Научная статья на тему 'SOLIQLARNING TURLARI VA FUNKSIYALARI'

SOLIQLARNING TURLARI VA FUNKSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliya tizimi / soliqlar / funksiya / soliq kodeksi. / financial system / taxes / function / tax code.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raxmonov Aziz Iskandarovich

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi moliya tizimidagi o’zgarishlar, soliq va soliqqa tortish siyosati, soliqlarning turlari va funksiyalari to’g’risida fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, muallif tomonidan soliq funksiyalarining o’rni va ahamiyati oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents opinions on changes in the financial system of our country, tax and taxation policy, types and functions of taxes. In addition, the author developed suggestions and recommendations for increasing the role and importance of tax functions.

Текст научной работы на тему «SOLIQLARNING TURLARI VA FUNKSIYALARI»

SOLIQLARNING TURLARI VA FUNKSIYALARI

Raxmonov Aziz Iskandarovich

SamISI, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizdagi moliya tizimidagi o'zgarishlar, soliq va soliqqa tortish siyosati, soliqlarning turlari va funksiyalari to'g'risida fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, muallif tomonidan soliq funksiyalarining o'rni va ahamiyati oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: moliya tizimi, soliqlar, funksiya, soliq kodeksi.

Abstract. This article presents opinions on changes in the financial system of our country, tax and taxation policy, types and functions of taxes. In addition, the author developed suggestions and recommendations for increasing the role and importance of tax functions.

Key words: financial system, taxes, function, tax code.

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat soliq bosh boshqarmasini O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga aylantirish to'g'risida"gi Nizomga binoan belgila berildi.

Soliqqa tortish sohasida davlat tomonidan belgilangan barcha huquqiy normakarini birlashtirish va davlat soliq siyosatining barcha yo'nalishlarini alohida me'yorlarda belgilash maqsadida 1997 yilning 24 aprelida O'zbekistonda ilk marotaba Soliq kodeksi qabul qilindi va u ilgari amaliyotda qo'llangan ko'plab me'yoriy hujjatlarini o'zida umumlashtirdi.

Soliqlar majburiy to'lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to'lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o'z mulkiga aylantiruvchi davlat o'rtasida yuzaga keladi.

Soliq kodeksi 72 bob 483 moddadan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasida soliqlar va yig'imlar tizimi 2-bob., Soliqlar va yig'imlar 16-moddasida-Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O'zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg'armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to'lanadigan majburiy beg'araz to'lov tushuniladi.

Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko'rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul to'lovlari mavjud. Lekin ular soliq bula olmaydi. Soliq munosabati bulish uchun davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash yo'li bilan majburan davlat budjetiga mablag to'plash jarayonini amalga oshiradi.

7-modda. Soliq solish prinsiplari

Soliq solish majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq to'lovchilar bilan hamkorligi, adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq to'lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.

8-modda. Majburiylik prinsipi Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va unda nazarda tutilgan yig'imlarni to'lashi shart. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksiing tamoyili asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan.

Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta xazinaga-davlat budjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Bordi-yu, to'lov boshqa ixtiyoriy fondlar - «Iste'dod», «Yoshlar ittifoqi», «Nuroniy», «Mahalla» jamg'armalariga tushsa, unda soliq munosabati bo'lmaydi. Chunki majburiylik tamoyili yuk, u to'lov davlat mulkiga tushmaydi.

9-modda. Soliq solishning aniqligi va soliq organlarining soliq to'lovchilar bilan hamkorligi prinsipi

Soliqlarni va yig'imlarni belgilovchi soliq to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, soliq to'lovchilarni hamda ushbu soliqlarning va yig'imlarning boshqa barcha elementlarini, shu jumladan ularni to'lash muddatlari va tartibini aniqlab berishi kerak.

Soliqlar qat'iy belgilangan va doimiy harakatda bo'ladi. Tarixda 50 va 100 yillab o'zgarmasdan harakatda bo'lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi qancha chuqur bo'lsa soliqlar shuncha qat'iy va uzoq yillar o'zgarmasdan harakat kiladi yoki juda kam o'zgaradi.

Markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va yig'imlar turlarining yig'indisiga soliqlar tizimi deb ataladi.

Bu ta'rifda soliq va yig'imlar yagona mohiyat, ya'ni «majburiy xarakterga ega bo'lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog'liqligi va nihoyat budjetga tushishligini ko'rsatadi. Bu O'zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, ya'ni davlatning budjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sugurta, bandlik, yo'l fondlari va boshqalarga) to'lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga binoan soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig'imlarni o'z ichiga oladi

17-modda. Soliqlarning va yig'imlarning turlari

1. qo'shilgan qiymat solig'i;

2. aksiz solig'i;

3. foyda solig'i;

4. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i;

5. yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq;

5.1. foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig'i;)

6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

7. mol-mulk solig'i;

8. yer solig'i;

9. ijtimoiy soliq.

Soliqlaruiiig asosiy turlai i

soliq stavkasi bilan daroinad

o'rtasidagi nisbatga ko'ra

progressiv soliq

regressiv soliq

proportional soliq

mahsulot tannarxiga qo'sbilishiga ko'ra

to'g'ri soliq

bvudjetga kelib tushisbiga ko'ra

mahalliy soliqlar

egri soliq

markaiiy soliqlar

kelib tushish manbalariga ko'ra

huquqiy shaxslardan tushadigan soliqlar

jtsmonty shaxslardan tushadigan soliqlar

Soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo'yicha guruhlanadi. Soliqlarni guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta'sirlarni o'rganishning ilmiy va amaliy uslubidir.

Soliqlar soliqqa tortish ob'ektiga karab to'rt guruhga bulinadi:

- aylanmadan olinadigan soliqlar;

- daromaddan olinadigan soliqlar;

- mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;

- yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Oborotdan olinadigan soliqlarga qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, bojxona va yer osti boyliklari kiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo'yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki maxsulotlarni yuklab yuborgan kiymat bilan ulchanadi Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.

Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar i kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i ham kiradi.

Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig'i, ekologiya, avtomobil mashinalarini qayta sotish solig'i va boshqalar kiradi.

Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo'jalik tovar ishlab chikaruvchilarning yagona yer solig'i va yuridik (noqishloqxo'jalik) va jismoniy shaaxslarning yer soliqlari kiradi.

Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va to'g'ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta bulinadi.

To'g'ri soliqlarni bevosita soliq to'lovchilarning o'zi tulaydi, ya'ni soliqni huquqiy to'lovchisi ham, hakikiy to'lovchisi ham bitta shaxs bo'ladi. To'gri soliq yukini boshqalarga ortish Holati bu yerda bo'lmaydi. Bu soliqlarga hamma daromaddan tulanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi.

Egri soliqlarni huquqiy to'lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilardir (xizmat ko'rsatuvchilardir). Lekin soliq og'irligini haqiqatdan ham budjetga to'lovchilari tovar (ish, xizmat) ni iste'mol qiluvchilardir, ya'ni xakikiy soliq to'lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) kiymati ustiga ustama ravishda qo'yiladi.

Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chikarilgan tovarlarni chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko'p bo'lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orkali tovarlar kiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to'gridan to'gri ta'sir etmaydi, ya'ni investitsion faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil kilinmasdan oshirib yuborilsa korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga to'lovlari kamayishi mumkin.

Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo'lgan aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to'gri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko'prok mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta'minlashi kerak.

Mahalliy budjetlarning soliq va yig'imlari kam bo'lganligidan bu budjetlarning daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir.

Bu masalani yechishda ilgari ko'rsatganimizdek xududdan respublika budjetiga tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad solig'i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy budjetlarga ular budjetini barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subvensiya (maqsadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o'z xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 100 foizgacha ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir.

Subvensiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib, ularni o'z xududlaridagi soliqlar to'liq undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg'amlik kayfiyatini kuchaytiradi.

Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning davlat budjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qay darajada mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi.

Soliqlar turining qisqarishi ayrim soliqlarning bekor qilinishi, ayrimlarini esa qo'shib yuborish-unifikatsiya qilish hisobiga ta'minlandi. Masalan ijtimoiy infratuzilma solig'iga obodonlashtirish yig'imi qo'shib yuborilgan bo'lsa, 2006 yilda ekologiya solig'i mutlaq bekor qilindi.

Tadbirkorlik sub'ektlaridan olinadigan yagona soliq unifikatsiya qilindi, ya'ni unga nobudjet davlat jamg'armalariga o'tkaziladigan majburiy to'lovlardan yagona

yo'l jamg'armasi, maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasiga ajratmalar ham qo'shib yuborildi.

10-жадвал. 2024 йнлда Да плат Гноджеш ;1»ром»д.]ирн пропили, трлн сум

Солик iурлаpи 2023 нмл кутнлаётган 2024 йил ирошоч Фонзда

Давлат бюджет даромадлари, жамн 233,6 270,6 115,8

Яти ички мацсулотга нисбатан, фон ida 22,0 20, S

líe во см та еолнклар 73,3 85,6 116,8

Фонда солиги 40.9 44,3 108,3

Лйланмадан олинадшаи солмк 2,8 2,9 103,0

Жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиги 29,6 38,5 130,1

Б ил вое it та солнцлар 85,9 111,6 129,4

Кушилган кий мат солиги 60,0 74,0 123,5

Акциз солиги 16,4 22,1 136,3

Божх.она божи 9,6 14,8 154,8

Ресурс соликлари 28,3 31.8 112,4

Мол-мул к солиги 5,6 6,7 119,6

Hp солиги 6,8 7,2 105,9

Ер цаъридан фойдаланганлик учун со л hi; 15,0 16,5 110,0

Су в ресурса ари дан фойдаланганлик учун сол иц 0,9 1,3 144,4

Ьошка даромадлар 46,1 41,6 90,2

Bizga ma'lumki Yagona yo'l jamg'armasi, Maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasi, Pensiya jamg'armasi va Bandlilikka ko'maklashish jamg'armasini o'z ichiga olgan davlat nobudjet fondlariga to'lovlar ham soliq mazmuniga ega bo'lib tovarlarlar va xizmatlar tannarxiga, ularning sotilish bahosi ko'tarilishiga, raqobatbardoshligi pasayishiga olib keladi, shuningdek korxonalar moliyaviy resurslari qisqarishini keltirib chiqaradi. Nobudjet davlat jamg'armalarini ham qo'shib hisoblanadigan jamlanma budjet daromadlarining YaIMdagi ulushi sifatida aniqlanadigan soliq yukining ham kamayishini kuzatishimiz mumkin.

12-расм. 2024 мил Давлат бюджет даромадлари, трлн сум

«ч^В

))) I

л

А

л-

Iqtisodiyotga soliq yukining pasaytirilishi korxonalarning moliyaviy resurslarining ko'payishiga olib keldi. — Bu o'z navbatida investitsiyalarnig

ko'payishi, korxonalarning aylanma mablag'larini to'ldirish, ishchi va xizmatchilarning ish haqi va daromadlarini oshirish uchun qo'shimcha manba bo'lib xizmat qilmoqda.

13-жаавал. Давлат бюлжсти харажатлярннинг 2(124 ihi.i учу« iipoi нош ва 2025-2026 ннллар учун чулжалларн. соха.1]ар кссимида, трлн сум

2024 ií 2025 ü 2(126 н

Дзвлат бюджет цражлглари 312,8 362,5 419.4

Яши ччки маусу.ютга нисбатан, фоизда 24.0 23,5 24.3

1 Пжгнмшш соха харнжатлар 151,4 193,7 221,9

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Таьлим 69,1 95,1 111,9

Ссн'ликни щмш 33,4 41,3 45,1

Маданият 2,6 2,8 3,0

Спорт 2,8 3,1 3,3

Фан 2,2 2,4 2.6

Нафакалар, моддий ердам ва компенсация туловлари 18,6 22,2 24,0

[кнсия жамгармасига транефертлар 16.0 19,0 23,0

Ипотека кредит буйича дастлабки бвдал ва фот т^ловларннингбир кнеминв коллаш учун субсиднялар 14 2.1 1,3

г Иктисод нёт харажатларн, щундан 24,8 27,6 31,5

Сувхужалиги эксплуатацией харажатдари 9,2 9,4 11.2

Шахар, туман ва посслкаларни ободонлаштириш 4,5 5,0 5,7

3 1 añiiitii rai Шршридяп! тафовут учун субсиднялар 9,5 6,0 5,0

4 Электроэнергия нярхларндагв гафовут учун субсидпялар 2,5 2,5 2,5

S Марк-aзлйипан инвестиция лийншарй »а худудляр и я фр a i у i ил м ал арн ни р и вожл а и rnj> иш харажатларн 31,7 38,9 43,5

■ 2023UH.1 KYilLMcllaH кжро 282.1 i|UH оч ■ 2112-4lln-1 ii|wi[Hol J12.N [[UM c> ч

Soliq shkalalari bo'yicha soliq stavkalari kamayishiga qaramasdan jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlarning ko'payib borayotganligi soliq bazasi, ya'ni aholi daromadlari ortib borayotganligidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Mnp3HëeB ffl.M. OHHH Masacra Mypo^aaTHOMacH https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020.

2. Y36eKHCTOH PecnyönHKacn npe3HgeHTHHHHr 2018 HHH 21 cenraöpgarH "2019 - 2021 HHnnapga Y36eKHCTOH PecnyönHKacHHH нннoвaцнoн pHBO^naHHm CTparerHACHHH Tacgn^nam TyFpHCHga"rH nO-5544-coH ^apMOHH.

3. Y30eKHCTOH PecnyönHKacn npe3HgeHTHHHHr 2022 HHH 6 nrongara "2022 -2026 HHnnapga Y36eKHCTOH PecnyönHKacHHHHr нннoвaцнoн pHBO^naHHm CTpaTernacHHH Tacgn^nam TyFpHCHga"rH nO-165-coH ^apMOHH.

4. napgaeB M.K;., MaMacoaTOB T.X., napgaeB O.M. Модерннзaцнa, gнвepcн^нкaцнa Ba нннoвaцнa- HKTHCogHH ycnmHHHr MyxuM OMarnapn, MoHorpa^na- T.:"HaBpy3", 2014.

https://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/wipo-pub-2000-2022-en-main-report-global-innovation-index-2022-15th-edition.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.