Byudjet daromadlarini oshirishda soliqlar yig'iluvchanligidagi muammolar va ularni bartaraf etish masalalari
Suxrob Rustamovich Allayarov Navro'zbek Mustafaxanovich Abrorov [email protected] Toshkent moliya instituti
Annotatsiya: Maqolada davlat byudjeti daromadlarini oshirish maqsadida soliqlarning yig'iluvchanligi va bu jarayondagi muhim muammolar hamda ularni bartaraf etish strategiyalari ko'rib chiqiladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarga soliq yukini keskin kamaytirish orqali to'lovchilar sonini oshirishni va bu orqali davlat byudjeti daromadlarining barqarorligini ta'minlashni va yashirin iqtisodiyotga barham berishni, avvalgi soliq islohatlarining natijalarini tahlil qilib, mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir qiladigan ba'zi soliq mexanizmlarini ko'rib chiqamiz.
Kalit so'zlar: davlat byudjeti, byudjet daromadlari, soliq siyosati, soliq yuki, soliq stavkalari, qo'shilgan qiymat solig'i, yashirin iqtisodiyot
Problems in the progress collecting taxes in order to increase budget revenues and issues to solve them
Sukhrob Rustamovich Allayarov Navruzbek Mustafakhanovich Abrorov navrozbekabrorov@gmail. com Tashkent institute of finance
Abstract: The article discusses tax flexibility in order to increase state budget revenues and important problems in this process, as well as strategies for eliminating them. Some taxation mechanisms will be also considered that have a positive impact on the country's economy and increase the number of taxpayers, reducing the shadow economy while ensuring the stability of state budget revenues by reducing the tax burden on business entities and individuals.
Keywords: state budget, budget revenues, tax policy, tax burden, tax rates, value added tax, hidden economy
O'zbekiston Respublikasi ham boshqa ko'plab davlatlar singari, o'zining turli davlat xarajatlari va xizmatlarini moliyalashtirishda ko'p jihatdan soliq tushumlariga
tayanadi. So'nggi yillarda hukumat byudjet daromadlarini oshirishni ta'minlash maqsadida soliqlarning yig'iluvchanligini yaxshilash yo'llarini o'rganmoqda. Shuningdek, soliq tizimidagi islohatlarni samarali va shaffof amalga oshirish davlatning iqtisodiyotini rivojlantirish va barqarorlashtirishda muhim rol o'ynaydi.
Shu tufayli, mamlakatimizda byudjet daromadlari oshirish yo'llarini takomillashtirish, soliq ma'muriyati samaradorligini oshirish, aholi uchun belgilangan soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish hamda uning to'lovchilar uchun tushinarli bo'lishini ta'minlash bo'yicha bir qancha chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Bilamizki, hozirda ham yurtimizda soliq tizimida bir qancha kamchiliklar mavjud. Bulardan biri soliq tizimining murakkabligi bo'lsa ya'na biri ayrim soliq stavkalarining yuqoriligi bilan nomoyon bo'ladi. Ushbu muammolar aynan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyuldagi PF-5468-sonli "O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to'g'risida"gi farmoni negizida ilk bor keng ko'lamda qayta ko'rib chiqildi.1 Ushbu farmon doirasida real iqtisodiy o'sishga, tadbirkorlik va biznes faollikni oshirishga, bozor iqtisodiyoti sharoitida sog'lom raqobatni rivojlanishiga, shuningdek, soliqlar va boshqa shunga o'xshash majburiy to'lovlarnining yig'iluvchanligini oshirishga bir qancha tizimli muammolar aytib o'tildi. Shundan kelib chiqib, qo'shilgan qiymat solig'i(QQS)ning samarasiz undirilish tizimi, soliq to'lovchilarga iste'mol mahsulotlarining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan majburiy to'lovlarning mavjudligi, keng ko'lamda ajratilayotgan soliq imtiyozlarining ijrosini monitoring va nazorat qilishning zamonaviy tizimi rivojlantirilmaganligi tufayli xo'jalik yurituvchi subyektlarni soliqqa tortishdagi ayrim muammolar, shuningdek, individual xususiyatga ega bo'lgan soliq imtiyozlar hisobiga rag'batlantirish amaliyotining keng tarqalganligini sezishimiz mumkin. Bundan tashqari, yurtimizdagi davlat soliq organlari va tashkilotlari o'rtasida amalda foydalanilayotgan ma'lumot almashish tizimlari, elektron soliq ma'muriyati hamda soliq nazoratini amalga oshirish shakllari hozirgi raqamli texnologiyalar asrida yetarli darajada talabga javob bermayapti. Bu esa o'z o'rnida soliq sohasida inson ishtirokini saqlanib qolishiga va bu sababli soliq to'lovlarining undirilish jarayonida korrupsiya holatlarining oshishiga va soliq tushumlarining davlat byudjetidagi ulushini kamayishiga sabab bo'ladi.
Shu bilan birga, xo'jalik yurituvchi subyektlardan olinadigan soliq turlaridagi stavkalarning yuqoriligi sababli tadbirkorlik va xususiy sektor sohalari o'sishi sekinlashmoqda hamda mavjud xususiy sektorlarda soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlari ko'paymoqda, bu esa yurtimizda yashirin iqtisodiyotni oshishiga sabab bo'lyapdi. Joriy yilning avgust holatiga ko'ra mamlakatimizda yashirin iqtisodiyotning
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyuldagi PF-5468-sonli "O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to'g'risida"gi farmoni https://www.lex.uz/
ulushi 40% ni tashkil etdi va bu taxminan 32 milliard dollarga teng bo'ldi. Bunda qurilish sohasi 80-90 trln so'm bilan juda katta ulushga ega bo'lyapdi, bu esa, butun yashirin iqtisodiyotning 6-7 foiziga to'g'ri keladi. Keyingi o'rinlarda esa qishloq xo'jaligi, tamaki va alkogol mahsulotlari hamda zargarlik buyumlari savdosi o'rin egalladi2 Bu ko'rsatkichlar nafaqat soliq tushumlarining kamayishiga balki mamlakat taraqqiyoti va davlat byudjeti uchun juda katta salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ayrim rivojlangan davlatlarda bu ko'rsatkichlar bizning yurtimizga taqqoslaganda sezilarli darajada past. Misol uchun, Yaponiyada - 9.6%, Australiyada - 8.7%, Shvetsariyada -7.5%, Amerika Qo'shma Shtatlarida - 7.3%, Germaniyada - 11.2%, Singapurda -10.4%, Fransiyada esa - 13.1% ni tashkil etdi.3
Ushbu muammolarni hal etish maqsadida mamlakatimizda soliq qonunchiligi va qoidalarini soddallashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarga murakkablik va noaniqlik tug'diradigan soliq kodeksiga ijobiy o'zgartirishlar kiritish, tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlar va tartib-qoidalarni soddalashtirish, soliq tekshiruvlarini kuchaytirish, soliq hisobotlarini elektron shaklda topshirish tizimlarini yanada takomillashtirish, soliq nazorati organlari uchun texnologiya va treninglarga sarmoya kiritib, hukumat qonunbuzarliklarini aniqlash va soliq to'lashdan bosh tortganlarni jazolashning mustahkam tizimini yaratish, soliq to'lovchilarni ixtiyoriy va o'z vaqtida majburiyatlarini bajarganliklari uchun rag'batlantirish va imtiyozlar ajratish hamda soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish orqali iqtisodiy o'sishni taminlash va byudjet daromadlarini oshirish maqsad qilib olindi.
Aytish joizki, ushbu chora-tadbirlar amalda o'z ifodasini topishi bilan soliq tushumlari sezilarli darajada oshdi va yashirin iqtisodiyotga barham berila boshladi. Jumladan, qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, hamda mol-mulk solig'i stavkalaridagi o'zgarishlar orqali bularning byudjet daromadlaridagi ulushi oshdi. Shuningdek, korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo'llab-quvvatlash bo'yicha alohida yondashuv belgilandi. Unga ko'ra korxonalar yillik aylanmasi bo'yicha toifalarga ajratildi:
1. 1 milliard so'mgacha bo'lgani - mikro biznes;
2. 10 milliard so'mgacha bo'lgani - kichik biznes;
3. 100 milliard so'mgacha bo'lgani - o'rta biznes.
Shu sababli, 2023-yildan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4% dan 25% gacha bo'lgan stavkalari o'rniga yagona 4% li soliq stavkasi joriy etildi. Olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2% li stavkalar saqlab qolindi yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20-30 mln so'm to'lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etilishi takidlandi.
2 https://kun.uz/uz/news/2023/10/03/ozbekistonda-yashirin-iqtisodiyot-ulushi-32-mlrd-dollarga-baholanmoqda
3 https ://www.worldeconomics. com/Country -Data/
Xususan, qo'shilgan qiymat solig'i stavkasining 2023-yil 1-yanvarda 2022-yildagi 15 foizdan 12 foizga kamaytirilgani sababli soliq to'lovchilar soni oshib, soliq to'lashdan bosh tortish holatlari kamaydi va bu byudjet daromadlarining oshishiga olib keldi. Misol uchun, 2023-yil 1-noyabr holatiga ko'ra QQS to'lovchilar soni 192 059 taga yetdi va bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 13,2 foizga oshganini anglatadi.
1-rasm. Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari dinamikasi4
Ushbu ko'rsatkichlar orqali biz qaysi sohalar QQS ni to'lashda yetakchi o'rinda turganliklarini hamda ayrim sohalarning yildan yilga majbutiyatlarini bajarish ko'rsatkichlari ijobiy oshayotganini ko'rishimiz mumkin.
Bunday o'zgarishlarning ilk bosqichida - yurtimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 10-iyul kuni "Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorni qabul qilishi bo'ldi. Qarorga ko'ra mamlakatimizda soliq tizimini soddalashtirish va osonlashtirish ishlari yo'lga qo'yildi va soliq siyosatini muvofiqlashtirish konsepsiyasining amaliyotga tadbiq etilishi natijasida mehnatga haq to'lash jamg'armasiga soliq yuki kamaytirildi, aylanmadan olinadigan soliqlar va mol-mulk solig'i optimallashtirildi, aksiz solig'i stavkasi uch marotaba qayta ko'rib chiqildi, ddavlat maqsadli jamg'armalariga
4 https://soliq.uz/press-services/news/show/ozbekistonda-qqs-tolovchilar-soni--mingdan-oshdi—?lang=latn
majburiy ajratmalarni to'xtatish va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i stavkasini qisqartirish orqali soliq tizimi ya'na bir bor qayta ko'rib chiqildi.5
Shuningdek, ushbu rivojlanishni davom ettirgan holda, yurtimiz prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son farmoni, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida ham soliq siyosatini takomillashtirish va yashirin iqtisodiyotni oldini olish haqida alohida to'xtalib o'tildi. Ushbu strategiyaning 46 hamda 56-maqsadlari aynan shularni qamrab oladi.
1-jadval
"O'zbekiston - 2030" strategiyasi6
T/r Maqsad 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko'rsatkichlari
46. Fiskal barqarorlikni ta'minlash va dav lat majburiyatlarini samarali boshqarish. - "Yashirin iqtisodiyofni qisqartirish orqali soliq bazasini qo'shimcha kengaytirish imkoniyatidan foydalanish. - Markirovkalash va raqamlashtirish tizimi samarasini oshirish va kengaytirish orqali soliq ma'tnurchiligi tizimining samaradorligini yanada oshirish.
56 Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o'tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish. - Soliq tizimining barqarorligini ta'minlash maqsadida biznes uchun qo'shilgan qiymat va foyda soliq stavkalari uch yil davomida oshirilmasligini kafolatlash. - Soliq tizimini to' liq raqamlashtirish. soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish. rasmiy sektor - nolegal faoliyatdan afzal va manfaatli bo'lishi uchun barcha zarur sharoitlarni ta'minlash.
"O'zbekiston - 2030" strategiyasining yuqorida keltirilgan tegishli maqsadlariga muvofiq shuni aytishimiz kerakki, yaqin yillarda O'zbekiston Respublikasida soliq siyosati tubdan isloh qilinadi va bu ham soliq to'lovchilar uchun ham davlatimiz byudjeti shakllanishi uchun mos ravishda shaffof, sodda va samarali bo'ladi.
2023-yilning 1-aprelidan boshlab ayrim soliq imtiyozlarini berish tartibi o'zgartirildi va quyidagi imtiyozlar ajratilishi to'xtatildi:
1. budjet mablag'lari hisobidan har yillik mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko 'rsatiladigan geologiya xizmatlari bo'yicha aylanma;
2. pochta markalari, markali otkritkalar, konvertlarni realizatsiya qilish bo'yicha
3. aylanma;
4. budjet mablag'lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni realizatsiya qilish bo'yicha aylanma.
Shuningdek, 2023-yilning 1-iyulidan boshlab esa O'zbekiston Milliy gvardiyasining qo'riqlash bo'linmalari xizmatlari bo'yicha taqdim etilgan imtiyozlar ham bekor qilindi va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari O'zbekiston Prezidenti
5 2019-yil 9-noyabrdagi "O'zbekistonda soliq va moliya tizimini rivojlantirishning konsepsiyalarini amalga oshirish istiqbollari to'g'risida"gi respoblika ilmiy-amaliy anjumani muhokamasi; http://tsue.uz/uz/
6 https://lex.uz/docs/-6600413#-6605156
yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchilar deb e'tirof etila boshladi.7 Albatta ushbu chora-tadbirlar yurtimizda soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlarining ko'payishiga va yashirin iqtisodiyotning oshishiga qarshi o'z hissasini qo'shdi hamda byudjet daromadlarining barqarorlashishiga yordam berdi.
Shu o'rinda aytib o'tishim kerakki, joriy yilda asosiy soliq turlaridagi stavkalar quyidagicha:
Qo'shilgan qiymat solig'i - 12%, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i - 12%, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i - 15-25%, mol-mulk solig'i - 1,5%, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar uchun yer solig'i - 0,95% hamda byudjet tashkilolaridan olinadigan ijtimoiy soliq - 25% ni tashkil etmoqda.
2-jadval.
Soliq turlari bo'yicha byudjetga tushgan tushumlar to'g'risida ma'lumot8
2021-yil 31-mart 2022-yil 31-mart 2023-yil 31-mart
№ Soliq turlari holatiga ko'ra holatiga ko'ra holatiga ko'ra
mlrd.so 'm mlrd.so'm mlrd.so'm
Byudjetga tushumlar, jami 29 344 34 500 37 877
1 Qo'shilgan qiymat solig'i 5 963 7 591 8 399
2 Aksiz solig'i 3 065 3 361 3 355
3 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i 8 478 9 281 9 521
4 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i 4 001 5 236 6 622
5 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 191 179 206
6 Mol-mulk solig'i 652 943 1 316
7 Yer solig'i 822 1 114 1 425
8 Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq 3 761 3 596 3 544
9 Aylanmadan olinadigan soliq - 622 556
10 Davlat boji va jarimalar 650 888 1 041
11 Boshqa tushumlar va yig'imlar 1 762 2 310 1 891
Quyidagi jadvaldan ko'rishimiz mumkinki, soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to'lovchilar soni ko'paydi va soliqlarning davlat byudjetidagi ulushi muqobil ravishta oshdi. Ya'ni mamlakatimizda amaldagi soliq turlarining byudjetga tushgan tushumlari 2021-2023-yillar orasida sezilarli darajada oshdi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, soliq siyosatining shaffof, oqilona, soda va mustahkam tizimi hukumatga sog'liqni saqlash, ta'lim va infratuzilmani rivojlantirish kabi muhim davlat xizmatlarini moliyalashtirish imkonini beradi. Ushbu investitsiyalar O'zbekistonning umumiy iqtisodiyotini va jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti soliq tushumlarining izchil va etarli darajada ta'minlanishiga tayanadi. Soliq yig'ish bo'yicha sa'y-harakatlarni kuchaytirish va yashirin iqtisodiyotning oldini olish
7 https://daryo.uz/2023/01/06/2023 -yil-uchun-soliq-siyosati-va-stavkalari-nimalar-ozgardi
8 https://soliq.uz/page/asosiy-korsatkichlar
hukumat iqtisodiy rivojlanishiga yordam berishi, davlat xizmatlarini yaxshilashi va mamlakatning barqaror rivojlanishini ta'minlashi mumkin. O'zbekiston uchun soliq qonunchiligini kuchaytirish va daromadlar bazasini kengaytirish, soliq tizimlarida eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va to'liqligicha elektron shaklga o'tish, soliq stavkalarini mamlakat iqtisodiyotiga mos ravishda ishlab chiqish, pirovardida fuqarolar farovonligiga hissa qo'shish bo'yicha sa'y-harakatlarini davom ettirishi zarurdir. Shuningdek, O'zbekistonda soliq yig'imlarini ko'paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar davlat byudjetini mustahkamlash va barqaror rivojlanish uchun mustahkam moliyaviy asos yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyuldagi PF-5468-sonli "O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to'g'risida"gi farmoni; https://www.lex.uz/
2) 2019-yil 9-noyabrdagi "O'zbekistonda soliq va moliya tizimini rivojlantirishning konsepsiyalarini amalga oshirish istiqbollari to'g'risida"gi respoblika ilmiy-amaliy anjumani muhokamasi; http://tsue.uz/uz/
3) Allayarov, S. A. (2020). Strengthening tax discipline in the tax security system: Features and current problems. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(11), 124-128.
4) Allayarov, S., Allayarov, S., Yuldasheva, U., & Madjidov, N. (2020). Assessment of the effectiveness of the results of the fiscal policy of the republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(7), 79207926.
5) Сатторов, Б. К., & Аллаяров, С. Р. (2017). Развитие экономики Узбекистана в условиях мировых интеграционных процессов. Наука, техника и образование, 1(5 (35)), 98-100.
6) Аллаяров, С. Р., & Кандахарова, Ш. Н. (2021). ПЕРСПЕКТИВЫ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БЮДЖЕТНЫХ СРЕДСТВ В УПРАВЛЕНИИ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ФИНАНСАМИ. СТОЛИЦА НАУКИ, 3, 4.
7) Аллаяров, С. (2022). К ВОПРОСУ РЕАЛИЗАЦИИ ОПТИМИЗИРОВАННОЙ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ ПРИ СТИМУЛИРОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Архив научных исследований, 2(1).
8) Anvarov, N. M. O. G. L., & Allayarov, S. R. (2022). Mahalliy byudjetlarni qo 'shimcha manbalardan foydalanishning umumnazariy asoslari. Science and Education, 3(2), 1519-1527.
9) O'G'Li, D. G. A., & Allayarov, S. R. (2022). Respublika va mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning ustuvor yo 'nalishlari. Science and Education, 3(2), 1565-1573.
10) Allayarov, S. (2018). Theoretical Study of Optimal Fiscal and Monetary Policies for Stimulating Economic Growth. Research Journal of Finance and Accounting, 9(8), 206-212.
11) Аллаяров, С. Р., Мардонов, Ш. Х., & Абдурахимова, Г. М. (2020). РЕТРОСПЕКТИВНЫЙ И ЦЕЛЕОРИЕНТИРОВАННЫЙ ПОДХОДЫ К ОЦЕНКЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ. Экономика и социум, (4), 138-147.
12) Аллаяров, С. Р., & Зайнитдинов, С. М. У. (2021). Икгисодий усишга таъсир курсатувчи омиллар ва уларнинг таснифи. Science and Education, 2(11), 1156-1169.
13) Allayarov, S. R., & Ro'Ziyev, U. J. (2023). Byudjet tashkilotlari faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish istiqbollari. Science and Education, 4(5), 1385-1392.
14) Tashmatova, N. R. Q., & Allayarov, S. R. (2022). Islomiy moliya tizimida islom moliya instrumentlari (muzoraba va mushoraka) va ularni qo'llash. Science and Education, 3(12), 997-1006.
15) Jiyanova, N., Tashmatova, R., Afsona, S. K. S., Allayarov, S., & Abdurashidova, M. (2023). Topical issues of increasing the role of economic ratings and indices in economic stability. In E3S Web of Conferences (Vol. 402, p. 13028). EDP Sciences.
16) Allayarov, S. R. (2014). Systemal understanding the insight, tasks and factors of economic growth. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA), Oct.-Dec, 20, 56-65.
17) Пулатова, С. В. & Аллаяров, С. Р. (2023). Валюта курси сиёсатининг замонавий молия-валюта тизими ва щтисодий усишга таъсири. Science and Education, 4(1), 971-978.
18) https://kun.uz/uz/news/2023/10/03/ozbekistonda-yashirin-iqtisodiyot-ulushi-32-mlrd-dollarga-baholanmoqda
19) https://www.worldeconomics.com/Country-Data/
20) https://soliq.uz/press-services/news/show/ozbekistonda-qqs-tolovchilar-soni--mingdan-oshdi—?lang=latn
21) https://lex.uz/docs/-6600413#-6605156
22) https://daryo.uz/2023/01/06/2023-yil-uchun-soliq-siyosati-va-stavkalari-nimalar-ozgardi
23) https://soliq.uz/page/asosiy-korsatkichlar