Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-59-63
TARJIMANING LINGVOMADANIY MASALALARI
Farzona Zoir qizi Nurmuhammadiyeva ChDPI, Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo'nalishi talabasi
Toshmamatova Sabina Abulqosim qizi ChDPI, Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo'nalishi talabasi
Xudoyberdiyeva Sitora Sodiq qizi ChDPI, Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo'nalishi talabasi
Shoxsanam Doniyorovna Asiljonova ChDPI, o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola tarjima sohasidagi ishlarni amalga oshirish uchun tanlangan xorijiy tillardagi, til birliklarini puxta o'rganish lingvomadaniy tahlil jarayonid a katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
Kalit so'zlar: Aspektlar, lingvomadaniyat, stilistik uslublar, aksiologiya, madaniyat, muloqot, transformatsiya.
ABSTRACT
This article demonstrates the importance of a thorough study of the language units in the foreign languages selected for translation work in the process of linguocultural analiysis.
Keywords: Aspects, lingovoculture, stylistic methods, axiology, culture, communication, transformation.
KIRISH
Tarjimada lingvomadaniy aspektlardan to'g'ri foydalanish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda esa lingvomadaniyatshunoslikka etnolingvistikaning bir tarmog'i sifarida emas, balki mustaqil ilmiy soha sifatida qaralmoqda. Etnolivingvistikaning lingvomadaniyatshunoslik bilan farqli xususiyatlarini aniqlashga urinib tadqiqotlar natijasida etnolingvistikani hozirgi kundagi ma'lumotlar, axborotlar mabaida tarixiy xususiyatlarini izlab, tahlil qilish
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-59-63
bilan shug'ullanadi. Ya'ni muayyan etnosning tarixiy madaniy hayotiga tegishli xususiyatlarini zmaonaviy materiallarda tahlil qiladi. Lingvomadaniyatshunoslikda esa ruhiy madaniyat prizmasi orqali tarixiy va zamonaviy lessoniy faktlar tahlil qilinadi. V.A.Maslovaning kontsepsiyasida bu borada V.N.Teleyaning ilmiy izlanishlaridan farqli natijalarni ko'rish mumkin. Xususan, lingvomadaniy tadqiqotlarda senxroniya va diyaxroniya masalalari ham tadqiq qilinadi.[1]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Lingvomadaniyat - bu tilshunoshlik va madaniyatshunoslikning tutashgan qismini o'rganadigan soha,tilda muhirlanib qolgan va aks etadigan millatning madaniy voeqliklarini predmet sifatida o'zida mujassam etadi. Lininvistikaning mustaqil yo'nalishi sifatida lingvokulturologiya xx asrning 90-yillarida fan sifatida vujudaga kelgan bo'lib, "lingvokulturologiya" atamasi birinchi marta Moskva Frazeologik maktabining vakili V.N.Teliyaning ilmiy ishlarida paydo bo'lgan. Bu yo'nalishning alternativ nomlanishi sifatida o'zbek tilida "lingvomadaniyatshunoslik rus tilida esa "lingvokulturovedenie" atamasi ham paydo bo'lgan. Lingvomadaniyatda dialog, o'zaro muloqotda aks etadigan til va madaniy birliklari asosiy predmet hisoblanadi. Lingvomadaniy an'analarda til madaniy quroli, uning bir qismi, shuningdek, madaniyatning bir avloddan avlodaga axborot tarzida saqlanib qolishi manbai hisoblanadi.[2]
Lingvomadaniy konsept
Lingvomadaniy konsept etnomadaniy xususiyatga ega bo'lgan va borliq haqidagi funksional ahamiyatga molik informatsiyani uzatadigan madaniyatning asosiy birligidir. U mananiy unversaliyalarni ifodalaydi. Lingvomadaniy konsept tafakkurda mavjud bo'ladi, u o'zida kognitivratsional va ematsional-psixologik mazmunni biriktiradi. Lingvomadaniy konsept barcha til egalari uchun dunyoqarash modeli vazifasini o'taydi. Lingvomadaniy konsept milliy xarakterning shakillanishiga ta'sir ko'rsatuvchi madaniyat vositasi hisoblanadi.
Lingvokulturologiyada madaniyat konseptlari alohida tadqiq etiladi. Madaniyatning asosiy konseptlari jamoaviy til ongida muhim ahamiyatga xususan, vijdon, taqdir, qismat, iroda, gunoh, qonun, erkinlik, ziyolilar, vatan va h.k tushuniladi. Lingvokulturologik tadqiqotlarda lingvistik, kulturologik, sotsiologik(content-tahlil, freym tahlil metodika), etnografik (tasvirlash, tasniflashva h.k.) metodlardan istifoda etilganligini ko'rish mumkin. Aksariyat lingvokulturologik tadqiqotlarda mazkur metodlar turli tamoyillar va tahlillar bilan bir-birini o'zaro
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-59-63
to'ldirib, lingvokulturologiya murakkab obyekt bo'lgan til va madaniyatning o'zaro munosabatlarini tadqiq etish imkonini berganligi ta'kidlanadi. Turli linvomadaniyatlarda muayyan bir narsaning, masalan, hayvonning turg'un o'xshatish etaloni sifatida qo'llanilishi kuzatish mumkin. Masalan aksariyat tillarda tulki— ayyorlik, aldoqchilik, yolg'onchilik ramzi, etaloni sifatida ishlatiladi:" tulkidek ayyor—хитрый как лиса (Ruscha) , as false as fox (inglizcha), you chorom(koreyscha). Yoki o'zbek tilining o'ziga xos o'xshatishlari sifatida "qo'ydek yuvosh, arvohday ozg'in, moldek ovqat yeydi va h.k.ni ko'rsatish mumkin.[3]
MUHOKAMA VA NATIJA
Lingvomadaniyatlarning aksariyatida turg'un o'xshatishlarni obraz va uning mazmuni jihatidan bir-biriga muqobilligi, muqoyasa obyektlarning o'xshashligiga guvoh bo'lamiz. Masalan, "befahimlik, beso'naqaylik, qo'pollik" ayiqday (o'zbekcha), ayi gibi (turkcha), ko'm kathi (koreyscha), kak medved (ruscha); "kuchli, qo'rqmas", "mardlik, jasorat" arslon kabi (o'zbekcha), aslan gibi (turkcha); "semirmoq", "ko'p ovqat yemoq" cho'chqaday (o'zbekcha), As fat as a pig (inglizcha), tweji kathi (koreyscha); "ko'p ovqat yemoq" molday (o'zbekcha), so' kathi (koreyscha); "befahm" eshakday (o'zbekcha), eshek gibi (turkcha), kak osel (ruscha) etalon vositasida ifodalanadi.
O'zbek lingvomadaniyati uchun ayollarning yuzini oyga, olmaga, ba'zan kulchaga, ingilizlarda olchaga, atirgulga (as red as a cherry/ rose), xitoy va koreyslarda o'rikka, majnuntol novdasiga qiyoslash me'yor holda hisoblanadi. Xitoy va Koreyada ayollarni ilonga o'xshatilsa, ular xursand bo'lishadi. Chunki, mazkur lingvomadaniyatlarda ilon donolik, go'zallik epchillik ramzi hisoblanadi. Ayni tushuncha turli lingvomadaniyatlarda o'zgacha ifoda vositalari, ya'ni boshqacha o'xshatish etalonlari vositasida aks ettirilishi mumkin. Masalan, bquvvat kishilarni o'zbeklar filga, inglizlar otga muqoyasa qilishadi: filday baquvvat, strong as a horse. Yoki o'zbeklar tinimsiz ishlaydigan, mehnat qiladigan kishilarni chumoliga (chumoliday), turklar esa ariga o'xshatadilar (ari gibi).[6]
Turli lingvomadaniyat ramzlarning qiyosiy tahlili
Ramz - tashqi dunyoning turli madaniyat vakillari ichki dunyosi, ongi, tafakkuri va ruhidagi aksidir. Har bir insonda, har qanday madaniyat vakilida ichki dunyoni o'ziga xos qabul qiluvchi "tug'ma mexanizim" mavjud bo'ladi. Bu "tug'ma mexanizim" tashqi dunyoni ramzlar, timsollar orqali "qayta ishlab" qabul qilishga moslashgandir. Ramziy etalonlar madaniy jihatdan tamg'alangan bo'ladi. Binobarin,
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-59-63
turkiy xalqlar lingvomadaniyatida bo'ri - jasurlik, rus lingvomadaniyatida vahshiylik etaloni bo'lib keladi. A.K.Bayburin: "Ba'zi narsalarning "moddiy madaniyat" sohasiga, boshqalarning "ma'naviy madaniyat" sohasiga kiritilishi birinchi navbatda ularga turli semiotik maqom berilganini ko'rsatadi" deb yozadi. Bu o'rinda takidlash joizki, ayrim tillarda ramziy etalonlar bir-biriga mos keladi: qo'y - yuvoshlik etaloni, chumoli va ari - mehnatsevarlik etaloni. Demak, ramzlar obrazliligi, motivlashganlgi, ko'p ma'noliligi bilan tavsiflanadi. [1]
Lingvamadaniyshunoslik va etnololingvistika
Lingvomadaniyatshunoslik xalqlarning turmushi va madaniy o'ziga xos xususiyatlarini, ularning kelib chiqishi, joylashishi, madaniy- tarixiy o'zaro aloqalarini o'rganuvchi etnografiya va tishunoslik fanlari bilan ayrim masalalarda bir-biriga yaqinlashadigan soha etnolingvistika bilan bog'liq. Etnolingvistik tadqiqotlarning asosiy yo'nalishi lingvistik, entomadaniy hamda etnoruhiy (etnopsixologik) omillarning tilda faoliyati va rivojini o'rganadi.
Lingvomadaniyshunoslik—zamonaviy afzallikka va madaniy yo'l-yo'riqlar ( normalar va umumbashariyat qadriyatlari tizimi) birligini lisoniy va madaniy mazmunda bir butun tuzilish tarzida ifodalaydigan tizimli tilning va madaniyatning o'zaro aloqalari hamda o'zaro bog'liqligini o'rganuvchi kompleks umumlashtiruvchi ilmiy fan hisoblanadi. Linvomadaniyatshunoslik o'ziga xoslikni aniqlash uchun kommunikatsiyaga lingvo-kognitiv yondashuvni qo'llash tavsiya qilinadi, chunki bu yondashuv uni ham umumlingvistik aspekt, ham milliy aniqlangan komponent sifatida tahlil qilish imkonini beradi. E.A.Luchinina V.V.Krasnixning tadqiqotlarini tahlil qilib, shunday xulosaga keladiki, "muallif ikkala tadqiq qilinayotgan fanlar o'rtasida aniq chegara qo'ymaydi: ulardagi muammolarning majmui umumiyligi ta'kidlanadi, uning ham, boshqasining ham paydo bo'lishiga nzariy asos deb Sepir-Uorfning frazi hisoblanadi, tadqiqot metodlarida farqlar ochib berimaydi" (Luchinina, 1997)[4]
Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o'zbek tilshunosligida oxirgi o'n yilliklarda paydo bo'a boshlagan. Prafessor N.Mahmudovning " Tilning mukamml tadqiqi va yo'llarini izlab..." nomli maqoloasida lingvokulturologiya, umuman, antroposternik paradigmaning mohiyati va bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib berilgan.[5]
Lingvomadaniy birliklar
Lingvomadaniy birliklar tadqiqoti tahlilini o'tkazish bilan E.A.Naximova:" lingvvomadaniy birliklar tadqiqotida u yoki bu yo'nalishga munosibligiga qarb
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-59-63
butunlay birliklarni tadqiq qilishda turlicha yo'nalishlar - grammatik, struktursemantik, stilistik, ritorik, psixolingvistik, sotsiolingvistik, kognitiv-diskursiv, onomastik, linvomadaniy va h.k. yo'nalishlardan foydalanish mumkin", degan fikirni bildiradi (Naximova, 2001). Lingvomadaniy birliklar tadqiqotida nafaqat yo'nalishlarni, balki ularga yondoshuvni ham hisobga olish muhim hisoblanadi.[4]
Tarjima normalariga muvofiq tarzda leksik, grammatik, stilistik usliblarni o'z o'rnida qo'llay olish tarjima sifatini yaxshilaydi. Hattoki rangni ifodalaydigan so'zlarda ham har xil xalqning madaniy an'analari ko'zga tashlandi, qizil rangni olib qaraydigan bo'lsak, AQSH da "havf", Fransiyada "aristokratizim", Hindistonda 'hayot va ijod", Yaponiyada "g'azab", Xitoyda esa "baxt" timsolidir. Bundan shuni aytish mumkinki rang tushunchasi ijtimoiy madaniylik bilan birga ematsionallikni ham ifodalaydi.[1]
XULOSA
Xulosa qilib aytdagnda, lingvomadaniyatning o'rni badiy tarjimada beqiyos hisoblanadi. Umumiy oladigan bo'sak tarjimon lingvomadaniyatdan oqilona foydalanmasa hech narsaga erisha olmaydi yan'ni badiiy narjimani to'lqanli tarjima qila olmaydi. Lingvomadaniyatshunoslik har ikkla sohaga taaluqli madaniyat va til haqidagi fandir. Bu bilimlarning birligini anglatib, millatning mentaliteti, madaniy xususiyatlari va ularning tilda namayon bo'lishini ifodalyadigan bu sohaning birlamchi maqsadi tilni o'rganish, madaniyatni sqalash hamda ularni muj assamlashtirishdir.
REFERENCES
1. Teliya V.N. Russkaya frazeologiya: semanticheskiy, pragmaticheskey i linvokulturologcheskiy aspect. - M.:Shkola "Yaziki russkoy kulturi"
2. Shoira Usmonova "Lingvokulturologiya" (darsligidan)
3. A.E.Mamatov " Zamonaviy lingvistika"
4. Mahmudov N. - Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab...
5. Z.N.Xudoyberganova "Tarjimaning lingvomadaniy masalalari " moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmuasi