Научная статья на тему 'INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI O‘XSHATISH ETALONLARI VA ULARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI'

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI O‘XSHATISH ETALONLARI VA ULARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
744
150
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etalon / o‘xshatish / metafora / allegoriya / lingvomadaniy xususiyatlar / lingvokulturologiya. / ethalon / standard / analogy / metaphor / allegory / lingvocultural features / lingvoculturology.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sodiqova, S.T.

Ushbu maqolada o‘xshatish etalonlarining ingliz va o‘zbek tilidagi xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi va ularning lisoniy madaniy mazmuni tadqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ETHALONS (SIMILARITY STANDARDS) IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES AND THEIR LINGVOCULTURAL FEATURES

This article focuses on the features of ethalons (similarity) standards in Uzbek and English. It also illustrates the cross-cultural similarities and differences between them.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI O‘XSHATISH ETALONLARI VA ULARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI O'XSHATISH ETALONLARI VA ULARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Sodiqova S.T.,

Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Ushbu maqolada o'xshatish etalonlarining ingliz va o'zbek tilidagi xususiyatlariga alohida e'tibor qaratiladi va ularning lisoniy madaniy mazmuni tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: etalon, o'xshatish, metafora, allegoriya, lingvomadaniy xususiyatlar, lingvokulturologiya.

ETHALONS (SIMILARITY STANDARDS) IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES AND THEIR LINGVOCULTURAL FEATURES

ABSTRACT

This article focuses on the features of ethalons (similarity) standards in Uzbek and English. It also illustrates the cross-cultural similarities and differences between them.

Keywords: ethalon, standard, analogy, metaphor, allegory, lingvocultural features, lingvoculturology.

ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗЦОВ СРАВНЕНИЯ В АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена особенностям образцов сравнений(симуляций) на узбекском и английском языках. Статья также иллюстрирует межкультурные сходства и различия между стандартами.

Ключевые слова: эталон, аналогия, метафора, аллегория, лингвокультурологические особенности, лингвокультурология.

O'xshatish turli xalqlarning madaniyatini yaqqol namoyon qilib beruvchi stilistik vositalardan biri deya olamiz. Ularda gapiruvchining kechinmalari, tasavvurlari, shuningdek, butun xalqning milliy va madaniy an'analari muhrlangan bo'ladi. O'xshatishlar o'ziga xos obrazli tafakkur mahsuli sifatida yuzaga keladi.

O'xshatish ham badiiy tasvir vositasi sifatida, ham stilistik trop sifatida o'rganiladi. Shuning uchun ular nutqda hamisha badiiy-estetik qiymatga ega bo'ladi,

ANNOTATSIYA

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nutqning emotsional-ekspressivligi, ifodaliligi, ta'sirchanligini ta'minlashga xizmat qiladi. O'xshatish nutqning mazmundorligi va unumdorligini oshiradi va gapiruvchi yoki yozuvchining estetik mahoratini ham ko'rsata oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Professor Nizomiddin Mahmudov o'zbek tilidagi o'xshatishlarni to'rt unsurga ajratib, ularni o'xshatiladigan narsa yoki subyekt, o'xshatish etaloni, o'xshatish asosi va o'xshatishning shakliy ko'rsatkichi deb nomlaydi.[1]

«Tog'lardagi qip-qizil lola

Bo'lib guyo yoqut piyola.

Buloqlardan uzatadi suv

El ko'zidan qochadi uyqu» (H.Olimjon).

Bunda o'xshatish subyekti - lola, o'xshatish etaloni - piyola, o'xshatish asosi -yoqut, o'xshatish vositasi - go'yo. O'xshatishda chog'ishtiriladigan narsa ham asosan uning to'g'ri ma'nosida qoladi. O'rganish jarayonida o'xshatishlarning ikki turini uchratishimiz mumkin. Ular :

1) individual-muallif o'xshatishlari yoki erkin o'xshatishlar;

2) umumxalq yoki turg'un (doimiy) o'xshatishlar.

Tildagi o'xshatishlarni tadqiq etgan tilshunoslarning aksariyati turg'un o'xshatishlarning idiomalarga yaqin turishini yoki idioma maqomida bo'lishini, ular ko'p asrlar mobaynida kishilar nutqida qo'llanish natijasi sifatida turg'unlashib, so'zlovchilar ongida muayyan modellar shaklida mustahkamlanib qolishini, o'xshatish etalonining, ya'ni o'xshatish asosidagi obrazning muayyan belgi-predmet bilan muntazam va qat'iy bog'liq bo'lishini ta'kidlaydi. [3.80]

Turg'un o'xshatishlar tarkibida o'xshatish obrazi, ya'ni etaloni alohida ahamiyat kasb etadi.Bu unsur o'xshatishning markazini tashkil qiladi va boshqa unsurlar (o'xshatish subyekti, asosi, ko'rsatkichi) ayni shu etalon atrofida birlashadi.V.Maslovaning fikricha , o'xshatish etalonlari an'anaga kirgan obrazlar sifatida xalqning dunyoni o'ziga xos idrok etishning ifodachisi bo'lganligi bilan til,madaniyat va mentalitet munosabatlarini belgilash jihatidan juda muhimdir . Chunki bu o'rinda ma'lum predmet bir predmetga o'xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o'rinda ikkinchi narsaga o'xshatilishi mumkin va bu elementlar turli millatlarda turlicha ifodalanadi.

O'zbek tilining izohli lug'atiga ko'ra [5], turli lingvomadaniyatlarda muayyan bir narsaning, masalan, hayvonning turg'un o'xshatish etaloni sifatida qo'llanishini kuzatish mumkin. Masalan, tulki ayyorlik, aldoqchilik, yolg'onchilik ramzi, etaloni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sifatida o'zbek, ingliz va boshqa ko'plab tillarda faol ishlatiladi, masalan: "tulkiday ayyor", "хитрый как лиса" (rus madaniyatida), "as false as fox", "as sly as a fox", "as cunning as a fox" (ingliz tilida). Shuningdek, o'zbek tilining o'ziga xos turg'un o'xshatishlari sifatida "qo'ydek yuvosh", "arvohday ozg'in", "echkidek qaysar","musichaday beozor" kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin. "Musichaday beozor "o'xshatish etalonida milliy-madaniy konnotatsiya mavjud, unda "beozorlik" belgisining o'zbek xalqiga xos ta'kidi yaqqol o'z ifodasini topgan.[4]

Bora-bora musichadek beozor dadam chindan ham oyimdan qo'rqishiga ishondim.(O'.Hoshimov.Ikki eshik orasi ).

Ingliz lingvomadaniyatida esa "beozorlik" timsoli sifatida "kabutar" qabul qilinganini kuzatish mumkin: As harmless as a dove (Kabutarday beozor).

She spread about her beauty for a snare, harmless as doves. (Christina Rosetti) Yoki koreys tilida "sigirday beozor" birikmasini uchratish mumkin. O'zbek tilidagi "qo'yday yuvosh"etaloni boshqa tillarda "yuvoshlik" emas ,balki qo'rqoqlik, qaramlik, bo'ysinuvchanlik, mustaqil fikrga ega emaslik belgisini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu ham o'ziga xos milliy-madaniy qarash mahsulidir.

Hamma narsaning oqibatini o'ylayverib, qo'yday yuvosh , chumchuqday qo'rqoq bo'p qopman-, Sadir nozir uning ko'zlariga qattiq tikildi.(N.Norqobilov) People,like sheep, tend to follow a leader- occasionally in the right direction. ( Alexander Chase )

Ingliz tilida sog'lomlik, baquvvatlikni ifodalash uchun "as healthy as a goat" ( takaday sog'lom ) etaloni qo'llaniladi, o'zbek tilida esa "otday baquvvat" deb ishlatiladi.

Yes,yes.That's it.You look healthy as a goat .( E.Xeminguey) Xo'sh.Xo'sh.Buni qarang-a.Otday baquvvat ekansiz.

Semiz insonlar salbiy munosabat ma'nosi bildirilganda ingliz tilida cho'chqaga qiyoslanadi : He is as fat as a pig. O'zbek tilida bu o'rinda "bo'rdoqiga boqilgan qo'ydek" o'xshatishi ishlatiladi.

Yana yemishdan gapirasan-a!- deya o'g'liga zardasi qaynab tikildi Qo'zi qassob.-Bo'rdoqiga boqilayotgan qo'ydek yaltillab ketganingni qara (A.Obidjon.Oltin yurakli avtobola )

Qattiq bezovta, chorasiz insonlar uchun ingliz tilida " like a bat out of hell " (do'zaxdan chiqqan ko'rshapalakday), o'zbek tilida esa "oyog'i kuygan tovuqday" o'xshatishlari qo'llaniladi.

Go'zallikni ingliz lingvomadaniyatida as beautiful as a rainbow (kamalakday ), as beautiful as a picture( suratday), as beautiful as a spring time ( bahorday)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'xshatishlari bilan beriladi, lekin o'zbek tilida bu ma'noni ifodalash uchun " oyday", "suqsurday" o'xshatishlari mavjud bo'lib, suqsur o'rdakning bir turi bo'lgan qush nomidir. Ushbu o'xshatish faqat o'zbek tiliga xos bo'lib , unda milliy-madaniy qarashni ko'rish mumkin.

Mazkur o'xshatish etalonlari milliy dunyoqarash, dunyodagi hodisalarni milliy tasavvurlarga ko'ra taqqoslash, qiyoslash natijasida shakllangan._Demak, turli tillarda o'xshatish etalonlarining tanlanishida ham farqli milliy-etnik idrok hal qiluvchi rol o'ynaydi.Aytish mumkinki, etalonlar dunyoning obrazli qiyoslanishidir. Tilda etalonlar ko'pincha turg'un qiyoslamalar ko'rinishida mavjud bo'ladi, shunga qaramay, insonning dunyoni taqqoslashdagi har qanday tasavvuri ham etalon b o'lishi mumkin. Xullas, o'xshatish etalonlari predmetlar, obyektlar va hodisalarning xususiyatini, sifatini qiyoslaydigan mohiyatdir. Etalonlar allegorik birliklarda ham namoyon bo'la oladi. Chunki allegoriya, o'xshatish, metafora kabi stilistik troplar turli jihatlardan ham o'xshash, ham farqli jihatlarini namoyon qila oladi. O'xshatish etalonlarini lingvomadaniy jihatdan o'rganish va tahlil qilish jarayonida ramzning belgilik jihati qiziqtiradi. Masalan, turli madaniyatlarda, shuningdek g'arbiy mamlakatlarda kabutar - tinchlik ramzi hisoblanadi, nasroniylikda Muqaddas ruh ramzi, yarim oy - Islom dini ramzi, Xoch yoki unga o'xshash belgi - nasroniylik ramzi sanaladi. Daraxtlar, gullar, o'simliklar ham ramz sifatida qo'llaniladi. Jumladan, xrizantema Xitoyda o'lim, qabriston tushunchalarini anglatadi. Yoki qirqquloq yaponlar uchun kirib kelayotgan yangi yilda omad tilash, ruslar uchun esa o'lim, qabriston belgisi hisoblanadi. Bu kabi ramzlardan turli millatlar turli xil holatlarda ishlatishlari mumkin. Yuqorida berilgan misollar buning tasdig'i bo'la oladi. Xususan, ranglardan ham ramz sifatida keng foydalaniladi. Aksariyat xalqlarda oq - yaxshilik, qora esa - yovuzlikni anglatsa, Afrikaliklar uchun har ikkala rang ham neytral mazmun kasb etadi. Ya'ni ular uchun bu ranglar shunchaki, rang tus hisoblanadi va asosiy mazmun kasb etmaydi.

O'xshatish tasvir obyektini boshqa narsa-hodisaga o'xshatish orqali yorqin va bo'rttirib tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi bo'lib, bunda o'xshatilayotgan narsa-hodisalar uchun umumiy belgi-xususiyatlarga tayaniladi.[4.375]

"As hungry as a bear" iborasiga e'tibor beradigan bo'lsak, bu birikma ingliz tilida "ayiqday och" ma'nosini beradi va o'zbek tilidagi "och bo'riday" o'xshatish etaloniga teng keladi. "Och" so'zining bo'ri bilan birga ishlatilishi o'zbek lingvkulturologiyasiga xos bo'lib, o'zbek xalq ertaklaridagi och bo'ri tinglovchiga namoyon bo'lishi mumkin. Jumladan, mif, ertak, doston va badiiy asar qahramonlari ishtirok etgan muayyan o'xshatishlar mavjud bolib, ular orqali xalqning o'ziga xos

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

milliy madaniyatini, nutq uslublarini, va tasvir vositalarini chuqur anglab yetish mumkin. Masalan, o'zbek tilida "baquvvat, pahlavon, gavdali, juda ham kuchli, bahodir" kabi sinonim so'zlar ma'nosida ishlatiladigan "Alpomishdek" o'xshatish etaloni, ingliz tilidagi "jasur va botir" ma'nosida qo'llanuvchi "as brave as Robin Hood" o'xshatish birligi bilan sinonimlik xosil qiladi. O'z o'rnida ta'kidlash joizki, o'xshatish etaloni, juda ko'plab tillarda sinonimlikni hosil qila oladi. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan birikmalar bunga misol bo'la oladi.

Lingvomadaniyatshunoslikning predmeti - madaniyatda ramziy, obrazli, metaforik ma'no kasb etgan va natijalari inson ongida umumlashtirilib mif, afsona, folklor va diniy diskurslarda, poetik va prozaik badiiy matnlarda, frazeologizmlarda, metaforalarda va ramzlarda aks etadigan til birliklari hisoblanadi. Bunda muayyan lingvokulturologik birlik bir paytning o'zida bir qancha semiotik tizimlarga tegishli bo'lishi mumkin: ma'lum bir odat frazeologizmga, maqolga, matalga aylanishi mumkin.

Xulosa qilib aytish mumkinki, o'xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. O'xshatishlar o'zida ijtimoiy-tarixiy, madaniy, adabiy axborot saqlaydi.Turg'un o'xshatishlar har ikki tilning tamomila o'ziga xos boyligi, xalq milliy-madaniy tasavvuri va an'analarini aks ettiruvchi , bejirim va ta'sirli nutq imkoniyatlariga kuch beradigan tuganmas manba, avlodlar o'rtasidagi obrazlar vorisiyligini saqlovchi muhtasham vosita sifatida juda katta etnopsixologik, lisoniy madaniyatshunoslik va lingvopoetik qimmatga ega.

REFERENCES

1. Maxmudov N. O'xshatishlarda milliy mentallik jozibasi .Til va adabiyot ta'limi . 2019 yil, 2-son.

2. Maxmudov N., Xudoyberganova D. O'zbek tili o'xshatishlarining izohli lug'ati. -Toshkent :Ma'naviyat, 2013.

3. Некрасова Н. Сравнения общеязыкового типа в аспекте сопоставительного анализа художественных идиолектов // Лингвистика и поэтик. -М.: Наука, 1979. -С. 225; Лебедова Л. Устойчивые сравнения русского языка. -Краснодар: Кубинский ГУ, 2003. -С. 3; Хакимзянов Ф. О словаре устойчивых сравнений татарского языка // Российская тюркология. -Москва-Казань, 2010. -№2. -С. 80.

4. Rajapova Malika Ahmadali qizi, Allegorical Means Specific to Oral Speech, European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 2 | Issue 2 | ISSN: 2795-8612. Page 85-87

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. O'zbek tilining izohli lug'ati, "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Til va Adabiyot instituti.

6. file:///C:/Users/ACER/Downloads/104-TeKCT%20cTaThH-191-1-10-20201028.pdf

7. https: //pshedu.jspi.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.