Научная статья на тему 'OʻXSHATISHLAR OLAMNING MILLIY LISONIY MANZARASI IFODACHISI SIFATIDA'

OʻXSHATISHLAR OLAMNING MILLIY LISONIY MANZARASI IFODACHISI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
447
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
olam manzarasi / lingvistik birliklar / o‘xshatishlar / lisoniy shaxs / stilistik xususiyat / semantik xususiyat. / world view / linguistic units / similes / linguistic personality / stylistic feature / semantic feature.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — H. Yunusova, Z. Davronova

Maqolada tilning olam manzarasi va unda lisoniy shaxs tushunchasiga ta’rif beriladi. Tildagi stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan lingvistik birliklardan biri sanalmish o‘xshatishlarning lingvistik, stilistik va semantik xususiyatlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SIMILE AS AN REPRESENTATIVE OF THE WORLD'S NATIONAL LINGUISTIC LANDSCAPE

The article describes the world view of language and the concept of linguistic personality. Linguistic, stylistic and semantic features of numerical similes are one of the linguistic units with stylistic color in the language.

Текст научной работы на тему «OʻXSHATISHLAR OLAMNING MILLIY LISONIY MANZARASI IFODACHISI SIFATIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'XSHATISHLAR OLAMNING MILLIY LISONIY MANZARASI IFODACHISI

SIFATIDA Yunusova Hilola Ravshan qizi,

Fergana State University, EFL Teacher Davronova Ziyodaxon Asqarali qizi

Farg'ona davlat universiteti Lingvistika (Ingliz tilli) magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7264698 Annotatsiya. Maqolada tilning olam manzarasi va unda lisoniy shaxs tushunchasiga ta'rif beriladi. Tildagi stilistik bo'yoqqa ega bo'lgan lingvistik birliklardan biri sanalmish o'xshatishlarning lingvistik, stilistik va semantik xususiyatlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: olam manzarasi, lingvistik birliklar, o'xshatishlar, lisoniy shaxs, stilistik xususiyat, semantik xususiyat.

СРАВНИЕ КАК ПРЕДСТАВИТЕЛЬ НАЦИОНАЛЬНОГО ЯЗЫКОВОГО

ЛАНДШАФТА МИРА

Аннотация. В статье раскрывается мировоззрение языка и понятие языковой личности. Лингвистические, стилистические и семантические особенности числовых сравнений являются одной из языковых единиц со стилистической окраской в языке.

Ключевые слова: картина мира, языковые единицы, сравнения, языковая личность, стилистический признак, семантический признак.

SIMILE AS AN REPRESENTATIVE OF THE WORLD'S NATIONAL LINGUISTIC

LANDSCAPE

Abstract. The article describes the world view of language and the concept of linguistic personality. Linguistic, stylistic and semantic features of numerical similes are one of the linguistic units with stylistic color in the language.

Key words: world view, linguistic units, similes, linguistic personality, stylistic feature, semantic feature.

KIRISH

Har qanday til alohida olam manzarasiga ega va lisoniy shaxs ana shu manzaraga mos ravishda ifodalarning mazmunini tuzishga majburdir. Bunda tilda o'z aksini topgan insonning olamni o'ziga xos idroki namoyon bo'ladi. Til insonning olam haqidagi bilimlarining shakllanishi va mavjud bo'lishidagi muhim omildir. Inson faoliyat jarayonida obyektiv dunyoni aks ettirar ekan dunyoni bilish natijalarini so'zda qayd etadi. Olamning lisoniy manzarasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni to'ldiradi. Lisoniy shakllarda muhrlangan mazkur bilimlar majmuasi olamning lisoniy manzarasi, deb nomlanadi. Olamning manzarasi (lisoniy ham) tushunchasi insonning olam haqidagi tasavvurlarini o'rganish asosida yaratiladi. Olam - o'zaro munosabatdagi inson va muhit bo'lsa, olam manzarasi - inson va muhit haqidagi ma'lumotni qayta ishlash natijasidir. Agar olamning obrazi bo'linmaydigan yaxlit butunlikni namoyon qilsa, olamning manzarasi dunyo haqidagi turli darajadagi bilimlar majmuyini va uning obyektlariga bo'lgan munosabatni namoyon qiladi.

Olamning obrazini to'g'ridan to'g'ri reflekslar vositasida anglab bo'lmaydi, uni faqat o'ziga xos obrazlarni "o'z boshidan kechirish" orqaligina tushunish mumkin. Olam manzarasini "odatdagi" bilish orqali anglab bo'lmasa-da, uni verbal va obrazli aks ettirish, ifodalash mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

A.K.Kamenskiy olamning lisoniy manzarasini "mantiqiy (konseptual) va lisoniy (so'zli) modeldan tashkil topgan mantiqiy-so'zli hosila" sifatida umumiy shaklda izohlagan. M. Xaydeggerning qayd qilishicha, "manzara" so'zi deganda birinchi navbatda, biron narsaning tasviri haqida o'ylaymiz, "olam manzarasi dunyoning tasvirini emas, balki olamni manzaradek tushunishni ifodalaydi". Haqiqiy borliqni aks ettiruvchi olamning manzarasi va olamning lisoniy manzarasi o'rtasida murakkab munosabatlar mavjud bo'ladi. Olam manzarasi makon (yuqori-quyi, o'ng-chap, sharq-g'arb, uzoq-yaqin), zamon (kun-tun, qish-yoz), miqdor va h.k. o'lchovlar vositasida tasavvur etilishi mumkin. Uning shakllanishiga til, an'analar, tabiat va landshaft, ta'lim va tarbiya va boshqa ijtimoiy omillar ta'sir ko'rsatadi. Olamning lisoniy manzarasi olamning maxsus manzaralari (kimyo, fizika va h.k.) bilan bir qatorda bo'la olmaydi, u boshqa manzaralardan oldinda bo'lib, ularni shakllantiradi. Chunki inson dunyoni va o'zini umuminsoniy va milliy tajribaga asoslangan til vositasida anglaydi. Bu o'rinda milliy tajriba tilning barcha darajadagi o'ziga xos xususiyatlarni belgilaydi. Tilning o'ziga xosligi tufayli til egasining ongida muayyan olamning lisoniy manzarasi yuzaga keladi va inson u orqali dunyoni ko'radi.

METOD VA METODOLOGIYA

O'xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. Chunki bu o'rinda ma'lum predmet bir predmetga o'xshatilsa, huddi shu predmet biror predmetga o'xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o'rinda ikkinchi narsaga o'xshatilishi mumkin. Prof. R.Qo'ng'urov o'xshatish haqida o'zining "O'zbek tilining tasviriy vositalari" kitobida shunday degan: "Ammo yuzni oyga, qizni gulga qiyos qiluvchi doimiy o'xshatishlar borki, ular ham emotsionallik, ham baholash qimmatini yo'qotgandir. Bu tipdagi o'xshatishlarni lingvistik hodisa sifatida qarash kerak".

O'xshatish tasvir obyektini boshqa narsa-hodisaga o'xshatish orqali yorqin va bo'rttirib tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi bo'lib, bunda o'xshatilayotgan narsa-hodisalar uchun umumiy belgi-xususiyatlarga tayaniladi. Tilshunoslikda o'xshatish munosabati sodda va qo'shma gap doirasida tadqiq etib kelinadi. O'xshatish sodda gaplarni falsafiy va nazariy nuqtai nazardan tadqiq etib chiqqan Nizomiddin Mahmudov: "... o'xshatish sodda gaplarda hamisha murakkab semantik struktura, kamida ikkita semantik propozitsiya ifodalangan bo'ladi", - deb qayd etadi.

O'xshatishning sintaktik qurilishi haqida gap ketganda, eng avvalo uning to'rt komponentli qurilma ekanligini unutmaslik kerak. M.Cheremisina tasnificha ular quyidagilardan tashkil topgan:

1) o'xshatish subyekti;

2) o'xshatish etaloni;

3) o'xshatish asosi;

4) o'xshatish shakli.

M.Cheremisina tasnifiga qo'shilgan holda N.Mahmudov o'xshatishning to'rt komponentini quyidagi formula asosida {A[(B) fi]C} aks ettiradi. Uning A belgisi subyekt uchun, B belgisi etalon uchun, S belgisi o'xshatish asosi uchun keltirilgan. fi belgisi o'xshatish shaklini ifoda etadi. Bu modelga ko'ra subyekt ega vazifasiga, etalon hol vazifasiga va o'xshatish asosi kesim vazifasiga xoslangan bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'xshatish shakli hamma vaqt o'xshatish etalonining morfologik shakli sifatida qayd etiladi. O'xshatish komponentlarini ko'rsatishda D.Xudoyberganova mazkur tasnifga qo'shilgan holda N.Mahmudovning maqolasiga havola beradi.

Panini grammatikasidan boshlab (eramizdan oldingi IV asr) qadimgi hind poetikgrammatik traktatlarida o'xshatishlar poetik figura sifatida o'rganilgan va o'xshatishning muntazam to'rt unsurdan tarkib topishi ta'kidlangan, ya'ni:

1) o'xshatiladigan narsa yoki sub'ekt,

2) unga o'xshash bo'luvchi narsa yoki ob'ekt,

3) o'xshatish belgisi yoki o'xshatish asosi va

4) o'xshatishning formal ko'rsatkichi.

O'zbek tilida ham, boshqa barcha tillarda bo'lgani kabi, o'xshatishlar to'rt unsurdan tarkib topadi va biz ularni

• o'xshatish sub'ekti,

• o'xshatish etaloni,

• o'xshatish asosi va

• o'xshatishning shakliy ko'rsatkichi deb nomlashni ma'qul ko'ramiz. TADQIQOT NATIJASI

Aksariyat hollarda o'xshatish turli grammatik vositalar: -dek/-day qo'shimchasi yoki "go'yo", "kabi", "xuddi", "misli", "misoli", "yanglig"', "bamisoli" kabi ko'makchilar vositasida amalga oshadi. Shu bilan birga o'xshatish grammatik vositalarsiz amalga oshgan hollar ham tez-tez kuzatiladi. Ular quyidagilar:

1. Morfologik vositalar: -day (dek), -namo, -larcha, -simon, - dan

Masalan: Tun oqshom bo'ldi-yu kelmas mening sham'i shabistonim, Bu anduh o'tidin har dam kuyar parvonadek jonim.

2. Leksik vositalar

Masalan: Ne qavmog'ki, uyg'onmadi garchi tunlar, Tong otquncha itlar kabi nola qildim.

3. Sintaktik vositalar: izohlovchi-izohlanmish munosabatli qurilma

Masalan: 1. O'zi gavhar, to'ni daryoyi ofat,

Bo'lub mavji balo ul to'n uza chin. 2. Ohu fig'on chekma deb, og'zimg'a jono, muhr qo'y, Chunki la'lingxotamu yoquti nobingdur nigin. Professor Nizomiddin Mahmudov o'zbek tilidagi o'xshatishlarni to'rt unsurga ajratib, ularni o'xshatiladigan narsa yoki subyekt, o'xshatish etaloni, o'xshatish asosi va o'xshatishning shakliy ko'rsatkichi deb nomlaydi. Masalan: «Tog'lardagi qip-qizillola Bo'lib guyo yoqut piyola. Buloqlardan uzatadi suv El ko'zidan qochadi uyqu» (H.Olimjon).

Bunda o'xshatish subyekti - lola, o'xshatish etaloni - piyola, o'xshatish asosi -yoqut, o'xshatish vositasi - go'yo. MUHOKAMA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'xshatishda chog'ishtiriladigan narsa ham asosan uning to'g'ri ma'nosida qoladi. O'rganish jarayonida o'xshatishlarning ikki turini uchratishimiz mumkin. Ular:

1) individual-muallif o'xshatishlari yoki erkin o'xshatishlar;

2) umumxalq yoki turg'un (doimiy) o'xshatishlar.

Tildagi o'xshatishlarni tadqiq etgan tilshunoslarning aksariyati turg'un o'xshatishlarning idiomalarga yaqin turishini yoki idioma maqomida bo'lishini, ular ko'p asrlar mobaynida kishilar nutqida qo'llanish natijasi sifatida turg'unlashib, so'zlovchilar ongida muayyan modellar shaklida mustahkamlanib qolishini, o'xshatish etalonining, ya'ni o'xshatish asosidagi obrazning muayyan belgi-predmet bilan muntazam va qat'iy bog'liq bo'lishini ta'kidlaydi.

Turg'un o'xshatishlar tarkibida o'xshatish obrazi, ya'ni etaloni alohida ahamiyat kasb etadi.Bu unsur o'xshatishning markazini tashkil qiladi va boshqa unsurlar (o'xshatish subyekti, asosi, ko'rsatkichi) ayni shu etalon atrofida birlashadi.V.Maslovaning fikricha , o'xshatish etalonlari an'anaga kirgan obrazlar sifatida xalqning dunyoni o'ziga xos idrok etishning ifodachisi bo'lganligi bilan til,madaniyat va mentalitet munosabatlarini belgilash jihatidan juda muhimdir. Chunki bu o'rinda ma'lum predmet bir predmetga o'xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o'rinda ikkinchi narsaga o'xshatilishi mumkin va bu elementlar turli millatlarda turlicha ifodalanadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, o'xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. O'xshatishlar o'zida ijtimoiy-tarixiy, madaniy, adabiy axborot saqlaydi. Turg'un o'xshatishlar har ikki tilning tamomila o'ziga xos boyligi, xalq milliy-madaniy tasavvuri va an'analarini aks ettiruvchi, bejirim va ta'sirli nutq imkoniyatlariga kuch beradigan tuganmas manba, avlodlar o'rtasidagi obrazlar vorisiyligini saqlovchi muhtasham vosita sifatida juda katta etnopsixologik, lisoniy madaniyatshunoslik va lingvopoetik qimmatga ega.

REFERENCES

1. Maxmudov N. O'xshatishlarda milliy mentallik jozibasi .Til va adabiyot ta'limi . 2019 yil, 2-son.

2. Maxmudov N., Xudoyberganova D. O'zbek tili o'xshatishlarining izohli lug'ati. -Toshkent: Ma'naviyat, 2013.

3. Некрасова Н. Сравнения общеязыкового типа в аспекте сопоставительного анализа художественных идиолектов // Лингвистика и поэтик. -М.: Наука, 1979. -С. 225;

4. Узбек тили стилистикаси. -Т.: "Ук;итувчи, 1983. 241-б.

5. ^унгуров Р. Узбек тилининг тасвирий воситалари. Тошкент: Фан, 1977, 42-бет.

6. Махмудов Н. Ухшатиш содда гапларда семантик-синтактик асимметрия // Ж. Узбек тили ва адабиёти. -1986. -№ 6.

7. Ortiqov, R. (2022). FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA INGLIZ TILINI O'RGANISH UCHUN YORDAM BO'LADIGAN INTERNET VEBSAYTLAR. Science and innovation, 1(B6), 530-535.

8. Soxibovna, M. G. THE ROLE OF LINGUVOCULARY IN THE STUDY OF NATIONAL AND CULTURAL FEATURES OF SPEECH UNITS.

9. Jurayev, I. M. OLD VIEWS OF FAMILY AND SOCIAL RELATIONS.

10. Джураев, И. М. Ахмадиев Нуриддин Мухитдинович аспирант Ферганский государственный университет Узбекистан г. Фергана, ул. Мурабийлар, 19.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

11. Ahmadiev, N. M., & Juraev, I. M. (2019). Family reading-a leading factor in the promotion of youth moral education. Научные исследования в Кыргызской Республике, (3), 24-27.

12. Abdulhayeva, F. (2022). TA'LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 905-908.

13. Khakimov, M. K. (2021). VISUAL POETIC TEXTS AS MULTISEMIOTIC SYSTEM. Theoretical & Applied Science, (8), 185-188.

14. Юнусова, Х. (2022). Verbo-visual figures in poetic texts. Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta'lim texnologiyalari, 1(1), 73-76.

15. Yunusova, H. R. Q. (2021). VIZUAL POETIK MATNLARDA GRAFIK BIRLIKLAR TAHLILI (HOZIRGI O 'ZBEK SHE'RIYATI ASOSIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 26-30.

16. Khakimov, M. K. (2021). VISUAL POETIC TEXTS AS MULTISEMIOTIC SYSTEM. Theoretical & Applied Science, (8), 185-188.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.