Научная статья на тему 'QORAQALPOQ VA O‘ZBEK TILIDAGI O‘XSHATISHLARNING QIYOSIY TAHLILI'

QORAQALPOQ VA O‘ZBEK TILIDAGI O‘XSHATISHLARNING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
21
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘xshatishlar / turg’un o‘xshatishlar / semantik jihatlar / milliy tasavvurlar / lingvomadaniy jihatlar / o‘xshatish etalonlari / qiyosiy tahlil. / Analogies / stagnant analogies / semantic aspects / national imagery / linguistic aspects / analogies / comparative analysis.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jurakulova Hulkar Farxodovna

Lingvomadaniy birliklar ichida o‘xshatishlar eng ko‘p qo‘llanadigan vositalardan biri. Maqolada qoraqalpoq tilida ham o‘zbek tilida ham qo‘llanadigan o‘xshatishlarning, turg’un o‘xshatishlarning semantik va linvokulturologik xususiyatlari talqin qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF ANALOGUES IN KARAKALPAK AND UZBEK

Within linguistic units, metaphors are one of the most commonly used tools. The article interprets the semantic and linvoculturological features of metaphors, stationary metaphors, which are used in both Uzbek and Karakalpak.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOQ VA O‘ZBEK TILIDAGI O‘XSHATISHLARNING QIYOSIY TAHLILI»

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

COMPARATIVE ANALYSIS OF ANALOGUES IN KARAKALPAK AND UZBEK Jurakulova Hulkar Farkhodovna

Navoi State Pedagogical Institute Faculty of Uzbek language and literature student of Karakalpak language and literature https://doi.org/10.5281/zenodo.11032427

ABSTRACT

ARTICLE INFO

Within linguistic units, metaphors are one of the most commonly used tools. The article interprets the semantic and linvoculturological features of metaphors, stationary metaphors, which are used in both Uzbek and Karakalpak.

Received: 14th April 2024 Accepted: 21th April 2024 Online: 22th April 2024

KEYWORDS Analogies, stagnant analogies, semantic aspects, national imagery, linguistic aspects, analogies, comparative analysis.

QORAQALPOQ VA O'ZBEK TILIDAGI O'XSHATISHLARNING QIYOSIY

TAHLILI

Jurakulova Hulkar Farxodovna

Navoiy davlat pedagogika instituti o'zbek tili va adabiyoti fakultetining qoraqalpoq tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11032427

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 14th April 2024 Accepted: 21th April 2024 Online: 22th April 2024

KEYWORDS O'xshatishlar, turg'un

o'xshatishlar, semantik jihatlar, milliy tasavvurlar,

lingvomadaniy jihatlar,

o'xshatish etalonlari, qiyosiy tahlil.

Lingvomadaniy birliklar ichida o'xshatishlar eng ko'p qo'llanadigan vositalardan biri. Maqolada qoraqalpoq tilida ham o'zbek tilida ham qo'llanadigan o'xshatishlarning, turg'un o'xshatishlarning semantik va linvokulturologikxususiyatlari talqin qilingan.

KIRISH. Zamonaviy tilshunoslik yo'nalishlarida markazida til va undan foydalanuvchi inson munosabati masalalarini o'rganish bo'yicha tadqiqiotlar olib borilmoqda. Ma'lum bir tildagi lingvomadaniy birliklar til sathining boshqa birliklaridan bevosita milliy-madaniy semaga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Lingvomadaniy birliklarning turi ko'p bo'lsa-da, o'xshatishlar bu birliklar ichida eng ko'p qo'llanadigan vositalardan biri. Har bir tilda o'ziga xos o'xshatishlar qo'llanadi. Qoraqalpoq va o'zbek tilidagi o'xshatishlar ham bundan mustasno

é

Ws,

emas. Lekin bu "qarindosh" ellarning tilida ham millliy-madaniy jihatlarda ham o'xshashlik va farqli tomonlar bor.

Adabiyotlar tahlili va metodlar. Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya rivojlangan yo'nalishlardan biri bo'lib, bu borada bir qancha tadqiqotlar yaratilgan. Xorijlik olimlar A.Vejbitskaya, E.V.Babaeva, L.E.Vilms, N.V.Barishev, V.Maslova, Z.U.Abdualieva, N.F.Alefirenko, Z.K.Sabitova, I.A.Murzinova, O.Bicherlarning ilmiy ishlarida lingvokulturologiyaning shakllanish bosqichlari, lisoniy-madaniy tadqiqot usuli, konsept tushunchasi, dunyoning lisoniy manzarasi kabi masalalar yoritilgan. Tilshunoslarning e'tirof etishicha, ularning orasida eng mashhuri V.A.Maslova tomonidan yaratilgan o'quv qo'llanma hisoblanadi. Shuningdek, lingvokulturologik yondoshuvdagi tadqiqotlar o'zbek tilshunosligida ham oxirgi o'n yilliklarda paydo bo'la boshladi. O'zbek tilshunosligida lingvokulturologiya masalalariga bag'ishlangan ilk tadqiqotlar SH.Safarov, N. Mahmudov, D. Xudoyberganova, Sh. Usmanova, Z. I. Saliyeva, R.S.Ibragimova kabi olimlar tomonidan olib borilgan.[1]

MUHOKAMA VA NATIJALAR. O'xshatish deb ikki narsa yoki voqea-hodisa o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to'laroq, konkretroq, bo'rttiribroq ifodalashga aytiladi. O'xshatishlarda obrzalilik, tasviriylik kuchli, shuning uchun badiiy nutqda ham, og'zaki nutqda ham ko'p qo'llanadigan vositalardan biri sanaladi. O'xshatishlarning ikki turi mavjud:1) individual-muallif o'xshatishlari yoki erkin o'xshatishlar va 2) umumxalq o'xshatishlari yoki turg'un (doimiy) o'xshatishlar farqlanadi.[2.5-b.] Qoraqlpoq va o'zbek tillarida o'xshatish etaloni sifatida tanlangan so'zlar har ikki tilning milliy-madaniy xususiyatlarini ko'rsatib tururuvchi birliklar sanaladi. Masalan:

AYGABAGARDAY ( siyaqli, tarizli ) Kôrkem suluw: ma'nosida qo'llanadi. Aygabagar siyaqli juzi ashiq. Qubla jaginda upelek kop bolip aygabagarday qublaga qarap basin uyip turadi.(A.Begimov)

JULDIZDAY. (Juldizga usagan, juldiz siyaqli, juldiz tarizli) l.Siyrek, hira-shira kôrinetugin . Anda -sanda jana ashilip atirgan paxtalar, tan aldindagi siyrek juldizlarday qalin japiraqlardin arasinan jalt etip ketedi.(U.Pirjanov)

2.JuIdizday jarip shigiw, parlaq,jaltiraq,bir dana, shirayli.

3.Uzaq, alis mânide. Ol mânzil men ushin juldizday jiraq .(I.Yusupov).Esleymen sol omirzaya juldizday, qansha aynalardin songen shirasin .(I.Yusupov)

O'zbek tilida esa yulduzday o'xshatishi quyidagicha qo'llanadi:

1) Turli narsa-buyumlar haqida "yarqiramoq, charaqlamoq, miltillamoq" ma'nosida: Olis-olislarda chiroqlar yulduzday miltiraydi. (T.Murod)

2. Chaqnamoq, charaqlamoq. Asosan jo'shqin, jozibali ko'zlar haqida. Ko'zlari yulduzdek chaqnaydi.

SHIBIQTAY. Jaslaw kôrimwi mânisinde sirtqi kôriniske salistirip aytiladi. Ele jas shibiqtay go! Mina meni aytsa boladi otizda dep, Astapiralla! Kuni menen «Qaragim, shiragim, sinlim, » dep kempirim shigim otirsam...Dostim ekensen go (M.Nizanov)

O'zbek tilida esa tol chiviqday o'xshatishi bel, qomat; yosh yigit-qizlar haqida "nozik, ingichka, xipcha , bejirim" ma'nosida qo'llanadi.

Tuye (tuyedey (tuye tarizli, siyaqli). Qoraqalpoq tilida tüyedey ülken, tüyedey sabirli, tuyedey shôgiw mânilerdinde qollaniladi. Tuyedey toze biler sabir menen .(I.Yusupov).

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

Qaraqalpaqtin jalgis Qara tawi bar , Âmiw jagasina tuyedey shokken .(I.Yusupov) Tuyenin kozindey-Otambet aldina bir zâren qatiqti alip, sebetten kelinshegi âpergen "tuyenin kozindey" zagarani endi tuwrap bolip, isheyin deb atir edi.

O'zbek tilida tuyaday o'xshatishi 1) "baland, katta" Tuyaday bo'y beguncha, ignaday aql bersin. (Maqol) 2) lo'killamoq ma'noisda odamning yurishiga nisbatan: Tuyaday lo'klillab yuradi. 3) "bo'kirmoq, o'kirmoq" ma'nosida beo'xshov, baland ovoz chiqarishga nisbatan ham qo'llanadi: Og'riqqa chidolmay tuyaday bo'kiradi.

Qumirsqaday 1. Qumirsqaga usagan, qumirsqa siyaqli. 2. Bijnagan, qaplagan. [3.38-b.] 1."Mayda, shumoliday kishik" ma'nosida qo'llanadi. Qumursqaday mayda qurtlar kun sayin bo'y cho'za boshladi. (A.Mirahmedov) 2."Juda ko'p, gujgon o'ynagan, qaynagan" ma'nosida: Ko'shalarda odam qumirsqaday. [4.378-b.]

Tana - Bir jasqa tolgan qara maldin erkek turi. Tanaday. Tana siyaqli, tanaga usagan, ulken, iri. Tanaday kozi jaltildap, Buwinlari bilqildap (Abay). Sirimbay baydin tanaday bir iyti bar (D.Nasirov). [5.60-b.]

O'zbek tilida esa ho'kiz so'zi bilan aynan tana so'zi bilan hosil qilinga o'xshatsih qo'llanadi:

1. Qaysar, ojar, yetovga yurmaydigan. O'z bilganidan qolmaydigan odam haqida salbiy munosabat ifodalanadi: Bilasanmi, bu paytda o'zbeklar nima deydi? -Ho'kizdek qaysar ekansan deyishadi. (X.To'xtaboyev)

2. Katta, qo'pol. Asosan, odam, it va shu kabilar" haqida. Bazmga bordi bo'ldi-da! Xotin-xalaj ishida nima bor ho'kizdek yigitga. (O'.Hoshimov)

Qundizday . Qundiz siyaqli, qundiz yanli, qundizga megzes, qundizga usagan. Suw tubinde qundizday, Yerte tuwip tez batqan, omiri zaya juldizday (Q.Ayimbetov). [3.38.] O'zbek tilida ham qunduz-"suvsarsimonlar oilasiga mansub suv jonzoti, qimmatbaho mo'ynali hayvon turi" nomini bildiruvshi bu so'z bilan "qor-qora shiroyli qosh"ga nisbatan o'xshatish sifatida qo'llanadi.

Tandirday. Tandirga usagan, megzes, tandir siyaqli, târizli. Amanliq kelip kirgende, barliq doslari tandirday dongelenip, otqa jilinip otir eken (T.Qayipbergenov) O'zbek tilida bu so'z vositasida asosan havo harorati haqida "qizimoq, yonmoq" ma'nosida qo'llanadi: Oftob terak bo'yi ko'tarilgan, giyohlar qovjirab havo tandirday qizigan.

Ârwanaday. Bir orkeshli, taza, tiqir junli, sut kop beretugin, issiga, sholge shidamli urgashi tuye. Botasiz ârwana sorli analar, Kerderi jurtinin tul hayallari (I. Yusupov).

Gubelektey -Tez, tinimsiz. Jaqtiga qaray zuwildagan gubelektey uship kiyatirgan. (J. Aymurzaev)

Aydarday (siyaqli, târizli). Jas ballar qirqinan shiqqannan son balanin tek tobesindegi shashin bes jasqa deyin osiredi. Jelkildep turiw, asilip turiw mânilerdinde qollaniladi. Bas ushindagi aydarday jelkildegen uriqqa aralas, bir shoq quw...(U.Pirjanov ) Aydarday jelkilder isqa qogalip ...(I.Yusupov).

Tariday. 1. Tariga uqsas. 2. Juda kep, mayda. Qudaydin tariday kuni, otip atir belgisiz (M.Nizanov). [3.82-b.]

O'zbek tilida esa quyidagi ma'nolarda qo'llanadi: 1. "Juda ham kichik, mayda, arzimagan". Zakotchilar orasida tariqday insofi bor odamni ko'rmaganmen (Oybek). 2. Sochilmoq

é

Ws,

ma'nosida. Axir, hademay, bor-yo'gi olti oydan keyin maktab tugaydi, keyin hamma chor tomonga tariqdek sochilib ketadi (U. H.) [3.307.]

O'zbek tilida xolga nisbatan moshdek, nuqtaday o'xshatishlari qo'llanadi. Qoraqlpoq tilida lobiyaday o'xshatishi qo'llanadi: Oniñ júzindegi lobiyaday qali kapitanniñ, kewlinde ayriqsha qizigiwshiliq tásirin payda yetti (A.Bekimbetov). Sunqarday. Sunqar siyaqli, sunqar tárizli, sunqarga usagan. Shabar bolsañ, argimaqtay arqira, Ushar bolsañ, sunqarday úsh sharq ura... (I.Yusupov) [4.341-b.] O'zbek tilida ham shu ma'noda shunqorday(-dek) shaklida qo'llanadi.

Mamiqtay "oq, oppoq, yumshoq". Bizler turatugin kishkene tuyiq, kósheden mashina jurmegenlikten qarlar basilmagan, mamiqtay appaq bolip tur edi. (M.Nizanov). [3.239-b.] O'zbek tilida momiqday o'xshatishi quyidagi ma'nolrni ifodalaydi:

1."Juda ham oq, oppoq"ma'nosida qo'llanadi: Yomgirdan musaffo bo'lgan osmondagi momiqdek oppoq bulut parchalari asfalt yuzida qolgan suv parchalarida nozik jilva bera boshladi.(Oybek)

2. "Juda ham yumshoq" ma'nosida qo'llanadi: ... yostiqlar momiqday yumshoq. (Oybek). [7.135-b.]

Turgun o'xshatishlarda o'xshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan bo'ladi. Bunday o'xshatishlar xuddi tildagi tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi. Umuman olganda ular ham ayni frazeologik iboralar kabi til birliklariga aylanib qolgan. Lingvokulturologik nuqtai nazardan, ayniqsa, turg'un o'xshatishlar-frazeologik birliklar alohida ahamiyat kasb etadi. Xalqning milliy obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida turg'unlashgan, etalonlashgan obrazlar milliy idrokni aks ettiradi.[2.10-b.]

Qamirdan qilsuwirganday // Xamirdan qilsug'urganday iborasi ikkala tilda ham bir xil "oson" ma'nosida qo'llanadi. Beknazar ishning bu qadar jo'n, xamirdan qil sugurganday oson bitayotgani uchun mamnun (Q. Kenja). Achchiq sho'rva ichib ko'rpaga o'ralib yotsangiz, chunonam bir terlaysizki, dardingiz xamirdan qil sugurgandek chiqib ketadi. (S. Ahmad.).

Tilden qalganday- "oylanip qaliw, qorqip sóylemey qaliw, hayran boliw, toqtap qaliw" ma'nosida. Tilden qalganday lal bolip turgan jerinde sileyip qattida qaldi. (A. Bekimbetov) [3.86-b.] O'zbek tilida ham bu ibora shu ma'noda "tildan qolganday" shaklida qo'llanadi.

Qoraqalpoq tilida qoyga usagan, qoyga megzes, qoy siyaqli, qoy tárizli, qoy yanli, qoyga usagan kabi o'xshatishlar qo'llanadi , shuningdek, qo'y so'zi ishtirokidagi turg'un birikmalar ham talaygina:Qoyday shuwlaw—uwshuw boliw,shuwlaw. Qoyday óriw—japirilip shigiw, tolip ketiw,qaplaw. Qoyday buwizlaw,qoyday shaliw—qiriw, óltiriw, joq qiliw. [4. 5-6.] Qo'y so'zi ishtirokidagi Qoyday juwas("mómin, juwas,garip" ma'nosida) /qo'yday yuvosh (odam) frazemasi har ikkala tilda ham bir xil ma'noda qo'llanadi.

Qoraqalpoq tilida eshekkeyassiyin aytip turganday iborasi qo'llanadi. O'zbek tilida esa "birovning gapi, nasihati e'tiborsiz qolganda" ishlatiladigan bu ibora eshakka tanbur chertganday(variantlari: devorga tanbur chertganday/ eshakning (yoki ho'kizning qulog'iga tanbur chertganday)[5. 660-b.] shaklida qo'llanadi.

O'zbek tilida "tovush chiqarmay, hech narsa demay turmoq" ma'nosida qo'llanadigan og'ziga tolqon solganday iborasi mazmuni qoraqalpoq tilidagi awzina qatiq uyitqanday va awzina qum quyilganday iborasi bilan sinonim.Dúsenbay awzina qum quyilganday tinip, eki qoli menen basin qisiw menen oylanip qaldi. (T.Qayipbergenov)[6. 36-6.]

é

ш

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

Bu turg'un o'xshatishlar tarkibida ham milliy konnotatsiya mavjud va uni tolqon so'zi va qatiq uyitmoq birikmasi hosil qilmoqda. Tolqon so'zi "qovurilgan don, quritilgan non va shu kabilardan tayyorlangan yemish" ma'nosini anglatadi. Kuchli, azamat ma'nosini ifodalovchi tog'ni ursa tolqon (qiladigan) qilguday iborasi tarkbidagi tolqon so'zi shu yemish, yegulikka o'xshashlik asosida ko'chma ma'noda qo'llangan.

Turli hayvon va jonivor nomlarini bildiruvchi so'zlar yordamida hosil qilingan o'xshatishlar ko'proq uchrashi ma'lum bo'ldi. Turli tushunchalarni ifodalashda o'simlik nomlari vositasida hosil qilingan o'xshatishlar miqdor jihatdan salmoqli.

Doimiy o'xshatishlar tarkibidagi o'xshatish obrazi, ya'ni o'xshatish etaloni alohida ahamiyatga ega. Bu unsur o'xshatishning markazini tashkil etadi. Ayni shu étalon esa til egasi bo'lgan xalqning dunyoqarashi ifodalash bilan birga milliy-madaniy jihatlarni aks etadi. O'zbek va qoraqalpoq tillaridagi doimiy o'xshatishlar semantik jihatdan har ikki tilda bir xil shakl va ma'noda qo'llanadigan doimiy turg'un o'xshatishlar, o'zbek va qoraqalpoq tillarida shakl boshqa ma'nosi bir-biriga o'xshash turg'un o'xshatishlar mavjud.

Tahlil qilingan qilingan o'xshatishlar lingvopoetik jihatdan nutq ta'sirchanligini oshiruvchi vosita sifatida ham, lingvokulturologik birlik sifat ham ahamyatli birliklar sanaladi.

References:

1. Салиева З.И. Консептуальная значимост и национально - культурная специфика сентенции в английском и узбекском языках: Автореф.дисс. ... канд.филол.наук. -Ташкент, 2010. - С. 25.

2. Ibragimova R. S. Fransuz va o'zbek tillarida ayol konseptining lingvokognitiv tadqiqi. NDA. T. 2012.

3. Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab...// O'zbek tili va adabiyoti. -Toshkent,2012. - № 5. - B. 3 - 16.

4. Mahmudov N., Xudoyberganova D. O'zbek tili o'xshatishlarining izohli lugati. T.:2013.

5. Qaraqalpaq tlilinin tusundirme so'zligi. 7 tom. No'kis. Qaraqalpaqstan. 2023.

6. Qaraqalpaq tlilinin tusundirme so'zligi. 5 tom. No'kis. Qaraqalpaqstan. 2023.

7. Qaraqalpaq tlilinin tusundirme so'zligi. 4 tom. No'kis. Qaraqalpaqstan. 2023.

8. O'zbek tilining izohli lugati. 2-jild. O'zME. -T. 2006.

9. O'zbek tilining izohli lugati. 4-jild. O'zME. -T. 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.