Научная статья на тему 'KOREYS TILIDAGI O‘ZLASHMA SO‘ZLARNING ETIMOLOGIK VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI'

KOREYS TILIDAGI O‘ZLASHMA SO‘ZLARNING ETIMOLOGIK VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1519
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zlashma / etimologiya / koreys tili / leksema / o‘zlashma so‘zlar / neologizm. / assimilation / etymology / Korean language / lexeme / borrowed words / neologism.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xamidova, Dilnavoz

O‘zlashma so‘zlar jahonning barcha tillarida mavjuddir. Ular turli leksemalar, iboralar, turg‘un o‘xshatishlar yoki frazeologizmlardan iborat bo‘lib, odatda o‘zaro yaqin aloqalar, savdo-sotiq, globallashuv, mustamlaka bo‘lish kabi sabablar natijasida chet tilidan kirib keladi va boshqa tilga o‘zlashganda, ko‘pincha bu so‘zlarning yozilishi, talaffuzi va mazmunida o‘zgarishlar yuz beradi. Bu maqolada koreys tilining o‘z ichki xususiyatlari natijasida paydo bo‘lgan neologizmlar va boshqa chet tillardan kirib kelgan ba’zi o‘zlashma so‘zlar hamda ularning etimologiyasi va semantikasi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SEMANTIC AND ETYMOLOGICAL PECULIARITIES OF THE LOANWORDS IN KOREAN LANGUAGE

The borrowed words are available in all the languages of the world. They consist of the lexemes, phrases, idioms, or phraseologies, generally originating from a foreign language as a result of close ties, commercial affairs, globalization, colonization, and when they are assimilated into another language, the content of these words can be changed. This article discusses some neologisms that have arisen as a result of the intrinsic characteristics of the Korean language and borrowings from other foreign languages, as well as their etymology and semantics.

Текст научной работы на тему «KOREYS TILIDAGI O‘ZLASHMA SO‘ZLARNING ETIMOLOGIK VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI»

KOREYS TILIDAGI O'ZLASHMA SO'ZLARNING ETIMOLOGIK VA

SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Dilnavoz Xamidova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy izlanuvchisi dilnavozkhamidova23 @gmail .com

ANNOTATSIYA

O'zlashma so 'zlar jahonning barcha tillarida mavjuddir. Ular turli leksemalar, iboralar, turg'un o'xshatishlar yoki frazeologizmlardan iborat bo'lib, odatda o'zaro yaqin aloqalar, savdo-sotiq, globallashuv, mustamlaka bo 'lish kabi sabablar natijasida chet tilidan kirib keladi va boshqa tilga o'zlashganda, ko'pincha bu so 'zlarning yozilishi, talaffuzi va mazmunida o 'zgarishlar yuz beradi. Bu maqolada koreys tilining o'z ichki xususiyatlari natijasida paydo bo'lgan neologizmlar va boshqa chet tillardan kirib kelgan ba 'zi o 'zlashma so 'zlar hamda ularning etimologiyasi va semantikasi haqida so 'z boradi.

Kalit so 'zlar: o 'zlashma, etimologiya, koreys tili, leksema, o 'zlashma so 'zlar, neologizm.

THE SEMANTIC AND ETYMOLOGICAL PECULIARITIES OF THE LOANWORDS IN KOREAN LANGUAGE

Dilnavoz Khamidova

dilnavozkhamidova23 @gmail .com researcher of Tashkent State University of Oriental Studies, Uzbekistan

ABSTRACT

The borrowed words are available in all the languages of the world. They consist of the lexemes, phrases, idioms, or phraseologies, generally originating from a foreign language as a result of close ties, commercial affairs, globalization, colonization, and when they are assimilated into another language, the content of these words can be changed. This article discusses some neologisms that have arisen as a result of the intrinsic characteristics of the Korean language and borrowings from other foreign languages, as well as their etymology and semantics.

Keywords: assimilation, etymology, Korean language, lexeme, borrowed words, neologism.

Scientific Journal Impact Factor

СЕМАНТИЧЕСКИЕ И ЭТИМОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЗАИМСТВОВАНИЙ В КОРЕЙСКОМ ЯЗЫКЕ

Дильнавоз Хамидова

dilnavozkhamidova23 @gmail. com научный сотрудник Ташкентского государственного университета востоковедения, Узбекистан

АННОТАЦИЯ

Заимствованные слова доступны на всех языках мира. Они состоят из лексем, словосочетаний, идиом или фразеологии, происходящих, как правило, из иностранного языка в результате тесных связей, торговых связей, глобализации, колонизации, и при их ассимиляции в другой язык содержание этих слов может изменяться. В данной статье рассматриваются некоторые неологизмы, возникшие в результате внутренних особенностей корейского языка и заимствований из других иностранных языков, а также их этимология и семантика.

Ключевые слова: ассимиляция, этимология, корейский язык, лексема, заимствованные слова, неологизм.

KIRISH

Koreys tilida chetdan o'zlashgan so'zlarni ko'plab uchratish mumkin. Ammo ularning qaysi tildan o'zlashganligini aniqlash qiyin. Sababi koreyslar chetdan o'zlashgan so'zlarni o'z talaffuziga moslashtirib olishadi. Ya'ni koreys tilida o'zlashma so'zlarni ifodalovchi ayrim tovushlar yo'qligi sababli unga yaqin tovush qo'llaniladi. Agar ular asl tilda bo'lgani kabi yozilsa va ishlatilsa, bu xato bo'ladi, chunki zarurat bo'lmasa, "ikki tilni aralashtirmaslik maqsadga muvofiq va har bir tilning o'z ichki qonuniyatlari mavjud va ularga bo'ysuniladi".

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Neologizmlar haqida yozilgan ilmiy maqola va tadqiqot ishlaridan kelib chiqib o'zlashgan so'zlarni moslashish darajasi va qo'llanishiga ko'ra quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin (Tyson 1993; Usmanova 2014, 2020; Baxronova 2021).

Chet tilidan o'zlashgan leksemalar. Ular boshqa tillardan olingan asl so'zlar bo'lib, qabul qiluvchi tilga deyarli bir xil fonetik moslashuvlar bilan talaffuz qilinadi. Yozuvda o'zlashma so'z aynan kiritilsa ham asl imloning qabul qiluvchi tilida qanday o'qilishiga qarab o'zgaradi, ya'ni qabul qiluvchi til fonetikasiga moslashadi.

Scientific Journal Impact Factor

o

Chet tilidan o'zlashgan leksemalarni ham o'z o'rnida shartli ravishda quyidagilarga bo'lib o'rganadilar: a) moslashmagan o'zlashma so'zlar. Ular boshqa tillardan olingan, qabul qiluvchi tilning orfografiyasiga moslashmagan so'zlardir. Uning talaffuzi, bu so'zlovchining kelib chiqish tilini bilishiga bog'liq. Masalan: apparat, kompyuter; b) moslashgan o'zlashma so'zlar. Odatda bunday leksemalar qabul qiluvchi til qoidalariga moslashadi. Masalan: xakker, gol (ing.: goal). c) ksenizmlar -Ksenizm termini yunoncha so'z bo'lib, "begona so'z, hech qanday o'zgarishsiz yozilgan yot so'z" ma'nolarini anglatadi. Odatda bunday so'zlarning ekvivalenti mavjud bo'lmaydi. Masalan: lord, tolibon, software.

Semantik kalka so'zlar deganda, chet tilidan kirib kelgan so'zlar (iboralar) qabul qiluvchi tilning o'z leksikasi bilan o'zlashtiriladi, yoki tarjimasi qabul qilinishi tushuniladi. Masalan, "Yangi yil bilan" ("S novim godom"), ultratovush, qarg'a qarg 'aning ko 'zini cho 'qimaydi va h.k.

NATIJALAR

Tillarga kirib kelgan neologizmlar va allaqachon o'zlashib o'z so'zga aylangan o'zlashma leksemalarning etimolik va semantik xususiyatlarini o'rganish bevosita lingvokulturologik va lingvogeografik tadqiqotlarga manba vazifasini o'taydi. Quyida koreys tiliga turli chet tillardan kirib kelgan o'zlashma so'zlar -neologizmlarni etimologik-semantik jihatdan tahlil qilib o'tamiz. So'zlarning koreyscha varianti bilan birga qavsda transkripsiyalari keltirildi:

[Khirovasang]: Koreys tiliga ingliz tilidan o'zlashgan ushbu leksema aslida fransuzcha croissant so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "yarim oy" degan ma'noni anglatadi. Ushbu so'zning etimologiyasi Usmonlilar imperiyasining Yevropa davlatlari ustidan qozonilgan g'alabasi bilan chambarchas bog'liq. Yarim oy shaklidagi qarsildoq kroasan ilk bor Vena shahrida g'oliblar sharafiga atab pishiriladi. Keyinchalik fransuzlar tomonidan takomillashtirilgan va turk bayrog'ining xarakterli timsoli sifatida namoyon bo'lgan bu ajoyib taom tezda Yevropada ommalashib ketganligi sababli barcha tillarda o'z o'rniga ega bo'ldi. Boshqa tomondan olib qaraydigan bo'lsak, kroasan fransuzcha croître fe'lining hozirgi zamon shakli bo'lib, "o'sish" degan ma'noni anglatadi. Ya'ni "yarim oy" kroasanni to'lin oyga qarab o'sish holatidagi oy sifatida ham tushunish mumkin. Manbalarda fransuzcha croître fe'li lotincha cresco (crescere-crevi-cretum) fe'lidan olingan bo'lib, u ham "o'sish" degan ma'noni anglatishi yoritilgan. Shuningdek, "yarim oy" ma'nosini anglatuvchi inglizcha so'z crescent so'zi lotincha cresco (crescere-crevi-cretum), crescens fe'lining hozirgi zamon sifatdoshini o'zgartirish orqali yaratilgan so'z ham

Scientific Journal Impact Factor

hisoblanadi. Shunday qilib, "yarim oy" degan ma'noni anglatuvchi inglizcha crescent leksemasi va fransuzcha shirinlik nomi croissant bir xil etimologiyaga ega.

[Shyampu]: Ushbu leksema koreys tiliga ingliz tilidagi "shampoo" so'zidan o'zlashgan. "Tabassum qiluvchi gul" degan ma'noni anglatuvchi hamsohva Janubi-Sharqiy Osiyoda champaka deb ataladi. Hindlar uzoq

vaqt davomida sochlarini xushbo'y champaka gulidan olinadigan ladan (ba'zi o'simliklardan olinadigan, diniy marosimlarda tutatiladigan xushbo'y smola) sovundek ko'piklanuvchi modda bilan yuvganlar. Ushbu leksema hind tilidagi "champo" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "massaj qilmoq" yoki "siqmoq" ma'nosini bildiradi. Ingliz tilidagi "shampoo" so'zi esa champo so'zidan olingan bo'lib, soch yuvish uchun ishlatiladigan suyuq sovun yoki sochni shampun bilan yuvish degan ma'noni anglatadi. Bugungi kundagi suyultirilgan sovun shampunini Yaponiyaning "Takeuchi Kodo" degan dog'larni ketkazuvchi suyuq yuvish vositasini ishlab chiqaruvchi firma boshlig'i ilk bor tayyorlagan. Soch va bosh terisini yuvish uchun dastlab suyuq sovundan tayyorlangan ushbu modda qo'llanilishi haqida o'ylab ko'rsak, bu nom mantiqiy tuyuladi. Demak, bugun koreys va o'zbek tillarida qo'llaniluvchi "shampun" so'zi hindcha campna so'zidan olingan bo'lib, "sochni siqish, bosish, yuvish" degan ma'noni anglatadi.

H [Yoguriti]: Koreys tiliga ingliz tilidagi yoghurt leksemasidan o'zlashgan bu so'z, aslida, fransuzcha yaourt so'zidan kelib chiqqan. Bu fermentlangan sutning bir turi bo'lib, bug'lash orqali uning hajmini yarmigacha kamaytirish va keyin unga achitqi qo'shish orqali tayyorlanadi. Biroq, bugungi tilshunoslikdagi ayrim tadqiqotlarda, lug'atlarda bu so'zning turkiychadan kelib chiqqanligi qayd etilmoqda. "Yogurt" so'zi turkcha "yogurmak ^ yoghhurt" fe'lidan olingan bo'lib, "qotmoq, quyuqlashmoq" ma'nolarini beradi. O'zbek tili izohli lug'atida ham yogurt leksemasi inglizchadan, u o'z o'rnida turkchadan kelib chiqqanligi yoritilgan (2, O'TIL, I T: 371).

^fl"^ [Penti staking]: Ushbu atama koreys tiliga ingliz tilidan o'zlashgan

bo'lib, ingliz tilidagi pantyhose so'zining qisqarib o'zlashgan varianti

"kolgotki", ingliz tilidagi stocking "uzun paypoq, chulki" ma'nolarini

anglatadi. Bu elastikligi yuqori ipak, neylon, spandex (lycra, elastan) kabi nozik matolardan tikilgan xotin-qizlar garderobidan mustahkam o'rin olgan ichki kiyim -kolgotki nomidir. O'zbekchaga kolgotki varianti rus tili vositasida kirib kelgan, ammo bu termin aslida chex tilidagi kalhoty so'zidan kelib chiqqan bo'lib, shim ma'nosida tarjima qilingan. Bu so'zning shimga bog'liqligini quyidagicha izohlash mumkin,

ya'ni o'tmishda Yevropada erkaklar orasida yopishib turuvchi shim - kalhoty kiyish urf bo'lgan. Keyinchalik 19-20 asrdan kolgotki shim ma'nosini yo'qotib, ayollar kiyimi sifatida muhim o'rin egalladi.

^^ [Pija]: Dunyo taomiga aylangan pitsa koreys tiliga inglizcha pizza so'zi orqali o'zlashgan. Aslida, "pizza" so'zi yunoncha Pitta so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "tekis yoyilgan" yoki "yumaloq va yassi non" degan ma'noni anglatadi. Neolit davrida ko'chmanchilar iste'mol qilgan non pitsaning prototipi bo'lganligi, qadimgi Yunoniston xalqi pishirgan non pitsaga aylangani, qadimgi Rimliklarning taomi bo'lgan degan nazariyalar mavjud. Italiyaning go'zal port shahri sanalgan Neapol pitsaning vatani sifatida tan olinadi. Biroq yaqinda italiyalik olim buni rad etib, "pitsa" so'zi hujjatlarda ilk bor qayd etilgan joy sifatida Neapolga tutash Latsio shahrini ko'rsatib o'tdi. Britaniyaning "Independent" jurnali oziq-ovqat tarixini o'rganuvchi Juzeppe Nokaning so'nggi izlanishlarida ham Latsio "pitsa"ning kelib chiqish Vatani degan fikr qo'llab-quvvatlandi. O'zbek tili izohli lug'atida ushbu atamaga yupqa xamir ustiga go'sht, qo'ziqorin, sabzavotlar, pishloq qo'yib pishiriladigan italyancha taom deya ta'rif berilgan (2, O'TIL, I T: 268).

ll^ll [Chellinji]: Koreys tiliga challenge (chaqiriq, qiyinchilik) so'zi ingliz tilidan kirib kelgan. Ushbu leksema aslida lotincha so'zdan kelib chiqqan va u "tuhmat, g'iybat" ma'nolarini anglatgan. Britaniya va Amerika kontekstlarida "challenge" so'zi "katta qiyinchilik", "og'ir ahvol" yoki "e'tiroz" degan ma'nolarni bildirib, ijobiy ma'noda kelmagan. Bugungi kunda ushbu so'z insonning qobiliyatini sinovdan o'tkazadigan chaqiriq ma'nosida, ko'pincha musobaqalarda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez tilga olinmoqda. So'nggi paytlarda juda ko'p qo'llanilayotgan ushbu leksema orqali butun mamlakat bo'ylab mahalliy hokimiyat organlari turli g'oyalarni targ'ib qilmoqda.

^^ [Changni]: Koreys tiliga ingliz tilidagi "genre" so'zidan o'zlashgan bo'lib, "janr, tur" ma'nolarini anglatadi. Bu so'zning etimologiyasi lotincha "kelib chiqish" yoki "tur" degan ma'noni anglatuvchi "genus, generis" so'zlari bilan bog'liq. 12-asrda fransuz tilidagi genre so'zi aslida lotincha hisoblanadi, 14-15-asrlarda bu so'z "tur" va "usul" ma'nolarida qo'llanilgan, 17-asrga kelib esa "moda", "did" mazmunida ishlatila boshlangan. Bugungi kunda ushbu atama adabiyot, musiqa, kino, animatsiya, o'yin, badiiy asarlarni katta toifalarga birlashtirib, mazmunini belgilashda yoki tasniflashda qo'llaniladi. O'zbek tili izohli lug'atida janr atamasi fransuzcha genre so'zidan kelib chiqib, jins, tur ma'nolarini bildirishi, san'at asarlarining syujet va uslub jihatdan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan har bir turini anglatib kelishi ko'rsatilgan. (O'TIL, II T: 72).

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Qisqa qilib aytganda, dunyo tillarining barchasi tarixiy taraqqiyoti davomida o'zga tillardan so'z qabul qilish - neologizmlardan mustasno emas. Neologizm deganda biz "tilning lug'at tarkibiga til tarixining ma'lum bir davrida kiritilgan, boshqa tilga xos yoki qabul qiluvchi lisonning lingvistik vositalari yordamida o'zlashtirilgan, oddiy yoki murakkab shaklli yangi birlik sifatida ko'rsatilishi mumkin bo'lgan leksemalar/jumlalar"ni tushunamiz.

Bu so'zlarning etimologik tadqiqi tilshunoslik va atamashunoslik sohalariga qiziqarli faktlarni taqdim etadi. Shuningdek, biz neologizmlarni ko'rib chiqish davomida nafaqat oddiy, balki murakkab shakllarni (birikmalarni) ham o'z ichiga olishini kuzatdik. Muayyan so'zlashuvchilar guruhiga mansub neologizmlar bilan hammaga tegishli ommabop neologizmlar bir xil ma'no va maqomga ega bo'lmasligi mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Bakhronova, D. (2021). COVID-19 and Higher Education. The globalization of e-learning. Religación. Revista De Ciencias Sociales Y Humanidades, 6(28), 62-69. https://doi.org/10.46652/rgn.v6i28.809

2. O'zbek tilining izohli lug'ati (A. Madvaliyev tahriri ostida). - Toshkent, 20062008.

3. Usmanova, S. (2014). Altay Dillerindeki Bazi Ev Gere? Adlari Üzerine. ílmt Ara§tirmalar : Dil, Edebiyat, Tarih íncelemeleri, (25), 97-103. Geli§ tarihi gonderen http://dergi.fsm.edu.tr/index.php/iadeti/article/view/595

4. Usmanova, Sh., Ismatullayeva, N. (2020). "Expression Of Lacunas In Comparative Study Of Kinship Terms In Chinese And Uzbek Languages." Solid State Technology: n. pag. Print.

5. Бахронова, Д. К. Гендер и целевые концептуальные гендерные стереотипы / Д.К. Бахронова // Сборник трудов III Междунар. науч.-практ. конф. «Гендерные исследования в гуманитарных науках». - URL: http://sibac.info/20188

6. Бахронова, Д. К. Испан ва yзбeк тилларига узлашган теологизмларнинг тарихий-сeмантик таджики / Д.К.Бахронова, Н.О.Абдурахматова. - Текст. // Молодой ученый. - 2021. - № 52 (394).

7. Орленко Л.В. Терминологический словарь одежды. 1996. http://modnaya.ru/articles/dictionary/glossary-of-clothing/index.htm

8. Tyson, R. English Loanwords In Korean: Patterns Of Borrowing And Semantic Change// El Two Talk, Vol 1., No. 1, Arizona University, Spring 1993, pp. 29-36. https: //j ournal s. uair. arizona. edu/index.php/AZSLAT/article/view/21459

9. https://fringilla - pinso.livejournal.com/181729.html

10. https://m.blog.naver.com

11. https://namu.wiki

12. https: //www.arborea1956.com/prodotti/yogurt/

13. https://www.joongang.co.kr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.