Научная статья на тему 'JURNALISTIKA SOHASIGA ILK QADAM NIMADAN BOSHLANADI?'

JURNALISTIKA SOHASIGA ILK QADAM NIMADAN BOSHLANADI? Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1790
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Televideniye / jurnalistika / kommunikatsiya / radio / reklama / imidj / korrespondensiya / obyektivlik / gazeta / publisistika / maqola / taqriz. / Television / journalism / communication / radio / advertising / image / correspondence / objectivity / newspaper / journalism / article / review.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shahnoza Abdukarim Qizi Yangiboyeva

Har bitta soha o’z atamalariga ega. Bu atamalar yillar o’tgan sari ommalashib bormoqda. Bugun bitta mamlakatda yangi so’z paydo bo’ldimi, boshqa mamlakatlarga ham yetib borishi tabiiy hodisa. Bu jarayonning ommalashishiga atama paydo bo’lgan ma’lum sohaning vazifalari kengayishi, jamiyatdagi ahamiyatining ortib borishi sabab bo’ladi. Bugungi kunda jurnalistika sohasi ham jadal rivojlanib borayotgan sohalardan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WHAT STARTS THE FIRST STEP IN JOURNALISM?

Each field has its own terminology. The term has become more popular over the years. Today, it is natural for a new word to appear in one country and spread to other countries. The popularity of this process is due to the expansion of the tasks of a particular industry, which has given rise to the term, and its growing importance in society. Today, the field of journalism is also one of the fastest growing.

Текст научной работы на тему «JURNALISTIKA SOHASIGA ILK QADAM NIMADAN BOSHLANADI?»

JURNALISTIKA SOHASIGA ILK QADAM NIMADAN BOSHLANADI?

Shahnoza Abdukarim qizi Yangiboyeva

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo'nalishi 103-guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Har bitta soha o'z atamalariga ega. Bu atamalar yillar o'tgan sari ommalashib bormoqda. Bugun bitta mamlakatda yangi so'z paydo bo'ldimi, boshqa mamlakatlarga ham yetib borishi tabiiy hodisa. Bu jarayonning ommalashishiga atama paydo bo'lgan ma'lum sohaning vazifalari kengayishi, jamiyatdagi ahamiyatining ortib borishi sabab bo'ladi. Bugungi kunda jurnalistika sohasi ham jadal rivojlanib borayotgan sohalardan biridir.

Kalit so'zlar: Televideniye, jurnalistika, kommunikatsiya, radio, reklama, imidj, korrespondensiya, obyektivlik, gazeta, publisistika, maqola, taqriz.

WHAT STARTS THE FIRST STEP IN JOURNALISM?

Shahnoza Abdukarim kizi Yangiboeva

Uzbek State University of World Languages, Faculty of International Journalism, Student of Group 103, Information Service and Public Relations

ABSTRACT

Each field has its own terminology. The term has become more popular over the years. Today, it is natural for a new word to appear in one country and spread to other countries. The popularity of this process is due to the expansion of the tasks of a particular industry, which has given rise to the term, and its growing importance in society. Today, the field ofjournalism is also one of the fastest growing.

Keywords: Television, journalism, communication, radio, advertising, image, correspondence, objectivity, newspaper, journalism, article, review.

KIRISH

Bu soha ayni matbuotdek inson mafkurasiga tez ta'sir qiluvchi boshqa kuch yo'qligi uchun ham tez rivoj topdi[1] va yana dadil odimlayapti. Albatta, jurnalistika sohasisiz jamiyatni tasavvur qilish qiyin. Negaki, Jurnalistika sohasini bejizga jamiyatning vijdoni deyishmaydi. Qarashlardan ma'lumki jurnalistik atama nihoyatda ko'p. Ushbu sohaga qiziqqan kishi borki, bu atamalar tarixi, kelib chiqishi uni ham

qiziqtiradi. Umuman olganda, millati taqdiriga befarq bo'lmagan har bir inson bunga qiziqishi tabiiy.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jurnalistik atamalarning deyarli barchasini o'zlashma so'zlar tashkil etadi.Filologiya fanlari doktori,professor Abbosali Vafoiy ta'kidlaganlaridek, har bir til boshqa til ta'siriga uchrashi va so'zlar o'zlashtirishi tabiiy jarayondir. Til o'zining asl xususiyatini saqlagan holda, boshqa tillardan yangi leksik elementlarni o'zlashtirgan taqdirdagina rivojlanadi. Ayni damda siz bilan jurnalistika sohasiga boshqa davlatlardan kirib kelgan va eng ko'p ishlatiladigan atamalar mazmuni bilan tanishamiz. Avvalo "Jurnalistika" so'ziga e'tibor qarataylik. Ushbu so'z fransuzcha "Journal" "Kundalik" -har kungi so'nggi axborotlarni beruvchi tarmoq ma'nosini anglatadi.

Jurnalistika so'zi 'ommaviy axborot vositalari', 'mass-media', 'ommaviy kommunikatsiya' tushunchalari bilan ham ma'nodosh bo'lib keladi. Jurnalistika ijtimoiy faoliyat turi.Uning tarkibiga gazeta, jurnal,kitob tahririyatlari, nashriyotlari, tele

"5

va radio, agentliklar, matbuot markazlari,internet va hokazolar kiradi .Bu faoliyat egalari dolzarb axborotlarni to'plash, tahlil qilish va OAV vositalarida elon qilish bilan shug'ullanadi.

"Televideniye" so'zi ruscha "tele" va "videniye" -"Ko'rish", "Ko'rsatmoq" degan ma'noni anglatadi.U harakatlanayotgan tovush va tizimni masofadan uzatish tizimi.Televideniye fan,texnika va madaniyatning ko'rinadigan axborotlarni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bog'liq sohasi; axborotni tarqatish vositalaridan biri

"Radio" lotincha "radiare"- "nur chiqarmoq" demakdir. 1-axborotlari radioto'lqinlar (elektromagnit to'lqinlar) yordamida uzoq masofadan simsiz uzatishva qabul qilish usuli.1895-yilda A.S.Popov ixtiro qilgan.4

"Reklama" fransuzcha so'z bo'lib, o'zbekcha tabdili "qattiq qichqiraman" degan ma'noni bildiradi. Britaniyada faoliyat olib boruvchi reklama sohasidagi mutaxassis -amaliyotchilarning ta'rifi quyidagicha: Reklama mo'ljallangan maqsadli auditoriya uchun tovar va xizmat haqida aniq ifodalangan,imkon qadar kam narxda tayyorlangan va joylashtirilgan habardir.

"Korrespodensiya" lotincha so'zdan olingan bo'lib, 'javob beraman', 'bildiraman'demakdir.5 Gazeta va publisistikaning asosiy janrlaridan biri hisoblanadi.Unda ma'lim davr va o'rindagi aniq ijtimoiy janr qamrab olinadi.Undagi axborot tahliliy tarzda bo'ladi,unda muallif shaxsan o'zi ko'rgan voqealarni aks ettiradi.Xabarlarni dalillar asosida tahlil etadi,umumlashtiradi, xulosa chiqaradi. "Gazeta" italyan tilidan o'zlashtirilgan bo'lib, "gazzetta-chaqa pul" demakdir.Gazeta kundalik voqealar to'g'risida materiallar e'lon qilinadigan va hayotning turli sohalariga

oid voqea-hodisalarni yoritadigan siyosiy-ijtimoiy vaqtli janr.Uning vazifasi jamiyatning axborotga bo'lgan ehtiyojini, ma'naviy intellektual talablarini qondirishdan iborat6.

"Publisistika" lotincha "Publicus- ijtimoiy" ma'nosida ishlatiladi.

MUHOKAMA

n

Davrning ijtimoiy va siyosiy dolzarb masalalariga bag'ishlangan adabiy ijod turi. Uning vazifasi ijtimoiy fikr uyg'otish va uni shakllantirish,ma'lum maqsadga yo'naltirish,hujjatli ma'lumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan iborat.Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador o'tmishva kelajak faktlari publisistikaning predmetidir.

"Imidj"- inglizcgadan o'zlashgan, "siymo", "timsol", "qiyofa" degan ma'nolarni

o

anglatadi.Siz haqingizda o'zga kishilarda paydo bo'ladigan taasurot. 'Kommunikatsiya'-lotincha so'zdan olingan bo'lib,'' muloqot'', "xabar'Y'aloqa" ma'nolarini anglatadi.9

Targ'ibot XIX asr oxiri, XX asr boshlarida kasb sifatida shakllangan. "Targ'ibot" arabcha "targ'ib" so'zining ko'pligi.Targ'ibot -bu biror bir nuqtai nazar , manfaat yoki e'tiqodni qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalaniladigan noxolis ma'lumotdir.Qadimgi yunonlar undan samarali foydalanganlar.Notiqning maydonda davlat siyosatini e'lon qilishi bunga misol bo'la oladi.10

NATIJA

"Maqola" arabcha so'z. Ma'nosi "nutq"-kichik asar. Ma'lum voqea hodisani fikr asosida tahlil qilish orqali yoritiladigan jurnalistik asar.11

"Internet" lotincha tarmoqlar aro demakdir.Publisistik ijtimoiy hayot hodisalarini chuqur tahlil qiluvchi janr.U davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika,fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, tajribalarni ommalashtiradi.Maqolada nuqsonlar tanqid ostiga olinadi.12

"Obyektivlik" inglizchadan o'zlashgan bo'lib, xolislik degan ma'noni anglatadi.Jurnalistika prinsiplaridan biri hisoblanadi. Obyektivlik jurnalistika kasbida eng muhim omil bo'lib, u jurnalistning professionallik darajasini ko'rsatadi. Obyektivlik deganda bo'layotgan voqea -hodisalarga uzatilayotgan yangilik ,reportajga holisona

i -3

shaxs sifatida qarash va uni tahlil qilish tushuniladi.

"Taqriz"- lotincha so'z bo'lib, "ijobiy baho" demakdir.Adabiy tanqid janri.Badiiy,ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek,mazmuni, unda ko'tarilgan muammolar, asrning g'oyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida ,adabiyotda tutgan o'rni haqida ma'lumot beradi.14

XULOSA

Shubhasiz, bugungi kunimizni televideniye, internetsiz tasavvur qila olmaymiz.Televideniye va internet esa Jurnalistika sohasining asosini tashkil etadi Demak, jurnalistika sohasi har bir insonning hayotida muhim ahamiyatga ega.Bu so'zlaming asl ma'nosini anglash jurnalistika sohasiga kirish uchun birinchi eng muhim qadamdir. Bugungi shiddat bilan rivijlanib borayotgan mediamakonda Jurnalistika sohasi va jurnalistning vazifalari tobora ortib bormoqda.Internet oqimi kuchayib borar ekan, bu sohaning yelkasida katta mas'uliyat turibdi.

REFERENCES

[1] Jurnalistika asoslari 2007-yil,16-bet .

[2]Jurnalistika asoslari 2007-yil, 6-bet.

[3] Jurnalistika nazariyasi, tarixi va taraqqiyoti .2019-yil.9-10-betlar.

[4] Jahon jurnalistikasi tarixi 2006-yil. 317-bet.

[5] Jurnalistika asoslari.2007-yil. 58-bet.

[6]Jahon jurnalistikasi tarixi.2006-yil.167-bet.

[7] Jurnalistika asoslari.2007-yil.53-bet.

[8] Zamonaviy media muhitda pr-xizmatlar .2019-yil.496-bet.

[9] Jahon jurnalistikasi tarixi.2006-yil.85-bet.

[10] Zamonaviy media muhitda pr-xizmatlar2019-yil.27-bet.

[11] Tahliliy j urnalistika.2019-yil .43 -bet.

[12] Jurnalistika asoslari.2007-yil.26-bet.

[13] Jurnalistika nazariyasi ,tarixi va taraqqiyoti.2019-yil.70-bet.

[14] Tahliliy jurnalistika .2019-yil.130-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.