Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA SOLIQ TIZIMINI TAKOMILLASHTRISH MASALALARI'

MAMLAKATIMIZDA SOLIQ TIZIMINI TAKOMILLASHTRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1192
208
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy daromad / iqtisodiy kriteriy / Soliq yuki / jozibador investitsiya / imtiyoz / raqobat sharoiti. / national income / economic criterion / tax burden / attractive investment / privilege / competitive conditions.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — F. Hojiqulova

Ushbu maqolada Soliqlarni qo‘llanilib kelinishi, soliqlarni yalpi ichki mahsulotdagi salmog'i iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy omillar bilan chambarchas bog'liq va ular bilan birgalikda o'zgarib turishi, Yangi soliqlar va yig‘imlar belgilanishi, Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish xususida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE TAX SYSTEM IN OUR COUNTRYTRAINING ISSUES

This article discusses the application of taxes, the distribution of taxes in the gross domestic product is closely related to economic, social, political factors and changes in combination with them, the establishment of new taxes and fees, raising the development of our country to a new, higher level.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA SOLIQ TIZIMINI TAKOMILLASHTRISH MASALALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAMLAKATIMIZDA SOLIQ TIZIMINI TAKOMILLASHTRISH MASALALARI

Hojiqulova Feruza Dona qizi

O'qituvchi Termiz davlat Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7313928

Yangi O'zbekiston - bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy

dunyoqarash demakdir.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

Annotatsiya. Ushbu maqolada Soliqlarni qo'llanilib kelinishi, soliqlarni yalpi ichki mahsulotdagi salmog'i iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy omillar bilan chambarchas bog'liq va ular bilan birgalikda o'zgarib turishi, Yangi soliqlar va yig'imlar belgilanishi, Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko 'tarish xususida so'z yuritilgan.

Kalit so^zlar: milliy daromad, iqtisodiy kriteriy, Soliq yuki, jozibador investitsiya, imtiyoz, raqobat sharoiti.

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЫ В НАШЕЙ

СТРАНЕ

Аннотация. В данной статье речь идет о применении налогов, о том, что вес налогов в ВВП тесно связан с экономическими, социальными, политическими факторами и изменяется вместе с ними, об установлении новых налогов и сборов, о поднятии развития нашей страны на новый, высокий уровень.

Ключевые слова: национальный доход, экономический критерий, налоговая нагрузка, привлекательные инвестиции, стимулы, условия конкуренции.

IMPROVING THE TAX SYSTEM IN OUR COUNTRYTRAINING ISSUES

Annotation. This article discusses the application of taxes, the distribution of taxes in the gross domestic product is closely related to economic, social, political factors and changes in combination with them, the establishment of new taxes and fees, raising the development of our country to a new, higher level.

Keywords: national income, economic criterion, tax burden, attractive investment, privilege, competitive conditions.

KIRISH

Soliq milliy daromadni bir qismi bo'lib, majburiy va qaytarib bermaslik printsipi asosida aholidan va yuridik shaxslardan davlat tomonidan o'z harajatlarini qoplash uchun olinadi. Iqtisodchi olimlarning fikricha, «Soliqda davlatni borlig'ini iqtisodiy ifodasi gavdalanadi» gi. Soliqlar jamiyat taraqqiyotining ma'lum bir bosqichida yuzaga kelib, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Soliqlar davlatni kelib chiqishi bilan bog'liq.

Davlat o'zining funktsiyalarini amalga oshirish uchun ma'lum harajatlami amalga oshirishi va ulami qoplash uchi -liq va yig'imlami undirilishiga sabab bo'ladi. Soliqlar iqtisodiyotni boshqarish qurollaridan biri bo'lganligi uchun mutaxassislar doimiy ravishda soliqni yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog'i to'g'risida fikr, mulohaza yuritib kelganlar. Soliq yukini optimal darajasini aniqlash bo'yicha qator olimlar ilmiy nazariyalar yaratganlar. Lekin hozirgi kungacha uning mutlaqo to'g'ri darajasi, iqtisodiy kriteriyasi aniqlanmagan[1]. Chunki soliqlarni yalpi ichki mahsulotdagi salmog'i iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy omillar bilan chambarchas bog'liq va ular bilan birgalikda o'zgarib turadi. Shuning uchun yaratilgan nazariya

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

va kontseptsiyalar soliqlaming barcha muammolarini to'la echish, iqtisodiyotni barcha savollariga aniq javob hamda tavsiya berishga qodir emasdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston respublikasining soliq kodeksining 4-moddasida Soliq to'g'risidagi qonunchilikning vaqt bo'yicha amal qilishi ya'ni:

Yangi soliqlar va yig'imlar belgilanishini nazarda tutuvchi soliq to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran kamida uch oy o'tgach amalga kiritiladi. Soliq imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari subyektlarining holatini boshqacha tarzda og'irlashtirishni nazarda tutuvchi soliq to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari ham xuddi shunday tartibda amalga kiritiladi.

Soliqlar va yig'imlar stavkalarining o'zgartirilishini nazarda tutuvchi soliq to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari, agar ularda kechroq muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, ular rasman e'lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e'tiboran amalga kiritilishi ta'kidlangan[2].

Prezidentimiz "Yangi O'zbekiston" gazetasi bosh muharririga bergan intervyusida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash xususida so'z yuritar ekan, "Biznes ahli haqida faqat soliqlarni to'lash va tekshirishlar paytida eslaydigan zamonlar o'tib bo'ldi. Shu nuqtai nazardan, soliq qonunchiligini maqbullashtirish borasida biz ancha ish qildik, lekin hali oldimizda yana-da katta vazifalar turibdi va biz ularni albatta amalga oshiramiz", deya ta'kidladi[3]. Chindan ham, bugun O'zbekistonda tadbirkorlik uchun keng va teng raqobat maydonida erkin faoliyat yuritish imkoniyati, jozibador investitsiya muhiti vujudga kelmoqda. Mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yana-da yaxshilash, adolatli raqobat tamoyillarini joriy etishni ta'minlash hamda soliq va bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlar berish amaliyotini tartibga solish maqsadida 45 ta qonun hujjatiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, 10 ta o'z kuchini yo'qotgan, deb e'tirof etilgan qonun hujjati orqali qator soliq va bojxona imtiyozlari amaliyotdan chiqarildi. Natijada 84 ta turli soliq imtiyozlari bekor qilindi. Individual imtiyozlar berish amaliyotidan voz kechildi. Xorijiy sarmoyadorlar ulushida tashkil etilgan korxonalar soni 4 yilda 2,6 barobarga ko'paydi va 13,2 mingtaga yetdi. Sohada teng raqobat sharoitini yaratish va qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari huquqlarini kafolatlashni takomillashtirishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad turli rejimlardagi soliq to'lovchilar uchun mavjud imkoniyatlarni tenglashtirish hamda insofli soliq to'lovchilarga qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha ortiqcha to'lovlarni qaytarish jarayoni uchun talab qilinadigan vaqtni minimallashtirishdir. Mazkur tadbirni amalga oshirish doirasida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi qarori bilan qo'shilgan qiymat solig'i summasi o'rnini qoplash tartibi to'g'risida nizom tasdiqlanib, QQS summasini tezlashtirilgan tartibda faqat ishonchli soliq to'lovchilarga qaytarish belgilab qo'yildi. Qo'shilgan qiymat solig'i salbiy farq summasini qaytarish haqida gap ketar ekan, Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ham bu masala ko'tarilganini, soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirishga doir muhim yo'nalishlar belgilanganini ta'kidlash joiz. Uchrashuvda ilgari surilgan har bir g'oya, taklif va tashabbus majoziy ma'noda aytganda, "siyohi qurimasdan" amalga oshib, yechimini topmoqda. Bunga Prezidentimiz tomonidan muloqot o'tgan kunlariyoq imzolangan "Qo'shilgan qiymat solig'i ma'muriyatchiligini takomillashtirish to'g'risida"gi va "Umumiy ovqatlanish va turizm sohasini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlaridagi imtiyoz va yengilliklarni misol tariqasida keltirish mumkin. Xususan, 2021 yil 31 dekabrga qadar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i va ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni to'lashdan ozod qilinadi, 2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yig'imini hisoblash va to'lash to'xtatiladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Mustaqilligimizning o'tgan yillari mobaynida xalqimiz milliy o'zligini anglab, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotning yangi bosqichiga ko'tarildi. Bu davrda milliy davlatchiligimizning zamonaviy huquqiy poydevori yaratildi va shu asosda barcha sohalarda o'ziga xos milliy tizimlar shakllandi. Bugungi kunda esa yangi O'zbekiston tarixi yangicha mazmun-mohiyat bilan boyib boryapti. Istiqbol sari qo'yilayotgan dadil qadamlar, tarkibiy yangilanishlar, jamiyat hayotidagi tub o'zgarishlar uning zarvaraqlariga "oltin sahifa" bo'lib muhrlanmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko'tarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish hayotiy zarurat. Bu jarayonda iqtisodiy zanjirning muhim halqalaridan biri bo'lgan soliq tizimi barchaga teng va erkin raqobat sharoitini yaratishda kamarbasta bo'lishi kerak. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yilda yangi soliq konsepsiyasining qabul qilinishi ana shu maqsadlarga erishishning strategiyasini belgilab berdi. Tizimda yangi islohotlarni boshlab bergan mazkur konsepsiyadan oldingi holatga nazar tashlasak, 97 foiz soliq to'lovchilar soddalashtirilgan rejimda faoliyat yuritib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ularning ulushi qariyb 60 foizga yetgani holda, byudjet tushumlaridagi hissasi bor-yo'g'i 9,2 foizga teng bo'lgan. Umumbelgilangan soliq to'lovchilar zimmasiga tushgan asosiy soliq yuki atigi 3 foizni tashkil etgan. Yaqingacha pensiya, maktab ta'limi va yo'l jamg'armalariga soliq to'lash, sug'urta badali, mol-mulk, QQS stavkalarining yuqoriligi tadbirkorlik subyektlari zimmasidagi katta yuk edi. Shuning uchun ularning o'zlari istamagan holda, soliqdan qochish sxemasini tanlashga yoki soddalashtirilgan rejimda qolish uchun korxona ishchilari soni, ularga to'laydigan ish haqini sun'iy yashirishga hamda "konvert" orqali to'lashga majbur bo'lardi. Bugun esa, biznesda tamomila boshqacha muhit. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan adolatli, shaffof va uzoqqa mo'ljallangan tizimni yaratishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi natijasida butunlay yangi soliq ma'murchiligi yuzaga keldi. Birinchi navbatda, soliqlar turi 16 tadan 9 taga, nazorat shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi. Prezidentimiz joriy yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan o'tkazgan tarixiy muloqotida soliq sohasidagi ko'pchilikning esidan ko'tarilgan holatlarni yodga solgani bejiz emas. Chunki, yaqingacha tadbirkorlarga og'ir yuk bo'lib kelgan pensiya, maktab va yo'l jamg'armalariga 3,2 foizli yig'imlar bekor qilindi. Byudjetdan tashqari jamg'armalarga mazkur yig'imlarni bekor qilish hisobiga har yili qariyb 6 trillion so'm mablag' qoladigan bo'ldi. Mol-mulk, daromad va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobar kamaytirildi. Qo'shilgan qiymat solig'i 20 foizdan 15 foizga tushirildi, pandemiyadan ko'proq zarar ko'rgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12 foizdan 1 foizga pasaytirilib, mol-mulk va yer soliqlari to'lovlaridan butkul voz kechildi. Bu esa, tadbirkorlarga ixtiyorida qolgan 2 trillion so'm mablag'ni biznes faoliyatiga sarflash imkonini yaratdi. - Odamlar kundalik hayotida ijobiy o'zgarishlarni, jumladan, soliq yukidagi yengilliklarni sezar ekan, avvalambor, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi va rag'bati ortadi. Ilg'or zamonaviy axborot-kommunikatsiya, internet hamda raqamli texnologiyalarning joriy etilishi yuksalishning eng qisqa yo'lidan borishni ta'minlaydi. Keyingi paytda tizimda bu borada qanday ishlar amalga oshirildi? - Qisqa vaqtda sohani raqamlashtirish, jumladan, Ma'lumotlarni qayta ishlash markazini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, o'z navbatida, soliq to'lovchilarga ro'yxatdan o'tish, soliq rejimini tanlash, byudjet bilan munosabatlarini onlayn kuzatish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

shaxsiy kabineti orqali dunyoning istalgan burchagidan soliq majburiyatlarini elektron tarzda bajarish imkoniyatini berdi. Umumiy hisobda soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali - my.soliq.uz da 50 ga yaqin shu kabi masofaviy xizmatlar yo'lga qo'yildi. Bularsiz bugungi soliq ma'muriyatchiligini va umuman, bugungi tizim faoliyatini tasavvur etib bo'lmaydi.

Shu bilan birga, yangi vositalar - elektron hisobvaraq-faktura, elektron shartnoma, onlayn nazorat kassa texnikalari, raqamli markirovka, mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi joriy etildi. Har qanday soliq nazorati tadbirlari oldindan ogohlantirish va inson omilisiz "Tahlika-tahlil" dasturi orqali 76 ta mezonni qamrab olgan segmentlash asosida amalga oshirilmoqda. Joriy etilayotgan raqamlashtirish jarayonida, jumladan, Prezidentimizning 2GI9 yil б sentyabrdagi "Savdo va xizmat ko'rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari bosqichma-bosqich onlayn va virtual kassalardan foydalanishga o'tkazilyapti. Bugungi kunda 149,3 mingta xo'jalik yurituvchi subyekt 182,8 mingdan ortiq onlayn va virtual kassalar bilan ta'minlandi. Mazkur qurilmalarni sotib olishda tadbirkorlik subyektlari xarajatlarini kamaytirish maqsadida birinchi bosqichda (2G2I yil I yanvarga qadar) hisoblangan va to'lanishi lozim bo'lgan foyda yoki yagona soliq to'lovi yoxud qat'iy belgilangan soliq summasini onlaynNKMni o'rnatish uchun tegishli xarajatlar summasiga kamaytirish tarzidagi imtiyoz taqdim etildi. Natijada tadbirkorlik subyektlari 22,7 milliard so'm miqdoridagi byudjetga to'lashi kerak bo'lgan soliqlar hisobidan xarajatlarini qopladi.

MUHOKAMA

Tabiiyki, ko'rilgan chora-tadbirlar, sarflangan xarajatlar soliq to'lovchilar va soha faoliyatiga qanday samaralar keltirdi, degan savol tug'iladi. - Raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi odamlar hayotida, xufiyona iqtisodiyot va korrupsiyaning kamaygani, davlat xizmatlarini ko'rsatish tezlashganida yaqqol namoyon bo'ladi. Bu vazifalar ijrosi har bir tarmoq yoki soha idoralari tomonidan ta'minlanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, 2016 yilda yalpi ichki mahsulotda yashirin iqtisodiyotning ulushi 59 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilga kelib II foiz punktga pasaytirildi yoki 48 foizga tushirildi. Bu, o'z navbatida, soliq tushumlarining oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, 2016 yilga nisbatan 2020 yilda tushumlar 3,3 barobar o'sdi (2021 yilning birinchi yarim yilligida pandemiyadan oldingi 2GI9 yilning mos davriga nisbatan I^ marta ortdi). Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan o'zini o'zi ish bilan band qilish instituti orqali qariyb 1 millionta yashirin sektordagi odamlar faoliyatini legallashtirishga erishildi. So'nggi yillarda soliq tizimida uchta bo'g'in - Davlat soliq qo'mitasi, Davlat soliq boshqarmasi va Davlat soliq inspeksiyalari vazifalarining chegarasi aniq belgilab olindi. Avvallari qo'mita va boshqarmalar umumiy nazorat olib borish va soliqlarni yig'ish bilan shug'ullanmas edi. Buning uchun davlat soliq inspeksiyalari mas'ul edi.

XULOSA

Endilikda inspeksiyalar zimmasida umumiy miqdori 16,6 foizga teng bo'lgan mahalliy soliqlarni yig'ish (yer, mol-mulk, suv, daromad va aylanmadan soliqlar) vazifasi qoldi, xolos. Davlat soliq qo'mitasi huzurida Yirik soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatish inspeksiyasi tashkil etildi va 2020 yil iyun oyidan qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilarga xizmat ko'rsatish vazifasi davlat soliq boshqarmalariga o'tkazilib, byudjet tushumlarining mos ravishda бб,2 foizi va I7,2

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

foizi yoki jami 83,4 foizi qo'mita va boshqarmalar tomonidan amalga oshirib kelinyapti. Bu mas'uliyat tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari chiqarildi.

REFERENCES

1. Sh.Shamsutdinov, Sh.F.Shamsutdinova. Chet mamlakatlar soliq tizimi Toshkent 2011 yil.

2. «Yangi O'zbekiston» gazetasi. 28.082021.

3. «O'zbekiston respublikasining soliq kodeksi» 30.12.2019 yil.

4. O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus talim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti. «Moliya va soliqlar» ma' ruzalar kursi. Toshkent - 2012 yi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.