Научная статья на тему 'OLAM MILLIY LISONIY MANZARASI TASVIRIDA TIL VA MADANIYAT MUSHTARAKLIGI'

OLAM MILLIY LISONIY MANZARASI TASVIRIDA TIL VA MADANIYAT MUSHTARAKLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

3644
498
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Olam / til / lisoniy / obyektiv / obraz / manzara / madaniyat / fiziologik / Universe / language / linguistic / objective / image / landscape / culture / physiological.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maxbuba Turakulovna Xalimova

Mazkur maqolada Olam milliy lisoniy manzarasi tasvirida til va madaniyat mushtarakligi haqida fikr-mulohazalar keltirildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMMON LANGUAGE AND CULTURAL COMMONWEALTH IN THE IMAGE OF THE NATIONAL LANGUAGE LANDSCAPE OF THE WORLD

This article discusses the common language and culture in the description of the national linguistic landscape of the world

Текст научной работы на тему «OLAM MILLIY LISONIY MANZARASI TASVIRIDA TIL VA MADANIYAT MUSHTARAKLIGI»

OLAM MILLIY LISONIY MANZARASI TASVIRIDA TIL VA MADANIYAT

MUSHTARAKLIGI

Maxbuba Turakulovna Xalimova

Buxoro davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Olam milliy lisoniy manzarasi tasvirida til va madaniyat mushtarakligi haqida fikr-mulohazalar keltirildi.

Kalit so'zlar: Olam, til, lisoniy, obyektiv, obraz, manzara, madaniyat, fiziologik.

COMMON LANGUAGE AND CULTURAL COMMONWEALTH IN THE IMAGE OF THE NATIONAL LANGUAGE LANDSCAPE OF THE WORLD

ABSTRACT

This article discusses the common language and culture in the description of the national linguistic landscape of the world.

Keywords: Universe, language, linguistic, objective, image, landscape, culture, physiological.

KIRISH

Har qanday til alohida olam manzarasiga ega va lisoniy shaxs ana shu manzaraga mos ravishda ifodalarning mazmunini tuzishga majburdir. Bunda tilda o'z aksini topgan insonning olamni o'ziga xos idroki namoyon bo'ladi. Til insonning olam haqidagi bilimlarining shakllanishi va mavjud bo'lishidagi muhim omildir. Inson faoliyat jarayonida obyektiv dunyoni aks ettirar ekan dunyoni bilish natijalarini so'zda qayd etadi. Olamning lisoniy manzarasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni to'ldiradi. Lisoniy shakllarda muhrlangan mazkur bilimlar majmuasi olamning lisoniy manzarasi, deb nomlanadi. Olamning manzarasi (lisoniy ham) tushunchasi insonning olam haqidagi tasavvurlarini o'rganish asosida yaratiladi. Olam - o'zaro munosabatdagi inson va muhit bo'lsa, olam manzarasi - inson va muhit haqidagi ma'lumotni qayta ishlash natijasidir. Agar olamning obrazi bo'linmaydigan yaxlit butunlikni namoyon qilsa, olamning manzarasi dunyo haqidagi turli darajadagi bilimlar majmuyini va uning obyektlariga bo'lgan munosabatni namoyon qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Olamning obrazini to'g'ridanto'g'ri reflekslar vositasida anglab bo'lmaydi, uni faqat o'ziga xos obrazlarni "o'z boshidan kechirish" orqaligina tushunish mumkin. Olam manzarasini "odatdagi" bilish orqali anglab bo'lmasa-da, uni verbal va obrazli aks ettirish, ifodalash mumkin. A.K.Kamenskiy olamning lisoniy manzarasini "mantiqiy (konseptual) va lisoniy (so'zli) modeldan tashkil topgan mantiqiy-so'zli hosila" sifatida umumiy shaklda izohlagan. M. Xaydeggerning qayd qilishicha, "manzara" so'zi deganda birinchi navbatda, biron narsaning tasviri haqida o'ylaymiz, "olam manzarasi dunyoning tasvirini emas, balki olamni manzaradek tushunishni ifodalaydi". Haqiqiy borliqni aks ettiruvchi olamning manzarasi va olamning lisoniy manzarasi o'rtasida murakkab munosabatlar mavjud bo'ladi. Olam manzarasi makon (yuqori-quyi, o'ng-chap, sharq-g'arb, uzoq-yaqin), zamon (kun-tun, qish-yoz), miqdor va h.k. o'lchovlar vositasida tasavvur etilishi mumkin. Uning shakllanishiga til, an'analar, tabiat va landshaft, ta'lim va tarbiya va boshqa ijtimoiy omillar ta'sir ko'rsatadi. Olamning lisoniy manzarasi olamning maxsus manzaralari (kimyo, fizika va h.k.) bilan bir qatorda bo'la olmaydi, u boshqa manzaralardan oldinda bo'lib, ularni shakllantiradi. Chunki inson dunyoni va o'zini umuminsoniy va milliy tajribaga asoslangan til vositasida anglaydi. Bu o'rinda milliy tajriba tilning barcha darajadagi o'ziga xos xususiyatlarni belgilaydi. Tilning o'ziga xosligi tufayli til egasining ongida muayyan olamning lisoni y manzarasi yuzaga keladi va inson u orqali dunyoni ko'radi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Til ham madaniyat, ham tabiat hodisasi sifatida mavjud. Shubhasiz, til madaniyatning tarkibiy qismi bo'lib, insoniyatning ijtimoiy tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri sanaladi. Lekin boshqa tomondan tilning materiyasida insonning biologik tabiati namoyon bo'ladi. Bu o'rinda ko'p narsa nutqiy faoliyatning fiziologik va psixofiziologik imkoniyatlari bilan aniqlangan. Masalan, dunyoning barcha tillarida unli va undoshlar hamda ko'plab tovushlar almashinuvi zanjirining mavjudligi madaniyat bilan emas, tabiat bilan bog'liqdir. Binobarin, inson faqat unlilar yoki undoshlarning o'zi bilan nutq hosil qila olmaydi. Tabiat til strukturasining teran xususiyatlarini hamda matnni hosil qilish va uni qabul qilish qonuniyatlarini aniqlaydi. Madaniyat esa tilning mazmun jihatini aniqlaydi Insonning nutqiy faoliyati tug'mami yoki keyin shakllanganmi? degan savol haligacha munozarali bo'lib qolmoqda. Insonning nutq

imkoniyatini psixofiziologik mexanizm bilan ta'minlaydigan tug'ma lisoniy qobiliyatga egaligini barcha e'tirof etgan. Ko'pchilik tadqiqotchilarning fikricha, bu inson miya qobiliyatining dastlabki ontogenez yillaridagi birinchidan, muayyan til belgilari tizimini, ikkinchidan, matn tuzishda kerakli belgilarni tanlash qoidalarini o'zlashtirishini ifodalaydi. Lisoniy qobiliyatni amalga oshirish atrofdagi muayyan til eagalari bilan muloqot qilish jarayonida yuz beradi. N. Xomskiyning ta'limotiga ko'ra, lisoniy qobiliyatning tug'ma komponenti juda sermazmun bo'ladi, shuning uchun ontogenezda til o'rganish "noldan" boshlanmaydi. Lisoniy qobiliyat ayrim tug'ma va universal bilimlarni o'z ichiga oladi, inson ular yordamida jumlalar hosil qiladi va tushunadi. Shunday qilib, N.Xomskiy til strukturasi va semantikaning botiniy xususiyatlarini tabiiy-genetik asosga tutashtiradi.

"Til va madaniyat" masalasi ko'p qirrali bo'lib, unga madaniyat tarixchisi, tilshunos, faylasuf, psixolog, etnograf va adabiyotshunos turlicha yondashadi. Biroq masalaning tilshunoslikka oid tomoni ikki jihatlidir, chunki til va madaniyat o'zaro munosabatda bo'ladi. Shunga ko'ra, ikkita savol tug'iladi: 1) turli madaniy jarayonlar tilga qanday ta'sir ko'rsatadi? 2) madaniyatga til qanday ta'sir qiladi? Mashhur rus tilshunosi G.O.Vinokurning "tilni o'rganayotgan har qanday tilshunos, albatta, tanlagan tili uning mahsuloti bo'lgan o'sha madaniyatning tadqiqotchisiga aylanadi"1 degan tezisi tilshunoslikning shakllanishidan boshlab tasdiqlanib kelmoqda. I.Gerderning 1770-yilda yozilgan "Tilning kelib chiqishi haqida talqin" asarida inson faoliyatidagi to'rt asosiy hodisa: til, madaniyat, jamiyat va milliy ruh bir-biri bilan bog'lagan. Til o'zining kelib chiqishiga ko'ra madaniyat bilan bog'liq bo'lib, u jamiyat bilan birga takomillashadi. Tilning madaniyat bilan organik bog'liqligi uni milliy ruhning muhim tarkibiy qismiga aylantiradi. Tilda aks ettirilgan olamgina mavjud. Modomiki, har bir til borliqni o'ziga xos usullar bilan aks ettirar ekan, unda tillar bir-biridan o'zining "olamning lisoniy manzarasi"ga ko'ra farqlanadi. E. Sepir va B.Uorfning gipotezasida quyidagi asosiy masalalar ajratiladi: 1. Til unda so'zlashuvchi xalqning tafakkur usuli bilan bog'liqdir. 2. Olamni bilish usuli subyektlarning qanday tillarda fikrlashiga bog'liqdir.Uchinchi yondashuvga ko'ra, til madaniyatning dalilidir: 1) til - biz ajdodlarimizdan meros qilib olgan madaniyatning tarkibiy qismi; 2) til -madaniyatni o'zlashtirishning asosiy vositasi; 3) til - barcha madaniy hodisalarning eng muhimi. Xullas, til madaniyatning tarkibiy qismi va uning vositasidir. U ruhimizning borlig'i, madaniyatimizning ko'rinishidir; u milliy mentallikning o'ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Til inson oldida tafakkur sohasini ochgan mexanizmdir (N.I.Jinkin). O'zbek

tilshunosligida "til va madaniyat" masalalari bilan eng ko'p va xo'p shug'ullangan olim sifatida professor Nizomiddin Mahmudovni ko'rsatish mumkin. Jumladan, olim o'zining "Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab..." nomli maqolasida "til" va "madaniyat" tushunchalari haqida quyidagilarni yozadi:

"Til va madaniyat deganda, ko'pincha, "nutq madaniyati" deyiladigan muammo assotsiativ holda esga tushsa-da, bu ikki o'rindagi madaniyatning aynanligini aslo ko'rsatmaydi. Til va madaniyat deganda, odatda, (to'g'risi ham shu) til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni o'rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan bo'lsak, lingvokulturologiyadagi madaniyatning ma'nosi "aqliy-ma'naviy yoki xo'jalik faoliyatida erishilgan daraja, saviya (nutq madaniyati)" emas, balki "kishilik jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy hayotida qo'lga kiritgan yutuqlari majmuyi (madaniyat tarixi, o'zbek madaniyati)" demakdir" N. Mahmudov tilga ehtirom ko'rsatish va unga e'tibor berishni ta'kidlab, quyidagilarni yozadi: Til benihoya muqaddas va mo"tabar ne'mat, u odam degan mavjudotga shakllantirilgan, qavmlar o'laroq birlashtirgan, taraqqiyot bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy takomilga boshlagan, tafakkur gulshanining darvozalarini ochgan bemisl bir robitadir. Shuning uchun ham tilga nopisandlik insoniyatning o'zligiga nopisandlik demkdir. Tilga ehtirom va e'tibor esa bu dunyoda inson bolasi muhtaramligining e'tirofidir"V. fon Gumboldning "Tilda xalq ruhi aks etadi" degan fikri N. Mahmudovning asarlarida o'ziga xos tarzda davom ettirilganini ko'rish mumkin: "...tilda xalqning urf-odati, yashash tarzi, iqtisodiy ahvoli, qisqasi, xalqning borbudi, bo'y-basti aks etadi. Muayyan xalqning tilini bilish uning butun borlig'ini anglash demakdir. Muayyan xalq tilining mazmunu mohiyatini idrok etish shu xalqning tarixiyu kelajagini idrok etish demkdir. Til xalqning bebaho va muqaddas boyligidir, xalqning har bir asl farzandi o'z tilida sobit va o'z tiliga sodiq bo'lmog'i azal-abad ham qarz, ham farz" Olim buyuk nemis tilshunosi Yakob Grimmning "Xalq haqidagi saqlanib qoladigan eng jonli guvoh - bu uning suyagi, foydalangan ish qurollari yoki qabriemas, balki uning tilidir" degan fikrini shunday rivojlantiradi: "Xalq o'z tili haqida uning ibtidosidan boshlab ma'lumotga ega bo'lsa, bu tilning turfa tovlanishlariyu, tarang va lo'nda mantiqini chuqur his eta olsa, o'zining uzoq va murakkab tarixini ham chuqur his eta oladi, tarixidan faxrlana oladi, o'zinikidan boshqa tillarning xam muqaddasligiga. Har jihatdan hurmatga loyiqligiga imon keltira oladi. Bu esa xalqning o'zligini anglashi demakdir"

XULOSA

Xullas, har qanday madaniyat o'zining kalit so'zlariga ega bo'ladi. Bu o'rinda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tilimizning milliymadaniy xususiyatlari haqida bildirgan quyidagi fikrlarini keltirish ayni muddaodir: "...tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadrqimmat degan, bir-birini chuqur ma'no-mazmun bilan boyitadigan va to'ldiradigan iboralarni olaylik. Qanchalik g'alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o„zi mushkul bir muammo. Shuni aytish lozimki, bu tushunchalar kimdir shunchaki o'ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so'zlar emas. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma'naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir".Shunday qilib, olamning lisoniy manzarasini o'rganish masalasi inson va uning turmushi, uning dunyo bilan o'zaro munosabati, uning mavjudligining sharoitlarini aks ettiradigan olamning konseptual manzarasi masalasi bilan chambarchas bog'liqdir. Olamning lisoniy manzarasi insonning turli olam manzaralarini izohlaydi va umumiy olam manzarasini aks ettiradi.

REFERENCES

1. Мечковская Н. Б. Социальная лингвистика. I. 2 изд. - М., 2000.

2. Хомский Н. Аспекты теории синтаксиса. М., 1972. - С. 259; Язык и мышление. М., 1972. - С. 122.

3. Г. О. Избранные работы по русскому языку. -М., 1959. -C. 211.

4. Гердер И. Г. Идеи и философия истории человечества. -М., 1977. -C. 233.

5. Сепир Э. Избранные труды по языкознанию и культурологии. -М., 1993.

6. Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. -М.: Издательский центр «Академия», 2001. -С.60.

7. Уорф Б. Л. Отношение норм поведения и мышления к языку // Новое в зарубежной лингвистике. -М., 1960. -Вып. 1. -С. 174

8. Махмудов Н. Тилнинг мукаммал таджики йулларини излаб...// Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 2012. -№ 5. -Б. 10.

9. Махмудов Н. Тил. -Тошкент: Ёзувчи, 1998. -Б. 3.

10. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Тошкент: Маънавият, 2008. - Б. 7.

11. Лакофф Дж. Лингвистические гештальты / Дж. Лакофф // Новое в зарубеж. лингвистике. Вып. 10. Лингвистическая семантика. -М.: Прогресс, 1981. -С. 350368.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.