Научная статья на тему 'SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDA OʻZLASHGAN SOʻZLARNING QOʻLLANILISHI'

SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDA OʻZLASHGAN SOʻZLARNING QOʻLLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
185
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oʻzlashgan soʻzlar / fors-tojikcha / arabcha soʻzlar. / borrowed words / Persian-Tajik / Arabic words

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Islomova, E’zoza Yorqin Qizi

Oʻzbek tilimizning lugʻat tarkibiga turli tarixiy sabablarga koʻra boshqa tillardan koʻplab soʻzlar kirib kelgan. Tilimizga boshqa tillardan kirib kelgan soʻzlar oʻzlashma soʻzlar deb yuritiladi. Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev asarlaridagi oʻzlashgan qatlamga mansub soʻzlar tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF ADVERSE WORDS IN THE WORKS OF SHUKUR KHOLMIRZAYEV

Many words from other languages entered the vocabulary of Uzbek language due to various historical reasons. Words that entered our language from other languages are called borrowed words. This article analyzes the words belonging to the assimilated layer in the works of Shukur Kholmirzayev..

Текст научной работы на тему «SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDA OʻZLASHGAN SOʻZLARNING QOʻLLANILISHI»

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDA O'ZLASHGAN SO'ZLARNING

QO'LLANILISHI

Islomova E'zoza Yorqin qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

O'zbek tilimizning lug'at tarkibiga turli tarixiy sabablarga ko'ra boshqa tillardan ko 'plab so 'zlar kirib kelgan. Tilimizga boshqa tillardan kirib kelgan so 'zlar o 'zlashma so'zlar deb yuritiladi. Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev asarlaridagi o 'zlashgan qatlamga mansub so 'zlar tahlil qilingan.

Kalit so izlar: o 'zlashgan so 'zlar, fors-tojikcha, arabcha so 'zlar.

АННОТАЦИЯ

Многие слова из других языков вошли в словарный запас нашего узбекского языка в силу разных исторических причин. Слова, пришедшие в наш язык из других языков, называются заимствованными словами. В данной статье анализируются слова, относящиеся к заимствованному слою в произведениях Шукура Холмирзаева.

Ключевые слова: заимствованные слова, персидско-таджикские, арабские слова.

ABSTRACT

Many words from other languages entered the vocabulary of Uzbek language due to various historical reasons. Words that entered our language from other languages are called borrowed words. This article analyzes the words belonging to the assimilated layer in the works of Shukur Kholmirzayev..

Key words: borrowed words, Persian-Tajik, Arabic words

KIRISH

O'zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo'lib kelgan. Bu o'zaro aloqada bo'lgan xalqning tiliga ma'lum darajada o'z ta'sirini o'tkazadi. O'zaro ta'sir natijasida tilning barcha bo'limlarida ma'lum o'zgarish yuz beradi. O'zgarish va rivojlanish tilning leksikasida ko'proq yuzaga keladi. O'zbek xalqi qadimdan ko'plab xalqlar bilan aloqada bo'lgan va hozirgi kunga kelib ham bir qancha davlatlar bilan do'stona aloqalar o'rnatib kelmoqda. Bular o'zbek tili leksik qatlamining kengayishi va ko'plab so'zlarning o'zlashishida asosiy rol o'namoqda.

O'zbek tili leksikasining boshqa tillardan kirgan qismi o'zlashgan qatlam hisoblanadi. O'zbek tili leksik qatlamiga yangi so'zlar, iboralar va so'z yasovchi qo'shimchalar ham kirib keldi. Keyinchalik ularning ko'pchiligi o'z qatlam so'zlari

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

kabi tilimizga moslashib, ajralmas holatda o'rnashdi. O'zlashgan so'zlardan ko'plab ijodkorlar o'z asarlari tilini boyitish, his-kechinma va fikr-mulohazalarini ta'sirchan ifodalashda foydalanishadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xususan, Shukur Xolmirzayev ham mahoratli yozuvchi sifatida o'z asarlarini yozish jarayonida o'zlashma so'zlarga bir necha marotaba murojaat qildi: "Mastura Qarshidan qaytib kelayotganida, bu ishi hamqishloqlari orasida, albatta, har xil gumon va mishmishlarga sabab bo'lishini tasavvuriga ham keltirmagan edi. Mashinadan tushgani hamono buni his etdi-yu, fig'oni falakka chiqdi" (Bahor o'tdi). Modal so'z vazifasini bajaruvchi albatta arab tilidan o'zlashgan so'z bo'lib, fíkrning yoki ish-harakatning qat'iyligini, muqarrarligini, shubhasiz ekanligini bildiradi1. Ot so'z turkumiga mansub gumon forschadan o'zlashgan va fikr, faraz, shubha, biror narsaning haqqoniyligiga, to'g'riligiga ishonmaslik ma'nolarini anglatadi.2 Fig'oni falakka chiqmoq - ruhan ortiq darajada bo'g'ilib, oh-voh qilmoq.3 Ushbu frazema tarkibidagi fig'on va falak o'zlashma so'zlardir. Fig'on forscha - baqiriq, dod-voy, faryod, yig'i; qattiq xafa bo'lish, qayg'urish, alam chekish tufayli yuz beradigan yig'i-sig'i, nola, faryod.4 Falak o'zbek tiliga arab tilidan o'zlashgan hamda yerdan yuqoriga qaraganda gumbaz, qubba shaklida bo'lib ko'rinadigan fazo bo'shlig'i, osmon gumbazi, osmon, ko'k.5 "Oh, qanday yaxshi!.. Alvido endi, yo'ng'ichqazor!" (Shudring tushgan bedazor) "Yo'q-yo'q. Aftidan u kishigayam o'shanda "alvido" deganga o'xshab qoldim" (Bulut to'sgan oy). Alvido arabcha abadiy xayrlashuv, vidolashuvni bildiradi [O'TIL, 2006. 68-b]. Bu arabcha so'z al aniqlik artikli bilan vida' so'zidan tarkib topgan bo'lib, o'zbek tilida bu ikki qismni yaxlitlab, cho'ziq a unlisini qisqa a unlisiga almashtirib, so'z oxiridagi aynni tashlab qabul qilingan: al vida ' - alvida (alvido). Hozirgi o'zbek tilida ma'no anglatmaydigan vido so'zi asli xayrlashmoq ma'nosini anglatuvchi vada 'a fe'lidan hosil qilingan vada ' masdarining ko'plik shakli bo'lib, arab tilida xayrlashuv ma'nosini anglatadi. Alvido arab tilida ko'rishguncha ma'nosini anglatadi; o'zbek tilida esa abadiy xayr ma'nosini ifodalaydi.6

"Otamning cho'pon-cho'liqlari ham bor edi, otam shular bilan ikki suruv qo'yni boqishar, onam qo'ylarni sog'ib, sutini separatordan o'tkazar, qatiq qilar, men bo'lsam, qo'zichoqlarning ketidan chopqillab yurib, onasiga emdirish payti kelganda

1 O'zbek tilining izohli lug'ati. - Toshkent, I jild, 2006. - 68-bet.

2 O'zbek tilining izohli lug'ati. - Toshkent, 2006. - 524-bet.

3 Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. - Toshkent, O'qituvchi. - 1978. 16-bet.

4 O'zbek tilining izohli lug'ati. - Toshkent, 2006. - 351-bet.

5 O'zbek tilining izohli lug'ati. - Toshkent, 2006. - 321-bet

6 Sh. Rahmatullayev. O'zbek tilining etimologik lug'ati. - Toshkent, Universitet. - 2003. - 27-bet.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

ko'maklashar, keyin ulami ikki qoziqqa uchlaridan bog'langan ipdagi halqalarga boshini solib, ya'ni ko'ganlab yurardim" (Zov ostida adashuv). O'zbek xalqining kundalik turmush tarzida qo'llaniladigan ko'p so'zlar asli turkiy emas, balki boshqa tildan kirib, o'zlashgan hisoblanadi. Separator lotin tilidan o'zlashgan va gazdan suyuq yoki qattiq zarralarni ajratish, aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish uchun mo'ljallangan apparatlarning umumiy nomini anglatadi [O'TIL, 2006,481-b]. Halqa esa arabcha chambar, gardish; metalldan egib, ikki uchini qo'shib yasaladigan doira shaklidagi buyumni ifodalaydi [O'TIL, 2006,495-b]. Parchada qo'llangan ko 'ganlamoq so'zi o'zlashma emas, balki shevaga xos so'z sanaladi. Ko 'gan shevada qo'y-echkilar qatorasiga bog'lab qo'yiladigan ilmoqli arqonni ifodalaydi. Ko'ganlamoq esa qo'zi-ulovlarni ko'gan, ya'ni chilvir, arqon bilan bog'lamoqni anglatadi. "Boyquvar unga ergashib ketaverdi. Zinalardan tushdi. Kattakon oynaband eshik. Eshikdan chiqishi bilan go 'yo uyqusi ochilib ketgandek, tevarak-atrofni yaqqol ko'rdi. Quyosh porlab turibdi. Beton lavhalar yotqizilgan maydon adog'ida, yashil qarag'aylar ostida tumshug'ini bu yoqqa qaratib turgan turli mashinalar (Bitikli tosh). Zina [fors. - pog'ona, daraja, narvon, pillapoya]. Bino va inshootlarda yuqoriga chiqish yoki pastga tushish uchun mo'ljallab yasalgan pog'onali qurilmava uning har bir pog'onasi [O'TIL, 2006, 151-b]. Oynaband so'zi ham fors tilidan o'zlashgan va deraza, eshikka o'rnatishda ishlatiladigan shisha qo'yilgan biror predmetni ifodalaydi. Ushbu gapda oynaband eshikning belgisini bildirish bilab birga uning oyna bilan ishlov berilganligiga ham ishora qiladi. Go 'yo ergashgan bog'lovchisi forscha so'z bo'lib, qiyoslash, o'xshatish ma'nolarini ifodalashga xizmat qiladi. Beton so'zi o'zbek tiliga fors-tojik tilidan, fors-tojik tiliga esa lotin tilidan o'zlashgan. Sement, qum va shag'alga suv qo'shib tayyorlangan qorishmaning zichlab qotishidan hosil bo'ladigan qurilish materiali beton hisoblanadi. Lavha so'zi arabcha taxta, ustiga biror narsa yozilgan taxtacha, peshlavha ma'nosini bildiradi [ O'TIL, 2006, 48-b]. "U kiyik otishga berilib, ularning qayerga tushishini o'ylamagani singari, buning shavqi orqasida tag'in bir narsani faromush qilganini ertasi kuni do'sti Hamdam bilan bir eshakka arqon va qop tashlab shu joyga kelganida bildi (Omon ovchining o'limi). Faromush forscha so'z bo'lib, unutmoq, xayoldan ko'tarilmoq, unutilgan kabi ma'nolarga ega. Shavq esa asli arab tiliga mansub bo'lib, kuchli qiziqish, hayajon, intilish, istak, havasni ifodalaydi. "To'y kechasi G'ani aka novvoyxonada edi. Peshma-pesh yopilgan nonlar yetmas, dastyor bola non tashib ulgurmasdi" (Keksa g'ijjakchi). "U stulni qo'yib, narida kabob tutuni burqsiyotgan tomonga qarab: - Uka, biz shu yerdamiz, - dedi-da stolga ko'z solib, turib ketdi. Odamlar oralab yurib, bir juft chapati non olib keldi" (Yangi zot). "Bugun ziyofat yo'qmi? Enangga aytay, bir osh qilsin, a?" (Ukki sayrayapti)

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

O'zbek tili leksikasiga nazar tashlasak, kasb-hunar va turmush tarzi bilan bog'liq bo'lgan tushunchalarning ko'pi fors-tojik tilidan o'zlashgandir. Bundan tashqari, o'zbek xalqining milliy taomlariga aylanib ketgan ba'zi nomlar ham fors -tojik tilidan o'zlashgan. O'zbek xalqida eng ko'p iste'mol qilinadigan taomlardan biri bu nondir. Non qadimdanoq ulug'lanib, insonning kundalik turmush tarzidagi eng muqaddas va aziz ne'mat hisoblanadi. Kabob ham fors-tojik tilidan o'zlashgan. Kabob - go'shtni sixga tortib, qo'raga terib, cho'g' damida pishiriladigan taom. Osh asli fors-tojik tiliga xos bo'lib, o'zbek madaniyatining bir bo'lagi, o'zbek xalqining milliy taomidir.

"Bu yigitni juda ustomon, gap chalg'itishga ustasi farang, yohud sodda-mug'ombir deb o'ylash mumkin edi. Lekin qiyofasida shunday samimiyat, tag'in allaqanday bir miskinlik borki, uning kiftini silaging, "Nima darding bor, uka?" deging keladi" (Qumrilar). Gavdaning bo'yindan qo'lgacha bo'lgan qismi, ya'ni yelka kift deyiladi. Kift arab tilidan o'zlashgan so'zdir. Samimiyat arabcha tozalik, soflik, chinlik, to'g'rilik ma'nolarini bildiradi. Insonning chin ko'ngildan, beg'araz, ixlos bilan qilgan ishi samimiyat sanaladi. Qiyofa ham arabcha so'z bo'lib, tashqi ko'rinish, yuz, aft, o'zini tutish, qaddi-qomatni umumiy tarzda nomlaydi. Miskin bechora ahvolda qolgan, faqirlikdan og'ir holga tushib qolgan baxtsiz insonning tushkun, chorasiz holatini ifodalaydi. Miskin ham arab tilidan o'zlashgan so'zdir. Dard forscha - kasallik, ozor, alam, ruhiy azob. Dard so'zi polisemantik xususiyatga ega: 1. Jismoniy azob, og'riq, kasallik: "Bu dard - bedavo ekanini eshitgan va chamasi o'zining "kasalligi" ham shunga yaqinroqmikan degan xayollarga ham brogan edi" (Tabassum). 2. Ruhiy azob, g'am-g'ussa, alam, hasrat: "Tushundim: dardi bor, sevgi dardi... Tabib - tabib emas, boshidan o'tkazgan - tabib, deydilar. Biz ham endi bu dardning tabibi bo'lib qolganmiz-da" (Qumrilar). 3. Kishining borlig'ini, butun fikri-yodini band etgan narsa, ish, tashvish, orzu, xayol: " Mening ham dardim ichimda: institutga tezroq yetib borishim kerak"(Yashil "Niva").

"Chehrasida kinoya ham, istehzo ham, yigitchaning maymunga o'xshash qiyofasidan hayronlik alomati ham ko'rinmadi" (Bodom qishda gulladi). Chehra forscha so'z bo'lib, kishining yuzi, siymosi, aft-angorini ifodalaydi. Kinoya arabcha - belgi, shama, ishora, kesatiq. Masxaralash, kulish uchun asl ma'nosidan boshqa, majoziy ma'noda aytilgan so'z, gap, qochirim [O'TIL, 2006, 370-b]. Istehzo ham arabcha piching, mazax ma'nolariga ega va kinoya so'ziga sinonim hisoblanadi. Birovning ustidan kulish, masxara qilish, mazaxlash va uning xatti-harakat, mimikadagi ifodasi istehzodir.

Xulosa qilib aytganda, o'zbek tili leksikasi tarkibidan salmoqli o'rin egallagan arabcha va fors-tojikcha o'zlashma so'zlar semantikasining o'zgarishlari sezilarli

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

darajada bo'lib, ular sinonim, omonimlik, polisemantik xususiyatga ega bo'lish bilan birga so'z ma'nosining kengayishi, so'z yasalishida faol qatnashishi kabi jarayonlarda yetakchi mavqe egallaydi. Shukur Xolmirzayev asarlarining so'z boyligi rang-barang va turfa bo'lib, yozuvchi o'z nasrida asl o'zbekcha, fors-tojikcha, arabcha, ruscha kabi so'zlarni o'rni bilan qo'llagan. Bu ham ijodkorning yuksak mahoratidan darakdir.

REFERENCES

1. Y. Pinxasov. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent, O'qituvchi. - 1969.

2. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent, Universitet, 2006.

3. "O'zbek tilining izohli lug'ati" - Toshkent, 2006.

4. Sh.Rahmatullayev. O'zbek tilining etimologik lug'ati, - Toshkent, 2009.

5. Sh.Xolmirzayev. Saylanma, 1-jild. - Toshkent, 2003.

6. Sh.Xolmirzayev. Saylanma, 3-jild. - Toshkent, 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.