QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'INING AHOLI DAROMADLARIGA
TA'SIRI
G'aybullayev Sarvar
O'zMU JF o'qtuvchisi Xayrullayev Nodirbek
O'zMU JF talabasi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.7524218
Annotatsiya: Maqola qo'shilgan qiymat solig'i tarifi, QQSning O'zbekistondagi foiz stavkalari, shu yillar ichida QQS to'lovchilariga berilgan imkoniyatlar va talablar, QQSning foizi ko'tarilsa yoki tushsa bu O'zbekiston iqtisodiyotiga va aholi daromadlariga qanday ta'sir qilishi o'rganilgan.
Kalit so'zlar: Qo'shilgan qiymat solig'i (QQS), infratuzilma, aksiz solig'i, Soliq kodeksi, subsidiya, kreditlar, kompensatsiyalar , sanoat, qishloq xo'jaligi.
Qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qo'shilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi M. Lore tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, 1960-yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. O'zbekistonda 1992-yildan boshlab qo'llaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Qo'shilgan qiymat solig'i solinadigan ob'yekt hisoblanadi. Sotish bo'yicha Qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz solig'ini hisobga olgan holda belgilanadi. Qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan aylanma mablag' soliq ob'yektining turiga qarab, o'ziga xos usulda aniqlanadi. Masalan; ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab jo'natiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, ta'mirlash, ilmiy tadqiqot, konstruktorlik, texnologik, qayta ta'mirlash va boshqa shunga o'xshash ishlar qiymati Qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladi. Xizmatlar ko'rsatilganda esa transport vositalari yordamida bajarilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq ob'yekti bo'ladi. Aksiz to'lanadigan tovarlarni Qo'shilgan qiymat solig'isga tortishda uning ob'yekti jo'natilgan aylanmaga aksiz solig'ining qiymati qo'shilgan holda aniqlanadi. O'zbekiston Respublikasida Qo'shilgan qiymat solig'i asosan, 2023-yilga qadar 15,0 % li stavka bo'yicha undiriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ayrim oziq-ovqat tovarlari bo'yicha Qo'shilgan qiymat solig'i kamaytirilgan stavkalarda to'lanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha to'lovlar soliq turi bo'yicha hisobot taqdim etilgan muddatdan so'ng 5 kun orasida davlat byudjetiga o'tkaziladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq to'lovchilar uchun Qo'shilgan qiymat solig'ini to'lashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar bo'yicha Qo'shilgan qiymat solig'i bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida to'lanadi. Qo'shilgan qiymat solig'ini undirish va to'lash tartib qoidalari O'zbekiston Respublikasining „Soliq kodeksi" (65—79-moddalari) bilan tartibga solinadi.
O'zbekistonda QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirilib, tadbirkorlar ixtiyorida yiliga 14 trln so'm qoladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr
kuni Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida iqtisodiy islohotlar qat'iy davom ettirilib, ichki imkoniyatlar to'liq safarbar qilinib, xususiy sektor yanada qo'llab-
1 o
quvvatlanishini ta'kidladi.
Birinchi navbatda, hududlar o'rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha
tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish bo'yicha yangicha yondashuvlar
joriy etiladi. 2023-yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va
imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratiladi.
Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib
chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo'ladi. Biznesga soliq yukini
kamaytirish bo'yicha ishlar davom ettiriladi. Jumladan, 1-yanvardan qo'shilgan qiymat solig'i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion so'm mablag' qoladi. Ilg'or tajribalar asosida soliq va bojxona ma'murchiligi jiddiy isloh qilinadi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) stavkasi
pasaytirilishi munasabati bilan onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali beriladigan fiskal cheklarda stavkasi 12 % ko'rsatilishi kerak. Bu haqda Davlat soliq qo'mitasi
xabar berdi.
"Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari qabul qilingani munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi. Unga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Qo'shimcha qiymat solig'i (QQS) stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushiriladi (bunda soliq stavkasining 3 foiz punktga pasaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 14 trln. so'm mablag' qolishi mumkin).
18 Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasidan.
Jismoniy shaxslar o'z daromadlarini ipoteka kreditlarini qoplashga yo'naltirganda soliqqa tortilmaydigan daromadlar miqdori amaldagi yillik 15 mln so'mdan 73,6 mln so'mgacha oshiriladi;
Bunda, uy-joyning qiymatiga qo'yilgan talab (300 mln so'm) bekor qilinadi.
Bundan tashqari, soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirishga qaratishning belgilangan muddati 60 kungacha (amalda 30 kun) uzaytiriladi;
Kichik va o'rta biznes toifasiga kiruvchi tadbirkorlar uchun soliq to'lovlarini 6 oyga foizsiz bo'lib-bo'lib to'lash huquqi beriladi;
Amalda Markaziy bank asosiy stavkasi (15 foiz) asosida foizlar hisoblanadi.
Avvalroq, ushbu qonunning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi muhokamasidan so'ng advokatlik tuzilmalarini qo'shimcha qiymat solig'i to'lovchilariga aylantirmaslik qaroriga kelingan edi.
Davlat byudjetidan qaytarilgan QQS 12,7 trln so'mdan oshdi. Qayd etilishicha, jami 8 424 ta ariza bo'yicha 4 833 korxonaga 12 773, 5 mlrd so'm miqdoridagi summa qaytarilgan.
Hududlar kesimidagi ko'rsatkichlar quyidagicha19:
-Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha DSI - 7 416,6 mlrd so'm (124 ta korxona);
-Qoraqalpog'iston R. - 94,6 mlrd so'm (308 ta korxona);
-Toshkent sh - 1 799,4 mlrd so'm (596 ta korxona);
-Andijon - 589,6 mlrd so'm (622 ta korxona);
-Buxoro - - 201,9 mlrd so'm (446 ta korxona);
-Jizzax - 182,1 mlrd so'm (75 ta korxona);
-Qashqadaryo - 292,5 mlrd so'm (308 ta korxona);
-Navoiy - - 64,2 mlrd so'm (206 ta korxona);
-Namangan - 261,6 mlrd so'm (508 ta korxona); -Samarqand - 537,6 mlrd so'm (150 ta korxona); -Surxondaryo - 62,7 mlrd so'm (325 ta korxona); -Sirdaryo - 172,5 mlrd so'm (127 ta korxona); -Toshkent v. - 651,3 mlrd so'm (258 ta korxona); -Farg'ona - 337,7 mlrd so'm (533 ta korxona); -Xorazm - 105,0 mlrd so'm (247 ta korxona). Sohalar kesimida:
-Ishlab chiqaruvchilar - 7 107,8 mlrd so'm (1 119 ta korxona); -Chakana savdo - 1 390,6 mlrd so'm (801 ta korxona); -Ulgurji savdo - 946,0 mlrd so'm (204 ta korxona); -Qurilish - 848,0 mlrd so'm (112 ta korxona);
-Boshqalar - 1 319,1 mlrd so'm (404 ta korxona).
Qoplab berilgan jami QQS o'tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 trln so'mga
ko'p.
2022-yil 5-may kuni imzolangan tegishli Qonun bilan Soliq kodeksiga ayrim o'zgartirishlar kiritildi:
Unga ko'ra, O'zbekistonga o'simlik yog'i, kungaboqar va zig'ir urug'i, soya danagini olib kirish, shuningdek o'simlik yog'ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo'yicha aylanma qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi. Ilgari 2022-yil 30-aprelgacha edi.
Shuningdek, go'shtni (mol go'shtini, qo'y go'shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo'yni) va ularni so'yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo'yicha aylanma, shuningdek ularni O'zbekistonga olib kirishda qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi.
Tovuq go'shti, muzlatilgan baliq va tirik parrandalarga qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha imtiyoz 2022-yil 30-aprelgacha etib o'zgartirishsiz qoldirildi.
Moliya vaziri o'rinbosari Dilshod Sultonov QQSning 12 foizga tushishi ortidan narxlarning pasayishini «ehtimoldan yiroq» deb atadi. Uning fikricha, kompaniyalar «soliq stavkasi pasayishidan oladigan foydani xaridorlarga berishi dargumon». Uning aytishicha, raqobatbardosh bozorlardagina narxlar tushishi mumkin.
Kelgusi yilda qo'shilgan qiymat solig'i stavkasini 15 foizdan 12 foizga tushirish narxlarga ta'sir qiladimi? O'zbekiston moliya vaziri o'rinbosari Dilshod Sultonov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida ushbu savolga javob berdi. 2023 yilgi soliq siyosatiga kiritilgan o'zgartirishlar haqida avvalroq xabar bergan edik.
"Narxlarga keladigan bo'lsak, ularning arzonlashuvi raqobatbordosh bozorlarda mumkin, qolganlarida esa bu dargumon, chunki kampaniyalar soliq stavkasining pasayishidan olinadigan barcha daromadlarni xaridorlarga berishi dargumon"20.
2019 yilda QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirilganda iste'mol tovarlari va xizmatlarining mutlaq ko'pchiligi narxlari pasaymagan edi.
«Narxlarning qisqa muddatli pasayishi kuzatilgan bo'lsa ham, u uzoq davom etmadi va bir yil ichida avvalgi darajaga qaytdi. Bu, birinchi navbatda, iste'molchilarning talab va taklifdan kelib chiqib, amaldagi narxni to'lashga tayyorligi bilan bog'liq edi"21
Hullas qo'shilgan qiymat solig'i olishda avval boshda 2000 yilda 20 % etib belgilangan . lekin keyin 2019 yilga kelib tadbirkorlarga yengillik yaratish maqsadida 20 foizda 15 foizga tushurildi. Yuqorida aytib o'tilganidek Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida iqtisodiy islohotlar qat'iy davom ettirilib, ichki imkoniyatlar to'liq safarbar qilinib, xususiy sektor
20 Molya vazirligining rasmiy sahifasi
21 Soliq qo'mitasi rasmiy sahifasi
yanada qo'llab-quvvatlanish uchun 15 foiz qo'shilgan qiymat solig'i 12 foizga tushurildi. Buning hammasi aholi daromadlarini yaxshilash hamda o'zbekistondagi narxlarni oz bo'lsada pasaytirish yoki narxlarni keskin ko'tarilib ketishini oldini olish uchun imkon yaratadi.
Foydalanilgan adabyotlar:
1. Uchkun S., Dilshod N. PROCESS OF IDENTIFYING THE SIGNIFICANT ACCOUNTS IN THE REVENUE CYCLE //Journal of marketing, business and management. - 2022. - T. 1. - №. 1. - C. 32-36.
2. Dilshod N. XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA KORXONALARDA TUSHUMLAR AUDITINI TASHKIL QILISH BOSQICHLARI VA DASTAKLARINI TAKOMILLASHTIRISH //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. - 2022. - C. 105-110.
3. Najmiddinov D. R., Shodlikov D. E. THE EFFECT OF THE SECRET ECONOMY IN A DAILY LIFE OF THE SOCIETY //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. - 2022. - T. 1. - №. 1A. - C. 56-59.
4. O'G'Li N. D. R., Qizi T. D. Z. MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI VA UNGA OID YANGI YONDASHUVLAR //Journal of marketing, business and management. - 2022. - T. 1. - №. 8. - C. 1-4.
5. Gaybulayev Sarvar Uktam ugli, Saitov Sirojiddin, & Davlatboyeva Sojida Oybek qizi. (2022). SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IS A PLACE TO PROVIDE EMPLOYMENT. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(12), 115-119. Retrieved from http: //www.ijournal .uz/index.php/j artes/article/view/3 5 8
6. Nizametdinov Ali Akramovich, Gaybullayev Sarvar, & Honkelov Yassim. (2022). THE PLACE OF THE DIGITAL ECONOMY TODAY. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(12), 95-99. Retrieved
from http: //www.ijournal .uz/index.php/j artes/article/view/3 54
7. G'aybullayev S. O 'ZBEKISTONDA ISTE'MOL SAVATCHASI
HOZIRGI HOLATINI VA UNI SHAKILLANTIRISH YO 'NALISHLARI
//Scienceweb academic papers collection. - 2022.
8. G'aybullayev Sarvar O'ktam o'g'li, Xaydarov Bahrom, & Jarasheva Go'zal Bahodir qizi. (2022). THE ROLE OF THE PRIVATE SECTOR IN THE DEVELOPMENT OF TOURISM. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(12), 287-293. Retrieved from http: //www.ijournal. uz/index.php/j artes/article/view/388
9. Anorboyeva Durdona Shodiboy qizi, & Sarvar G'aybullayev. (2022). RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI. Journal
of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 86-89. Retrieved from http : //ij ournal. uz/index.php/j artes/article/view/401
10. Gaybullayev Sarvar, Saitov Sirojiddin, & Pulatova Mashhura Xushnudbek qizi. (2022). FACTORS AFFECTING LABOR RELATIONS AND ITS
WAGE. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(12),
125-129. Retrieved from http : //www.ijournal. uz/index.php/j artes/article/view/3 60
11. Sarvar G'aybullayev. (2022). THE PLACE OF THE DIGITAL ECONOMY TODAY. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 7(11), 116-126. Retrieved from http: //www.ijournal. uz/index .php/j artes/articl e/view/313
12. G'Aybullayev Sarvar O. et al. O 'ZBEKISTONDA ISTE'MOL SAVATCHASI HOZIRGI HOLATINI VA UNI SHAKILLANTIRISH YO 'NALISHLARI //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. - 2022. - Т. 1. - №. 4. -С. 119-125.
13. Sarvar O'ktam o'g G. et al. SYSTEMATIC-SITUATION APPROACH
IN MANAGEMENT //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. -
2022. - Т. 3. - №. 11. - С. 999-1008.
14. G'aybullayev Sarvar, Xaydarov Bahrom, & Anorboyeva Durdona.
(2022). O'ZBEKISTON VA AQSHNING IQTISODIY
MUNOSABATLARI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 63-69. Retrieved from http: //ij ournal .uz/index.php/j artes/article/view/3 96