Научная статья на тему 'JONDOR TUMAN SHEVASINING AYRIM MAʼNO GURUHLARI HAQIDA'

JONDOR TUMAN SHEVASINING AYRIM MAʼNO GURUHLARI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1166
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sheva / adabiy til / etimologiya / maʼnoviy guruh / leksikа. / dialect / literary language / etymology / semantic group / vocabulary

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kilichev, Bayramali Ergashovich, Boltayeva, Mahfuza

Ushbu axborotda Jondor tumanida yashovchi aholining kundalik turmushda qo‘llaydigan baʼzi dialektal so‘zlar tasnif etilgan. Ularning etimologiyasiga eʼtibor qaratilib, so‘zlarning kelib chiqish asosi yoritilgan. Shevaga xos so‘zlarda fors-tojik tiliga mansub lug‘aviy birliklar nisbatan ko‘pligi qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT CERTAIN MEANING GROUPS OF ZONDOR DISTRICT LANGUAGE

This article classifies some of the dialect words used by the inhabitants of the Dzhandar region in their daily life. Emphasis is placed on their etymology, the origin of the words is explained. There is a relatively large number of lexical units belonging to the Persian-Tajik language in the Dzhandar dialect.

Текст научной работы на тему «JONDOR TUMAN SHEVASINING AYRIM MAʼNO GURUHLARI HAQIDA»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

JONDOR TUMAN SHEVASINING AYRIM MA'NO GURUHLARI HAQIDA

Kilichev Bayramali Ergashovich

Buxoro davlat universiteti O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori filologiya fanlari nomzodi e-mail: [email protected]

Ushbu axborotda Jondor tumanida yashovchi aholining kundalik turmushda qo'llaydigan ba'zi dialektal so'zlar tasnif etilgan. Ularning etimologiyasiga e'tibor qaratilib, so 'zlarning kelib chiqish asosi yoritilgan. Shevaga xos so 'zlarda fors-tojik tiliga mansub lug'aviy birliklar nisbatan ko 'pligi qayd etilgan.

Kalit so 'zlar: sheva, adabiy til, etimologiya, ma 'noviy guruh, leksika.

В этом статье классифицированы некоторые диалектные слова, используемые жителями Джандарского района в их повседневной жизни. Делается ударение на их этимологии, объясняется происхождение слов. Отмечается относительно большое количество лексических единиц, принадлежащих персидско-таджикскому языку в Джандарском диалекте.

Ключевые слова: диалект, литературный язык, этимология, семантическая группа, лексика.

This article classifies some of the dialect words used by the inhabitants of the Dzhandar region in their daily life. Emphasis is placed on their etymology, the origin of the words is explained. There is a relatively large number of lexical units belonging to the Persian-Tajik language in the Dzhandar dialect.

Keywords: dialect, literary language, etymology, semantic group, vocabulary.

Adabiy tilning rivojida sheva va lahjalar o'zining munosib o'rniga ega. Shevalar vositasida adabiy til boyiydi hamda taraqqiy etadi. Xalq tilidagi qayd etilgan sheva, lahja, dialekt, adabiy til, milliy til kabi tushunchalarning o'ziga xos jihatlari o'zaro munosabatlari, farqli tomonlari, shakllanish davrlari va ta'riflari anchagina o'rganilgan va ular asosida bir qancha tadqiqotlar olib borilgan.

Boltayeva Mahfuza

Buxoro davlat universiteti O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

O'zbek shevashunosligi sohasida juda katta tadqiqotlar amalga oshirilganligi ma'lum. Bular sirasiga Sh.Shoabdurahmonov, B.Jo'rayev, F.Abdullayev, S.Ibrohimov, M.Mirzayev, A.Shermatov, X.Doniyorov kabi olimlarning olib borgan izlanishlari e'tiborga loyiq. 1960-1970-yillarda avj olgan dialektologik tadqiqotlarning 1980-1990-yillarda birmuncha so'nishi fanimizda taraqqiyotning bir dialektik bosqichi - imperik-tavsifiy ishlarning ma'lum darajada o'zining yuqori taraqqiyot cho'qqisiga yetganligi, yangi tahlil usullariga o'tishi taraqqiyotni ta'minlash bilan uzviy bog'liqdir.

O'zbek tili o'zining ko'p shevaliligi va ularning har biriga xos xususiyatlarning rang-barangligi bilan boshqa turkiy turkiy tillardan ajratib turadi. Bu holat o'zbek shevashunosligining turli sohalarida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari hamda shevalarda saqlangan tarixiy-etnolisoniy ma'lumotlar vositasida dalillanadi.

Ammo sheva ulkan xazina bo'lib, uni o'rganish orqali ko'plab bilim va yangiliklarga ega bo'lish imkoni paydo bo'ladi. Shu holat sababli ushbu axborotda adabiy tilimizning tayanchi sanalgan sheva materiallarini etimologik, leksik, etnografik hamda folklorshunoslik nuqtayi nazaridan izohlab o'rganamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Buxoro hududidagi xalq shevalarini tahlil etar ekanmiz, bu sohada o'zining yirik tadqiqotlari bilan yalovbardor bo'lgan Mustaqim Mirzayevni eslash, uning amalga oshirgan izlanishlari e]'tiborga loyiqligini hamda muhim ekanligini ta'kidlash o'rinli bo'ladi.

Sheva so'zlarida xalq tarixi, ma'naviyati o'z aksini topadi. Sheva so'zlari xalqning betakror oltin bitigi hisoblanadi. Xalqning urf-odatlari va marosimlarini atovchi birliklar ham o'ziga xos oltin bitik sanaladi. Etnografizmlar xalqning o'tmishi, milliy madaniyati, turmush tarzi haqida muhim xulosalar chiqarish vositalaridan bo'lib, ular muayyan xalq etnomadaniyatini o'rganishning muhim omilidir. Aytish mumkinki, dialektizm va etnografizm uzviy bog'liq hodisalardir. Biz quyida ayrim etnografizmlar asosida Buxoro viloyati Jondor tumaniga xos sheva materillarini tahlil etamiz.

Gavorabandon - tug'ilgan chaqaloqni beshikka belash, unga turli sovg'a-salomlar olib kelish bilan bog'liq marosim. Bu marosim yurtimizning ko'plab hududlarida "Beshik to'yi" nomi bilan yuritiladi. Gavorabandon so'zi etimologiyasiga qaraydigan bo'lsak, fors-tojikchada gavora - beshik, bandon -bog'lash degani, ya'ni beshikka belash.

Beshkecha - chaqaloq tug'ilganligi munosabati bilan beriladigan ziyofat. Bu marosim faqat toq kunlarda o'tkaziladi. Uning nomiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, besh va kecha kabi ikki o'zbekcha so'zdan iborat.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Chillagurezon - fors-tojik tilida chilla (chihil) - qirq kun, gurezon - qochirmoq, ketkizmoq. Chaqaloq qirq kunlik bo'lganida chilla gurezon qilib, ya'ni chillani qochirib (o'tkazib), uni ko'chaga, aniqrog'i ona buvisining uyiga olib chiqish marosimi. Chillagurezonning varianti sifatida Chilyakro'zon (qirq bir kunlik) nomi ham ba'zi joylarda ishlatiladi.

Joyg'undoron - joy - ko'rpa-to'shak ma'nosida; g'undoron - fors-tojikchada yig'moq so'zlaridan olingan bo'lib, nikoh to'yidan keyin o'tkaziladigan marosim.

Challadi - aslida chorladi. Ushbu marosim nomi Charlar (Toshkent), Challadi (Buxoro), Chaqirdi (Surxondaryo) shakllarida uchraydi. To'ydan keyin o'tkaziladigan marosim bo'lib, kelin chaqirdi, kuyovchaqirdi, qizchaqirdi, qudachaqirdi kabi bir qancha ko'rinishlari bor. Kelinchaqirdida yangi tushgan kelinchakning chillasi chiqqach, o'zining va kuyovning yaqin qarindoshlari uylariga chaqiradi. Bundan ko'zlangan maqsad kelin-kuyovga hurmat ko'rsatish bilan birga, kuyov taraf uchun kelin bilan yaqindan tanishishdir. Kelin chaqirilgan xonadonga kirguncha uy egalariga, uyning ostonasiga ta'zim qilib kiradi. Kelin-kuyovga sovg'alar in'om etiladi. Kuyovchaqirdi odatda kelinning ota-onasi, yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshiriladi.

Sarshuyon - fors-tojik tilida sar - bosh, shuyon - yuvmoq so'zlaridan olingan. Nikoh to'yidan yetti yoki o'n kun o'tib kuyovning uyida bo'lib o'tuvchi marosim.

Raxzanon - atama rax va zanon qismlaridan iborat bo'lib har ikkalasi ham fors tiliga mansub. Rax (raxt) - ko'rpa-ko'rpachalarning ustma-ust terilgani; zanon -urmoq, termoq. To'yda ko'rpa-ko'rpachalarning ustma-ust terilishi bilan bo'liq marosim.

Oshbiyon - aslida bu atama osh va bibiyon (bibilar) kabi ikki qismdan tashkil topgan. Oshbiyon ba'zan Bibi Seshanba deb ham ataladi. Bibi Seshanba, Seshanba ona - o'zbeklar va tojiklarning afsonalarida oilaviy baxt, shuningdek ip yigirish va tikuvchilik kabi hunarlarning homiysi, piri. Bibi seshnba sharafiga ayollar seshanba kunlari to'planib, yig'in, marosim o'tkazish, uni keksa, olijanob kampir siymosida tasavvur etib, Bibi Seshanbadan oilaviy turmushda o'zlari uchun saodat, kasblari uchun rivoj berishini tilab, u to'g'ridagi rivoyatlarni yodga olish, o'qish odati bor [en] kabi ma'lumotdan anglash mumkinki, ayollar ishtirokidagi ushbu marosim nomi ham sheva ta'sirida o'zgargan.

Padaroshi - atama ikki qismdan tuzilgan: padar+osh. Padar - fors-tojikchada ota ma'nosini anglatadi; osh esa asosan palov ma'nosida qo'llanadi. Padaroshi nikoh to'yida kuyovning uyida erta saharda osh berish marosimini anglatadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Jomapo'shon - joma va po'shon asoslaridan tuzilgan ushbu so'z sarpo kiyitmoq - kuyovga chopon kiydirish marosimini anglatadi. Jomapo'shon padaroshi marosimida amalga oshiriladi.

Sallabandon - salla - bosh kiyimi, bandon (forscha) bog'lamoq bo'lib, voyaga yetgan qizlar, ayollarga ota-onasining zimmasidagi vazifa sifatida salla o'rash bilan bog'liq marosimini ifodalaydi .

Ko'rdi - sof o'zbekcha so'z bo'lib, ko'rdining ma'nosi to'ydan bir necha kun o'tib, yangi tushgan kelinni ko'rib, unga sovg'a-salom berishdir.

Buxoro shevasidagi taom nomlari ham e'tiborga sazovor. Quyida ularning ba'zilari bilan bog'liq qarashlarni bayon etamiz.

Sho'rbo - adabiy tildagi sho'rva. Uning etimologiyasiga qaraydigan bo'lsak, fors-tojikcha "sho'r oba", ya'ni tuzli, sho'r suv va undan tayyorlanadigan suyuq taom

Piyoba (piyova) - piyoz hamda ob, ya'ni suvdan tayyorlanadigan suyuq taom bo'lib, ilgari piyoz oba deb atalib, so'ng fonetik hodisaga uchrab, piyoba shakliga kelib qolgan.

Moshoba - mosh va ob (suv) so'zlaridan kelib chiqqan taom.

Qurutoba - qurut, suv, go'sht va sabzavotlardan tayyorlanadigan yaxna taom.

Birinjoba - birinj - guruch va suvdan tayyorlanadigan suyuq taom.

Obiro'g'an - ob - suv, ro'g'an (rovg'an) - yog' deganidir. Obiro'g'an palovning guruch solingungacha bo'lgan jarayoni, ya'ni yog', g'o'sht, piyoz, sabzi solingan qismi, adabiy tildagi zirvak so'zining aynan o'zidir.

Ko'rinib turibdiki,yuqorida ob so'zi yordamida tarkib topgan taom nomlari anchaginani tashkil etadi. Ovqat nomidan tashqari ba'zi suyuqlik nomlari ham ob so'zi bilan yasalgan. Masalan: objo'sh - jo'sh (forscha) qaynamoq degani bo'lib, obi jo'sh so'zidan kelib chiqib, qaynagan suv deganidir; g'o'lingob - g'o'ling - o'rikning quritilgani, turshak bo'lib, turshak va suv qo'shib tayyorlanadigan ichimlik nomi (6: 101).

Shuningdek, Jondor shevasida shirbirinj, sho'rtoppa, maydaosh kabi toam nomlri ham uchraydiki, ular boshqa hududlarda qo'llanmaydi. Shirbirinj - tojikcha shir - sut, birinj - guruch so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, sut va guruchdan tayyorlaniluvchi quyuq taomni ifodalaydi. Sho 'rtoppa - lag'monga o'xshash xamirli taom bo'lib, tuzli suvda qaynatilib, to'p-to'p qilib laganga solingani uchun "sho'rto'ppa" nomini olgan. Maydaosh - Jondor shevasida chuchvara shu nom bilan ataladi. Mayda-mayda tugilgani bois mayda osh nomini olgan.

(5:86).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Jondor shevasida oziq-ovqat, meva, sabsavot, o'simliklarning o'ziga xos nomlari mavjudki, ular boshqa hududlarda uchratish mumkul yoki boshqa fonetik shaklda qo'llanishi bilan farqlanadi.

Biz ishimizning davomida o'zbek tilining Jondor shevasida qo'llanadigan meva va o'simlik nomlarining ayrimlarini semntik-etimologik tadqiq etamiz.

Zardoli - tojikcha "zard" - sariq, oli - danakli ho'l meva, ya'ni sariq oli degani bo'lib, aynan o'rik mevasidir.

G'o'ling - o'rikning qoqisi, adabiy tildagi turshak.

Qaroli - qora+oli bo'lgan va vaqt o'tib fonetik nuqtayi nazardan soddalashib, bir urg'u bilan talaffuz etilish holatiga kelgan hamda qaroli shaklida muqimlashgan.

Javpazak - javzo - yulduzlar burjidagi oy nomi, pazak - fors-tojikchada pishmoq. Javzo oyida pishadigan olma navi. Avvalboshda "javzopazak" shaklida bo'lib, vaqt o'tishi bilan javpazak ko'rinishiga kelgan.

Hazorispan - aslida: hazorispand. Manbalarda sipand shakli ham uchraydi. Yovvoyi shifobaxsh o'simlik bo'lib shamollashda keng qo'llanadi. Jondor shevasida hazorspan, hazorispan, hazorispand kabi shakllarda qo'llanshi ahm kuzatiladi.

Sidona - aynan siyohdona bo'lib, "siyoh" - qora va dona so'zidan kelib chiqqan, qora dona demakdir.

Zomicha - aslida zomucha bo'lib, qonunning xushbo'y, tezpishar turi. Adabiy tilda: handalak. Zomcha shaklida keng qo'llanadi.

Birinj - fors tilida sholining doni birinch deyiladi. Adabiy tilda: guruch deganidir.

Jondor shevasida uy-ro'zg'or anjomlarini atovchi bir qancha nomlar ham bor. Bular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin.

Jo'rob - joy va fors-tojikchada ro'btan - supurmoq so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "joy ro'b" - joyni supuruvchi deganidir. Vaqt o'tib joy ro'b tublashib jo'rob shakliga kelgan.

Kafgir - forscha "kaft" - qo'lning bir qismi va "gir" - olmoq so'zidan kelib chiqqan bo'lib, kapgirni odam qo'li va kaftiga o'xshashligi asos qilinib shu nom yuzaga kelgan.

Choygardon - ovqatni suzib olish anjomi. Choy va forscha "gardon" -ag'darmoq so'zidan olingan.

Obigardon - fors tilidan olingan bo'lib, katta doshqozonda osh pishirishda foydalaniladigan asbobni ataydi.

Choydo'sh - aslida choyjo'sh bo'lib, "jo'sh" qaynamoq degan ma'noni anglatadi. Choyi jo'sh, ya'ni choy qaynatiladigan anjom.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

Xulosa sifatida aytish mumkinki, Buxoro viloyatining Jondor shevasi o'ziga xos leksik xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Ushbu hudud shevasi fors-tojik tili hamda o'zbek tilining o'g'uz lahjasi ta'siri ostida shakllangan. Hudud shevasida fors-tojik tilining ta'siri turli nomlar, xususan, meva, o'simlik, uy-ro'zg'or va boshqa guruh so'zlar misolida namoyon bo'ladi.

Jondor shevasiga xos jihatlarni aniqlash orqali o'zbk tilining tarixiy shakllanish jarayoni hamda bu tilning qanday tillar bilan aloqada bo'lganligi, ularning o'zaro ta'siri haqida xulosalar chiqarish imkoni yaratiladi.

REFERENCES

1. Жураев Б. Узбек адабий тили ва диалектлари. -Т.: Фан, 1963.

2. Мирзаев М.М. Узбек тилининг Бухоро группа шевалари: филология фанлари доктори дисс. - Тошкент, 1965 - 461-б.

3. Рахмонов Н.С. Узбек тили Навоий вилояти шевалари морфологик хусусиятларининг лингвоареал таджики: филол.фанл...фалсафа докт. диссер. -Самарканд, 2018. - 164 б.

4. Решетов В. В., Шоабдурахдоонов Ш. Узбек диалектологияси. -Т.: Укитувчи, 1978.

5. Туйчибоев Б., Хдсанов Б. Узбек диалектологияси. -Т.: Абдулла Кодирий номидаги халк мероси нашриёти, 2004.

6. Шоабдурахмонов Ш. Ш. Узбек адабий тили ва узбек халк шевалари. -Т.: Фан, 1962.

7. Kilichev, B. E. (2021). BUKHARA REGION'S TYPICAL TOPONYMS TRANSFORMED BY MEANS THE NAMES OF NATIONS. Theoretical & Applied Science, (2), 43-46.

8. Kilichev Bayramali, Khojaoglu Timur, Adizova Nodira Classification of Oykons (On the Example of Bukhara Region) International Journal of Culture and Modernity ISSN 2697-2131, 2022, Volume 16 https: //ij cm.academicj ournal .io/index.php/ij cm

9. Kilichev, B., & Rustamova, M. (2023). METAFORAGA XOS BA'ZI BIR XUSUSIYATLAR (SIROJIDDIN SAYYID SHE'RIYATI MISOLIDA). Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 3(1), 59-64.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.