Научная статья на тему 'INDIVIDUAL-MUALLIF O‘XSHATISHLARI VA KONNOTATSIYA (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA)'

INDIVIDUAL-MUALLIF O‘XSHATISHLARI VA KONNOTATSIYA (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
124
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘xshatishlar / turg‘un o‘xshatishlar / individual-muallif o‘xshatishlari / ideostil / konnotatsiya / emotsionallik / baho kategoriyasi / ekspressivlik. / similes / static similes / individual-author similes / ideostyle / connotation / emotionality / evaluation category / expressiveness.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Eshmuminov, Asqar Allamurodovich, Xursandova, Kibriyo Azamatovna

Maqolada o‘zbek tilshunosligida individual-muallif o‘xshatishlarining o‘rganilishi va bu turdagi o‘xshatishlarga xos xususiyatlarning ta’rifi keltirilgan. Shuningdek, o‘xshatishlar semantikasidagi konnotativ ma’nolar Nazar Eshonqul hikoyalari misolida ko‘rsatib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDIVIDUAL-AUTHOR SIMILARITY AND CONNOTATION (EXAMPLE OF NAZAR ESHONQUL'S STORIES)

The article describes the study of individual-author similes in Uzbek linguistics and the description of the characteristics of this type of simile. Connotative meanings in the semantics of similes are also shown on the example of Nazar Eshanqul stories.

Текст научной работы на тему «INDIVIDUAL-MUALLIF O‘XSHATISHLARI VA KONNOTATSIYA (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

INDIVIDUAL-MUALLIF O'XSHATISHLARI VA KONNOTATSIYA (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA)

Eshmuminov Asqar Allamurodovich

Filologiya fanlari doktori, dotsent Xursandova Kibriyo Azamatovna Termiz davlat universiteti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada o 'zbek tilshunosligida individual-muallif o'xshatishlarining o'rganilishi va bu turdagi o'xshatishlarga xos xususiyatlarning ta'rifi keltirilgan. Shuningdek, o'xshatishlar semantikasidagi konnotativ ma'nolar Nazar Eshonqul hikoyalari misolida ko 'rsatib beriladi.

Kalit so'zlar: o'xshatishlar, turg'un o'xshatishlar, individual-muallif o 'xshatishlari, ideostil, konnotatsiya, emotsionallik, baho kategoriyasi, ekspressivlik.

ABSTRACT

The article describes the study of individual-author similes in Uzbek linguistics and the description of the characteristics of this type of simile. Connotative meanings in the semantics of similes are also shown on the example of Nazar Eshanqul stories.

Keywords: similes, static similes, individual-author similes, ideostyle, connotation, emotionality, evaluation category, expressiveness.

KIRISH

Har bir asar muallifi o'ziga xos dunyoqarash egasi sifatida o'z asarini turfa ranglarga bo'yab, bir-birini takrorlamagan go'zalliklar yaratadi. O'xshatishlar badiiy adabiyotda keng qo'llaniladigan eng yorqin obrazli vositalardan biridir. Muallif badiiy matnning xarakteristikasidan kelib chiqib turfa o'xshatishlarni qo'llaydi. Bunda obraz yaratishda tilning barcha imkoniyatlaridan foydalanadi. Badiiy adabiyotda qo'llaniladigan o'xshatishlar, asosan, individual-mualliflik xususiyatiga ega bo'lib, adabiyotshunoslar, tilshunoslar uchun boy material hisoblanadi. Shuningdek, "til birliklarini tilning va madaniyatning integratsiyalashgan birliklari sifatida milliy-madaniy mazmun nuqtai nazaridan o'rganadigan lingvomadaniyatshunoslik" [3] uchun ham boy manba bo'lib, olam lisoniy manzarasini obrazli ifodalashda muhim o'rin tutadi. Har qanday o'xshatishlarning asosini baho munosabatlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. O'xshatishlar sematikasidagi baho munosabatlarini aniqlash milliy-madaniy konnotatsiyaga oydinlik kiritadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'xshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalar sifatida fikrimizni obrazli ifodalash vositasi bo'lib kelgan. Bu ayniqsa, badiiy adabiyotda, xususan, badiiy asarlarda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

muallifning ijodiy maqsadini omalga ishirishda: badiiy asar tilini bezash, tasvirni yorqin va tushunarliligini ta'minlashda juda qo'l keladi.

Individual-muallif o'xshatishlariga berilgan ta'riflarda ham mushtaraklik bor. Xususan, rus tilshunosligida E.V.Ogoltseva erkin (individual-muallif) o'xshatishlarining turg'un o'xshatishlardan farqi ijodiy harakat natijasi ekanligini va bunday o'xshatishlar kontekst bilan uzviy aloqadorligi bilan xarakterlanishini ta'kidlaydi[11]. O'zbek tilshunosligida individual-muallif o'xshatishlari haqida M.Mukarramov, M.Yo'ldoshev, N.Mahmudov, D.Xudoyberganova, Sh.Usmonova va boshqa tilshunoslar fikr bildirgan. Individual-muallif o'xshatishlariga berilgan ilk ta'rif M.Mukarravga tagishlidir. Tilshunos olim badiiy adabiyot tilidagi o'xshatishlarni ilk marotaba an'anaviy (turg'un) va individual o'xshatishlariga ajratadi. Individual o'xshatishlarni: "yozuvchining xalq tilidan mohirona foydalanishi orqali qo'llagan o'xshatishi bo'lib, ularda emotsionallik-ekspressivlik, obrazlilik yaqqol gavdalanib turadi" deb ta'riflaydi[5]. Keyinchalik M.Yo'ldoshev ham individual-muallif o'xshatishlariga xuddi shu mazmundagi ta'riflarni keltiradi: "Xususiy muallif o'xshatishlari yozuvchining o'z nigohi, kuzatuvchanligi, badiiy taxayyuli, anologiya quvvati asosida xalq tilidan foydalangan holda yaratgan o'xshatishlaridir. Bunday o'xshatishlarda originallik, obrazlilik va ekspressivlik hamisha yorqin ifodalangan bo'ladi"[9]. Sh.Usmonova talqinida o'xshatishlarning bu turi "muallifning o'ziga xos original o'xshatishi bo'lib, u yozuvchining mahoratini belgilaydi"[6].

Har qanday yozuvchining qiyoslash-o'xshatish tizimi uning idiostilining eng yorqin va o'ziga xos ko'rsatgichlaridir. Idiostil deganda muallifning individual uslubi tushuniladi. Shuningdek, u muallif ruhiyati bilan uzviy bog'lanadi. M. Abdupattoevning aytishicha, o'zbek tilshunosligida muallif idiostilini ilk marotaba ilmiy asosda o'rgangan S. Umirova idiostilni poetik individuallik atamasi ostida tadqiq etadi va "ijodkorning individual mahorati sabab, matnda qo'llanilgan har bir til materiali poetik birlikka va faqat shu ijodkor uslubiga xos bo'lgan individual vositaga aylanishi mumkin" ligini ta'kidlaydi. "Shu bilan birga, muallif idiostili tilni yangi birlik va vositalar bilan boyishi uchun manba bo'lib xizmat qiladi" [1]. Ba'zi tadqiqotlarda lingvokulturologiyani turg'un o'xshatishlar, lingvopoetikani esa individual-muallif o'xshatishlari qiziqtirishi aytiladi. Ammo bu fikrga qo'shilib bo'lmaydi. Har ikki turdagi "o'xshatishlar har bir xalqning lingvomadaniy boyligi bo'lib, ular milliy dunyoqarash, dunyodagi predmet, hodisa va harakatlarni milliy tasavvurlarga ko'ra taqqoslash, qiyoslashdir" [7].

Individual-muallif o'xshatishlari faqat badiiy asarlarda emas, balki xalq og'zaki ijodi uchun ham xosdir. Bu haqida J.Eshonqul shunday deydi: ".. .baxshi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

yoki ertakchi ham asarga o'z individual o'xshatish, qiyoslarini ham kiritishi mumkin. Ammo bu ham an'anaga, epik ijod qonuniyatlariga mos kelmasa, asar syujetiga singishmaydi, uning "yotligini" xalq darrov anglab oladi. O'zida xalqning an'ana, udum, marosim, fikr tarzini ifoda etgan detalgina xalqona obrazning ma'nosini ochishi, kengaytirishi mumkin"[2]. Bundan ayon bo'ladiki, har qanday matn muallifi u baxshimi, ertakchimi, yozuvchimi asarga olib kirayotgan qiyoslash-o'xshatishi, avvolo, til egalari bo'lgan xalq uchun tushunarlilik kasb etishi, tafakkurida aniq tushuncha tarzida inikos topishi va o'zi mansub bo'lgan millatning madaniy saviyasini aks ettira olishi lozim. Bobur tili bilan aytganda, bu bilan: "yozuvchiga ham, o'quvchiga ham tashvish kamroq bo'ladi"[10].

Tarixiy taraqqiyot natijasida individual-muallif o'xshatishlari tez-tez takrorlanib, til egalarining xotirasida saqlanib qolishi bilan barqarorlashib boradi. Turg'un o'xshatishlarning ham aksariyati xuddi shunday individual-muallif o'xshatishlaridir. Muallif o'xshatishlari uchun turg'un o'xshatishlar asos vazifasini ham o'taydi. Bu haqida E.V.Ogoltseva ham aytib o'tgan. Ilmiy adabiyotlarda o'xshatishlarning to'rt komponentdan tashkil topishi ta'kidlanadi, ya'ni: o'xshatish subyekti (A), o'xshatish etaloni (B), o 'xshatish asosi (D) va o 'xshatish vositasi (E). Turg'un o'xshatishlarning B elementi qanchalik keng tarqalgan bo'lsa, uning qiyosiy aloqalari shunchalik kuchli va aniqroq bo'ladi. Uning individual ijodiy, obrazli qurilishda qo'llanilishi shunchalik kutilmagan tasvirlarni yuzaga chiqaradi[11]. Ikki kundan so'ng esa birinchi suratdan boshqa hamma suratlardagi manzaralar bir-biriga aralashib ketdi, so'ng yo'l-yo'lakay daraxtga bir zum qo'nib o'tgan qushlar kabi xotiram daraxtlaridan uchib ketdi (Maymun yetaklagan odam). Keltirilgan parchada xotira daraxtga, suratlardagi manzara qushga nisbatlangan. Bu orqali o'quvchi osmonu falakda uchib kelayotgan qushning daraxtga ohista qo'nishi va hech qancha vaqt o'tmay "pir" etib uchib ketishini ko'z o'ngida gavdalantiradi. Agar qush faqat turg'un o'xshatish etaloni bo'lib kelganida, yuqoridagi matn "Ikki kundan so'ng esa birinchi suratdan boshqa hamma suratlardagi manzaralar bir-biriga aralashib ketdi, qushlar kabi xotiram daraxtlaridan uchib ketdi" tarzida berilardi va bu bilan obrazlilik pasayib, tavsiriylik yo'qolardi. Turg'un o'xshatishlarning yuqori darajada obrazlilik kasb etishi ko'p hollarda muallif mahoratiga bog'liq bo'ladi. Mualliflar tomonidan keltirilgan erkin o'xshatishlarning aniq sanog'ini olib bo'lmaydi. Sababi bu turdagi o'xshatishlar asar matnida turg'un o'xshatishlardan ko'p qo'llaniladi. Ammo kichik janrlarda, jumladan, hikoyada nisbatan olish mumkin. Masalan, yozuvchining "Maymun yetaklagan odam" hikoyasida 30 ga yaqin individual-muallif o'xshatishlari qo'llanilgan bo'lsa, turg'un o'xshatishlarning soni esa 10 taga ham bormaydi. Bu esa badiiy asarni yaratishda ijodkorning taxayyuli, anologiya quvvatining mahsuli bo'lgan erkin

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

o'xshatishlarning muhim o'rin tutishini ko'rsatadi. Turg'un o'xshatishlarda bo'lganidek, individual-muallif o'xshatishlari ham baho munosabatlaridan holi bo'lmaydi. Chunki bu turdagi o'xshatishlar ekspessivlik, bo'yoqdorlik, obrazlilik, orginallik ustida quriladi. Turg'un o'xshatishlar semantikasida konnotativ ma'noning muhim o'rin tutishini ko'plab tadqiqotlarda ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Bu bilan konnotatsiyani faqat turg'unlik kasb etgan birliklar uchun xos deb o'ylamaslik kerak. O'z vaqtida M.Mukarramov ham individual-muallif o'xshatishlarini "ijobiy" va "salbiy" baho munosabatlari tashkil atishini aytib o'tgandi. Konnotatsiyaning individual-muallif o'xshatishlarida namoyon bo'lishi haqida gapirishdan oldin uning muhim tarkibiy qismlari haqida to'xtalib o'tish lozim. Sh.Maxmaraimova konnotatsiyani: "tasavvur - predmet, belgi, tushunchalarning subyektiv hissiy akslanishi; hissiy unsurlar; madaniy unsur; maydon; belgining maqomi, dunyoqarash va sinfiy komponent" sifatida tushuntiradi[4]. Konnotatsiya odatda mayda bo'laklardan tashkil topadi hamda bu bo'laklar bir-biridan mustaqil ma'no anglatmasdan, balki umumiylik kasb etib, mazmun tomondan bir-biriga birlashadi. "Shu sababdan semantik tahlilda konnotativ komponentlar umumiy holda tekshiriladi. Konnotativ komponent nutqni yuzaga chiqaruvchi, kommunikatlarning voqelikka munosabatini bildiruvchi unsur bo'lib, dastlab so'z ijodkorlari tomonidan payqaladi, his etiladi" Konnotativ ma'no to'rtta asosiy komponentdan tashkil topadi: emotsional, ekspressiv, baholovchi va uslubiy komponent. Bu komponentlar lug'at tarkibidagi katta miqdordagi so'zlarning semantikasida mavjud bo'ladi va "ijobiy" va "salbiy" bo'yoqdorlikni ifodalaydi[4].

Emotsionallik so'zlovchi va tinglovchining nutq jarayoni (matn) da voqelik yoki obyekt haqida hosil bo'lgan, his qilgan yoqimli va yoqimsiz, yaxshi va yomon his tuyg'ularini namoyon qiladi. Lisoniy belgining emotsionallikni ifoda etishi kommunikativ xususiyatlarga ega bo'lmagan undovlar bilan, o'z va ko'chma ma'no bilan, modal shakl yasovchi qo'shimchalar bilan, fe'li birikmalar bilan hamda matnning umumumiy mazmuni bilan yuzaga chiqadi[4]. Biz e'tiborizni oxirgi: matnning umumiy mazmuniga qaratamiz. Ma'lumki, individual-muallif o'xshatishlari o'xshatish mazmuni ifodalangan matn ko'rinishida ham namoyon bo'ladi. D. Xudoyberganova o'xshatishning matn referensiyasiga munosabatiga ko'ra ikki turini ajratib ko'rsatadi: 1. Tarkibidagi jumlalarda o'xshatish qurilmasi mavjud bo'lgan matnlar. 2. Matn mazmunidan o'xshatish munosabati anglashiladigan matnlar. O'xatishga asoslangan matn semantikasida o'xshatish mazmuni butun matn bo'ylab tarqalgan bo'ladi. Bunda birinchi jumlada kelgan o'xshatish ma'nosi matnning boshqa jumlalarida ham davom etadi va uning nima uchun aynan unga o'xshatilayotgani izohlanadi. Matn o'xirida esa matn boshida kelgan so'z takrorlanib,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

natija yuzaga chiqadi[8]. Ish xuddi oxiriyo'qyo'lga o'xshar ekan. Butun vujudingni unga botirib tashlaganing va har bir lahzangni, soniyangni sart qilganing bilan, bir kuni erta tongda uyg'onarkansanu hali hech narsa qilib ulgurmaganingni, o 'rningdan turishing bilan askarni jang kutgani kabi, seni ham bir olam ish kutib turganini anglab qolarkansan (Xayol tuzog'i). Keltirilgan matnda emotsionallikni yuzaga chiqaruvchi hech bir grammatik vosita qo'llanilmagan. Lekin mazkur matnning umumiy ma'nosidan ish hech qachon tugamaydi degan emotiv hissiy bo'yoqdorlik yuzaga chiqadi. Bu bilan emotsionallik individual-muallif o'xshatishlari semantikasining asosiy uzvlaridan biri ekanligi oydinlashadi.

"Belgi anglatgan ma'nodagi baholovchi komponent - so'z ma'nosida mavjud "ma'qul" va "ma'qul emas" mezonini keltirib chiqaruvchi komponentdir" "baho komponenti asosiy ikki: ijobiy (meliorativ) va salbiy (peyorativ) bahodan tarkib topadi"[4]. Bu kabi baho munosabatlari barcha til birliklari uchun umumiy dir. Baho komponenti orqali til jamiyatidagi kishilarning ma'naviy dunyosi, milliy-madaniy o'ziga xosligi, qadriyatlar tizimi yaqqol namoyon bo'ladi. Baho komponentlari badiiy asarning suyujet tizimini hosil qiladi. Chunki har qanday asarda "ijobiylik va salbiylik", "yaxshilik va yomonlik" nuqtasi kesishadi. Badiiy asarda individual-muallif o'xshatishlaridagi baho komponentlari turli harakat-holatlarni yuzaga chiqaradi. Masalan, asar qahramonlarining ruhiyatidagi evrilishlarni aks etirib, asar suyujetini kutilmagan tomonga ham burib yuborishi mumkin. N.Eshonqulning "Shamolni tutub bo'lmaydi" hikoyasida shunday jumla bor: Bayna momo unga o'qrayib qaradi va ko'zlarida birdan alam yondi: qizlar qo'rqib ketishdi: ko'z oldilarida Bayna momoning butun tanasi birdan tutab jo'naganday tuyildi. Qizlar dud hidini aniq sezishdi (Shamolni tutib bo'lmaydi). Keltirilgan parchada Bayna momoning butun tanasini birdan tutab jo'nashiga qizlarning: " -Agar o'g'lingiz bo'lganida men sizga jon-jon deb kelin bo'lardim" gapi favqulotda ta'sir qiladi. Bu Bayna momoning yarasini tirnab, butun tanasini tutatadi va asriy g'am anduhlarining sababchisi, o'g'li va erining bevaqt o'limiga sabab bo'lgan Zamon otboqardan o'ch olishiga turtki bo'ladi. Demak, bu o'z navbatida, o'xshatish semantikasidagi salbiy bahoni yuzaga chiqaradi.

"Ekspressiya so'zlovchining voqelikka munosabatini namoyon etishidir. Ekspressiv komponentning ko'lamini so'zning ehtimol qilinmagan, ya'ni hayolga keltirib bo'lmaydigan kontekstlarida yaqqol kuzatish mumkin"[4]. Boshqacha aytadigan bo'lsak, ekspressiya lug'aviy birliklarning o'z ma'nosidan chetga chiqib, tasavvur etish qiyin bo'lgan yangi hosila ma'nolarni yuzaga chiqaradi va bu bilan mumtoz adabiyotdagi mubolag'a san'atini esga soladi. Ekspressivlik individual-muallif o'xshatishlarining asosiy, obrazlarning yorqinlik darajasini ta'minlaydigan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

muhim uzvidir. Muallif u orqali butun asar (hikoya) ning kompozitsion qurilishini belgilashi ham mumkin. O'quvchini hikoya boshidayoq qahramonlar hayoti, ruhiy olami bilan tanishtiradi. Bunda o'xshatish detal vazifasini o'taydi. Yozuvchining "Bepoyon osmon" hikoyasining boshlanmasida quyidagi jumlalar bor: Pashshaning qanotiday keladigan shu birparcha qog'ozda ham Oyto 'ldi enamga nisbatan bir umr tark etmagan ta'na-yu dashnomini, o'zining azaliy munosabatini bildirish uchun "Oyto'ldi enang" deya istehzo qilgani va bunday pichingu kinoyalar faqat ammamning qo'lidan kelishini xatni o'qiganimdayoq tushungan edim. Yuqorida keltirilgan matndagi pashshaning qanotiday o'xshatishi "obrazlilik, belgi, holat intensivligi hamda u yuzaga chiqargan birlikning yangiligi bilan o'zga komponentlardan farq qiladi" Chunki matn davomida "u orqali faqatgina u yoki bu darajada tasavvur qilish mumkin bo'lgan hissiy holatni qo'l bilan ushlab ko'rish mumkin bo'lmagan darajada "moddiylashtirib" yorqin surat darajasida lo'ndalashtirib ko'rsatgan.

XULOSA

Yuqorida keltirilgan fikrlardan ayon bo'ladiki, kannotativ ma'nolar individual -muallif o'xshatishlari semantikasida muhim o'rin tutadi. Bu kabi o'xshatishlarda kannotativ ma'nolarning yuzaga chiqishi bevosita kontekst bilan bog'liq bo'lib, o'zi nisbatlanayotgan obyekt yoki voqelikni idrok etishda asos vazifasini o'taydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTAR (REFERENCES)

1. Абдупаттоев М. Идиостил - муаллифнинг оккозионал узига хослиги/ "Istiqlol davri o'zbek tilshunosligi, adabiyotshunosligi va folklorshunosligining dolzarb masalalari" respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari. - Toshkent, 2021. - B. 114-119.

2. Эшонкул Ж. Фолкьлор: образ ва талкин. - Кдрши: Насаф, 1999. - 62 б.

3. Mamatov A. Zamonaviy lingvistika. -Toshkent: Noshir, 2019 - B.140

4. Maxmaraimova Sh. Hozirgi o'zbek tili (leksikologiya). I Qism. - Toshkent: Firdavs-shoh, 2021. - B. 108, 109, 112.

5. Мукаррамов М. Узбек тилида ухшатиш. - Тошкент: Фан, 1976. - Б. 28.

6. Usmonova Sh. Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari. -Toshkent, 2015. - B. 101.

7. Usmonova SH. Lingvokulturologiya: Darslik. - Toshkent, 2019. - B. 102.

8. Худойберганова Д. Узбек тилидаги бадиий матнларнинг анропоцентрик талкини: Филол. Фан. д-ри...дисс. - Тошкент, 2015. - Б. 97-98.

9. Йулдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоетик тахлили. -Узбекистон Республикаси фанлар академияси: Фан, 2006. - Б. 46.

10. Захириддин Мухаммад Бобур. Бобурнома. -Тошкент: "O'zbekiston", 2019. - Б. 390.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.