan stavkasini joriy etgan holda (Xitoy misolida) yillik tovar aylanmasi (yalpi tushumi) bir milliard so'mdan kam yuz million so'mdan ko'pni tashkil qilayotgan aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilarga nisbat qo'llash.

Mamlakatimizda yuqori qo'shimcha qiymat yaratilamayotgan sohalarni tahlil qilgan holda ushbu sohalarni qo'llab quvvatlash maqsadida QQSning tabaqalashtirilgan stavkalarini joriy etish mumkin bo'ladi.

Huddi shuningdek, ushbu soliq turi bo'yicha amalda qo'llanilayotgan soliq imtiyozlarini samarasini o'rgangan holda samarasiz deb topilgan soliq yengilliklarini bekor qilish bo'yicha tegishli qonunlarga o'zgartirish kiritish orqali ham soliqning adolatlilik tamoyiliga erishilgan holda dablat budjetiga tushumlarning barqarorligini ta'minlash mumkin bo'linadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati (references):

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to'g'risida"gi PF-5468-sonli Farmoni, 2018 yil 29 iyun.

2. O'zbekiston Respublikas Soliq kodeksi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 02/19/SK/4256-son

3. Martin S. Feldstein, Paul R. Krugman, International Trade Effects of Value Added Taxation, 1992.

4. Iris Clauls, The value added tax a useful macroeconomic stabilization instrument, 2013.

5. Laffer A.B. The Laffer Curve: Past, Present, and Future. Backgrounder. The Heritage Foundation, 1 June, No.1765.2004, pp. 2-16.

6. Pike, R., Lewis, M., Turner, D. (2009) Impact of VAT Reduction on the Consumer Price Indices, Office for National Statistics, Economic & labour market review, pp.17-21.

7. Kosonen, T. (2010) What was actually cut in barbers' VAT cut? University of Helsinki and Government Institute for Economic Research, VATT working paper 18, pp.1-24.

8. Barrel, R., Weale, M. (2009) The Economics of a Reduction in VAT. National Institute of Economic and Social Research, Discussion Paper No 325, pp.1-12.

9. Panno, J.M. (2011) A Value Added Tax in the United States: What it Could Mean for Small Business Owners. Ohio State Entrepreneurial Business Law Journal, Vol. 6:1, pp. 329- 360.

10. Study on reduced VAT applied to goods and services in the Member States of the European

Union, European Commission, 2011

11. The use of differential VAT rates to promote changes in consumption and innovation, final report, European Commission, 2008

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.