Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDА RАNG NОMLАRI BILАN SHAKLLАNGАN TОPОNIMLАRNING LINGVОMАDАNIY JIHАTLАRI'

O‘ZBEK TILIDА RАNG NОMLАRI BILАN SHAKLLАNGАN TОPОNIMLАRNING LINGVОMАDАNIY JIHАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
toponimlar / lingvomadaniy / rang komponentli

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ismatova Nodiraxon Maxmudovna

Jаhоn tilshunоsligidа tоpоnimlаr til lugʻаt tаrkibini shakllаntiruvchi аsоsiy vоsitаlаrdаn biri sаnаlаdi. Bugungi kundа jоy nоmlаrining tilning bоshqа leksik qаtlаmlаridаn аnchаginа fаrq qilishi, ulаrning tildа uzоq yаshashi sаbаb vа yoʻllаrini koʻrsаtib berish, koʻp kоmpоnentli birlik sifаtidаgi lingvistik oʻzigа xоsliklаri, tоpоnimlаrning hаr bir tilning oʻz ichki qоnuniyаtlаri аsоsidа mаydоngа kelish yoʻllаrini аsоslаsh, hаm ilmiy-nаzаriy, hаm аmаliy jihаtdаn tаdqiq etilishi hаr qаndаy tilning rivоji vа tаrаqqiyоti uchun muhim аhаmiyаtgа egа ekаnligi аlоhidа qаyd qilinmоqdа. Mа’lumki, hаr bir mаmlаkаtning tаrkibiy qismi boʻlgаn jоy nоmlаri – tоpоnimik оbektlаri oʻzining miqdоr vа sifаt belgilаrigа egа boʻlgаn mаxsus ligvistik tizim sifаtidа e’tirоf e’tilmоqdа. Ulаrni ilmiy-аmаliy jihаtdаn oʻrgаnish оrqаli millаt lingvistikаsining tаrixi vа nаzаriyаsi, аmаliy tilshunоsligi vа bоshqа koʻplаb sоhаlаri rivоji uchun qimmаtli vа bоy mа’lumоtlаrgа egа boʻlinmоqdа.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDА RАNG NОMLАRI BILАN SHAKLLАNGАN TОPОNIMLАRNING LINGVОMАDАNIY JIHАTLАRI»

O'ZBEK TILIDA RANG NOMLARI BILAN SHAKLLANGAN TOPONIMLARNING

LINGVOMADANIY JIHATLARI Ismatova Nodiraxon Maxmudovna

Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11085216

Annotatsiya. Jahon tilshunosligida toponimlar til lug'at tarkibini shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri sanaladi. Bugungi kunda joy nomlarining tilning boshqa leksik qatlamlaridan anchagina farq qilishi, ularning tilda uzoq yashashi sabab va yo'llarini ko'rsatib berish, ko'p komponentli birlik sifatidagi lingvistik o 'ziga xosliklari, toponimlarning har bir tilning o'z ichki qonuniyatlari asosida maydonga kelish yo'llarini asoslash, ham ilmiy-nazariy, ham amaliy jihatdan tadqiq etilishi har qanday tilning rivoji va taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida qayd qilinmoqda. Ma'lumki, har bir mamlakatning tarkibiy qismi bo'lgan joy nomlari - toponimik obektlari o'zining miqdor va sifat belgilariga ega bo'lgan maxsus ligvistik tizim sifatida e 'tirof e 'tilmoqda. Ularni ilmiy-amaliy jihatdan o'rganish orqali millat lingvistikasining tarixi va nazariyasi, amaliy tilshunosligi va boshqa ko'plab sohalari rivoji uchun qimmatli va boy ma'lumotlarga ega bo'linmoqda.

Kalit so'zlar: toponimlar, lingvomadaniy, rang komponentli

Аннотация. В Mupoeou лингвистике monoHUMbi считaются odnuM из ocuoenux средств фoрмирoвaния cлoвaрнoгo 3anaca языт. Сегoдня monoнимы docmamo4no crnbHo omличaюmcя om других лексических macmoe языт, noкaзывaя причины и пути их длиmельнoгo cущеcmвoвaния в языке, их языкoвые ocoбеннocmи шк мнoгoкoмnoненmнoй единицы, oбocнoвывaя cnocoбы noявления monoнимoв нa noле нa ocнoве внутренних зaкoнoв кaждoгo языт, шк нaучнo-mеoреmичеcкие, maк и nрaкmичеcкие. 0^6o omмечaеmcя, чmo иccледoвaние вaжнo для рaзвиmия и nрoгреcca любoгo языт. Извеcmнo, чmo monoнuмы -monoнuмuчеcкuе oбъекmы, вxoдящuе в cocmaв кaждoй cmрaны, nрuзнaюmcя ocoбoй языкoвoй cucmемoй, имеющей cвou кoлuчеcmвенные и кaчеcmвенные xaрaкmерucmuкu. Изучaя их с нaучнoй и nрaкmuчеcкoй moчкu зрения, oнu noлучaюm ценные и бoгamые сведения для ризвития ucmoрuu и mеoрuu языкoзнaнuя, nрuклaднoгo языкoзнaнuя и мнoгux других oблacmей.

Ключевые слова: monoнuмы, лuнгвoкульmурoлoгuк, цвеmooбoзнaченuя.

Abstract. In world linguistics, toponyms are one of the main means of forming linguistic vocabulary. Today, toponyms are quite differentfrom other lexical layers of the language, showing the reasons and ways of their long existence in the language, their linguistic features as a multicomponent unit, justifying the ways in which toponyms appear on the field based on the internal laws of each language, both scientific, theoretical andpractical. It is especially noted that research is importantfor the development andprogress of any language.It is known that toponyms - toponymic objects that are part of each country, are recognized as a special linguistic system that has its own quantitative and qualitative characteristics. By studying them from a scientific and practical point of view, they obtain valuable and rich information for the development of the history and theory of linguistics, applied linguistics and many other areas.

Keywords: toponyms, linguocultural, color component.

Ma'lumki, aniq bir geografik obyekt o'zining farqli belgilari bilan e'tiborni jalb qilganda yoki ahamiyatga ega biror vоqea bilan alоqadоr bo'lganda nоmga ega bo'ladi. Nomlash bilan aloqador motiv tanlovi olamni qabul qilish bilan chambarchas bog'liq hisoblanadi. Inson

obyektning ko'plab xususiyatlari orasidan jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida o'zi uchun eng qiziq bo'lgan obyektiv, eslab qolinuvchi va ishonchli oriyentir (mo'ljal) bo'la oladigan xususiyatini ajratishga harakat qiladi. Shu tariqa realiyalarni xarakterlovchi belgilarni o'rganishda tushunchalarni ifodalash tizimi to'laligicha aks etadi.

Respublikamizdagi har bir viloyat, tuman va qishloqlarimizdagi toponimik nomlar tadqiqotimizga juda ko'p material beradi. Ular xalqimizning madaniy hayoti, listoniy olami hamda tilida ifoda topadigan tarixiy o'tmish guvohlaridir. Toponimlarda o'zbek halqining bebaho milliy qadriyatlari bo'lgan insoniy turmush tarzining tendensiya, urf-odat va an'analari muj assamlashgan.

O'zbek tilidagi rang nomlari bilan shakllangan toponimlarni lingovomadaniy tadqiq etishimiz orqali tilimiz tarixi va rivoji uchun ko'plab faktlar va lisoniy-lingvistik xodisalarga duch keldikki, bularni yoritib, tadqiq qilish oldimizdagi asosiy maqsad hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi poytaxti - Toshkent shahrining mavze-mahallalari nomlari shahar tarixining ajralmas qismidir. Toshkent shahrining XX asr boshlaridagi mahalla va mavzelarining professor N.G.Mallitskiy tomonidan tuzilgan ro'yxatidagi (1927-yillar) ichidan rang nomlari bilan shakllangan quyidagi toponimlarni ko'rishimiz mumkin:

Shayxontohur dahasi mahallalari: Oqmasjid (Oqmachit);

Shayxontohur dahasi mavzelari: Oqq'rg'on, Qoramurt, Sariko'l;

Sebzor dahasi mahallalari: Qorasaroy, Qoratut, Pushtihammom, Sarihumdon;

Sebzor dahasi mavzelari: Оqota, Оqtepa, Qorasaroy, Qizilko'prik;

Ko'kcha dahasi mahallalari: Oqilon (Allon), Oqtepa, Qoraqiyoq, Ko'kcha;

Ko'kcha dahasi mavzelari: Oqlon, Oqtepa, Qorasuv, Ko'kto'nliota;

Beshyog'och dahasi mahallalari: Qoratosh, Ko'kmasjid;

Beshyog'och dahasi mavzelari: Sariqo'l, Sarichopon;

Ma'lum bo'lishicha, Toshkent shahrida qadimdan sakkizta Oqtepa bo'lgan (Ko'kcha Oqtepasi, Chilonzor Oqtepasi, Yunusobod Oqtepasi va boshqalar). Oqtepa nomi bilan ataluvchi joylarda katta yer egalarining (o'rta asrlarda ularni "dehqon"lar deb atashgan) ko'pincha atrofi o'ralgan qo'rg'onlari bo'lgan. Hozirgi davrlarda ba'zilarining xarobalari tepalik ko'rinishida saqlanib qolgan. Masalan, Yunusobod Oqtepasi. Ayrimlarining o'rnida shu kunlarga qadar yangi aholi turar joylari barpo etilgan va barpo etilmoqda.

Toshkentning Sebzor dahasida Qorasaroy mahallasi bo'lib, hozirgi kunda Qorasaroy ko'chasigina saqlanib qolgan. Bu esa shu hududda Katta saroy mavjud bo'lganidan dalolat beradi.

Aslida, turkiy tildagi qora so'zi katta, ulug', buyuk ma'nolarini ifodalagan. Qorasaroy toponimi - saroy ahlining katta qismi yoki Qorasaroy - katta saroy ma'nosini anglatgan. Bundan tashqari, qadimgi turkiy xalqlar Yer shari tomonlarini ranglar nomi bilan atashgan: Shimol - qora nomi bilan yuritilgan. Shuning uchun xalqimiz jonli tili - shevalarda: "Buyuqdan kelganmisan" -sovuq joy (shimol)dan kelganmisan, "Buyuqda qolgan odamday" - shimol (sovuq)da qolgan odamday, "Buyuq urib ketdi" - sovuq urib ketdi, "Shamol buyuqdan kelyaptimi, ja sovuq-a?" -shamol shimoldan esyaptimi, juda sovuq-a? kabi.

Qoramurt yoki Qoramurtqopqa (qora - katta, yirik; murt - muylov, qopqa - eshik, darvoza) - Shayxontohur dahasi mavzelarida birining nomi. Qoramurt o'zbek urug'laridan biri, ma'nosi "qora mo'ylovli" demakdir. Qorasaroy darvozasi - qorasaroy qabilasi nomidan onomastik birlikka aylanganligi o'z-o'zidan ma'lum. Etnonim etnotoponimga aylangani ma'lum bo'ladi. Etimologik shakllanishiga e'tibor qaratsak, bugungi kunda ham Kattasaroy, Katta qurama kabi qishloqlar qadimiy "qara" - hozirgi "q'ora" so'zi "katta" ma'nosini anglatishiga guvoh bo'lamiz.

Shu o'rinda hozirgi o'zbek tilidagi qora va oq ranglardan hosil bo'lgan toponimlarning lingvomadaniyatimizdagi o'rnini tarixiy struktur va semantik shakllanishi haqida qisqacha fikrlarimizni bayon qilsak, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Turkiy tillarning ilk mukammal tadqiqotchisi Mahmud Koshg'ariy o'zining "Devoni lug'otit turk" asarida qora so'zini quyidagicha izohlaydi:

"Qara - har bir qora narsa (qora rang va tusga ega).Xoqoniya shohlari qara deb ataladi. (Bug'ra Qorahoqon) Bog'ra qara haqan deyilgani kabi. Buning maxsus hikoyasi (izohi) bor". Zero turkiy tillarda qo'llanuvchi "cho'ng'" so'ziga "qora" so'zini semantik sinonim sifatida keltirsak bo'ladi. Xalq jonli so'zlashuv tilida bularni farqlash juda osondir. Taqqoslang: Ular katta odamlardandir, bizning kuchimiz etarmikan?! Ular cho'ng'lardan, bizning kuchimiz etarmikan?!

Ko'rinadiki, qora so'zining bugungi kunda ham kattalik, yiriklik, ulkanlik, ulug'lik va buyuklik ma'nolari qo'llanadi. Aytaylik, o'zbek xalqida, kiyim uslubchilari - dizaynerlarda "qora rangli liboslar, kiyimlar "bogatiy" - boyroq ko'rinadi" jumlasiga ko'p duch kelamiz.

Qora so'zi haqida shunday to'xtamga kelish mumkinki, hozirgi o'zbek adabiy tilida uning lingvomadaniy tahlili ostida asosiy semantik jihat katta, ulug', buyuk ma'nolari yotadi. Masalan, Namangan viloyatidagi Qoradaryo, Sirdaryo hamda Norin daryolarning motivatsion-semantik struktural, etimologik shakllanishiga e'tibor qaratsak, bunga yanada aniqroq guvoh bo'lamiz: Qora

- katta, ko'proq iste'molga yaroqsiz, erlarni sug'orish uchun suv oqadigan, loyqa daryo. Norin -kokila-kokila, ingichka tog' irmoqlaridan (huddi xamir ingichka qilib kesilsa, "Norin" xamirli taomi shundan kelib chiqqan bo'lishi mumkin) oqib tushuvchi suvlar yig'ilib ichishga yaroqli toza suv oqadigan gidronim. Qoradaryo va Norin daryolari birlashib (Namangan viloyati Namangan tumani Qorako'l qishlog'ida - qishloq nomi, tahminimizcha, ikki daryo tutashuv joyidan hosil bo'lgan "qatta, ulkan ko 'l" ma'nosini ifodalaydi) va Sirdaryo esa, bizning tahminimizcha, "rangli daryo" ma'nosini beradi. Zotan, Sirdaryo bir tabiiy jarayonlar asosida yilning har bir davrida turli rang va tusga kiradi. Doimiy bir xil ko'rinishda oqmaydi. Sariq, kulrang, loy rang, ko'k, jala va sellar ta'sirida boshqa bir rangda oqadi. Xalqimiz o'z jonli tilida qo'llaydigan sir so'zi bevosita rang bilan bog'liq, degan xulosa chiqarish mumkin. Qadimdan bo'yalgan, rangli uy-ro'zg'or buyimlar va maishiy jihozlar rangga ega bo'lsa (ruscha: kraska, bo'yoq - bo'yalgan, rang berilgan

- turli rangli (sirli idishlar, sirlangan buyumlar) tarzida qo'llanilgan. Namangan viloyati Mingbuloq tumani va To'raqo'rg'on tumani oralig'ida Sirli masjid bor. Bu hech qanday sirli voqea-hodisalarga ega emas, balki 20-asrning boshlarida qishloq savdogar boylaridan biri Orenburg shahriga savdo ishlari bilan borganda, o'lkaga qaytishda o'z xalqi uchun qurdirayotgan masjidning yog'ochlarini bo'yash uchun bo'yoq (kraska) keltirib, bino peshtoqi va yog'ochlarini bo'yashga buyruq bergan. Xalqimiz shundan beri bu yog'ochlari bo'yalgan masjidni Sirli masjid nomi bilan ataydi. Albatta, rangni ifodalaydigan bu so'z o'zbek tilidagi sir - yashirin, mahfiy va sirli ma'nosidagi so'zning omonim - shakldoshidir, degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Bizning tahminimizcha, Sirdaryo toponimi ham rangga aloqador.

Birinchi tahmin: daryo tabiat hodisalari va tabiiy sharoitga asoslanib yilning turli paytlarida turli ranglarga kirib oqadi. Qishda - ko'k, moviy, kuzning ayrim paytlarida loyqa, to'q sariq, ayrim paytlarda och sariq rangda, yozda oqish va sarg'ish rangda, yozda suvi kamayib, qoramtir-moviy tusga va loyqa to'q sariq rangga kiradi. Bahorda ko'kimtir, och sariq, to'q sariq ranlarda ko'rinib oqadi.

Ikkinchi tahmin: Norin daryo bilan Qoradaryo birlashib, Sirdaryoni tashkil etadi. Birida (Norin daryosida) hamisha "oq" suv, ya'ni toza, zilol, ko'm-ko'k ichishga yaroqli suv oqadi. Qoradaryoda esa loyqa, sariq rangdagi suv oqadi. Shuning uchun toza ma'nosini ifodalovchi oq

rang bilan qora, ya'ni loyqa, toza bo'lmagan suv aralashmasi ranglar orqali, ya'ni oq rang bilan qora rangning aralashmasi bo'lgan "sirli" rangli ma'nosiga ega bo'lgandir.

O'zbek tilida lingovomadaniy jihatdan "oq" rangni ifodalovchi konnotativ o'xshatishlar asosida yuzaga kelgan toponimlar ham miqdor jihatidan anchagina ko'p. Ularni tadqiq qilishda, ya'ni toponimik hodisalarning lisoniy mohiyatini ochishda inson omilini hisobga olish an'anasi etakchilik qilmoqda. Olam lisoniy manzarasining shakllanishida tabiiy olam haqidagi dastlabki ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega bo'lgan.

Ma'lumki, turli tillarda oq eng birinchi shakllangan rang hisoblanadi. Bu rang, asosan, yorug'lik, yaxshilik bilan assotsiatsiyalanadi. Deyarli barcha tillarda oq rangni bildiruvchi nominativ birliklar mavjud va bunday so'zlar bilan bog'liq metafora, o'xshatishlarga asoslangan joy nomlari mavjud. Oq leksemasi bilan nafaqat ijobiy, balki salbiy semantik holatlari mavjud ekanligi kuzatiladi (oq qon - kasallik, oq qilingan, rangi oq kabi). O'xshatishlarning lingvomadaniy xususiyatlaridan biri, ularda milliy baholash tendensiyasi kuchli bo'ladi. Til orqali nafaqat olam manzarasi nomlanadi, balki unga munosabat ham bildiriladi, baholanadi. Inson o'zini, o'zining tanasini, ruhiyatini muayyan rang bilan bog'lar ekan, mazkur holatni baholash maqsadi, ehtiyoji bo'lsa, bunda o'xshatishlardan foydalanadi. Masalan, Oqdaryo, Oqbuloq, Oq qum toponimlarida oq rangning darajasi qiyos qilinib, aniq rang tasavvur qilinadi. Bunday o'xshatishlarni konnotativ ma'nosiga ko'ra ikkiga ajratish mumkin:

1. Ijobiy semantikali o'xshatishlar asosida vujudga kelgan toponimlar.

2. Salbiy semantikali o'xshatishlar asosida vujudga kelgan toponimlar. Masalan, o'zbek tilidagi Sutbuloq toponimiga sutning sutdek, sutga o'xshagan sof, toza va foydali o'xshatishi asos bo'lgan.

Ma'lumki, sut o'zbek xalqining predmetli kodlaridan biridir.

Ajdodlarimiz chorvachilik bilan shug'ullangan, sut xalqimizning doimiy, hammabop oziq-ovqat mahsuloti sanaladi. Har bir xonadonda chorva mollari boqilgan bo'lib, sut mahsulotlari bilan oila ta'minlangan. Sut o'zbek tili egalarida doimo oq rang bilan assotsiatsiyalangan. Og'zimiz oqqa yetdi, oqlik, oq sut haqi kabi nominatsiyali tushunchalar fikrimizning dalilidir. Shu sababli o'zbek tilida sut komponenti ko'proq gidronimlar asosida paydo bo'lgan toponimlarda kuzatiladi.

Bundan shu narsa aniqlashadiki, o'xshatishlar asosida bunyod bo'lgan toponimlarda mutloq o'xshashlik bo'lmasligi ma'lum bo'ladiki, o'xshatilayotgan ikki obekt qaysidir jihati bilan bir-biriga to'liq yoki qisman o'xshashi mumkin.

O'xshatish aslida kognitiv jarayon. Olamda ikkita bir xil narsaning o'zi bo'lmaydi. Hatto ikki tomchi suv ham bir-biri bilan aynan o'xshash emas, lekin aqliy bilishning yo'llaridan biri taqqoslash, qiyolash asosida rang nomlari bilan shakllangan toponimlar maydonga kelgan.

Inson ongi noma'lum mohiyatlarni ma'lum mohiyatlarga taqqoslaydi, qiyoslaydi, umumiy va farqli jihatlarini ajratadi. Muayyan umumiyliklarga asoslanib, o'xshatish jarayoni amalga oshadi. Ma'lum bir o'xshatishlarda umumiy belgilar ko'proq, ayrimlarida kamroq bo'lishi mumkin. O'xshatilayotgan obektlar, o'xshatish etalonlari esa turg'un o'xshatishlarda xalqning milliy dunyoqarashi bilan shartlangan bo'ladi.

REFERENCES

1. Ashurboyev S. Areal lingvistika. - Toshkent: Bookmany print, 2023. - 148 b.

2. Ax,мaдaлиeв Й. ФaрFOнa вилoяти тoпoнимлaри. - ФaрFOнa: 2009. -140 б.

3. Ax,мaдaлиeв ^^гоними^ Ba гeoгрaфик тeрминшунoслик. - ФaрFOнa:2018. -136 б.

4. Бeгaлиeв Н., Typo6oB A. Сaмaрк;aнд тoпoнимияси. - Сaмaрк;aнд. 2015. - Б. 98.

5. Бегматов Э., Наймов С. О классификасии топонимов // Тюркское языкознание. -Ташкент: 1985. - 279 с.

6. Бегматов Э. Истиклол улкасининг топонимик сиёсати // Узбек тили ва адабиёти. - 1997. - 3-сон. - Б.3-9.

7. Бегматов Э. Жой номлари - маънавият кузгуси. - Тошкент, 1998. - Б. 33-34.

8. Бегматов Э. Узбек тили антропонимикаси. - Тошкент: Фан. - 440 б.

9. Вопросы ономастики. - Самарканд: СамГУ, 1976. - 170 с.

10. Караев С. Топонимия Узбекистана. - Тошкент: Фан, 1991. -130 с.

11. Каримов С., Буриев С.Н. Узбек топонимикаси тараккиёт боскичида. - Тошкент: Фан, 2006. - 129 б.

12. Каримова Л. Узбек тилида топонимларнинг урганилиши. - Тошкент: Фан, 1982. - 96 б.

13. Кошгарий Мах,муд. Девону луготит турк. - Тошкент: Фан, 1960. III жилдли. 1,2,-том. -Б. 302, 241, 304.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.