SODDA VA MURAKKAB TOPONIMLAR TAHLILI (BUXORO VILOYAT VOBKENT
TUMAN OYKONIMLARI MISOLIDA).
M .O.Xayrullayeva
(BuxDU o'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi o'qituvchisi) https://doi.org/10.5281/zenodo.7709363
Annotatsiya: Nom tarkibidagi morfologik qurilish uning leksik-semantik xususiyatlarini aniqroq, batafsilroq bayon etishga ko'maklashadi. Shu jihatdan qaraganda, Vobkent tuman toponimiyasidagi geografik obyekt nomlari so'z qurilishi jihatdan ham rang-barangligini kuzatish mumkin. Bunda faqat bir asosdan, asos va qo'shimchadan, asos va asosdan tashkil topgan holatlari kuzatiladi. Shu jumladan, toponimlarning sodda va murakkab turlari ham ahamiyatli hisoblanadi. Bu maqolada, aynan, mana shu sodda toponim va murakkab toponimlarni tahlilga tortamiz.
Kalit so'zlar: toponim, negiz, o'zak, topofarmant, qo'shimcha, sodda toponim, murakkab toponim.
ANALYSIS OF SIMPLE AND COMPLEX NAMES (EXAMPLE OF NAMES OF THE VOBKENT DISTRICT OF BUKHARA PROVINCE).
Abstract: The morphological structure of the name helps to describe its lexical-semantic features more accurately and in more detail. From this point of view, it can be observed that the names of geographical objects in the toponymy of Vobkent district are also diverse in terms of word construction. In this case, cases consisting of only one base, base and suffix, base and base are observed. Including, simple and complex types of toponyms are also important. In this article, we will analyze these simple toponyms and complex toponyms.
Keywords: toponym, base, root, toponym, suffix, simple toponym, complex toponym.
Kirish
Toponimlar ham so'z kabi morfem xususiyatlarga ega. Ya'ni toponimlar ham o'zak, qo'shimcha, negiz kabilarga ajratilib izohlanadi. Biz ushbu maqolamizda Vobkent tumani toponimlarining morfem xususiyatlarini tahlil etamiz. O'z fikrlarimizni asoslashga harakat qilamiz. Tahlilga o'tishdan oldin ayrim tushunchalarni ihlashni lozim deb bildik. Jumladan, Morfemikada so'z quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi:
1. O'zak. 2.Negiz. 3.Qo'shimcha.
O'zak - so'zning lug'aviy ma'no anglatadigan qismi bo'lib, unda predmetlik, belgi, harakat hamda holat ma'nolari u yoki bu shaklda namoyon bo'ladi. Bunda so'zdagi o'z va ko'chma ma'nolar, so'zning denotativ ma'nosi, so'zning konnotativ ma'nosi nazarda tutiladi. Masalan, odam - kishi, shaxs ma'nosida ongli mavjudotni anglatadi. Unda predmetlik ma'nosi namoyon bo'lgan. Xuddi shunday kelmoq fe'lida "biror nuktadan boshlab harakat qilmoq, yo'nalmoq" kabi ma'nolar anglashiladi. Bunda harakat ma'nosi reallashgan.
Negiz - so'zning yasalish asosi bilan birga olingan qismi bo'lib, unda so'z yasovchi (ot, sifat, fe'l, ravish yasovchi)lardan biri yoki bir nechtasi ishtirok etadi. Negiz o'zakdan tub emasligi bilan ajralib turadi. Ya'ni o'zakda denotativ ma'no anglatadigan qismdan tashqari boshqa qism uchramaydi. Negiz tarkibida esa turli yasovchi(lar) bo'ladi. Masalan, ishchilar so'zida ish - o'zak, ishchi - negiz hisoblanadi.
Qo'shimcha - so'zning lug'aviy ma'no anglatmaydigan, so'zdagi o'zak bilan birga biror grammatik ma'no hosil qilish uchun ishlatiladigan qism hisoblanadi. Qo'shimchalar turlicha tasnif etiladi: vazifasiga ko'ra, tuzilishiga ko'ra, qo'shilishiga ko'ra va boshqalar. Qo'shimcha so'zning grammatik ma'nosini hamda lug'aviy ma'nosini o'zgartira oladi. Masalan, -li sifat yasovchisi
otlarga qo'shilib, biror narsaga egalikni ifodalaydigan sifat yasaydi. -ni qo'shimchasi esa lug'aviy ma'noni o'zgartira olmaydi u faqat ikki mustaqil so'z (ot va fe'l)ni o'zaro sintaktik aloqaga kiritishga xizmat qiladi. Jumladan, yuqoridagi tahlilimiz bevosita toponimlarga ham aloqadordir. Yaniki, har qanday toponim, avvalo, so'zdir, demak, ular ham so'zlarning morfem tahliliga bo'ysunadi. Shunday ekan, biz quyida Vobkent tumanidagi ayrim toponimlarning morfem xususiyatlarini tahlil etamiz. Quydagicha tasniflaymiz: sodda toponimlar va murakkab toponimlar.
1. Sodda toponimlar. Toponimlar bir so'z yoki bir o'zak va qo'shimchadan iborat bo'lganda, ular sodda toponimlar hisoblanadi. Biz quyida, aynan, mana shunday shaklga ega bo'lgan tumandagi qishloq, ko'cha va mahalla nomlarini tahlilga tortamiz.
Arabxona - toponimi ikki qismdan iboratdir: arab+xona. Ushbu toponim tarkibidagi arab qismi o'zak bo'lib, unda ma'lum bir millat (xalq) ma'nosi ifodalangan. Toponimning xona qismi esa joy, o'rin, xonadon ma'nolarini ifodalaydi. Arabxona toponimi tarkibida xona arablar joylashgan joy ma'nosida reallashgan. Aslida xona fors-tojikcha bo'lib, o'zbek tilidagi so'zlar tarkibida affiksoid shaklida ishlatiladi.
Boltabek - toponim ikki qismdan iboratdir: bolta+bek. Toponim tarkibidagi bolta qismi asos bo'lib, antroponim sanaladi. -bek antropoindikator bo'lib, o'zbek tilidagi antroponim tarkibida qo'shimcha shaklida ishlatiladi.
Minglar - toponim ikki qismdan iborat: ming+ (-lar). Ushbu toponim tarkibidagi ming so'zi o'zak bo'lib, u o'zbek qabilalaridan birining nomi hisoblanadi. Toponim tarkibidagi -lar ko'plik ifodalovchi shakl bo'lib, minglar, ya'ni ming urug'i vakillari yashaydigan manzil nomini atashga xizmat qilgan.
Teraklik - toponim ikki qismdan iborat. Terak+lik. Terak - daraxt, -lik bilan qo'llanganda shu daraxt borligi ifodalanadi.
Toqido'z - toponim ikki qismdan iborat: toqi-do'z. Toqi-do'ppi. Demak, toqido'z - do'ppi tikuvchi, toq sanoqdagi do'ppi tikadigan yoki do'pini toq-gumbazcha, ya'ni tepa qismini baland qilib tikuvchi hunarmand. Nom shunday hunarmandlar yashagan qishloqqa nisbatan qo'llanilgan.
Shayxlar - toponimi ikki qismdan iborat: shayx -lar. Toponim tarkibidagi shayx qismi o'zak, aslida shixlar bo'lgan. Shix- shiq turkman urug'i. -lar affiksi ko'plik ma'nosini bildirgan.
Moksoz - toponimi ham ikki qismdan iboratdir: mok- soz. Toponim tarkibidagi mok qismi o'zak, aslida mok(k)i bo'lib. Mok(k)i tikuv mashinasining bir qismi. Toponimning -soz qismi esa shaxs oti yasovchi qo'shimcha. Mok(k)i tayyorlovchilar joylashgan maskan ma'nosini beradi.
Do'stlik - toponim ikki qismdan iboratdir: do'st-lik. Ushbu toponim tarkibidagi do'st qismi o'zak. Toponimning ikkinchi qismi -lik esa, mavhum ot yasovchi qo'shimchadir.
Regzor - toponim ikki qismdan iborat: reg-zor. Toponim tarkibidagi reg qismi o'zak. Reg fors-tojikcha so'z bo'lib, qum, tuproq degan ma'noni beradi. Toponimning ikkinchi qismi -zor esa o'rin-joy oti yasovchi qo'shimcha. Toponim qumlik, tuproqli joy ma'nosini ifodalaydi.
2. Murakkab toponimlar. So'zlarda murakkab tarkiblilik deganda, ularning bir necha lug'aviy asosdan tarkib topganligi nazarda tutildi. Bunda so'z tarkibida mustaqil ma'no anglatgan ikki va undan ortiq o'zak morfema mavjudligi qayd etiladi. Xuddi shunday holat toponimlarda ham kuzatiladi. Toponimlarda murakkab tarkibli, ya'ni bir necha lug'aviy asosdan tashkil topish deganda uning tarkibida ikki va undan ortiq lug'aviy asosning birlashishi ko'zda tutiladi. Vobkent tumani toponimlari qatorida ko'plab murakkab tuzilishga ega bo'lgan birliklar uchraydi. Biz quyida mana shu toponimlarning ayrimlarini morfem tahlil qilamiz.
Arabsaroy - toponim ikki qismdan tashkil topgan: arab (etnonim)+saroy (inshoot nomi): arablar yashaydigan hudud.
Bahrinobod - toponim ikki qismdan tashkil topgan: bahrin (etnonim)+obod: bahrin qabilasi vakillari tomonidan bunyod etilgan obod maskan.
Raboti qalmoq - toponim ikki qismdan tashkil topgan. Rabot (turdosh ot)+Qalmoq (turdosh ot). Toponimning rabot qismi rabot//ravot shaklllarda ma'lum. Har ikki so'z O'rta Osiyo hududlarida, xususan, uning daryo vodiylari, dehqonchilik vohalarida, shuningdek shahar va qishloq atroflarida keng tarqalgan joy nomlarida uchraydi. "G'iyos ul-lug'at"da va "Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati"da mazkur atama rabot shaklida qayd etilsa-da, xalq talaffuzida ravot shaklida yuritiladi. Ravot deganda xalqimiz, avvalambor, turar joy, darvoza yoki darvozaxonani tushunadi. Rabot//ravot atamasi ikki komponentli bo'lib, u -ra hamda bot//vot so'zlari qo'shiluvidan yasalgan. Atamaning birinchi komponenti - ra aslida fors-tojik tilida «yo'l» ma'nosini anglatuvchi ro//ra so'zidan. Uning ikkinchi komponenti bot//vot esa so'g'diycha vat//vata so'zidan. U «qo'noq» va «manzil» ma'nolarini anglatgan. Atamaning har ikki komponentlari lug'aviy ma'nosidan kelib chiqib, fonetik transkriptsiya jihatidan to'g'ri talaffuz etilsa, u holda mazkur oykonim kompozitining asliy shakli ro+ vat, yoki ro+vata shaklida bo'lgani ma'lum bo'ladi. Bu ikki topoformantlar birikmasidan hosil bo'lgan rohvat atamasi keyinchalik xalq talaffuzida fonetik jihatdan o'zgarib, uning «ro» kompozitidagi "o" tovushi "a"ga, "vat" kompozitidagi "a" tovushi esa "o"ga o'tib, "roh"dagi "h" tovushi talaffuzda tushib qolgan. Natijada, atama o'zining dastlabki shaklini ham asliy ma'nosini ham yo'qotib, rabot//ravot shaklidagi leksemaga aylangan. Toponimning ikkinchi qismidagi qalmoq morfemasi esa, qavm nomini bildiradi. Qalmoqlar Dashti Qipchoq o'zbeklaridan oldin ham Movarounnahrda yashagan va turkiylashgan mo'g'ul qabilalarining avlodlari deb taxmin qilinadi. Qalmoq so'zi turkiy «qolmoq» fe'lidan olingan, bu so'z islom dinini qabul qilmasdan majusiylar holida qolgan o'yrotlarni anglatgan, degan qarash ham ilgari surilgan edi. Lekin keyinchalik qalmoq so'zi mo'g'ulcha «duragay», «aralash», «qurama» degan ma'nodagi xalmig so'zidan kelib chiqqanligini aniqlangan. Demak, toponim "qalmoqning yashash joyi", "qalmoqlar yashaydigan manzil" ma'nolarini anglatadi.
Raboti to'pchi - toponimi ikki qismdan tashkil topgan. Rabot+to'pchi. Toponim tarkibidagi "i" forsiy izofa hisoblanadi. Amir qo'shini uchun to'p tayyorlab beruvchilar qishlog'i ma'nosini anglatadi.
Vobkent tumani toponimlari sirasidagi Raboti eshon, Rabotiqozi, Xo'jarabot, Rabotimirjon, Rabotibolo, Rabotipoyon kabilarning tarkibidagi rabot komponenti ham yuqorida ta'kidlangan ma'noda qo'llanganligini qayd etish lozim.
Anjirbog' - toponim ikki asosdan iborat: Anjir+bog'. Toponim ikki otning kompozitsiya usuli bilan birikishidan hosil bo'lgan.
Arabsaroy - toponim ikki asosdan iborat: Arab+saroy. Toponim ikki otning moslashuvi natijasida hosil bo'lgan. Bu bog'lanish moslashuvli birikmaning qo'shma so'zga aylanishi, ya'ni, sintaktik-leksik usul bilan yasalgan.
Bahrinobod - toponim ikki asosdan iborat: Bahrin+obod. Ikki otdan tuzilgan ushbu nom bahrin urug'i vakillari yashaydigan manzil ma'nosida bitishuv.
Bozorjoyi - toponim ikki asosdan iborat: bozor+joy+i. Nom bozor va joy so'zlarining moslashuvli birikuvi orqali yasalgan.
Gulrabot - toponim ikki asosdan iborat: gul+rabot. Aslida gil rabot, ya'ni tuproq rabot. Toponim ikki otning bitishuvli birikuvidan hosil qilingan.
Zafarobod - toponim ikki asosdan iborat: zafar+obod. Nomning birinchi qismi antroponim. Nom bitishuv yo'li bilan yasalgan.
Mirsulaymon - toponim ikki asosdan tuzilgan: mir+Sulaymon. Nomning ikkinchi qismi antroponim. Aslida amir Sulaymon shaklida bo'lgan. Soddalashish orqali Mirsulaymon ko'rinishiga kelgan.
Mo'minobod - toponim ikki asosdan tuzilgan: Mo'min+obod. Nomning birinchi qismi antroponim. Mo'min ismli kishi tomonidan bino qilingan inshootlar mavjud joy ma'nosida. Nom bitishuv yo'li bilan yasalgan.
Niyozxo'ja - toponim ikki asosdan tuzilgan: Niyoz+xo'ja. Nomning birinchi qismi antroponim. Niyoz ismli kishi yashagan joy ma'nosida. Nom bitishuv yo'li bilan yasalgan.
Oydinhayot - toponim ikki asosdan iborat: kalta+rabot. Nom bitishuv y'li bilan yasalgan.
Xayrobod - toponim ikki asosdan iborat: xayr+obod. Nom ikki otning bitishuvi orqali yasalgan.
Xosrabot - toponim ikki asosdan iborat: xos+rabot. Nomning birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi ot. Bitishuv yo'li bilan hosil qilingan.
Chuqurko'cha - toponim ikki asosdan iborat: kalta+rabot. Toponimning birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi ot. Nom bitishuv y'li bilan yasalgan.
Shamsiobod - toponim ikki asosdan tuzilgan: Shamsi+obod. Nomning birinchi qismi antroponim. Aslida Shamsiddin ismli kishi tomonidan obod qilingan joy ma'nosida. Nom bitishuv yo'li bilan yasalgan.
Arobasozlar - toponim uch qismdan iborat: Aroba+soz+lar. Toponimning asosi arobasoz, unga ko'plik shakli qo'shilgan. Nomning asosi fors tili so'z yasalishi qoidalari bo'yicha shakllangan.
Asbobsozlar - toponim uch qismdan iborat: Asbob+soz+lar. Toponimning asosi asbobsoz, unga ko'plik shakli qo'shilgan. Nomning asosi fors tili so'z yasalishi qoidalari bo'yicha shakllangan.
Katta Xo'jalar - toponim uch qismdan iborat: Katta+Xo'ja+lar. Toponim katta sifati va Xo'jalar toponimi asosida yasalgan. Unga ko'plik shakli qo'shilgan. Sartaroshlar - toponim uch qismdan iborat: Sar+tarosh+lar. Toponimning asosi sartarosh, unga ko'plik shakli qo'shilgan. Nomning asosi fors tili so'z yasalishi qoidalari bo'yicha shakllangan.
Chitgaron - toponim uch qismdan iborat: Chit+gar+on. Toponim fors tili so'z yasalishi qoidalari bo'yicha shakllangan.
Yuqori Pichoqchi - toponim uch qismdan iborat: Yuqori+ Pichoq+chi. Toponim yuqori sifati va Pichoqch toponimi asosida yasalgan.
Yuqori Bo'yrabof - toponim uch qismdan iborat: Yuqori+Bo'yra+bof. Toponim yuqori sifati va Bo'yrabof toponimi asosida yasalgan.
Yuqori So'filar - toponim uch qismdan iborat: Yuqori+So'fi+lar. Toponim yuqori sifati va So'filar toponimi asosida yasalgan.
Halvogaron - toponim uch qismdan iborat: Halvo+gar+on. Toponimning asosi halvo oti va garon fe'lidan tuzilgan, unga fors tiliga mansub -on ko'plik shakli qo'shilgan. Nomning asosi fors tili so'z yasalishi qoidalari bo'yicha shakllangan.
Katta Astarbof - toponim ikki qismdan iborat: Katta+Astarbof. Nom katta sifati va Astarbof toponimidan tuzilgan. Toponim kasb-kor nomi asosidagi nomdan yasalgan.
Katta Beshrabot - toponim ikki qismdan iborat: Katta+Beshrabot. Nom katta sifati va Beshrabot toponimidan tuzilgan. Besh va rabot so'zi asosiy toponimni shaklantirgan.
Katta Qumrabot - toponim ikki qismdan iborat: Katta+Qumrabot. Nom katta sifati va Qumrabot toponimidan tuzilgan. Toponimning ikkinchi qismi qum va rabot otlaridan tuzilgan.
Kichik Beshrabot - toponim ikki qismdan iborat: Kichik+Beshrabot. Nom kichik sifati va Beshrabot toponimidan tuzilgan. Nom Beshrabot toponim bilan bitishuv yo'li bilan hosil qilingan. ning ikkinchi qismi qum va rabot otlaridan tuzilgan.
Kichik Qumrabot - toponim ikki qismdan iborat: Kichik+Qumrabot. Nom kichik sifati va Qumrabot toponimidan tuzilgan. Nom ikkinchi toponimdan farqlash maqsadida yasalgan.
Sharqiy Beshrabot - toponim ikki qismdan iborat: Sharqiy+Beshrabot. Nom sharqiy sifati va Beshrabot toponimidan tuzilgan. Mazkur nom son va otdan tuzilgan birlik asosida shaklantirilgan.
Yuqori Bo'yrabof - toponim ikki qismdan iborat: Yuqori+Bo'yrabof. Nom yuqori sifati va Bo'yrabof toponimidan tuzilgan. Nomning ikkinchi qismi kasb-kor bilan bog'liq toponim asosida shakllantirilgan.
Yuqori Sariosiyo - toponim ikki qismdan iborat: Yuqori+Sariosiyo. Nom yuqori sifati va Sariosiyo toponimidan tuzilgan. Nomning ikkinchi qismi joy nomi bog'liq toponim asosida shakllantirilgan.
Yuqori Xosrabot - toponim ikki qismdan iborat: Yuqori+Xosrabot. Nom yuqori sifati va Xosrabot toponimidan tuzilgan.
Yuqori Xo'jarabot - toponim ikki qismdan iborat: Yuqori+Xo'jarabot. Nom yuqori sifati va Xo'jarabot toponimidan tuzilgan. Toponimning asosi xo'ja - amal-unvon nomi va rabot oti ishtirokida hosil qilingan.
Chorbog'inav - toponim to'rt qismdan iborat: Chor+bog'+i+nav. Toponimning asosi chorbog', unga nav - yangi sifati qo'shilib, izofali nom yasalgan.
G'arbiy Beshrabot - toponim ikki qismdan iborat: G'arbiy+Beshrabot. Mazkur nom son va otdan tuzilgan birlik asosida shaklantirilgan.
Beshariq - ikki qismdan iborat toponim. Hududdan o'tadigan ariqning besh qismga, tarmoqqa ajraladigan joyi. Son va otning birlashishidan hosil bo'lgan toponim.
Yuqoridagi tahlillardan ma'lum bo'ladiki, tuman toponimiyasida katta, kichik, yuqori, quyi, o'rta, sharqiy, g'arbiy kabi sifatlar bilan birlashib kelgan nomlar ham uchraydi. Bu hol, ayniqsa, viloyat miqyosida toponimik nomlarning takrorlanmasligini nazarda tutib keyingi yillarda ularga kiritilgan tuzatishlar bilan bog'liqdir. Xullas, tuman toponimiyasi grammatik tarkibi, morfem xususiyatlari, sintaktik qoliplar asosida shakllanganligi bilan ajralib turadi. Tuman toponimlari lisoniy tuzilishiga ko'ra sodda va murakkabdir. Tub toponimlar kam uchraydi. O'rganilayotgan hudud toponimiyasi uchun ko'proq murakkab toponimlar tuzilmasi xarakterli ekanligiga guvoh bo'ldik.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Нaфaсoв Т. Узбекистан тoпoнимлaрининг roox^ луFaти (Узбекистоннинг жaнубий pa^anapH). - Т.: Укитувчи, 1988. - 135 б.
2. Бегалиев Н. Тoпoнимлaрнинг узбек хaлк этнoгeнeзидaги урни // Узбек тили Ba aдaбиёти. - 2004. - 4-сэн. - Б. 67-71.
3. Бeгмaтoв Э., Улу^в Н. Узбек oнoмaстикaси термингарининг roox^ луFaти. -Нaмaнгaн, 2006. - Б.76-83.
4. Дусимoв З., Эгaмoв Х. Жoй нoмлaрининг ^c;a4a roox^ луFaти. -Т.: Укитувчи, 1977. - Б.48.
5.Рaхмaтуллaeв Ш. Узбек тилининг этимoлoгик луFaти (туркий сузлaр). - Т.: Университет, 2000. - Б.31-32.